Universal International Scientific Journal
157
1
Odilova Yorqinoy Kozimjon qizi.,
2
Axmedov Anvar Tursunboyevich
1
Andijon davlat universiteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
1
Andijon davlat universiteti biologiya Zoologiya va biokimyo kafedrasi o‘qituvchisi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida global miqyosda eng keng tarqalgan onkologik
kasalliklardan biri bo‘lib, O‘zbekistonda ham sog‘liqni saqlash tizimida muhim muammo sanaladi. Ushbu
maqola ko‘krak bezi saratonining epidemiologiyasi, etiologik omillari, diagnostika usullari va
davolashning zamonaviy yondashuvlarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda
2020-yilda 4454 yangi holat qayd etilgan bo‘lib, kasallikning erta aniqlanishi va davolash samaradorligi
skrining dasturlari va genetik testlarning joriy etilishi bilan sezilarli yaxshilangan. Xavf omillari orasida
irsiy predispozitsiya (BRCA1/2 mutatsiyalari), gormonal disbalans, turmush tarzi va ekologik omillar
muhim o‘rin tutadi. Diagnostikada mammografiya, ultratovush va biopsiya asosiy usullar sifatida
qo‘llaniladi, davolashda esa jarrohlik, radiatsiya, kimyoterapiya, gormonal va maqsadli terapiyalar
integratsiyalashgan yondashuv sifatida qo‘llanilmoqda. Maqola, shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash
tizimidagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan profilaktik choralar va skrining
dasturlarining ahamiyatini ta’kidlaydi. Tadqiqot natijalari ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash va
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
AYOLLARDA KOʻKRAK BEZI SARATONI KASALLIKLARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4
Published: 21.04.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
15
8
davolashda innovatsion texnologiyalar va xalqaro tajribani mahalliy sharoitlarga moslashtirish zarurligini
ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
ko‘krak bezi saratoni, ayollar onkologiyasi, epidemiologiya, xavf omillari,
mammografiya, skrining, genetik mutatsiyalar, BRCA1/2, diagnostika, jarrohlik davolash, kimyoterapiya,
gormonal terapiya, maqsadli terapiya, profilaktika, O‘zbekiston, sog‘liqni saqlash.
Аннотация:
Рак молочной железы является одним из самых распространенных
онкологических заболеваний среди женщин во всем мире, а также представляет собой серьезную
проблему в системе здравоохранения Узбекистана. В статье представлен научно обоснованный
анализ эпидемиологии, этиологических факторов, методов диагностики и современных подходов к
лечению рака молочной железы. По имеющимся данным, в 2020 году в Узбекистане было
зарегистрировано 4454 новых случая заболевания, а раннее выявление заболевания и
эффективность лечения значительно улучшились благодаря внедрению программ скрининга и
генетических тестов. Факторы риска включают генетическую предрасположенность (мутации
BRCA1/2), гормональный дисбаланс, образ жизни и факторы окружающей среды. Основными
методами диагностики являются маммография, ультразвуковое исследование и биопсия, а
хирургическое вмешательство, лучевая терапия, химиотерапия, гормональная и таргетная терапия
применяются в качестве комплексного подхода к лечению. В статье также подчеркивается важность
профилактических мероприятий и программ скрининга, реализуемых в рамках стратегии
«Узбекистан-2030» в системе здравоохранения Узбекистана. Результаты исследования
свидетельствуют о необходимости адаптации инновационных технологий и международного опыта
к местным условиям в области раннего выявления и лечения рака молочной железы.
Ключевые слова:
рак молочной железы, женская онкология, эпидемиология, факторы риска,
маммография, скрининг, генетические мутации, BRCA1/2, диагностика, хирургическое лечение,
химиотерапия, гормональная терапия, таргетная терапия, профилактика, Узбекистан,
здравоохранение.
