119
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SHUKRULLO YUSUPOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATIGA BIR
NAZAR
Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi
Qo‘qon
DU talaba
Annotatsiya:
Maqolada
o‘zbek
adabiyotining atoqli adibi Shukrullo Yusupov
hayoti va ijodiy faoliyati, adabiy merosi,
ko‘plab
ziyolilar qatori
o‘tgan
asrdagi
qatag‘on
siyosatining qurboniga aylanganligi haqida
ma’lumotlar
berib
o‘tiladi.
Annotation:
the article provides information about the life and creative work of
the outstanding Uzbek literary writer Shukrullo Yusupov, his literary heritage, the
fact that, among many intellectuals, he became a victim of the repression policy of
the last century.
Аннотация:
В
статье
рассказывается
о
жизни
и
творческой
деятельности
выдающегося
писателя
узбекской
литературы
Шукрулло
Юсупова,
его
литературном
наследии,
о
том,
как
многие
интеллектуалы
стали
жертвами
репрессий
прошлого
века.
Kalit
so‘zlar:
Shukrullo Yusupov,
qatag‘on,
surgun, millatchilik, adabiy meros,
ijodiy faoliyat,
“Kafansiz
ko‘milganlar”,
avtobiografik roman, mustabid tuzum.
Keywords:
Shukrullo Yusupov, repression, exile, nationalism, literary heritage,
creative activity,
“buried
without the
Shroud”,
autobiographical novel, despotic
regime.
Ключевые
слова:
Шукрулло
Юсупов,
репрессии,
ссылка,
национализм,
литературное
наследие,
творческая
деятельность,
“похороненные
без
Плащаницы”,
автобиографический
роман,
деспотический
режим.
O‘zbek
adabiyotining taniqli vakillaridan biri,
iste’dodli
shoir, nosir, dramaturg,
publisist va tarjimon sifatida
o‘zbek
adabiy-badiiy merosida
o‘zining
salmoqli ijodiy
faoliyati bilan alohida
o‘ringa
ega
bo‘lgan
Shukrullo Yusupovning umr manzarasi
ijodiy olamiga monand
–
sabr, ilhom va iztiroblar bilan
to‘la
bir umid
yo‘li
bo‘ldi.
Adib qariyb bir asrlik hayoti mobaynida
to‘qson
to‘qqiz
bahorni qarshi oldi.
Shukrullo Yusupov 1921-yilning 2-sentyabrida Toshkent shahrining Shayxontohur
dahasida
tug‘ilgan.
Maktab
ta’limidan
so‘ng
pedagogika bilim yurtida, Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida, Davlat universititi qoshidagi
aspiranturada tahsil olgan. Kasbiy faoliyati davomida turli gazeta va jurnallarda,
120
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
nashriyotlarda ishlab,
o‘qituvchilik
ham qildi, Yozuvchilar uyishmasida adabiy
maslahatchi sifatida ish olib bordi.
Adib shoir sifatida
o‘nlab
she’riy
to‘plamlar(“Birinchi
daftar”,
“Qalb
qo‘shiqlari”,
“Hayot
ilhomlari”,
“Umrim
boricha”,
“Inson
va
yaxshilik”,
“Inson
—
inson
uchun”,
“Bahor
sovg‘asi”
(1962),
“Yulduzlar”(bolalarga
bag‘ishlangan)(1964),
“Zarralar”(ruboiylar
to‘plami)
(1973),
“Suyanchiq”
(1977),
“Yashagim
keladi”
(1978),
“Sening
baxting”)
va bir qancha dostonlar(
“Chollar”(yangi
yerlarni
o‘zlashtirishga
kirishgan zamondoshlari obrazini yaratgan),
“Rossiya”,
“Ikki
qoya”,
“26
-tong
otari”)
muallifi
bo‘lsa,
nosirlikda
o‘zining
qissa(
“Javohirlar
sandig‘i”(1983))
va romanlari(
“Kafansiz
ko‘milganlar”
(1989) xotira-romani,
“Tirik
ruhlar”
(1999) (Ubaydulla
Xo‘jayev
to‘g‘risidagi
roman-xronikasi)), dramaturg
sifatida
o‘zbek
teatrlarda sahnalashtirilgan bir qancha dramalari(
“Xatarli
yo‘l”,
“Tabassum
o‘g‘rilari”(1977),
“O‘g‘rini
qaroqchi
urdi”
(1984)), shuningdek,
publisistik maqolalari(
“Qasosli
dunyo”
(falsafiy maqolalar
to‘plami))
bilan
e’tiborga
tushgan. Asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq,
qirg‘iz
singari qator
tillarga tarjima qilindi.
Shukrullo ijodining asosiy
yo‘nalishlaridan
biri
—
insoniy qadriyatlarni
ulug‘lashdir.
Uning lirik
she’rlari
o‘zbek
poeziyasida mehr, vafo, sadoqat, ezgulik
kabi ruhiy-axloqiy tushunchalarning yorqin ifodasidir. Shoir sevgini faqat ikki qalb
o‘rtasidagi
tuyg‘u
sifatida emas, balki hayotni anglash, uni
to‘laqonli
his qilish
vositasi sifatida talqin etadi. U mehr va sadoqatni inson qalbining eng
go‘zal
fazilatlari sifatida
ko‘rsatadi
va bu qadriyatlar orqali jamiyatda
ma’naviy
uyg‘onish
zarurligini ilgari suradi.
Shukrullo
she’riyati
o‘quvchini
hayotga befarq
bo‘lmaslikka,
atrofida
kechayotgan voqea-hodisalarni teran anglashga chorlaydi. Shoir
o‘z
asarlarida
dangasalik, loqaydlik,
kalondimog‘lik,
hasad,
g‘araz
kabi illatlarni keskin qoralaydi
va ularga qarshi
qat’iy
ichki norozilik
uyg‘otishga
harakat qiladi. Bu illatlar jamiyat
taraqqiyotiga
to‘siq
bo‘lishini,
insonni ichki inqirozga olib borishini lirik tilda, kuchli
hissiy
ta’sir
vositalari orqali ifodalaydi. Shukrullo lirik qahramoni
ko‘pincha
o‘z
ichki
olami, kechinmalari, orzu va armonlari bilan yashaydi. Ammo bu kechinmalar tor
shaxsiy doirada emas, balki inson va tabiat, inson va jamiyat
o‘rtasidagi
murakkab,
uzviy munosabatlar orqali talqin etiladi. Shoir bu orqali
o‘quvchini
faqat
o‘zini
emas,
butun borliqni, odamlar bilan
bo‘lgan
munosabatini chuqur anglashga undaydi.
Tabiat manzaralari, mavsumlar almashinuvi, hayotning oddiy detallarigacha
bo‘lgan
tasvirlar orqali lirik obrazning ichki olami yoritiladi. Bu holatlarda
she’r
tabiat bilan
inson qalbining
uyg‘unligiga
xizmat qiluvchi badiiy
ko‘prikka
aylanadi.
121
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Umuman olganda, Shukrullo
she’riyatida
insoniy ruhiyat, axloqiy tozalik va
ma’naviy
poklik
g‘oyalari
bosh
g‘oya
sifatida ilgari suriladi. Uning lirik qahramoni
nafaqat
o‘z
hayoti, balki jamiyatdagi
o‘rni,
boshqalar bilan
bo‘lgan
munosabatlari
haqida ham chuqur mulohaza yuritadi. Shoir
o‘z
she’rlari
orqali
ma’naviy
yuksalish
sari chorlovchi, ruhiy
uyg‘onishga
undovchi kuchli badiiy ohang yaratadi.
Ijodkor Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston
Respublikasi Davlat mukofoti
lauriati (1994).
«Do‘stlik»
(1994) va
«El
-yurt
hurmati»
(1999) ordenlari bilan
mukofotlangan. U
O‘zbekiston
xalq shoiri (1981),
O‘zbekistonda
xizmat
ko‘rsatgan
madaniyat xodimi (1977), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotlari bilan
taqdirladangan.
Shukrullo ijodiy merosi:
T/r
Shakli
Asarlar nomi
1.
