Mualliflar

  • Umarov Bekzod Azizovich
  • Abdubannonova O’g’ilxon Akramjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.103211

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: sun’iy intellekt avtomatlashtirish sog’liqni saqlashda sun’iy intellekt robotexnika sun’iy ong tabiiy tilni qayta ishlash chuqur o‘rganish aqlli tizimlar sun’iy intellekt xavfsizligi sun’iy intellekt algoritmlari.

Annotasiya

       Annotatsiya:  Sun’iy  intellekt  (SI)  bizning  yashash,  ishlash  va  o’zaro 
munosabatlarimizni inqilob qildi. Sun’iy intellekt texnologiyasi rivojlanishda davom 
etar  ekan,  sun’iy  intellekt  nima  ekanligini,  turli  sun’iy  intellekt  xizmatlari  qanday 
ishlashini  va  ularning  maqsadlari,  ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  tushunish  juda 
muhimdir.  Ushbu  maqolada  sun’iy  intellect  dunyosi  va  turli  toifadagi  bir  nechta 
mashhur  sun’iy  intellekt  xizmatlarini  jumladan,  tabiiy  tilni  qayta  ishlash  (natural 
language  processing),  kompyuter  vision  va  sog’liqni  saqlashda  sun’iy  intellect 
vositalari keltiriladi 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

48

ISSN:3030-3613

SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI

Umarov Bekzod Azizovich

Farg‘ona davlat universiteti

ubaumarov@gmail.com

Abdubannonova O’g’ilxon Akramjon qizi

Fargʻona davlat universiteti 2-kurs talabasi

abdubannonovaogilxon@gmail.com


Annotatsiya:

Sun’iy intellekt (SI) bizning yashash, ishlash va o’zaro

munosabatlarimizni inqilob qildi. Sun’iy intellekt texnologiyasi rivojlanishda davom
etar ekan, sun’iy intellekt nima ekanligini, turli sun’iy intellekt xizmatlari qanday
ishlashini va ularning maqsadlari, ijobiy va salbiy tomonlarini tushunish juda
muhimdir. Ushbu maqolada sun’iy intellect dunyosi va turli toifadagi bir nechta
mashhur sun’iy intellekt xizmatlarini jumladan, tabiiy tilni qayta ishlash (natural
language processing), kompyuter vision va sog’liqni saqlashda sun’iy intellect
vositalari keltiriladi

Kalit so’zlar:

sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, sog’liqni saqlashda sun’iy

intellekt, robotexnika, sun’iy ong, tabiiy tilni qayta ishlash, chuqur o‘rganish, aqlli
tizimlar, sun’iy intellekt xavfsizligi, sun’iy intellekt algoritmlari.

Аннотация:

Искусственный интеллект (ИИ) произвел революцию в нашей

жизни, работе и взаимодействии. По мере развития технологий искусственного
интеллекта становится крайне важно понимать, что такое ИИ, как работают
различные сервисы ИИ, каковы их цели, а также их положительные и
отрицательные стороны. В данной статье рассматривается мир искусственного
интеллекта, включая различные известные сервисы ИИ, такие как обработка
естественного языка, компьютерное зрение и инструменты ИИ в
здравоохранении.

Ключевые

слова:

искусственный

интеллект,

автоматизация,

искусственный интеллект в здравоохранении, робототехника, искусственное
сознание, обработка естественного языка, глубокое обучение, интеллектуальные
системы, безопасность искусственного интеллекта, алгоритмы искусственного
интеллекта.

Abstract:

Artificial Intelligence (AI) has revolutionized the way we live, work,

and interact. As AI technology continues to develop, it is crucial to understand what
AI is, how various AI services work, their purposes, and their advantages and
disadvantages. This article explores the world of artificial intelligence and presents
several popular types of AI services, including natural language processing, computer
vision, and AI tools in healthcare.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

49

ISSN:3030-3613

Keywords:

artificial intelligence, automation, AI in healthcare, robotics,

artificial consciousness, natural language processing, deep learning, intelligent
systems, AI safety, AI algorithms.


Sun’iy intellekt nima?

Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi

bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shug‘ullanadi.

Hozirda

sun’iy

intellekt

turli

amallarni bajarishga

mo‘ljallangan

algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan
bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.

