Авторы

  • Робияхон Собитова

Биография автора

  • Робияхон Собитова
    Qo‘qon DU talaba

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-shine.127353

Аннотация

Ushbu maqolada avtobiografik asarlar doirasida, xususan Shukrullo Yusupovning “Kafansiz ko‘milganlar” nomli romani misolida, XX asrning o‘rtalarida yuz bergan qatag‘on voqealari, bu fojialarning ziyolilar hayoti va jamiyat ongidagi o‘rni tahlil etiladi. Muallif tomonidan qalamga olingan asar, o‘z boshidan o‘tgan og‘ir sinovlar va jamiyatdagi ko‘plab begunoh insonlarning taqdirini yoritishga bag‘ishlangan.


background image

29

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

AVTOBIOGRAFIK ROMANLARDA REPRESSIYA MAVZUSI

(“KAFANSIZ

KO‘MILGANLAR”

ASARI ASOSIDA)

Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi

Qo‘qon

DU talaba

robiyaxonsobitova04@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada avtobiografik asarlar doirasida, xususan

Shukrullo Yusupovning

“Kafansiz

ko‘milganlar”

nomli romani misolida, XX asrning

o‘rtalarida

yuz bergan

qatag‘on

voqealari, bu fojialarning ziyolilar hayoti va jamiyat

ongidagi

o‘rni

tahlil etiladi. Muallif tomonidan qalamga olingan asar,

o‘z

boshidan

o‘tgan

og‘ir

sinovlar va jamiyatdagi

ko‘plab

begunoh insonlarning taqdirini

yoritishga

bag‘ishlangan.

Annotation:

this article analyzes the events of repression in the middle of the

20th century, the role of these tragedies in the lives of intellectuals and the minds of
society in the framework of autobiographical works, in particular on the example of
Shukrullo Yusupov's novel

“buried

without

shrouds”.

The work, penciled by the

author, is dedicated to highlighting the hard trials that have gone through and the fate
of many innocent people in society.

Kalit

so‘zlar:

Shukrullo Yusupov,

qatag‘on,

surgun, millatchilik,

“Kafansiz

ko‘milganlar”,

avtobiografik roman, mustabid tuzum.

Keywords:

Shukrullo Yusupov, repression, exile, nationalism,

“buriyed

without

shrouds”,

autobiographical novel.


Avtobiografik roman janri, adib hayoti va tarixiy haqiqatlar orasidagi ziddiyat

va

uyg‘unlikni

yoritish imkonini beradi. Ayniqsa, XX asrning 30

50-yillarida Sovet

tuzumining totalitar siyosati, xalq dushmani

tamg‘asi,

surgunlar, qiynoqlar va jazolar

milliy adabiyotda

og‘riqli

bir mavzu sifatida qayta-qayta

ko‘tarilgan.

Shu nuqtai

nazardan, Shukrullo Yusupovning

“Kafansiz

ko‘milganlar”

romani avtobiografik

romanlar orasida alohida

o‘rin

egallaydi. Asarda muallif

o‘z

boshidan kechirgan

kechinmalar, siyosiy zulm davrida xalqning va ziyolilarning boshiga tushgan
musibatlarni tasvirlash orqali nafaqat

o‘z

biografiyasini ochib beradi, balki butun bir

davrning

ma’naviy

-ruhiy fojeasini ochadi. Repressiya mavzusi faqat tarixiy faktlarni

emas, balki inson ruhiyatidagi sindirish, bardoshlik va

e’tiqod

singari murakkab

psixologik holatlarni ham yoritish orqali badiiy chuqurlik kasb etadi. Shukrullo
Yusupov

o‘zining

shaxsiy taqdiri misolida totalitar tuzumning ayovsiz mexanizmini


background image

30

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

fosh etadi, ijtimoiy adolat va inson qadr-qimmati haqida

o‘ylashga

chorlaydi. Asar

uslubiy jihatdan ham yuksak darajada

lirik-publitsistik ohang, ichki monolog,

ramziy tasvirlar vositasida yozilgan

bo‘lib,

o‘quvchini

hissiy jihatdan larzaga soladi.

