1948-1996-YILLARDA KOREYA RESPUBLIKASINING RIVOJLANISH
STRATEGIYASI
Xudoynazarova Begoyim Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universitetisi
XIM fakulteti 2-kurs talabasi E-mail:
xudaynazarovabegoyim@gmail.com
Annotatsiya.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 35 yillik yapon
mustamlakasidan ozod bo‘lgan Koreya ikkiga bo‘linadi. Garchi Koreya
Respublikasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan qashshoqroq bo‘lgan
bo‘lsada bugungi kunda jahonning eng rivojlangan davlatlaridan biridir.
Mazkur maqolaning maqsadi Koreya Respublikasining tarixini tahlil qilish va
rivojlanish strategiyasini o‘rganib chiqishdan iborat. Maqolaning ilmiy va
amaliy dolzarbligiana shu strategiyalar qanchalik samarali bo‘lganini
baholashdan iborat. Bunda tarixiy, induksiya, deduksiya, event- tahlil va
taqqoslash metodlaridan foydalanilgan. Koreya Respublikada yuqori elita va
harbiy hukumatning o‘zaro kelishuv, davlatning iqtisodga aralashuvi, va
ta’limga bo‘lgan e’tibor asosiy rivojlanish faktorlaridan edi. Maqolaning ilmiy
ahamiyati qo‘llanilgan usullarni o‘rganib chiqishdan iborat. Bu soha vakillari va
erkin izlanuvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so’zlari.
Koreya Respublikasi, AQSh, Yaponiya, ta’lim, harbiy
hokimiyat, chaebol.
Kirish.
2-jahon urushidan so‘ng ko‘plab davlatlar hali hanuz o‘zini o‘nglay
olmayotgan; iqtisodiy barqarorlikka, xalqaro maydonda siyosiy tenglikka
erisha olmayotgan bir paytda, Koreya Respublikasi bundan mutlaq o‘zgacha
ko‘rinish kasb etib kelmoqda. Shu o‘rinda bu mamlakatni Sharqiy Osiyoning
“Iqtisodiy mo‘jizasi” deb e’tirof etish o‘rinlidir [1]. Mazkur maqolaning maqsadi
1948-1966-yillar
mobaynida
Koreya
Respublikasining
rivojlanish
strategiyasini bosqichma-bosqich o‘rganishdan iborat, bunda maqola obyekti
davrlarni o‘z ichiga olgan. Maqolada mamlakat rivojlanishi
328
329
yo‘lida qo‘llangan dasturlar qanchalik nafliligi yoritib berilgan. “Davlat bozor
iqtisodiyotiga aralashishi kerakmi?” savoliga Koreya Respublikasi misolida
javob olingan. Maqolada ko‘plab xorijiy iqtisodchilarning fikrlari aks ettirilgan,
xususan, Jae-Saung Shim, Moosung Lee and Michael.J.Seth va boshqalar.
Maqolada event-tahlil va tarixiy metodlardan foydalanilgan.
Mustaqillikning dastlabki yillari
Koreya xalqi 35 yillik mustamlakadan so‘ng mustaqillikka erishdi, va
kelgusi iqtisodiy va siyosiy re’jalar nomutanosibligi sababidan ikkiga bo‘lindi
bunda mamlakatning shimoliy qismida joylashgan Koreya Xalq Respublikasini
Sobiq Sovet Ittifoqi va Xitoy qo‘llab quvvatlagan bo’lsa, janubdagi Koreya
Respublikasiga Amerika Qo‘shma Shtatlari yelkadosh bo‘ldi edi. O‘tkan yillar
mobaynida mamlakatning shimoliy qismida Yaponiya sanoatlashtirishga
iqtisoslashtirganligi sababli Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Koreya
Respublikasiga nisbatan sanoat sohasida ko‘proq rivojlangan edi, xolbuki bu
ishlab chiqarish faqangina Yaponiya uchun bo‘lib, Koreya xalqi
ekspulutatsiyasidan bo‘lak hech narsa emas edi. 1948-yil 15-avgust sanasida
Koreya Respublikasi mustaqilligiga erishdi va dastlabki yillarda deyarli
rivojlanish kuzatilmadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek u sanoatdan uzoqda,
asosan qishloq xo‘jaligiga mutahasislashgan davlat edi. Ammo bu zayilda
iqtisodiyotni olib borib tez sonli ortib borayotkan aholi ehtiyojlarini qondirib
bo‘lmasdi. Bundan tashqari Yaponiyadan ajralib chiqqach, vataniga qaytib
ketgan ko‘plab malakali mutahasislarni va o‘qituvchilarni yo‘qotgan Koreya
kuchli kadrlar yetishmovchiligiga duch keldi [2]. Va bu vaziyat 1950-yilda
Shimoliy Koreya hujumidan so‘ng yanada keskinlashdi, Koreyalar aro urush
1953-yilga qadar davom etdi.
Rivojlangan davlatlar yondashuvi.
Tarixdan ko‘plab iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashishini
qoralaydi, misol tariqasida Adam Smitning “Ko‘rinmas qo‘l” nazariyasini
aytishimiz mumkin. Bunda u bozor o‘zining mexanizmlari, talab, taklif, narx va
raqobat orqali o‘zini o‘zi boshqaradi deydi va hozirgi kunda ham rivojlangan
330
davlatlarning deyarli hammasida erkin bozor munosabatlarini ko‘rishimiz
mumkin. Ammo iqtisodiyot jar yoqasida turgan bir paytda bu samarali usul
emas edi. Chunki bunday davrda aholining is’temol qobiliyati, ishlab
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish imkoniyati juda pas bo‘ladi[3]. 1945-yil
AQShdagi Buyuk Depressiya davridan ham aynan davlatning aralashuvini
qo‘llab quvvatlovchi Keynschilik g‘oyalari bilangina bu holatdan chiqib ketilgan.
Mustaqillikka erishgan Koreya Respublikasining ham iqtisodiyotiga ana
shunday oqilona davlat aralashuvi juda zarur edi, va bu islohotlar harbiy
hukumat tomonidan amalga oshirildi. Janubiy Koreyaning iqtisodiy yuksalishi,
uning jadal sanoatlashuvi va iqtisodiy o‘sish sur‘ati 1960-yildan boshlandi [2].
Harbiy hukumatning o‘tkazgan asosiy islohatlar bu yer taqsimlanishi va
ta’limdagi o‘zgarishlardir. U Koreya urushi arafasida 1950-yilda yer islohotini
o‘tkazadi bunda 1944-yilda 64%yer 3%aholi qo‘lida bo‘lgan bo‘lsa, 1956-yilga
kelib 18% yer 6% aholiga qo‘lida yig‘iladi. Bu esa yirik mulkdorlar sinfini
kamaytirib yangi tadbirkorlar sinfini yaratdi va ishsizlikka yechim bo‘ldi.
Yerlarning katta qismi maktablar qurishga sarflanadi. Oddiy dehqonlar esa
tadbirkorlar bilan hamkorlikda ish yurita boshladi. Bundan tashqari 1945-1960-
yillarda boshlang‘ich ta’limga qamrab olish 3 barobar, o‘rta maktablar 8
baravar va oliy ta’lim bilam qamrab olish 10 barobar oshgan. 1960-yilga kelib
boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 96 foizi maktabda o‘qirdi [4].
Bundan ma’lumki endilikda o‘qimishli kadrlar soni bir necha baravar ko‘payadi.
Bu o‘zgarishlar koreys xalqi hayotini bir muncha barqarorlashtirdi.
Yirik bizneslar
Mustaqillikning ilk yillaridanoq Amerika Qo‘shma Shtatlari Koreya
Respublikasiga ko‘plab amaliy va moddiy yordam berib kelgan va tabiiyki
buning natijasida Koreya iqtisodiyoti qaysidir ma’noda AQShga suyanib
qolgan edi. Buni hushlamagan harbiy hukumat vaziyatni yumshatish uchun
optimal yechim topishdi. Iqtisodiy holatdan ma’lumki Koreya qashshoq va
korrupsiyaga o‘ta boy davlat edi, va harbiy hukumat ana shunday korrupsiya
o‘chog‘ini yo‘q qilishga harakat qildi. Natijada mamlakatning 51 nafar kuchli
331
mansabdorlari va tadbirkorlari hibsga olindi, ular orasida mamlakatning eng
boy tadbirkori Lee Byung Chull ham bor edi, mansabdorlar jarima
to‘laganlaridan so‘ng davlat bilan faol hamkorlikda ishlay boshladi. Bunda ular
o‘zlarining bor bilimlari va ko‘nikmalarini iqtisodiyotni rivojlantirishga
sarfladilar. O‘sha paytdagi harbiy hukumat boshlig‘i Park Chung Hee ulardan
13tasini iqtisodiy tiklanish qo‘mitasiga biriktirdi va ularga rahbar sifatida Leeni
tayinladi. Bu harakatlar bilan harbiy hukumat va tadbirkor elita orasida
hamkorlik yo‘lga qo‘yildi [2].
Davlatda iqtisodiyotini yaxshilash uchun dastlabki 5 yillik re’ja ishlab
chiqildi. Bu re’ja Iqtisodiy re’jalashtirish kengashi (Economic Planning Board)
tomonidan yaratilgan boratildi. Unga ko‘ra davlat
•
Past foizli kreditlar berdi.
•
Tijorat banklarni milliylashtirdi.
•
Kreditlar ustidan nazorat qildi.
Ushbu dastlabki besh yillik re’jani Koreya iqtisodining cho‘qqiga chiqishi
deb bilishadi. Dasturga ko‘ra 1962-1966-yillardagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichi
7.1%ni tashkil etishi kerak edi, va bu ko‘rsatkich ko‘plab amerikalik
iqtisodchilar tomonidan juda yuqori ko‘rsatgich deb ta’riflanishiga qaramay
o‘sha yili o‘sish 8.9% foiz bilan hatto re’jadagidanda yuqori bo‘ldi. Buning
asosiy sabablaridan biri import mahsulotlardan ko‘ra ko‘proq eksport
mahsulotlariga e’tibor berish, yengil sanoatni rivojlantirish orqali eksportni
ko‘paytirishda edi [2].
Tashqi siyosat
Park Chung Hee boshqaruvi davrida iqtisodiyotda tashqi ta’sirdan
qochish kuzatilgan, sababi uning iqtisodiy g‘oyalari millatchilik asoslangan,
hamda Koreya Respublikasi avtonomiyaga erishishi istagida edi. Dastlabki
yillarda u to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi investitsiyani ham cheklab qo‘ydi, ammo
birozdan keyin, ko‘plab iqtisodchilar fikriga ko‘ra bu siyosatni yumshata
boshladi. 1966-yilda chet el kapitalini jalb qilish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra
xorijiy menejerlarni daromad solig‘idan ozod qildi, soliq ta’tillarini taqdim etdi
332
va davlatga sarmoya kiritish tartiblarini soddalashtirdi. Park qanchalik
avtonomiyaga intilganiga qaramay Koreya iqtisodiyoti AQShga uzviy bog‘liq
edi. Asta sekinlik bilan Vashington ham to‘g‘ridan to‘g‘ri texnik yordam berishni
kamaytirdi ammo Koreya va AQSh munosabatlari o‘sha o‘sha qoldi. Ehtimol,
Koreya asosiy eksportori sifatida AQShni yo‘qotishni istamadi va u bilan
siyosiy va harbiy aloqalarni davom ettirdi. Misol tariqasida Park Vetnamdagi
amerikaliklarni yordam berish maqqsadida 300000 askar yuborgani va
evaziga AQShdan Vetnam, Amerika va boshqa ittifoqchilariga Tovar va
xizmatlar yetkazib berishini so‘radi. Natijada Vetnamda Amerika uchun qurilish
va transport masalasida juda nafli bo‘lgan Hyundai va shunga o‘xshash
firmalar ochildi.
Janubiy Koreya uchun Yaponiya bilan bo‘lgan aloqalar ham juda
muhim edi. Yaponiyaning yana mustamlakachilik qilishidan qo‘rquv 1965-
yilda Park Tokio bilan munosabatlarni yaxshilashga sabab bo‘ldi. Yaponiya
kapitali va texnikasi, va Koreyadagi arzon ishchi kuchi ajoyib hamkorlik edi.
Shartnomaga ko‘ra ular orasida Tovar ayrboshlash kelgusi 10yil ichida o‘n
barobar oshdi, 1962-1979-yillarda esa xorijiy texnologiyaning 60% izini
Koreyaga olib kirdi.
Chaebollar
Bundan tashqari Koreya iqtisodiyotida yana bir katta mexanizm bor edi
bular
chaebollar.
Ular o‘z ichiga bir qancha sho‘ba korxonalarini oladigan
oilaviy katta bizneslar hisoblanadi. Har yili davlat firma va kompaniyalar
o‘rtasida raqobatni shakllantirish maqsadida 30ta ana shunday eng
rivojlangan va iqtisodiyotga ko‘p hissa qo‘shayotkan kompaniyalarni aniqlaydi
va ularning filyallari ro‘yxatini chiqaradi. Davlatning vazifasi “Monopoly
Regulation and Fair Trade Act” asosida monopoloyaga qarshi kurashishni
ham o‘z ichiga oladi.
333
Chaebols: The Korean Business Groups
□ Top 5%
ИТорб-30%
Cheabollar Koreya bozorida juda katta aktorlar hisoblanadi sababi
ularning nafaqat ichki balki tashqi bozordagi ulushi ham juda katta hisoblanadi.
Qolaversa ular YalM ga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi grafikda 1985-
2000-yillarda chaebollarning YaIMga qo‘shgan hissasi foizlarda ko‘rsatilgan.
Ko‘rishimiz mumkinku 1995-yilda 16% bilan eng yuqori natijaga erishilgan.
Bunda 6foiz eng rivojlangan 5ta Chaebollar tomonidan qo‘shilgan va qolgan
25ta kompaniyaning qo‘shgan hissasi 10%ni tashkil etadi. Yillar davomida
Koreya va jahon bozorida o‘z o‘rnini hech kimga bermay eng yuqori natijalar
ko’rsatib kelayotkan o‘sha Chaebollar esa Samsung, LG, Hyundai, Daewoo va
SK edi [5].
Umumiy iqtisodiy o‘sish
334
1960-2009-yillardagi eksport va import tovarlar haqida ma’lumot [6].
Statistikaga e’tibor bersak o‘sish qay darajada katta bo‘lganiga aniq
bo‘lishimiz mumkin. Binobarin, Koreyada 30yil ichida saqlanib qolgan o‘rtacha
o‘sish foizi 8ni tashkil etadi xolbuki ko‘plab rivojlangan davlatlarda bu
ko‘rsatkich 1%dan 3%gacha bo‘ladi. 1962 yilda eksport $55million bo‘lgan
bo‘lsa, 1996 yilga kelib $130 milliardga yetdi, import tovarlar esa
$420milliondan $150 milliardga ko‘paydi. Ko‘rinib turibdiki endilikda 1996 yilga
kelib eksport tovarlar hajmi 236barobar oshgan va natijada yillik o‘sish 27%ni
tashkil etgan. YaIM ishlab chiqarish sektori ulushi esa 16.4%dan 28.5%ga
ko‘tarilgan[3].
Ta’lim
1960-yillarda dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri bo‘lgan
Janubiy Koreyaning 1996-yil Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti
(OECD-the Organization for Economic Cooperation and Development)ga a’zo
bo‘lishida va bugungi yutuqlariga erishishida Ta’limning hissasi katta deb
hisoblaydi Michael.J.Seth [7]. Koreya Respublikasidagi ta’lim tizimi yuqoridan
emas balki eng quyi pog‘onalardan ya’ni maktablardan boshlab rivojlantirib
kelingan. Maktablardagi qat’iy ta’lim intizom, malakali o‘qituvchilar, va
o‘quvchilar orasidagi kuchli raqobat nafaqat ularning bilimli bo‘lishiga balki
kapitalistik sanoatlashtirilgan ijtimoiy hayotga ham o‘z o‘rinlarini topishlariga
%
S
h
a
re
o
f
G
D
P
335
yordam beradi [7]. Bir qarashda bu ko‘zga ko‘rinmasada ta’lim Koreyaning
rivojlanish strategiyasida katta o‘rinlarni egallaydi [2].
Xulosa
Umumiy olganda Koreya Respublikasi 1948-1996-yillarda yuksak
rivojlangan iqtisodiyotga, hayotidan mamnun ish bilan ta’minlangan aholiga va
kuchli ta’lim olgan yetuk kadrlarga ega bo’ldi. Uning bunday qisqa muddatda
erishgan muvaffaqiyati tarixda kam kuzatilad. Shu bois boshqa davlatlar ham
ularning strategiyalaridan andoza ola boshladi. Ana shunday strategiyalar
sifatida quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin.
Birinchidan, davlatning bozor iqtisodiyotiga oqilona aralashuvi, bozorda
raqobatni keltirib chiqarishi.
Ikkinchidan, harbiy hukumatning yuqori elitadan to‘g‘ri foydalanishi.
Uchinchidan, ta’limga katta etibor berilishi va ta’lim dargohlarida qat’iy
tartiblar bilan ijtimoiy muhit shakllanishi.
Bularning bari, neoklassik g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, Koreya xalqi
hayotini jadal sur’atlarda rivojlantirgan, va o‘z o‘rnida boshqa davlatlar uchun
namuna bo‘la oladigan iqtisodiy o‘sish yo‘lini shakllantiradi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Daron Acemoglu and James Robinson,
“Why nations fail”,
New-
York: Crown Business, 2012, pp. 109.
2. Michael.
J.Seth,
Oxford
University
Press
2017.https://oxfordre.com/asianhistory/display/10.1093/acrefore/97801902
77727.001.0001 /acrefore-9780190277727-e-271
3. Jae Seung Shim and Moosung Lee,
“The Korean Economic
System: Government, Big Business and Financial Institutions”,
Ashgate, 2008,
pp. 21-26.
4. Oh Seok Gon and Park Tae Gyun,
“Suggestions for New
Perspectives on the Land Reform in South Korea”
Seoul Journal of
Korean Studies 26.1 (2013): 1-23; and Cho Jae Hong,
“Post-1945 Land
336
Reforms and Their Consequences in South Korea”
(PhD diss., Indiana
University, 1964).
5. Sea-Jin Chang, Financial Crisis and Transformation of
Korean Business Groups (The rise and fail of chaebols), Cambridge
university press, 2003, pp. 23-28.
6.
https://www.researchgate.net/figure/South-Korea-exports-and-
imports-as-share-of-GDPSource-World-Development-
Indicators fig3 254413458
7. Michael.J.Seth,
“Educational fever”,
University of Hawaii Press,
Honolulu and Center for Korean Studies, University of Hawaii, pp.3-4.
8. кызы МУСТАФАЕВА, Наджиба Ильгар. "К 70-ЛЕТИЮ
ВСЕОБЩЕЙ ДЕКЛАРАЦИИ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА." Московский журнал
международного права 106.1 (2018): 35-43.