Sunʼiy intellekt (SI;

inglizcha

:

artificial intelligence, AI) –

inson intellektiga

taqlid qilishga qodir boʻlgan

mashinalar

yaratishga qaratilgan

fan

va

texnologiya

sohasi.

Bugungi kunda keng qoʻllanilib kelinayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalariga

aqlli

veb-qidiruv tizimlari

(masalan,

YouTube Search

),

tavsiya tizimlari

(

YouTube

,

Amazon

va

Netflix

),

tabiiy tilni tushunish

(

Google Assistant

, Siri va

Alexa

),

oʻzini-

oʻzi boshqaradigan avtomobillar

(masalan,

Waymo

) va boshqalarni misol qilish

mumkin

Sun’iy intellekt tushunchasi qanday paydo bo‘lgan?

Sun’iy intellekt atamasi 1955-yilda Jon Makkarti (John McCarthy) tomonidan
kiritilgan. 1956-yilda Makkarti va boshqalar

Sun’iy intellekt bo‘yicha Yozgi Dartmut

Tadqiqot Loyihasi

konferensiyasini tashkil etishdi. Ushbu tashabbus mashina

o‘rganishi, chuqur o‘rganish, bashoratli tahlillar kabi ko‘p ixtirolar qilinishiga olib
keldi. Undan tashqari, bu tashabbus yangidan-yangi sohani — ma’lumotshunoslikni
(data science) keltirib chiqardi.
1990-yillarda sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997-yilda
Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri
Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
Sun’iy intellekt — tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo‘llash
orqali insonning aql-idrok jarayonlariga taqlid qilishga asoslanadi. Sodda qilib
aytganda, sun’iy intellekt kompyuterlarni odam kabi o‘ylash va ulardek yechim
topishga yo‘naltiradigan texnologiyadir.
Ushbu maqsadga erishish uchun uchta asosiy tarkibiy qism talab qilinadi:
hisoblash tizimlari (katta quvvatli kompyuterlar);
katta ma’lumotlar va ularni boshqarishda ko‘nikmalar;
SI algoritmlari (dasturiy kod);


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

50

ISSN:3030-3613

Sun’iy intellekt inson aqliga qanchalik yaqin bo‘lsa, uni yaratish shunchalik ko‘p
ma’lumot va hisoblash resurslarini talab qiladi.

Sun’iy intellekt nima uchun muhim?

Bugungi kunda sun’iy intellekt tushunchasi juda keng tarqalgan. Masalan, mobil
qurilmangizdagi dasturlar: Google, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy
intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum
bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz
turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.
Bugungi kunda, odamlar va mashinalar faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan
ma’lumotlar hajmi, odamlarning ushbu ma’lumotlarni o‘zlashtirish, talqin qilish va
murakkab qarorlarni qabul qilish qobiliyatidan ancha ustundir. Sun’iy intellekt esa
katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilishga qodir.
Masalan, «krestlar va nollar» o‘yinida, aksariyat odamlar yutish yo‘lini bilishadi.
Ammo bu o‘yinda 255 168 ta noyob (unikal) yurishlar mavjud ekanini va ulardan
46 080 tasi durrang bilan tugashini hamma ham bilmaydi. Shashka o‘yinida 500 x 1018
yoki 500 kvintilliondan ko‘p turli potensial harakatlar mavjud.
Kompyuterlar ushbu kombinatsiyalarni va harakatlarni hisoblashda, hamda eng yaxshi
yechim topishda nihoyatda samaralidir. Sun’iy intellekt, uning rivojlanishi va uni
chuqur o‘rganish biznes qarorlarni qabul qilishning kelajagi hisoblanadi. Kelajakda bu
texnologiya iqtisodiyotning barcha sohalarida to‘g‘ri yechim topishga imkoniyat
yaratib berishi mumkin.

Sun’iy intellekt: foydalimi yoki zararli?

