SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
39
VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN
JINOYATLARNI TERGOV QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Raxmatulloyev Murodjon Xikmatulloyevich
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.11448043
Annotatsiya.
Maqolada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan
jinoyatlarni tergov qilishning huquqiy asoslari, mavzuga oid adabiyotlar tahlili,
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishning
samaradorligini oshirish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini qo‘shimcha
kafolatlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va
profilaktika qilish orqali jinoyatlar sonini keskin kamaytirish masalalari,
me’yoriy hujjatlar, qonun va qonunosti hujjatlaridagi moddalarning mohiyati
haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
voyaga yetmagan, jinoyat, tergov, huquqiy asos, huquq,
profilaktika, me’yoriy hujjatlar, qonun va qonunosti hujjatlari, modda, ijtimoiy
soha.
Аннотация.
В
статье
рассматриваются
правовые
основы
расследования преступлений, совершенных несовершеннолетними,
анализ литературы по данной теме, вопросы повышения эффективности
расследования преступлений, совершенных несовершеннолетними,
дополнительной гарантии прав несовершеннолетних, резкого сокращения
числа
преступлений
путем
предупреждения
и
профилактики
преступности
среди
несовершеннолетних,
рассмотрены
вопросы
применения норм, положений закона и подзаконных актов. о сущности
данные предоставлены.
Ключевые
слова:
несовершеннолетний,
преступление,
расследование, правовая основа, право, профилактика, нормативные акты,
закон и подзаконные акты, статья, социальная сфера.
Annotation.
The article provides information on the legal basis for the
investigation of crimes committed by minors, analysis of thematic literature,
improving the effectiveness of the investigation of crimes committed by minors,
additional guarantees of the rights of minors, issues of drastically reducing the
number of crimes by preventing and preventing crime among minors, regulatory
documents, the nature of substances in law and legislative acts.
Keywords:
minor, crime, investigation, legal basis, Law, prevention,
regulatory documents, law and legislative acts, article, social sphere.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
40
Dunyoda jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning huquq va
erkinliklarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, BMTning
1989-yil 20-noyabrdagi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga muvofiq
«bolalarga nisbatan amalga oshiriladigan har qanday harakat (harakatsizlik)
birinchi navbatda, uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilmog‘i lozim»[1].
Turli mamlakatlarda sodir etilgan jami jinoyatlarning 30-40 % i voyaga
yetmaganlar hissasiga to‘g‘ri kelishi, jumladan, Buyuk Britaniyada 40 %,
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 32 %, Germaniyada 38 % ni tashkil etishi, so‘nggi
yillarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning so‘nggi yigirma yil
davomida yiliga 3 % dangina kamayishi voyaga yetmaganlarni tergov qilish
bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish zarurati mavjudligidan dalolat beradi.
Jahonda voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishining
sabablarini o‘rganish, ular o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, bu sohada
tergov olib borish uslubiyotini ilmiy jihatdan takomillashtirish bilan bog‘liq
masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda, jumladan, jinoiy javobgarlik minimal
yoshi, ushbu yoshni belgilashda psixofiziologik jihatlarning ta’siri, voyaga
yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik va jazoni yanada liberallashtirish,
tergov va sud jarayonining ixtisoslashtirilishini kuchaytirish, voyaga
yetmaganlarning huquqlarini qo‘shimcha himoya qilish, voyaga yetmaganlar
jinoyatlarini oldini olish va profilaktika qilishning yangi usullarini ishlab chiqish
bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlar huquqini himoya
qilish borasida qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan,
voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar kiritilishi, voyaga
yetmaganlar uchun tayinlanadigan jazolarning yanada liberallashtirilishi hamda
ular o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika qilish, yoshlarning
huquqlarini himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda. «Voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni
liberallashtirish, protsessual harakatlarni o‘tkazishda ularning huquqiy
himoyasini kuchaytirish»[2] ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu sohani tadqiq etish muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish
masalasi hali to‘liq o‘rganilmagan. Biroq, ko‘p milliy olimlarimiz tomonidan
tadqiqotning ayrim jihatlari, G‘.Abdumajidov, R.Alimova, A.Bazarov,
Sh.Djumanov, A.Irsaliyev, N.Ismoilov, D.Mirazov, T.Mamatqulov, A.Norboyev,
B.Naberayev, U.Nosirov, A.Raximov, Sh.Sodiqova, G.Tulaganova, X.Turabbayev,
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
41
N.Toshtemi rov, M.Uteniyazov, B.Usmonov, V.Fayzullayeva, Sh.Xasanov,
R.Shakurov, A.Qulaxmetov, N.Ramazonova va boshqalarning ilmiy ishlarida
muayyan darajada ko‘rib chiqilgan.
