Authors

  • N.T. Sodiqova
  • Hulkar Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.96692

Keywords:

Ishlab chiqarish daromad xarajat xarajatlarni boshqarish xarajatlar tahlili xarajatlarni kamaytirish.

Abstract

Maqolada ishlab chiqarish nima? Va u nimaga kerak kabi savollarga javob topamiz. Shu bilan birga ishlab chiqarish xarajatlarini qanday tartibda kamaytirish mumkinligini ko’rib chiqamiz. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning iqtisodiy ahamiyati va uning boshqaruv usullari tahlil qilinadi.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

713

ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISH-IQTISODIY

TARAQQIYOTNING HAL QILUVCHI OMILI SIFATIDA

Sodiqova N.T.

Ilmiy rahbar.

Yuldasheva Hulkar

Osiyo Xalqaro Universiteti 3-MMT-23 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15512482

Annotatsiya. Maqolada ishlab chiqarish nima? Va u nimaga kerak kabi savollarga

javob topamiz. Shu bilan birga ishlab chiqarish xarajatlarini qanday tartibda kamaytirish

mumkinligini ko’rib chiqamiz. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning iqtisodiy

ahamiyati va uning boshqaruv usullari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: Ishlab chiqarish, daromad, xarajat, xarajatlarni boshqarish, xarajatlar

tahlili, xarajatlarni kamaytirish.

Аннотация. Что такое производство изделий? И мы найдем ответь на такие

вопросы, как зачем это нужно. В то же время мы рассмотрим как можно снизить

производственные затраты. Проанализировано экономическое значение снижения

издержек производства и методы его управления.

Ключевые слова: Стоимость производственных доходов управление затратами

анализ затрат снижение затрат.

Abstract. What is article production? And we will find answers to questions such as why

it is needed. At the same time, we will consider how production costs can be reduced. The

economic importance of reducing production costs and its management methods are analyzed.

Key words: Production income cost, cost management, cost analysis, cost reduction.

Ishlab chiqarish

-jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy

boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol

va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish

inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik

jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat

jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat

vositalari boʻlishini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab

chiqarish va isteʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri

koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

714

buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan

takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab

chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolni oʻz ichiga oladi. Ishlab

chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va

mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma

aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon

beradi. Ishlab chiqarish – jamiyatning yashashi, taraqqiy etishi va tabiiy ehtiyojlarini qondirishi

uchun muhim deb hisoblangan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar) ni yaratish

jarayonidir. Ishlab chiqarish omillarini iste’mol va investitsiyalar uchun mos keladigan tovarlar

va xizmatlarga aylantirish bilan izohlanadi. U barcha yashab kelayotgan inson hayotining tabiiy

sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining

barcha sezilarli bosqichlarida ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning mazmunini

mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni uch element – mehnat, mehnat ashyolari

va mehnat vositalarini o’z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish xarajatlari

— korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida,

iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy

resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xomashyo, yoqilgʻi, har

xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda

Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar,

yonilgʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga

ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan

barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan,

harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

> doimiy harajatlar — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara

haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; > oʻzgaruvchan

xarajatlar — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu

kabilar uchun harajatlar;> umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-

gʻindisi;> bevosita ishlab chiqarish harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan

va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar;> bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga

bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar;> oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi

mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga

toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi;> ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari —


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

715

uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik

buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor yoki korxona yuqori foyda olish va uni

ko'paytirishni maqsad qiladi. Uning oladigan foyda miqdori esa ishlab chiqargan mahsuloti

yoki ko'rsatayotgan xizmatining hajmiga, sifatiga, tannarxiga va baholar darajasiga bog'liq

bo'ladi. Korxonalarning bozorga mahsulot etkazib berib, foyda olishga bo'lgan layoqatini

aniqlab beruvchi muhim omil sarf-harajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab

chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qilib, ular ham ma'lum narxga ega bo'ladi.

Korxona oladigan foydaning miqdori bir tomondan bozorga taklif qiladigan tovar

miqdoriga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan unga qilinadigan iqtisodiy xarajatlar darajasiga,

resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog'liq.

Shuning

uchun

ham

ishlab

chiqarish

xarajatlari

iqtisodiyotning

muhim

kategoriyalaridan biri bo'lib, uni o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki uni o'rganish

asosida har bir xarajatning ulushini baxolash va kamaytirish imkoniyatlari aniqlanadi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport salohiyatini yuksaltirish va

milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish ham ko'p jihatdan tejamkorlikka erishish,

hamda mahsulot va xizmatlar tannarxini pasaytirishga bog'liq. Shunga ko'ra, prezidentimiz

Sh.M. Mirziyoyev 2019 yilning 12 martida Nurota tumanidagi "Marmarobod" korxonasida tog'

jinslaridan mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishar ekan, quyidagi fikrini alohida

ta'kidlab o'tdi: "Mahsulot tannarxini kamaytirish orqali jahon bozoriga chiqish kerak" Buning

isboti sifatida quydagi raqamlarti keltrish mumkun joriy yilning yanvar-iyun oylarida

mamlakatning eksportyorlari soni 4 885 tani tashkil etib, ular tomonidan 5 669,0 mln. AQSH

dollari qiymatidagi (2020- yilning mos davriga nisbatan 36,4 % ga ko'paydi) tovar va xizmatlar

eksport qilinishi ta'minlandi.

TAHLIL VA NATIJALAR: Umuman olganda, resurslarni tejash mahsulot birligiga

ketayotgan xarajatlarning pasayishi, resurslardan foydalanish darajasining ijobiy tomonga

o'sishi sifatida aniqlanadi. Bundan tashqari, "resurslarni tejash" tushunchasi ularning samarali

iste'moli natijasida olinadigan foyda, natijani ham taqozo etadi. Resurslar tejamkorligiga ikki

tomonlama, ya'ni mutlaq va nisbiy tejamkorlik nuqtai-nazaridan yondashish mumkin.

Mutlaq tejamkorlik mahsulotni ishlab chiqarish va iste'mol qilish jarayonida uning

tarkibiga kiruvchi jonli va buyumlashgan mehnat miqdorining kamayishi darajasini tavsiflaydi.

Biroq, bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning naflilik darajasi va qiymati o'zgarmaydi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

716

Nisbiy tejamkorlik tushunchasi ostida jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari

nisbatan barqaror bo'lgan sharoitda ishlab chiqarishning foydali natijalari, ya'ni qiymat

hajmining o'sishini ta'minlash jarayonini tushunish zarur. Shuning uchun resurslar tejamkorligi

muammosining hal qilinishi iqtisodiyotning samarali rivojlanishi uchun juda muhimdi.

Tejamkorlik darajasini baholash nisbiy tarzda amalga oshiriladi. Agar jamiyat yagona

individdan iborat bo'lsa, uning hatti-harakatini tejamkorlik nuqtai-nazaridan baholash mumkin

bo'lmas edi. Shunga ko'ra, tejamkorlik - jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan

darajasida barcha resurslardan tejamli foydalanish bo'yicha iqtisodiy munosabat bo'lib, ishlab

chiqarish samaradorligini ta'minlashning asosiy omili hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik ham

"xarajatlar - ishlab chiqarish" muammosini o'z ichiga oladi. Aniqroq aytganda, iqtisodiy

samaradorlik ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan taqchil resurs birliklari yig'indisi va

iste'mol tovarlari yig'indisi o'rtasidagi aloqani tavsiflaydi. Sarflangan xarajatlar hajmidan

olingan mahsulotning ortiqligi samaradorlikning o'sishini anglatadi.

Shuning uchun har bir korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha o'z

strategiyasiga ega bo'lishi zarur.

Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish strategiya tarkibi

1. Ilg'or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va

avtomatlashtirish.

2. Zaxiralardan foydalanishni takomillashtirish, yangi turdagi xom ashyo va

materiallardan foydalanish.

3. Mahsulotlarning dizayni va texnik xususiyatlarining o'zgarish.

4. Ilmiy-texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarning mahsulot narxiga ta'sirini tahlil qilish.

Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish:

1. Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish

2. Asosiy vositalardan foydalanishni takomillashtirish

3. Moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash

4. Transport xarajatlarini kamaytirish

Mahsulotlar hajmi belgilashdagi o'zgarishlar

1. Belgilangan xarajatlarning (amortizatsiya bundan mustasno) kamayish.

2. Mahsulotlarning nomenklaturasi va assortimentining o'zgarishiga va sifatining

oshishiga olib kelish.

3. Ishlab chiqarish o'sishi bilan mahsulot birligiga shartli ravishda belgilangan xarajatlar

soni kamaytirish.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

717

Sanoat va boshqa omillar 1. Yangi sexlarni, ishlab chiqarish bloklarini ishga tushirish

va rivojlantirish 2. Turdosh tarmoqlarning birlashishi, o'z-o'zidan komponentlar ishlab

chiqarishni yo'lga qo'yish. 3. Tayyor mahsulot narxini muntazam tahlil etish.

Ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarni shakllantirish jarayoniga ta'sir qilishning eng

samarali usullaridan yana biri moliyaviy javobgarlik markazlarini tashkil etish asosida

korxonaning xarajatlari va daromadlarini boshqarishdir.

Xarajatlarni boshqarish tizimining asosiy funktsiyalari prognozlash va rejalashtirish,

buxgalteriya, nazorat qilish (monitoring), muvofiqlashtirish va tartibga solish, shuningdek,

xarajatlarni tahlil qilish hisoblanadi.

Moliyaviy javobgarlik markazi (MJM) - bu daromadni optimallashtirish, rentabellikka

bevosita ta'sir ko'rsatish yo'llarini topish, belgilangan chegaralar doirasida xarajatlar darajasini

nazorat qilish va xarajatlarni kamaytirish yo'llarini topish uchun asosiy vazifalarni bajaradigan

tarkibiy bo'linma yoki bo'linmalar guruhi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar maqsadlarni tanlash imkoniyatiga ega

bo'lishdi. Maqsadlarni tanlash va shakllantirish korxona strategiyasi va kelgusi davr uchun

ularni amalga oshirishning aniq shartlari bilan belgilanadi.

Xulosa qilib shuni aytamizki,

Shunday qilib, xarajatlarni rejalashtirish, xarajatlarni

boshqarish tizimining muhim elementi bo'lib, keng qamrovli bo'lishi va korxonaning resurslari

qayerda, qachon va qanday hajmda sarflanishini aniqlash imkonini beradi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, tashkilotning o'ziga xos xususiyatlarini va kompleks

yondashuvni hisobga olgan holda xarajatlarni boshqarish tizimidan foydalanish korxona

faoliyatining yuqori iqtisodiy natijalariga erishishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Qudratova,

G.

M.

(2025).

TEXNOLOGIK

PARKLARNING

MINTAQA

INNOVATSION RIVOJLANISHINI TA'MINLASHDAGI AHAMIYATI.

YANGI

O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(8), 170-178.

2.

Sodiqova, N. (2025). IQTISODIYOT FANLARINI OʻQITISHDA TALABALAR

TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA

TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI.

" ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ"

международный научно-методический журнал

,

2

(19).


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

718

3.

Bahodirovich, K. B. (2025, April). STRUCTURE OF THE CASH FLOWS

STATEMENT. In

CONFERENCE OF MODERN SCIENCE & PEDAGOGY

(Vol. 1,

No. 1, pp. 325-330).

4.

Алимова, Ш. А. (2025). УСТОЙЧИВЫЕ ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК: ОТ ТРЕНДА К

НЕОБХОДИМОСТИ

РАСШИРЕННАЯ

ВЕРСИЯ.

Modern

Science

and

Research

,

4

(5), 76-81.

5.

Toshov, M. H. (2025). SАNОАT KОRXОNАLАRIDА MEHNАTGА HАQ TО'LАSH

TIZIMINI BОSHQАRISH.

Modern Science and Research

,

4

(4).

6.

Azimov, B. (2025). METHODS AND MODELS FOR ASSESSING THE SOCIO-

ECONOMIC

EFFICIENCY

OF

REGIONAL

INNOVATION

INFRASTRUCTURE.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 685-691.

7.

Ikromov, E. I., & Safarova, J. (2025). O’ZBEKISTONDA YASHIL

TADBIRKORLIKNI

HUDUDLARDA

RIVOJLANTIRISHI

ISTIQBOLLARI.

Modern Science and Research

,

4

(4), 421-428.

8.

Raxmonqulova, N. O. (2025). DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY ON

A GLOBAL SCALE AND THE EXPERIENCE OF COUNTRIES.

SHOKH LIBRARY

.

9.

Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI

BOSHQARISH

MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH.

STUDYING

THE

PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS

,

1

(7), 145-150.

10.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN

ECONOMIC

PROFESSIONS.

Journal

of

Multidisciplinary

Sciences

and

Innovations

,

1

(2), 153-155.

11.

Bazarova, M. (2025). FEATURES OF ASSESSING THE EFFECTIVENESS OF

INNOVATION RISK MANAGEMENT OF AN EDUCATIONAL ORGANIZATION

IN THE PROCESS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF ACTIVITIES.

Journal of

Multidisciplinary Sciences and Innovations

,

1

(2), 161-164.

12.

Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF MICROECONOMIC ANALYSIS IN

ENHANCING ECONOMIC EFFICIENCY THROUGH MARKET EQUILIBRIUM

ANALYSIS.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 634-637.

13.

Bobojonova, M. (2025). GREEN ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN AND

ITS OPPORTUNITIES.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 592-595.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

719

14.

Jumayeva, Z. (2025). THE FORMATION OF THE GREEN ECONOMY CONCEPT,

STAGES OF DEVELOPMENT AND ITS RELEVANCE.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(3), 262-266.

15.

Ibragimov, A. (2025). TAX POLICY AND IMPACT ON ECONOMIC

DEVELOPMENT.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(3), 259-261.

16.

Djurayeva, M. (2025). ISSUES OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE

ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(3), 596-598.

17.

Umarova, H. (2025). RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA KORXONA

RISKLARINI BOSHQARISH VA BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI.

Modern

Science and Research

,

4

(5), 158-161.

18.

Aslanova,

D.

(2025).

CHALLENGES

OF

IMPLEMENTING

MODERN

MANAGEMENT PRINCIPLES IN THE TOURISM INDUSTRY.

Journal of

Multidisciplinary Sciences and Innovations

,

1

(2), 119-121.

19.

Rajabova, D. (2025). SPECIFIC FEATURES AND FACTORS OF SUSTAINABLE

DEVELOPMENT OF THE INNOVATIVE ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL

ENTERPRISES.

Journal of Applied Science and Social Science

,

1

(2), 474-479.

20.

Игамова, Ш. З. (2024). МЕТOДИЧЕCКИЕ РЕКOМЕНДАЦИИ ПO

ФOРМИРOВАНИЮ

OРГАНИЗАЦИOННO-ЭКOНOМИЧЕCКOГO

МЕХАНИЗМА OБЕCПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНOCТИ ИННOВАЦИOННOГO

развития ПРЕДПРИЯТИЙ CТРOИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛOВ.

Gospodarka i

Innowacje.

,

43

, 335-340.

21.

Akramova, O. (2025). FOREIGN COUNTRIES IN EXPERIENCE INVESTMENT

ATTRACTIVENESS INCREASE MECHANISMS AND UZBEKISTAN IN

PRACTICE USE OPPORTUNITIES.

Journal of Multidisciplinary Sciences and

Innovations

,

1

(1), 395-398.

22.

Jumayev, B. (2025). BIG DATA: CUSTOMER CREDIT ANALYSIS USING

DIGITAL

BANKING

DATABASE.

International

Journal

of

Artificial

Intelligence

,

1

(2), 1056-1059.

23.

Gafarova, D. (2025). INNOVATION POLICY OF THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN: ACHIEVEMENTS AND PROSPECTS.

Journal of Multidisciplinary

Sciences and Innovations

,

1

(2), 165-167.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

720

24.

Raximova, L. (2025). DIRECTIONS AND PRIORITY FEATURES OF THE

TRANSITION TO THE" GREEN ECONOMY".

Journal of Multidisciplinary Sciences

and Innovations

,

1

(2), 156-160.

References

Qudratova, G. M. (2025). TEXNOLOGIK PARKLARNING MINTAQA INNOVATSION RIVOJLANISHINI TA'MINLASHDAGI AHAMIYATI. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(8), 170-178.

Sodiqova, N. (2025). IQTISODIYOT FANLARINI OʻQITISHDA TALABALAR TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 2(19).

Bahodirovich, K. B. (2025, April). STRUCTURE OF THE CASH FLOWS STATEMENT. In CONFERENCE OF MODERN SCIENCE & PEDAGOGY (Vol. 1, No. 1, pp. 325-330).

Алимова, Ш. А. (2025). УСТОЙЧИВЫЕ ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК: ОТ ТРЕНДА К НЕОБХОДИМОСТИ РАСШИРЕННАЯ ВЕРСИЯ. Modern Science and Research, 4(5), 76-81.

Toshov, M. H. (2025). SАNОАT KОRXОNАLАRIDА MEHNАTGА HАQ TО'LАSH TIZIMINI BОSHQАRISH. Modern Science and Research, 4(4).

Azimov, B. (2025). METHODS AND MODELS FOR ASSESSING THE SOCIO-ECONOMIC EFFICIENCY OF REGIONAL INNOVATION INFRASTRUCTURE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 685-691.

Ikromov, E. I., & Safarova, J. (2025). O’ZBEKISTONDA YASHIL TADBIRKORLIKNI HUDUDLARDA RIVOJLANTIRISHI ISTIQBOLLARI. Modern Science and Research, 4(4), 421-428.

Raxmonqulova, N. O. (2025). DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY ON A GLOBAL SCALE AND THE EXPERIENCE OF COUNTRIES. SHOKH LIBRARY.

Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. STUDYING THE PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS, 1(7), 145-150.

Naimova, N. (2025). THE IMPACT OF GLOBALIZATION ON MODERN ECONOMIC PROFESSIONS. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 153-155.

Bazarova, M. (2025). FEATURES OF ASSESSING THE EFFECTIVENESS OF INNOVATION RISK MANAGEMENT OF AN EDUCATIONAL ORGANIZATION IN THE PROCESS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF ACTIVITIES. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 161-164.

Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF MICROECONOMIC ANALYSIS IN ENHANCING ECONOMIC EFFICIENCY THROUGH MARKET EQUILIBRIUM ANALYSIS. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 634-637.

Bobojonova, M. (2025). GREEN ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN AND ITS OPPORTUNITIES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 592-595.

Jumayeva, Z. (2025). THE FORMATION OF THE GREEN ECONOMY CONCEPT, STAGES OF DEVELOPMENT AND ITS RELEVANCE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 262-266.

Ibragimov, A. (2025). TAX POLICY AND IMPACT ON ECONOMIC DEVELOPMENT. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 259-261.

Djurayeva, M. (2025). ISSUES OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 596-598.

Umarova, H. (2025). RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA KORXONA RISKLARINI BOSHQARISH VA BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI. Modern Science and Research, 4(5), 158-161.

Aslanova, D. (2025). CHALLENGES OF IMPLEMENTING MODERN MANAGEMENT PRINCIPLES IN THE TOURISM INDUSTRY. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 119-121.

Rajabova, D. (2025). SPECIFIC FEATURES AND FACTORS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE INNOVATIVE ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. Journal of Applied Science and Social Science, 1(2), 474-479.

Игамова, Ш. З. (2024). МЕТOДИЧЕCКИЕ РЕКOМЕНДАЦИИ ПO ФOРМИРOВАНИЮ OРГАНИЗАЦИOННO-ЭКOНOМИЧЕCКOГO МЕХАНИЗМА OБЕCПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНOCТИ ИННOВАЦИOННOГO развития ПРЕДПРИЯТИЙ CТРOИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛOВ. Gospodarka i Innowacje., 43, 335-340.

Akramova, O. (2025). FOREIGN COUNTRIES IN EXPERIENCE INVESTMENT ATTRACTIVENESS INCREASE MECHANISMS AND UZBEKISTAN IN PRACTICE USE OPPORTUNITIES. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(1), 395-398.

Jumayev, B. (2025). BIG DATA: CUSTOMER CREDIT ANALYSIS USING DIGITAL BANKING DATABASE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1056-1059.

Gafarova, D. (2025). INNOVATION POLICY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN: ACHIEVEMENTS AND PROSPECTS. Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 165-167.

Raximova, L. (2025). DIRECTIONS AND PRIORITY FEATURES OF THE TRANSITION TO THE" GREEN ECONOMY". Journal of Multidisciplinary Sciences and Innovations, 1(2), 156-160.