970
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TAHSIL OLUVCHI TALABA-QIZLARNING
JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASI
Mamadaliyev Sardor Abdurahmanovich
Oriental universiteti katta o‘qituvchisi.
Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi
Oriental universiteti o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15466605
Annotatsiya. Maqola talaba-qizlarni jismoniy tarbiyalashni yanada takomillashtirish
yo‘llariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda talaba-qizlarni jismoniy mashqlar va sevimli sport
turlariga bo‘lgan munosabatlari o‘rganilgan hamda jismoniy tarbiyani talaba-qizlarning
ijtimoiy ehtiyojlari ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek jismoniy tarbiyani talaba-qizlarning
sog‘lom turmush tarzini kechirishidagi va ijismoniy madaniyatidagi o‘rni masalalari turli
pedagogik va psixologik shart-sharoitlar nuqtai-nazaridan tahlil qilingan va ular bir butun
shaxs jismoniy madaniyatini shakllantirish vosinafari sifatida ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar: Jismoniy faollik, talaba-qizlar, jismoniy madaniyat, jimoniy tarbiya sport,
ommaviy sport, badan tarbiya, gimnastika, pedagogika, psixologiya.
МЕТОДИКА ПОВЫШЕНИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ СТУДЕНТОК
ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ
Аннотация. В данной статье раскрываются пути совершенствования
физического воспитания студенток и их приобщения к оздоровительным и спортивным
занятиям. Также изучается отношение студенток к физическим упражнениям и их
любимые виды спорта. Предусматриваются занятия физическими упражнениями как
социальная потребность девушек-студенток. Кроме того, в статье отмечается
социальное значение и роль физической культуры в формировании здорового образа
жизни студенток в различных педагогических и психологических условиях, формирующих
физическую культуру личности в целом.
Ключевые слова: двигательная активность, студенты, физическая культура,
физкультурно-спортивная деятельность, массовый спорт, гимнастика, педагогика,
психология.
METHODOLOGY FOR INCREASING THE PHYSICAL ACTIVITY OF FEMALE
STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS
Abstract. The article is devoted to ways to further improve the physical education of
female students, examines the attitudes of female students to exercise and favorite sports, and
shows that physical education is a social need of female students. The role of physical education
in the healthy lifestyle and physical culture of students is also analyzed in terms of various
pedagogical and psychological conditions, and they are emphasized as a means of shaping the
physical culture of an individual.
Keywords: Physical activity, students, physical culture, physical education sports, mass
sports, physical education, gymnastics, pedagogy, psychology.
Kirish (Introduction).
Bugungi kunda respublikamiz oliy o‘quv yurtlari talaba-
yoshlarini jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar har
qachongidan ortib bormoqda. Talaba-qizlarni jismoniy tarbiyalash masalalari Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining umumiy masalari tarkibiga kiradi va u o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
971
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Shu o‘rinda “Jismoniy tarbiya”, “Jismoniy madaniyat” degan tushunchalarning
mazmuniga e’tibor berib o‘tish muhimdir, chunki hozirgacha mutaxassislar o‘rnafarida jismoniy
tarbiyani pedagogika fanidan ajratib qarash holati ko‘p uchraydi
[1]
. Jismoniy tarbiya
pedagogika fanining mutaxassislashtirilgan muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va quyidagi
ta’rifga ega: “Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‘lib, u jismoniy mashqlar yordamida o‘sib
kelayotgan yosh organizmlarning morfologik(tana tuzilishi) va funksional(ichki hayotiy tizimlar
ishi) qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan tadbirlar majmuidir” [2].
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
Aholining turmush darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa ular jismoniy madaniyatining darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi va
o‘rtacha uzoq umr ko‘rish yanada ortib boradi. Talabalik yillari jismoniy tarbiya va jismoniy
madaniyatni oshirishning oxirgi majburiy bosqichi hisoblanadi. Keyin esa ular bilan mustaqil va
ixtiyoriy ravishda shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida ta’lim
olayotgan ikki yuz mingdan ziyod talabalarning deyarli yarimini talaba-qizlar tashkil etadi.
