THE ROLE OF THE ECONOMY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN | Journal of universal science research

THE ROLE OF THE ECONOMY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
f
288-296
1
To share
Turopova , N. ., & Hasanov , K. . (2024). THE ROLE OF THE ECONOMY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Journal of Universal Science Research, 2(4), 288–296. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/31680
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this scientific article, "Competitive economy" is defined as a national economy that grows proportionately and optimally, in which the necessary conditions are created for the implementation of entrepreneurial activities based on private ownership, and an economy developed on the basis of the laws of the market economy, which serves to constantly improve the living standards of the population. mechanism means an open economic system in which production resources move freely and are regulated by the market mechanism.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

288

https://universalpublishings.com

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN

O'RNI

Turopova Nigora Xolmurod qizi

Termiz davlat universiteti o’qituvchisi

nturopova@tersu.uz

Hasanov Kamoljon Uchqun o'g'li

Termiz davlat universiteti talabasi

Annotatsiya

. Mazkur ilmiy maqolada «Raqobatbardosh iqtisodiyot» deganda

maqbul suratlar va mutanosiblik bilan o'sib boradigan milliy iqtisodiyot, unda
xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy yaxshilanib borishiga
xizmat qiladigan bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan xo'jalik
mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin harakatlanadigan va bozor mexanizmi
yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim tushuniladi.

Kalit so’zlar

: Raqobatbardosh iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot,tadbirkorlik,

bozor iqtisodiyoti, ishlab chiqarish resurslari, ochiq iqtisodiy tizim

РОЛЬ ЭКОНОМИКИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Абстрактный.

В данной научной статье «Конкурентоспособная

экономика» определяется как национальная экономика, развивающаяся
пропорционально и оптимально, в которой созданы необходимые условия для
осуществления предпринимательской деятельности на основе частной
собственности, а также экономика, развивающаяся на основе законов
рыночная экономика, служащая постоянному повышению уровня жизни
населения.механизм означает открытую экономическую систему, в которой
производственные ресурсы движутся свободно и регулируются рыночным
механизмом.

Ключевые слова

: Конкурентная экономика, национальная экономика,

предпринимательство, рыночная экономика, производственные ресурсы,
открытая экономическая система.



background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

289

https://universalpublishings.com

THE ROLE OF THE ECONOMY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract.

In this scientific article, "Competitive economy" is defined as a

national economy that grows proportionately and optimally, in which the necessary
conditions are created for the implementation of entrepreneurial activities based on
private ownership, and an economy developed on the basis of the laws of the market
economy, which serves to constantly improve the living standards of the population.
mechanism means an open economic system in which production resources move
freely and are regulated by the market mechanism.

Key words:

Competitive economy, national economy, entrepreneurship,

market economy, production resources, open economic system


Mamalakatimizning iqitisodiyotni rivojlantirishda O'zbek modeli ijtimoiy-

iqtisodiy salohiyatini, xalqimiz davlatchiligi tarixini, milliy diniy qadriyatlar va
jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgani qayd etildi. Iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchi ahamiyati, qonun ustuvorligi kuchli
ijtimoiy siyosat,bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish mashhur beshta
tamoyilga tayangan ushbu model bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy
demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida istiqlol yillarida barcha amaliy
ishlarning ishonchli poydevori, taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan

O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda beshta ustuvor "Harakatlar
strategiyasi" O'zbekiston xalqi farovonligi va davlatimiz iqtisodiy qudratini
mustahkamlash yo'lida yangi taraqqiyot bosqichida Respublikamizda amalga
oshirilayotgan islohotlarni davom ettirmoqda. Mustaqillikka erishganimizdan to
hozirgi kunga qadar yuqoridagi ikkita tamoyilga tayangan holda iqtisodiyotni
rivojlantirib, xalq farovonligini ta'minlab kelinmoqda. Jaxondagi innovatsion
iqtisodiyotning rivojlanishi bugungi kunlarda sur'atlar bilan namoyon bo'lmoqda.
Innovatsion iqtisodiyotning dinamik rivojlanish tendentsiyasi iste'molchilar talabini
to'liqroq qondirish va iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarida mehnat
unumdorligini yuqori darajada oshirish imkonini beradi.

