Авторы

  • Робияхон Собитова
    Qo‘qon Davlat Universiteti

Биография автора

  • Робияхон Собитова , Qo‘qon Davlat Universiteti
    talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.84989

Ключевые слова:

Adabiyot qissa janr Navoiy “Tarixi muluki ajam” shohlar ajam fors sulola tarix.

Аннотация

Adabiyot — xalq tafakkuri, ruhiy olami va estetik qarashlarining in'ikosi bo‘lib, uning taraqqiyoti davomida turli janr va shakllar paydo bo‘lgan. Jumladan, qissa janri o‘zining an’anaviy syujet qurilishi, obrazlar tizimi va badiiy tasvir vositalari bilan adabiy merosimizda alohida o‘rin egallaydi. Ayniqsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ushbu janr elementlari o‘ziga xos badiiy mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan. Ushbu maqolada Navoiyning “Tarixi muluki ajam” asarida uchraydigan qissa janriga oid unsurlar qanday ifoda topgani tahlil qilinadi va ularning badiiy-estetik ahamiyati yoritiladi.


background image

433

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

“TARIXI MULUKI AJAM” ASARIDA QISSA ELEMENTLARI

Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi

Qo‘qon Davlat Universiteti talabasi

robiyaxonsobitova04@gmail.com


Annotatsiya:

Adabiyot — xalq tafakkuri, ruhiy olami va estetik qarashlarining

in'ikosi bo‘lib, uning taraqqiyoti davomida turli janr va shakllar paydo bo‘lgan.
Jumladan, qissa janri o‘zining an’anaviy syujet qurilishi, obrazlar tizimi va badiiy
tasvir vositalari bilan adabiy merosimizda alohida o‘rin egallaydi. Ayniqsa, buyuk
mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ushbu janr elementlari o‘ziga xos badiiy mahorat
bilan uyg‘unlashtirilgan. Ushbu maqolada Navoiyning “Tarixi muluki ajam” asarida
uchraydigan qissa janriga oid unsurlar qanday ifoda topgani tahlil qilinadi va ularning
badiiy-estetik ahamiyati yoritiladi.

Annotatsiya:

literatura — eto vospriyatie narodnoy mыsli, duxovnogo mira i

esteticheskix vozzreniy, v xode razvitiya kotorыx voznikali razlichnыe janrы i
formы. V chastnosti, janr rasskaza zanimaet osoboe mesto v nashem literaturnom
nasledii s yego traditsionnыm postroeniem syujeta, sistemoy obrazov i sredstvami
xudojestvennogo izobrajeniya. Osobenno v tvorchestve velikogo mыslitelya Alishera
Navoi elementы etogo janra sochetayutsya s osobыm xudojestvennыm masterstvom.
V etoy state budet proanalizirovano, kak vыrazilis elementы, otnosyaщiesya k janru
rasskaza, vstrechayuщiesya v proizvedenii Navoi “Tarix Mulyki Adjam”, i osveщeno
ix xudojestvenno-esteticheskoe znachenie.

Annotation

: Literature is a perception of folk thought, spiritual world and

aesthetic views, during the development of which various genres and forms have
appeared. In particular, the genre of short stories occupies a special place in our
literary heritage with its traditional plot construction, a system of imaGES and means
of artistic representation. Especially in the work of the great thinker Alisher Navoi,
the elements of this genre are harmonized with a special artistic skill. This article
analyzes how the elements of the narrative genre found in the work of Navoi “the
property of history of a novice” found expression and highlights their artistic and
aesthetic significance.

Kalit so‘z:

Adabiyot, qissa, janr, Navoiy, “Tarixi muluki ajam”, shohlar, ajam,

fors, sulola, tarix.

Klyuchevoe slovo:

literatura, rasskaz, janr, Navoi, “Tarixi Mulyki Adjam”,

koroli, Adjam, Persiya, dinastiya, istoriya.


background image

434

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Keyword:

Literature, short story, genre, Navoi, “history property novice”,

Kings, novice, Persian, dynasty, history.

Adabiyot tarixida qissa janriga alohida e’tibor qaratilsa, uning ildizlari uzoq

o‘tmishga aqalishini ko‘rishimiz mumkin. Qissa janri zamonaviy adabiyot mahsuli
emas, u qadimdan xalq og‘zaki ijodining qissago‘ylik, qissachilik an’analari zamirida
shakllanib kelgan. Farqli jihati shundaki, folklordagi qissalar voqeaband xarakterga
ega bo‘lib, qahramon hayoti va boshdan o‘tkazgan kechinmalari hikoya qilingan
rivoyaviy asar sifatida ko‘rilgan. Qissalar xalq og‘zaki ijodida dostonlar singari
og‘zaki hikoya qilinib, variantlilik xususiyatiga ega bo‘lgan. Bular sirasiga xalqda
afsona bo‘lgan Mashrab, Ibrohim Adham haqidagi qissalari misol bo‘la oladi.
Keyinchalik bu an’ana yozma adabiyotda davom etib, qissa janri badiiy-falsafiy
jihatdan yanada boyib bordi.

73

O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, lirik turning nasrga

qaraganda ko‘proq taraqqiy etganini ko‘rishimiz mumkin. Biroq, nasriy janrning
elementlari boshqa turdagi asarlar zamirida, xususan, tarixiy mavzudagi asarlarda
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, Hazrat Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam”,
“Tarixi anbiyo va hukamo” singari asarlari tarkibida qissa janrining shakllanish,
rivojlanish jarayonlari namoyon bo‘lgan.

“Tarixi muluki ajam” ni tadqiq etish jarayonida uning badiiyati, g’oyaviy-

falsafiy xususiyatlarini to’g’ri baholay bilish uchun mif va afsonalar davri, darxiy
shaxs va romantik obrazlar davri, shuningdek, hayotiy voqelikni nisbatan haqqoniy
tasvirangan davr singari bosqichlarda o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa,
muallifning har bir hukmdor saltanati tarixidan so’ng sh’er bilan qissadan hissa
chiqarishi, ya’ni nasr va nazmning sinkretik uyg’unlikda kelishi, bundan ko’zda
tutilgan maqsad masalalarini ilmiy tekshirish ham yangicha ilmiy-nazariy xulosalar
chiqarishga turtki beradi. Shu tarzda”Tarixi muluki ajam “asariga adabiy-badiiy
manba sifatida yondashishga asos bo’ladi.”

74

Hazrat Navoiy fors shohlari tarixiga bag‘ishlab 1488-yilda “Tarixi muluki

ajam” asarini yozadi. Shohlar tarixini bayon qilishda xalq afsonalari, islom
manbalari, folklor namunalaridan, bir qator qissalardan mahorat bilan foydalanadi.
Asar kompozitsion jihatdan 4 qismga ajratilgan bo‘lib, har bir qismda ma’lum sulola
vakillari haqida ma’lumotlar berib o‘tadi. Har bir shohga ta’rif berilgandan so‘ng
ijodkor tomonidan “she’r” deb nomlangan to‘rtliklar berib o‘tildi. Asarda nomi

73

https://phoenixpublication.net/index.php/TANQ/article/view/2947

74

Saidakbarova M. “Tarixi muluki ajam”asining hozirgi o’zbek adabiy tiliga tabdili.Farg’ona,2024.4-bet.


background image

435

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

keltirilgan har bir hukmdorning hayoti tarixiy, afsonaviy-mifologik qissalar asosida
yoritib beriladi. “ “Tarixi muluki ajam”ning o’zida 50 dan ortiq masnaviy uslubida,
to’rtlik shaklida mutaqorib vaznida yozilgan sh’erlar bor. Bularning hammasida
shoir adolatni, insomnparvarlikni kuylaydi, biror yaxshi yoki yomon podshoh
faoliyati munosabat bilan keltiradi.

75

Shuningdek, asar so‘ngida Husayn Boyqaroga

bag‘ishlangan 50 misradan tarkib topgan masnaviy berilgan. Muallifning asar
yozishdan ko‘zlagan maqsadi o‘tmish zamonlarida o‘tgan odil hukmdorlarni maqtash
va zamona hukmdorlarini ham ulardan namuna, ibrat olishga chaqirish bo‘lgan.

Asarda jami 63ta fors podshohlarining ismi zikr qilingan bo‘lib, ijodkor ularni

to‘rt tabqa vakillariga taqsim etadi. Bu to‘rt tabaqa to‘rt sulola:

peshdodiylar,

kayoniylar, ashkoniylar va mulki tavoyifiylar, sosoniylardan

iboratdir.