Talaba-qizlar jismoniy tarbiyasini oshirish masalalari bo‘yicha ko‘plab tadbirlar amalga
oshirilishiga qaramasdan jismoniy faol bo‘layotgan talaba-qizlarning soni juda kam, ularning
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish darajasi qoniqarli emas. Jadval bo‘yicha mashg‘ulotlarga
talaba-qizlar nomigagina sport kiyimi bilan chiqadilar, mashg‘ulotlarda ularning faolligi juda
past. Ma’lumotlarga ko‘ra butun talabalarning 8 % dan 20 % bo‘lgan qismi to‘garak
mashg‘ulotlariga jalb etilgan (A.H.G‘ulomov, Ye.Tixonova, G.F. Gulyamova va b, 2004) [3].
To‘garaklarga jalb etilgan talabalarning butun sonining foiziga nisbatan, talaba-qizlarning
soni yanada past, u 7-8 % ni tashkil etadi. Buning bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablari
mavjud.
Masalan,
talaba-qizlar
jismoniy
madaniyatiga
eskicha
qarashlarning
hamon
mavjudligi, o‘quv yurti ma’muriyatining zarur darajada e’tiborsizligi va Jismoniy tarbiya faniga
ikkinchi darajali fan sifatida qarashi, o‘qituvchilarning kasb tayyorgarligini yetishmasligi va o‘z
fanining mavqieni zarur darajada himoya qilaolmasligi, mashg‘ulotlarni zamonaviy darajada
tashkil etilmasligi, shart-sharoitlar sifatining pastligi, ijtimoiy talabalarning yetarli emasligi,
tashabbusning yo‘qligi yoki uni qo‘llab-quvvatlamaslik, talaba-qizlar qiziqishlariga mos
to‘garaklarning yo‘qligi, shuningdek, talaba-qizlarning jismoniy madaniyat ta’limidan uzoqligi,
milliy mentalitetga mos zamonaviylikning, shaxsiy jismoniy kamolat rejasining yo‘qligi va
boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Bunga jismoniy madaniyat faniga ajratilgan o‘quv
soatlarining kamligi, ularni II-III-IV bosqichlarda davom ettirilmasligi ham asosiy sababdir.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
. Talaba-qizlar jismoniy tarbiyasi
bugungi kunda muhim pedagogik, psixologik va jismoniy madaniyat fani bilan bog‘liq,
shunungdek, ko‘p omillarga va baholarga asoslangan zamonaviy ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni
talab etadi va bular muammoning yanada dolzarbligini ko‘rsatadi. Shaxsni biror bir faoliyat
turiga yo‘naltirish va uni amalga oshirishda shaxsiy qiziqish va qiziqtirishning pedagogik-
psixologik ahamiyati muhim yo‘naltiruvchi kuchga ega. Bu jismoniy madaniyat va sport
mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishning onglilik va faollik tamoyili mazmuniga
singdirilgan bo‘lib, ma’lum tashkiliy-pedagogik tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. Bu
birinchi navbatda talaba-qizlarning jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlariga qiziqish va
intilishlarini o‘rganishni taqoza etadi. Shu maqsadda amaliy filologiya fakultetida ta’lim oluvchi
98 nafar I-II-bosqich talaba-qizlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi: 1.Yoshingiz?
2.Yashash joyingiz? Ijara, yotoqxona, shaxsiy xonadon. 3.Kun tartibiga rioya qilasizmi? Ha.
972
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Yo‘q. 4.Ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullanasizmi? Ha. Yo‘q. 5.Maktabdagi jismoniy
tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilganmisiz? Ha. Yo‘q. 6.Oliy o‘quv yurtidagi
jismoniy tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilayapsizmi? Ha. Yo‘q.7.Bir kunlik jismoniy
madaniyat mashg‘ulotlari uchun qancha vaqt ajranafariz? 15,20,30,40,50,60,70,80,90 minut.