She’riy
to‘plam
“Birinchi
daftar”,
“Qalb
qo‘shiqlari”,
“Hayot
ilhomlari”,
“Umrim
boricha”,
“Inson
va
yaxshilik”,
“Inson
—
inson
uchun”,
“Bahor
sovg‘asi”
(1962),
“Yulduzlar”(bolalarga
bag‘ishlangan)(1964),
“Zarralar”(ruboiylar
to‘plami)
(1973),
“Suyanchiq”
(1977),
“Yashagim
keladi”
(1978),
“Sening
baxting”
2. Doston
“Chollar”(yangi
yerlarni
o‘zlashtirishga
kirishgan
zamondoshlari obrazini yaratgan),
“Rossiya”,
“Ikki
qoya”,
“26
-tong
otari”
3. Roman
“Kafansiz
ko‘milganlar”
(1989) xotira-romani,
“Tirik
ruhlar”
(1999) (Ubaydulla
Xo‘jayev
to‘g‘risidagi
roman-xronikasi)
4. Qissa
“Javohirlar
sandig‘i”(1983)
5. Drama
“Xatarli
yo‘l”,
“Tabassum
o‘g‘rilari”(1977),
“O‘g‘rini
qaroqchi
urdi”
(1984)
6. Tarjima asarlar
Karlo Gotssining
“Baxtiyor
gadolar”
pesasi,
Sh. Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev asarlari
11
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/shukrullo-1921
122
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
7. Publisistika
“Qasosli
dunyo”
(falsafiy maqolalar
to‘plami)
Siyosatning qora dahshati boshqa yozuvchi, shoirlar, ijodkorlar, umuman, ziyoli
qatlam vakillari qatori Shukrulloning hayotida ham
o‘zining
ayanchli
ta’sirini
ko‘rsatmay
qolmadi. 1951 yilda
O‘zbekiston
davlat nashriyotida ishlab yurgan payt
“millatchilik”
va
“sovetlarga
qarshi
targ‘ibot
qilganlik”da
ayblanib, hibsga olinadi va
25 yillik qamoq jazosiga mahkum etiladi.
“Bordiyu
kimdir menga bu
ko‘rgiliklar
biron payt ota-onangning dilini
ranjitganing, ozor berganing uchun desa, ularning oyoqlariga yiqilib tavba-tazarru
qilishga, hatto har qanday jazoga ham rozi
bo‘lardim.
Ammo
o‘z
vatanim, xalqimga
aslo xiyonat qilgan emasman! Agar shundoq
bo‘lganda
o‘limimga
rozi
edim”
–
deya yozadi adib.
Tergov jarayonida adibga turli xil
be’mani
tuhmatlardan iborat ayblar
qo‘yilib
,
uni imzo
qo‘yish
iga, iqror
bo‘lishiga
majburlanadi. Bulardan ayrimlarini ijodkor
o‘zining
“K
afansiz
ko‘milganlar”
nomli avtobiografik romanida shunday eslaydi:
“Men
xalq dushmani, ashaddiy millatchi, sovetlarga qarshi harakatlari uchun qamalib
ketgan Abdulla Qodiriy,
Cho‘lpon,
Usmon Nosirlarning millatchilik, hayotimizdan
nolishdan iborat, pessimistik asarlarini sevib
o‘qib,
ularning millatchilik, sovet
davlatiga qarshi, tuhmatdan iborat
g‘oyalarini
o‘tirishlarda
tanishlarim orasida bilim
yurtida
o‘qigan
davrimdan
targ‘ib
qilib
kelganman”
kabi mutlaqo tuhmatdan iborat,
o‘ylab
topilgan uydirmalardan iborat gaplarni
o‘qidim.”
Jazoni Sibirdagi lagerlarda
o‘tagan
Shukrullo Stalin
o‘limidan
so‘ng
ozod etiladi
va oqlanadi. Yillab
ma’naviy
va ruhiy, jismoniy qiynoqlarda ezilgan, dunyoda adolat
bir kuni, albatta, qaror topishiga ishonib, turli qamoq va lagerlarda surgunlik va
tutqunlikka sabr qilib kelgan shoir
o‘z
ona vataniga qaytganidan
so‘ng,
ruhiy
tushkunliklar
ta’siriga
qaramasdan
o‘zining
ijodkorlik faoliyatini
to‘xtatib
qo‘ymaydi,
aksincha, lirika bilan bir qatorda nasriy va dramatik janrlarga ham
qo‘l
uradi. Turkiston ziyolilarining ayanchli taqdiri,
qorong‘u
kunlari, darbadarlik va
sargardonlikda, surgun yillaridagi
og‘ir
mehnat sharoitida,
xo‘rlik
va jabr- zulmlar
iskanjasida kechirgan azob-uqubatli hayotiga sabab
bo‘lgan
Sovet hukumati siyosati,
uning
“millatchi”,
“bosmachi”,
“vatan
xoini”,
“chet
el
josusi”,
“xalq
dushmani”
kabi
asossiz
“unvonlari”
ga musharraf
bo‘lgan
XX asr
ma’rifatparvar
ziyolilari va ularning
keyingi avlodi hisoblangan 30 - 40 - yillarning adabiy vakillari, zamonaning
“beayb
12
Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.11
-b.
13
Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.50
-b.
123
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
aybdorlari”
hisoblangan siyosat qurbonlari, ularning yaqinlari, farzandlarining qora
kechmishiga shunchaki
ko‘z
yummasligi, bu davrning asl yuzini
ko‘rsatib
berishni
o‘zining
kasbiy burchi ekanligini anglagan Shukrullo
o‘z
boshidan kechirgan
voqealari asosida bir asar yaratishni
ko‘ngilga
tugadi va yillar
o‘tib
bu maqsadini
amalga oshiradi. Yozuvchi ushbu asarini 1951-yilda yozishni boshlaydi va 1989-
yilda
“Kafansiz
ko‘milganlar”
nomi ostida
o‘z
taqdiri misolida avtobiografik romanni
yozib tugallaydi. Yurtimiz mustaqillikka erishgachgina, 1991-yilga kelib, roman
“Adabiyot
va
san’at”
nashriyotida chop etiladi.
“Kafansiz
ko‘milganlar”
asari
Şuayip
Karakaş
tomonidan turk tiliga tarjima qilinadi.
O‘zbekiston
xalq shoiri, atoqli adib va dramaturg Shukrullo Yusupov 2020-yil
19-iyulda 99 yoshida olamdan
ko‘z
yumdi. U uzoq va sermazmun hayot kechirib,
o‘zbek
adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa
qo‘shgan
ijodkordir. Shukrullo Yusupov
o‘zining
teran falsafiy fikrlari, nozik lirizmi va ijtimoiy-siyosiy hayotga befarq
bo‘lmagan
badiiy qarashlari bilan
o‘zbek
adabiyotida
o‘ziga
xos maktab yaratgan.
Adabiyotlar
ro‘yxati:
1. Begali Qosimov, Sharif Yusupov,
Ulug‘bek
Dolimov, Shuhrat Rizayev,
Sunnat Ahmedovning
«Milliy
uyg‘onish
davri
o‘zbek
adabiyoti»
kitobi.Toshkent,
«Ma’naviyat»
nashriyoti, 20043.
2. Jadid
ma’rifatparvarlik
harakatining
g‘oyaviy
asoslari. Toshkent islom
universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi Toshkent,2016
3.Jadidlar ilm-
ma’rifat
va
ma’naviy
merosining yoshlar
ta’lim
-tarbiyasidagi
ahamiyati mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallariToshkent
–
2020
4. Shukrullo. Kafansiz
ko‘milganlar.
Toshkent:Yangi asr avlodi,2020
5. Shukrullo. Kafansiz
ko‘milganlar.
Toshkent:Oltin qalam nashriyoti, 2024.
6. Mirzayev S.XX asr
o‘zbek
adabiyoti.Toshkent:Tangi asr avlodi,2005
https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/shukrullo1921
https://ilmlar.uz/shukrullo-hayoti-va-ijodi-shukrullo-tarjimai-holi/
9.
https://ziyouz.uz/durdona-toplamlar/qatagon-qurbonlari-hotirasi-muzeyi-
fondidan/attachment/rustam-shamsutdinov-qatagon-quronlari-2-kitob/?lng=lat
https://cacos.uz/kafansiz-ko-milganlar-avtobiografik-qissa-tahlili-422
