Authors

  • Umidaxon Eshmanova
  • Charos Xoshimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.89410

Keywords:

harakat faolligi gipodinamiya sog‘liq jismoniy tarbiya gigiena organizm metabolizm yurak-qon tomir tizimi harakatsizlik turmush tarzi ortiqcha vazn mushak faoliyati profilaktika salomatlikni saqlash sport.

Abstract

Gipodinamiya bu harakat faoliyati pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yurak-qon tomir tizimi faoliyati buzilishi, qon bosimining oshishi, metabolik o‘zgarishlar va boshqa patologiyalar gipodinamiyaning asosiy salbiy oqibatlaridir. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati, uning mazkur kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni va ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi.

background image

851

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

INSON ORGANIZMIDA HARAKAT FAOLIYATINING PASAYISHI

VA UNING OQIBATLARI JISMONIY TARBIYA GIGIENASINING AHAMIYATI

Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi

Oriental universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi.

Xoshimova Charos

Oriental universiteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15449632

Annotatsiya. Gipodinamiya bu harakat faoliyati pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat

bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yurak-qon tomir tizimi faoliyati buzilishi, qon
bosimining oshishi, metabolik o‘zgarishlar va boshqa patologiyalar gipodinamiyaning asosiy
salbiy oqibatlaridir. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati, uning mazkur
kasalliklarning oldini olishdagi o‘rni va ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: harakat faolligi, gipodinamiya, sog‘liq, jismoniy tarbiya, gigiena,

organizm, metabolizm, yurak-qon tomir tizimi, harakatsizlik, turmush tarzi, ortiqcha vazn,
mushak faoliyati, profilaktika, salomatlikni saqlash, sport.

СНИЖЕНИЕ ДВИГАТЕЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ В ОРГАНИЗМЕ ЧЕЛОВЕКА И

ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ. ЗНАЧЕНИЕ ГИГИЕНЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ

Аннотация. Гиподинамия — состояние, связанное со снижением двигательной

активности, оказывающее отрицательное влияние на организм человека. Основными
негативными последствиями гиподинамии являются нарушение работы сердечно-
сосудистой системы, повышение артериального давления, изменения обмена веществ и
другие патологии. В статье анализируется значение гигиены физического воспитания, ее
роль в профилактике этих заболеваний, а также результаты научных исследований.

Ключевые слова: двигательная активность, гиподинамия, здоровье, физическое

воспитание,

гигиена,

организм,

метаболизм,

сердечно-сосудистая

система,

малоподвижность, образ жизни, лишний вес, мышечная активность, профилактика,
сохранение здоровья, спорт.

DECREASED PHYSICAL ACTIVITY IN THE HUMAN BODY AND ITS

CONSEQUENCES. THE IMPORTANCE OF PHYSICAL EDUCATION HYGIENE

Abstract. Hypodynamia is a condition associated with a decrease in motor activity, which

has a negative effect on the human div. The main negative consequences of hypodynamia are
impaired cardiovascular function, increased blood pressure, metabolic changes and other
pathologies. This article analyzes the importance of physical education hygiene, its role in the
prevention of these diseases, and the results of scientific research

Keywords: physical activity, hypodynamia, health, physical education, hygiene, div,

metabolism, cardiovascular system, sedentary lifestyle, lifestyle, overweight, muscle activity,
prevention, health preservation, sports.

Mavzuning dolzarbligi:

Inson organizmida harakat faoliyatining pasayishi jamiyatda

global muammoga aylanib bormoqda. Harakatning yetishmasligi turli xil kasalliklarning
o‘sishiga olib kelib, aholining umumiy salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Bu masala O‘zbekiston
Respublikasida ham dolzarb hisoblanib, davlat rahbari tomonidan qabul qilingan farmonlar va
qarorlar orqali muammolarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda. 2020 yilda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish va
ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmon harakat faolligi darajasini oshirishga


background image

852

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

yo‘naltirilgan.

1

Ushbu farmon asosiy maqsadlaridan biri aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport

bilan muntazam shug‘ullanishni ommalashtirishdir. Farmonda quyidagi vazifalar belgilangan:

Har bir fuqaro uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratish.
Jamoat joylarida sport inshootlari va piyoda yurish yo‘laklarini qurish. Jismoniy tarbiya

gigienasini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yildagi
farmonida yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va ularni sportga jalb qilish masalalariga
alohida e’tibor qaratilgan. Bu qaror yoshlar orasida gipodinamiyaning oldini olish va ularning
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Vazirlar Mahkamasining
2022 yildagi qarori: “Aholining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari” Barcha
ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarining soni ko‘paytirildi. Ish joylarida jismoniy
mashqlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlar ishlab chiqildi. Jamoat joylarida
sport bilan shug‘ullanish uchun sharoitlar yaratildi. Jismoniy tarbiya gigienasining targ‘ib
qilinishi va sport infratuzilmasining rivojlantirilishi fuqarolarning sog‘lomligi va jismoniy
faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2

Gipodinamiyaning salbiy oqibatlari

. Harakat faolligining pasayishi yurak-qon tomir

tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kundalik jismoniy mashqlar:

Qon bosimini pasaytirish. Yurak mushaklarining chidamliligini oshirish. Qon aylanishini

yaxshilash orqali yurak hujayralarini quvvat bilan ta’minlash imkonini beradi. Gipodinamiya
gipertoniya kasalligini rivojlantirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy faollik
gipertoniyaga qarshi profilaktika usuli sifatida ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda o‘zini isbotlagan.

Jismoniy tarbiya gigienasining ahamiyati

Jismoniy tarbiya nafaqat harakatlarni

rag‘batlantirish, balki ularning to‘g‘ri tashkil etilishiga yordam beradi. Buning uchun quyidagi
tamoyillarga rioya qilish zarur. Haftasiga 3-5 marta jismoniy mashqlarni bajarish organizmda
energiya almashinuvini yaxshilaydi va stressni kamaytiradi.

Ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatganidek, muntazam aerobik mashqlar qon aylanishini

yaxshilaydi.Toza havoda mashq qilish yoki sport bilan shug‘ullanish nafaqat muskullar, balki
nafas olish tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,

Jismoniy faollik natijalarini maksimal darajada oshirish uchun ovqatlanishga e’tibor

berish lozim. Mutaxassislar uglevodlar va oqsillar miqdorini muvozanatlashtirish zarurligini
ta’kidlaydi.

Tadqiqotlar natijalari misolida

2019 yilda Garvard universiteti tomonidan o‘tkazilgan

tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga 30-40 minutlik o‘rtacha darajadagi jismoniy mashqlar
gipodinamiya bilan bog‘liq kasalliklarni 20-30% kamaytiradi. 2020 yildagi Garvard
universitetining tadqiqotiga ko‘ra, haftasiga 150 daqiqa muntazam jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanuvchi shaxslarda qon bosimi 10-15% ga pasayadi. Shuningdek, Bolgariyada olib
borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, faol harakat qiluvchi odamlar o‘ziga xos immunitet
mustahkamligi bilan ajralib turadi. Gipodinamiya oqibatida metabolik sindrom, ya’ni uglevodlar
va yog‘lar almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Jismoniy mashqlar insulin sezgirligini
yaxshilash, qondagi yog‘lar va qand miqdorini muvozanatga keltirish orqali metabolizmni
normallashtiradi.

Harakat yetishmasligi suyak mineral zichligining kamayishiga, osteoporoz va muskul

kuchsizligiga olib keladi.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2020 yil, "Sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish".

2

Vazirlar Mahkamasining qarori, 2022 yil, “Aholining jismoniy faolligini oshirish”.


background image

853

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Muntazam mashqlar yuqorida keltirilgan kasalliklarning oldini olish uchun haftasiga 150-

300 daqiqa o‘rtacha intensivlikda jismoniy faollik bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Bularga
quyidagilar kirishi mumkin: tez yurish, yugurish, velosipedda yurish yoki suzish. Kuchli
mashqlar va muskullarni qo‘zg‘atish kundalik mashqlar yurak-qon tomir tizimini faollashtirib,
yurak mushaklarini mustahkamlaydi va qon aylanishini yaxshilaydi. To‘g‘ri rejim va gigiena
qoidalariga rioya qilish. Jismoniy mashqlar vaqtida quyidagi gigiena qoidalariga rioya qilish
salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi: Havo aylanishi yaxshi bo‘lgan xonalarda mashq
qilish.Suv ichish rejimiga rioya qilish. Muntazam dam olish va tiklanish. Tadqiqotlar natijalari
Oksford

universiteti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, kundalik jismoniy mashqlar gipodinamiya bilan

bog‘liq kasalliklarning tarqalishini 30-50% ga kamaytiradi

.

Insonning faollik darajasiga asosan energiya sarfini baholash MET (Metabolic

Equivalent of Task)

– bu insonning faollik darajasiga asosan energiya sarfini baholash uchun

qo‘llaniladigan qiymat. Uning asosiy vazifasi jismoniy faollik turlari vaqtida organizm
sarflaydigan energiya miqdorini aniqlashdir.1 MET – bu inson tinch holatda (masalan, o‘tirgan
holda) sarflaydigan energiya miqdori. U taxminan

1 kkal/kg/soat

ga teng.

Energiya sarfi MET qiymati orqali quyidagi Formulada hisoblanadi:
Sarflangan koloriya =MET×vazin (kg)×faollik vaqti (sоаt)

MET ko‘rsatkichi turli jismoniy faollik turlarining energiya sarfini taqqoslashda

qo‘llaniladi

.

MET ko‘rsatkichi

Jismoniy faollik turlari

1 MET

Tinch holat (o‘tirish, televizor tomosha qilish).

3 MET

Tez yurish yoki yengil harakat

6 MET

Velosipedda o‘rtacha tezlikda yurish.

9 MET

Tez yugurish yoki og‘ir mashqlar

MET qiymatlari insonning kundalik faolligida qancha kaloriya sarflashini

baholashga yordam beradi

.

Faollik turi

Yugurish (8 MET).

Insonning vazni

70 kg

Yugurish vaqti

1 soat.

Kaloriya sarfi = 8×70×1 = 560 kkal.

Har hafta 500-1000 MET-daqiqaga teng bo‘lgan faollik sog‘lom hayotuchun etarlidir.
MET – bu organizmning energiya sarfini baholash uchun qulay va aniq usuldir. U nafaqat

jismoniy faollik turlarining samaradorligini aniqlashga yordam beradi, balki mashqlarni to‘g‘ri
rejalashtirish va salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Gipodinamiyani o‘rganish va uni oldini
olish tadqiqotlari doirasida testlar turli yo‘nalishlarda o‘tkazilishi mumkin. Ularni o‘tkazish
jaraёni tadqiqotning maqsadi va qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq. Quyida gipodinamiya bo‘yicha
tadqiqotlarda qo‘llaniladigan turli testlar va ularni o‘tkazish usullari keltirilgan:

Jismoniy faollik darajasini baholash

uchun qo‘llaniladigan metod va testlar turli xil

bo‘lib, ular orasida eng keng qo‘llaniladigani

Xalqaro Jismoniy Faollik So‘rovnomasi

(XJFS)

hisoblanadi. Bu usul jismoniy faollik darajasini aniqlashda asosiy mezonlarni baholashga
yordam beradi.

3

3

Rossiya tibbiyot ilmiy markazi.

Yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasida jismoniy tarbiya ahamiyati


background image

854

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Xalqaro Jismoniy Faollik So‘rovnomasi (XJFS) IPAQ (International Physical

Activity Questionnaire) testini o‘tkazish tartibi

Ma’lumot to‘plash uchun savollar

ishtirokchilarning hafta davomida bajargan quyidagi jismoniy faolliklari haqida

ma’lumotlar olinadi

:

Yuqori darajadagi faollik

Juda ko‘p kuch sarflanadigan mashqlar

(yugurish, sport zalda kuchli mashqlar).

O‘rta darajadagi faollik

Velosipedda yurish, tez yurish, engil mashqlar.

Quyi darajadagi faollik

Oddiy piyoda yurish, uy ishlari

Savollar mazmuni ishtirokchilardan haftalik jismoniy faollikning quyidagi jihatlari

haqida so‘raladi:

Faollik turi

Qanday mashqlar bajarilgani

Davomiylik

Har bir mashqni bajarishga sarflangan vaqt (daqiqalarda).

Muntazamlik

Bir haftada necha marta bajarilgani.

Ballarni hisoblashda so‘rovnoma natijalari asosida ishtirokchilarning jismoniy faollik

darajasi

MET (Metabolic Equivalent of Task)

ko‘rsatkichi orqali hisoblanadi:

MET minut/hafta formulasi

Yuqori darajadagi faollik:

8 MET × daqiqa × kun.

Yuqori darajadagi faollik

=

8×60×7=3360

O‘rta darajadagi faollik:

4 MET × daqiqa × kun.

O‘rta darajadagi faollik

=

4×30×7=840

Quyi darajadagi faollik:

3.3 MET × daqiqa × kun.

Quyi darajadagi faollik

=

3.3×25×7=577.5

Natijalarni baholashda olingan ballarga ko‘ra ishtirokchilarning jismoniy faollik darajasi

tasniflanadi

:

Yuqori darajadagi faollik:

Har haftada

3000 MET yoki undan yuqori.

O‘rta darajadagi faollik:

Har haftada

600-3000 MET gacha.

Quyi darajadagi faollik:

Har haftada

600 METdan past.

Shaxsiy jismoniy faollik rejasi

individual holatga mos ravishda tuziladi. Buning uchun

insonning yoshi, jismoniy holati, kundalik harakat darajasi, sog‘liq holati va maqsadlari inobatga
olinadi. Quyida jismoniy faollik darajasiga mos ravishda tuzilgan umumiy reja jadvali
keltirilgan:

1. Harakat darajasi past (gipodinamiyani oldini olish uchun)

xaftalik reja.

Maqsad:

Faollikni oshirish, muskullarni qo‘zg‘atish, immunitetni mustahkamlash.

1-jadval

Dushanba

15-20 daqiqa tez yurish

Seshanba

20 daqiqa engil streching yoki yoga mashqlari

Chorshanba

30 daqiqa piyoda yurish


background image

855

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5


Harakat darajasi o‘rtacha (muskul va chidamlilikni oshirish uchun)

Haftalik reja:

Maqsad:

Muskul

kuchini

oshirish,

chidamlilikni

mustahkamlash,

vaznni

normallashtirish

.

2-jadval


Faol daraja (sportchilar va faol hayot tarzi uchun)

Haftalik reja:

Maqsad:

Jismoniy ko‘rsatkichlarni yuqori darajada saqlash, chidamlilik va kuchni

oshirish.

3-jadval

Umumiy tavsiyalar:
1.Tibbiy maslahat:

Jismoniy mashqlardan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya

etiladi, ayniqsa, yurak-qon tomir yoki boshqa surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa.

2.Ichimlik suvi:

Mashqlar davomida va undan keyin suv ichishni unutmaslik.

3.To‘g‘ri ovqatlanish:

Jismoniy faollik samarali bo‘lishi uchun oqsil, uglevod va yog‘lar

muvozanatini saqlash kerak.

4.Intensivlik:

Mashqlar darajasi o‘z jismoniy holatga mos bo‘lishi lozim; orttirish asta-

sekin amalga oshiriladi.

Payshanba

Ertalab 10-15 daqiqa badantarbiya, kichik cho‘kqash yoki qo‘llarni

burish mashqlari

Juma

15 daqiqa velotrenajyor yoki engil yugurish

Shanba

Tabiat qo‘ynida 40 daqiqa piyoda yurish yoki faol dam olish

(o‘yinlar).

Yakshanba

Erkin faollik (chuqur nafas olish mashqlari yoki yugurish).

Dushanba

30-40 daqiqa aerobik mashqlar (velosiped, tez yurish).

Seshanba

20-30 daqiqa kuchli mashqlar (cho‘kqash, planka, qo‘l muskullari uchun

mashqlar).

Chorshanba

40 daqiqa yugurish yoki shunday jismoniy faollik (to‘p o‘yinlari).

Payshanba

Yoga yoki streching, 15-20 daqiqa (yurak-qon tomir tizimi uchun dam

berish).

Juma

30-40 daqiqa intensiv kardio mashqlar (interval yugurish, step-

aerobika).

Shanba

Faol dam olish (tennis, velosport yoki basseynda suzish).

Yakshanba

Tana tiklanishi uchun engil harakatlar (piyoda yurish yoki toza havoda

mashqlar).

Dushanba

60 daqiqa kuchli mashqlar (cho‘kqash, turib o‘tirish, yuk ko‘tarish).

Seshanba

Kardio mashqlar (40 daqiqa yugurish, interval mashqlari).

Chorshanba

Yoga va muskullarni tiklashga qaratilgan mashqlar.

Payshanba

40-60 daqiqa funkцional trenirovka (jamoaviy sport yoki o‘yinlar).

Juma

Ayrobik va kuchli mashqlar kombinaцiyasi (velosport, gimnastika).

Shanba

60 daqiqa dinamik mashqlar (suzish, faol o‘yinlar).

Yakshanba

Dam olish yoki engil piyoda yurish (tizimni tiklash uchun).


background image

856

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

5.Relaks va tiklanish:

Mashqlardan keyin muskullar tiklanishi uchun dam olishni ham

inobatga olish kerak.

Agar muayyan sport bilan shug‘ullanish istagingiz bo‘lsa (masalan, harakatlar talab

qiluvchi o‘yinlar), reja shu maqsadga yo‘naltiriladi. Jismoniy faollikni hayotingizning bir
qismiga aylantirish muhim.

Xulosa

Gipodinamiya inson organizmi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Jismoniy tarbiya gigienasi,

muntazam mashqlar va hayottarzidagi faollik o‘sishi ushbu muammolarning oldini olishda
muhim o‘rin tutadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir inson o‘z kundalik faolligini
oshirish orqali nafaqat salomatligini yaxshilashi, balki uzoq va sifatli hayotkechirishini
ta’minlashi mumkin.O‘zbekistonda inson organizmida harakat faoliyatining pasayishi va uning
salbiy oqibatlari davlat darajasidagi dolzarb muammolardan biri sifatida tan olingan. Prezident
farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari gipodinamiyaga qarshi kurashda muhim qadam
bo‘lib, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy tarbiya
gigienasining targ‘ib qilinishi va sport infratuzilmasining rivojlantirilishi fuqarolarning
sog‘lomligi va jismoniy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1.

Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li, “BELBOG‘LI KURASHCHILARNING
KOORDINATSION

MASHQLAR

YORDAMIDA

TEXNIK

TAKTIK

TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH”. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
jurnali, volum-3, 272-282.Balsevich V.K. Fizicheskaya kultura dlya vsex i dlya kajdogo.-
Moskva: FiS, 1988.-208 s.il.

2.

Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha
kasbiy ijodiy imtihonlarni o'tkazishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi
341- 345 Sanjarbek SoliyevKholova Sh.M. Issues of physical maturity in the works of
Alisher Navoi., Current issues of cultural life and the development of social sciences and
humanities in Central Asia. International conference package. 2020. June.-B.149-153.

3.

Soliyev Sanjarbek Shuhratjon o‘g‘li FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH
ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4

4.

Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li. Belbog‘li kurashchilarning texnik va taktik
tayyorgarligini takomillashtirish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali. 2024, 4-son. 371-
379.

5.

International Journal of Advance Scientific Research “Mass participation in sports is an
effective way to Improve women's health” 249-255 MASS PARTICIPATION IN SPORTS
IS AN EFFECTIVE WAY TO IMPROVE WOMEN'S HEALTHKhaidarova
M.I.Uzbekistan State University Of Physical Education And Sport, UzbekistanSoliev
S.Sh.Uzbekistan State University Of Physical Education And Sport, UzbekistanKadamov
S.Kh.Uzbekistan State University Of Physical Education And Sport, Uzbekistan

6.

mavzu: Improving the effectiveness of physical education lessons for hearing-impaired
students using “Motion control XR” equipment Khursanova Rukhsora Olimjon kizi
jurnal: Eurasian Journal of Sport Science bet: 33-37


background image

857

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

7.

Mavzu: ESHITISHIDA MUOMMOSI BO ‘LGAN O‘QUVCHILARNING JISMONIY
TAYYORGARLIGINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH Xursanova Ruxsora Olimjon
qizi ACTA NUUz jurnali 242-244 betlar

8.

Mavzu: The role and importance of the principle of continuity in improving the speed
ability of 12-14-year-old hearing and speech impaired children Khursanova Rukhsora
Olimjon kizi MENTAL ENLIGHTENMENT SCIENTIFIC –
METHODOLOGICAL JOURNAL 229-235

9.

крамович, Болтаев Аъзам; Ёш волейболчиларнинг жисмоний сифатларини
ривожлантиришда ҳаракатли ўйинларни аҳамияти, Муғаллим ҳем узликсиз
билимлендириў,,6-son,132-135,2019,

10.

BOLTAEYV, A.A.; ,KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHIDA SPORTGA
SARALASH

VA

YO’NALTIRISH,МУҒАЛЛИМ

ҲӘМ

ҮЗЛИКСИЗ

БИЛИМЛЕНДИРИЎ

6/3

2024

МУҒАЛЛИМ

ҲӘМ

ҮЗЛИКСИЗ

БИЛИМЛЕНДИРИЎ,1,898-904,8,2024,Qoraqolpoq

11.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI
RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA
AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3.
– №. 12. – С. 835-839.

12.

Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL
TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY
TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific
journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.

13.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI
QATLAMLARIDA

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH

TURIZMI

MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O ‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.

14.

PULATOV, LAZIZ A; ,SYSTEM OF PERSONALITY DEVELOPMENT IN HIGHER
EDUCATION

INSTITUTIONS,Mental

Enlightenment

Scientific-Methodological

Journal,5,03,316-323,2024

15.

Ilhom X. Abdullayev. IMPROVEMENT OF THE SPECIAL PHYSICAL TRAINING
MODEL OF GRECO-ROMAN JUNIOR WRESTLERS / MENTAL ENLIGHTENMENT
SCIENTIFIC – METHODOLOGICAL JOURNAL. ISSN: 2181-1547 (E) / 2181-6131 (P)
Vol. 5 No. 08 (2024): Vol.05, Issue08, 2024

16.

BOLTAEYV. A.A.SCIENTIFIC AND THEORETICAL ANALYSIS OF AGGRESSION
IN STUDENTS OF MIDDLE SCHOOL AGE,"Spectrum Journal of Innovation, Reforms
and Development",1,111-116,7,2023,SCIENTIFIC AND THEORETICAL ANALYSIS
OF AGGRESSION IN STUDENTS OF MIDDLE.

17.

DEVELOPMENT OF AGILITY IN FEMALE STUDENTS THROUGH BASKETBALL
GAME ELEMENTS Umida Abdulla qizi Eshmanova THE MULTIDISCIPLINARY
JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY- VOLUME-4, ISSUE-12.

18.

Muidinov M.R, Technical Training In Belbogli Kurash Wrestling Through Coordination
Exercises Development. Mental Enlightenment Scientific – Methodological Journal, 2024
vol (05), 106-115.


background image

858

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

19.

Muydinov M.R. The importance of mobile technologies in enhancing technical and
tactical preparation in belt wrestling. Multidisciplinary Journal of Science and Technology
VOLUME-4, ISSUE-12 INDIA. 17-23.

20.

Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI
AXOLI

QATLAMLARIDA

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH

TURIZMI

MASHG‘ULOTLARINI

TASHKIL

ETISHDAGI

O‘ZIGA

XOS

YONDOSHUVLAR.

Modern Science and Research

,

3

(12), 1253-1262.

21.

Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL
TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY
TURISTLARGA

AYLANTIRISH

CHORA-TADBIRLARI.

Modern

Science

and

Research

,

3

(12), 835-839.

22.

Abdullayev

Ilhom

Xushnudovich.

ANALYZING

THE

COMPETITIVE

PERFORMANCE

OF

GRECO-ROMAN

WRESTLING

ATHLETES

(http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/2387) / International Conference
on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https:
econferencezone.org Aug 23rd 2023.

23.

Abdullaev Ilkhom Khushnudovich. DEVELOPMENT OF SPECIAL PHYSICAL
TRAINING OF GRECO-ROMAN WRESTLERS WITH THE HELP OF SPECIAL
SIMULATORS / 17th-TECH-FEST-2023 International Multidisciplinary Conference
Hosted from Manchester, England https://conferencea.org 25th August 2023.

24.

Soliyev Sanjarbek Shuhratjon o‘g‘li FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH
ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4

25.

Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha
kasbiy ijodiy imtihonlarni o'tkazishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi
341- 345 Sanjarbek Soliyev

26.

International Journal of Advance Scientific Research “Mass participation in sports is an
effective way to Improve women's health” 249-255 MASS PARTICIPATION IN
SPORTS IS AN EFFECTIVE WAY TO IMPROVE WOMEN'S
HEALTHKhaidarova

27.

Rahmanova, D. A. (2023). 3-7 YOShLI BOLALARNING SOG ‘LOMLAShTIRUVChI
GIMNASTIKA

VA

XOREOGRAFIYA

BILAN

ShUG

‘ULLANIShINING

SAMARADORLIGI.

Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi

, (8), 606-614.

28.

RAHMANOVA, D. (2024). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA OLIY TA’LIM
MUASSASALARI

TALABALARINI

JISMONIY

SIFATLARINI

RIVOJLANTIRISH.

News of the NUUz

,

1

(1.8), 150-152.

29.

Ma’murbekova, G. (2024). YUQORI MALAKALI SAMBOCHI QIZLARNI
FUNKSIYANAL XOLATIGA TEZKOR KUCHNING TA’SRI. Modern Science and
Research, 3(12), 1387-1390.

30.

Ma’murbekova, G. (2024). IMPROVING THE SPEED AND AGILITY OF NATIONAL
WRESTLERS. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34-37.

31.

Anvarov

S.,

Xudayberdiyev

N.,

Mamadaliyev

S.

12–14

YOSHLI

YOSH

BOKSCHILARNING

FIZIOLOGIK

XUSUSIYATLARI

ASOSIDA

MAXSUS

JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLARI
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4.


background image

859

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

32.

Tuychiyev K., Xudayberdiyev N., Mamadaliyev S. O ‘SMIR YOSHIDAGI
KIKBOKSINGCHILARDA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1848-1852.

33.

Erkinhodjayeva G., Mamadaliyev S. KO ‘ZI OJIZLAR VA ZAIF KO ‘RUVCHILAR
UCHUN OCHIQ HAVODAGI HARAKATLI O ‘YINLARNING AHAMIYATI
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1843-1847.


References

Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li, “BELBOG‘LI KURASHCHILARNING KOORDINATSION MASHQLAR YORDAMIDA TEXNIK – TAKTIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH”. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar jurnali, volum-3, 272-282.Balsevich V.K. Fizicheskaya kultura dlya vsex i dlya kajdogo.-Moskva: FiS, 1988.-208 s.il.

Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy ijodiy imtihonlarni o'tkazishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi 341- 345 Sanjarbek SoliyevKholova Sh.M. Issues of physical maturity in the works of Alisher Navoi., Current issues of cultural life and the development of social sciences and humanities in Central Asia. International conference package. 2020. June.-B.149-153.

Soliyev Sanjarbek Shuhratjon o‘g‘li FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4

Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li. Belbog‘li kurashchilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali. 2024, 4-son. 371-379.

International Journal of Advance Scientific Research “Mass participation in sports is an effective way to Improve women's health” 249-255 MASS PARTICIPATION IN SPORTS IS AN EFFECTIVE WAY TO IMPROVE WOMEN'S HEALTHKhaidarova M.I.Uzbekistan State University Of Physical Education And Sport, UzbekistanSoliev S.Sh.Uzbekistan State University Of Physical Education And Sport, UzbekistanKadamov S.Kh.Uzbekistan State University Of Physical Education And Sport, Uzbekistan

mavzu: Improving the effectiveness of physical education lessons for hearing-impaired students using “Motion control XR” equipment Khursanova Rukhsora Olimjon kizi jurnal: Eurasian Journal of Sport Science bet: 33-37

Mavzu: ESHITISHIDA MUOMMOSI BO ‘LGAN O‘QUVCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH Xursanova Ruxsora Olimjon qizi ACTA NUUz jurnali 242-244 betlar

Mavzu: The role and importance of the principle of continuity in improving the speed ability of 12-14-year-old hearing and speech impaired children Khursanova Rukhsora Olimjon kizi MENTAL ENLIGHTENMENT SCIENTIFIC – METHODOLOGICAL JOURNAL 229-235

крамович, Болтаев Аъзам; Ёш волейболчиларнинг жисмоний сифатларини ривожлантиришда ҳаракатли ўйинларни аҳамияти, Муғаллим ҳем узликсиз билимлендириў,,6-son,132-135,2019,

BOLTAEYV, A.A.; ,KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHIDA SPORTGA SARALASH VA YO’NALTIRISH,МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 6/3 2024 МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ,1,898-904,8,2024,Qoraqolpoq

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 835-839.

Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI QATLAMLARIDA SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O ‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.

PULATOV, LAZIZ A; ,SYSTEM OF PERSONALITY DEVELOPMENT IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS,Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal,5,03,316-323,2024

Ilhom X. Abdullayev. IMPROVEMENT OF THE SPECIAL PHYSICAL TRAINING MODEL OF GRECO-ROMAN JUNIOR WRESTLERS / MENTAL ENLIGHTENMENT SCIENTIFIC – METHODOLOGICAL JOURNAL. ISSN: 2181-1547 (E) / 2181-6131 (P) Vol. 5 No. 08 (2024): Vol.05, Issue08, 2024

BOLTAEYV. A.A.SCIENTIFIC AND THEORETICAL ANALYSIS OF AGGRESSION IN STUDENTS OF MIDDLE SCHOOL AGE,"Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development",1,111-116,7,2023,SCIENTIFIC AND THEORETICAL ANALYSIS OF AGGRESSION IN STUDENTS OF MIDDLE.

DEVELOPMENT OF AGILITY IN FEMALE STUDENTS THROUGH BASKETBALL GAME ELEMENTS Umida Abdulla qizi Eshmanova THE MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY- VOLUME-4, ISSUE-12.

Muidinov M.R, Technical Training In Belbogli Kurash Wrestling Through Coordination Exercises Development. Mental Enlightenment Scientific – Methodological Journal, 2024 vol (05), 106-115.

Muydinov M.R. The importance of mobile technologies in enhancing technical and tactical preparation in belt wrestling. Multidisciplinary Journal of Science and Technology VOLUME-4, ISSUE-12 INDIA. 17-23.

Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI QATLAMLARIDA SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR. Modern Science and Research, 3(12), 1253-1262.

Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI. Modern Science and Research, 3(12), 835-839.

Abdullayev Ilhom Xushnudovich. ANALYZING THE COMPETITIVE PERFORMANCE OF GRECO-ROMAN WRESTLING ATHLETES (http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/2387) / International Conference on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https: econferencezone.org Aug 23rd 2023.

Abdullaev Ilkhom Khushnudovich. DEVELOPMENT OF SPECIAL PHYSICAL TRAINING OF GRECO-ROMAN WRESTLERS WITH THE HELP OF SPECIAL SIMULATORS / 17th-TECH-FEST-2023 International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester, England https://conferencea.org 25th August 2023.

Soliyev Sanjarbek Shuhratjon o‘g‘li FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4

Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy ijodiy imtihonlarni o'tkazishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi 341- 345 Sanjarbek Soliyev

International Journal of Advance Scientific Research “Mass participation in sports is an effective way to Improve women's health” 249-255 MASS PARTICIPATION IN SPORTS IS AN EFFECTIVE WAY TO IMPROVE WOMEN'S HEALTHKhaidarova

Rahmanova, D. A. (2023). 3-7 YOShLI BOLALARNING SOG ‘LOMLAShTIRUVChI GIMNASTIKA VA XOREOGRAFIYA BILAN ShUG ‘ULLANIShINING SAMARADORLIGI. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi, (8), 606-614.

RAHMANOVA, D. (2024). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH. News of the NUUz, 1(1.8), 150-152.

Ma’murbekova, G. (2024). YUQORI MALAKALI SAMBOCHI QIZLARNI FUNKSIYANAL XOLATIGA TEZKOR KUCHNING TA’SRI. Modern Science and Research, 3(12), 1387-1390.

Ma’murbekova, G. (2024). IMPROVING THE SPEED AND AGILITY OF NATIONAL WRESTLERS. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34-37.

Anvarov S., Xudayberdiyev N., Mamadaliyev S. 12–14 YOSHLI YOSH BOKSCHILARNING FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI ASOSIDA MAXSUS JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLARI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4.

Tuychiyev K., Xudayberdiyev N., Mamadaliyev S. O ‘SMIR YOSHIDAGI KIKBOKSINGCHILARDA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1848-1852.

Erkinhodjayeva G., Mamadaliyev S. KO ‘ZI OJIZLAR VA ZAIF KO ‘RUVCHILAR UCHUN OCHIQ HAVODAGI HARAKATLI O ‘YINLARNING AHAMIYATI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1843-1847.

Most read articles by the same author(s)