8.Sevimli mashqlaringiz: Voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol, yugurish mashqlari,kurash gimnastika
va b. 9.Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? 10.Shu bo‘yicha boshqa takliflaringiz?
Tahlil va natijalar (Analysis and results)
. Berilgan savollarga talaba-qizlarning
javoblaridan quyidagilar ma’lum bo‘ldi: I-II-bosqich talaba-qizlarning o‘rtacha yoshi 19,1 ni,
eng kichigi-17 yoshni va eng katnafari 25 yoshni tashkil etdi. Ulardan 17 yoshlilar- 10 ta; 18
yoshlilar-22 ta; 19 yoshlilar- 32 ta; 20 yoshlilar-22 ta; 21 yoshlilar-8 ta; 22,23,24,25 yoshlilar-1
tadan iborat bo‘ldi. I-II-bosqich talabalarini umumiy o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini bitirib
o‘qishga kirishini e’tiborga olsak, ularni oliy ta’lim muassasalaridagi yoshga va bosqichga mos
o‘qish davri 19-20 yoshni tashkil etishi kerak. Javoblardan ma’lum bo‘lishicha 32 ta talaba
vaqtidan oldin o‘qishga kirgan va qolgan 66 talaba o‘qishga kechikib kirgan. Demak, ularning
ko‘pchiligi kechikib bo‘lsada oliy ma’lumot olish bilan bog‘liq maqsadlarini amalga oshirishgan,
o‘qishga kirish uchun mehnat qilgan, irodasini mustahkamlagan [4]. Talaba-qizlarning yashash
joyi o‘z o‘quv mehnatini va sport –sog‘lomlashtirish tadbirlarini bajarishlarida muhim
ahamiyatga ega. So‘ralganlardan 13 nafari ijarada, 21 nafari talabalar turar joylarida va 64 nafari
shaxsiy xonadonlarida yashab o‘qiganlar. Kun tartibiga 82 talaba rioya qilishini va 16 talaba
rioya qilmasligini aytgan. 63 talaba ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 32 talaba
badan tarbiya bilan shug‘ullanmasligini, 3 nafari esa ba’zida shug‘ullanishini bildirgan. 68 talaba
maktabdagi jismoniy tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, 30 ta talaba-qizlar
maktabdagi jismoniy tarbiya darslaridan qoniqish hosil qilmagan. 96 talaba institutdagi jismoniy
madaniyat mashg‘ulotlaridan qoniqish hosil qilgan bo‘lsa, 2 talaba-qiz Universitetdagi jismoniy
madaniyat mashg‘ulotlaridan qoniqish hosil qilmagan. 27 talaba bir kunda jismoniy madaniyat
mashg‘ulotlari uchun 15 minutdan, 29 nafari 20 minutdan, 26 nafari 30 minutdan, 7 nafari 40
minutdan, 4 nafari 50 minutdan, 2 nafari 60 minutdan, 2 nafari 70 minutdan va 3 nafari 90
minutdan vaqt ajratishgan.
Talaba-qizlarning bir kunda jismoniy mashqlarga ajratgan vaqti
15 minut 20 minut 30 minut 40 minut 50 minut 60 minut 70 minut 90 minut
27 nafar 29 nafar 26 nafar
7 nafar
4 nafar
2 nafar
2 nafar
3 nafar
Sport mashqi (trenirovka) ni me’yor bo‘yicha belgilangan vaqtini 1,5 soat (90 minut)
ligini e’tiborga oladigan bo‘lsak 98 talabadan faqat 3 nafarigina muntazam sport bilan
shug‘ullanishini bilishimiz mumkin. Qolgan 15 talaba jismoniy madaniyat bilan mustaqil
shug‘ullanishi (40,50,60,70 minut), 82 talaba (15, 20, 30minut) esa faqat ertalabki badantarbiya
bilan shug‘ullanadi deb hisoblashimiz mumkin.
Talaba-qizlarning sevimli sport turlari
Gimnastika Voleybol Basketbol
Yugurish
mashqlari
Qo‘l
to‘pi
Tennis Suzish Futbol Shaxmat Karate Kikboks
28
24
23
23
13
4
4
3
2
2
1
So‘rab ko‘rilganlarning 28 nafari gimnastikani, 24 nafari voleybolni, 23 nafari
basketbolni, yana 23 nafari yugurish mashqlarini, 13 nafari qo‘l to‘pini, 4 nafari tennis va yana 4
973
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
nafari suzishni, 3 nafari futbolni, 2 nafari shaxmat va yana 2 nafari karateni va 1 nafari kikboksni
sevimli sport turlari sifatida belgilashgan. 28 talaba gimnastikani sevimli sport turi sifatida
belgilagan bo‘lsada, aksari oliy o‘quv yurtlarida gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun
sharoitlar yo‘q.”Bo‘sh vaqtingizda nima bilan band bo‘lasiz?” degan savolga quyidagi javoblar
berilgan: 37 nafari kitob o‘qish, 16 nafari musiqa eshitish, 13 nafari uy ishlari bilan band bo‘lish,
12 nafari dars tayyorlash, 8 nafari raqsga tushish, 8 nafari bo‘sh vaqti yo‘qligini, 5 nafari sport
bilan shug‘ullanishini, 5 nafari televezor ko‘rishini, 5 nafari yugurishini, 4nafari sh’er o‘qishi va
yozishini, 4 nafari radio eshitishini, 3nafari voleybol o‘ynashini, 3 nafari kompyuter va
internetda ishlashini, 2 nafari gimnastika to‘garagiga qatnashini, 2nafari kutubxonada bo‘lishini,
2 nafari ovqat qilishini, 2 dam olishini, 2 nafari suzish bilan shug‘ullanishini, 2 nafari basketbol
o‘ynashini, 2 nafari bichish-tikish bilan shug‘ullanishini, sayr qilish,tennis bilan shug‘ullanish,
qorin bo‘shlig‘i uchun press qilish, qo‘l to‘pi o‘ynash, ishlash, yog mashqlari bilan
shug‘ullanish, sheypingga qatnashish bilan 1 nafardan talabalar shug‘ullanishlarini aytishgan.
“Bo‘sh vaqtingizda nima bilan band bo‘lasiz?” degan savol bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport,
shuningdek, raqs bilan shug‘ullanishni ham qo‘shib hisoblab, umumiy xulosa chiqaradigan
bo‘lsak, har 100 nafardan 33 talaba bo‘sh vaqtlarida jismoniy faol bo‘lishini tushunishimiz
mumkin. Bu ko‘rsatkich talabalarning tabiiy rivojlanishi va harakatga bo‘lgan ehtiyojlarining
tadqiqotlar natijasida belgilangan taqribiy ko‘rsatkichlariga mos keladigan bo‘lsada, uning
darajasi bugungi kun talablariga javob bera olmaydi. Bu har uch talabadan bir nafarini
imkoniyati bo‘lsada, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanmaydi degan xulosaga olib keladi.
