Authors

  • Yulduz Ochilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45121

Keywords:

irim aytim folklor adabiy meros janr obraz tahlil ilmiy faoliyat.

Abstract

Ushbu maqolada biror maqsad, niyat bilan qilingan xurofiy tadbir (masalan, to‘ydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish; dard-baloni qaytarish, ziyon-zahmatdan, ko‘z tegishdan saqlash uchun biror narsani boshdan o‘girib tashlash va boshqalarda qo’llaniladigan irimlar haqida ma’lumotlar keltirilgan).

background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

259

O‘ZBEK ADABIYOTIDA IRIM SO‘ZLARINING QO‘LLANISHI

Ochilova Yulduz Axmad qizi

Buxoro davlat pedagogika institute,

Tillar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13986551

Annotatsiya. Ushbu maqolada biror maqsad, niyat bilan qilingan xurofiy tadbir (masalan,

to‘ydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish; dard-baloni qaytarish, ziyon-zahmatdan, ko‘z

tegishdan saqlash uchun biror narsani boshdan o‘girib tashlash va boshqalarda qo’llaniladigan

irimlar haqida ma’lumotlar keltirilgan).

Kalit so’zlar: irim, aytim, folklor, adabiy meros, janr, obraz, tahlil, ilmiy faoliyat.

THE USE OF IRIM WORDS IN UZBEK LITERATURE

Abstract. In this article, a superstitious event made with a purpose, intention (for example,

taking something from a wedding with good intentions; turning something away from one's head

in order to ward off pain, damage, trouble, eye contact, etc.) information about the used irims is

given).

Key words: irim, saying, folklore, literary heritage, genre, image, analysis, scientific

activity.

УПОТРЕБЛЕНИЕ СЛОВ ИРИМ В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация. В данной статье суеверное событие, совершаемое с определенной

целью, намерением (например, взятие чего-либо со свадьбы с благими намерениями;

отворачивание чего-либо от головы, чтобы отвести боль, вред, неприятности,

зрительный контакт и т.п.) дана информация об использованных иримах).

Ключевые слова: ирим, поговорка, фольклор, литературное наследие, жанр, образ,

анализ, научная деятельность.

Har bir xalqning o’z urf-odati, irimi mavjud. Ular bu odat va irimlarga o’ta jiddiy

yondashishadi, ishonishadi. Bilamizki, o’zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Yevropa madaniyatida

esa farzandlarini balog’at yoshiga yetgandan so’ng qaramog’idan chiqarishadi. O’zbek xalqi

farzandini jonidan ortiq suyadi, ammo tanganing ikki tomoni bo’lgani kabi bola tarbiyasida

qarg’ish so’zlari juda ham xavfli rol o’ynab kelmoqda. Bolani qarg’aganda uning ongostiga

joylanadi. Chunki olimlarning tajribasidan malum bo’lganki, insonga qanday so’z aytsa u ong

ostiga joylanadi.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

260

Inson tanasida suv yig’ilib eng kop qismi bosh miyada saqlanadi. Miyaga saqlangan

suvning esa xotirasi bor ekan.Agar farzandiga sen garangsan deb aytsa ota yoki onasi bu uning

miyasidagi suvning xotirasiga joylanarkan.Bu esa o’z navbatida farzandning kelajagida katta og’ir

jarohat qoldiradi(hattoki o’lim bilan ham yakunlanishi mumkin)

Masalan “Yer tartgir” qarg’ishi - ertaroq bu olamni tark etib, yer seni bag’riga ertaroq olsin,

ma’nosini bildirib keladi.

Bu asosan qipchoq shevasida qo’llanib kelingan. Irim so’zlari esa xalq orasida asrlar

davomida asosan qariyalar orasida juda ham mashhur bo’lib kelgan.

Ayniqsa qariyasi bor xonadonlarda irim so’zlari oila a’zolari ongiga juda ham yaxshi

singdirilgan bo’ladi. Odatda, oilali ayollarimizning burni qichisa o’zi o’ziga go’sht yeyin deb uch

marotaba aytgan (aytish davomida qo’lini musht qilib burniga o’zi urgan). Bu bilan ayol o’z

o’rnida eridan tayoq yemasligini oldini olish irimi hisoblangan. Bu irim Qashqadaryo hududida

ham Buxoro hududida ham shakllangan. Irim so’zlari imom hatiblar tomonidan taqiqlanadi.

Masalan: “Kech payti uy supirilmaydi”, ushbu irim so’zini yoqlamagan.

Chunki ertadan kechga qadar ishlaydigan ayollarimiz kechki vaqtga uy supurishni

mo’ljallaydi, sharoiti shuni taqazo etadida.

Masalan:

1.

Supurgini qo'lga bermaydi –

yomon bo’ladi, qo’lidan bergan kishining sog’lig’iga

yomon ta’sir etadi

2

.Qaychini ochiq qoldirmaydi –

sababi uyda janjal bo’lishi mumkin.

3.

Kul bilan musurni aralashtirmaydi

– yomon bo’ladi, odatda to’y ko’ngilsiz voqeaga

aylanishi mumkin degan fikr mavjud.

4.

Qalampirni qo'lga bermaydi

– Odatda achchiq narsa qo’lga emas, balki tokcha ustiga

beriladi.

Shu ma’qul ko’rilib kelinmoqda xalq orasida.

5

.Supurgini tik qo'ymaydi

– yomon vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin, yomon

bo’ladi.

6.

Otasining oyoq kiyimiga sabzi solish -

Uylanmoqchi bo'lsa o'g'il bolalar dadasining

oyoq kiyimiga sabzi solib qo’yishsa demakki, o’g’li uylanishni xohlayapti degan ma’noda. Bu

holat aslida o’zbek millatining hayosining bir belgisidir.

7.

Shirinlik yeyish

- belgili qizlarning nonsindiraridagi konfetni irim qilib bo'yqizlar yeydi,

shundan keyin bo’y qizlarga ham sovchi kelib to’y bo’lib ketsin ilohim deyilgan shu bilan boy

badavlat bo’lsa bo’y qizlarga ham yuqsin ma’nosida ham shu holat sodir etilib kelinmoqda.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

261

8.

To’qqiz ochish marosimi

-bo’y qizlar belgili qizlarning kuyov tomonidan kelgan

to'qqizini irim qilib to'y bo'lay deb birinchi ochadi!

9.

Kasal kishini qorong'uda so'rab bormaydi

– odatda bu mumkin emas, bemor kishining

sog’lig’iga yomon ta’sir etishi mumkin, asosan kunduzi so’rab borgani yaxshi deyilgan.

10.

Janozadan kelgandan so'ng birdan uyga kirilmaydi –

avval ustidagi nimchasi yoki

ayollar boshidagi katta ro’molini hovliga yechib qo’yib, keyin uyga kirishi kerak deyilgan

11.

Tirnoqni seshanba kuni olmaydi

– bu kuni tirnoq olish mumkin emas, yomon

vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin deyilgan.

12.

Kech payti tirnoq olmaydi –

kech payti emas yorug’ payti tirnoq olishi kerak, bordiyu

bu paytda olsa, yomon holatlarni, ko’ngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi mumkin deyilgan

13.

Sugal chiqqanda

- qo'ldan sugal chiqsa, qurbaqaga yalatsa yaxshi bo'ladi.

14.

Belgili qizlarning boshiga ro’mol o’rashi

- begili qilingan qizlar boshiga ro'mol o'rab

yuradi, chunki egali hisoblanadi.

15.

Erkaklarning boshiga do’ppi kiyishi

- marakaga erkaklar boshiga do'ppi kiyib borishi

kerak.

16.

Ta’ziyaga borayotgan ayollar ro’mol o’rashlari

-biron kishi o'tib qolganda ayollar

boshiga katta ro'mol o'rab borishi shart

17.

Qontalash

- Biron oilada biron kishi kuchli og'ir dard bilan yotib qolganda sog'ayib

ketishi uchun xalqqa qontalash qilinadi.

18. Ba’zi xalqlarda juma kuni

13-sana

ga to’g’ri kelsa, baxtsizlik keltiradi degan irim bor.

Bu irimning kelib chiqishi haqida bir necha rivoyatlar mavjud.

Ulardan biri Qadimgi Ahd diniy kitobidan olingan. Unda yozilishicha shu kuni Qobil ukasi

Hobilni o’ldirgan. O’shandan beri juma kuni 13-sanaga to’g’ri kelsa, bu kun baxtsizliklar belgisiga

aylanib qolgan.

Yana bir rivoyat bo’yicha bu kun tampliyerlar ordeni voqeasi bilan bog’liq. 1307 yilning

13 oktyabri juma kuniga to’g’ri kelgan. Aynan shu kuni Fransiya qiroli Phillip IV papa Kliment

V ning muhri bosilgan maxfiy hujjatga tayanib, orden a’zolarini hibsga olishni buyuradi. Orden

a’zolari dinga qarshi chiqishda va fahsh ishlarida ayblanadi. Natijada orden tarqatib yuboriladi,

hibsga olingan tampliyerlar esa qiynoqqa solinib, so’ngra qatl qilinadi.

19.Ostonadan turib narsani oldi-berdi qilish mumkin emas.

Gap shundaki, qadim

zamonlarda o’liklar kuli uy ostonasi tagiga ko’milgan. Shuning uchun ostonada turib oldi-berdi

qilish ularning ruhini bezovta qilishi mumkin deb hisoblanar edi. Aynan ana shu sababli ostonada

o’tirish ham mumkin emas.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

262

Bundan tashqari ostona – bexavotir uy bilan xavfli dunyo yoki yanaham qo’rqinchlisi –

tiriklar dunyosi bilan o’liklar dunyosi o’rtasidagi chegara hisoblanadi.

20.

Yarim yo’ldan qaytish mumkin emas.

Bu irim ham ikki dunyo oralig’i hisoblangan

ostona bilan bog’liq. Maqsadiga erisholmasdan yarim yo’lda qaytayotgan odam kuchsiz holda

bo’ladi. Bu esa ruhlar bezovtaligiga sabab bo’ladi. Yoki bizning olamga kirib olishni istagan

mavjudodlar uchun imkoniyat bo’ladi.

21.

Soat hadya qilish mumkin emas.

Hattoki hozirgi o’ta madaniyatli zamonda ham soat

hadya qilish nomaqbul sovg’a hisoblanadi. Bu irim qadimgi Xitoydan kirib kelgan. Unda

aytilishicha soatni sovg’a sifatida qabul qilish janozaga taklif qilishni bildiradi.

22.

Pichoqdan narsa yeb bo’lmaydi.

Qadim zamonlardan beri pichoq nafaqat mehnat

quroli, balki har xil dushmanlardan va ins-jinslardan himoyalanish vositasi, deb hisoblanib

kelingan. Shuning uchun ham irim bo’yicha pichoqdan narsa yeyish ins-jinslarni g’azabini

keltirish mumkin, bu esa o’z navbatida odamni jaxhldor va agressiv qilishi mumkin degan

tushuncha mavjud.

23.Chorrahadan hech nars aolish mumkin emas.

Aytishlaricha, agar biror kasallik yoki

baxtsizlikni qandaydir narsaga o’tkazib, keyin bu narsani chorrahaga tashlab ketilsa, ins-jinslar

ularni olib ketadilar. Aynan shuning uchun ham chorrahadan topib olingan narsani olish

ko’ngilsizliklar olib kelishi mumkin. Topib olingan narsa qanchalik qimmatbaho bo’lsa, kasofati

ham shunchalik kuchli bo’ladi

24.Bir poy oyoq kiyimda yurish mumkin emas.

Bu irim ham qadim zamonlardan beri

mavjud. Odamlarning aytishicha, bir poy oyoq kiyim kiyish erta yetim bo’lishga olib kelar ekan.

25. Singan oynaga qarash mumkin emas.

Aytishlaricha, singan oynaga qarash baxtsizlik

olib kelishi mumkin.

26.

Ijobiy yoki salbiy axborot belgisini ifoda etuvchi irim-sirim bilan bog‘liq til

birliklari.

Bunday irim-sirimlar ma’lum maqsadga yo‘nalmaydi. Ular bir narsapredmet, hayvon,

raqam, rang kabi birliklar orqali anglanadigan ijobiy yoki salbiy belgiga ega irim-sirim bilan

bog‘liq til birliklaridir.

Bunday irim-sirimlarda tavsifiy matn ishtirok etmaydi balki nutq suppozitsiyasida uning

belgisi anglaniladi.

Misol uchun: taqa- omad belgisi, siniq oyna- baxtsizlik belgisi va hakazo.

Xulosa qilib aytganda, o`zbek xalq irimlari ajdodlarimizning yaxshilik va yomonlik,

ezgulik va yovuzlik, hayot va o`lim haqidagi qadimiy e`tiqodiy qarashlari asosida yuzaga kelgan

bo`lib, kundalik turmushda ularga amal qilish o`ziga xos an`ana hisoblanadi:


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

263

biron-bir falokat sodir bo’lmasligi uchun;

ziyon-zahmatga yo‘liqmaslik

xatarning oldini olish chorasini qilmoq, qidirmoq;

irim tarzida biror narsa qilmoq.

REFERENCES

1.

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE

EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK

PHRASEOLOGICAL UNITS.

Theoretical & Applied Science

, (6), 469-472.

2.

Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ

СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. –

2020. – №. 5 (56).

3.

Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В

ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)

4.

Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом

воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5.

– С. 48-49.

5.

Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF"

WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. – 2018. – №. 11. – С. 75.

6.

Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ

ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. – 2020. – №. 9. – С. 32-34.

7.

Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ

//Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1. – С. 24-25.

References

Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. – 2020. – №. 5 (56).

Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1 (46)

Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 10-5. – С. 48-49.

Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. – 2018. – №. 11. – С. 75.

Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. – 2020. – №. 9. – С. 32-34.

Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 1. – С. 24-25.