MDH mamlakatlari doirasida T.Averyanova, R.Belkin, O.Bayev, I.Belozerova,
A.Volinskiy, I.Gerasimov, A.Golovin, Y.Drapkin, Y.Ishenko,
V.Isayenko, Y.Koruxov, V.Kornouxov, P.Kokorin, I.Lustina, Y.Rossiyskaya,
A.Toporkov, A.Fillipov, A.Shatalov, S.Shestakova, A.Shmonin, N.Yablokovlar
kriminalistika nazariyasidan kelib chiqib mavzuning ayrim jihatlarini tadqiq
qilganlar. Bevosita voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni
tergov qilish bilan bog‘liq masalalarni o‘rgangan olimlardan K.Avaliani,
O.Andriyanova, X.Bopxoyev, S.Vergunova, I.Gesmanova, G.Dimov, T.Isakova,
N.Kiryanina, I.Makarenko, S.Matveyev, A.Osmonova, A.Sichev, S.Timoshenko,
S.Trashkova, N.SHelochkovlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xorijiy mamlakatlarda voyaga yetmagan jinoyat sodir etgan shaxslarning
psixologiyasi, jinoiy javobgarlik minimal yoshi borasida K.Kannin va R.Uayt
(Avstraliya), D.Kipriani, K.Xilbran, K.Xvang, K.Velanova, B.Luna, Dj.MakKord,
K.Uidom, N.Krouell, S.Ordaz, Ui.Foran, D.Simmonds, M.Xolkuist, M.Asato (AQSh),
S.Shennax (Avstriya) kabi olim va mutaxassislar tomonidan ilmiy ishlar olib
borilgan.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishning
samaradorligini oshirish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini qo‘shimcha
kafolatlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va
profilaktika qilish orqali jinoyatlar sonini keskin kamaytirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bu borada statistik materiallarni tahlil etadigan bo‘lsak, 2023-yil jinoyat
sodir etgan 3599 nafar voyaga yetmaganlarning 82,6 foizi jinoiy javobgarlikka
tortilgan. Ulardan 744 nafari 13-15 yosh, 2855 nafari 16-17 yoshlilardir.
Qizlarning ulushi 8,7 foiz - 314 kishini tashkil etdi.
Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar eng ko‘p Farg‘ona viloyatida qayd
etilgan - 700 nafar. Keyingi o‘rinlarda Toshkent - 545, Namangan viloyati - 451
va Toshkent viloyati - 345 kishi. Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax - 54, Navoiy - 62
va Xorazm viloyatlarida - 66 kishi.
Jinoyat turlari bo‘yicha voyaga yetmaganlarning aksariyati yoki 1602 nafari
o‘g‘rilik (bir yil avval - 1581 nafar), 453 nafari bezorilik (284 nafar), 135 nafari
firibgarlik (134 nafar), 181 nafari talonchilik va bosqinchilik (162 nafar) sodir
etgan, 104 nafari qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (74), 54 nafari -
nomusga tegish va nomusga tegishga urinish (46), 27 kishi - tovlamachilik (16)
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
42
12 nafari esa qasddan odam o‘ldirish va odam o‘ldirishga urinish (10) jinoyatini
sodir etgan.
Voyaga yetmaganlarning 57 nafari giyohvandlik vositalarini ishlab
chiqarish yoki sotish, 121 nafari o‘limga olib kelmaydigan yo‘l-transport
hodisalari, 4 nafari qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash yoki sotish
kabi jinoyat qilgan.
Jinoyat sodir etilgan vaqtda ularning 2730 nafari talabalar, 510 nafari
ishchilar, 148 nafari ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan, 8 nafari xizmatchilar, 190
nafari boshqa toifalarga mansub bolalar bo‘lgan.
Ushbu yo‘nalishda kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ushbu
tadqiqotlarning natijasi o‘laroq, amaldagi qonunchilikni hamda tergov
amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan taklif va
tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida birinchi navbatda voyaga yetmaganlar
jinoyatlari tushunchasi borasidagi doktrinal qarashlarni tahlil qilish lozim.
Bu borada Ye.Chernenkoning qayd etishicha, voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligi ikki terminni, jinoyat tushunchasi va voyaga yetmagan jinoyatchi
tushunchalarini qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligi deganda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir etilgan jinoyat turidan qat’iy nazar har qanday jinoyatlar
tushuniladi[3]. P.D.Gadjiyeva va G.N.Magomedovlar ham voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligi tushunchasini ikki terminga ajratadilar, biroq yosh masalasida
jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan yosh bilan bir qatorda, voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligida to‘rt davr mavjudligini qayd etib o‘tadilar: 10-13
yosh, 14-15 yosh, 15-16 yosh, 17-18 yosh[4]. Y.Demidova- Petrova voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligini murakkab tizimli-tuzilmaviy ijtimoiy hodisa sifatida
baholaydi[5]. Shuni alohida qayd etish lozimki, voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligini faqatgina yosh bilan baholash juda tor doiradagi tushuncha
hisoblanadi.
Y.V.Xarmayev va Ider Batchuluunning fikricha, voyaga yetmaganlar
jinoyatlarini 14-18 yosh oralig‘idagi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat
qonunchiligi bilan jazolanadigan qilmishlarning majmui bo‘lib, umumiy
jinoyatchilikning bir qismi[6] sifatida ko‘rib chiqishi diqqatga sazovor.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bu
jinoyatchilikning mustaqil turi bo‘lib, muayyan vaqt oralig‘ida muayyan
hududda sodir etilgan jinoyatlar va shaxslar (14-18 yosh orasidagi) majmuini
tashkil etadi va son-sifat tavsifiga ega bo‘ladi[6].
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi deganda O.Koroleva va V.Vaulxin
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
43
muayyan hududda va muayyan vaqtda sodir bo‘ladigan salbiy holatlarning
ahamiyati va muhimligini tushunadi [7]. Bizningcha, mazkur ta’rif umumiy bo‘lib,
barcha jinoyatlar uchun qo‘llanilishi mumkin, ayni paytda voyaga yetmaganlar
jinoyatlari tushunchasini aks ettirmaydi.
Demak, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar deganda
jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikning minimal yoshi va
milliy qonunchilik asosida voyaga yetish yoshi sifatida tan olingan yoshga
yetgunga qadar sodir etilgan jinoyat qonunchiligi bilan jazolanadigan ijtimoiy
xavfli qilmishlar tushunilib, umumiy jinoyatchilikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatlari tushunchasining tahlili voyaga yetish yoshi
va jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan minimal yosh bilan chambarchas bog‘liq
ekanligini ko‘rsatadi. Voyaga yetish yoshiga to‘xtalib o‘tar ekanmiz, 1989 yilda
qabul qilingan va mamlakatimiz tomonidan 1992 yilda ratifikatsiya qilingan
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-moddasiga muvofiq, voyaga
yetish yoshi 18 yosh deb belgilangan, agar ushbu yoshdan oldinroq voyaga
yetgan deb hisoblash uchun asos mavjud bo‘lmasa (masalan, emansipatsiya
holatlarida)[8]. Aksariyat MDH mamlakatlarining fuqarolik kodekslarida,
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ham (22-modda),
voyaga yetish yoshi sifatida xuddi shu yosh qabul qilingan. O‘zbekiston
Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-
moddasiga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs
bola hisoblanadi[9].
Biroq jinoyat qonunchiligi shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun asos
bo‘ladigan boshqa yoshni belgilaydi. Bu orqali qonun chiqaruvchi voyaga
yetmaganlar huquqlarini qo‘shimcha himoya qilish maqsadida ularning jinoiy
javobgarligi masalalarini huquqiy tartibga solishga qaratilgan qoidalarni
o‘rnatadi. Aksariyat jinoyat kodekslarida “jinoiy javobgarlik minimal yoshi”
tushunchasi keng qo‘llanilmasa-da (odatda “jismoniy shaxslarning javobgarligi”
tushunchasidan foydalaniladi), mazkur tushuncha xalqaro hujjatlarda o‘z aksini
topgan. Jumladan, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 40-moddasi 3-
qismining “a” bandiga ko‘ra, ishtirokchi davlatlar tomonidan voyaga
yetmaganlarning shunday minimal yoshi belgilanishi lozimki, undan kichik
yoshda jinoyat sodir etish imkonsiz deb hisoblanadi[10].
1985-yil
10-dekabrda
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Bosh
Assambleyasining 40/33-sonli Rezolyusiyasi bilan qabul qilingan BMTning
voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishga aloqador
minimal standart qoidalari (Pekin qoidalari)da ham shu kabi qoidalar
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
44
mustahkamlangan. Mazkur qoidalarning 4-bandi “Jinoiy javobgarlik yoshi” deb
nomlanib, uning 1-qismida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik
yoshi tushunchasi tan olingan huquqiy tizimlarda ushbu yoshning minimal
darajasi hissiy, ruhiy va intellektual rivojlanish jihatlari inobatga olinib, juda
kichik yoshdan belgilanishining maqsadga muvofiq emasligini mustahkamlaydi.
2007-yil 15-yanvardan 2-fevralgacha Jenevada o‘tkazilgan Bola huquqlari
bo‘yicha qo‘mitaning 44-sessiyasi 2007-yil 25-apreldagi CRC/C/GC/10-sonli
yig‘ilish bayonnomasining “c” bandida huquqqa xilof xatti-harakatlar sodir etgan
bolalar va ularning yoshi, boshqacha bayon qilinganda jinoiy javobgarlik
minimal yoshi masalalariga bag‘ishlangan.
Xususan, mazkur minimal yosh quyidagilarni anglatadi:
-
ushbu belgilangan yoshdan kichik bo‘lgan jinoyat sodir etgan shaxslar
jinoiy-huquqiy protseduralar orqali javobgarlikka tortilishi mumkin emas;
-
jinoyat sodir etilgan (yoki jinoyat qonunchiligi buzilgan) vaqtda jinoiy
javobgarlik minimal yoshiga yetgan, ammo 18 yoshga yetmagan bolalarga
nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilinishi va ularga nisbatan jinoiy-huquqiy
protseduralar qo‘zg‘atilishi mumkin. Barcha protseduralar va ularning so‘nggi
natijalari “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning tamoyillari va
qoidalariga to‘la muvofiq kelishi lozim.
2007-yil 25-apreldagi CRC/C/GC/10-sonli yig‘ilish bayonnomasida qayd
etilishicha, ishtirokchi davlatlar tomonidan topshirilgan hisobotlardan ko‘rinib
turibdiki, jinoiy javobgarlikning minimal yoshi turli mamlakatlarda turlicha qilib
belgilangan. U juda past yosh hisoblangan 7-8 yosh bo‘lishi yoki mutanosib 14-
16 yosh qilib belgilangan bo‘lishi mumkin. Aksariyat ishtirokchi davlatlar jinoiy
javobgarlikning ikki minimal yoshini belgilaydi.
Avstriyalik olim Stefan Shennaxning yuqoridagilarga to‘liq qo‘shilgan holda,
voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni yuqori
jinoiy javobgarlikning minimal yoshi orqali penitensiar tizimga tushishiga va
jinoiy javobgarlikdan qochishga yo‘l qo‘ymaslik, ozodlikdan mahrum qilish bilan
bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini keng qo‘llash, hibsda saqlanayotgan
bolalar sonini kamaytirish voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga
oshirishning muhim omillari, deb hisoblaydi. Uning fikricha, jinoiy javobgarlik
yoshini 14 qilib belgilash juda muhim, shu bilan bir qatorda shu yoshdan kichik
yoshda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar uchun rasmiy jinoyat
protseduralaridan farqli muqobil choralarni belgilash maqsadga muvofiq. Xorijiy
mamlakatlarning jinoyat qonunchiligini tahlil qilish orqali eng kichik yosh
sifatida 7 va eng yuqori yosh sifatida 16 belgilanganligiga guvoh bo‘lish mumkin.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
45
Chunonchi, Amerika Qo‘shma Shtatlarida jinoiy javobgarlik minimal yoshi
federal va shtatlar darajasida turlicha belgilanadi. Federal darajada 33 shtatda
minimal yosh belgilanmagan, bu jinoyat sodir etgan har qanday yoshdagi
bolaning jazoga tortilishi mumkin ekanligidan dalolat beradi. Vaholanki, deyarli
barcha shtatlarda layoqatlilik imtihoni tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Jinoiy
javobgarlik minimal yoshi belgilangan shtatlar orasida eng kichigi (7 yosh)
Shimoliy Karolinada va eng yuqorisi (10 yosh) Viskonsin shtatida hisoblanadi.
Biroq butun dunyoda bolalarning huquqlariga rioya qilish bo‘yicha o‘z
huquqiy majburiyatlarini bajarmaygina qolmay, aksincha, yanada kichikroq
yoshdagi bolalarni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq choralarni
qo‘llayotgan mamlakatlar soni ham ortib bormoqda. Buning oqibatida ba’zi
davlatlar jinoiy javobgarlik minimal yoshini ilgarigidan kichikroq yosh qilib
belgilamoqdalar. Misol tariqasida, Daniya (15 dan 14 ga), Panama (14 dan 12 ga)
va Vengriya (14 dan 12 ga) da kichikroq yoshdagi bolalarga nisbatan javobgarlik
nazarda tutilgan.
Bu borada milliy qonunchiligimizni tahlil etadigan bo‘lsak, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasida jinoiy javobgarlik yoshi
haqidagi qoidalar mustahkamlangan. Unga ko‘ra, 18 yosh (voyaga yetish
yoshi)dan kichik uch turkum yosh guruhlarini ajratib chiqarish mumkin:
1)
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar Jinoyat
Kodeksining 97, 98, 104 - 106, 118, 119-moddalari, 126-moddasining to‘rtinchi -
sakkizinchi qismlarida, 137, 164, 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkin
chi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252,
263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida
nazar da tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
2)
Jinoyat Kodeksining 122, 123, 1251-moddalarida, 126-moddasining
birin chi va ikkinchi qismlarida, 127, 127, 128-1, 144, 146, 193-195, 205-210,
225, 226, 230-232, 234, 235, 279- 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar
uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar
javobgarlikka tortiladilar.
3)
16 yosh jinoiy javobgarlikning umumiy yoshi hisoblanadi.
Buning asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, O‘zbekiston
Respublikasida jinoiy javobgarlik minimal yoshi 14 yosh qilib belgilangan.
Qiyosiy tahlil natijalari aksariyat rivojlangan mamlakatlarda milliy
qonunchiligimiz kabi jinoiy javobgarlik minimal yoshi 14 yosh qilib
belgilanganligi hamda ushbu yoshni belgilashda xalqaro-huquqiy hujjatlarda
nazarda tutilgan qoidalarga asoslanganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
46
Yuqorida qayd etilganidek, Pekin qoidalariga muvofiq bunday yosh
belgilanishida ruhiy, aqliy va intellektual yetuklik darajasiga alohida e’tibor
qaratilishi lozim. Turli mamlakatlarning yoshga doir qonunchiligini o‘rganish
bilan bir qatorda, u yoki bu yoshni tanlashda qanday omillar inobatga
olinganligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday omillarga
psixologiya, fiziologik masalalar va ijtimoiy rivojlanish kabilarni kiritish mumkin.
So‘nggi ikki dekada davomida bolalarning normal rivojlanishi va delinkvent
xulq-atvor shakllanishi borasida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari
individual, ijtimoiy va jamoatchilik ta’sirida o‘zgarib boradi.
AQSh olimlari Elizabet P.Shulman va Lourens Shtenberglarning qayd
etishlaricha, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov
qilishda jinoiy javobgarlikka tortiladigan yoshlar bola hisoblanadimi va
bolalarga xos impulsivlik (jahlning tezligi), yetuklikka erishmaganlik,
ta’sirchanlik xosmi yoki katta yoshdagilardek avtonom, o‘z xatti-harakatlariga
javob bera oladigan, o‘z yo‘lini tanlab olganmi. Ularning ta’kidlashicha, bu
borada ilmiy izlanish olib borgan tadqiqotchilarning aksariyati turli shaxslar
turli yoshda yetuklikka erishishi haqida xulosaga kelganlar.
AQSh Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlarini tergov qilish
chog‘ida o‘tkazilgan psixoijtimoiy imkoniyatlar va neyron mexanizmlarini
o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlarning natijalari voyaga yetmaganlarni turkum
sifatida voyaga yetganlarga nisbatan jinoyat sodir etishda ayblilik darajasi past
ekanligiga asos bo‘lgan (misol uchun, Grexem Floridaga qarshi va Miller
Alabamaga qarshi kabi ishlarda).
Beatriz Luna va Keterin Rayt tomonidan voyaga yetmaganlarning aqliy
rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilgan. Ularning fikricha, voyaga
yetmaganlarga impulsivlik va tavakkalchilik xos.
O‘tkazilgan tadqiqotlar voyaga yetmaganlarning aqliy rivojlanishi voyaga
yetganlarnikidan tubdan farq qilishi va buning oqibatida (ayniqsa, voyaga
yetmaganlarning do‘stlari xam ishtirokchi bo‘lsa) jinoyat sodir etilishiga turtki
bo‘lishi mumkin. Turli tadqiqotchilar tomonidan miyaning prefrontal qismi
o‘rganilganda undagi kumush rang modda voyaga yetgan shaxslardagina yetarli
darajada bo‘lishi aniqlangan.
Avstraliyalik olimlar Kannin va Uaytning qayd etishicha, voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari voyaga yetganlarga nisbatan ko‘proq oshkor bo‘ladi.
Buning sababi shundaki, voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etishda malakasi
yetarli bo‘lmaydi, aksariyat hollarda guruh bo‘lib jinoyat sodir etadi, ko‘pincha
jamoat joylarida (jamoat transporti va savdo markazlari), o‘z yashash manziliga
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
47
yaqin bo‘lgan hududlarda jinoyat sodir etadi. Bundan tashqari, voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari e’tibor tortishi, uzoq rejalashtirishsiz sodir etilishi,
epizodik xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Ayrim adabiyotlarda voyaga yetmaganlarga tengdoshlari bilan muloqot, o‘z
muhitida obro‘ga erishish kabilar juda muhim. L.Y.Drapkinning ta’kidlashicha,
zamonaviy bolalar o‘zini asosan iste’molchilar sifatida tutadi, ularda jamiyat va
oilalari oldida burch va mas’uliyat hislari mavjud emas. Ko‘pchilik voyaga
yetmaganlarda ota-onalarining unchalik yuqori bo‘lmagan ijtimoiy mavqeidan
xafalik, o‘zlari istagan moddiy qiymatliklarga ega bo‘la olmaslik kabi sifatlar bor
bo‘lib, istaganlariga erishishda hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Ular o‘z his-
tuyg‘ularini nazorat qila olmaydi, vaziyatni to‘g‘ri baholamaydi, buning oqibatida
ayrim hollarda o‘ta shafqatsiz jinoyatlar sodir etiladi.
R.M.Abizov va Y.R.Shestopalovalarning qayd etishicha, voyaga yetmagan
jinoyatchilarga fikrlash va anglashning to‘liq shakllanmaganligi, irodaviy
rivojlanishning yetarli emasligi, ijtimoiy tajribaning kamligi xos bo‘lib, ularni
to‘rt guruhga ajratish mumkin: tasodifiy jinoyatchilar - bu birinchi navbatda
salbiy sharoitdan kelib chiqib birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar;
beqaror jinoyatchilar - voyaga yetgan shaxslar yoki o‘z tengdoshlari ta’siri ostida
jinoyat sodir etgan shaxslar; g‘azabkor jinoyatchilar - axloqiy baholar,
jamoatchilik fikrini hisobga olmaslik, nizoli vaziyatni keltirib chiqarishga
urinishga harakat qiluvchi shaxslar.
A.B.Qulahmetovning fikricha, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning 4 tipi
o‘rtasidagi farq nihoyatda shartli. Birinchi huquqbuzarlar tipiga ilk bor jinoyat
sodir qilgan o‘spirinlar mansub. Ularning avvalgi xatti-harakatlari va ma’naviy
qiyofasi yetarli ravishda ijobiy baholanadi. Ikkinchi huquqbuzarlar tipiga ilk bor
jinoyat sodir qilgan voyaga yetmaganlar kiradi, ammo ularning jinoyatdan
avvalgi xatti-harakatlari va ma’naviy qiyofasi unchalik odobga to‘g‘ri bo‘lmagan
bo‘ladi. Uchinchi tip - ma’naviy jihatdan buzilgan voyaga yetmaganlar. Ular avval
har xil huquqbuzarliklar sodir etgan, ma’muriy javobgarlikka tortilgan, maxsus
maktablar va yopiq turdagi hunar-texnika bilim yurtlariga yuborilgan. To‘rtinchi
tip - umumiy ma’naviy jihatdan buzilganlar. Bu tipga jamiyat uchun nihoyatda
katta xavf tug‘diruvchi voyaga yetmagan shaxslar kiradi, ularning xatti-
harakatlari mustahkam g‘ayriijtimoiy xususiyatga ega.
Bir guruh olimlarning qayd etishicha, ko‘pgina voyaga yetmaganlarga
jonsaraklik, ishonuvchanlik, tez hissiyotga berilish, mustaqillikka bo‘lgan intilish,
ta’sirchanlik, yaxshi tarbiya olmaslik oqibatida dag‘allik, o‘jarlik, behayolik,
jizzakilik, hayotiy tajriba yetishmasligi, tamoyillar, qoidalar, tushunchalar, o‘ziga
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
48
va atrofdagilarga baho berish mezonlarinining to‘liq shakllanib ulgurmaganligi,
natijada bo‘lib o‘tayotgan voqeliklarning asl mohiyatini anglab yeta olmaslik,
gapga va do‘q - po‘pisaga ko‘nuvchanlik, betayinlik, kattalarga taqlid qilishga
intilish, o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berib yuborish, shu bilan birga
do‘stlikka intilish kabi belgilar xos.
Voyaga yetmaganlarni ta’riflashda B.Y.Usmonov xayotiy tajribasizlik, biron
odamga o‘xshashga intilish, o‘ta ta’sirchanlik, tengdoshlari orasida o‘zini ustun
qo‘yishga intilish, o‘ziga nisbatan hurmat-e’tiborni qozonishni xohlash,
kayfiyatning keskin o‘zgarib turishi, o‘ylamasdan harakatlar qilish, vokealarni
o‘z dunyoqarashi jihatidan qabul qilish va huquqiy jihatdan cheklangan layoqat
maqomi kabilarga alohida e’tibor qaratadi. Bu borada A.Bazarov voyaga
yetmaganlarda jamiyat talablari va axloqiy qoidalardan og‘ish kuzatilishini
ta’kidlab o‘tgan.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, voyaga yetmaganlarga xos bo‘lgan
belgilar ularning fiziologik rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga qaror
qabul qilishda xatti-harakatlarining ahamiyati va natijalarini to‘liq darajada
anglab yetmaslik, jizzakilik, hurmat- e’tiborga bo‘lgan yuqori ehtiyoj, o‘zini
boshqalardan ustun qo‘yish, ishonuvchanlik va guruhdan chiqarib yuborilishdan
qo‘rqish kabi jihatlar xos.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/juveniles_deinquenc
y_prevention.shtml
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017йил 7февралдаги
ПФ-4947-сон «Ўзбекис тон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар
стратегияси
тўғрисида»ги
Фармони
//Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.
3.
Черненко Е.О. Профилактика несовершеннолетней преступности
//Nauka-rastudent.ru. - 2017. No.08(044)/[Электронный ресурс]-Режим
доступа.-URL:http://nauka-rastudent.ru/44/4337/
4.
Гаджиева
П.Д.,
Магомедов
Г.Н.
Социально-психологическая
характеристика преступности в молодежной сфере // Международный
научный журнал «Символ науки». 2017. № 11. С.67.
5.
Демидова-Петрова Е. Специфика преступности несовершеннолетних
как одного из видов преступности в Российской Федерации //Ученые
записки Казанского юридического института МВД России. - 2017. - Том 2
(3). - С.15.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
49
6.
Хармаев
Ю.В.,
И.Батчулуун.
К
вопросу
о
преступности
несовершеннолетних в Российской Федерации и Монголии //Вестник
Югорского государственного университета. 2018. - Выпуск 2 (49). С. 79-84.
7.
Решетников А.Ю. Криминология. М., 2014. -С. 8.
8.
Королева О., Ваульхин В. Преступность несовершеннолетних и меры
её предупреждения // Мир науки и образования. - 2015. - № 4. - С. 3.
9.
Ўзбекистон Республикасининг “Бола ҳуқуқларининг кафолатлари
тўғрисида”ги Қонуни. ЎРҚ-139-сон. 07.01.2008 й.
10. 10.“Бола ҳуқуқлари тўғрисида”ги Конвенция. 1989 йил 20 ноябрь.
Ўзбекистон Республикаси мазкур Конвенцияга Ўзбекистон Республикаси
Олий Кенгашининг 1992 йил 9 декабрдаги 757-Х11-сонли «Бола ҳуқуқлари
тўғрисидаги конвенцияга қўшилиш ҳақида»ги қарорига мувофиқ
қўшилган