Demak, ko‘rsatkichlarni kam deganda 66-70 taga ko‘targanimizdagina holatni qoniqarli
deb baholashimiz mumkin bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar talaba-qizlar jismoniy madaniyati
darajasining pastligiga ta’sir etuvchi yagona omil emas. Talaba-qizlar jismoniy madaniyatini
pastligiga va uning natijasida ular jismoniy madaniyatining zarur darajada shakllanmaganligiga
yana bir qator omillar ham ta’sir etadi. Ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
salomatligining yaxshi emasligi; oilada va maktabdagi o‘qish davrida o‘quvchi-qizlar jismoniy
tarbiyasiga e’tibor berilmaganligi; dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar sifatining pastligi;oila
an’analari; sport kiyimining yo‘qligi; mustaqil shug‘ullanish tajribasining yetishmasligi; vaqt
yetishmasligi; mashg‘ulot joyining uzoqligi yoki yo‘qligi; shaxsan qiziqmaslik yoki jismoniy
madaniyatning inson salomatligi va kundalik turmushdagi ahamiyatini tushunmaslik; ijtimoiy
talablarning bo‘shligi; qiziqqan sport turi bo‘yicha mashg‘ulot tashkil etilmasligi va zarur sport
inshootlarining yo‘qligi; jismoniy madaniyat va sport-sog‘lomlashtirish ishlarining yetarli
targ‘ibot va tashviqot qilinmasligi; irodaviy sifatlarning bo‘shligi va shaxsiy hayotni to‘g‘ri
rejalashtira olmaslik; muhim hayotiy intilishlarning, rejalarning yo‘qligi; shug‘ullanish uchun
zarur, ta’limiy va tarbiyaviy ma’lumotlarga ega bo‘lmaslik; shunchaki qiziqmaslik va boshqa
salbiy omillar va b.
Yuqoridagi omillar o‘ziga xos bo‘lib, ular u yoki bu darajada talaba-qizlar jismoniy
tarbiyasiga va u orqali talaba-qizlar jismoniy madaniyatiga salbiy ta’sir etadi. Bu omillarni
bartaraf etish va talaba-qizlar jismoniy tarbiyasini oshirishning optimal yo‘llari va variantlarini
ishlab chiqish, talaba-qizlar jismoniy madaniyatini qat’iy va to‘la shakllantirishning aniq
motivlarini aniqlash, talaba-qizlar jismoniy madaniyatining mazmuni, vositalari va shakllarini
eksperimental va ilmiy-nazariy asoslangan holda me’yor va mezonlarini ishlab chiqish hamda
amaliyotga tadbiq etishni talab etadi.
Buning uchun nimalarga e’tibor berish va nimalar qilish kerak-, degan savolga
talabalarning o‘zlari javob beradi. Talabalarga berilgan oxirgi savol “Shu bo‘yicha boshqa
974
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
fikrlaringiz?,-deb yozilgan edi. Savol bo‘yicha javoblarni umumlashtirib quyidagi asosiy
xulosalarga kelishimiz mumkin. 1.Darslarni ko‘paytirib, haftada ikki marta o‘tkazish. 2.Sport
o‘yinlari texnikasini yaxshiroq o‘rgatish. 3.Darslarni qiziqarli o‘tkazish. 4.Darslar davomida
o‘zaro, qizlar bilan ko‘proq o‘quv musobaqalari o‘tkazish. 5.Badiiy gimnastika to‘garaklarini
tashkil qilish. 6.Talaba-qizlarga alohida zallarda mashg‘ulot o‘tkazish va ularni 3-4 bosqichlarda
ham davom ettirish. 7. Maxsus sport zallari bo‘lishi va oliy toifali murabbiylarni ko‘paytirish.
8.Sportga ko‘proq e’tibor berilishi va raqs to‘garaklarini ochish. 9. Ko‘proq mashq zallari,
basseyinlar, televezorda ko‘proq ko‘rsatuvlar bo‘lsa. 10. Ko‘proq to‘garaklar tashkil etilsa va
ularning narxi qimmat bo‘lmasa va b.
Xulosa
va
takliflar (Conclusion/Recommendations).
Demak, talaba-qizlar tomonidan
taklif qilingan tadbirlar oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilib borilsa, talaba-qizlarning
jismoniy tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzini kechirish darajasini hamda salomatligi yanada
yaxshilanadi. Bu hozirda tibbiyotdagi 15-20 ming so‘mlik oddiy tashxisdan tortib, 350-400 ming
so‘mgacha bo‘lgan murakkab elektron tashxislarga sarflanadigan xarajatlarni tejab qolish
imkoniyatini beradi va tejab qolingan mablag‘lar itellektual salohiyatni oshirishga yoki rang-
barang dunyoni ko‘rish uchun qilinadigan sayohatlarga chiqish imkoniyatini yaratadi.
