Aprel, 2025-Yil
561
RAQAMLI IQTISODIYOTI SHAROITIDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Sodiqova N.T.
Osiyo xalqaro universiteti, Buxoro.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15298468
Annotatsiya.
Ushbu maqolad bugungi kundagi Respublikamiz oldida turgan “raqamli
tadbirkorlikni” rivojlantirish masalalari bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Shuningdek,
zamonaviy dunyoda innovatsiyalardan keng foydalanish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish
haqidagi taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar, innovatsion tadbirkorlik,
raqamli texnologiya, raqamli tadbirkorlik.
Аннотация.
В данной статье проведено исследование вопросов развития
«цифрового предпринимательства», стоящих сегодня перед нашей республикой. Также
даются предложения и рекомендации по развитию предпринимательства за счет
широкого использования инноваций в современном мире.
Ключевые слова:
цифровая экономика, инновационные технологии, инновационное
предпринимательство, цифровые технологии, цифровое предпринимательство.
Abstract.
In this article, research was conducted on the issues of development of "digital
entrepreneurship" facing our Republic today. Also, proposals and recommendations on the
development of entrepreneurship through the wide use of innovations in the modern world are
given.
Keywords:
digital economy, innovative technologies, innovative entrepreneurship,
digital technologies, digital entrepreneurship.
Kirish.
Raqamli iqtisodiyot bu siyosiy-iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash yordamida amalga oshiruvchi
yangi tizim bo‘lib, insonlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga kirishishda intensivlikni
ta’minlashida muhim ahamiyat kasb etishi bilan ajralib turadi. Shundan kelib chiqib iqtisodiyotni
raqamlashtirish, elektron hukumatga o‘tishni jadallashtirish hamda iqtisodiy tarmoqlarni
bosqichma-bosqich raqamlashtirishda innovatsion faoliyatdan samarali foydalanishni taqozo
etmoqda.
Aprel, 2025-Yil
562
Ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalgan
tadbirkorlar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish bilan alohida
o‘rin tutib kelmoqda.
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida 2019-2021- yillarga
moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining amalga
oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan, qishloq
xoʻjaligi, energetika, qurilish, taʼlim, sogʻliqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni
taʼminlash va ragʻbatlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Buning natijasida tadbirkorlik
sohasidainnovatsion tadbirkorlik faoliyatining yangi imkoniyatlarini kashf qilib, vaqt va mablag‘
tejash orqali ko‘proq daromad keltirish manbai sifatida qaralmoqda.
Hozirgi vaqtda innovatsion texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish eng
muhum masalaga aylanib bormoqda. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, yangi
tadbirkorlarni vujudga keltirish orqali tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga
ko‘maklashish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish bosqichlarini tadqiq qilish va
uning о‘ziga xos xususiyatlarini asoslash, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni
rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni
oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo‘llashni kengaytirishга ta’sir
qiluvchi omillarni aniqlashdan iboratdir.
Innovatsion faoliyat ulushining o‘sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali
qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi
hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo‘lida, innovatsion va
ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning, mamlakatimizda ko‘p tarmoqli innovatsion
siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun - qonunchilik asoslari yaratmasdan turib
hech imkoni yo‘q. Mamlakatimiz bugungi kunda innovatsion texnologiyalarga asoslangan
tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga alohida etibor qaratib kelmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
Ergashev E.I., Yuzbayeva M.Z, Charshanbiyeva
B.U “O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish yo‘nalishlari” nomli
ilmiy maqolasida mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishning innovatsion shart- sharoitlari va omillari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishning mavjud muammolar o‘rganilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishga doir tizimli islohotlar samaradorligi
baholangan.
Aprel, 2025-Yil
563
Mavjud imkoniyat va shart-sharoitlar ta’sirida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini
innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar
shakllantirilgan.
Hamroyev H.R. “Tadbirkorlik asoslari” nomli darsligida O‘zbekistonda tadbirkorlik
faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirish, qo‘llab- quwatlashning nazariy, huquqiy,
ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda taraqqiyot yutuqlari, muammolari va istiqbol lari yoritilgan.
G‘ofurova U.F., Xayitboyev B.X. “Tadbirkorlikni innovatsion faoliyat asosida
rivojlantirishning yo‘llari” nomli ilmiy maqolada tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini
oshishida innovatsion g‗oyalar va yangiliklar yaratilishi hamda ularning amaliyotda qo‗llanilishi
keng yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga to‗sqinlik qiluvchi qator tizimli
muammolar yoritilib ularga takliflar keltirilgan.
Axunova M.X. “Innovatsion iqtisodiyotda ayollar tadbirkorligi: muammo va yechimlar”
nomli ilmiy maqolasida O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi qo‘llabquvvatlash va ularga
munosib daromad olishi uchun sharoit yaratib berish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa ushbu maqolada ayollar tadbirkorligini qo‘llabquvvatlash borasidagi
imkoniyatlarni yanada kengaytirish va ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha mamlakat
Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan ko‘rsatilgan yangi mexanizmlarga keng o‘rin berilgan.
Shu bilan birga mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini soha iqtisodiyotidagi o‘rni va xotin-
qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari muammolari o‘rganilib ilmiy asoslangan takliflar
berilgan [5].
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur muammoni tadqiqotining bir qator usullardan
foydalanish asosida o‘rganilgan, jumladan, asosan xorijiy tajribalarni monografik tahlillar
natijalarini monografik tadqiqot, analiz va sintez, tizimli tahlil kabi iqtisodiy usullar asosida
o‘rganilib, rivojlangan mamlakatlar tajribasini mamlakatimizda innovatsion texnologiyalardan
samarali foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlarini ochib
berishda ahamiyat kasb etgan.
Tahlil va natijalar.
O‘zbekiston Respublikasida aholi soni o‘sib bormoqda, bu esa o‘z
navbatida aholi iqtisodiy faoliyatiga hamda sanoat korxonalari faoliyatining kuchaytirish
tadbirlariga olib kelmoqda va nafaqat sanoatni balki respublikaning jamiki iqtisodiy faoliyatini
rivojlantirishga olib keladi. Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida
namoyon bo‘layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o‘zgartirib, keng
imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini
Aprel, 2025-Yil
564
boshlab berdi. Agar mamlakatimizdagi innovatsion jarayonlar bilan rivojlangan mamlakatlardagi
holatni taqqoslasak, hozirgi vaqtda dunyoning rivojlangan mamlakatlari 15 yildan ortiq vaqt
mobaynida innovatsion texnologiyalari rivojlanib kelmoqda va biz boshqa mamlakatlardan ortda
qolishimizga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan davlatimizda innovatsion salohiyatni rivojlantirish
bilan ustuvor vazifalarni yanada rivojlantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda
O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi” Qonunida “...innovatsion
faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning
o‘tkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyat” deb keltirilgan bo‘lib, ayniqsa
tadbirkorlik faoliyatini jadal sur’atlarda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan
yangiliklar, texnik ishlanmalar, patent, “nau-xaular”, “Start-up”, kashfiyot, ixtirolarni
tadbirkorlik faoliyatida keng qo‘llash natijasida intensiv iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni
ta’minlashi lozimdir.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida
“Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
samarali mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil
energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot
yo‘lida to‘siq
bo‘lmoqda” deya ta’kidlab o‘tganligi tadbirkorlik sohasida elect-energiya tejaydigan
texnologiyalarni keng jalb qilish orqali ham tadbirkorlar uchun kommunal to‘lovlarni tejas, ham
ishlab chiqarish samaradorligigha oshishi olib kelishi mumkin.
Innovatsion tadbirkorlikni boshqa tadbirkorliklardan farqi shundaki innovatsion
tadbirkorlikning rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining shakli, boshqaruv uslubi, ishlab
chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnika-texnologiyalar, ilmiy tadqiqotchi hamda ularning
natijalarini mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan malakali mutaxassislar, yangi mahsulot
turi va ularning iste’molchi talabini qondirish darajasi, innovatsion tadbirkorlikni yaratishdagi
mavjud biznes muhiti singari bir qancha omillar bilan farqlashimiz mumkin . Bundan tashqari
innovatsion tadbirkorlik riskning yuqoriligi, ilm-fan yutuqlariga asoslanganligi, ma’lum
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilishi va ularni tadbirkorlik faoliyatida qo‘llashga
yo‘naltirilganligi kabi jihatlari bilan klassik tadbirkorlik faoliyatidan ajralib turadi. Innovatsion
tadbirkorlik faoliyati aynan shu xususiyatlarga egaligi uchun ham jahon iqtisodiyotida yetakchi
o‘rinda turadi.
Aprel, 2025-Yil
565
1-rasm. 2021 yilda tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni
joriy etish holati
Quyidagi rasmda 2021-yilda O‘zbekistondagi innovatsion tashkilotlar va ular yaratgan
innovatsiyalar soni keltirib o‘tilgan bo‘lib, bunda mamlakatimizda innovatsion faol tashkilotlar
o‘rtacha 2 tadan innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan har-bir innovatsion faoliyat bilan mashg‘ul tashkilotga Andijon, Farg‘ona,
Samarqand viloyatlarida o‘rtacha 3 tadan innovatsiyalar, Buxoro, Navoiy, Namangan, Toshkent,
Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o‘rtacha 2 tadan innovatsiya, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari o‘rtacha 1 tadan
innovatsiyalar amaliyotga joriy qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki innovatsiyalar kam miqdorda
qo‘llaniladigan hududlarda zaruriy choralar ya’ni, innovatsion faoliyatni rivoji, sohaga
qo‘llashda mavjud muammolarni bartaraf etish, davlat dodatsiyalarini ajratish, xodimlarbilim,
malaka, ko‘nikmasini innovasion faoliyatga mos ravishda malaka darajasini bosqichma-bosqich
oshirib borish hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizlarini takomillashtirish orqali hududlarga
innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish tendensiyasini ko‘tarishish mumkin.
Innovatsiya atamasining mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki har
qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa,
o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi.
Aprel, 2025-Yil
566
Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo‘llash jarayonini bildiradi va yangilikning
tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat – innovatsiyaga aylanadi.
Hozirgi vaqtda innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishning eng xarakterli
xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Yaqinda bu nom ekzotik, noma’lum va hatto
professionallar orasida ham unchalik aniq bo‘lmagan narsani eslatardi, ammo endi
innovatsiyaning o‘zi ham, uning tushunchalari ham dunyoni tezda zabt etmoqda. Innovatsion
jarayonda jiddiy rol o‘ynaydigan va innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik resursga
aylantiradigan xalqaro kapital bozori kengayib bormoqda, bu borada unga yangi moliyaviy
tuzilmalar unga yordam bermoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
innovatsiyalarga ko‘pincha odamlarning bevosita salbiy munosabat va pozitsiyasi to‘sqinlik
qiladi. Biroq, O‘zbekistonda paradoksal vaziyat rivojlanmoqda, ya'ni butun jamiyat innovatsion
jarayonlarga ijobiy munosabat va qo‘llab-quvvatlashni bildirayapti. Bu esa innovatsion
faoliyatdan samarali foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatni keng miqyosda rivojlantirishga,
aholi turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning tannarxini
arzonlashishi, sifatini yuksalishi hamda qayta tiklanmas tabiiy resurslarni tejalishiga olib keladi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarmoqlarini, jumladan
tadbirkorlik faoliyatini innovatsion usulda rivojlantirish mamlakatimiz oldida turgan dolzarb
masala bo‘lib qolmoqda va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish natijasida mamlakatimiz
fuqarolarining turmush farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiy taraqqiyotga
erishishning muhim shartidir. Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda aholi
daromadlarining o‘sishi birinchi navbatda tadbirkorlikda innovatsion jarayonlarning to‘g‘ri
tashkil etilishi hamda “raqamli tadbirkorlikni” doimiy ravishda takomillashtirib borilayotgani
bilan bog‘liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari,
ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli
ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi.
Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish mamlakatning asosiy ustuvor
vazifalaridan biridir.
Innovatsion tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan va ishlab chiqarish jarayoniga xorij
tajribasini qo‘llash, yangiliklar joriy etish orqali innovatsion faoliyatga asoslangan korxonalarda,
an’anaviy korxonalarгa nisbatan ish haqi 2-3 barobar, ish unumdorligi 2 barobar oshganligi,
ayniqsa ishchi xizmatchilar turmush darajasining ilgariga nisbatan sifati va farovonligi
Aprel, 2025-Yil
567
ta’minlanayotganligi bugungi innovatsion iqtisodiy islohotlarining ijobiy tomonlarini
ko‘rsatmoqda. Ammo, erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim muammolar
ham mavjud.
Xususan:
tadbirkorlarimiz biznesni boshqarish jarayonida innovatsion texnologiyalardan amaliy
foydalanish bo‘yicha yetarlicha malakaga ega emasligi va ishchi хodimlarning yangiliklarni tez
o‘zlashtira olmasligi;
tadbirkorlarimiz ichki va tashqi risklarni, innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni va jahon
bozoridagi o‘z holatini yetarlicha baholay olmasligi, korxonalarni
rivojlantirish,
raqobatbardoshlikni oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan;
ishbilarmonlik muhitini tashkil etish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish tuzilmasini
ishlab chiqishda ham ko‘plab muammolarning mavjudligi.
Yuqorida keltirilgan muammolarga yechim sifatida quyidagi taklif va tavsiyalarni
amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
Birinchidan, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish jarayonida xususiy biznesning rolini
oshirish kerak, bu esa tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalar samaradorligini oshirishga turtki
berаdi;
Ikkinchidan, innovatsiyalar uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar darajasini oshirish orqali
mukammal raqobat muhitini shkllantirish hamda erkin raqobat muhitini kuchaytirish;
Uchinchidan, innovatsion faoliyat, innovatsion loyihalashtirish jarayonlariga ichki va
tashqi investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, mavjud qonunchilik bazani
rivojlantirish, innovatsion faoliyatdan samarali foydalanadigan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari,
davlat dotatsiyalari paketini tashkil etish;
To‘rtinchidan, O‘zbekistonda yaratilgan ilmiy ishlanmalarini xorijiy patentlashni va
innovatsiyalarni rag‘batlantirishning asosiy elementi bo'lgan ishlanmalar uchun marketing
qidiruv tizimini qo‘llab-quvvatlash zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Sodiqova, N. T., & Yuldasheva, H. (2025). IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT
TARAQQIYOTIDAGI O’RNI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 182-187.
2.
Sodiqova, N. T., & Sharifova, A. (2025). MENEJMENT-KORXONALARNI
BOSHQARISH TIZIMI SIFATIDA.
Modern Science and Research
,
4
(3), 188-193.
Aprel, 2025-Yil
568
3.
Sodiqova, N. T., & Irgasheva, F. (2025). BANK TIZIMI MOLIYA TIZIMINING ASOSIY
TARKIBIY QISMI SIFATIDA.
Modern Science and Research
,
4
(3), 268-278.
4.
Bahodirovich, X. B., & To’rayevna, S. N. (2025). BANK TIZIMI VA UNING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR
SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(4), 372-379.
5.
To’rayevna, O. M., & To’rayevna, S. N. (2025). KORXONALARNI STRATEGIK
RIVOJLANISHIDA XODIMLAR VA MEHNAT MOTIVATSIYASI TIZIMI.
MODERN
EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS
,
1
(7), 6-14.
6.
Sodiqova,
N.
T.
(2025).
WAYS
TO
ENHANCE
COMPANY
COMPETITIVENESS.
Ethiopian
International
Journal
of
Multidisciplinary
Research
,
12
(01), 145-150.
7.
Bobojonova, M. J., & Sodiqova, N. T. (2025). YASHIL IQTISODIYOT
RIVOJLANISHIDA XALQARO HUJJATLARNING TARKIBIY TUZILISHI VA
UNING O'RNI.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
SOLUTIONS
,
1
(5), 222-231.
8.
Bobojonova, M. J., & Sodiqova, N. T. (2025). JAHON IQTISODIYOTDA YASHIL
IQTISODIYOTNING O'SISHI VA GG-GE-SD MODELI.
MODERN EDUCATIONAL
SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS
,
1
(6), 251-260.
9.
Bobojonova, M. J., & Sodiqova, N. T. (2025). HOZIRGI KUNDA YASHIL DAVLAT
XARIDLARI HOLATI VA UNING ISTIQBOLLI YO ‘NALISHLARI.
THEORY OF
SCIENTIFIC RESEARCHES OF WHOLE WORLDT
,
1
(4), 153-163.
10.
Bahodirovich, X. B., & To’rayevna, S. N. (2025). LOMBARD TASHKILOTLARI VA
ULARNING XIZMATLARI.
THEORY OF SCIENTIFIC RESEARCHES OF WHOLE
WORLDT
,
1
(3), 290-298.
11.
Bahodirovich, K. B., & To’rayevna, S. N. (2025). PORTFOLIO RISK
MANAGEMENT.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
SOLUTIONS
,
1
(4), 380-387.
12.
Sodiqova, N. T., & Khalilov, B. B. (2025). SUSTAINABLE DEVELOPMENT GOALS:
TOURISM'S CONTRIBUTION TO A SUSTAINABLE FUTURE AND SUPPORTING
TOURISM INDUSTRY BY THE TOOLS OF MARKETING.
ANALYSIS OF MODERN
SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(5), 87-97.
13.
Bobojonova, M. J., & Sodiqova, N. T. (2025). YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH VA
BARQAROR TEXNOLOGIK O ‘ZGARISHLAR.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE
Aprel, 2025-Yil
569
AND INNOVATION
,
1
(5), 183-194.
14.
Bahodirovich, X. B., & To’rayevna, S. N. (2025). COMPANIES’FINANCIAL
STATEMENT:
CONCEPTS
AND
PRINCIPLES.
THEORY
OF
SCIENTIFIC
RESEARCHES OF WHOLE WORLDT
,
1
(3), 281-289.
15.
Sodiqova, N. T., & Bobojonova, M. J. (2025). OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA
KADRLAR SIFATINI BAHOLASH.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND
INNOVATION
,
1
(5), 109-120.
16.
Sodiqova, N. T., & Bobojonova, M. J. (2025). YIRIK KORXONALARDA INSON
KAPITALINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
MODERN EDUCATIONAL SYSTEM
AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS
,
1
(6), 127-137.
17.
Qudratova, G. (2025). THE IMPORTANCE OF ECONOMETRIC RESEARCH IN
STUDYING
THE
COMPETITIVENESS
OF
HIGHER
EDUCATION
INSTITUTIONS.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 305-307.
18.
Alimova, S. (2025). SPIRITUALIZATION OF STUDENTS THROUGH FOLK
PEDAGOGY DEVELOPMENT TECHNOLOGIES.
Академические исследования в
современной науке
,
4
(5), 118-122.
19.
Khalilov, B. (2025). GLOBAL ECONOMIC INFLUENCES IN THE USA.
Journal of
Applied Science and Social Science
,
1
(2), 644-647.
20.
Toshov, M. (2025). STATE PROGRAMS IN DEVELOPMENT AND PLANNING OF
REGIONAL INFRASTRUCTURE.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1).
21.
Ikromov, E. I., & Safarova, J. R. (2025). INNOVATSIYALAR XALQLARNI
QASHSHOQLIKDAN
QUTQARISH
OMILI
SIFATIDA.
Modern
Science
and
Research
,
4
(3), 156-161.
22.
Azimov, B., & Mukhiddinova, N. (2025). THE INTERDEPENDENCE OF INNOVATIVE
TECHNOLOGIES AND BUSINESS COMPETITIVENESS.
International Journal of
Artificial Intelligence
,
1
(1), 103-109.
23.
Raxmonqulova, N., & Muxammedov, T. (2025). IQTISODIY BILIMLARNING INSON
KAPITALINI RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI VA
DOLZARBLIGI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 207-212.
24.
Shadiyev, A. (2025). EDUCATION MANAGEMENT IN PRIVATE UNIVERSITIES IN
UZBEKISTAN:
DEVELOPMENT
STRATEGIES,
CHALLENGES
AND
PROSPECTS.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 308-313.
25.
Naimova, N. (2025). MANAGEMENT OF THE INNOVATION PROCESS IN
Aprel, 2025-Yil
570
ENTERPRISES.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 302-304.
26.
Supiyevna, B. M. (2025). O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA «G ‘AZNACHILIKNI
JORIY ETISH» KONSEPSIYASINING YARATILISHI.
STUDYING THE PROGRESS
OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(6), 49-54.
27.
Jumayeva, Z. (2025). FEATURES OF STRATEGIC MANAGEMENT OF A TOURIST
COMPANY.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 297-301.
28.
Bobojonova, M. J. (2025). ISHLAB CHIQARISH VA UNING IQTISODIYOTDAGI
O‘RNI.
Modern Science and Research
,
4
(3), 144-150.
29.
Jumayeva, Z. Q., & Nurmatova, F. S. (2025). BANKLARARO RAQOBATNING PAYDO
BO ‘LISH TARIXI VA NAZARIY YONDASHUVLAR.
Modern Science and
Research
,
4
(3), 361-367.
30.
Ibragimov, A. (2025). TAX SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN:
GENERAL DESCRIPTION.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 290-293.
31.
Djurayeva, M. (2025). FEATURES OF THE ORGANIZATION OF PERSONNEL
MANAGEMENT IN MODERN ORGANIZATIONS AND ENTERPRISES.
International
Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 287-289.
32.
Igamova, S. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАЗВИТИЯ ПРОМЫШЛЕННОСТИ
СТРОИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
27
, 27.
33.
Raximova, L. (2025). THE IMPACT OF THE SHADOW ECONOMY ON THE
ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 585-590.
34.
Aslanova, D. (2025). APPLICATION OF INVESTMENT PROGRAMS IN TOURISM
DEVELOPMENT.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 874-878.
35.
Izatova, N. (2025). ISSUES OF IMPROVEMENT OF PROFESSIONAL AND
PERSONAL QUALITIES OF STUDENTS IN THE PROCESS OF ECONOMIC
EDUCATION.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 294-296.
36.
Jumayev, B. (2025). BIG DATA: CUSTOMER CREDIT ANALYSIS USING DIGITAL
BANKING DATABASE.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(2), 1056-1059.