Sun’iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib
kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning
ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik
ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar.
Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa sun’iy intellektga ijobiy munosabatda bo‘lish
kerakligini uqtirishmoqda. Hatto informasion texnologiylar sohasidagi milliarderlar
orasida ham turli qarashlar mavjud. Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask sun’iy
intellekt insoniyat sivilizatsiyaga xavf solishi mumkin degan fikrda. Maskning
fikricha, sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib
chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or
texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib
chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin. Shuningdek, Microsoft rahbari
Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi: “Bir necha o‘n yildan so‘ng,
robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, sun’iy intellekt shu qadar kuchayib
ketadiki, yakunida u bizni xavotirga sola boshlaydi”.
Bugungi

kunda

ayrim

davlatlarda

robot-hamshiralar,

xaydovchisiz

transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

51

ISSN:3030-3613

yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus
robotlar bajarishyapti.

Olimlar

ularning

tashqi ko‘rinishini

imkon

qadar

odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda. Shu sababli ko’pchilik o’z ish joylarini
yo’qotishi mumkin. Ishsizlik g‘aznachilar, pochta xodimlari, hisobchilar va idora
xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. Sun’iy intellekt ularning vazifasini
bemalol bajara oladi.
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay sun’iy intellekt rivojlanishdan va
odamlarga yordam berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati
tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini
ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot xodimlari bilan o‘ziga
xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.
Sun’iy intellekt aniq fanlar, moliyalashtirish, o'qitish, dizayn, pishirish, o'yin-kulgi va
boshqa ko‘plab sohalarda o‘z o‘rnini egallaydi. Sun’iy intellektning “mehnat” qiymati
juda past bo‘ladi, shuning uchun uni bepul yoki juda arzon narxlarda ishlatishimiz
mumkin. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, ilg‘or sun‘iy intellekt texnologiyalarini keng
joriy etish dunyo aholisining tez o‘sib borayotgan hayot sifatini yaxshilash imkonini
beradi va turli xizmatlar bir necha marotaba yaxshilanadi. Katta ehtimol bilan inson
hayotining farovonligiga yaqinlashtirishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt bugungi kunda insoniyat hayotining

deyarli barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ishlab chiqarishdan tortib ta’lim,
sog‘liqni saqlash, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarigacha sun’iy intellekt
yechimlari samaradorlikni oshirmoqda, inson mehnatini yengillashtirmoqda va yangi
imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq bu texnologiyaning keng tarqalishi bilan birga,
xavfsizlik, axloqiy me’yorlar va ish o‘rinlarining qisqarishi kabi muammolar ham
yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun sun’iy intellektni rivojlantirishda nafaqat
texnologik yutuqlar, balki inson manfaatlarini himoya qilish, axloqiy va huquqiy
masalalarni hal qilish ham muhim ahamiyatga ega. Kelajakda sun’iy intellektdan
oqilona va mas’uliyatli foydalanish insoniyat taraqqiyoti uchun asosiy omillardan biri
bo‘lib qoladi. Shunday ekan, sun’iy intellekt sohasida ilmiy tadqiqotlar,
texnologiyalarni rivojlantirish va qonuniy tartibga solish ishlari doimiy ravishda
davom ettirilishi lozim. Bu orqali biz nafaqat texnologik inqilobga erishamiz, balki
insoniyat farovonligi va kelajak avlodlarning xavfsizligini ta’minlash imkoniga ega
bo‘lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

B.Umarov., M.Umarova. THE PROBLEM OF APPROXIMATING SIGNALS
BASED ON MODELING OF WAVELET - HAAR TRANSFORMATION. - 2020.
- С. 502-506.

2.

Azizovich

UB.

INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR

ORQALI

O'QITUVCHILAR KOMETANSIYATINI SHAKLLANTIRISH TASOSIYLARI.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_2-to’plam_Iyun-2025

52

ISSN:3030-3613

Finlyandiya xalqaro ta'lim ilmiy jurnali. Ijtimoiy va gumanitar fanlar.
2023;11(5):823-8.

3.

Umarov, B., G'ulomjonova, S. (2024). BULUT TEXNOLOGIYASI VA
ULARDAN FOYDALANISH. Zamonaviy ta'limda innovatsion tadqiqotlar, 2(7),
12-14. Qaytadan olindi

4.

Hamrayeva, S. I.,& Samandarov, M. J.(2023). SUN’IY INTELLEKT VA UNING
ASOSIDA YARATILGAN TEXNOLOGIYALARI TAHLILI. Academic
Research in Educational Sciences, 4(3), 269-278.

https://doi.org/

5.

