ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
175
YOSHLARNI MA'NAVIY-AXLOQIY VA HUQUQIY TARBIYALSHGA
TAYYORLASH
Zoirova Xabiba Xamrokulovna
Samarqand viloyati favquloda vaziyatlar boshqarmasi
Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi katta oʼqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13921394
Annotatsiya. Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har qarich yerida inson ongi
va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani ayni haqiqatdir. Birda yovuz, birda madaniy
ko‘rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan
turfa jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga undaydi.
Kalit so’zlar: Ma’naviy-axloqiy fazilat, mafkura, o‘z-o‘zini anglash, interfaol dasturlar.
PREPARING YOUTH FOR SPIRITUAL-MORAL AND LEGAL EDUCATION
Abstract. It is a fact that in today's globalization process, there is a serious struggle for
human consciousness and thinking in every corner of the world. This struggle, which is both evil
and cultural, encourages each of us to take a deep look around, to summarize the various processes
taking place in the world with intelligence and thought.
Key words: Spiritual and moral virtue, ideology, self-awareness, interactive programs.
ПОДГОТОВКА МОЛОДЕЖИ К ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОМУ И ПРАВОВОМУ
ВОСПИТАНИЮ
Аннотация. Фактом является то, что в современном процессе глобализации во всех
уголках мира идет серьезная борьба за человеческое сознание и мышление. Эта борьба,
одновременно злая и культурная, побуждает каждого из нас глубоко оглянуться вокруг,
умом и мыслью обобщить различные процессы, происходящие в мире.
Ключевые слова: Духовно-нравственная добродетель, идеология, самосознание,
интерактивные программы.
Yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi hamda yetuk mutaxassis bo‘lib ona
Vatanga xizmat qilishi uchun ular oldiga bir qancha talablar qo‘yiladi: o‘z-o‘ziga talabchan
bo‘lish; o‘z-o‘zini nazorat qilish; o‘zgalarni hurmat qilish; doimo kamtarlik yo‘lini tutish;
o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lishi; iboli-hayoli bo‘lish; halol va adolatparvar bo‘lish; samimiy va
beg‘araz bo‘lish; o‘zgalar mehnatini qadrlay bilish; kasbiy va ma’naviy bilimlarni egallab borish;
o‘z manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘rish; kamolotga erishishga intilish;
barcha axloq qoidalariga bo‘ysunish; malakali mutaxassis bo‘lishga astoydil intilish.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
176
Ma’lumiki,
Prezidentimizning
2019-yil
3-maydagi
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 25-
dekabrdagi O‘zbekiston Yoshlari forumida hamda 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda joriy yilning 19-yanvar kuni Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan
vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar
jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga
chorlaydi.
Davlatimiz rahbarining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi
ma’naviyatdir”, degan so‘zlari mohiyatidagi uyg‘onish nafasi Hazrat Navoiy da’vatlariga
mohiyatan uyg‘un bo‘lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azm-u shijoat bilan
kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim, ma’naviyat naqadar tengsiz
qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi. Demak, yuksak ma’naviyat bilan
jamiyat hayotining tanasi bo‘lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz
yaratuvchi qudrat baxsh etiladi.
Negaki ma’naviyat va ma’rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik,
bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne’mat bo‘lib
kelgan. Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni yuksak fazilatlar, kamolotga yo‘llovchi
axloqiy mezonlar asosida yashashga, xudbinlik, g‘aflat asiriga aylanmay hamisha yaxshilik
yo‘lida bedor bo‘lishga, bu olamni obod qilishga, go‘zallikka burkashga chorlagan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy holati qoniqarli deb bo‘lmaydi. Ya’ni bizning targ‘ibot-
tashviqot ishlarimiz ko‘pincha tor doirada qolib ketayotganligi, hayotning keng qatlamlariga
kirib borolmayotganligi, tajribasiz ayrim yoshlaming ongiga yetib bormayotganligining naqadar
xavfli ekanligiga maxsus to‘xtalish mumkin. Buning uchun milliy tarbiyani yuksaltirishda ham
davlat bosh islohotchi bo‘lishini e’tirof etib, maktablar, litsey va kollejlarda bevosita ma’naviyat
masalalari bilan shug‘ullanadigan mutasaddi mutaxassislar lavozimlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashni yo‘lga qo‘yish, barcha ta’lim muassasalarida bolalarimizni ongini yuksaltiruvchi,
ulami ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli tashkilot va to‘garaklar tuzish
lozimdir.
Ko‘zlangan
maqsadni
amalga
oshirish
uchun
ijtimoiy
gumanitar
fanlar
hamkorligida pedagogika va psixologiya fanlarig'a: oila mafkurasi va uni shakllantirish
mfixanizimini ishlab chiqish, o‘quvchi yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning kompleks
dasturini ishlab chiqish, milliy dasturga ma’naviy-mafkuraviy tarbiya yuzasidan qo‘shimchalar
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
177
kiritish, o‘quvchi yoshlami milliy g‘oya, mafkura, o‘z-o‘zini anglash,
qadriyatlar
ruhida
shakllantiruvchi milliy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish, milliy mafkuraviy kurashning
ilmiy-amaliy tizimlarini yaratish, xalqimizning barcha qatlamlari xususiyatlarini aks ettiruychi va
qamrab oluvchi targ‘ibot-tashviqot mexanizmlarini ishlab chiqish, milliy ma’naviy g‘oyaning
yangi ilmiy falsafiy ta’limini yaratish, kengashlar faoliyatini uslubiy ta’minlashlari kerak bo‘ladi.
Milliy tarbiyaning nazariyasi, uslubiyati va o‘quvchi yoshlar birlashmalari tizimini,
ma’naviyat bilan shug‘ullanuvchi mutasaddr lavozim professiogrammalarni, o‘quvchi yoshlar
uyushmalari hamda ulaming tizimi va faoliyati mazmunining shakllarini ishlab chiqish
kabi dolzarb amaliy vazifalaming yechimini topishni yuklaydi. Barkamol avlodni voyaga
yetkazishda diniy aqidaparstlikning tarixiy ildizlari, zamonaviy holati va unga qarshi
kurashning nazariy asoslariga ham ko‘p bog‘liqdir. Odamlarimiz tafakkurida og‘ir kurash
kechayotganidan ogoh bo‘lish lozimligi, vaziyat - tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash va bu
orqali barcha ma’rifiy mamlakatlarda bo‘lganidek, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashishning
falsafiy, tarixiy asoslarini yaratishni, inson huquqlari milliy harakat dasturini ishlab chiqishni
talab qilmoqda. Bu esa falsafa, tarix, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiolo-giya va
boshqa fanlarda yangi dunyo qarash va yangi tafakkur shakllanish xususiyatlarini o‘rganib,
natijalarini hayotga tezroq tatbiq qilishni, milliy o‘zlikni anglash jaryonini tahlil qilish,
g‘oyaviy kurash strategiyasi va texnikasi, usul 'va shakllarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Endilikda, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorda ta’kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasidan asrash,
tinimsiz chiranib yotgan ma’naviy tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy-amaliy va ilmiy-
tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda davlat tashkilotlari,
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy
hamkorligini mustahkamlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.
Mamlakatni demokratik asoslarda qayta qurish va jamiyatda ma’naviy-axloqiy muhitni
sog‘lomlashtirish - ko‘p qirrali jarayondir. Bunda ta’lim-tarbiya tizimlarining o‘mi, ahamiyati,
shubhasiz, juda katta. O‘zining kundalik tirikchilik tashvishlaridan ortmay qolgan, milliy-tarixiy
qadriyatlaridan, urf-odatlari va qadimiy an’analaridan deyarli begonalashgan, tor ixtisoslik
doirasida fikr yuritish va faoliyat ko‘rsatishdan chiqa olmagan, erkin va ijodiy fikr
yuritishdan mahrum etilgan «sovet kishisi»ning ongi va dunyoqarashini o‘zgartirish, qalbiga,
ruhiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar nurini singdirish, uning bugungi taraqqiy etayotgan
madaniy olam, erkin va ilg‘or fikrlovchi insonlar darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratishda ta’lim-tarbiya tizimlari oldida katta va keng miqyosli vazifalar
turibdi. Bu, avvalo, yangi davr talablariga to‘la javob beradigan yuqori malakali mutaxassis
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
178
kadrlami tayyorlashdir. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim-tarbiya sohasida nazarda tutilayotgan
tadbirlaming g‘oyaviy-nazariy asoslari milliy mustaqillik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq.
Yoshlarga mustaqil ravishda bilim olish va olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish
ko‘nikmalarini hosil qilish hamda axloq va odobini yaxshilash sirlarini, ularga yoshligidan
o‘rgatilib borilishi joiz bo‘lgani bilan ularda bilimlami haqiqiy egallash va ularni muayyan
hayotiy sharoitlarda qo‘llash zaruriyati talabalik davrida pay do bo‘ladi. Talabalik davrigacha
yosh odamni ota-onasi, maktab o‘qituvchilari, qarindosh-urug‘i, mahalla-ko‘y nazorat qilib
borsa, talaba bo‘lganidan key in kompleks sabablariga binoan bu nazorat keskin pasayib ketadi.
Shuning uchun bu holatni, avvalam bor, talabaning o‘zi anglab yetishi shart, shundan keyin
boshqaruv nazariyasini asosiy tamoyili, tushuncha va qoidalami egallagan holda o‘zini-o‘zi
boshqarib o‘zini - tarbiyalay boshlash kerak.
Mavjud muammolarni hal etish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish,
mamlakat
aholisi,
avvalo,
yoshlar
qalbida
Vatanimizda
amalga oshirilayotgan
islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha
yagona tizim yaratish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishni talab
etadi. Bu borada nafaqat respublikamiz, balki jahon ta’lim tizimida yoshlarning ma’naviy-
axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi,
raqobatbardosh
kadrlar
tayyorlash
mexanizmi, yoshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o‘qitish
modellari texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan interfaol dasturlar ta’lim
jarayoniga tatbiq etilgan.
REFERENCES
1.
Farsaxonova D.R. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash metodikasi // Ta’lim, fan va innovatsiya. 2019, – №1. – B. 77-81.
2.
Azarov Yu.P. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1991. – 67 b.
