“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
164
TOLDOSHLAR OILASIGA MANSUB DARAXTLARNI KEMIRUVCHI
ZARARKUNANDA XIDLI DARAXTXO‘RNI ZARARLASHI VA UNGA QARSHI
KURASH CHORALARI
Axmedov Anvar Tursunboyevich
Ummatov Anvar Muxtorovich
Yuldashev Farruxbek Ergashboyevich
Andijon davlat universiteti
farruh.uz1983@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kapalaklar turkumiga mansub,
Cossidae
oilasiga kiruvchi
hidli daraxtxo‘r (
Cossus cossus
L.) zararkunandasi haqida so‘z boradi. Ushbu hasharot Markaziy
Osiyoda, xususan O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa terak va tol daraxtlariga jiddiy zarar
yetkazadi. Mualliflar 2018–2020 yillarda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlarida dala
kuzatuvlari o‘tkazib, ushbu zararkunandaning tarqalishi va zarar darajasini baholaganlar. Hidli
daraxtxo‘rning biologiyasi, rivojlanish sikli va unga qarshi samarali kurash choralariga oid tavsiyalar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Hidli daraxtxo‘r,
Cossus cossus
L., zararkunanda, terak, tol, biologiya,
ekologiya, kurash choralari, dala kuzatuvlari.
Аннотация
:
В
данной
статье
рассматривается
вредитель
из
отряда
чешуекрылых
,
семейства
Cossidae –
пахучий
древесный
точильщик
(
Cossus cossus
L.).
Этот
вредитель
широко
распространён
в
Центральной
Азии
,
особенно
в
Узбекистане
,
и
наносит
серьёзный
ущерб
тополю
и
иве
.
Авторы
провели
полевые
наблюдения
в
2018–2020
годах
в
Андижанской
,
Ферганской
,
Наманганской
,
Ташкентской
областях
,
где
изучили
распространение
и
степень
повреждения
деревьев
.
Приводятся
биологические
особенности
,
жизненный
цикл
вредителя
и
предлагаются
меры
борьбы
.
Ключевые
слова
:
Пахучий
древесный
точильщик
,
Cossus cossus
L.,
вредитель
,
тополь
,
ива
,
биология
,
экология
,
меры
борьбы
,
полевые
наблюдения
.
Abstract:
This article discusses the scented carpenterworm (
Cossus cossus
L.), a pest
belonging to the order Lepidoptera and family Cossidae. This species is widely distributed in Central
Asia, especially in Uzbekistan, and causes significant damage to poplar and willow trees. The authors
conducted field observations from 2018 to 2020 in the regions of Andijan, Fergana, Namangan,
Tashkent evaluating the distribution and damage levels. The paper provides insights into the pest’s
biology, life cycle, and recommends control measures.
Keywords:
Scented carpenterworm
, Cossus cossus
L., pest, poplar, willow, biology, ecology,
control measures, field observations.
Kapalaklar turkumining, daraxtxo‘rlar (
Cossidae
) oilasi mansub bo‘lgan zararkunanda
hasharot bo‘lib, Markziy Osiyo sharoitida 60 dan ortiq turlari mavjud [1]. Kapalaklari kichik hamda
juda yirik (10 smdan oshiq) bo‘lishi mumkin. Tanasi yo‘g‘on, boshi kichik va xartumsiz
(oziqlanmaydi). Qanotlari yirik, muhitga moslashgan rang (kulrang-qo‘ng‘ir, oxrasimon, turli izlar
bilan qoplangan oqish va b.). Kapalaklari kech qorang‘uda uchadi. Terak, tol, qayrag‘och, olma va
boshqa daraxtlarga moslashgan turlardan biri xidli daraxt kemiruvchisidir –
Cossus cossus
L. Bu
hasharot keng tarqalgan bo‘lib, uni Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa, Yaqin G‘arb, Rossiya,
Kavkaz, O‘rta Osiyo davlatlari, hamda Yaponiyada uchratish mumkin[1,2]. Uni O‘zbekiston hamda
Tojikiston xududlarida tez-tez uchratish mumkin. Terak va tolga jiddiy zarar keltiradi. Uni dengiz
satxidan 2000 m balandlikda ham tog‘larda uchratsa bo‘ladi.
Qurtlari yirik va harakatchang bo‘lib, boshi qora, yelka tomoni to‘q qizil rangga qoplanib,
segmentlarini ajratib turadi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
165
1
2
3
1- rasm. Hidli daraxtxo‘r:
1 – kapalagi, 2 – zararlangan terakning ko‘rinishi,3 – katta yosh qurtlari po‘stloq ostida
Hidli daraxtxo‘r ikki yilda bir avlod berib rivojlanadi. U qurtlik davrida daraxtlarning po‘stloq
osti hamda yog‘och qismida “shahar mo‘ylovdori” singari yo‘g‘on teshik izlar qoldirib qishlab
chiqadi. Bahor kunlari kelishi bilan, rivojlanishni davom etadi. Bu hasharotning qurti rivojlanayotgan
daraxt yuziga shikastlangan joydan qoramtir hidli suyuqlik chiqib oqadi (rasmga qarang). O‘z nomini
shuning uchun ham olgan.
Qurtlari jami 8 marta po‘st tashlab, 22 oy mobaynida rivojlanadi. Uchinchi yilning may-iyun
oylarida g‘umbaklanishga tayyorgarlik ko‘radi. Buning uchun, qurtlarning bir qismi yerga tushib,
qolgani daraxt po‘stlog‘i ostida, to‘nka va boshqa pana joylarda qalin pilla – belanchak yasaydi.
G‘umbaklik davri bir oygacha davom etadi. Kapalaklar iyul oyida yangi avlodni boshlab beradi.
Kapalaklar kechasi uchib juftlashgach, tuxum qo‘yishga kirishadi. Buning uchun
daraxtlarning shikastlangan, yoki po‘stloqlarining yorilgan joylarini topib 5-tadan 20-tagacha tuxum
qo‘yadi. Ochib chiqqan qurtlar dastavval po‘stloq ostida iz qoldirib oziqlanadi, keyinchalik esa
tanasini o‘yib kuzga borib, daraxtlarning ksilema (yuqoriga chiqaruvchi va floema (pastga
tushuruvchi) to‘qimalarini shikastlab, ularning o‘sib rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Sovuq kunlar
tushishi bilan qurtlari diapauzaga kirib qishlab qoladi. Biz terak va tol daraxtlarini turli viloyat va
sharoitlarda hidli daraxtxo‘r bilan zararlanishini o‘rgandik. (1-jadvalga qarang).
1-javdal
Turli viloyat va sharoitlarda terak va tol daraxtlarini xidli daraxtxo‘r bilan zararlanishi
Dala kuzatuvlari, 2018-2020 yy.
Viloyat va xududlar
Terak
Tol
Viloyat
Xudud
50 tadan nechtasi
zararlangan
%
50 tadan
nechtasi
zararlangan
%
Andijon
1. Xojaobod
2. Jalaquduq
3. Oltinko‘l
3
7
12
6
14
24
0
3
5
0
6
10
Farg‘ona
1. Bog’dod
2. Yozyovon
0
6
0
12
0
3
0
6
Namangan
1.Uchqo‘rg’on
9
18
0
0
Toshkent
1. Qibray
2. Bo‘stonliq
7
2
14
4
2
0
4
0
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
166
Jadvaldan quyidagi xulosalar qilsa bo‘ladi.
1. Hidli daraxtxo‘r barcha nazorat o‘tkazilgan viloyatlarda tarqalganligi aniqlandi.
2. Hidli daraxtxo‘r bilan teraklar tollarga nisbatan ko‘proq zararlanar ekan.
3. Viloyatlar orasida: Andijon va Namangan viloyatlarida teraklar kuchliroq zararlangan.
Hidli daraxtxo‘rga qarshi mahsus himoya vositasi yoki usuli sinab ko‘rilmadi, ammo shunisi
ma’lumki, bunga qarshi kurashda ma’lum darajada mexanik usul yordam berishi mumkin. Ya’ni,
agarda kuzda terak novdalari agrotexnik yoki sanitar maqsadlarda kesilgan bo‘lsa, ularning o‘rnini
moyli bo‘yoq bilan ishlab qo‘yish kerak. Ikkinchidan, terakni barcha zararkunandalarga qarshi
biryo‘la ishlov o‘tkazish paytida (may-iyun) imagotsid va larvitsid dorilarni ishlatish hidli
daraxtxo‘rga qarshi ham samara berishi mumkin. Va uchinchidan, biz tavsiya qilayotgan shahar
mo‘ylovdori, po‘stloq xo‘rlar hamda so‘ruvchi hasharotlarga qarshi ildiz orqali himoya qilish usuli
(keyinroq keltiriladi) bu hasharotga qarshi ham samara berishi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Азимов
Д
.
А
.,
Бекузин
А
.
А
.,
Давлетшина
А
.
Г
.,
Кадырова
М
.
К
.
Насекомые
Узбекистана
. –
Ташкент
:
Фан
, 1993. – 320
с
.
2.
Махновский
И
.
К
.
Вредители
защитных
лесных
насаждений
Средней
Азии
и
борьба
с
ними
. –
Ташкент
:
Госиздат
УзССР
, 1955. – 195
с
.
