ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1475
RAQAMLI HUQUQLAR FAOLLIGI: INSON HUQUQLARI BO'YICHA
ISLOHOTLARNI HIMOYA QILISH UCHUN IJTIMOIY TARMOQLARDAN
FOYDALANISH
Xushvaqtova E’zoza Mirobid qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ommaviy axborot vositalari huquqi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11401913
Annotatsiya.
Bugungi kun jahon ijtimoiy-siyosiy hayotida raqamli huquqlar faolligi
alohida ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shu sababli, ushbu maqolaning maqsadi virtual olamda
inson huquqlarini himoya qilish zaruriyati va xorijiy mamalakatlar tajribasini tahlil qilishdan
iborat. Tadqiqot metodologiyasi – berilgan mavzu yuzasidan ilmiy adabiyotlarni, shuningdek,
xorijiy mamalakatlarda raqamli huquqlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganishdir.
Kalit so’z:
axborot, raqamli huquq, inson huuqlari,internet, kibermakon.
DIGITAL RIGHTS ACTIVISM: USING SOCIAL MEDIA TO ADVOCATE HUMAN
RIGHTS REFORM
Abstract.
Today, the activity of digital rights is gaining special importance in the social
and political life of the world. Therefore, the purpose of this article is to analyze the need to protect
human rights in the virtual world and the experience of foreign countries. The research
methodology is the study of scientific literature on the given topic, as well as regulatory documents
regulating digital rights in foreign countries.
Key words:
information, digital law, human rights, Internet, cyberspace.
АКТИВИЗМ ЗА ЦИФРОВЫЕ ПРАВА: ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ
СЕТЕЙ ДЛЯ АДВОКАТСКОЙ РЕФОРМЫ В ПРАВАХ ЧЕЛОВЕКА
Аннотация.
Сегодня деятельность цифровых прав приобретает особое значение в
общественно-политической жизни мира. Поэтому целью данной статьи является анализ
необходимости защиты прав человека в виртуальном мире и опыта зарубежных стран.
Методологией исследования является изучение научной литературы по заданной теме, а
также нормативных документов, регулирующих цифровые права в зарубежных странах.
Ключевые слова:
информация, цифровое право, права человека, Интернет,
киберпространство.
KIRISH
Zamonaviy internet asri inson huquqlariga ko'plab tahdidlarni keltirib chiqaradi. Raqamli
asrda qonun ijodkorlari uchun ushbu tahdidlar orasida maxfiylikni himoya qilish asosiy o’rinda
turadi. Inteernet bugungi kunda so’z erkinligi huquqini amalga oshirish vositasidan tashqari
kengroq ma’nodagi tushunchaga aylangan. Xususan, uzoqdagi yaqinlar, do‘stlar bilan muloqot
qilish, ta’lim olish, ma’lumotlar va xizmatlardan oson foydalanish kabi imkoniyatlarni, bundan
tashqari, axborotni tez qabul qilish va uzatish imkoniyatini bermoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Bugungi kunda turli ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatuvchi blogerlar, yutuberlar,smm-
mutaxassislari kabi yangi kasblar paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi
Internetning ahamiyatini
yanada oshirdi.
Biz bir vaqtning o‘zida ikkita makonda –
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1476
oflayn va onlayn faoliyat yuritamiz, deb ayta olamiz. Shuni hisobga olib, bunday imkoniyatlar
himoyasini ham kuchaytirish kerak.
Agar xalqaro va xorijiy tajribaga qaraydigan bo’lsak, yangi konstitutsiyaviy islohotlarni
kuzatishimiz mumkin. Masalan, Fransiya va Angliya konstitutsiyalari Internetga kirish va undan
foydalanish huquqini kafolatlaydi. Ayrim davlatlarning yangi konstitutsiyalarida ijtimoiy
tarmoqlar, veb-saytlar, kibermakon kabi atamalar qo‘llanilmoqda, ya’ni Internet tarmog‘i bilan
bog‘liq huquqlar kafolati bosqichma-bosqich konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda.
Bundan tashqari, BMTning Inson huquqlari kengashi Internetni inson huquqlarini amalga
oshirishning muhim vositalaridan biri deb belgiladi.
Bir qator kuzatuvlarga shuni ko‘rsatmoqdaki, bu mavzu yechimi hozirda eng muhim va
ustuvor hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi va ijtimoiy hayotning
kibermakonga ko’chishi raqamli olamda inson huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirib, uni
tartibga solishni taqazo etadi.
MUHOKAMA
Xo‘sh, raqamli huquqlar himoyasini aynan qonuniy darajada belgilashga ehtiyoj bormi?
Raqamli
texnologiyalar vazirligining ma’lumotlariga
ko‘ra, mamlakatimizda
2016 yil 12,1 million ortiq internetdan foydalanuvchilar bo‘lgan bo‘lsa, xozirgi kunda bu raqam
31 million yetgan. O‘zbekiston hududining Internet bilan qamrovi darajasi 2016 yil 28 foizni
tashkil etgan bo‘lsa, bugun ushbu ko‘rsatgich 98 foizga yetdi. 2016 yildan beri internet-
kanallarining umumiy o‘tkazish qobiliyati (tezligi) deyarli 50 barobarga – 64,2 dan 3 200 Gbit/s
gacha oshirildi. Provayderlar uchun Internet xizmatlari tariflari narxi 1 Mbit/s uchun 91,5 dan 3
dollargacha, ya’ni 30 barobarga arzonlashdi.
O‘zbekistonda raqamlashtirishni
rivojlantirishga
davlat siyosatining
ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda: 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” deb e’lon qilinib, maxsus Davlat dasturi ham qabul qilingan, “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi islohotlar davom etishi va bu tizimli asosda bo‘lishi lozim.Bizning
huquqlarimiz Internet makonida yaxshi himoyalanganmi?
Internetdan
foydalanish
uchun shart-sharoitni yaratish
borasidagi davlatning
majburiyati
konstitutsiyaviy darajada belgilanmoqda. Mazkur normaning
Konstitutsiyamizda mustahkamlanishining bir qator afzlliklari mavjud:
Birinchidan, bu boradagi qonunchiligimiz va amaliyotimizni tizimli asosda
takomillashtirishga xizmat qiladi;
Ikkinchidan, huquqlarimizni onlayn makonda samarali amalga oshirishga hamda
Internetdan
foydalanish
xavfsizligini kuchaytirishga xizmat qiladi;
TADQIQOT NATIJALARI
BMTning “Raqamli asrda shaxsiy daxlsizlik huquqi to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasi ishlab
chiqiqlgan, unda dunyoning barcha mamlakatlarini raqamli muhitda shaxsiy daxlsizlikka bo‘lgan
inson huquqlarini himoya qilishga va amalga oshirishga doir chaqiriqlar belgilan qo’yilgan.
Angliyadagi raqamli huquqlar instituti internet foydalanuvchilarini shaxsiy ma’lumotlarini
o‘g‘irlashdan himoya qilish, noqonuniy nusxa ko‘chirish va internet orqali tarqatilishi mumkin
bo‘lgan asarlarga nisbatan mualliflik huquqini himoya qilish sohalarini o’z ichiga oladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1477
2017-yil Germaniyada raqamli olamda inson huquqlarini himoya qiluvchi fond tashkil
qilingan. Fondning asosiy vazifasi ma'lumot almashish va boshqalarning raqamli huquqlarini
buzuvchi kompaniyalar va shaxslarga qarshi da'volarni qo'llab-quvvatlashdir.
XULOSA
Tahlil qilingan xulosalar shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston va boshqa xorijiy mamlakatlarda
ham Germaniya davlatinikiga o’xshash ijtimoiy tarmoqlarda, umuman, raqamli olamda inson
huquqlarini himoya qilish uchun kurashadigan jamoat fondlarini tashkil etish samarali yo’l
hisoblanadi.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O’zbekiston. 2016-y. 7-b 2.
www.digitallibrary.un.org
2.
BMT “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” 10.12.1948., O‘zbekiston Respublikasi
tomonidan 30.09.1991 yilda ratifikatsiya qilingan.
3.
www.cgi.br 5.www.legislation.gov.uk 6.www.uza.uz