REFERENCES
1.
Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li, “BELBOG‘LI KURASHCHILARNING
KOORDINATSION
MASHQLAR
YORDAMIDA
TEXNIK
–
TAKTIK
TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH”. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
jurnali, volum-3, 272-282.Balsevich V.K. Fizicheskaya kultura dlya vsex i dlya kajdogo.-
Moskva: FiS, 1988.-208 s.il.
2.
Soliyev Sanjarbek Shuhratjon o‘g‘li FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH
ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4
3.
Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li. Belbog‘li kurashchilarning texnik va taktik
tayyorgarligini takomillashtirish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali. 2024, 4-son. 371-
379.
4.
mavzu: Improving the effectiveness of physical education lessons for hearing-impaired
students using “Motion control XR” equipment Khursanova Rukhsora Olimjon kizi jurnal:
Eurasian Journal of Sport Science bet: 33-37
5.
Mavzu: ESHITISHIDA MUOMMOSI BO ‘LGAN O‘QUVCHILARNING JISMONIY
TAYYORGARLIGINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH Xursanova Ruxsora Olimjon
qizi ACTA NUUz jurnali 242-244 betlar
6.
Mavzu: The role and importance of the principle of continuity in improving the speed
ability of 12-14-year-old hearing and speech impaired children Khursanova Rukhsora
Olimjon kizi MENTAL ENLIGHTENMENT SCIENTIFIC – METHODOLOGICAL
JOURNAL 229-235
7.
крамович, Болтаев Аъзам; ,Ёш волейболчиларнинг жисмоний сифатларини
ривожлантиришда ҳаракатли ўйинларни аҳамияти,Муғаллим ҳем узликсиз
билимлендириў,,6-son,132-135,2019,
8.
BOLTAEYV, A.A.; ,KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHIDA SPORTGA
SARALASH
VA
YO’NALTIRISH,МУҒАЛЛИМ
ҲӘМ
ҮЗЛИКСИЗ
975
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
БИЛИМЛЕНДИРИЎ
№
6/3
2024
МУҒАЛЛИМ
ҲӘМ
ҮЗЛИКСИЗ
БИЛИМЛЕНДИРИЎ,1,898-904,8,2024,Qoraqolpoq
9.
Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI
RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA
AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3.
– №. 12. – С. 835-839.
10.
Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL
TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY
TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific
journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.
11.
Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI
QATLAMLARIDA
SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH
TURIZMI
MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O ‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.
12.
PULATOV, LAZIZ A; ,SYSTEM OF PERSONALITY DEVELOPMENT IN HIGHER
EDUCATION
INSTITUTIONS,Mental
Enlightenment
Scientific-Methodological
Journal,5,03,316-323,2024
13.
Ilhom X. Abdullayev. IMPROVEMENT OF THE SPECIAL PHYSICAL TRAINING
MODEL OF GRECO-ROMAN JUNIOR WRESTLERS / MENTAL ENLIGHTENMENT
SCIENTIFIC – METHODOLOGICAL JOURNAL. ISSN: 2181-1547 (E) / 2181-6131 (P)
Vol. 5 No. 08 (2024): Vol.05, Issue08, 2024
14.
BOLTAEYV. A.A.SCIENTIFIC AND THEORETICAL ANALYSIS OF AGGRESSION
IN STUDENTS OF MIDDLE SCHOOL AGE,"Spectrum Journal of Innovation, Reforms
and Development",1,111-116,7,2023,SCIENTIFIC AND THEORETICAL ANALYSIS
OF AGGRESSION IN STUDENTS OF MIDDLE.
15.