1. Asarda peshdodiylar sulolasining 11 ta vakili (Hushang, Tahmuras, Jamshid,

Shaddod va Shadid, Zahhok binni Marodis, Faridun, Manuchehr, Navdar)ning ismlari
zikr qilingan bo‘lib, (

QILINGAN BO‘LIB

DEGAN IBORANI KO‘P

IShLATYaPSIZ. ShUNI KAMAYTIRING) ularning podsholik yillari, amalga
oshirgan ishlari, yuritgan siyosati, ixtirolari, har birining o‘ziga xos xususiyatlarini
yortib beradi.

2. Kayoniylar sulolasining 9 ta vakili (Kaykovus, Kayxisrav, Luhrosb binni

Arund, Gushtosb, Bahman, Humoy, Dorob, Doro binni Dorob, Iskandar) nomi
keltirilgan.

3. Shuningdek, Ashkoniylar sulolasidan 15 hukmdor (Ashq binni Doro, Shopur

binni Ashq, Bahrom binni Shopur, Yalosh binni Bahrom, Hurmuz binni Yalosh,
Anush binni Yalosh, Gudarz binni Uyg‘ur, Eron binni Yalosh, Narsi binni Gudarz,
Hurmuz binni Yalosh, Firuz binni Hurmuz, Xusrav binni Firuz, Yalosh binni Firuz,
Yalosh binni Yalosh, Adruvon binni Yalosh) haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
4. To‘rtinchi tabaqa vakillariga mansub sosoniylar sulolasidan 27ta hukmdor( Shopur
binni Ardasher, Hurmuz binni Shopur, Bahrom binni Bahrom, Bahrom binni Bahrom
binni Bahrom, Nasri binni Bahrom, Shopur Zul Aqtof, Yazrijid binni Bahrom, Firuz
binni Yazrijid, Hurmuz binni Yazdijird

,

No‘shiravon ul-odil binni Qubod, Ardasher

binni Sheruya, Bahromi Chubina, Xusrav Parviz binni Hurmuz, Turonduxt,
Ozarmduxt, Kisro Mehrijis va b. )lar tarixi, ismi, faoliyati va siyosati haqida
gapirilgan.

75

Saidakbarova M. “Tarixi muluki ajam”asining hozirgi o’zbek adabiy tiliga tabdili.Farg’ona,2024.8-bet.


background image

436

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

T/r Birinchi

tabaqa
vakillari

Ikkinchi
tabaqa
vakillari

Uchinchi

tabaqa

vakillari

To‘rtinchi

tabaqa

vakillari

peshdodiylar kayoniylar Ashkoniylar

va

mulki tavoyiflar

sosoniylar

1.

Hushang

Kaykovus

Ashq binni Doro

Shopur binni Ardasher

2.

Tahmuras

Kayxisrav

Shopur binni Ashq

Hurmuz binni Shopur

3.

Jamshid

Luhrosb
binni
Arund

Bahrom

binni

Shopur

Bahrom binni Hurmuz

4.

Shaddod va
Shadid

Gushtosb

Yalosh

binni

Bahrom

Bahrom binni Bahrom

5.

Zahhok
binni
marodis

Bahman

Hurmuz

binni

Yalosh

Bahrom

binni

Bahrom

binni Bahrom

6.

Faridun

Humoy

Anush

binni

Yalosh

Nasri binni Bahrom

7.

Manuchehr

Dorob

Gudarz

binni

Uyg‘ur

Hurmuz binni Nasri

8.

Navdar

Doro binni
Dorob

Eron binni Yalosh

Shopur Zul Aqtof

9.

Afrosiyob

Iskandar

Narsi binni Gudarz Ardasher binni Hurmuz

10. Zor binni

Tahmosib

Hurmuz

binni

Yalosh

Bahrom binni Shopur

11. Girshosb

Firuz binni Hurmuz Yazrijid binni Bahrom

12.

Xusrav binni Firuz

Bahrom binni Yazdijird

13.

Yalosh binni Firuz

Yazdijird binni Bahrom

14.

Yalosh

binni

Yalosh

Hurmuz binni Yazdijird

15.

Adruvon

binni

Yalosh

Firuz binni Yazdijird

16.

Yalosh binni Firuz

17.

Qubod binni Firuz

18.

No‘shiravon ul-odil binni
Qubod

19.

Hurmuz binni Anushervon

20.

Bahromi Chubina

21.

Xusrav

Parviz

binni

Hurmuz

22.

Sheruya binni Xusrav


background image

437

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

23.

Ardasher binni Sheruya

24.

Shahrirod

25.

Turonduxt

26.

Ozarmduxt

27.

Kisro Mehrijis


Asarda dastlab nomi keltirilgan peshdodiylar vakili Hushang haqida Navoiy

“hiradmand va odil va oqil erdi”

76

deb ta’riflaydi. Umri davomida 40 yil hukmronlik

qilib, Sus, Bobil shaharlariga asos solganini, tog‘larda ibodat qilishni odat qilganini,
sajdaga egilgan paytida devlar uni qatl qilganligi haqidagi voqealarni ham keltirib
o‘tadi. Hushangdan so‘ng taxtga o‘tirgan valiahdi Tahmuras ham xalq manfaatini
o‘ylaganligi, ro‘za tutish undan odat bo‘lib qolganligi, Quhandiz, Nishopur, Mahriz
va Soriya shaharlarini bino qilganligi, forsiyda kitob yozishni, bo‘z to‘qishni ixtiro
qilganligi haqidagi qissalarni bayon etadi.

Jamshid podshoh tarixi qissasini bayon etganda uni “husn-u jamolda dilpazir

va fazl-u kamolda benazir”

77

adl sohibi deb ta’riflaydi. Jamshidning jang aslahalarini

ixtiro qilganligi, ipak, qazz va ko‘prak to‘qish uskunalarini yo‘lga qo‘yganligi,
hammom bino qilib, g‘avvoslik ishlari bilan ham mashg‘ul bo‘lganligi kabi afsonaviy
qissalarni ham mahorat bilan ifodalab beradi.

Shu kabi odil shohlar qatorida Jamshid, Faridun, Zor binni Tahmosib,

Kaykovus, Gushtosb, Bahman, Dorob, Iskandar, No‘shiravon ul-odil binni Qubod,
Gudarz binni Uyg‘ur, Firuz binni Humruz, Shopur binni Ardasher, Turonduxt kabi
podshohlarni ham tutgan ishlari, yuritgan siyosati, oqilona ishlari haqida xalq
afsonalari va qissalarga asoslangan holda qator ma’lumotlar keltirib o‘tadi. Navoiy
nomi adl egalari orasida bayon qilingan shohlarga zamona hukmdorlari ibrat ko‘zi
bilan boshqishlarini, ular tutgan oqilona siyosatni yurgizib, raiyat boshiga kenglik
nurini sochib, nomai a’molini go‘zal tutishlarini istagan bo‘lsa, zolim shohlarning
qilgan adolatsizliklari, zulmlari, nodonliklarini dalillash bilan salotin ahllarini
xushyorlikka chaqrib, ogohlikka undashi, tarixdan ibrat, xulosa chiqarishlarini, toj-u
taxt hech kishiga vafo qilmasligini ko‘rsatib berishni istaydi.

Zulm egalari bayonida Navoiy Zahhok binni Marodis, Navdar, Afrosiyob,

Doro binni Dorob, Hurmuz binni Nasri, Yazrijid binni Bahrom, Sheruya binni
Xusrav kabi shohlarning tarixini turli xil qissa va afsonalar asosida yotirib beradi.

76

Alisher Navoiy.Muakammal asarlar to’plami.”Tarixi muluki ajam”.20jildlik,16-jild.O’zResFA, “Fan”:Toshkent,

2000.194-b.

77

Alisher Navoiy.Muakammal asarlar to’plami.”Tarixi muluki ajam”.20jildlik,16-jild.O’zResFA, “Fan”:Toshkent,

2000.195-b.


background image

438

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Navoiy Zahhok binni |Marodisning tutgan zulm siyosati haqida so‘z yuritar

ekan, uni “ saltanati va zulmi uzoqqa tortti, amdoqkim el aning zulmidin ojiz
bo‘ldilar…”

78

deydi. Zahhok shohlik davrida kasallikka chalingani va bu dardiga

davo bo‘lishi uchun har kuni ikki odamni qatl qilib, ularning jismidan dardiga
majlham olishi, bora-bora yurtda gunahkorlar tugab, qora xalq boshiga chek solishni
boshlaydi. Bu holga ortiq bardoshi yetmagan xalq qo‘zg‘alib, g‘alayon ko‘taradi va
Faridun vositasi bilan uning jazosini beradi.

Shohlar orasida Navdar beparvolik bilan saltanatini tanazzulga uchratganligi,

Afrosiyobning buzg‘unchiligi, vayronkorligini, Yazrijid binni Bahromning nodon va
zolimligini “go‘yo mulk egasiz qoldikim”

79

degan ibora bilan ham tarixiy qissalarga,

ham mifologiyaga asoslangan holda ifodalab beradi. Doro binni Dorob ham “chun
zolim tab’ kishi erdi, zulumdin ulug‘ el ozurda bo‘ldilar” deya ta’riflanadi. Asarda
“Saddi Iskandariy”da keltirilgan Iskandar va Doro mojarosi, Iskandarning Doroga
xiroj yubormasligi, Doroning zulmidan xalqning ahvoli og‘irligi, o‘zining ikki noibi
tomonidan xiyonat ustida o‘ldirilishi kabi voqealar o‘z ifodasini topgan.

Hurmuz binni Nasri qissasidan so‘z ochib, Navoiy shunday degan: “ Ul

bag‘oyat mutajabbir va mutavahhim kishi erdi. Saltanatidin burun bu sifotin el bilib,
andin xaroson edilar. Emdikim, mulk olib, ato o‘rnig‘a podshoh bo‘ldi, xaloyiq
mutavahhim bo‘ldilar. Va ul bovujudi bu nav’ maosh o‘z atvorig‘a bag‘oyat mu’taqid
erdi. Bir kun g‘oyat xudpisandlig‘idin bir hakimdin so‘rdikim, maning af’ol va
sifotimg‘a ne nima keraklikdur? G‘arazi bukim, ul tahsinlar qilg‘aykim, hech nima
keraklik ermas. Hakim mundoq javob berdikim, xaloyiqqa hokim va sohibi ixtiyor
bo‘lg‘ondek o‘z nafsingg‘a ham hokim va sohibi ixtiyor bo‘lmoq sanga keraklikdur.
Ul bu so‘zdin, chun zoti javhari bor erdi, g‘aflat uyqusidin seskonib, o‘z qilig‘i
tegrasiga uyurulub, mustahsan atvor tutub, marzi axloq pesha qildi.”

80

Umuman olganda, Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam” asarida tarixiy

ma’lumotlar bilan bir qatorda mifologik va afsonaviy rivoyatlar ham qissa shaklida
bayon etilgan. Asarda voqealar nafaqat tarixiy ketma-ketlikda, balki badiiy tasvirlar
vositasida, qissa janrining dastlabki belgilarini aks ettirgan holda tasvirlanadi. Bu
jihat, ayniqsa, har bir hukmdor hayotiga oid ibratli voqealar, saboqli yakunlar va
axloqiy g‘oyalar orqali yaqqol ko‘zga tashlanadi.

78

Alisher Navoiy.Muakammal asarlar to’plami.”Tarixi muluki ajam”.20jildlik,16-jild.O’zResFA, “Fan”:Toshkent,

2000.`197-b.

79

Alisher Navoiy.Muakammal asarlar to’plami.”Tarixi muluki ajam”.20jildlik,16-jild.O’zResFA, “Fan”:Toshkent,

2000.199-b.

80

Alisher Navoiy.Muakammal asarlar to’plami.”Tarixi muluki ajam”.20jildlik,16-jild.O’zResFA, “Fan”:Toshkent,

2000.225-226-b.


background image

439

Issue 8(43), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.04.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Navoiy ushbu asar orqali o‘z davr hukmdorlarini adolat, donolik va rahm-

shafqat kabi yuksak insoniy fazilatlarga undagan. U zolim hukmdorlarning achchiq
taqdirini ko‘rsatish orqali zamona shohlarini ogohlikka, odil podshohlardan esa ibrat
olishga da’vat etadi. Asardan muallif ko‘zlagan g‘oyalardan bir bu – yurtni adolat
bilan boshqarish, xalq dardiga quloq tutish va tarixdan saboq chiqarish zarurligini
targ‘ib qilishdan iboratdir.