Respublikamiz iqtisodiyotini samarali rivojlantirishda uning an'anaviy

resurslarga asoslangan modelining muhim muqobil varianti sifatida texnika va
texnologiyalar, ilm-fanning oxirigi natijalari hamda yaxlit holda jamiyat hayotini
uzluksiz yuksalishini ta'minlash maqsadida inson kapitalidan samarali


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

290

https://universalpublishings.com

foydalanishga yo'naltirilgan innovatsion rivojlanish strategiyasiga o'tish alohida
ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy axborot texnolggiyalar innovatsion va
integratsion ijtimoiy iqtisodiyotga - egiluvchan, dinamik, samarali, doimiy
yangilanib turadigan, yangicha mazmun va ko'rinishga ega bo'lgan innovatsion
rivojlanish strategiyasi mos keladi. Sanoat tarmoqlarini, xususan, zamonaviy
tarmoqlarni innovatsion va integratsion rivojlantirishga ham tegishlidir.
Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini ta'minlanilishi xozirgi kungdagi yurtimizning
barqaror rivojlantirishning asosiy dolzarb masalaridan biri. Milliy ijtimoiy va
iqtisodiy izchil ravishda isloh qilish maqsadida tarkibiy jihatdan o'zgartirish va
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, innovatsion va integratsion va yuqori
texnologiyalarga asoslangan yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni
modernizatsiya qilish va innovatsion integratsion zamonaviy texnik yangilash
jarayonlarini tezlashtirish orqaligina ta'minlanishi mumkinligini janoxdagi ko'zga
ko'ringan assosiy va yetakchi davlatlar tajribasi ko'rsatib turibdi. Jahon bozorida
narxi va sifati bo'yicha raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish zarur. Xozirda
milliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va uning
zamonaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash jarayoni uning sub'ektlari iqtisodiy
faoliyatining moddiy-texnika bazasini rivojlanish darajasiga bog'liqdir, chunki
korxonalar resurs salohiyatidan samarali foydalanish iqtisodiy o'sishni ta'minlash va
barqarorlikka erishishning shart-sharoiti va asosiy omili hisoblanadi.

Mamlakat prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va

shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar ekan, ya'ni uni
jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha
islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb
ta'riflanadi. Shunday ekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi tartibda
jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tub
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni
vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy
munosabatlar va jarayonlar endilikda Respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat
manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik mulkka egalik qilish va uni boshqarish,
ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi ,davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini
normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. Iqitodiyotni
rivojlantirishda ko'plab sohalarga e'tibor qaratildi. Shu jumladan xususiy mulk,


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

291

https://universalpublishings.com

tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish uchun ham ko'plab islohotlar o'tkazildi.
Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni
ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora
tadbirlari dasturi amalga oshirilishi doirasida 2016-yil mobaynida qonunchilik va
me'yoriy huquqiy baza tashkil etish hamda uni takomillashtirish ishlari davom
ettirildi. Xususan qurilishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik faoliyati sohasida
ruxsat berish tartib tamoillari doirasida yagona qoida talablar belgilandi, bino va
inshootlar tashqi ko'rinishini o'zgartirish ,obyektlarni qayta iqtisoslashtirish va
rekonstruksiya qilishga, turar joylarni noturar joylar toifasiga o'tkazishga ruhsat
berish talablari joriy etildi. Eksport-import operatsialarini amalga oshirishda,
tadbirkorli operatsialarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini
himoya qilish kafolatlari va choralari kuchaytirildi. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-
quvvatlash va kichik korxonalar tashkil etish maqsadida 2016-yil mobaynida kichik
biznes subyektlariga 15.9 trillion so'mlik kreditlar ajratildi va o'sish 2015 -yilga
nisbatan 1.3 barobarni tashkil etdi. Jumladan qiymati 3.3 trillion so'mlik
mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlarining 915 206.7 million dollar
miqdordagi kredit linyalari o'zlashtirildi. Qulay ishbilarmonlik muhitini
shakillantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab-
quvvatlash hamda yanada rag'batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora
tadbirlar 2016-yil mobaynida qariyb 32 ming yangi kichik biznes sub'yekti tashkil
etish imkonini berdi. Ma'lumki O'zbekiston Respublikasi qaytadan tiklanuvchi
manbalardan energiya ishlan chiqarish yuqori texnika salohiyatiga ega bo'lib uning
97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasining
prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning
energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy etish va
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari
to'g'risida"gi qarori bilan mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish maqsadida
2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasini
ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizdan ko'prog'iga yetkazish vazifasi
belgilandi. Buning uchun 10 yil mobaynida jami 5000 MVt quvvatdagi elektr
stansiyalarini qurish ko'zda tutilgan. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan
foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha
maydonda tomchilab sug'orish texnalogiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan
ekinlar hosildorligini 20-40 foizga oshirish; Yerlarning tanazzulga uchrashi bo'yicha