Natijada,

“Kafansiz

ko‘milganlar”

nafaqat avtobiografik roman sifatida, balki

adabiyotimizda repressiya mavzusini teran yoritgan muhim asar sifatida baholanadi

Shukrullo Yusupov 1951-yilda

“millatchilik”

va

“sovet

tuzumiga qarshi

targ‘ibot”

qilganlik aybi bilan qamoqqa olinadi. Tergov davomida unga asossiz

ayblovlar

qo‘yilib,

ularni tan olishga majbur qilinadi.

“Bordiyu

kimdir menga bu

ko‘rgiliklar

biron payt ota-onangning dilini

ranjitganing, ozor berganing uchun desa, ularning oyoqlariga yiqilib tavba-tazarru
qilishga, hatto har qanday jazoga ham rozi

bo‘lardim.

Ammo

o‘z

vatanim, xalqimga

aslo xiyonat qilgan emasman! Agar shundoq

bo‘lganda

o‘limimga

rozi

edim

8

,

deya yozadi adib.

Bu haqsizliklar haqida yozuvchi keyinchalik

“Kafansiz

ko‘milganlar”

romanida

atroflicha

so‘z

yuritadi. Roman asosan muallifning

o‘zi

va uning atrofi

yaqinlari,

qamoqdoshlari, tergovchilar va boshqa tarixiy shaxslarning hayoti asosida yaratilgan.

Adib qamoq va surgun yillarida kechgan

og‘ir

sharoit, azob-uqubat, ruhiy

iztirobga qaramay, ijoddan

to‘xtamaydi.

U

qatag‘on

siyosatining asl mohiyatini ochib

berishni

o‘zining

burchi deb biladi. Roman 1951-yilda yozila boshlangan

bo‘lsa

-da,

mustaqillik davrigacha nashr etilmaydi va 1991-yilda chop etiladi. Unda muallif faqat

o‘z

hayotini emas, balki xalq taqdirini, ularning boshiga tushgan zulm va

og‘riqni

butun

borlig‘i

bilan tasvirlaydi.

Roman Turkiston ziyolilari va xalqining eng

og‘ir,

qora davrlarini yoritadi.

Mahmudxo‘ja

Behbudiy,

Cho‘lpon,

Qodiriy, Usmon Nosir kabi fidoiylar, begunoh

o‘lim

topgan minglab insonlarning ruhi, bu asarda

“tirik

ruhlar”

deb atalib, ularga

ramziy tarzda hurmat bajo keltiriladi. Asarda yozuvchi nafaqat

qatag‘on

davrining

ruhan va jismonan iztirobini ochib beradi, balki

o‘sha

tuzumning butunlay

zo‘ravonlik,

adolatsizlik va shafqatsizlik asosida mavjud

bo‘lganligini

fosh etadi.

Jazoni Sibirdagi lagerlarda

o‘tagan

Shukrullo Stalin

o‘limidan

so‘ng

ozod etiladi

va oqlanadi. Yillab

ma’naviy

va ruhiy, jismoniy qiynoqlarda ezilgan, dunyoda adolat

bir kuni, albatta, qaror topishiga ishonib, turli qamoq va lagerlarda surgunlik va
tutqunlikka sabr qilib kelgan shoir

o‘z

ona vataniga qaytganidan

so‘ng,

ruhiy

tushkunliklar

ta’siriga

qaramasdan

o‘zining

ijodkorlik faoliyatini

to‘xtatib

qo‘ymaydi,

aksincha, lirika bilan bir qatorda nasriy va dramatik janrlarga ham

qo‘l

8

Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.11

-b.


background image

31

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

uradi. Turkiston ziyolilarining ayanchli taqdiri,

qorong‘u

kunlari, darbadarlik va

sargardonlikda, surgun yillaridagi

og‘ir

mehnat sharoitida,

xo‘rlik

va jabr- zulmlar

iskanjasida kechirgan azob-uqubatli hayotiga sabab

bo‘lgan

Sovet hukumati siyosati,

uning

“millatchi”,

“bosmachi”,

“vatan

xoini”,

“chet

el

josusi”,

“xalq

dushmani”

kabi

asossiz

“unvonlari”

ga musharraf

bo‘lgan

XX asr

ma’rifatparvar

ziyolilari va ularning

keyingi avlodi hisoblangan 30 - 40 - yillarning adabiy vakillari, zamonaning

“beayb

aybdorlari”

hisoblangan siyosat qurbonlari, ularning yaqinlari, farzandlarining qora

kechmishiga shunchaki

ko‘z

yummasligi, bu davrning asl yuzini

ko‘rsatib

berishni

o‘zining

kasbiy burchi ekanligini anglagan Shukrullo

o‘z

boshidan kechirgan

voqealari asosida bir asar yaratishni

ko‘ngilga

tugadi va yillar

o‘tib

bu maqsadini

amalga oshiradi. Yozuvchi ushbu asarini 1951-yilda yozishni boshlaydi va 1989-
yilda

“Kafansiz

ko‘milganlar”

nomi ostida

o‘z

taqdiri misolida avtobiografik romanni

yozib tugallaydi. Yurtimiz mustaqillikka erishgachgina, 1991-yilga kelib, roman

“Adabiyot

va

san’at”

nashriyotida chop etiladi.

“Kafansiz

ko‘milganlar”

asari

Şuayip

Karakaş

tomonidan turk tiliga tarjima qilinadi.

Asar

so‘zboshisida

roman haqida shunday deyilgan:

“Boshidan

o‘tkazgan

qiyinchiliklarini,

to‘g‘rirog‘i,

xo‘rliklarini

eslash insonni yana bir karra

og‘ir

azobga

ro‘baro‘

qiladi. Uni yozish esa...

Qatag‘onlik

davri tasviri, undan ham

og‘iri

-

o‘zining

«xalq

dushmani»

deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq

voqealari, lager hayoti,

so‘zsizlik...

bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning

«Kafansiz

ko‘milganlar

»ida

yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati -

uning mazkur mavzudagi yagona asarligida. Ushbu xotira-roman

o‘quvchiga

qatag‘on

davri haqida tirik lavhalarni namoyish

etadi.”

9

Bu romanda Turkiston ziyolilarining, umuman, Turkiston xalqining eng

qorong‘u

kunlari haqida hikoya qilinadi:

„Bu

asar ozod Turkiston

yo‘lida

qizillarning

o‘qlariga

nishon

bo‘lgan

„Kafansiz

ko‘milganlar“

„Tirik

ruhlar“

Mahmudxo‘ja

Behbudiy,

Cho‘lpon,

Abdulla

Qodiriy,

Gʻozi

Yunus

o‘g‘li,

Usmon Nosir, Ubaydulla

Xo‘jayev

kabi

ma’sum

va

mazlum millionlarning aziz xotiralariga

bag‘ishlanadi…“

Romanda

qatag‘on

davrining dahshati bir necha odamlar taqdiri asosida yoritib

beriladi. Sobiq ittifoqi rahbarlarining xalq orasida har qanday erkin fikrli,

o‘qimishli,

so‘z

erkinligiga ega, mustaqillik va erkka intiluvchi ilm ahllarining ildizini quritish,

millatni qoloqlikka, erksiz

tobe’likka

, millatni butun boshli

o‘tmishi,

tarixidan

mosivo qilish

yo‘lida

o‘ylagan

rejalarini bir

ma’noda

amalga oshirganligi,

9

Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.5

-b.


background image

32

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

shuningdek, adolatsiz tuzumning insonlarning qon-qonigacha singitib yuborgan
ishonchsizlik, umidsizlik hissi, loqaydlik, beparvolik,

zo‘ravonlik,

xoinlik kabi

illatlari kishilar kechmishi zamirida

o‘z

ifodasini topadi. Roman davomida asli

haqiqat, adolat nima-yu kimlar haq, kim nohaqligi, kimlar adolatga munosibligi-yu,
lekin qay ahvolda qolgani, hammasi ham

so‘zlangani

kabi chin,

ko‘rilgani

kabi

to‘g‘ri

bo‘lmasligi

haqidagi muallifning qarashlari bayon etiladi.

Yozuvchi romanda shunday yozadi:

- Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir degan yozuvchilarni eshitganmisan? Fayzulla

Xo‘jayev,

Akmal Ikromovdek buyuk rahbarlarni-chi? Ularni kim otgan? Nega?

