2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
268
BANK TIZIMI MOLIYA TIZIMINING ASOSIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA
Sodiqova N.T.
Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi.
Irgasheva Feruza Boltayevna
Osiyo xalqaro universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15075100
Annotatsiya
. Ushbu maqolada bank tizimining moliya tizimidagi ahamiyati, uning asosiy
funksiyalari va tuzilishi tahlil qilinadi. Bank tizimi moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash,
iqtisodiyotni kreditlash, to’lov tizimini tashkil etish va davlatning pul kredit siyosatini amalga
oshirish kabi vazifalarni bajaradi. Ikki darajali bank tizimi – Markaziy bank va tijorat banklari
o’zaro uyg’unlikda faoliyat yuritib, moliya tizimining barqarorligini ta’minlaydi. Shuningdek
maqolada bank tizimining investitsiyalarni rag’batlantirish, iqtisodiy o’sishga ko’maklashish va
pul aylanishini boshqarishdagi o’rni yoritilgan. Bank tizimining samarali faoliyati mamlakat
iqtisodiy barqarorligini va moliyaviy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
Markaziy bank, tijorat banklari, pul-kredit siyosati, emissiya litsenziya,
investitsiya, derivativ, kredit, depozit, majburiy zahira.
THE BANKING SYSTEM AS THE KEY COMPONENT OF THE FINANCIAL
SYSTEM
Abstract
. This article analyzes the importance of the banking system in the financial
system, its main functions, and structure. The banking system performs tasks such as the effective
allocation of financial resources, crediting the economy, organizing payment systems, and
implementing the state’s monetary and credit policy. The two-tier banking system – the Central
Bank and commercial banks – work in harmony to ensure the stability of the financial system. The
article also highlights the role of the banking system in promoting investment, supporting
economic growth, and managing money circulation. The effective functioning of the banking
system is one of the key factors in ensuring the economic stability and financial development of
the country.
Keywords
: Central Bank, commercial banks, monetary and credit policy, emission license,
investment, derivatives, credit, deposit, required reserves.
БАНКОВСКАЯ СИСТЕМА КАК ОСНОВНАЯ СОСТАВЛЯЮЩАЯ
ФИНАНСОВОЙ СИСТЕМЫ
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
269
Аннотация
. В данной статье анализируется значение банковской системы в
финансовой системе, её основные функции и структура. Банковская система выполняет
задачи, такие как эффективное распределение финансовых ресурсов, кредитование
экономики, организация платёжных систем и реализация государственной денежно-
кредитной политики. Двухуровневая банковская система — Центральный банк и
коммерческие банки — работают в согласии для обеспечения стабильности финансовой
системы. Также в статье освещена роль банковской системы в стимулировании
инвестиций, содействии экономическому росту и управлении денежным оборотом.
Эффективная работа банковской системы является одним из ключевых факторов
обеспечения экономической стабильности и финансового развития страны.
Ключевые слова
: Центральный банк, коммерческие банки, денежно-кредитная
политика, лицензия на эмиссию, инвестиции, деривативы, кредит, депозит, обязательные
резервы.
Bank tizimi har qanday davlat moliya tizimining eng muhim elementlaridan biri
hisoblanadi. U iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, inflyatsiya (pul qadrsizlanishi) va toʻlov balansini
tartibga solish kabi joriy va ustuvor vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi. Jahon amaliyotida
moliya-kredit muassasalari tomonidan oʻz mijozlariga koʻrsatiladigan xizmatlar xususiyati
boʻyicha kredit tizimining uch muhim elementi ajratiladi:
1) markaziy bank (emissiya banki);
2) tijorat banklari;
3) ixtisoslashtirilgan moliya muassasalari (sugʻurta, jamgʻarma va boshqalar muassasalar).
