PROTECTION OF RESIDENTS AND TERRITORIES FROM EMERGENCY SITUATIONS OF MAN-MADE NATURE

HAC
Google Scholar
f
840-844
0
0
To share
Zoirova, X. (2023). PROTECTION OF RESIDENTS AND TERRITORIES FROM EMERGENCY SITUATIONS OF MAN-MADE NATURE. Modern Science and Research, 2(10), 840–844. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26001
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article discusses the issues of protection of population and territories from emergencies of man-made nature, the establishment of the State System For Emergency Prevention and action in such situations (FVDT), its goals and objectives, functions for the protection of population and territories from emergencies, the organization of effective cooperation in preventing and eliminating the consequences of emergencies, and the introduction of innovative technologies.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

840

AHOLI VA HUDUDLARNI TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA

VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH

Zoirova Xabiba Xamrokulovna

Samarqand viloyati Favqulodda Vaziyatlar

Boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi

o'quv markazi katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10203943

Annotatsiya.

Ushbu maqolada aholi va hududlarni texnogen xususiyatli favqulodda

vaziyatlardan muhofaza qilish, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda
harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, aholi va
hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha funksiyalari, favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda samarali hamkorligini
tashkillashtirish

hamda

muvofiqlashtirishda

innovatsion

texnologiyalarni

joriy etish

masalalari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Favqulodda vaziyat, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday

vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi, innovatsion texnologiyalar, boshqaruv organlari,
samaradorlik, muvofiqlashtirish.

PROTECTION OF RESIDENTS AND TERRITORIES FROM EMERGENCY

SITUATIONS OF MAN-MADE NATURE

Abstract.

This article discusses the issues of protection of population and territories from

emergencies of man-made nature, the establishment of the State System For Emergency Prevention
and action in such situations (FVDT), its goals and objectives, functions for the protection of
population and territories from emergencies, the organization of effective cooperation in
preventing and eliminating the consequences of emergencies, and the introduction of innovative
technologies

Key words:

Emergency, emergency prevention and action in such situations state system,

innovative technologies, governing bodies, efficiency, coordination.

ЗАЩИТА НАСЕЛЕНИЯ И ТЕРРИТОРИЙ ОТ ЧС ТЕХНОГЕННОГО

ХАРАКТЕРА

Аннотация.

В настоящей статье рассматриваются вопросы защиты населения и

территорий от чрезвычайных ситуаций техногенного характера, организация, цели и
задачи государственной системы предупреждения и реагирования на чрезвычайные
ситуации (ГСЧС), функции по защите населения и территорий от чрезвычайных
ситуаций, внедрение инновационных технологий в организацию и координацию
эффективного сотрудничества в предупреждении и ликвидации последствий
чрезвычайных ситуаций. обсуждаются вопросы реализации.

Ключевые слова:

чрезвычайная ситуация, предупреждение ЧС и действия в таких

ситуациях государственная система, инновационные технологии, органы управления,
эффективность, координация.

So’nggi yillarda FVV tomonidan Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatimizda

tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

841

yong’in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar hamda suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va
sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha bir qator huquqiy, tashkiliy, ilmiy-texnik, iqtisodiy va
ijtimoiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Biroq, amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda,
favqulodda vaziyatlar davlat tizimini yanada takomillashtirish borasida qator muammoli
masalalar ham mavjud.

Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida innovatsion yondashuv – yangi

bilim va texnologiyalarning yuzaga kelayotgan havf xatarlarni barvaqt aniqlash va ogoxlantirish,
eng

yangi

himoya

va

qutqaruv

texnologiyalaridan

foydalanish

hamda favqulodda

vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tadbirlarida qo’llashni taqozo etadi. FVDTga zamonaviy
innovatsion texnologiyalarni joriy etish - yangi bilimlarni to’plash, yangi axborot va tashkiliy
texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish texnologik hamda moddiy-texnikaviy faoliyat
tadbirlarga bo’linadi.

Moddiy-texnika sohasidagi innovatsion faoliyat yangi texnik himoya vositalarini ishlab

chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, avariya-qutqaruv ishlarini olib borish, FVDT
faoliyatini boshqarishdan iborat. Yangi axborot texnologiyalarini qo’llash asosida favqulodda
vaziyatlarni monitoring qilish, laboratoriya nazorati va prognozlash tizimi shakllantiriladi.
Shaxsiy himoya vositalarining yangi avlodi, radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik kuzatuv va
nazorat vositalarini yetarli darajada faol rivojlanishiga erishiladi.

FVDT, uning quyi tizimlari va bo’g’inlari faoliyatida mavjud muammolarni hal etish

borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot va izlanishlar maxsuli natijasi sifatida quyidagilar tahlil
qilinadi:

-

favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi bo’yicha ayrim

funksiyalarni bajarishga xususiy sektor vakillarini jalb qilish, jamoatchilikning keng
ishtirokini ta’minlash;

-

zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish orqali uning quyi tizimlari va

bo’g’inlari faoliyatini to’liq raqamlashtirishga erishish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va
innovatsion tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

-

favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash tadbirlarini takomillashtirish hamda

tabiiy va texnogen xavfli jarayonlar holati tahlili asosida xavf manbai yuqori hududlar,
shuningdek, ob’yektlarda profilaktik va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni innovatsion
tashkil etish;

-

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalari shayligini oshirish maqsadida

zamonaviy texnika hamda asbob-anjomlar bilan jihozlash, ularning tayyorgarligini xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirish;

-

FVDT

faoliyatini

inson-jamiyat-davlat

tamoyili

asosida

tartibga

solish

va

takomillashtirish bo’yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar hamda boshqaruv organlari, kuch va
vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etish;

-

aholi o’rtasida targ’ibot-tushuntirish ishlarini olib borishning ta’sirchan, kreativ va

samarali uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o’z vaqtida amaliyotga tadbiq etish
choralarini ko’rish.

Aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish Qonun bilan belgilandi “Aholini va

hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

842

to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–790-son, 17.08.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga
ko'ra, favqulodda vaziyatlar ro'y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo'linadi:

• tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
• texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi

maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar
zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.
Prognoz qilingan yoki ro'y bergan favqulodda vaziyatning ko'lami va holatiga qarab muayyan
hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari o'rnatiladi:

• kundalik rejim – muayyan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro'y berishi xavfi

mavjud bo'lmaganda;

• yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro'y berishi xavfi mavjud bo'lganda;
• favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro'y berganda va favqulodda vaziyatlar

davrida.

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o'z vaqtida taqdim

etmaslik yoki bila turib yolg'on axborot taqdim etish taqiqlanadi. Davlat tomonidan favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish holati, aholining xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan
choralar, prognoz qilinayotgan yoki ro'y bergan favqulodda vaziyatlar, ulardan muhofazalanish
usullari to'g'risida OAV orqali aholi o'z vaqtida va ishonchli xabardor qilinishi shart.

Favqulodda vaziyatlarni e'lon qilish:
• mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda – hokimlarning tegishli qarorlari;
• respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda – Hukumat qarori

bilan amalga oshiriladi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o'tgach kuchga kiradi. Ma'lumot

uchun mamlakatda favqulodda holat e'lon qilish alohida “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Qonun
bilan tartibga solingan.

Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish:

1. Transport avariyalari va halokatlari

:

-ekipaj a’zolari va yo’lovchilarning o’limiga, havo kemalarining to’liq parchalanishiga

yoki qattiq shikastlanishiga, hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia
halokatlar;

-yong’inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bo’lgan va temir yo’l

xodimlarining, halokat hududidagi temir yo’l platformalarida, vokzallar binolarida va shahar
imoratlarida sodir bo’lgan, buning natijasida odamlar o’limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli
ta’sir etuvchi zaharli (KTZM) moddalar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib
kelgan temir yo’l transportidagi halokatlar va avariyalar;

Portlashlarga, yong’inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan

KTZMlarning zararli xossalari namayon bo’lishiga va odamlar o’limi (jarohatlanishi,
zaharlanishi)ga sabab bo’ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan
yo’l transporti hodisalari;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

843

Odamlarning o’limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari

parchalanishiga olib kelgan metropoliten bekatlaridagi va tunnellardagi halokatlar, avariyalar,
yong’inlar;

2. Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:

Atrof tabiiy muhitga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) otilib

chiqishiga va shikastlovchi omillarning odamlar, hayvonlar va o’simliklarning ko’plab
shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan darajada, yo’l qo’yilgan chegaraviy
konsentrasiyalarida ancha ortiq miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqib ketishiga
olib kelgan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong’inlar va portlashlar;

3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar

:

-texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong’in uchun

xavfli moddalar va materiallar ishlatadigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi, odamlarning mexanik
va termik shikastlanishiga va o’limiga, ishlab chiqarish fondlarining nobud bo’lishiga, favqulodda
vaziyatlar hududida ishlab chiqarish siklining va odamlar hayoti faoliyatining buzilishiga olib
keladigan avariyalar, yong’inlar va portlashlar;

Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o’limiga olib keladigan hamda qidirish-

qutqarish ishlarini o’tkazishni, nafas olish organlarining muhofaza qilishning maxsus anjomlarini
va vositalarini qo’llashni talab qiluvchi ko’mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va
chang portlashi bilan bog’liq avariyalar, yong’inlar va jinslarning qo’porilishi.

4. Energetika va kommunal tizimidagi avariyalar:
-sanoat va qishloq xo’jaligi mas’ul istemolchilarining avariya tufayli energiya ta’minotisiz

qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kelgan GES, GRES, TESlardagi, tuman
issiqlik markazlaridagi va boshqa energiya ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar va yong’inlar;

-aholi hayot faoliyatini buzilishiga va salomatligiga xavf tug’ilishiga olib kelgan gaz

quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizasiya va kommunal
inshootlaridagi avariyalar;

-atmosfera, tuproq, yer osti va usti suvlarining odamlar salomatligiga xavf tug’diruvcha

darajada konsentrasiyadagi zaharli moddalar bilan ifloslanishiga olib keladigan gaz tozalash
quvurlaridagi, biologik va boshqa kommunal tizimlaridagi avariyalar.

5. Odamlar o’limi bilan bog’liq bo’lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari

o’tkazishini hamda zarar ko’rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishini talab qiladigan
maktab, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari
konstruksiyalarning to’satdan buzilishi, yong’inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.

6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish

yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar;

-radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar;
-biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni

amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassalarda biologik vositalarning atrof muhitga
chiqib ketishi bilan bog’liq vaziyatlar.

7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

844

-suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog’lardagi ko’llardagi suv urib

ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o’limiga, sanoat va
iqtisodiyot ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan avariyalar.

Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarning bajarilishi texnogen

xususiyatdagi FV natijasida sodir bo’lgan avariya va halokatlarning ko’lamiga, turiga, fuqaro
muhofazasi kuchlarining hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo’lgan vaqtiga
(yil davomida, kuni) ob-havoga va boshqa ko’pgina omillarga bog’liqdir. Texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlar vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorarlikni tashkil etish, fuqaro muhofazasi
tuzilmalarining hatti-harakatlari oldindan rejalalashtirilgan asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman,
shahar va viloyat miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo’lishi mumkin
deb baShorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdagi avariya va halokatlar asos bo’lib xizmat
qiladi.


REFERENCES

1.

Xabibullaev I. X va boshqalar. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi tadbirlari.(T.
2001y).

2.

Tojiev M. va boshqalar. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.(T. 2002 y).

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "FVV ini tashkil etish to’g’risida"gi 1996 yil 4
mart PF- 1378-son Farmoni.

4.

Ochilov Qudratov. Tohir G’aniev Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. T.2005 yil.

5.

Qudratov A G’aniev.T va boshqalar "Hayotiy faoliyat xavfsizligi".

References

Xabibullaev I. X va boshqalar. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi tadbirlari.(T. 2001y).

Tojiev M. va boshqalar. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.(T. 2002 y).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "FVV ini tashkil etish to’g’risida"gi 1996 yil 4 mart PF- 1378-son Farmoni.

Ochilov Qudratov. Tohir G’aniev Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. T.2005 yil.

Qudratov A G’aniev.T va boshqalar "Hayotiy faoliyat xavfsizligi".

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов