317
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SHUKRULLO YUSUPOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATIGA BIR
NAZAR
Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi
Qo‘qon DU
talaba
Annotatsiya:
Maqolada o‘zbek adabiyotining atoqli adibi Shukrullo Yusupov
hayoti va ijodiy faoliyati, adabiy merosi, ko‘plab ziyolilar qatori o‘tgan asrdagi
qatag‘on siyosatining qurboniga aylanganligi haqida ma’lumotlar berib o’tiladi.
Annotation:
the article provides information about the life and creative work of
the outstanding Uzbek literary writer Shukrullo Yusupov, his literary heritage, the
fact that, among many intellectuals, he became a victim of the repression policy of
the last century.
Аннотация:
В статье рассказывается о жизни и творческой деятельности
выдающегося писателя узбекской литературы Шукрулло Юсупова, его
литературном наследии, о том, как многие интеллектуалы стали жертвами
репрессий прошлого века.
Kalit so‘zlar:
Shukrullo Yusupov, qatag‘on, surgun, millatchilik,
adabiy meros,
ijodiy faoliyat,
“Kafansiz ko‘milganlar”, avtobiografik roman, mustabid tuzum.
Keywords:
Shukrullo Yusupov, repression, exile, nationalism, literary heritage,
creative activity, “buried without the Shroud”, autobiographical novel, despotic
regime.
Ключевые слова:
Шукрулло Юсупов, репрессии, ссылка, национализм,
литературное наследие, творческая деятельность, “похороненные без
Плащаницы”, автобиографический роман, деспотический режим.
O‘zbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri, iste’dodli shoir, nosir, dramaturg,
publisist va tarjimon sifatida o‘zbek adabiy
-
badiiy merosida o‘zining salmoqli ijodiy
faoliyati bilan alohida o‘ringa ega bo‘lgan Shukrullo Yusupovning umr manzarasi
ijodiy olamiga monand
–
sabr, ilhom va iztiroblar bilan to‘la bir umid yo‘li bo‘ldi.
Adib qariyb bir asrlik hayoti mobaynida to‘qson to‘qqiz bahorni qarshi oldi.
Shukrullo Yusupov 1921-yilning 2-sentyabrida Toshkent shahrining Shayxontohur
dahasida tug‘ilgan. Maktab ta’limidan so‘ng pedagogika bilim yurtida, Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida, Davlat universititi qoshidagi
aspiranturada tahsil olgan. Kasbiy faoliyati davomida turli gazeta va jurnallarda,
318
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
nashriyotlarda ishlab, o‘qituvchilik ham qildi, Yozuvchilar uyishmasida adabiy
maslahatchi sifatida ish olib bordi.
Adib shoir sifatida o‘nlab she’riy to‘plamlar(“Birinchi daftar”, “Qalb
qo‘shiqlari”, “Hayot ilhomlari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”,
“Inson —
inson uchun”, “Bahor sovg‘asi” (1962), “Yulduzlar”(bolalarga bag‘ishlangan)(1964),
“Zarralar”(ruboiylar to‘plami) (1973), “Suyanchiq” (1977), “Yashagim keladi”
(1978), “Sening baxting”)
va bir qancha dostonlar(
“Chollar”(yangi yerlarni
o‘zlashtirishga kirishgan zamondoshlari obrazini yaratgan), “Rossiya”, “Ikki qoya”,
“26
-
tong
otari”)
muallifi
bo‘lsa,
nosirlikda
o‘zining
qissa(“Javohirlar
sandig‘i”(1983))
va romanlari(
“Kafansiz ko‘milganlar” (1989) xotira
-romani,
“Tirik
ruhlar” (1999) (Ubaydulla Xo‘jayev to‘g‘risidagi roman
-xronikasi)), dramaturg
sifatida o‘zbek teatrlarda sahnalashtirilgan bir qancha dramalari(“Xatarli yo‘l”,
“Tabassum o‘g‘rilari”(1977), “O‘g‘rini qaroqchi urdi” (1984))
, shuningdek,
publisistik maqolalari(
“Qasosli dunyo” (falsafiy maqolalar to‘plami))
bilan
e’tiborga
tushgan. Asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz singari qator
tillarga tarjima qilindi.
Shukrullo ijodining asosiy yo‘nalishlaridan biri —
insoniy qadriyatlarni
ulug‘lashdir. Uning lirik she’rlari o‘zbek poeziyasida mehr, vafo, sadoqat, ezgulik
kabi ruhiy-axloqiy tushunchalarning yorqin ifodasidir. Shoir sevgini faqat ikki qalb
o‘rtasidagi tuyg‘u sifatida emas, balki hayotni anglash, uni to‘laqonli his qilish
vositasi sifatida talqin etadi. U mehr va sadoqatni inson qalbining eng go‘zal
fazilatlari sifatida ko‘rsatadi va bu qadriyatlar orqali jamiyatda ma’naviy uyg‘onish
zarurligini ilgari suradi.
Shukrullo she’riyati o‘quvchini hayotga befarq bo‘lmaslikka, atrofida
kechayotgan voqea-
hodisalarni teran anglashga chorlaydi. Shoir o‘z asarlarida
dangasalik, loqaydlik, kalondimog‘lik, hasad, g‘araz kabi illatlarni keskin qoralaydi
va ularga qarshi qat’iy ichki norozilik uyg‘otishga harakat qiladi. Bu illatlar jamiyat
taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishini, insonni ichki inqirozga olib borishini lirik tilda, kuchli
hissiy ta’sir vositalari orqali ifodalaydi. Shukrullo lirik qahramoni ko‘pincha o‘z ichki
olami, kechinmalari, orzu va armonlari bilan yashaydi. Ammo bu kechinmalar tor
shaxsiy doirada emas, balki inson va tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab,
uzviy munosabatlar orqali talqin etiladi. Shoir bu orqali o‘quvchini faqat o‘zini emas,
butun borliqni, odamlar bilan bo‘lgan munosabatini chuqur anglashga undaydi.
Tabiat manzaralari, mavsumlar almashinuvi, hayotning oddiy detallarigacha bo‘lgan
tasvirlar orqali lirik obrazning ichki olami yoritiladi. Bu holatlarda she’r tabiat bilan
inson qalbining uyg‘unligiga xizmat qiluvchi badiiy ko‘prikka aylanadi.
319
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Umuman olganda, Shukrullo she’riyatida insoniy ruhiyat, axloqiy tozalik va
ma’naviy poklik g‘oyalari bosh g‘oya sifatida ilgari suriladi. Uning lirik qahramoni
nafaqat o‘z hayoti, balki jamiyatdagi o‘rni, boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlari
haqida ham chuqur mulohaza yuritadi. Shoir o‘z she’rlari orqali ma’naviy yuksalish
sari chorlovchi, ruhiy uyg‘onishga undovchi kuchli badiiy ohang yaratadi.
Ijodkor Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti
lauri
ati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El
-
yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan
mukofotlangan. U O‘zbekiston xalq shoiri (1981),
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
madaniyat xodimi (1977), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotlari bilan
taqdirladangan.
Shukrullo ijodiy merosi:
T/r
Shakli
Asarlar nomi
1.
She’riy to‘plam
“Birinchi daftar”, “Qalb qo‘shiqlari”, “Hayot
ilhomlari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”,
“Inson —
inson uchun”, “Bahor sovg‘asi” (1962),
“Yulduzlar”(bolalarga
bag‘ishlangan)(1964),
“Zarralar”(ruboiylar to‘plami) (1973), “Suyanchiq”
(1977), “Yashagim keladi” (1978), “Sening
baxting”
2.
Doston
“Chollar”(yangi yerlarni o‘zlashtirishga kirishgan
zamondoshlari obrazini yaratgan), “Rossiya”, “Ikki
qoya”,
“26
-
tong otari”
3.
Roman
“Kafansiz ko‘milganlar” (1989) xotira
-romani,
“Tirik ruhlar” (1999) (Ubaydulla Xo‘jayev
to‘g‘risidagi roman
-xronikasi)
4.
Qissa
“Javohirlar sandig‘i”(1983)
5.
Drama
“Xatarli yo‘l”, “Tabassum o‘g‘rilari”(1977),
“O‘g‘rini qaroqchi urdi” (1984)
6.
Tarjima asarlar
Karlo Gotssining “Baxtiyor gadolar” pesasi,
Sh. Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev asarlari
7.
Publisistika
“Qasosli dunyo” (falsafiy maqolalar to‘plami)
Siyosatning qora dahshati boshqa yozuvchi, shoirlar, ijodkorlar, umuman, ziyoli
qatlam vakillari qatori Shukrulloning hayotida ham o‘zining ayanchli ta’sirini
37
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/shukrullo-1921
320
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ko‘rsatmay qolmadi. 1951 yilda O‘zbekiston davlat nashriyotida ishlab yurgan payt
“millatchilik” va “sovetlarga qarshi targ‘ibot qilganlik”da ayblanib, hibsga olinadi va
25 yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi.
“Bordiyu kimdir menga bu ko‘rgiliklar biron payt ota
-onangning dilini
ranjitganing, ozor berganing uchun desa, ularning oyoqlariga yiqilib tavba-tazarru
qilishga, hatto har qanday jazoga ham rozi bo‘lardim. Ammo o‘z vatanim, xalqimga
aslo xiyonat qilgan emasman! Agar
shundoq bo‘lganda o‘limimga rozi edim”
–
deya yozadi adib.
Tergov jarayonida adibga turli xil be’mani tuhmatlardan iborat
ayb
lar qo‘yilib
,
uni
imzo qo‘yish
iga, iqror
bo‘lishiga majburlanadi.
Bulardan ayrimlarini ijodkor
o‘zining “Kafansiz ko‘milganlar” nomli avtobiografik romanida shunday eslaydi:
“Men xalq dushmani, ashaddiy millatchi, sovetlarga qarshi harakatlari uchun qamalib
ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosirlarning millatchilik, hayotimizdan
nolishdan iborat, pessimistik asarlarini sevib o‘qib, ularning millatchilik, sovet
davlatiga qarshi, tuhmatdan iborat g‘oyalarini o‘tirishlarda tanishlarim orasida bilim
yurtida o‘qigan davrimdan targ‘ib qilib kelganman” kabi mutlaqo tuhmatdan iborat,
o‘ylab topilgan uydirmalardan iborat gaplarni o‘qidim.”
Jazoni Sibirdagi lagerlarda o‘tagan Shukrullo Stalin o‘limidan so‘ng ozod etiladi
va oqlanadi. Yillab ma’naviy va ruhiy, jismoniy qiynoqlarda ezilgan, dunyoda adolat
bir kuni, albatta, qaror topishiga ishonib, turli qamoq va lagerlarda surgunlik va
tutqunlikk
a sabr qilib kelgan shoir o‘z ona vataniga qaytganidan so‘ng, ruhiy
tushkunliklar ta’siriga qaramasdan o‘zining ijodkorlik faoliyatini to‘xtatib
qo‘ymaydi, aksincha, lirika bilan bir qatorda nasriy va dramatik janrlarga ham qo‘l
uradi. Turkiston ziyolilarining ayanchli taqdiri, qorong‘u kunlari, darbadarlik va
sargardonlikda, surgun yillaridagi og‘ir mehnat sharoitida, xo‘rlik va jabr
- zulmlar
iskanjasida kechirgan azob-
uqubatli hayotiga sabab bo‘lgan Sovet hukumati siyosati,
uning “millatchi”, “bosmachi”, “vatan xoini”, “chet el josusi”, “xalq dushmani” kabi
asossiz “unvonlari” ga musharraf bo‘lgan XX asr ma’rifatparvar ziyolilari va ularnin
g
keyingi avlodi hisoblangan 30 - 40 -
yillarning adabiy vakillari, zamonaning “beayb
aybdorlari” hisoblangan siyosat qurbonlari, ularning yaqinlari, farzandlarining
qora
kechmishiga shunchaki ko‘z yummasligi, bu davrning asl yuzini ko‘rsatib berishni
o‘zining kasbiy burchi ekanligini anglagan Shukrullo o‘z bosh
idan kechirgan
voqealari asosida bir asar yaratishni ko‘ngilga tugadi va yillar o‘tib bu maqsadini
amalga oshiradi. Yozuvchi ushbu asarini 1951-yilda yozishni boshlaydi va 1989-
38
Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.11
-b.
39
Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.50
-b.
321
Issue 13(48), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 5.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yilda “Kafansiz ko‘milganlar” nomi ostida o‘z taqdiri misolida avtobiografik romanni
yozib tugallaydi. Yurtimiz mustaqillikka erishgachgina, 1991-yilga kelib, roman
“Adabiyot va san’at” nashriyotida chop etiladi. “Kafansiz ko‘milganlar” asari Şuayip
Karakaş tomonidan turk tiliga tarjima qilinadi.
O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli adib va dramaturg Shukrullo Yusupov 2020
-yil
19-
iyulda 99 yoshida olamdan ko‘z yumdi. U uzoq va sermazmun hayot kechirib,
o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkordir. Shukrullo Yusupov
o‘zining teran falsafiy fikrlari, nozik lirizmi va ijtimoiy
-siyosiy hayotga befarq
bo‘lmagan badiiy qarashlari bilan o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos maktab yaratgan.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev,
Sunnat Ahmedovning «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» kitobi.Toshkent,
«Ma’naviyat» nashriyoti, 20043.
2. Jadid ma’rifatparvarlik harakatining g‘oyaviy asoslari.
Toshkent islom
universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi Toshkent,2016
3.Jadidlar ilm-
ma’rifat va ma’naviy merosining yoshlar ta’lim
-tarbiyasidagi
ahamiyati mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallariToshkent
–
2020
4. Shukrullo. Kafansiz ko‘milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020
5. Shukrullo. Kafansiz ko‘milganlar. Toshkent:Oltin qalam nashriyoti, 2024.
6. Mirzayev S.XX asr o‘zbek adabiyoti.Toshkent:Tangi asr avlodi,2005
7.
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/shukrullo1921
8.
https://ilmlar.uz/shukrullo-hayoti-va-ijodi-shukrullo-tarjimai-holi/
9.
https://ziyouz.uz/durdona-toplamlar/qatagon-qurbonlari-hotirasi-muzeyi-
fondidan/attachment/rustam-shamsutdinov-qatagon-quronlari-2-kitob/?lng=lat
10.
https://cacos.uz/kafansiz-ko-milganlar-avtobiografik-qissa-tahlili-422