Bilasanmi?.. Mana yoningda

o‘tirgan

Shukrullo

«xalq

dushmani»

bo‘lib,

necha yilga

hukm qilingan, necha yil qamoq lagerlarida

o‘tirib

chiqqan, bunga ham

ishonmaysanmi? Bir necha

o‘limlardan

qanday qilib qolgani,

xo‘rliklarini

eshitganmisan?

Yigit yelka qisdi.
Nahotki hozirgi bu avlod buyuk

iste’dod,

bilim sohiblari

bo‘lgan

bobolarining

vatanga, xalqiga xoinlikda ayblanib otilganiga ishonib kelgan

bo‘lsalar!

O‘tirganlardan

biri bu avlod qonli tarixini bilib

qo‘ysin,

gapiring, degandek menga

qaradi. Aytib bering, deyish oson. Har qanday dahshatli, fojiali voqealarni ham ertak
eshitgandek eshitish mumkin. Ammo qamoqlarda tilka-pora bolgan bu yurak,
qaqshagan bu asablar tuhmat va haqoratlar azobini qayta xotirlashga endi bardosh
bera olarmikanlar!

10

Asar davomida muallif keltirib

o‘tgan

obrazlarning har biri real voqeliklarga

asoslangan, haqiqatda mavjud shaxslar

bo‘lib,

muallif bilan bir davrda yashab

o‘tgan

tarixiy shaxslar timsoli sifatida gavdalanadi. Roman markazidagi bosh qahramon
muallifning

o‘zi

va uning atrofidagi epizodik obrazlar: yaqinlari, oila

a’zolari,

surgun

yillarida

ma’lum

sabablarga

ko‘ra

muallif bilan hamsuhbat

bo‘lgan

shaxslardir.

Roman boshida muallifni tergov uchun qamoqqa olib

o‘zining

aybsizligini

o‘ylab,

bu

adolatizliklar uning yoshlik

chog‘laridanoq

sodir

bo‘lib

kelishi, esini taniganidan

buyon xavf-xatar ichida hayot kechirishi, mahallasining Mamanbey ismli

g‘alamis

ayg‘oqchi

komissiyasi”

sababli otasining ayblov bilan olib ketilishi, bu kimsa

ko‘plab

beayb kishilarning qamalishiga, quloq qilinishiga, surgun

bo‘lishiga

sabab

bo‘lgani

va oxir oqibat

o‘zi

ham urush yillarida

“ortiqcha

zoborniy olib

sotish”da

aylanib

qamalishi va qamoqda necha

xo‘rliklar

bilan

o‘lib

ketganligini yodiga oladi. Uyida

yig‘i

- faryodlari bilan qolgan xotini va farzandlari, opasi haqida, ularning kelajagi

10

Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.12

-b.


background image

33

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

haqida

qayg‘urar

ekan, xotinining bolalik

chog‘larida

ham dunyodan

ro‘shnolik

ko‘rmagani,

olti yoshida otasi quloq qilinib, uzoq bir shaharga oilaviy surgun

qilinganligi, u yerda ota-onasidan ayrilgani, hozir esa bu ayolning uch farzandi bilan

yolg‘iz

o‘zi

qolganli, bunday ahvolga tushib ezilgan oilalar qanchadan qancha

ekanligini

o‘ylab,

“qamoqdagi

birdan bir hamrohi

xayol”

bilan dunyoning

adolatsizligidan dardlashadi.

“Tergovchining,

sen hayotimizdan noligansan, menga

qayg‘uli

she’rlar

yoqadi

degansan, deb

qo‘ygan

aybnomasiga javoban bu gaplarim haqmi, tuhmatmi, mendan

emas, yigirmanchi yillarning oxirida begunoh quloq qilinib,

o‘z

yurtidan judo

bo‘lgan,

xazondek

to‘zib,

1932 - 1933-yillarda ochlikdan

ko‘chalarda

shishib

o‘lganlardan

so‘ra!

Yo‘q,

faqat bulardan emas, 1937-yillarda qatl etilgan minglab,

millionlarning faryod urgan ruhlaridan, tirik yetim qolgan farzandlaridan

so‘ra,

ular

rozimikan? - degim kelardi. Ammo aytib

bo‘larmidi?

Bordi-yu bu gaplarimga

ishonmasang, bunday azob-uqubatlar, nohaqliklarni

o‘z

boshidan kechirgan

xotinimdan

so‘ra,

degudek

bo‘lsang

-

o‘sha

kuni xotiningni ham xalq dushmani deb

yoningga olib kelishlari muqarrar

edi.”

11

Qamalganlar orasida ilm ahllari, shoir va yozuvchilar, tanqidchi olimlar aka-uka

Abdurahmon, Abdunabi Alimuhammedovlar, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Meli

Jo‘ra,

shuningdek,

o‘sha

davrdagi

Qozog‘iston

gimni muallifi Qayum

Muhammadxonovlar bilan birgalikda partiyaga jon-jahdi bilan yillab xizmat qilib
kelgan, biroq qanaqadir ayblar

qo‘yilib,

shuncha mehnati evaziga umrining

so‘ngini

qamoqda, surgunlarda

o‘tkazayotgan

partiyaning keksa hodimlari, generallar,

huquqshunoslar ham anchagina edi. Xususan, 50-60 yoshlardagi Raim ismli sobiq
partiya xodimi, Tojixon Shodiyeva ismli ayol, kommunistik partiya

a’zosi

toshkentlik

Nasriddin

Xo‘jayev,

“Inqilobning

birinchi yillaridayoq otilib chiqib partiyaga

kirganlardan, Endi haqiqiy ozodlikka erishdik, butun orzu-umidlarimiz endi ro"yobga
chiqadi, deb, yigirmanchi, ottizinchi yillarda joni-jahdi bilan jonbozlik

ko‘rsatganlardan.

Mana endi yelkasida

ko‘rpa

-yostiq bilan kirib kelib, men bilan zixi

pachoq mis toboqda

bo‘tqa

yemoqda”,

12

muallifning xolasining

o‘g‘li

huquqshunos

Ubaydulla

Xo‘jayev,

partiyadan baxt topaman deb xorlikda

o‘lgan

tog‘asining

o‘g‘li

Bahovuddin

“Jasadini

olib kelishganda kiyimlarining

cho‘ntagidan

bitta besh

so‘mlik,

bitta uch

so‘mlik

g‘ijimlangan

pul chiqdi.

Ta’na

emas, axir tobutini

o‘rashga

uyidan 4 metr surp chiqmadi. Bobosi Zaynuddin maxsum

o‘lganda

tobutga yopilgan

mallani xaloyiq tabarruk deb yirtish qilib olgan

bo‘lsa,

tobutini butun shahar

ko‘tarib

11

Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.24

-b.

12

Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.59

-b.


background image

34

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ketsa-yu, davlat xizmati uchun jonini ayamay, mol-u mulk, qarindosh -

urug‘

demay

xizmat qilgan bu odamni

o‘z

shahrida musofirdek mahallaning besh-

o‘n

odami olib

borib joyiga tiqib

kelsa!”

Shuningdek, ikkinchi jahon urishida mardlarcha ishtirok etib,

o‘z

fidoiyligini

ko‘rsatgan

insonlarning

“vatan

xoini”,

“josus”

deb atalishi fojea edi. Jazoga hukm

qilinganlar orasida aqlga

sig‘maydigan

darajada ahmoqona ayblar bilan qamalganlar

ham anchayin topilar edi. Masalan, qizil va qora

xo‘rozni

urishtirishayotgan paytda

70 yoshlarlardagi keksa bir cholga

“Kimning

xo‘rozi

yengadi, qizilimi, oqimi, sen

qaysi birining

tarafdorisan?”

- degan

so‘roviga:

“Ko‘rinishdan

qizilga qaraganda oqi

zo‘rroq

ko‘rinadi,

oqi yengadi, men oq

tarafdoriman”,

- degan gapni aytgani

bo‘libdi.

Uning bu gapidan tergovchi

o‘zicha

xulosa chiqarib:

“Haqiqatan

ham Xorazm shohi

Junaydxonga mening xeshligim

bo‘lgani

rost, shuning uchun ham men

xo‘roz

urishtirish paytidan foydalanib qizillardan,

ya’ni

sovet hukumatidan

ko‘ra

oq poshsho

yaxshi edi, bir kunmas bir kun oq poshsho yengadi, demoqchi

bo‘lganman”,

deb

yozib, undan

qo‘l

qo‘yishni

talab

qilgan”

ligi haqidagi aybnomalarni eshitib, kishi

hayron

bo‘lmay

iloji

yo‘q.

Shuningdek, maktabdagi hali

balog‘atga

yetmagan bir bolaning siyosiy mahbus

sifatida qamallishi, bunga sabab esa

“Birdan

bir dardkashim siyosiy ayb bilan

qamalgan 20 yoshlar chamasidagi yigitcha

bo‘lib

qoldi. Bu bechora qishloqi yigitning

gunohi, xalq dushmani

bo‘lib

qamalishiga sabab

o‘rta

maktabda shanbalik qilingan

kuni Stalinning byustini bir joydan ikkinchi joyga

qo‘yaman

deb

ko‘tarib

ko‘rsa,

nihoyatda yengil unnab, juda yengil ekan, kallasining ichi

bo‘sh

ekan, degan bir

og‘iz

to‘g‘ri

gapni aytgani

bo‘libdi.

Keyinchalik bir sabab bilan oralari buzilib qolgan

maktabdoshlaridan qaysi biri bu gapni tegishli joylarga malum qilib, KGB qoshidagi
maxsus komissiyaning qarori bilan xalqlar dohiysini masxaralash, unga tuhmatda
ayblanib

o‘n

yil ozodlikdan mahrum etilibdi. Bu voqea yuz berganda u hali

balog‘atga

yetganmi, yetmaganmidi? Nahotki, bu bola

sho‘rlikning

Stalinda qasdi

bo‘lgan

bolsa!

13

. Mafkuraning chirkin

“qatli

om”

sifati ayni

o‘rinlarda

ochib

berilgan.

XX asr mustabid tuzimida hukmron

bo‘lgan

qatag‘on,

quloq, qamoq, surgun

tushunchalari bu davrda butun boshli millat fojeasiga aylanib ulgurgan edi. Bu
faqatgina bir kishining

o‘z

yurtidan yiroqda, undan ayro azob-uqubat tortishi emas,

ona vatanning

o‘z

fidoiy farzanlaridan judoligi ham edi.

13

Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.116

-117-b.


background image

35

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Umuman olganda,

og‘ir

siyosiy tuzim, qoloqlik, jaholat, ilmsizlik, oqni qoradan

farqlamaslik,

o‘g‘

rilik va talonchilik kundalik yumushga aylangan, din, imon-

e’tiqod

tushunchalariga bolta urilgan bu davr

“Ayshni

nodon surib, kulfatni dono

tortadur”

degan zamona edi. Xalq orasida

o‘g‘rilikning

avj olishi, eng yaxshi odamlarning esa

xalq dushmani sifatida qamalishining asosiy sababi ham inqilobdan

so‘ng

siyosatda

yo‘l

qo‘yilgan

“rejalashtirilgan”

xatoliklar ekanligi tarixiy haqiqat. Xalqni boy-

kambag‘alga

ajratish, bu bilan hamma baxtli yashaydigan kommunistik jamiyat

tuzish

go‘yoki

odamlarni

“susambil”ga

ishontirishdek gap edi. Aslida esa bu

tabaqalanish ham

ko‘plab

xoinliklarga, birovning moli va jonidagi omonatlarga

xiyonat qilinishga olib keldi. Kimningdir uyi boshqasidan bir qarich baland

bo‘lsa,

uni yuqoriga yetkazish, birovni dindor deb, birovni boy deb mol-mulki, uy-joyidan
mahrum qilib, hech vaqosiz, butun boshli oilalarni surgun qilish bir

ma’noda

kimlarningdir kundalik vazifasiga aylanib qoldi.

Xalqni birovlarning haqidan

qo‘rqmaslik,

quloq qilinib begona yurtlarga

surgun qilinganlarning

ko‘z

yoshlari, nolalariga rahm qilmaslikka

o‘rgatdik.

Mana

shu siyosat mehr-shafqatning orada

ko‘tarilishi,

yo‘qolishiga

sabab b

o‘

lmadimikin?

Xohlagan odamni xohlagan paytda qamash, surgun qilish, mol-mulkini tortib olish
kabi adolatizliklar, sud, tergov organlaridagi qonun buzilishlari yoshlar

o‘rtasida

kelajakka ishonchsizlik

uyg‘otmadimi?

Nohaq qamalganlarning oilalari,

do‘st

-

yaqinlari, qarindosh-

urug‘larida

davlat siyosatiga nisbatan ishonchning susayishiga,

halol b

o‘

lib jon kuydirganingning foydasi

yo‘q,

halol b

o‘

lganlar nima

bo‘lyapti,

o‘zingni

o‘yl

a, bir amallab kuningni

ko‘rsang

b

o‘

ldi, deyishga sabab

bo‘lmadimikin!”

14

Insondan

o‘z

boshiga tushgan

og‘ir

musibatlarni, azobli lahzalarni,

xo‘rlik

va

xaqoratlarni qayta eslash,

qo‘liga

qalam olib, uni

qog‘ozga

muhrlash uchun ham katta

kuch talab etiladi. Bunga sabab

o‘sha

xotiralarni unutishga

bo‘lgan

urinishlardir.

Shukrullo Yusupov ham

Kafansiz

ko‘milganlar”

romanini yozishda

o‘tmishini

qayta

eslashi, u qora kechmishlarni hayolida yana gavdalantirishi,

so‘zga

sig‘mas

satrlarni

qog‘ozga

tushirishida

ko‘pgina

qiyinchiliklarga uchrashiga qaramasdan boshlagan

ishini oxirigacha yakunlaydi. Bu roman

qatag‘on

siyosatining dahshatini bir

ma’noda

akslantirgan

o‘zbek

yozuvchilari tomonidan yaratilgan yagona asar ekanligi va tarixiy

haqiqatlarni yuksak poetik mahorat vositasida talqin etilishi bilan

o‘zbek

adabiyotida

alohida

o‘rin

tutadi

ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

14

Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.144

-1145-b.


background image

36

Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1. Begali Qosimov, Sharif Yusupov,

Ulug‘bek

Dolimov, Shuhrat Rizayev,

Sunnat Ahmedovning

«Milliy

uyg‘onish

davri

o‘zbek

adabiyoti»

kitobi.Toshkent,

«Ma’naviyat»

nashriyoti, 20043.

2. Jadid

ma’rifatparvarlik

harakatining

g‘oyaviy

asoslari. Toshkent islom

universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi Toshkent,2016

3.Jadidlar ilm-

ma’rifat

va

ma’naviy

merosining yoshlar

ta’lim

-tarbiyasidagi

ahamiyati mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallariToshkent

2020

4.

O‘zbek

adabiyoti tarixi. 5 jildlik. T.: 1978-1983

5.

Valixo‘jayev

B.

O‘zbek

adabiyotshunosligi tarixi. T.: 1993

6. Shukrullo. Kafansiz

ko‘milganlar.

Toshkent:Yangi asr avlodi,2020

7. Shukrullo. Kafansiz

ko‘milganlar.

Toshkent:Oltin qalam nashriyoti, 2024.

8. Mirzayev S.XX asr

o‘zbek

adabiyoti.Toshkent:Tangi asr avlodi,2005

9.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/shukrullo1921

10.

https://ilmlar.uz/shukrullo-hayoti-va-ijodi-shukrullo-tarjimai-holi/

11.

https://ziyouz.uz/durdona-toplamlar/qatagon-qurbonlari-hotirasi-muzeyi-

fondidan/attachment/rustam-shamsutdinov-qatagon-quronlari-2-kitob/?lng=lat

12.

https://cacos.uz/kafansiz-ko-milganlar-avtobiografik-qissa-tahlili-422





Библиографические ссылки

Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat Ahmedovning «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» kitobi.Toshkent, «Ma’naviyat» nashriyoti, 20043.

Jadid ma’rifatparvarlik harakatining g‘oyaviy asoslari. Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi Toshkent,2016

Jadidlar ilm-ma’rifat va ma’naviy merosining yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallariToshkent –2020

O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik. T.: 1978-1983

Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. T.: 1993

Shukrullo. Kafansiz ko‘milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020

Shukrullo. Kafansiz ko‘milganlar. Toshkent:Oltin qalam nashriyoti, 2024.

Mirzayev S.XX asr o‘zbek adabiyoti.Toshkent:Tangi asr avlodi,2005

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)