Abstract:
Breast cancer is one of the most common oncological diseases among women globally and
is also a significant problem in the healthcare system in Uzbekistan. This article provides a scientifically
based analysis of the epidemiology, etiological factors, diagnostic methods, and modern approaches to
treatment of breast cancer. According to data, 4,454 new cases were recorded in Uzbekistan in 2020, and
early detection and treatment effectiveness have significantly improved with the introduction of screening
programs and genetic tests. Among the risk factors, hereditary predisposition (BRCA1/2 mutations),
hormonal imbalance, lifestyle, and environmental factors play an important role. Mammography,
ultrasound, and biopsy are used as the main methods in diagnostics, while surgery, radiation, chemotherapy,
hormonal, and targeted therapies are used as an integrated approach in treatment. The article also highlights
Universal International Scientific Journal
15
9
the importance of preventive measures and screening programs implemented within the framework of the
Uzbekistan-2030 strategy in the Uzbek healthcare system. The results of the study indicate the need to adapt
innovative technologies and international experience to local conditions in the early detection and treatment
of breast cancer.
Keywords:
breast cancer, women's oncology, epidemiology, risk factors, mammography, screening,
genetic mutations, BRCA1/2, diagnostics, surgical treatment, chemotherapy, hormonal therapy, targeted
therapy, prevention, Uzbekistan, healthcare.
Language:
Uzbek
Citation:
Odilova , Y., & Akhmedov , A. (2025). BREAST CANCER DISEASES IN WOMEN.
Universal
International
Scientific
Journal,
2(4),
157–166.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1512
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15274909
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish
Dunyo
boʻyicha
statistik
maʼlumotlarga qaraganda, har kuniga
oʻrtacha 1 300 dan ortiq ayollar koʻkrak
bezi saratoni tufayli hayotdan erta koʻz
yummoqda. Jahon sogʻliqni saqlash
tashkiloti
(JSST)ning
2020-yilgi
maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyo
boʻyicha 2,3 milliondan ortiq ayolga ushbu
xavfli kasallik tashxisi qoʻyiladi. Koʻkrak
bezi saratoni bugungi kunda ayollar orasida
eng koʻp uchraydigan va o‘limga olib
keluvchi
saraton
turlaridan
biri
hisoblanadi. Ayni yili bu kasallik sababli
685 mingdan ziyod ayollar hayotdan koʻz
yumgan.
Koʻkrak bezi saratoni nafaqat
ayollarning jismoniy sogʻligiga, balki
ularning ruhiy holatiga, ijtimoiy faolligiga
va oilaviy hayotiga ham katta taʼsir
ko‘rsatadi.
Ko‘plab
rivojlangan
mamlakatlarda
erta
diagnostika
va
zamonaviy davolash usullarining yo‘lga
qo‘yilgani tufayli bu kasallikdan omon
qolish ko‘rsatkichlari oshgan bo‘lsa-da,
rivojlanayotgan
va
past
daromadli
mamlakatlarda bu muammo hanuz dolzarb
bo‘lib qolmoqda.
Oʻzbekistonda esa koʻkrak bezi
saratoni yil sayin kengayib borayotgan
jiddiy tibbiy va ijtimoiy muammolardan
biri
hisoblanadi.
Respublika
ixtisoslashtirilgan
onkologiya
va
radiologiya
ilmiy-amaliy
tibbiyot
markazining maʼlumotlariga koʻra, har yili
4 mingdan ortiq ayolda bu kasallik
aniqlanmoqda. Eng achinarlisi, ularning
katta qismi kasallikning 2 yoki 3-
bosqichida shifokorga murojaat qilishadi.
Universal International Scientific Journal
1
60
Bu
esa
davolash
samaradorligini
kamaytiradi va hayot uchun xavf darajasini
oshiradi.
Kasallikning
keng
tarqalishiga
asosiy
sabablar
sifatida
ayollarning
sog‘lig‘iga
befarqligi,
profilaktik
ko‘riklarga
e’tiborsizlik,
tibbiy
madaniyatning pastligi hamda baʼzi
hollarda
ijtimoiy
uyalish
holatlari
ko‘rsatiladi. Ko‘krak bezi saratoniga qarshi
kurashishda erta tashxis qo‘yish, aholi
xabardorligini oshirish va sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish muhim o‘rin tutadi.
Ushbu maqolada koʻkrak bezi
saratonining sabablari, xavf omillari,
alomatlari, tashxislash va davolash yo‘llari,
shuningdek, uni oldini olish choralari
haqida to‘liq maʼlumot beriladi.
Ko‘krak bezi saratonining sabablari
va xavf omillari
Irsiy (nasliy) omillar
Eng asosiy genetik xavf BRCA1 va
BRCA2 genlaridagi mutatsiyalardir. Ular
sog‘lom hujayralarni himoya qilish
o‘rniga,
noto‘g‘ri
bo‘lsa,
saratonni
rivojlanishiga imkon beradi.
Agar
oilada
onada,
opada,
buvijonda, xolada yoki tog‘ada ko‘krak
yoki tuxumdon saratoni bo‘lgan bo‘lsa,
ehtimol kelgusi avlodlarda ham kuzatilishi
mumkin.
Genetik test orqali bu xavfni erta
aniqlash mumkin.
Gormonlar bilan bog‘liq omillar
Estrogen
— ayollar gormoni.
Ko‘krak to‘qimalariga bevosita ta’sir
qiladi. Tanada uzoq vaqt davomida yuqori
bo‘lishi saraton xavfini oshiradi.
Ko‘p yillar davomida tug‘maslik,
emizmaslik yoki gormonli dorilarni ko‘p
ichish bu holatni kuchaytiradi.
Shuningdek, polikistik tuxumdon
sindromi, giperestrogeniya kabi kasalliklar
ham estrogen miqdorini oshiradi.
Reproduktiv tarix
Erta hayz (12 yoshdan oldin) va kech
menopauza (55 yoshdan keyin) bo‘lsa,
tanada estrogen ko‘p vaqt ushlanib qoladi.
Farzand ko‘rmagan ayollar yoki
kech tug‘ganlar (30 yoshdan keyin)
ko‘proq xavf ostida.
Emizish muddati qancha uzoq
bo‘lsa, xavf shuncha kamayadi — chunki
emizish
gormonlarni
tabiiy
tarzda
muvozanatlashtiradi.
Tashqi omillar va hayot tarzi
Chekish va spirtli ichimliklar —
ko‘krak
hujayralarining
tuzilishini
o‘zgartirib, saratonni keltirib chiqarishi
mumkin.
Notog‘ri ovqatlanish — yog‘li, qayta
ishlangan, konservali mahsulotlar, go‘sht
mahsulotlarini ortiqcha iste’mol qilish.
Jismoniy harakatsizlik — ortiqcha
vazn estrogen miqdorini oshiradi, bu esa
xavfni kuchaytiradi.
Stress — surunkali kuchli stress
gormonlar balansi va immunitet tizimiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Radiatsion ta’sir
Yoshligida
(masalan,
limfoma
uchun)
ko‘krak
sohasiga
nisbatan
Universal International Scientific Journal
1
6
1
radiatsion muolajalar olganlar ko‘proq xavf
ostida bo‘ladi.
Radiatsiya
hujayra
DNKsini
shikastlab, noto‘g‘ri bo‘linishlarni keltirib
chiqaradi.
Sun’iy gormonlar va dorilar
Menopauzadan keyin estrogenga
asoslangan gormonal terapiya uzoq vaqt
davom etsa, xavf ortadi.
Ba’zi turdagi tug‘ilishdan saqlovchi
dorilarni (oral kontraseptivlar) uzoq yillar
davomida ichish ham xavf omillaridan biri
sanaladi.
Ko‘krak to‘qimasining zichligi
Ba’zi ayollarning ko‘krak bezlari
tabiatan zich bo‘ladi — ya’ni yog‘
qatlamidan ko‘ra ko‘proq bezli va tolali
to‘qimalardan iborat.
Bunday
holatda
saratonni
erta
aniqlash qiyin bo‘ladi, shuningdek, u
o‘zidan o‘zi xavfni ham oshiradi.
Oldin ko‘krakda kasallik bo‘lgan
bo‘lsa
Avval benign (yaxshi sifatli) ko‘krak
o‘smasi yoki displaziya bo‘lgan bo‘lsa, u
ham xavfni oshirishi mumkin.
Ayniqsa, “atipik giperplaziya” deb
ataladigan holatlar saratonga aylanish
ehtimoli yuqori.
Nisbatan kam uchraydigan, lekin
mavjud xavf omillari:
Tungi ish rejimi (shift work) —
kechasi ishda bo‘lish melatonin gormonini
kamaytiradi,
bu
esa
ko‘krak
hujayralarining
saratonlanishiga
olib
kelishi mumkin.
Kimyoviy moddalarga ta’sir —
ayrim kosmetika, plastmassa idishlar,
kimyoviy tozalagichlar tarkibidagi bisfenol
A (BPA) va ftalatlar gormonlarga o‘xshash
ta’sir ko‘rsatib, xavfni oshiradi.
Yuqori bo‘y uzunligi — genetik va
gormonal sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Kech hayz davrida og‘riq kuchli
bo‘lishi — bu ham ba’zan gormonal
nomutanosiblik alomati bo‘lishi mumkin.
Ko‘krakdagi o‘zgarishlar:
Ko‘krak tugunak (massalar) yoki
shish:
Ko‘krakdagi tugunak (massalar) eng
ko‘p uchraydigan alomatlardan biridir. Bu
tugunak ko‘krakning har qanday qismini,
shu jumladan qo‘ltiq ostini ham egallashi
mumkin.
U odatda qattiq va harakatsiz
bo‘ladi. Og‘riqsiz bo‘lishi mumkin, lekin
ba'zi hollarda og‘riq sezilishi mumkin.
Ko‘krak hajmi yoki shaklining
o‘zgarishi:
Ko‘krakning bir tomoni kattalashishi
yoki kichrayishi mumkin.
Ko‘krakning
shakli
o‘zgarishi
mumkin: yuqori yoki pastga osilish, to‘liq
yoki notekis ko‘rinish.
Ko‘krak terisining o‘zgarishi:
Universal International Scientific Journal
1
62
Teri ustida apelsin po‘stlog‘i kabi
g‘adir-budirliklar paydo bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak terisi qizarishi, shishishi,
issiqlik sezilishi mumkin.
Teri
mustahkamlanishi
yoki
burmalanishi ham mumkin.
So‘rg‘ich
(bradavitsa)dagi
o‘zgarishlar:
So‘rg‘ich ichkariga kirib ketishi yoki
shaklining o‘zgarishi. So‘rg‘ichdan qonli
yoki suyuqlik ajralishi (sariq, yashil yoki
qon aralash suyuqlik). Og‘riq yoki
noqulaylik: Ko‘krakdagi og‘riq ko‘pincha
saraton bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ammo
ayrim hollarda og‘riq sezilishi mumkin.
Og‘riq ko‘krakning o‘ziga yoki
uning atrofidagi hududlarga tarqalishi
mumkin. Ba'zan og‘riq bitta ko‘krakda va
qo‘ltiq ostida bo‘ladi. Limfa tugunlari
o‘zgarishi:
Limfa tugunlari ózgarishi. Qo‘ltiq
osti limfa tugunlarining kattalashishi:
Ko‘krak bezi saratoni boshlanganda,
saraton hujayralari limfa tugunlariga
tarqalishi mumkin.
Kattalashgan
limfa
tugunlari
og‘riqsiz bo‘lishi mumkin, lekin ba'zi
hollarda sezuvchanlik yoki og‘riq bo‘lishi
mumkin.
Bo‘yindagi limfa tugunlarining
kattalashishi: Ko‘krak bezi saratoni bo‘lsa,
bo‘yinda ham kattalashgan limfa
tugunlarini sezish mumkin.
Noto‘g‘ri yoki anormal ko‘krak
so‘rg‘ichidan
ajralmalar:
Suyuqlik
ajralishi:
So‘rg‘ichdan shaffof, sariq yoki
yashil suyuqlik ajralishi, ba'zan esa qon
aralash suyuqlik bo‘lishi mumkin.
Bu saratonning muhim belgilaridan
biri bo‘lishi mumkin, lekin u boshqa
kasalliklar bilan ham bog‘liq bo‘lishi
mumkin, masalan, mastit yoki benign
o‘zgarishlar.
Kechki alomatlar: Issiqlik va shish:
Ko‘krak bezi saratonining ba'zi
shakllari (masalan, yallig‘lanishli turdagi
saraton) ko‘krakda issiqlik, qizarish va
shishishga olib kelishi mumkin.
Bu
holat
odatda
infektsiyaga
o‘xshaydi, lekin antibiotiklar yordam
bermaydi.
Charchoq
va
holsizlik:
Saratonning ilg‘or bosqichlarida, charchoq
va umumiy holsizlik bo‘lishi mumkin. Bu
holat ko‘krak bezi saratonining tana orqali
tarqalganligini ko‘rsatuvchi alomatlardan
biri bo‘lishi mumkin.