DEVELOPMENT OF AGILITY IN FEMALE STUDENTS THROUGH BASKETBALL
GAME ELEMENTS Umida Abdulla qizi Eshmanova THE MULTIDISCIPLINARY
JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY- VOLUME-4, ISSUE-12.
16.
Muidinov M.R, Technical Training In Belbogli Kurash Wrestling Through Coordination
Exercises Development. Mental Enlightenment Scientific – Methodological Journal, 2024
vol (05), 106-115.
17.
Muydinov M.R. The importance of mobile technologies in enhancing technical and
tactical preparation in belt wrestling. Multidisciplinary Journal of Science and Technology
VOLUME-4, ISSUE-12 INDIA. 17-23.
18.
Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O ‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI
AXOLI
QATLAMLARIDA
SPORT-SOG
‘LOMLASHTIRISH
TURIZMI
MASHG‘ULOTLARINI
TASHKIL
ETISHDAGI
O
‘ZIGA
XOS
YONDOSHUVLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1253-1262.
19.
Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL
TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY
TURISTLARGA
AYLANTIRISH
CHORA-TADBIRLARI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 835-839.
20.
Abdullayev
Ilhom
Xushnudovich.
ANALYZING
THE
COMPETITIVE
PERFORMANCE
OF
GRECO-ROMAN
WRESTLING
ATHLETES
(http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/2387) / International Conference
976
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https:
econferencezone.org Aug 23rd 2023.
21.
Abdullaev Ilkhom Khushnudovich. DEVELOPMENT OF SPECIAL PHYSICAL
TRAINING OF GRECO-ROMAN WRESTLERS WITH THE HELP OF SPECIAL
SIMULATORS / 17th-TECH-FEST-2023 International Multidisciplinary Conference
Hosted from Manchester, England https://conferencea.org 25th August 2023.
22.
Soliyev Sanjarbek Shuhratjon o‘g‘li FUTBOLCHILARNING IRODAVIY SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI KAMAYTIRISH
ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4
23.
Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha
kasbiy ijodiy imtihonlarni o'tkazishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi
341- 345 Sanjarbek Soliyev
24.
International Journal of Advance Scientific Research “Mass participation in sports is an
effective way to Improve women's health” 249-255 MASS PARTICIPATION IN
SPORTS IS AN EFFECTIVE WAY TO IMPROVE WOMEN'S
HEALTHKhaidarova
25.
Rahmanova, D. A. (2023). 3-7 YOShLI BOLALARNING SOG ‘LOMLAShTIRUVChI
GIMNASTIKA
VA
XOREOGRAFIYA
BILAN
ShUG
‘ULLANIShINING
SAMARADORLIGI.
Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi
, (8), 606-614.
26.
RAHMANOVA, D. (2024). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA OLIY TA’LIM
MUASSASALARI
TALABALARINI
JISMONIY
SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH.
News of the NUUz
,
1
(1.8), 150-152.
27.
Ma’murbekova, G. (2024). YUQORI MALAKALI SAMBOCHI QIZLARNI
FUNKSIYANAL XOLATIGA TEZKOR KUCHNING TA’SRI. Modern Science and
Research, 3(12), 1387-1390.
28.
Ma’murbekova, G. (2024). IMPROVING THE SPEED AND AGILITY OF NATIONAL
WRESTLERS. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34-37.
29.
Anvarov
S.,
Xudayberdiyev
N.,
Mamadaliyev
S.
12–14
YOSHLI
YOSH
BOKSCHILARNING
FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
ASOSIDA
MAXSUS
JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4.
30.
Tuychiyev K., Xudayberdiyev N., Mamadaliyev S. O ‘SMIR YOSHIDAGI
KIKBOKSINGCHILARDA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1848-1852.
31.
Erkinhodjayeva G., Mamadaliyev S. KO ‘ZI OJIZLAR VA ZAIF KO ‘RUVCHILAR
UCHUN OCHIQ HAVODAGI HARAKATLI O ‘YINLARNING AHAMIYATI
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1843-1847.