“Speech and Language Processing” by Dan Jurafsky and James H. Martin. 2022

6.

“Deep Medicine: How Artificial Intelligence Can Make Healthcare Human Again”
by Eric Topol. 2019

7.

V.Jo’rayev,B.Umarov.”Kompyuter tarmoqlari”.2024

8.

Ibroximov, T. (2015).

Kompyuter tarmoqlari va aloqa texnologiyalari.

Tashkent:

Iqtisod-Moliya.
(Maqolada kompyuter texnologiyalari va ulardagi kodlash tizimlari haqida batafsil
ma'lumot beriladi.)

9.

Suleymanov, F. (2006).

Axborot texnologiyalari

. Tashkent: O‘zbekiston.

(Axborot texnologiyalarining dastlabki bosqichlari va kodlash tizimlari haqida
gapiriladi.)

10.

Mahmudov, S. (2012).

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari.

Toshkent:

O‘zbekiston.
(Morse

kodining

va

boshqa

kodlash

tizimlarining

kommunikatsiya

texnologiyalariga ta'siri tahlil qilinadi.)

11.

Rahimov, A. (2010).

Kompyuter tarmoqlarida axborot uzatish.

Tashkent: Fan.

(Kompyuter tarmoqlarida axborot uzatish va kodlash tizimlari haqida bilim beradi.)

12.

Abdujabborov, A. (2017

).

Kodlash va raqamli texnologiyalar

. Toshkent: IT Park.

(Kodlash va raqamli texnologiyalarning o'zbek tilidagi tavsifi.)


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

B.Umarov., M.Umarova. THE PROBLEM OF APPROXIMATING SIGNALS

BASED ON MODELING OF WAVELET - HAAR TRANSFORMATION. - 2020.

- С. 502-506.

Azizovich UB. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI

O'QITUVCHILAR KOMETANSIYATINI SHAKLLANTIRISH TASOSIYLARI. Finlyandiya xalqaro ta'lim ilmiy jurnali. Ijtimoiy va gumanitar fanlar.

;11(5):823-8.

Umarov, B., G'ulomjonova, S. (2024). BULUT TEXNOLOGIYASI VA

ULARDAN FOYDALANISH. Zamonaviy ta'limda innovatsion tadqiqotlar, 2(7),

-14. Qaytadan olindi

Hamrayeva, S. I.,& Samandarov, M. J.(2023). SUN’IY INTELLEKT VA UNING

ASOSIDA YARATILGAN TEXNOLOGIYALARI TAHLILI. Academic

Research in Educational Sciences, 4(3), 269-278. https://doi.org/

“Speech and Language Processing” by Dan Jurafsky and James H. Martin. 2022

“Deep Medicine: How Artificial Intelligence Can Make Healthcare Human Again”

by Eric Topol. 2019

V.Jo’rayev,B.Umarov.”Kompyuter tarmoqlari”.2024

Ibroximov, T. (2015). Kompyuter tarmoqlari va aloqa texnologiyalari. Tashkent:

Iqtisod-Moliya.

(Maqolada kompyuter texnologiyalari va ulardagi kodlash tizimlari haqida batafsil

ma'lumot beriladi.)

Suleymanov, F. (2006). Axborot texnologiyalari. Tashkent: O‘zbekiston.

(Axborot texnologiyalarining dastlabki bosqichlari va kodlash tizimlari haqida

gapiriladi.)

Mahmudov, S. (2012). Axborot kommunikatsiya texnologiyalari. Toshkent:

O‘zbekiston.

(Morse kodining va boshqa kodlash tizimlarining kommunikatsiya

texnologiyalariga ta'siri tahlil qilinadi.)

Rahimov, A. (2010). Kompyuter tarmoqlarida axborot uzatish. Tashkent: Fan.

(Kompyuter tarmoqlarida axborot uzatish va kodlash tizimlari haqida bilim beradi.)

Abdujabborov, A. (2017). Kodlash va raqamli texnologiyalar. Toshkent: IT Park.

(Kodlash va raqamli texnologiyalarning o'zbek tilidagi tavsifi.)

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари