UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARIGA O‘Z- O‘ZINI TARBIYALASHNI O‘RGATISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilariga o‘z-o‘zini tarbiyalashni o‘rgatishning ijtimoiy-psixologik jihatlari yoritib berilgan. Bizga ma’lumki yoshlarni komil inson bo‘lib shakllanishlarida maktab davrining ahamiyati katta bo‘ladi. Maktab davrida o‘quvchilarda irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqa xislatlar shakllantirilib boriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shukurova, U. ., & Iskandarova, S. (2024). UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARIGA O‘Z- O‘ZINI TARBIYALASHNI O‘RGATISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(5), 49–52. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31934
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilariga o‘z-o‘zini tarbiyalashni o‘rgatishning ijtimoiy-psixologik jihatlari yoritib berilgan. Bizga ma’lumki yoshlarni komil inson bo‘lib shakllanishlarida maktab davrining ahamiyati katta bo‘ladi. Maktab davrida o‘quvchilarda irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqa xislatlar shakllantirilib boriladi.


background image


49

UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARIGA O‘Z- O‘ZINI TARBIYALASHNI

O‘RGATISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Shukurova Ugiloy Umarovna

PhD GulDPI.

Iskandarova S.

GulDPI 13-23 gurux talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116089

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilariga o‘z-o‘zini tarbiyalashni

o‘rgatishning ijtimoiy-psixologik jihatlari yoritib berilgan. Bizga ma’lumki yoshlarni komil inson

bo‘lib shakllanishlarida maktab davrining ahamiyati katta bo‘ladi. Maktab davrida o‘quvchilarda

irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik,

ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqa xislatlar shakllantirilib

boriladi.

Kalit so‘zlar:

irodali, teran fikrlovchi, komil inson, iroda, xulq, zaifligi qaysarlik,

sabotsizlik, yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF TEACHING SELF-EDUCATION TO

GENERAL SECONDARY EDUCATION STUDENTS

Abstract.

This article describes the socio-psychological aspects of teaching self-education

to schoolchildren. As we know, the school period is very important in the formation of young

people as perfect people. During the school period, pupils are formed with determination,

initiative, determination, independence, business acumen, self-restraint, courage, endurance and

other qualities.

Key words:

strong-willed, deep-thinking, perfect person, will, behavior, weakness,

stubbornness, indolence, laziness, cowardice, lack of principle, lack of initiative, lightheartedness,

indifference.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРЕПОДАВАНИЯ

САМООБРАЗОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ СРЕДНЕЙ ОБЩЕЙ СРЕДНЕЙ

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В статье рассмотрены социально-психологические аспекты обучения

самообразованию школьников. Как мы знаем, школьный период имеет очень важное

значение в формировании молодежи как совершенных людей. В школьный период у

учащихся формируются целеустремленность, инициативность, целеустремленность,


background image


50

самостоятельность, деловая хватка, сдержанность, смелость, выносливость и другие

качества.

Ключевые слова:

волевой, глубокомыслящий, совершенный человек, воля, поведение,

слабость, упрямство, праздность, лень, трусость, беспринципность, безынициативность,

легкомысленность, равнодушие.

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari

faoliyatning motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.

Buning natijasida o‘quvchilarda irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik,

tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik

va boshqa xislatlar shakllantirilib boriladi. Shu bilan birgalikda inson shaxsining irodasining

bo‘shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik, yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik,

erinchoqlik, loqaydlik singari xislatlar salbiy xislatlar ekanligi

Mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun o‘quvchilarni o‘zini o‘zi

boshqarishni boshlang‘ich sinflardayoq o‘rgatishimiz bugungi kun talablaridan biri bo‘lib

qolmoqda.

O‘quvchilarning o‘zlari bajarayotgan hatti- harakatlarini o‘zining irodasiga

bo‘ysundirishni o‘rgatish ularning mustaqil fikrlashlarini barqarorlashtirib, maqsadlarini amalga

oshirishga yordam beradi. Buning natijasida mustahkam irodali, teran fikrlovchi, komil inson

shakllanadi. Psixologiyada inson irodasi inson tomonidan o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda

boshqarishining ko‘rinishi sifatida ta’riflanadi.

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari

faoliyatning motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.

Buning natijasida o‘quvchilarda irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik,

tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik

va boshqa xislatlar shakllantirilib boriladi.

SHu bilan birgalikda inson shaxsining irodasining bo‘shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik,

yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari xislatlar salbiy

xislatlar ekanligi ta’riflab boriladi.

Bunday natijaga erishish uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim- tarbiya jarayonida

o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirishar ekan o‘zining bilimdonligini ko‘rsatishi, barcha

ijobiy xislatlarini namoyon qilishi, o‘quvchilarni bir-birlarini hurmat qilish qadrlash kerak


background image


51

ekanligini uqtirib borishi, buning uchun namuna ko‘rsatib borishi, ularning fikrlarini tinglashi

kerak bo‘ladi.

A. S. Makarenkoning ta’rifi bilan aytganda har bir maktab o‘qituvchisi “Shaxsga nisbatan

iloji boricha talabchanlik va unga nisbatan iloji boricha hurmat hamda ishonch bo‘lishi kerak”.

Yuqoridagi qoidaga amal qilgan har bir o‘qituvchi o‘quvchilari tomonidan ishonch va

hurmatga sazovar bo‘ladi, uning kichkina arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo‘ladi. Ayni chog‘da

o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlarida, bordi-yu, o‘ziga «nsbatan hurmat-e’tiborni sezmasa, juda

asosli va mantiqan to‘g‘ri pand-nasihatlariga ham ko‘pincha amal qilmaydi.

O‘quvchilar bilan o‘quvchilarning o‘rtasidagi munosabatlar maktabdagi umumiy muhitda

yuz beradi, o‘quvchilar psixologiyasini tushunishning pedagogik kollektivga xos darajasiga, uning

pedagogik va psixologik madaniyatiga bog‘lik bo‘ladi.

Aloqalarning bu ob’ektiv bog‘liqligini maktab hayotida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining

nojo‘ya ish qilib qo‘yganidan tortib to butun maktabni hayajonlantirgan favqulodda hodisaga

qadar yuz beradigan istalgan bir hodisani psixologik tahlil qilish jarayonida ko‘rish mumkin.

O‘quvchilarga nisbatan talabchanlikni ularga nisbatan hurmat bilan uyg‘unlashtirib amalga

oshirishni bilgan o‘qituvchilar asosan tarbiyaning maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun eng

qulay pedagogik va psixologik muhitni yarata oladi. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan ta’lim-

tarbiya jarayonida ularga nisbatan hurmat ko‘rsatarish orqali o‘quvchilarda o‘zini- o‘zi hurmat

qilishini shakllantiradilar.

Bu esa o‘quvchilar bilan bo‘ladigan bundan keyingi olib boriladigani tarbiyaviy ishlarning

shartiga aylanadi. O‘quvchilar bilan munosabatda ularning o‘zini- o‘zi xurmat qilishiga tayanish

ularga samarali pedagogik va psixologik ta’sir ko‘rsatishda ishonchli vositadir. O‘quvchi xato

qilishi mumkin lekin unga bo‘lgan hurmat saqlanib qolishi kerak bu munosabat uni bundan buyon

o‘ylab ish qilishga o‘zini va tevarak atrofidagilarni hurmat qilishni o‘zi yashayotgan jamiyat

qonun qoidalariga amal qilish lozim ekanligini anglab etadi.

Xulosa qilib aytganimizda ta’lim tarbiya berish jarayonida yuqoridagi qoidalarga amal

qiladigan bo‘lsak kelajakda o‘quvchilarimiz o‘zlarining munosib o‘rinlarini egallashlarida

umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ta’lim tarbiyaning tutgan o‘rni beqiyos ekanligini

isbotlab bergan bo‘lamiz.

REFERENCES

1.

Yo‘ldoshev J. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – T.: O‘qituvchi. 2000 y.

2.

Radugina A.A. Pedagogika i psixologiya. - M., 2007.


background image


52

3.

N.S.Safaev, N.A.Mirashirova, N.G.Odilova “Umumiy psixologiya nazariyasi va

amaliyoti”: darslik. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

4.

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.

5.

Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar”

markazining bosmaxonasi : 2009.

Bibliografik manbalar

Yo‘ldoshev J. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – T.: O‘qituvchi. 2000 y.

Radugina A.A. Pedagogika i psixologiya. - M., 2007.

N.S.Safaev, N.A.Mirashirova, N.G.Odilova “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”: darslik. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.

Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.

Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.