Shunday qilib, “Tarixi muluki ajam” asari nafaqat tarixiy manba, balki

qissabop shaklda yozilgan, badiiy jihatdan yuksak darajadagi nasriy yodgorlikdir.
Undagi qissa unsurlari Navoiy nasrining o‘ziga xosligini ko‘rsatib, o‘zbek
adabiyotida nasriy janrlarning rivojlanishiga zamin yaratgan.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Alisher

Navoiy.Muakammal

asarlar

to‘plami.”Tarixi

muluki

ajam”.20jildlik,16-jild.O‘zResFA, “Fan”:Toshkent, 2000.

2. Alisher Navoiy.. Tarixi muluki ajam. 15 jildlik, 14-jild.Toshkent:1967.
3. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. 10 jildlik, 8-jild.Toshken:2011.
4. Hayitmetov, A.“Tarixi muluki ajam”. Kitobda: O‘zbek adabiyoti tarixi. 5

tomlik, 2-tom. Toshkent: Fan,1977.

5.

Saidakbarova M. “Tarixi muluki ajam”asining hozirgi o’zbek adabiy tiliga

tabdili.Farg’ona,2024.

G‘anieva, S. 1981. Alisher Navoiyning prozaik asarlari. Toshkent:O‘zbekiston.
6. Ergashev, Q. 2006. “Tarixi muluki ajam”da tarixiy haqiqat va afso-naviy-

romantik talqin”. O‘zbek tili va adabiyoti 5: 21-25.Toshkent.

7. Paradaeva I.Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam” asarida zolim shohlar

tasviri, June

2018ULUSLARARASI

TÜRK LEHÇE ARAŞTIRMALARI DERGİSİ

(TÜRKLAD) 2(1):463-467

8. Ergashev Q, “Tarixi muluki ajam”ning uslubiy xususiyatlari, Uzbekistan:

Language and Culture 2021/1

9. Sobitova R. Qissa janrining tarixiy tarqqiyoti.Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur

va innovatsion g‘oyalar” milliy konferensiyasi.2025/3.

10.https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/40-alisher-navoiy

asarlari?download=1759:alisher-navoiy-tarixi-muluki-ajam

11.

https://www.scribd.com/document/752635463/Alisher-Navoiy-Tarixi-

muluki-ajam

12.https://uzsmart.ru/kutubxona/asarlar/520-tarixi-muluki-ajam-alisher-

navoiy.html

13.

https://dergipark.org.tr/tr/download/article-file/490574

14. https://phoenixpublication.net/index.php/TANQ/article/view/2947

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy.Muakammal asarlar to‘plami.”Tarixi muluki ajam”.20jildlik,16-jild.O‘zResFA, “Fan”:Toshkent, 2000.

Alisher Navoiy.. Tarixi muluki ajam. 15 jildlik, 14-jild.Toshkent:1967.

Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. 10 jildlik, 8-jild.Toshken:2011.

Hayitmetov, A.“Tarixi muluki ajam”. Kitobda: O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 2-tom. Toshkent: Fan,1977.

Saidakbarova M. “Tarixi muluki ajam”asining hozirgi o’zbek adabiy tiliga tabdili.Farg’ona,2024.

G‘anieva, S. 1981. Alisher Navoiyning prozaik asarlari. Toshkent:O‘zbekiston.

Ergashev, Q. 2006. “Tarixi muluki ajam”da tarixiy haqiqat va afso-naviy-romantik talqin”. O‘zbek tili va adabiyoti 5: 21-25.Toshkent.

Paradaeva I.Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam” asarida zolim shohlar tasviri, June 2018ULUSLARARASI TÜRK LEHÇE ARAŞTIRMALARI DERGİSİ (TÜRKLAD) 2(1):463-467

Ergashev Q, “Tarixi muluki ajam”ning uslubiy xususiyatlari, Uzbekistan: Language and Culture 2021/1

Sobitova R. Qissa janrining tarixiy tarqqiyoti.Tanqidiy nazar, tahliliy tafakkur va innovatsion g‘oyalar” milliy konferensiyasi.2025/3.

https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/40-alisher-navoiy asarlari?download=1759:alisher-navoiy-tarixi-muluki-ajam