Demak, mavjud bank tizimlarining oʻziga xos xususiyati, banklar konsentratsiyasi bilan
birga, ularning markaziy (emissiya), tijorat, investitsiya, ipoteka, jamgʻarma va boshqa bank
muassasalari va tashkilotlari shaklida keng ixtisoslashuvi hisoblanadi. Bir tomondan, omonatlarni
jalb etish, foydali va ishonchli mijozlar va yuqori daromad olish uchun banklar oʻrtasida raqobat
yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan, banklar 104 faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni
kuchaytirishga intilish mana shundandir.
Anʼanaviy ravishda bank tizimi deganda, u yoki bu davlatda muayyan bir tarixiy davrda
mavjud boʻlgan turli shakldagi banklar va bank institutlarining oʻzaro bogʻliq boʻlgan majmui
tushuniladi.
“Bank tizimi” tushunchasi bilan birga, nisbatan keng maʼnodagi “bank-kredit tizimi”
tushunchasi ham mavjud boʻlib, u ilmiy va oʻquv adabiyotlarida tez-tez uchrab turadi.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
270
Qayd etilgan ushbu tushunchalar oʻrtasidagi farq shundan iboratki, gap bank-kredit tizimi
haqida ketayotgan boʻlsa, unga banklardan tashqari, ixtisoslashtirilgan moliya muassasalari,
masalan: sugʻurta, investitsiya va boshqa institutlar ham kiritiladi, lekin ular ayrim bank
operatsiyalarini amalga oshirsa ham, bank maqomiga ega emas.
Banklar va boshqa turli investitsiya institutlari (jamgʻarmalar, kompaniyalar) bilan birga,
Oʻzbekiston bank kredit tizimiga kirgan moliya muassasalari qatoriga kredit uyushmalari ham
kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-apreldagi “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”
Qonuniga muvofiq, ular yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan teng huquqli ixtiyoriy aʼzolik
asosida kreditlar berish maqsadida tuziladi. Biroq banklardan farqli ravishda kredit uyushmasi
kredit operatsiyalarini faqat shunday uyushma doirasidagina amalga oshirishi mumkin.
Koʻrsatilgan qonunchi hujjatining 10-moddasiga muvofiq kredit uyushmasi: oʻz
aʼzolaridan depozitlarga pul mablagʻlarini jalb qilish; oʻz aʼzolariga kredit berish huquqiga ega.
Ayrim davlatlar va xususan, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida oʻz maqomi boʻyicha
banklarga kirmagan moliya muassasalari “bank hisoblanmagan kredit tashkiloti” atamasi bilan
belgilangan. Ularga Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida Rossiya Federal qonunida nazarda
tutilgan faqat ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan. Bunda belgilab
qoʻyilganki, bank hisoblanmagan kredit tashkilotlari uchun yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan bank
operatsiyalari Rossiya Banki tomonidan belgilab beriladi. Yuqorida qayd etilganidek, bank
maqomiga ega boʻlgan kredit tashkilotlari uchun bunday huquq toʻgʻridan toʻgʻri qonunda nazarda
tutiladi va shu sababli bu yerda boshqa qoʻshimcha ruxsatlar talab qilinmaydi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda bank tizimlari turli tarkibiy tuzilmaga ega,
shu bilan birga, ularga umumiy xususiyatlar ham xos. Joylarda bank tizimi markaziy bank va
tijorat banklaridan iborat.
Jahon amaliyotida bank tizimining ikki asosiy modeli foydalaniladi: bu, birinchidan,
segmentlangan
va, ikkinchidan
, universal
bank tizimlaridir.
Bank tizimining
segmentlangan
modeli operatsiya faoliyati bilan ayrim turdagi moliya
tashkilotlarining funksiyalarini qonunchilik bilan qatʼiy ajratilishiga asoslanadi. Bunday model,
masalan, AQSH va Yaponiya bank tizimi uchun xosdir.
Universal model
da banklar va boshqa kredit tashkilotlari har qanday turdagi bank
operatsiyalarini amalga oshirishi va mijozlarga barcha turdagi xizmat turlarini koʻrsatishi mumkin.
Ushbu holda qonun operatsiyalarning ayrim turlarini amalga oshirishda qandaydir
cheklashlarni nazarda tutmaydi. Bank tizimining bunday modeli, masalan, Buyuk Britaniya uchun
xos.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
271
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi koʻrsatilgan ikkala modelning xususiyatlarini oʻz
ichiga qamrab olgan. Bir tomondan, mamlakatimiz bank qonunchiligi banklar faoliyati sohasini
qatʼiy belgilab, bank operatsiyalarining aniq turlarini belgilab beradi va ularning majmui bank
faoliyati mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomondan, qayd etilganidek, banklarga
operatsiyalarning boshqa turlarini ham amalga oshirish uchun ruxsat berilib, ularning roʻyxati
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunda nazarda tutilgan. Bunda shuni qayd etish lozimki,
bu roʻyxat ochiq, chunki qonunda xalqaro bank amaliyotiga muvofiq ravishda boshqa
operatsiyalar amalga oshirilishiga ham yoʻl qoʻyiladi. Ammo buning uchun litsenziyada maxsus
kelishib olingan boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi
ehtiyojlari bilan belgilangan tub oʻzgarishlarni boshidan kechirmoqda. Bu oʻzgarishlar
mamlakatimiz bank tizimi tarkibiy tuzilmasiga ham, uning funksional yoʻnalishlariga ham
oʻzining taʼsirini oʻtkazyapti.
Oʻzbekiston bank tizimida yuz bergan oʻzgarishlar bank qonunchiligida mustahkamlangan
boʻlib, ular bozor munosabatlari tizimida banklarning mohiyati va vazifalari toʻgʻrisida chet el
tajribasi va hozirgi zamon tasavvurlariga asosan ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi “Bank va bank faoliyati
toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra bank – bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga
oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar berish
boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat
tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar
kiradi:
pul mablagʻlarini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;
toʻlovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga
oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan, banklarning
vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;
kreditlarni ularning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan oʻz nomidan oʻzining
mablagʻlari hamda jalb etilgan mablagʻlar hisobidan berish;
chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;
jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha mol-mulkni ishonchli
boshqarish;
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
272
inkassatsiya va kassa xizmatlarini koʻrsatish; uchinchi shaxslar nomidan ularning
majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish va boshqa majburiyatlarni qabul
qilish;
uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini
olish (faktoring);
qimmatli qogʻozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni
saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni boshqarish, ular bilan
boshqa operatsiyalarni bajarish;
qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish; hosilaviy moliya
vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi
seyflarni ijaraga berish;
lizing berish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;
moliyaviy operatsiyalar bilan bogʻliq maslahat xizmatlari koʻrsatish; aktivlar majmuini
(portfelini) boshqarish;
elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va toʻlash;
bank kartalarini berish va toʻlovlarga ishlov berish, bank kartalariga boshqa tashkilotlar,
jumladan, boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat koʻrsatish.
Banklar banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi.
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilmagan
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.
Markaziy bank nazoratga doir vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
banklardan, ularga aloqador shaxslardan va oʻz nazorati ostidagi shaxslardan, bank
tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslardan
olingan hisobotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni olish va tekshirishga, axborotga tushuntirish
berishni talab qilishga;
banklarning, bank tomonidan autsorsingga berilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga
oshiruvchi shaxslarning, shuningdek, konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilinishi lozim boʻlgan
boshqa shaxslarning faoliyatini tekshirishga;
banklarning axborot tizimlaridan va maʼlumotlar bazasidan foydalanishga haqlidir.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
273
Yuqorida keltirilgan Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunning 3-moddasidan kelib
chiqadiki, bank tushunchasi bank faoliyati – bank hisobvaraqlari ochish va xizmat koʻrsatish,
omonatlarni qabul qilish, kreditlar berish, toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bank
operatsiyalari majmuyi mohiyati bilan chambarchas bogʻliqdir. Ushbu taʼrifdan shunday xulosa
kelib chiqadiki, bank faoliyatining asosiy belgisi, moliya bozoridagi boshqa faoliyat turlaridan
farqli ravishda, barcha koʻrsatilgan operatsiyalarni yagonalikda amalga oshirish majburiyligidir.
Bank faoliyati litsenziyalanadigan tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Litsenziyasiz amalga
oshiriladigan bank faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi va javobgarlikka sabab boʻladi.
Bunday faoliyat natijasida olingan daromad Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga
olib qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, faoliyatini
tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonun hamda boshqa qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs boʻlib, u davlatning mutlaq mulkidir va oʻz xarajatlarini
oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradi.
Markaziy bank oʻz vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va
boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:
narxlarning;
bank tizimining;
toʻlov tizimlari ishlashining barqarorligini taʼminlashdan iboratdir.
Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini taʼminlash boʻyicha faoliyati narxlarning
barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.
Markaziy bank:
pul-kredit siyosatini, shu jumladan, valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi,
tegishli axborot materiallarini hamda statistik maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeyini, tashqi
qarzini va zaxira aktivlarini oʻz ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor
statistikasini shakllantirishni hamda eʼlon qilishni amalga oshiradi;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashga doir
tavsiyalarni oʻz ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar boʻyicha axborotni taqdim etadi;
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
274
naqd pul muomalasini tashkil etadi;
valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa
hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona
hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda
belgilab boradi;
banklarni va kredit byurolarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, lombardlarning, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov
tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining faoliyatini va
qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalaydi, shuningdek, kredit
tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining,
kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Tijorat banklari huquqiy maqomining asoslari. Banklar aksiyadorlik jamiyati tarzida
tashkil etiladi. Tijorat banklarining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sifatida aksiyadorlik jamiyatini
belgilash boshqa jamiyatlar (masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki qoʻshimcha masʼuliyatli
jamiyat, toʻliq yoki kommandit shirkat)ga nisbatan katta afzalliklarga ega. Bu afzalliklar sarmoya
(kapital)larni jalb etishning nisbatan keng imkoniyatlarga ega ekanligi, aksiyadorlarning oʻz
huquqlarini amalga oshirishda koʻproq qayishqoqligi, boshqa shakllarga nisbatan barqarorligidan
iborat.
Xususiy bank va moliya institutlari ustav fondida (ustav kapitalida) muassislar
(ishtirokchilar) boʻlgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim
boʻlgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari, shuningdek, faqat moliyaviy
xizmatlar koʻrsatuvchi oʻzga yuridik shaxslardir. Xususiy bank va moliya institutlari tadbirkorlik
subyektlaridir.
Banklar Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazilib, litsenziya olganidan keyingina bank
operatsiyalarini amalga oshirishi va yuridik shaxs maqomini olishi mumkin. Banklarni roʻyxatdan
oʻtkazish va litsenziyalashning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonunning 2-bobida belgilangan boʻlib, ular Markaziy bankning maxsus normativ hujjatida
oʻzining aniq ifodasini topadi.
Banklar Markaziy bankda davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs
maqomini oladi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini Markaziy bank tomonidan
beriladigan, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiradi.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
275
Litsenziya uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Litsenziyani yoki unga
doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish taqiqlanadi.
Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi va
javobgarlikka sabab boʻladi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyiladi. Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda
quyidagilar asosiy omil boʻlib hisoblanadi:
– bankni tashkil etish boʻyicha biznes rejaning maqbulligi;
– bank ustav kapitalining yetarliligi va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilganligi;
– daromadlilikning istiqbollari;
– tashkil etilayotgan bank rahbarining malakasi va obroʻsi;
– bankni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligi;
– monopoliyaga qarshi choralarning mavjudligi.
Bankni davlat roʻyxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos
boʻladi:
Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdorining bankni davlat roʻyxatiga olish va
litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish paytida ushbu qonun talablariga muvofiq emasligi;
muhim ahamiyatga ega xodimlarning Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq
emasligi;
bankning binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar va ishlarni
tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotining Markaziy bank
talablariga muvofiq emasligi sababli rad etilishi mumkin.
Bugungi kunda moliyaviy faoliyatlarning asosi, davlatlar oʻrtasidagi aloqalarning
poydevori va umumbasharning iqtisodiy asoslarini tashkil qiluvchi pul muomalasi bank va
ularning faoliyati orqali tartibga solinadi. Bank siri uni tashkil etuvchi omillarga toʻxtalishdan
oldin bank faoliyatini kelib chiqish tarixi va nima uchun 2 ta jahon urushi davrlarida bank sirining
ahamiyati ortganligi va nima uchun Shveysariya yoki Lyuksemburg kabi davlatlarda bank
faoliyatiga va shaxslarning bankka boʻlgan ishonchi yuqori ekanligiga toʻxtalib oʻtsak.
Zamonaviy bank faoliyatiga M. Rotshild tomonidan asos solinib moliyaviy ishlarning
sirini, foydali valyuta kurslarini aniqlashni joriy etgan. Dastlab u Frankfurtda turli davlat tangalari,
medallarini ayirboshlovchi xususiy doʻkon ochadi keyinchalik esa xususiy bankini ochadi. Bank
urush vaqtida koʻplab davlatlarga qarz beradi va bankning asosi boʻlgan qarz orqali foyda olish
prinsipini amaliyotga kiritadi hamda berilgan qarzlar va qoʻyilgan omonatlar haqida hech bir
shaxsga va davlat organlariga maʼlumot bermaslik haqida kafolat beradi.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
276
Bu esa birinchi bank va uning faoliyati haqidagi sirlarning hech kim bilan boʻlishmasligi
qoidasini joriy etadi.
Shveysariyada 1700-yillarning boshlarida bank siri va mijozlar maxfiyligi haqidagi
qoidalar joriy etilgan boʻlib, boy Yevropa bank manfaatlarini himoya qilish usuli sifatida
boshlangan va 1934-yilda Shveysariyada bank sirini taʼminlash maqsadida “Banklar va jamgʻarma
kassalari toʻgʻrisida”gi Federal qonun qabul qilingan boʻlib, bugungi kunda dunyo miqyosida
mazkur davlat bank faoliyatini olib boruvchi mamlakat hisoblanadi.
Xoʻsh, mamlakatimizda bank va banklar faoliyati moliyaviy operatsiyalarni amalga
oshirish, mijozlarning maxfiyligini saqlash qachon boshlangan.
Dastlab 1996-yil 25-aprelda bank faoliyatini tartibga soluvchi “Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida”gi Qonun bu qonun keyinchalik, yaʼni 2019-yilda yangi tahrirda qabul qilingan boʻlib,
unga asosan bank tushunchasi, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va boshqa tushunchalar
berilgan.
Bank faoliyati tartibga solish va va mijozlarning maxfiyligini saqlash uchun asos sifatida
dastlab Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat sirini saqlash
toʻgʻrisida”gi Qonunni keltirib oʻtsak maqsadga muvofiq boʻladi, unga koʻra davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va
birlashmalar, Oʻzbekiston Respublikasining harbiy tuzilmalari va fuqarolarining respublika
hududidagi hamda uning tashqarisidagi faoliyatining barcha turlarida davlat sirlarini tashkil etishi
koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 786-moddasida va Oʻzbekiston
Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunda bank siri tushunchasi berilgan. Banklar
mijozlarning hisob raqamlarini, bank qoʻyilmalarini, operatsiyalarini va mijoz haqidagi
maʼlumotlarni sir saqlashini kafolatlaydilar. Bank siri hisoblangan maʼlumotlar faqat mijozlarning
oʻzlariga yoki ularning vakillariga beriladi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga
bunday maʼlumotlar faqat qonunda koʻrsatilgan hollardagina beriladi. Bank tomonidan mijozning
bank siri maʼlumotlari oshkor qilingan hollarda, huquqi buzilgan mijoz bankdan yetkazilgan
zararni qoplashini talab qilishga haqqi borligi taʼkidlangan.
REFERENCES
1.
Qudratova, G. M. (2025).
INNOVASION MARKAZLAR: RIVOJLANISHI,
TAQQOSLAMA TAHLIL VA KELAJAKDAGI TENDENSIYALAR.
ANALYSIS OF
MODERN SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(7), 98-104.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
277
2.
Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY.
Modern Science and Research
,
2
(12), 559-568.
3.
Bahodirovich, X. B. (2025). XO’JALIK MUOMALALARI TA’SIRIDA BALANSDA
SODIR BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND
INNOVATION
,
1
(6), 356-361.
4.
Бахтиёров, Д., & Алимова, Ш. А. (2025). КОНКУРЕНЦИЯ НА РЫНКЕ: КАК БОРЬБА
КОМПАНИЙ ВЛИЯЕТ НА ЦЕНЫ, КАЧЕСТВО И ИННОВАЦИИ.
Modern Science
and Research
,
4
(2), 463-471.
5.
Hakimovich, T. M. (2025). KORXONALARDA RAQOBATBARDOSH EKSPORTNI
YO‘LGA QO‘YISH VA MARKETING STRATEGIYALARI.
ANALYSIS OF MODERN
SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(4), 193-205.
6.
Azimov, B., & Hamidov, A. (2025). THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF
MANAGING ORGANIZATIONAL COSTS IN THE ECONOMIC SECURITY
SYSTEM.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 356-363.
7.
IKROMOV, E. (2025). THE TAX SYSTEM OF UZBEKISTAN AND ITS
FEATURES.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 240-246.
8.
Raxmonqulova, N. O. (2025). SAMARALI RAHBARNING XUSUSIYATLARI,
LIDERLIK USULLARI VA ULARNING TASHKILOT MUVAFFAQIYATIGA
TA'SIRI.
Science, education, innovation: modern tasks and prospects
,
2
(1), 29-35.
9.
Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI
BOSHQARISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH.
STUDYING THE PROGRESS
OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(7), 145-150.
10.
Supiyevna,
B.
M.
(2025).
XUSUSIY
TАDBIRKОRLIKDА
MEHNАT
MОTIVАTSIYАSINI ОSHIRISH YОʻLLАRI.
STUDYING THE PROGRESS OF
SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(7), 126-132.
11.
Naimova, N. (2025). CLASSIFICATION OF INTERNATIONAL MARKETING
STRATEGIES
EXISTING
APPROACHES.
International
Journal
of
Artificial
Intelligence
,
1
(1), 683-688.
12.
Jumayeva, Z. (2025). A NEW THEORY OF ECONOMIC GROWTH: AN
EVOLUTIONARY APPROACH.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 869-
873.
13.
Bobojonova, M. (2025). PRICE LEVELS IN THE GREEN ECONOMY AND THEIR
APPLICATION.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 109-117.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
278
14.
Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF TRADE POLICY IN ENSURING THE
COMPETITIVENESS
OF
THE
NATIONAL
ECONOMY:
MODERN
APPROACHES.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 483-488.
15.
Ibragimov, A. (2025). PROSPECTIVE WAYS OF ATTRACTING FOREIGN
INVESTMENT TO THE NATIONAL ECONOMY.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 137-143.
16.
Djurayeva, M. S. (2024). BASICS OF DIGITAL MARKETING.
Gospodarka i
Innowacje
,
51
, 153-159.
17.
Bahodirovich, X. B. (2025). BUXGALTERIYADA QIMMATLI QOG’OZLAR
HISOBI.
MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING
SOLUTIONS
,
1
(7), 407-411.
18.
Raximova, L. (2025). THE IMPACT OF THE SHADOW ECONOMY ON THE
ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 585-590.
19.
Igamova, S. (2025). THE UZBEK ECONOMIC MODEL.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 857-868.
20.
Хasanova, G., & Qurbonova, X. (2020). WAYS TO PROMOTE INTEGRATED
COLLABORATION OF HIGHER EDUCATION AND VOCATIONAL COLLEGES IN
ECONOMIC MODERNIZATION.
Интернаука
, (7-1), 66-69.
21.
Soliq huquqi. –T. TDYU, 2017. 283 b.