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

292

https://universalpublishings.com

neytral balanisga erishish; Asosiy turdagi qishloq xo'jaligi oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarishning o'rtacha hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishishdir.
Shuni ham takidlash lozimki, keyingi yillarda mamlakatimizda oilaviy
tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Bu oilalarning
barqaror daromad manbaini shakillantirish, turmush darajasini yanada yaxshilanib
borishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi[3]. O'zbekiston Respublikasining
"Oilalaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonuni bu yo'nalishdagi huquqiy asosi bo'lib
xizmat qilayotir. "Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi", degan
tamoyilini ro'yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar izchil olib borilmoqda. Misol
uchun 2012 - yilda olilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun,
2012 yilda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari
uchun 91.3 milliard so'm kredit mablag'i ajratilgan bo'lsa, 2016-yilda ushbu raqam
367.2 milliard so'mni tashkil etdi . Bugungi kunda yurtimizda 8 mingdan ortiq
oilaviy korxonalar mavjud. Tijorat banklari aholigabank xizmatlari ko'rsatish bilan
birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish ,daromadini oshirish, ish bilan ta'minlashda
ham samarali ishlar olib borilmoqda .Jumladan loyihalarda yaratilgan ish o'rinlariga
qarab beriladigan kreditning yillik stavka foizi pasayib bordi. Bitta ish o'rni yaratgan
tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz beshta va undan ko'p
ish o'rni yaratga tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilandi. Bu loyihalardan
maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir.
Qay tomonga qaramaylik, kichik biznes va xususiy tadbirkorliknig roli va o'rni
tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo'lamiz. 2016 - yilda mamlakat 916
yalpi ichki mahsulotining 56.9 foizi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining
4.5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to'g'ri keladi. Shu bilan
birga, iqtisodiyotda jami ish bilan band bo'lgan aholining 78.1 foizi shu sohada
faoliyat yuritmoqda. 2016-yilda 31.8 mingta kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi.
Bu 2015- yilning shu davridagidan 18.1 foiz ko'p demakdir Jahon bankining 2017-
yil 31-oktabrda e'lon qilingan "Biznesni yuritish 2018: ish o'rinlari yaratish uchun
islohatlar" ma'ruzasiga ko'ra, O'zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o'rinni
turadi egallab, o'tgan yildagi mavqeyini biur yo'la 13 pog'ona yaxshiladi. Qolaversa
mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi
davlatlarning birinchi o'ntaligiga kirishga muvaffaq bo'ldi. Amalga oshirilayotgan
islohotlar O'zbekistonning ishbilarmonligini yaxshilash va biznes yuritish
sharoitlarini soddalashtirish bo'yicha yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

