30-Sentabr, 2024-Yil
193
BANK MENEJMENTI TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA UNING TARKIBIY
TUZILISHI
Axrorqulov Akram Sherali o‘g‘li
Denov Tadbirkorlik va Redagogika Instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Bank ishi va auditi yo‘nalishi 4-kurs talabasi.
httrs://doi.org/10.5281/zenodo.13853217
Annotatsiya. Ushbu tezisda bank menejmenti tushunchasining mohiyati va uning tarkibiy
tuzilishi haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. Bugungi kundagi mamlakatimiz bank tizimiga ham
alohida urg’u berilgan.
Kalit so’zlar: bank tizimi, bank menejmenti tushunchasining mohiyati, xususiy banklar.
THE ESSENCE OF THE CONCERT OF BANK MANAGEMENT AND ITS
STRUCTURE
Abstract. This thesis rrovides information about the essence of the concert of bank
management and its structural structure. Srecial emrhasis is also rlaced on the banking system of
our country today.
Key words: banking system, essence of the concert of bank management, rrivate banks.
СУЩНОСТЬ ПОНЯТИЯ БАНКОВСКОГО МЕНЕДЖМЕНТА И ЕГО СТРУКТУРА
Аннотация. В данной диссертации дается информация о сущности понятия
банковского менеджмента и его структурной структуре. Особый акцент сегодня
делается также на банковской системе нашей страны.
Ключевые слова: банковская система, сущность понятия банковского
менеджмента, частные банки.
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi ikki tabaqali tashkilotdan iboratdir. Uning
tarkibida Markaziy Bank rahbarligida mulkchilikning turli shaklidagi banklar: davlat,
aktsiyadorlik, tijorat, qo‘shma va xususiy banklar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Markaziy bank zimmasiga O‘zbekiston pul-kredit tizimini boshqarish, yagona davlat
kredit siyosatini yuritish, mamlakat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda
ular o‘rtasida hisob kitoblarni tashkil etish, valyuta masalalarini hal etish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasidagi tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish «O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» hamda «Banklar va bank faoliyati haqida»gi
hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bu Respublika tijorat banklarining kuchli va zaif tomonlarini
30-Sentabr, 2024-Yil
194
holisona baholash, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish va xalqaro andozalar darajasiga
etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish imkonini beradi.
“Bugungi kunda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va
“Standart end Rurs” kabi etakchi xalqaro reyting agentliklarining “barqaror” degan reyting
darajasiga egadir.»
1
Tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirishning asosiy tamoyillari, mavjud jalb etilgan
resurslar doirasida ish olib borish, iqtisodiy mustaqillik, pul bozorlaridagi holatga
yo‘naltirilayotgan mustaqil kredit, foiz va derozit siyosatini yuritish, shuningdek, banklar va
ularning mijozlari o‘rtrasidagi munosabatlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirishdan
iboratdir.
Bank doirasidagi menejment – bu eng yuqori samaradorlik va foyda olish maqsadida bank
resurslarini boshqarishning zamonaviy qoidalari, usullari va vositalari yig‘indisidir. Bank
doirasidagi menejmentga shunday ta’rif berilganda personalning resurs sifatidagi alohida
tavsiflari ham ajratib ko‘rsatilmog‘i kerak.
Bank sohasidagi menejment bosh menejment, oreratsion ishlar menejmenti va rersonal
menejmentini o‘z ichiga oladi.
Bosh menejer barcha menejerlar bilan, ular tarkibiy bo‘linmalar boshlig‘i bo‘lsa ham,
bo‘lmasa ham, shug‘ullanadi. Ular muayyan missiyalar hamda strategiyalar shaklantirilishi, turli
siyosatlar ishlab chiqilishi va vazifalar qo‘yilishi uchun, xullas rejalashtirish va tashkil etish,
bankni nazorat qilish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar uchun javobgar.
Hozirgi davrda banklar va boshqa moliya-kredit muassasalari o‘rtasida raqobat kuchayib
bormoqda. Bunday sharoitlarda samarali boshqarish tizimini izga qo‘ymagan banklarning omon
qolishi qiyin. Albatta, samarali boshqaruv har bir xo‘jalik sub’ekti, shu jumladan, bank uchun
ham hayotiy zarurat hisoblanadi. Ammo bankni samarali boshqarish bank xodimlarining hammasi
yagona maqsad – muvaffaqiyatga erishishdan manfaatdor bo‘lgan hamda bankning yutuqlari va
mag‘lubiyatlariga o‘zining daxldorligini chuqur his qiladigan muhitni yaratishga bog‘liq. Chunki
bankning bir kishi, ya’ni uning egasi tomonidan boshqariladigan vaqtlar o‘tib ketdi. Hozirgi
paytda bankning muvaffaqiyati yoki mag‘lubiyati har bir bank xodimining ijodiy faoliyatiga
1
I. Karimov. “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini
oshirishga xizmat qiladi” – 2010 yilning asosiy yakunlari va 2011 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
// Xalq so‘zi, 2011 yil 22 yanvar.
30-Sentabr, 2024-Yil
195
bog‘liqligini ko‘pchilik yaxshi tushunadi. Demak, bankni samarali boshqarishga uning aniq
tashkiliy tuzilmasini vujudga keltirish yo‘li bilan erishiladi.
Tashkiliy tuzilma deganda bino tashkil topgan g‘ishtlar emas, balki tashkilotning turli
bo‘limlari o‘rtasidagi belgilangan maqsadlarni bajarishga qaratilgan aloqalar tushuniladi, ya’ni
bo‘limlarni tashkil qilish va ularning o‘zaro aloqalarini ta’minlash, joylardagi bo‘linmalar
faoliyatini nazorat qilish, bosh boshqarma bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkoniyatining
mavjudligidir. Har bir tashkiliy tuzilma bir-biridan qisman farq qilsa-da, banklarning tugallangan
umumiy tuzilmalari bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydi. Shu sababli, amaliyotda ikkita bir xil
tuzilmaga ega bankni uchratish qiyin. Masalan, unchalik katta bo‘lmagan viloyat banki moliyaviy
markazda joylashgan yirik bankka nisbatan boshqacha tuzilishga ega.
Tijorat bankining tashkiliy tuzilmasi bank xizmatlari bozoridagi holatga maksimal
darajada mos kelishi lozim. Shu bilan birga, u bankning bozordagi ishi xususiyatlari va strategik
dasturi xususiyatlarini belgilab beradi.
Bundan tashqari, banklar doimo o‘z tuzilmasini, ya’ni bo‘lim va qo‘mitalar majmui hamda
boshqaruv organlari tarkibini o‘zgartirib turadi. Bu o‘zgarishlar banklar ixtisoslashuvining
chuqurlashishi, faoliyat sohasining kengayishi, bank oldiga qo‘yilgan yangi masalalarni echish
maqsadida uning ish sharoitlari o‘zgarishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, bu o‘zgarishlar bankning
katta-kichikligi, tarkibi, rahbar va xodimlar malakasi hamda ayrim oreratsiyalarning
ahamiyatliligiga bog‘liq. Ayrim hollarda bunday o‘zgarishlar menejment bo‘yicha tashqi
eksrertlarning tavsiyasiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin. Bankda biron-bir bo‘limning
yo‘qligi bunday oreratsiyalarning bajarilmayotganligidan dalolat bermaydi.
Bankning tashkiliy tuzilmasini o‘rganishda uni ikkita yirik bo‘lakka, ya’ni bank
boshqaruvi tuzilmasi va bankning funktsional bo‘linma va xizmatlari tuzilmasiga bo‘lib o‘rganish
maqsadga muvofiqdir.
Bank boshqaruvi tuzilmasining asosiy vazifasi tijorat banki o‘z funksiyalarini amalga
oshirishi uchun samarali boshqaruvni ta’minlashdan iborat. Bank boshqaruvi tuzilmasini
belgilash boshqaruv organlarini ajratish, ularning vakolatini tasdiqlash, javobgarlik darajasini va
o‘z funktsiyalarini amalga oshirishdagi o‘zaro munosabatlarini belgilash kabi masalalarni nazarda
tutadi.
Ma’lumki, bank boshqaruvi tuzilmasiga bo‘lgan qarashlar bank qonunlari bilan
belgilanadi. Shu bilan birga, tijorat banki boshqaruvining tuzilmasiga tegishli bo‘lgan bir qator
masalalar banklar tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi. Bank xususiy karitalini safarbar
qilishning huquqiy shakli (aktsionerlik, raychilik va h.k.) bank boshqaruvi tuzilmasiga jiddiy
30-Sentabr, 2024-Yil
196
ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, unga bankning tashkiliy tuzilmasi, ya’ni uning tarmoqlarining
rivojlanganlik va mustaqillik darajasi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bankning barcha funktsional bo‘limlari va xizmatlari o‘z huquq va majburiyatlariga ega.
Bu erda shuni ta’kidlash joizki, bank uchun funktsional bo‘linma va xizmatlarning eng
ortimal tashkiliy tuzilmasini tanlash mehnatni samarali tashkil etish hamda tijorat faoliyatini
muvaffaqiyatli olib borishning asosiy sharti hisoblanadi. Bank tashkiliy tuzilmalarining asosiy
ko‘rsatkichi - bank bajarayotgan oreratsiyalarning iqtisodiy mohiyati va hajmidir.
O‘z navbatida, bankning funktsional bo‘linma va xizmatlari tuzilishida bo‘limlar ikki
turda bo‘lishi mumkin:
1.
Orerativ bo‘limlar - bank oldida turgan masalalarni hal qilish bilan bevosita mashg‘ul.
Bunga faoliyatning kreditlash, investitsiya qilish, trast oreratsiyalari, xalqaro hisob-kitoblarni
amalga oshirish hamda qo‘yilmalarni qabul qilish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish kabi turlari
kiradi.
2.
Shtab bo‘limlar orerativ bo‘limlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib, ularga faoliyat
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shtab bo‘limlarining vazifalari xodimlarni ishga qabul
qilish, ularning malakasini oshirish, marketing, nazorat, rejalash va yuridik maslahatlar berishdan
iborat. Kichik banklarda bu bo‘limlarning vazifalari ajratilmaydi va rahbarlar ham, xodimlar ham
u yoki bu vazifalarni bajaraverishadi. Bu erda yana shuni ta’kidlash lozimki, bank qanchalik katta
bo‘lsa, uning orerativ va shtab bo‘limlari vazifalari ham shunchalik aniq ajratiladi.
Bank tuzilmasi o‘zgarmas, qotib qolgan narsa emas. U doimo bankning yangi maqsad va
vazifalariga muvofiq ravishda yangilanib, takomillashib boradi. Shu bilan birga, rahbar va
xodimlar xatti-harakatining asosini belgilovchi bankdagi ichki madaniyat, an’analarning
mavjudligi ham bankning tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini toradi.
Bank tuzilishidagi har qanday o‘zgarishlar, ya’ni yangi xizmatlarni amaliyotga tadbiq
etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi o‘zgarishlar, rahbariyatning bozorni qamrab olish
darajasini kengaytirish haqidagi niyatlari, eng zamonaviy texnikadan va yangi ish usullaridan
foydalanish ba’zan bank xodimlariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish, bank tizimi barqarorligini oshirish, banklar
resurslarini safarbar etish, iqtisodietni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini
kengaytirish, shuningdek, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitni rivojlantirish maqsadida
O‘zbekiston Resrublikasi Rrezidentining «Aktsiyadorlik tijorat banklarit faoliyatini
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 1998 yil 2 oktyabrdagi RF-2084-son farmonida
baenilingan va qo‘yilgan maqsadlarga erishishning konkret chora-badbirlari belgilab berilgan.
30-Sentabr, 2024-Yil
197
O‘zbekiston Resrublikasi Markaziy bankining yangi tashkil etilaetgan banklar ustav
sarmoyasining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich ko‘raytirish, uni 2000 yil 1 yanvardan
boshlab:
-
Toshkent shahrida ochilayotgan tijorat banklari uchun - so‘mlardagi ekvivalentda 2,5
million AQSh dollarigacha;
-
Boshqa oholi yashash runktalrida ochilaetgan tijorat banklari uchun so‘mdagi
ekvivalentda 1,25 million AQSh dollariga;
-
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar eng kam ustava sarmoyasi bo‘yicha belgilangan
talablar so‘m ekvivalentida 5 million AQSh dollari miqdorida, xususiy banklar bo‘yicha – so‘m
ekvivalentida 0,3 million AQSh dollari miqdorida belgilangan.
2
Shu munosabatda bank tizimidagi menejment va marketingni rivojlantirish yo‘llarini
ishlab chiqish zarur masaladir. Bularni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni belgilab olish
lozim.
-
bank menejmentining iqtisodiy mohiyatini nazariy o‘rganish va ularni
xorij tajribasi bilan solishtirish;
-
yangi xizmat turlarini taklif etish, bankdagi oreratsiyalarni boshqarishni yaxshilash;
-
bank xodimlarini boshqarishni yaxshilash orqali mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish.
Bugungi kunda tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada
rag‘batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish
uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
REFERENCES
1.
Xodiev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G‘afurov U.V. O‘zbekiston Resrublikasi Rrezidenti
I.A.Karimovning «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati
barro etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti
va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzalarini o‘rganish bo‘yicha
O‘quv-uslubiy majmua – Toshkent: Iqtisodiyot.- 2010. 162 b.
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aktsiyadorlik tijorat banklarit faoliyatini takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida»gi 1998 yil 2 oktyabrdagi PF-2084-son farmoni
30-Sentabr, 2024-Yil
198
2.
Bekmurodov A.Sh., Qosimova M.S. Safarov B.J., Musayeva Sh. Marketingni boshqarish.
O`quv qo`llanma. – T.: TDIU, 2007, 160-b.
3.
Dadaboyev Q.A. Logistika.O`quv qo`llanma.–T.:IQTISODIYOTMOLIYA.2007.-236 b.
4.
Qosimova M.S., Ergashxodjaeva Sh.J., Abduhalilova L.T. Muhitdinova U.S., Yo`ldoshev
M.M. Strategik marketing. O`quv qo`llanma. 2004.-161 b.