Boshqa alomatlar: Og‘riqli yoki
qattiq ko‘krak: Ba'zi hollarda, ko‘krakdagi
o‘zgarishlar og‘riqni keltirib chiqarishi
mumkin. Og‘riq ko‘krakning o‘zida yoki
uning atrofida sezilishi mumkin.
Nafas qisishi yoki nafas olishda
qiyinchilik: Agar saraton o‘pka yoki
boshqa organlarga tarqalgan bo‘lsa, nafas
olishda
qiyinchiliklar
yuzaga
kelishi
mumkin.
Kechki alomatlar va metastazlar:
Suyaklarda og‘riq: Agar saraton suyaklarga
tarqalgan bo‘lsa, bu suyaklarda og‘riq yoki
sezuvchanlik keltirib chiqarishi mumkin.
Jigar yoki o‘pka metastazlari:
Universal International Scientific Journal
1
63
Jigar yoki o‘pka metastazlarida
terining sarg‘ayishi yoki o‘pka og‘rig‘i
bo‘lishi mumkin.
Ratsional
alomatlar:
Anemiya
(kamqonlik):
Ko‘krak bezi saratoni
davomida kamqonlik bo‘lishi mumkin, bu
esa o‘zini charchoq, bosh aylanishi va og‘ir
nafas olishda ko‘rsatiladi.
O‘zgargan ishtaha va og‘irlik:
Ishtahaning pasayishi va noaniq vazn
yo‘qotish ko‘krak bezi saratoni belgilari
bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak bezi saratonini tashxislash
usullari
O'z-o'zini tekshirish (har oy):
Har oyning bir xil kunida (odatda
hayzdan keyin 5-7-kuni) ko‘krakni qo‘l
bilan tekshirib ko‘rish.
Shish,
qattiqlik,
tuzilmaning
o‘zgarishi, og‘riq yoki suyuqlik chiqishi
bor-yo‘qligini kuzatish.
Shifokor tomonidan ko‘rik:
Ginekolog yoki mammolog har 6
oyda yoki yilda bir marta ko‘krakni
ko‘rikdan o‘tkazadi.
Shish, yallig‘lanish, limfa tugunlari
kattalashuvi
aniqlansa,
qo‘shimcha
tekshiruvlar tavsiya etiladi. Mammografiya
(rengen tekshiruvi): 40 yoshdan keyin har
1-2 yilda bir marta bajariladi. Shishlarni
erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.
Ultratovush (UZI): Ayniqsa, 40
yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun mos.
Ko‘krakdagi
o‘zgarishlarni,
zichlikni va kistalarni aniqlashda yordam
beradi. Biopsiya: Shubhali o‘simtadan
namunalar
olinadi
va
laboratoriyada
tekshiriladi. Bu usul orqali o‘simtaning
yaxshi yoki yomon (saraton) ekanligi
aniqlanadi.
MRI
(magnit-rezonans
tomografiya): Murakkab holatlarda yoki
yuqori xavf guruhidagi ayollar uchun
qo‘llaniladi.
Koʻkrak
bezi
saratoni
davolash usullari: Koʻkrak saratonini
davolash
saratonning
turi,
bosqichi,
ayolning yoshi, sogʻligi va boshqa
omillarga
qarab
belgilanadi.
Asosiy
davolash usullari quyidagilardan iborat:
Jarrohlik
(operatsiya).
Lumpektomiya
(ko‘krakni
saqlovchi
operatsiya): Faqat saraton to‘qimasi va
uning atrofidagi ozgina sog‘lom to‘qima
olib tashlanadi. Mastektomiya: To‘liq bir
ko‘krak bezi olib tashlanadi. Linf
tugunlarini olib tashlash: Saraton limfa
tugunlariga tarqalgan bo‘lsa, ularni ham
olib tashlash kerak bo‘ladi.
Radiatsion terapiya (nurlantirish).
Jarrohlikdan
keyin
saraton
hujayralarini butkul yo‘qotish maqsadida
qo‘llaniladi.
Universal International Scientific Journal
1
64
Ko‘krak yoki qo‘ltiq osti sohalariga
beriladi. Kimyoterapiya: Kuchli dorilar
yordamida saraton hujayralarini o‘ldirish.
Jarrohlikdan oldin (neoadjuvant)
yoki keyin (adjuvant) qo‘llaniladi.
Agar
saraton
rivojlangan
yoki
boshqa joylarga tarqalgan bo‘lsa, asosiy
davolash usuli hisoblanadi.
Gormonal
terapiya
(Endokrin
davolash). Agar saraton estrogen yoki
progesteronga sezgir bo‘lsa (gormon
retseptor-musbat
bo‘lsa),
bu
usul
qo‘llaniladi.
Tamoxifen,
aromataza
inhibitörlari kabi dori vositalari ishlatiladi.
Maqsadli (targeted) terapiya
Saraton hujayralarining maʼlum
genetik xususiyatlariga qarshi qaratilgan
davo. Masalan, HER2-musbat saratonlarda
Trastuzumab (Herceptin) ishlatiladi.
Immunoterapiya
Baʼzi hollarda,
immunitet tizimini faollashtirib, saraton
hujayralarini yo‘q qilish maqsadida
qo‘llaniladi.
Ko‘krak bezi saratonining oldini
olish choralari:
1. Sog‘lom turmush tarzini olib
borish.
Ortiqcha
vazndan
saqlanish:
Ortiqcha
tana
vazni,
ayniqsa
menopauzadan keyin, ko‘krak bezi saratoni
xavfini oshiradi.
Jismoniy faollik: Haftasiga kamida
150 daqiqa o‘rtacha darajadagi yoki 75
daqiqa yuqori darajadagi jismoniy faollik
tavsiya etiladi.
To‘g‘ri ovqatlanish: Meva, sabzavot,
butun don mahsulotlari, kam yog‘li sut
mahsulotlari,
baliq
va
yong‘oqlar
iste’molini
ko‘paytirish.
Yog‘li,
qovurilgan, qayta ishlangan ovqatlardan
cheklanish.
2. Alkogol va chekishdan voz
kechish.
Alkogolni cheklash: Har kuni 1
porsiyadan ortiq ichimlik ichish ko‘krak
bezi saratoni xavfini oshiradi. Chekish:
Ayniqsa erta yoshda chekish ko‘krak bezi
saratoni
xavfini
oshiradi.
Umuman
chekishdan saqlanish eng to‘g‘ri yo‘l.
3. Reproduktiv sog‘liqni boshqarish.
Homiladorlik
va
emizish:
30
yoshgacha homiladorlik va uzoq muddatli
emizish (1 yil yoki ko‘proq) ko‘krak bezi
saratonidan
himoyalovchi
omillar
hisoblanadi.
Gormonal terapiyani nazorat qilish:
Menopauzadan
keyingi
gormonal
terapiyani uzoq muddat davom ettirish (5
yildan ortiq) xavfni oshiradi. Faqat
shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.
4. Saratonni erta aniqlash (skrining).
O‘z-o‘zini tekshirish: Har oy hayz
tugaganidan 7–10 kun o‘tib, ko‘kraklarni
o‘z-o‘zidan tekshirish.
Shifokor ko‘rigiga borish: Har yili
bir marta mammolog yoki ginekolog
tomonidan ko‘rikdan o‘tish.
Mammografiya: 40 yoshdan boshlab
har 1-2 yilda bir marta mammografiya
qilish (agar oilaviy tarixda kasallik bo‘lsa,
ertaroq).
Xulosa
Ko‘krak bezi saratoni bugungi kunda
dunyo
miqyosida
millionlab
ayollar
hayotiga
tahdid
solayotgan
jiddiy
Universal International Scientific Journal
1
6
5
kasalliklardan biridir. Bu maqolani yozish
davomida men ushbu dardning sabablari,
rivojlanish bosqichlari, alomatlari, tashxis
qo‘yish usullari va samarali davolash
yo‘llari haqida chuqur o‘rgandim. Ayniqsa,
profilaktika va erta tashxis qo‘yishning
naqadar
muhimligi
meni
yanada
hushyorlikka undadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘krak bezi
saratoni ko‘plab omillar — irsiy moyillik,
gormonal o‘zgarishlar, noto‘g‘ri turmush
tarzi, zararli odatlar va atrof-muhit
ta’siridan kelib chiqadi. Ammo shuni bilish
muhimki, bu kasallik oldini olish va erta
aniqlash orqali samarali tarzda nazorat
ostiga olinishi mumkin. Ayollar uchun o‘z
salomatligiga e’tiborli bo‘lish, har oy
ko‘krakni o‘z-o‘zidan tekshirish, shifokor
ko‘rigidan muntazam o‘tish va sog‘lom
hayot tarziga amal qilish – bu kasallikdan
himoyalanishning eng muhim kalitidir.
Mening fikrimcha, har bir ayol o‘z
tanasi va sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi
kerak. Bu faqat o‘zimiz uchun emas, balki
yaqinlarimiz,
farzandlarimiz,
oilamiz
uchun ham juda muhimdir. Afsuski,
ko‘pchilik ayollar og‘riq sezmaguncha
yoki kasallik og‘irlashmaguncha tibbiy
ko‘rikka bormaydi. Bu esa juda katta xato.
Chunki saratonning ilk bosqichlarida u
deyarli sezilmaydi, lekin aynan o‘sha
pallada uni aniqlab, davolash imkoniyati
eng yuqori bo‘ladi.
Yakuniy
xulosa
sifatida
aytmoqchimanki, ko‘krak bezi saratoni
haqida xabardorlik – bu o‘zimizni himoya
qilish yo‘lidagi birinchi va eng muhim
qadamdir. Har bir ayol bu mavzuga jiddiy
qarashi, o‘z va boshqa ayollar hayotiga
befarq bo‘lmasligi kerak. Sog‘lom jamiyat
– sog‘lom ayollardan boshlanadi. Shuning
uchun har bir ayol o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli
bo‘lishi, bilimli, ogoh va faol bo‘lishi lozim
deb hisoblayman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Bray, F., Ferlay, J., Soerjomataram, I., Siegel, R. L., Torre, L. A., & Jemal, A. (2020). Global
cancer statistics 2020: GLOBOCAN estimates of incidence and mortality worldwide for 36 cancers in 185
countries. CA: A Cancer Journal for Clinicians, 70(4), 313-341. https://doi.org/10.3322/caac.21660
2.
Sung, H., Ferlay, J., Siegel, R. L., Laversanne, M., Soerjomataram, I., Jemal, A., & Bray, F.
(2021). Global cancer statistics 2020: Breast cancer incidence and mortality trends. The Lancet Oncology,
22(5), e235-e245. https://doi.org/10.1016/S1470-2045(21)00078-6
3.
Narod, S. A., & Foulkes, W. D. (2004). BRCA1 and BRCA2: 1994 and beyond. Nature
Reviews Cancer, 4(9), 665-676. https://doi.org/10.1038/nrc1431
4.
Tillyashaykhov, M. N., & Yusupbekov, A. A. (2022). Breast cancer epidemiology and
screening programs in Uzbekistan: Current challenges and perspectives. Central Asian Journal of Medical
Sciences, 8(2), 45-53.
5.
Harbeck, N., & Gnant, M. (2017). Breast cancer: Advances in diagnosis and treatment. The
Lancet, 389(10074), 1134-1150. https://doi.org/10.1016/S0140-6736(16)32492-2
6.
World Health Organization. (2023). Breast cancer: Early diagnosis and screening. Retrieved
Universal International Scientific Journal
1
66
from https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/breast-cancer
7.
Yusupov, S. R., & Rakhimov, N. M. (2021). Implementation of mammography screening in
Uzbekistan: Results and challenges. Journal of Oncology and Radiology of Uzbekistan, 15(3), 22-29.
8.
Cardoso, F., Kyriakides, S., Ohno, S., Penault-Llorca, F., Poortmans, P., Rubio, I. T., ... &
ESMO Guidelines Committee. (2019). Early breast cancer: ESMO Clinical Practice Guidelines for
diagnosis,
treatment
and
follow-up.
Annals
of
Oncology,
30(8),
1194-1220.
https://doi.org/10.1093/annonc/mdz173
9.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. (2023). “O‘zbekiston-2030”
strategiyasi doirasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash dasturlari. Tashkent: Sog‘liqni saqlash vazirligi
nashriyoti.
10.
Gradishar, W. J., Anderson, B. O., Balassanian, R., Blair, S. L., Burstein, H. J., Cyr, A., ... &
Kumar, R. (2020). NCCN Guidelines Insights: Breast cancer, Version 3.2020. Journal of the National
Comprehensive Cancer Network, 18(4), 452-478. https://doi.org/10.6004/jnccn.2020.0016