293

https://universalpublishings.com

davlatlari orasida yetakchiga aylanishga imkon berdi. Tadbirkorlik subyektining
davlat

ro'yxatidan

o'tkazish

va

hisobga

qo'yish

tizimining

tubdan

takomillashtirilgani tufayli O'zbekiston korxonani ro'yxztdan o'tkazish ko'rsatkichi
bo'yicha 11-o'rinni band etdi. 2017-yilning 9 oyi davomida o'tgan yilning shu
davrdagiga nisbatan 1.3 marta ko'p biznes sub'ektlari tashkil etganining o'ziyoq
mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi
.Mamlakatimiz xalqi shundan xursandki, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov
yurtimiz ravnaqi yo'lida boshlagan samarali ishlari, yuksak azmu shijoat bilan
davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ezgu sa'y harakatlari,
Kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan mehnat qilib barchaga ibrat bo'layotgani
O'zbekistonni istiqbolda nihoyatda farovon kunlar kutayotganidan darak beradi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari.

Makro iqtispdiy mutanosiblikni saqlash, qabuk qilingan o'rta muddatli

dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarini chuqurlashtirish hisobiga
yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;
Xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining
barcha darajalarida mutanosiblikni taminlash, mahalliy byudjetlarning daromad
qismini

mustahkamlashga

qaratilgan

byudjetlararo

munosabatlarni

takomillashtirish; Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash,
uning tarkibida sanoat va xizmat ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik ulushini ko'paytirish; Ishlab chiqarish modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va
ijtimoiy infratuzilma loihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya
siyosatini olib boorish; Ushbu yuqorida aytilganlar orqali iqrisodiyotni bosqichma
bosqich yuqori pog'onaga olib chiqish choralari amalga oshirilmoqda.

XULOSA

Hozirgi kunimiz ertamizni o'ylab, yurtimiz haqida o'ylab qabul qilinayotgan

farmonlar, qarorlar va qonunlar hamda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar
zamirida ham O'zbekiston yangi marralarni ko'zlayotgani va mamlakatimiz o'z
taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qoyganidan darak beradi, bu islohotlar o'z
navbatida mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini yanada
ko'tarishga qaratilgandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston
Respublikasi qabul qilinganing 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda
ma'ruzasida ta'kidlanganidek,"... tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

294

https://universalpublishings.com

daxilsizligini amalda taminlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor
yo'nalish bo'lib qoldi.... Yana bir bor alohida ta'kidilab o'tmoqchiman :tadbirkor
yo'liga to'siq bo'lishni davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilish kerak" Zero,
Prezidentimiz Oliy Majlisga taqdim qilgan murojaatnomada qayd etilgaidek,
"..xalqimiz ertaga emas uzoq kelajakda emas, aynan bugun o'z hayotida ijobiy
o'zgarishlarni ko'rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko'ngil, bag'rikeng xalqimiz
bunga to'la haqlidir" Vatanimiz rivoji uchun barchamiz masul hisoblanib, uni
istiqboli, farovon hayoti uchun iqtisodiyotini rivojlantiramiz[4]. Xalqimiz o'ziga to'q
bo'lsa, uni kelajagi yanada yaxshilanib borad. Mamlakatimizning farovonligini
yuksaltirish, turmush sharoitini yaxshilash - asosiy vazifamizdir, deb ta'kidlaydi
yurtboshimiz. Iqtisodiy farovonlikka erishgan davlatdagina siyosiy yuksaklikka
intilish mumkin. Iqtisodiyotni mustahkamlamay turib, jahon sahnasida rivojlangan
davlatlarga siyosiy raqobatchi bo'lolmaydi. Hozirdagi vaqtda davlat o'z oldiga
xalqning ijtimoiy turmush darajasini va oylik ish-haqini o'z vaqtida berib borishi
bilan siyosiy mustahkamlikka erisha oladi.

REFERENCES

1.

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Shavkat

Mirziyoyevning

videoselektordagi nutqlari.

2.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi № PQ

- 4477 sonli "2019 - 2030 yillarda O'zbekiston Respublikasining "yashil
iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.

3.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 yildagi

№ 207 sonli Qarori.

4.

Vaxrushina M. A. Strategicheskiy upravlencheskiy uchet/ M. A.

Vaxrushina, M. I. Sidorova. - M.: KnoRus, 2017. -320 s.

1.

Буранова, Л. В. (2023). ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ИПОТЕЧНОГО

ЖИЛИЩНОГО

КРЕДИТОВАНИЯ.

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(19), 437-345.

2.

Turopova, N. (2023). O ‘zbekiston moliya tizimida mahalliy

moliyaning o ‘ziga xos xususiyatlari.

3.

Turopova, N., & Jumanazarov, H. (2024). OʻZBEKISTONDA

TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA GID HAMROHLIGI VA
TARJIMONLIK FAOLIYATINING AHAMIYATI. Молодые ученые, 2(9), 129-
131.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

295

https://universalpublishings.com

4.

Turopova, N., & Ochilov, J. (2024). MAKABGACHA TA’LIM

TASHKILOTLARIDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARI ORQALI
BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’GATISH BORASIDA OLIB
BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI.

Молодые ученые

,

2

(9),

124-128.

5.

Turopova, N., & Daniyarov, I. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SHAXSIY

OLIYAVIY JAMG ‘ARMA YIG ‘ISHDA OYLIK MAOSHNING
OʻRNI.

Молодые ученые

,

2

(9), 60-62.

6.

Turopova, N., & Buriyev, A. (2024). ASSESSMENT AND

IMPLEMENTATION METHODS OF THE EFFECTIVENESS OF MARKETING
ACTIVITIES.

Молодые ученые

,

2

(9), 24-29.

7.

Turopova, N., & Abdurahmonov, B. (2024). MARKETING:

MARKETING

FAOLIYATI

SAMARADORLIGINI

BAHOLASH

USULLARI.

Молодые ученые

,

2

(9), 4-11.

8.

Turopova,

N.,

&

Qudratov,

I.

(2024).

INFLYATSIYA:

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLYATSIYA DARAJASI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 91-97.

9.

Turopova, N., & Jo‘rayev, A. (2024). TALABA-YOSHLAR TA’LIM

DASTURIDA

IJTIMOIY-GUMANITAR

FANLARNI

O

‘RGATISH

METODOLOGIYASI.

Молодые ученые

,

2

(9), 63-66.

10.

Turopova, N., & Norbekov, Z. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT

TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 103-106.

11.

Turopova, N., & Norbayev, S. (2024). TIJORAT BANKLARIDA

QIMMATLI QOG’OZLARGA QILINGAN INVESTITSIYALAR TAHLILI VA
SHU BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR.

Молодые ученые

,

2

(9), 85-87.

12.

Turopova, N., & Keldiyev, A. (2024). MAMLAKAT BANK

TIZIMINING

IQTISODIY

XAVFSIZLIGINI

TA'MINLASH

MASALALARI.

Молодые ученые

,

2

(9), 76-78.

13.

Turopova, N., & Elomonov, H. (2024). O ‘ZBEKISTONDA

HUDUDLAR KESIMIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH
HOLATI.

Молодые ученые

,

2

(9), 36-42.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

296

https://universalpublishings.com

14.

Turopova, N., & Jo’lliyev, M. (2024). O'ZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA

IQTISODIYOTNING

TUTGAN

O'RNI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 67-72.

15.

Turopova, N., & Elmurodova, M. (2024). TEXNOLOGIYALARNING

RIVOJLANISHINING ISH O ‘RNIGA TA’SIRI.

Молодые ученые

,

2

(9), 33-35.

16.

Turopova, N., & Misirov, T. (2024). O ‘ZINI O ‘ZI

BOSHQARISH.

Молодые ученые

,

2

(9), 111-113.

17.

Turopova, N., & Jumayev, R. (2024). YASHIRIN IQTISODIYOTNI

QISQARTIRISH MASALALARI.

Молодые ученые

,

2

(9), 73-75.

18.

Turopova, N., & Choriyev, M. (2024). “ISLOM IQTISODIYOTI” VA

“ISLOM MOLIYASI” TUSHUNCHALARI VA ISHLASH TARTIBI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 30-32.

19.

Turopova, N., & Ergasheva, F. (2024). TA’LIM TIZIMIDA

RAQAMLI

VA

AXBOROT

RESURSLARDAN

FOYDALANISH

ISTIQBOLLARI.

Молодые ученые

,

2

(9), 43-45.

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi nutqlari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi № PQ - 4477 sonli "2019 - 2030 yillarda O'zbekiston Respublikasining "yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 yildagi № 207 sonli Qarori.

Vaxrushina M. A. Strategicheskiy upravlencheskiy uchet/ M. A.

Vaxrushina, M. I. Sidorova. - M.: KnoRus, 2017. -320 s. 1. Буранова, Л. В. (2023). ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ИПОТЕЧНОГО ЖИЛИЩНОГО КРЕДИТОВАНИЯ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(19), 437-345.

Turopova, N. (2023). O ‘zbekiston moliya tizimida mahalliy moliyaning o ‘ziga xos xususiyatlari.

Turopova, N., & Jumanazarov, H. (2024). OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA GID HAMROHLIGI VA TARJIMONLIK FAOLIYATINING AHAMIYATI. Молодые ученые, 2(9), 129- 131.

Turopova, N., & Ochilov, J. (2024). MAKABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARI ORQALI BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’GATISH BORASIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI. Молодые ученые, 2(9), 124-128.

Turopova, N., & Daniyarov, I. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SHAXSIY OLIYAVIY JAMG ‘ARMA YIG ‘ISHDA OYLIK MAOSHNING OʻRNI. Молодые ученые, 2(9), 60-62.

Turopova, N., & Buriyev, A. (2024). ASSESSMENT AND IMPLEMENTATION METHODS OF THE EFFECTIVENESS OF MARKETING ACTIVITIES. Молодые ученые, 2(9), 24-29.

Turopova, N., & Abdurahmonov, B. (2024). MARKETING: MARKETING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

USULLARI. Молодые ученые, 2(9), 4-11.

Turopova, N., & Qudratov, I. (2024). INFLYATSIYA: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLYATSIYA DARAJASI. Молодые ученые, 2(9), 91-97.

Turopova, N., & Jo‘rayev, A. (2024). TALABA-YOSHLAR TA’LIM DASTURIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O ‘RGATISH

METODOLOGIYASI. Молодые ученые, 2(9), 63-66.

Turopova, N., & Norbekov, Z. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI. Молодые ученые, 2(9), 103-106.

Turopova, N., & Norbayev, S. (2024). TIJORAT BANKLARIDA QIMMATLI QOG’OZLARGA QILINGAN INVESTITSIYALAR TAHLILI VA

SHU BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR. Молодые ученые, 2(9), 85-87.

Turopova, N., & Keldiyev, A. (2024). MAMLAKAT BANK TIZIMINING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH

MASALALARI. Молодые ученые, 2(9), 76-78.

Turopova, N., & Elomonov, H. (2024). O ‘ZBEKISTONDA HUDUDLAR KESIMIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH

HOLATI. Молодые ученые, 2(9), 36-42.

Turopova, N., & Jo’lliyev, M. (2024). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI. Молодые ученые, 2(9), 67-72.

Turopova, N., & Elmurodova, M. (2024). TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHINING ISH O ‘RNIGA TA’SIRI. Молодые ученые, 2(9), 33-35. 16. Turopova, N., & Misirov, T. (2024). O ‘ZINI O ‘ZI BOSHQARISH. Молодые ученые, 2(9), 111-113. 17. Turopova, N., & Jumayev, R. (2024). YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH MASALALARI. Молодые ученые, 2(9), 73-75. 18. Turopova, N., & Choriyev, M. (2024). “ISLOM IQTISODIYOTI” VA “ISLOM MOLIYASI” TUSHUNCHALARI VA ISHLASH TARTIBI. Молодые ученые, 2(9), 30-32. 19. Turopova, N., & Ergasheva, F. (2024). TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI VA AXBOROT RESURSLARDAN FOYDALANISH

ISTIQBOLLARI. Молодые ученые, 2(9), 43-45

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов