Authors

  • Farzona Qurbonboyeva
  • U.U Ilhomov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57058

Keywords:

gender tenglik teng huquqlar inson huquqlari ijtimoiy adolat teng maosh ta’limda tenglik oiladagi tenglik ayol va erkak huquqlari.

Abstract

Ushbu maqolada biz gender tenglik o‘zi nima, u biz uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi, bu tenglikning asosiy maqsadi va ro‘li qay darajada biz uchun muhimligini ko‘rib chiqamiz. Gender tenglik nafaqat inson huquqlarini himoya qilish, balki iqtisodiy rivojlanish, barqarorlik va jamiyatning umumiy farovonligi uchun ham muhim omil ekanligini tushunib yetish.

background image


Dekabr, 2024-Yil

657

GENDER TENGLIGI MASALALARI VA JAMIYATDAGI O‘ZGARISHLAR

Qurbonboyeva Farzona

O‘zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi

e-mail:

farzonaqurbonboyeva123@gmail.com

Ilhomov U.U

Ilmiy rahbar: Oʻzbekiston milliy universiteti oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14476127

Annotatsiya

. Ushbu maqolada biz gender tenglik o‘zi nima, u biz uchun qanday

ahamiyatga ega ekanligi, bu tenglikning asosiy maqsadi va ro‘li qay darajada biz uchun

muhimligini ko‘rib chiqamiz. Gender tenglik nafaqat inson huquqlarini himoya qilish, balki

iqtisodiy rivojlanish, barqarorlik va jamiyatning umumiy farovonligi uchun ham muhim omil

ekanligini tushunib yetish.

Kalit so‘zlar

: gender tenglik, teng huquqlar, inson huquqlari, ijtimoiy adolat, teng maosh,

ta’limda tenglik, oiladagi tenglik, ayol va erkak huquqlari.

ПРОБЛЕМЫ ГЕНДЕРНОГО РАВЕНСТВА И ИЗМЕНЕНИЯ В ОБЩЕСТВЕ

Аннотация

. В этой статье мы рассмотрим, что такое гендерное равенство,

насколько оно важно для нас, основная цель и роль этого равенства, насколько оно важно

для нас. Осознание того, что гендерное равенство является важным фактором не только

защиты прав человека, но и экономического развития, стабильности и общего

благополучия общества.

Ключевые

слова

: гендерное равенство, равные права, права человека, социальная

справедливость, равная оплата труда, равенство в образовании, равенство в семье, права

женщин и мужчин.

GENDER EQUALITY ISSUES AND CHANGES IN SOCIETY

Abstract.

In this thesis, we will consider what gender equality is, how it is important for

us, the main goal and role of this equality, to what extent it is important for us. To understand that

gender equality is an important factor not only for the protection of human rights, but also for

economic development, stability and general well-being of society.

Keywords

: gender equality, equal rights, human rights, social justice, equal pay, equality

in education, equality in the family, women’s and men’s rights.


background image


Dekabr, 2024-Yil

658

Gender tenglik o‘zi nima? Gender tenglik-bu erkaklar va ayollar (yoki boshqa jins

vakillari) teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Gender tenglikning asosiy

maqsadi- barcha jins vakillarining inson sifatida teng qiymat va hurmatga ega bo‘lishini

ta’minlashdir. Bu faqat ayollar uchun emas, balki erkaklar uchun ham muhimdir.

Ayollar masalasi jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, millatlar, davlatlar, madaniyat va

sivilizatsiyalar bilan uzviy aloqada. Bu masalaning yuzaga kelishi, rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy

jarayonlarning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishi bilan ham bog‘liqdir[1]. O‘zbekistonda

gender tenglik masalasi davlat va jamiyat rivojlanishining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida

belgilangan. Biroq, mamlakatda an’anaviy jinsiy rol taqsimoti va ijtimoiy stereotiplar gender

tenglikni to‘liq ta’minlash yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston hukumati

gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Aytish joizki:

Глава 1

2019-yilda “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar

kafolatlari to‘g‘risida” qonun qabul qilindi;

Глава 2

Parlamentda ayollarning ulushi 2019-yilda 32%ga yetdi[2];

Глава 3

Gender asosida diskriminatsiyani taqiqlovchi me’yoriy hujjatlar joriy etildi;

Глава 4

Ayollari tadbirkorlikka jalb qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun

moliyaviy yordam dasturlari amalga oshirilmoqda[3];

Natijada: Ayollarning ish bilan bandlik darajasi oshmoqda, oliy ta’limga kirish darajasi

oshib bormoqda. Ayollarning parlamentar va mahalliy boshqaruv organlarida ishtiroki ko‘paydi.

Gender tenglik masalasiga nisbatan jamoatchilikning ongida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda,

biroq an’anaviy stereotiplar hanuz mavjud.

Chet elda gender tengligi masalasi turli mamlakatlarda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy

sharoitlarga qarab har xil darajada rivojlangan. Ba’zi davlatlar gender tengligini ta’minlashda

yetakchilik qilsa, boshqalarida bu masalada jiddiy muammolar saqlanib qolgan. Gender tenglikka

oid dunyo reytinglarida birinchi o‘rinlarni Skandinaviya, Norvegiya, Finlandiya va Islandiya

davlatlari turadi. Masalan: Islandiyada gender bo‘yicha maosh farqi juda past, ayollarning

rahbarlik lavozimidagi ulushi esa yuqori. Norvegiyada ota-onalarning har ikkisi ham haq

to‘lanadigan ta’til olish imkoniga ega, bu esa o‘z navbatida gender tengligini oilaviy muhitda

mustahkamlaydi. Gender tenglik bo‘yicha muammoli hududlar qatoriga Janubiy Osiyo (Hindiston,

Pokiston, Bangladesh); Yaqin Sharq davlatlari kiradi. Bu davlatlarning ayrimlarida qizlar ta’lim

olish imkoniyatlaridan cheklangan, bolalikdan majburiy turmush qurish hollari uchraydi[4].

Chet elda gender tengligi masalasi bo‘yicha yetakchi davlatlar (masalan, Skandinaviya

mamlakatlari) o‘z muvaffaqiyatlari bilan boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat


background image


Dekabr, 2024-Yil

659

qilmoqda. Ammo ba’zi hududlarda bu boradagi muammolar hanuzgacha dolzarb. O‘zbekistondagi

gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha qadamlar tashlanmoqda, lekin bu masalada sezilarli

natijalarga erishish uchun yanada ko‘proq vaqt, sa’y-harakat va jamiyat ongida tub o‘zgarishlar

zarur[5].

Xulosa qilib aytish joizki, gender tenglikka erishish - uzoq muddatli jarayon, bu nafaqat

ayollar, balki jamiyatning barcha a’zolari uchun teng imkoniyatlar yaratadi va adolatli hayot

kechirish imkonini beradi. Har yili qabul qilinayotgan davlat dasturlarida ayollar huquqlari

to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ayollarni himoya qilishning institutsional

asoslarini mustahkamlash hamda barcha aholini gender tengligi to‘g‘risidagi xabardorligini

oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va izchil amalga oshirish kerak.

REFERENCES

1.

“Oila va gender sotsiologiyasi”, Gulsum Tagiyeva, Hayriniso Husanova, Samarqand 2021

2.

https://lex.uz

3.

https://qalampir.uz

4.

https://www.unicef.org

5.

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.

6.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF

POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. –

№. 3. – С. 426-431.

7.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI

//Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.

8.

Нуркулов

Б.,

Равшанова

О.

JORJ

GERBERT

MIDNING

RAMZIY

INTERAKSIONIZM NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.

9.

Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA”

ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.

10.

Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т.

1. – №. 3. – С. 292-295.

11.

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL

TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №.

1.1. 1. – С. 63-66


background image


Dekabr, 2024-Yil

660

12.

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT

https://farspublishers.

org/index.

php/ijessh/article/view/1527

https://zenodo.

org/records/8003552#. – 2023.

13.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari

//IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

14.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING

NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №.

SI-1.

15.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF

ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. –

2024. – Т. 3. – №. 5.

16.

Ilxomov,

Umrbek,

and

Parizod

Nasirdinova.

"IRVING

GOFFMANNING

DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.

17.

ILXOMOV,

Umrbek.

"SOTSIAL

MOBILLIK

YOSHLAR

INTELLEKTUAL

SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-

114.

18.

.Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM

MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA

YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational

sciences 3 (2024): 252-256.

19.

Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING

INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.

20.

Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic

research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262

References

“Oila va gender sotsiologiyasi”, Gulsum Tagiyeva, Hayriniso Husanova, Samarqand 2021

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 426-431.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.

Нуркулов Б., Равшанова О. JORJ GERBERT MIDNING RAMZIY INTERAKSIONIZM NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.

Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA” ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.

Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 292-295.

A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №. 1.1. 1. – С. 63-66

Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT https://farspublishers. org/index. php/ijessh/article/view/1527 https://zenodo. org/records/8003552#. – 2023.

A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.

Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.

Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5.

Ilxomov, Umrbek, and Parizod Nasirdinova. "IRVING GOFFMANNING DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.

ILXOMOV, Umrbek. "SOTSIAL MOBILLIK YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-114.

.Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational sciences 3 (2024): 252-256.

Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.

Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262