2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
615
RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’ZBEKISTONDAGI HOLATI
Toshov M.H.
Osiyo xalqaro universiteti.
M.Dj. Bobojonova
Osiyo xalqaro universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15295142
Annotatsiya.
Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga
jadal kirib boryapti. Uni joriy etishga o’z vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha
ish tutayotganlari taraqqiyotdan orqada qolyapti. Rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyot
yordamida yaratiladigan qo’shilgan qiymatning sezilarli darajada katta qismiga da’vogar bo’lgani
holda, sust taraqqiy etgan davlatlarning bu jarayonda o’z ulushiga ega bo’lishi tobora imkonsiz
bo’lib boraveradi.
Kalit so’zlar:
Raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, elektron
darslik.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bugungi kunning va yaqin istiqbolning
eng muhim vazifasiga aylangan. Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida 2025 yilga borib raqamli
iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3
baravar oshirish, ular eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish vazifasi qo’yilgan.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish pirovardida korrupsiyaga barham berish imkonini berar
ekan, barcha jabhalarda bo’lgani kabi mamlakatimiz ta’lim tizimida ham sezilarli ijobiy o’zgarishlar
bo’lishi muqarrar. Iqtidorlarni tanlash va tarbiyalash, ularni kasbga, ilm-fanga to’g’ri yo’naltirish
mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa buyuk ajdodlarimizga
munosib vorislarni tarbiyalash, bu ulug’ zaminda takror va takror mutafakkirlar, zabardast olimlar
yetishib chiqishiga sabab bo’ladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Uyg’onish davri baribir
bo’ladi, o’shanda yangi Ulug’beklar dunyoga keladi…”
Davlatimiz rahbarining uzoqni ko’ra bilishlari va kelajakdagi yuksak marralarga erishish
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ortidan yuz berishini teran anglab, raqamli iqtisodiyotsiz milliy
iqtisodiyotning kelajagi yo’q ekanligini ta’kidlashlari, xususan, hokimlar faoliyatiga baho
berishning yangi mezoni sifatida raqamlashtirish qay darajada yo’lga qo’yilganligini belgilab
berishlari bejiz emas.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
616
Yana bir muhim jihati, avvalo aholi eng ko’p to’qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish,
odamlarning og’irini yengil qilishga ustuvorlik qaratish lozimligiga alohida e’tibor berilyapti. Shu
maqsadda sog’liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo’jaligi, ta’lim yo’nalishlarini
raqamlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan loyihalar belgilab olindi. Xususan, “elektron
poliklinika”, “elektron kundalik”, “elektron darslik”, “o’qituvchilarni baholash” tizimlarini barcha
hududlarda joriy etish ana shular jumlasiga kiradi.
Boshqa tomondan, sanoat 4.0 inqilobiga tayyorgarlik rivojlangan davlatlar o’rtasida yuqori
tus olgan va bu yangi davrda an’anaviy pul va to’lov tizimlari samara bermay qo’yadi. Buning
natijasida moliyaviy vositachilarsiz, tezkor, ishonchli, shaffof to’lovlarni kafolatlaydigan
blokcheynga asoslangan mutlaqo yangi to’lov tizimiga ehtiyoj ortadi.
Shunday ekan, monetar organlar ham mustaqil pul-kredit siyosatini saqlab qolish maqsadidi
o’zining milliy raqamli valyutasini joriy etish borasida aniq strategiyaga ega bo’lishi talab etiladi.
Prezidentimizning 2020 yilgi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “joriy yilda matematika,
kimyo-biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib,
olimlarga barcha shart-sharoit yaratib beriladi”, deyilgan. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishda matematika fanining roli muhim ekanligini ta’kidlash joizdir. Shu o’rinda, nemis
klassik faylasufi Immanuel Kantning “Fan tarkibida matematika qancha bo’lsa, shuncha haqiqat
bor”, degan obrazli fikrini raqamli iqtisodiyotga nisbatan ham aytsa bo’ladi, deb o’ylayman.
Agar matematik modellashtirish va informatikadan o’rinli foydalanilsa, juda murakkab
jarayonlarning ham matematik modelini yaratish mumkin bo’ladi. Matematik modellar esa, tadqiqot
uchun qulay, ishonchli va tejamlidir. Matematik metodlar iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismiga
aylangan bo’lib, qator iqtisodiy modellar yaratilgan. Shu o’rinda iqtisodiyot bo’yicha Nobel
mukofotiga ega bo’lgan tadqiqotchilarning deyarli barchasi matematik modellashtirish
metodlaridan foydalanib, yutuqqa ega bo’lganlari sir emas. Bu olimlar qatoriga D.Xiks, R.Solou,
V.Leontev, P.Samuelson, L.Kantanovich va boshqalarni keltirish mumkin.
O’zbekistonda matematika fanining nufuzi jahon talabi darajasida ekanligi quvonarli holdir.
Ayniqsa, akademik Shavkat Ayupov rahbarlik qilayotgan ilmiy-tekshirish institutida olib
borilayotgan tadqiqotlar tahsinga loyiq. Faqat u tadqiqotlarni amaliyot bilan bog’lash, fanning
yutuqlaridan amaliy foydalanish kabi muhim masalalar o’z yechimini kutmoqda.
Bundan tashqari, raqamli iqtisodiyot uchun bevosita zarur axborot texnologiyalarini (IT)
qo’llash, dasturlash ko’nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor talab etiladi. Bu borada
respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy maxsus onlayn-portal orqali IT-yo’nalishlari
bo’yicha tayyorlashga yo’naltirilgan yirik loyiha “Bir million o’zbek dasturchi”ning o’rni beqiyos
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
617
ekanligini e’tirof etish joiz. Bu esa, o’z navbatida, raqamli iqtisodiyot sharoitida global mehnat
bozorida eng dolzarb yo’nalishlarda munosib o’rin egallash imkonini beradi.
Ekspertlarning fikricha, 2018 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 15% dan ortig’i
o’zlarining ish faoliyatida Blockchain texnologiyasidan foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga
sabab qilib, Blockchain texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga qaramasdan, uning
mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy o’zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari
ishtirokchilari orasida ulkan qiziqish uyg’otganini ko’rsatish mumkin.
Blockchain texnologiyasi moliya bozorining ko’pgina tarmoqlarini raqobatbardoshligini va
yuqori salohiyatini oshirish imkoniyatini namoyish etadi. Kelajakda moliya bozorida Blockchain
texnologiyasini joriy qilishga eng jozibador tarmoq bo’lib investitsion banking va moliyaviy
tranzaksiyalarni boshqarish hisoblanadi. Blockchain texnologiyasini keng qo’llash mumkin bo’lgan
tarmoqlarga banklarning chakana operatsiyalarini, sug’urta, ko’chmas mulkka investitsiyalar va
faktoringni misol qilib keltirish mumkin. Shu bilan birga, Blockchain texnologiyasini moliya
bozorlarini rivojlantirishdagi mavjud barcha muammolarning yechimi sifatida qarash noto’g’ridir.
Hozirgi vaqtda Blockchain texnologiyasidan moliya bozorlarida foydalanishni tartibga solishning
huquqiy asoslari oxirigacha to’liq ishlab chiqilmagan va bu borada nihoyasiga yetmagan, o’zini
yechimini kutayotgan ko’plab masalalar turibdi.
Ayni paytda, banklar va Fintech kompaniyalari hamkorligi yangi imkoniyatlarni yuza
keltiradi, deb ta’kidlovchilar ham topiladi.
Bunday fikr egalari quyidagilarga asoslanadi:
Fintech innovatsiyalari yangi bank faoliyati va modellarining paydo bo’lishiga sabab
bo’ladi;
Moliyaviy xizmatlar portfeli diversifikatsiyasini yaxshilaydi;
Yirik banklar va Fintech startaplari bir-birini to’ldiradi va yangi qiymat yaratish imkoni
yuzaga keladi.
Bundan tashqari, Bank va Fintech hamkorligi natijasida quyidagi risklarga ham duch kelish
mumkin:
Madaniyat mosligi masalasi;
Kiberxavfsizlik muammolari;
Hamkorlikni samarali amalga oshirish uchun malakali xodimlarni yollashdagi
qiyinchiliklar;
Investitsiya risklarining yuqoriligi;
Huquqiy risklar Fintech funksiyalarini integratsiya qilishning murakkabligi.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
618
Ta’kidlash lozimki, jadal rivojlanayotgan Fintech harakatiga nisbatan banklar quyidagi
yo’nalishda javob qaytarmoqda:
Fintech startaplarini inkubator va akselerator dasturlari orqali rag’batlantirish;
Venchur fondlari orqali Fintech startaplariga investitsiya kiritish;
Fintech kompaniyalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish;
Fintech kompaniyalarini tarkibiga qo’shib olish;
O’zining Fintech kompaniyalari faoliyatini yo’lga qo’yish.
Fintech startaplariga investitsiyalarning AQSh tajribasi ko’rsatishicha, AQSh banklari
blokcheyn, ma’lumotlar tahlili, moliyaviy xizmatlarning dasturiy ta’minoti, to’lovlar va hisob-
kitoblar bilan bog’liq Fintech startaplariga ko’proq investitsiya kiritmoqda.
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot va uning texnologiyalari a’nanaviy moliyaviy
xizmatlar bozorini “qo’porib tashlash” salohiyatiga ega. Bu esa tijorat banklaridan raqamli
transformatsiyani jadal amalga oshirish, Fintech kompaniyalari bilan hamkorlikning samarali
yo’nalishlarini yo’lga qo’yishni taqozo etadi.
XULOSA
Globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapital harakati, turizm, xorijiy
investitsiyalar, axborot texnologiyalari rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o’sish sur’atlariga
ta’sir ko’rsatmoqda. Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik, xalqaro
iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash imkoniyatlari yaratildi. Bunga
mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining o’sishi misol bo’la oladi. Elektron hukumat, elektron
hukumat, telekommunikatsiya, internet, internet kabi ko’plab atamalar hayotimizning ajralmas
qismiga aylandi. IT bizning kundalik hayotimizning barcha sohalarini qamrab oladi.
Ma’lumki, bugungi kunda qo’shimcha qiymat yaratishda raqamli iqtisodiyot ham muhim
o’rin tutadi. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ biznesning strategik
rivojlanishining asosiy omiliga aylanmoqda. Raqamli nomoliyaviy omillar banklarning
raqobatbardoshligini belgilaydi va ularning samaradorligiga ta’sir qiladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Abbosova, A., & Toshev, M. H. (2025). RAQAMLI IQTISODIYOT–MAMLAKAT
IQTISODIYOTINI TARAQQIY ETISHIDAGI ASOSIY OMIL SIFATIDA.
Modern Science
and Research
,
4
(2), 379-386.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
619
2.
Toshov, M. (2025). STATE PROGRAMS IN DEVELOPMENT AND PLANNING OF
REGIONAL INFRASTRUCTURE.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1).
3.
Toshov, M. H., & Nizomov, S. (2025). O’ZBEKISTON BANK-MOLIYA TIZIMI.
Modern
Science and Research
,
4
(3), 194-201.
4.
Bobojonova, M. J., & Toshev, M. H. (2025). INKLYUZIV YASHIL IQTISODIYOT VA
UNING HOZIRGI KUNDAGI HOLATI TAHLILI.
MODERN EDUCATIONAL SYSTEM
AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS
,
1
(6), 197-205.
5.
Bobojonova, M. J., & Toshev, M. H. (2025). YASHIL TRANSFORMATSIYA:
BARQARORLIKNING YANGI DAVRI.
STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE AND
ITS SHORTCOMINGS
,
1
(5), 102-110.
6.
Bobojonova, M. J., & Toshev, M. H. (2025). YASHIL IQTISODIYOTDA
BIOXILMAXILLIK VA BIOXILMA XILLIKNING AFZALLIK TOMONLARI.
MODERN
PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(5), 170-178.
7.
Hakimovich, T. M. (2025). HUDUDLARNI STRATEGIK REJALASHTIRISH VA
BОSHQARISHNING ASОSIY BОSQICHLARI.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND
INNOVATION
,
1
(4), 225-232.
8.
Hakimovich, T. M. (2025). HUDUDLAR IQTISОDIYОTINI RIVОJLANTIRISH
STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI.
THEORY OF SCIENTIFIC
RESEARCHES OF WHOLE WORLDT
,
1
(3), 157-166.
9.
Hakimovich, T. M. (2025). KORXONALARDA RAQOBATBARDOSH EKSPORTNI
YO‘LGA QO‘YISH VA MARKETING STRATEGIYALARI.
ANALYSIS OF MODERN
SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(4), 193-205.
10.
Hakimovich, T. M. (2025). О ‘ZBEKISTОN IQTISОDIYОTNI IJTIMОIY-IQTISОDIY
RIVОJLANISH DINAMIKASI.
THEORY OF SCIENTIFIC RESEARCHES OF WHOLE
WORLDT
,
1
(3), 224-233.
11.
Hakimovich,
T.
M.
(2025).
STRATEGIYA–HUDUDLAR
IQTISODIYOTINI
RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OBYEKTI SIFATIDA.
ANALYSIS OF MODERN
SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(4), 276-283.
12.
Bobojonova, M. J., & Toshev, M. H. (2025). JAHON BOZORIDA YASHIL
IQTISODIYOTNI MOLIYALASHTIRISH TENDENSIYASI: FAKTLAR VA KO
‘RSATKICHLAR ASOSIDA TAHLIL.
THEORY OF SCIENTIFIC RESEARCHES OF
WHOLE WORLDT
,
1
(4), 120-128.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
620
13.
Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI.
Modern Science and
Research
,
2
(12), 470-476.
14.
Hakimovich, T. M. (2025). EKSPORT RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA
DIVERSIFIKATSIYANING AHAMIYATI.
STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE
AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(4), 112-121.
15.
Hakimovich, T. M. (2025). O ‘ZBEKISTONDA EKSPORTNI RAG ‘BATLANTIRISH
UCHUN FOYDALANILADIGAN MOLIYAVIY VOSITALAR TAHLILI.
MODERN
EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS
,
1
(5), 141-150.
16.
Qudratova, G. (2025). THE IMPORTANCE OF ECONOMETRIC RESEARCH IN
STUDYING
THE
COMPETITIVENESS
OF
HIGHER
EDUCATION
INSTITUTIONS.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 305-307.
17.
Sodiqova, N. T., & Yuldasheva, H. (2025). IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT
TARAQQIYOTIDAGI O’RNI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 182-187.
18.
Alimova, S. (2025). SPIRITUALIZATION OF STUDENTS THROUGH FOLK
PEDAGOGY DEVELOPMENT TECHNOLOGIES.
Академические исследования в
современной науке
,
4
(5), 118-122.
19.
Khalilov, B. (2025). GLOBAL ECONOMIC INFLUENCES IN THE USA.
Journal of
Applied Science and Social Science
,
1
(2), 644-647.
20.
Toshov, M. (2025). STATE PROGRAMS IN DEVELOPMENT AND PLANNING OF
REGIONAL INFRASTRUCTURE.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1).
21.
Ikromov, E. I., & Safarova, J. R. (2025). INNOVATSIYALAR XALQLARNI
QASHSHOQLIKDAN QUTQARISH OMILI SIFATIDA.
Modern Science and
Research
,
4
(3), 156-161.
22.
Azimov, B., & Mukhiddinova, N. (2025). THE INTERDEPENDENCE OF INNOVATIVE
TECHNOLOGIES AND BUSINESS COMPETITIVENESS.
International Journal of
Artificial Intelligence
,
1
(1), 103-109.
23.
Raxmonqulova, N., & Muxammedov, T. (2025). IQTISODIY BILIMLARNING INSON
KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA
DOLZARBLIGI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 207-212.
24.
Shadiyev, A. (2025). EDUCATION MANAGEMENT IN PRIVATE UNIVERSITIES IN
UZBEKISTAN:
DEVELOPMENT
STRATEGIES,
CHALLENGES
AND
PROSPECTS.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 308-313.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
621
25.
Naimova, N. (2025). MANAGEMENT OF THE INNOVATION PROCESS IN
ENTERPRISES.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 302-304.
26.
Supiyevna, B. M. (2025). O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA «G ‘AZNACHILIKNI
JORIY ETISH» KONSEPSIYASINING YARATILISHI.
STUDYING THE PROGRESS OF
SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(6), 49-54.
27.
Jumayeva, Z. (2025). FEATURES OF STRATEGIC MANAGEMENT OF A TOURIST
COMPANY.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 297-301.
28.
Bobojonova, M. J. (2025). ISHLAB CHIQARISH VA UNING IQTISODIYOTDAGI O
‘RNI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 144-150.
29.
Jumayeva, Z. Q., & Nurmatova, F. S. (2025). BANKLARARO RAQOBATNING PAYDO
BO ‘LISH TARIXI VA NAZARIY YONDASHUVLAR.
Modern Science and Research
,
4
(3),
361-367.
30.
Ibragimov, A. (2025). TAX SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN: GENERAL
DESCRIPTION.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 290-293.
31.
Djurayeva, M. (2025). FEATURES OF THE ORGANIZATION OF PERSONNEL
MANAGEMENT IN MODERN ORGANIZATIONS AND ENTERPRISES.
International
Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 287-289.
32.
Igamova, S. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАЗВИТИЯ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
СТРОИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
27
,
27.
33.
Raximova, L. (2025). THE IMPACT OF THE SHADOW ECONOMY ON THE ECONOMY
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 585-590.
34.
Aslanova, D. (2025). APPLICATION OF INVESTMENT PROGRAMS IN TOURISM
DEVELOPMENT.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 874-878.
35.
Izatova, N. (2025). ISSUES OF IMPROVEMENT OF PROFESSIONAL AND PERSONAL
QUALITIES
OF
STUDENTS
IN
THE
PROCESS
OF
ECONOMIC
EDUCATION.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 294-296.
36.
Jumayev, B. (2025). BIG DATA: CUSTOMER CREDIT ANALYSIS USING DIGITAL
BANKING DATABASE.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 1056-1059.
