140
ANDIJON VILOYATIDA ASALARILARNING BIOEKOLOGIYASI
VA XO‘JALIK AHAMYATI
Zokirov Odiljon Kozimovich., Axmedov Anvar Tursunboyevich., Latifjonova
Saboxat Xabibillo qizi
Andijon davlat universiteti
Maqola haqida ma’lumot
Qabul qilingan: 11.06.2024
Qayta qabul : 16.06.2024
Saytda mavjud : 25.06.2024
Muallif (lar)
O.K.Zokirov
*A.T.Axmedov
S.X.Latifjonova
Muallif bilan aloqa
https://orcid.org/0009-0000-6651-2429
© O.K.Zokirov va boshqalar
UNIVERSAL xalqaro ilmiy jurnal
Ochiq ma’lumotlar:
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal
Maxfiylik bayonoti
Materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va
qayta tarqatish hamda maqoladan toʻgʻri iqtibos keltirish
va litsenziyasini koʻrsatish sharti bilan istalgan maqsadda
foydalanish mumkin.
Annotatsiya:
Ushbu
Andijonning
janubi-sharqiy
tarqalgan (Apis mellifera L.) -turining turli
xil bioekologik xususiyatlari, tabiatdagi va
inson hayotidagi ahamiyati hamda qishloq
xo’jaligi
ekinlarini
hosildorligini
oshirishdagi ahamiyatini o‘rganish natijalari
aks etgan.
Kalit so’zlar:
parvarish, foydalanish,
mevali, qishloq xo‘jaligi, asal, asalarichilik.
Аннотация:
В статье представлены
результаты
изучения
различных
биоэкологических особенностей вида
(Apis mellifera L.), распространенного в
юго-восточной части Андижана, его
значения в природе и жизни человека, а
также
значения
в
повышении
продуктивности
сельскохозяйственных
культур.
Ключевые
слова:
использование,
плоды,
сельское
хозяйство, мед, пчеловодство.
Abstract:
This article presents the
results of the study of various bioecological
characteristics of the species (Apis mellifera
L.) distributed in the southeastern part of
Andijan, its importance in nature and human
life, and its importance in increasing the
productivity of agricultural crops.
Key
words:
care,
use,
agriculture, honey, beekeeping.
Universal International Scientific Journal
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
141
UNIVERSAL international scientific journal
Insoniyat bor ekan asalarilar yetishtirgan
asal mahsulotiga bo‘lgan talab va extiyoj
kundan- kunga oshib boraveradi. Hozir har bir
sohada: ya’ni sanoat, qandolat fabrikasi,
samalyotsozlik,
raketasozlik,
radio
va
televizor
hamda
kompyuter
sohalarida
asalarilarning
mum
maxsulotlaridan
foydalanilmoqda.
Shuning
uchun
ham
asalarichilik doimo chorvachilikka nisbatan
daromadli tarmoq hisoblanadi.
Mustaqillikka
erishishimizdan
oldin
xammamizga ma’lumki sobiq SSSR davrida
qishloq xo‘jaligini xosildorligini oshirish
maqsadida kimyoviy o‘g`itlardan ko‘p
foydalanilgan. Buning ta’siri esa xozirga qadar
bizning yerlarimizda o‘z tasirini ko‘rsatib
kelmoqda. Xozirgi kunda kelib, qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishda tabiiy, samarali va
foydali inson hayoti uchun ahamiyatli
usullardan foydalanish yo‘lga qo‘yilib
kelinmoqda. Shu nuqtai nazardan ushbu
mavzuni
o‘rganish
ahamiyati
xozirgi
zamonning dolzarb mavzusi bo‘lib kelmoqda.
Asalarichilik
qishloq xoʻjaligining
tarmoqlaridan biri, asalarilarni asal, mum va
boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari
yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish,
shuningdek
qishloq
xoʻjaligi
ekinlari
hosildorligini
oshirish
uchun
ularni
changlatish
maqsadlarida
boqiladi.
Ispaniyadagi
Aran
gʻoridan
topilgan
arxeologik maʼlumotlarga ko‘ra asalarilar
miloddan avvalgi 10-5ming yilliklarda ham
mavjud boʻlgan degan tahminlar bor.
“Tavrot”, “Bibliya” kabi diniy kitoblarda ham
asalarilartoʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.
Dastlab odamlar asalni oʻrmon va togʻlarda
daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari,
gʻorlarga uya qoʻygan asalarilardan olganlar.
Bunday
asalarilar
terimchilik
va
ovchilikning bir turi hisoblangan.
20-asrning 20-yillaridan maxsus
asalarichilik xoʻjaliklari paydo boʻldi.
Asalarilar
yer
yuzasining
barcha
qitʼalarida
tarqalgan.
BMT
maʼlumotlariga
koʻra,
1970-yillar
boshida jahonda 40 mln.ga yaqin asalari
uya (oilalari) mavjud boʻlgan. Jahon
mamlakatlarida
asalarilar
asosan
3
yoʻnalishda rivojlanmoqda: asal olish;
ekinlarni
changlatish;
boshqa
xoʻjaliklarga tarqatish uchun eng yaxshi
asalari zotlarining ona arisini yetishtirish
(ona asalari yetishtiruvchi xoʻjaliklar) va
asalari
oilalarini
koʻpaytirish.
Asalarichilik Rossiya, Ukraina, AQSH,
Meksika, Turkiya, Fransiyada ayniqsa,
rivojlangan. 1887-yilda tuzilgan “Api-
mondiya” Xalqaro asalarichilik tashkiloti
asalarichilar oʻrtasida xalqaro aloqalarni
rivojlantirishga katta hissa qoʻshib
kelmoqda.
Oʻzbekistonda
asalarichilik
mahsulotlari qadimdan oziq-ovqat va
doridarmon sifatida maʼlum boʻlsada,
asalarilarni qutilarda boqish 19-asrning 2-
yarmidan
boshlangan.
Turkistonga
dastlabki asalari oilalari 1841-yilda
Qozogʻistonning
Semipalatinsk
viloyatidan
keltirilgan.19-asrning
2-
yarmida Turkistonga oʻrta rus asalarisi,
Kavkaz kulrang togʻ asalarisi, ukrain
dasht asalarisi va boshqa olib kelingan va
Oʻzbekistonda foydali xoʻjalik belgilari
bilan
ajdodlaridan
farq
qiladigan
asalarilar populyatsiyasi vujudga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasida 154 ming
asalari
oilasi
(kutisi)
bor.
Ixtisoslashtirilgan
asalarichilik
Universal International Scientific Journal
142
UNIVERSAL international scientific journal
xoʻjaliklari tashkil etilgan. Qishloq va suv
xoʻjaligi vazirligi tizimida 48 asalarichilik
xoʻjaligi (88 ming asalari oilasi), shu
jumladan, “Asal”uyushmasi bor (1998).
Respublikadagi
oʻrmon
xoʻjaligi
korxonalarida,
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding”
kompaniyasi tarkibida ham asalarichilik
xoʻjaliklari bor [1;3;].
Arilar zoti deb, shu yer iqlimi sharoitida
yashayotgan ko‘pchilik ari oilalarining tashqi
ko‘rinishi va yashash sharoiti bir xil
ko‘rinishga o‘xshash, ularning fiziologik va
morfologik, shuningdek, foydali xo‘jalik
belgilari birbiriga o‘xshash yoki bir avloddan
ikkinchi avlodga o‘xshashlik belgilarining
o‘tishi hamda shu sharoitga moslashgan ari
turlariga
aytiladi.
Asalarichilikda
shu
paytgacha inson tomonidan birorta ham ari
zoti yaratilmagan. Shunga qaramasdan tabiat
iqlim sharoitiga moslashgan tabiiy ari zotlari
bor. Mana shu tabiat saralab yetishtirgan ari
zotlarini aborigen zoti deb ataladi. Avvaldan
ko‘p ming yillar ichida tabiat qonunlari
bo‘yicha tabiiy saralash oqibatida bir-biridan
marfologik,
biologik
va
xo‘jalik
ko‘rsatkichlari hamda qit’alar, hududlar
bo‘yicha o‘z nomini olgan aborigen asalari
zotlari mavjudligi mutaxassislarga ma’lum.
MDKH hududlarida quyidagi aborigen ari
zotlari: “O‘rta rus”, “Qo‘ng‘ir Kavkaz
tog‘arisi”, “Sariq Kavkaz arisi”, “Karpat”
arisi, “Ukraina cho‘l arisi” va boshqa joydan
keltirilgan arilardan “Italiya arisi” hamda
Yugoslaviyadan keltirilgan “Krainka” ari
zotlari tarqalgan. Kelib chiqishi bo‘yicha
karpat zoti deb atalgan asalari zoti oldinga yuz
yillikdan to xozirgi kungacha O‘zbekiston
iqlim sharoitiga mos ari zoti bo‘lgani uchun bir
asr davomida butun O‘zbekiston viloyat va
tumanlarida shu zot arilari va ularning
avlodlari boqib ko‘paytirilmoqda.
Asalarilar ustida tadqiqot olib
borishda tadqiqotning haqiqiyligi va
ishonchliligini ta’minlash uchun tegishli
tadqiqot
materiallari
va
metodologiyalarini tanlash muhimdir:
- Asalari uyalari: Tadqiqotchilar
asalarilarning
xatti-harakatlarini
kuzatish, namunalar yig‘ish va uyaning
sog‘lig‘ini kuzatish uchun asalari uyasiga
ega bo‘lishlari kerak bo‘lishi mumkin.
Muayyan tadqiqot ehtiyojlariga qarab,
Langstroth uyalari, top bar uyalari yoki
kuzatuv uyalari kabi turli xil asalari
uyalari ishlatilishi mumkin.
- Asalarichilik uskunalari: Bu
asalarilar
bilan
xavfsiz
munosabat
qilishda va ishlashda himoya kiyimlari,
tutun chiqaruvchi asboblar, uya asboblari
va asalari cho‘tkalarini o‘z ichiga oladi.
-
Namuna
olish
uskunalari:
Tadqiqotchilar
asalari
namunalarini
yig‘ish uchun maxsus jihozlardan
foydalanishlari mumkin, masalan, dalada
asalarilarni ushlash uchun tutish to‘rlari
(sachok) yoki gulchang va nektar
namunalarini yig‘ish uchun asboblar.
-
Laboratoriya
jihozlari:
Laboratoriya tahlilini o‘z ichiga olgan
tadqiqotlar
uchun
mikroskoplar,
sentrifugalar va genetik tahlil asboblari
kabi asalari namunalarini qayta ishlash va
tahlil qilish uchun uskunalar talab
qilinishi mumkin.
Dala
kuzatuvi:
Tadqiqotchilar
tabiiy muhitda
asalarilarning
xatti-
harakatlarini
kuzatish
uchun
dala
tadqiqotlari o‘tkazishlari mumkin. Bu
asalarilarning atrof-muhit bilan o‘zaro
Universal International Scientific Journal
143
UNIVERSAL international scientific journal
ta’sirini tushunish uchun vaqt oralig‘ida
suratga olish, xatti-harakatlar monitoringi va
ekologik tadqiqotlarni o‘z ichiga olishi
mumkin.
-
Namuna
to‘plash:
Tadqiqotchilar
genetika,
oziqlanish
va
kimyoviy tarkib kabi jihatlarni o‘rganish
uchun asalari mahsulotlari : asalarilar,
gulchangi, asal va mum namunalarini
to‘plashlari va tahlil qilishlari mumkin.
-
Changlanishni
o‘rganish:
Tadqiqotchilar nazorat qilinadigan muhitlarni
yaratish, ularning harakatini kuzatish uchun
yorliqli (lentali) asalarilardan foydalanish va
ular qo‘nadigan gullar namunalarini kuzatish
orqali
asalarilarning
changlatish
xatti-
harakatlarini o‘rganish uchun tajribalar ishlab
chiqishlari mumkin.
- Genetika tadqiqotlari: Tadqiqotchilar
asalari
turlarining
genetik
xilma-xilligi,
populyatsiya
tuzilishi
va
evolyutsion
munosabatlarini o‘rganish uchun molekulyar
biologiya usullaridan foydalanishlari mumkin.
Asalari yetti xazinaning biri – deydi
dono xalqimiz. Bu haq gap! Asalarilar
ko‘plab shifobahsh asal, mum, propolis,
gulchangi to‘plashi bilan ayni paytda
qishloq xo‘jalik ekinlarini, ayniqsa
paxtachilikni rivojlantirishga katta ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham u
qishloq xo‘jaligida serdaromad sohalardan
biri
hisoblanadi.
Bugungi
kunda
O‘zbekistonda asalarichilikka bo‘lgan
talab va uning shifobaxsh maxsuloti
bo‘lgan
asal
yetishtirishga
oqilona
ixtisoslashuvini saqlab qolish, mustaqil
respublikamizning bozor iqtisodiyotiga
o‘tayotgan
davrida
kun
sayin
iqtisodiyotimizning asosini tashkil etadi.
Respublikamiz asalarichilari oldiga
har
bir
asalari
oilasining
mahsuldorligini oshirish hisobiga asal
yetishtirishni
ko‘paytirish
qat’iy
vazifasi qo‘yilgan. Buning uchun har
bir asalarichidan va har bir rahbardan,
asalari
oilasini
zooveterinariya
qoidalari
asosida
parvarishlab,
asalarilarni tez-tez serasal o‘simliklar
o‘sadigan joylarga ko‘chirib turishni
talab qiladi. Asalarilarning foydali va
serdaromad tomonlari shundaki, ular
o‘simlik gullarini chetdan changlatish
yo‘li bilan ekinlar hosildorligini 10-
60 % gacha oshirishga sabab bo‘ladi
[2,6].
Respublikamiz sharoitida esa
g‘o‘za, beda va dukkakli o‘simliklar,
ozuqabop
hamda
poliz
ekinlari
maydonlari kengayib borishi tufayli,
qishloq
xo‘jalik
ekinlarini
changlatishda asalarilarning ahamiyati
kun
sayin
ortib
bormoqda.
Asalarilarning ana shunday beminnat
xizmatlarini va u dehqonlarning
qanotli
yordamchisi
ekanligini
hisobga olib, hukumatimiz keyinigi
yillarda asalarichilikni respublikada
yanada
rivojantirish
to‘g‘risida
ko‘pgina qarorlar qabul qildi. Shu
munosabat
bilan,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil
16 oktyabrdagi “Respublikamizda
asalarichilik
tarmog‘ini
yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi – 3327 sonli qarori
qabul qilindi. Bu qaror yordamida
Universal International Scientific Journal
144
UNIVERSAL international scientific journal
respublikamizda asalarichilik bir muncha
rivojlandi,
uning
moddiy-texnika
ta’minoti, kadrlar bilan ta’minlash ishlari
mustahkamlandi.
Respublikamizda sotsial va iqtisodiy
rivojlantirishning 2026 yilgacha bo‘lgan
davrga
mo‘ljallangan
asosiy
yo‘nalishlarida ham asalarichilikni jadal
usulda
rivojlantirish
mo‘ljallangan.
Mamlakat oziq-ovqat dasturini amalga
oshirishda
ham
asalarichilik
katta
ahamiyatga egadir [2].
Respublikada
asalarichilikning
rivojlanish taraqqiyoti va tarixi, istiqlol
mafkurasi asosida, yaxlit bir tizim sifatida
o‘rganishga
e’tibor
qaratildi.
Asalarichilik qishloq xo‘jaligining tez
sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan
tarmog‘i bo‘lib, uning o‘zi ayni paytda
qator
mustaqil
ilmiy
bo‘limlarga
bo‘linganligi e’tiborga molik. 2009–2022-
yillarda
asalarichilik
subyektlarining
21937 taga ko‘payib, ya’ni 38 foizga
o‘sishi, shu bilan birga, asalari oilalari
96499 taga ko‘payib, ya’ni 71 foizga
o‘sishi natijasida asal ishlab chiqarishda
ham
salmoqli
natijalarga
erishilgani
kuzatilgan. 2020- yilda 2329,4 tonna asal,
2010- yilda 3171,9 tonna asal, 2020- yilda
11786,1 tonna asal ishlab chiqarilgan
bo‘lib, 2011- yilda 2009- yilga nisbatan
7456,7 tonna asal ko‘p ishlab chiqarilgan,
ya’ni 2011- yilda 2009- yilga nisbatan asal
ishlab chiqarish 62,5 foizga oshgan. 2000–
2001- yillarda «O‘zbek-asal» uyushmasi
tasarrufdagi xo‘jaliklarda 160 mingdan
ziyod asalari oilasi mavjud bo‘lgan.[5,6,8].
Asalarichilikni
rivojlantirish
dasturiga muvofiq 2014-yilda 834 ta
(76,4%) loyiha ishga tushirildi va
ularda 41 ming 230 ta (rejaga nisbatan
110%)asalari oilalari tashkil qilindi.
Ushbu maqsadlar uchun jami 19,2
mlrd. so‘m mablag‘lar, shu jumladan
4,8 mlrd. so‘m tijorat banklarining
kreditlari
yo‘naltirildi.
Amalga
oshirilgan tadbirlar natijasida 2014-
yilning o‘tgan davrida 9 ming tonna
asal ishlab chiqarildi (2013-yilga
nisbatan 127%) va 2300 ta yangi ish
o‘rini
yaratildi.Asalarichilik
yo‘nalishida
2015-yilda
amalga
oshirilgan 988 ta loyihada 49 ming 60
ta asalari oilasi boqish tashkil etildi.
Bu loyihalar uchun sarflangan 34
mlrd. 538 mln. so‘m mablag‘ning 9
mlrd. 694 mln so‘mini tijorat banklari
kreditlari tashkil etdi. Loyihalarni
amlaga oshirish natijasida 1904 ta
yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Kelgusida
yangi
xo‘jaliklar
tashkil
etish
hisobidan
asal
yetishtirishni ko‘paytirish va mingdan
ortiq yangi ish o‘rni yaratish
rejalashtirilmoqda.2011-
yilda
Ukraina Respublikasi Zakarpatiya
viloyatidan 3730 AQSh dollariga 1878
ta Karpat zotli naslli ona asalari
keltirildi.
Keltirilgan
naslli
ona
asalarilari ko‘paytirish maqsadida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi
«Amudaryo
Poshnam»
fermer
xo‘jaligiga
200
bosh,
Andijon
asalarichilar uyushmasiga 50 bosh,
Universal International Scientific Journal
145
UNIVERSAL international scientific journal
Qashqadaryo
viloyatidagi
«Asqarov
Niyoz» fermer xo‘jaligiga 100 bosh,
Navoiy viloyat asalchilik uyushmasiga 500
bosh, Surxondaryo asal uyushmasiga 100
bosh, Farg‘onaga 478 bosh, Xorazm
viloyatiga 300 bosh va Toshkent shahar
asalarichilar uyushmasiga 150 bosh asalari
berildi.
Asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi
barcha toifa xo‘jaliklari bilan 2591 ta
zooveterinariya punktlari o‘rtasida barcha
zooveterinariya servis xizmatlari ko‘rsatish
bo‘yicha
shartnomalar
tuzilib,
ular
tomonidan asalari kasaliklarining oldini
olish va ularga qarshi kurashishda dori-
darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha
barcha servis xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Asalarichilik
xo‘jaliklarining
moddiy
texnika
bazasini
mustahkamlash
maqsadida 31 ta pavilyon tarqatildi. Bu esa
xalqimiz dasturxonida ming bir dardga
davo ushbu ne’matning yanada mo‘l
bo‘lishini ta’minlaydi. Kelgusida yangi
xo‘jaliklar tashkil etish hisobidan asal
yetishtirishni ikki ming tonnaga yetkazish
va mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish
rejalashtirilmoqda.
Bu
esa
xalqimiz
dasturxonida ming bir dardga davo ushbu
ne’matning
yanada
mo‘l
bo‘lishini
ta’minlaydi.
Respublikamizning ajoyib tabiati va
iqlim sharoiti, qishloq xo‘jaligining barcha
sohalari
kabi
asalarichilikning
ham
muvoffaqiyatli
rivojlantirish
imkonini
beradi.
Cheksiz
maydonlardagi
o‘tloqlarimiz, rang-barang adiru qirlarimiz,
bepoyon
paxtazorlarimiz,
keng
maydonlarni ishg‘ol etgan bog‘va
gulzorlarimiz, asalarilar uchun ajoyib
ozuqa manbai hisoblanadi. Shunga
qaramay, hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligi
tarmog‘ining rivojlanish salmog‘i,
axolining
kundan-kunga
ortib
borayotgan talablariga yetarli darajada
javob bera olmaydi.
Asalarichilikning
qishloq
xo‘jalik ekinlari hosilini oshirishdagi
ahamiyati yanada katta. Ma’lumki,
dunyodagi 80% gulli o‘simliklar,
chetdan changlanadilar. Ana shu
o‘simliklarning
chetdan
changlanishida, asalarilar asosiy rol
o‘ynaydi,
chunki
boshqa
xil
changlatuvchi hasharotlar soni juda
kam va ularni kerakli paytda ekinlarni
changlantirishga ko‘chirib bo‘lmasligi
tufayli, asalarilar bunga juda mos
keladi. Asalarilardan xohlagan paytda,
kerakli
o‘simliklarni
chetdan
changlantirishda foydalanish mumkin.
Asalarilar
tufayli
chetdan
changlanadigan beda va dukkakli
o‘simliklar hosili 35-40%, kungaboqar
45-50%, mevali daraxtlar 50-60% va
poliz ekinlari esa 100% gacha
oshganligi aniqlangan.
Asalarilarning,
ayniqsa
g‘o‘zalarning chetdan changlanishida
va
ularning
hosildorligining
oshirishdagi ahamiyati yanada katta.
Tajribalardan shular aniqlanganki,
asalarilar
yordamida
changlangan
g‘o‘za maydonlarining hosili 10-23%
gacha ortganligi va ularning ko‘sagi
Universal International Scientific Journal
146
UNIVERSAL international scientific journal
yirik
bo‘lgan
va
pishib
yetilish
tezlashganligi
kuzatilgan.
Respublikamizdagi asalarichilar tajribasi
shuni ko‘rsatmoqdaki, paxta maydonlariga
joylashtirilgan har bir asalari oilasidan 30-
40 kg gacha asal olinmoqda. Demak
paxtachilikda hosildorlikni oshirish uchun
har bir paxta dalasida asalari oilasini
joylashtirish kerak bo‘ladi. Asalarilar
qancha ko‘p bo‘lsa, undan olinadigan asal
ham va qishloq xo‘jalik ekinlari hosili ham
shuncha
ko‘p
bo‘ladi
Bulardan
asalarichilikning har tomonlama foydali va
daromadli ekanligi ko‘rinib turibdi.
Qishloq xo‘jaligi ham ko‘p jihatdan
asalarilarning
mavjudligiga
bog‘liq.
Asalarilar qishloq xo‘jaligi ekinlarini
changlatadi, bu esa hosildorlikni oshiradi.
Asalari vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi.
Hozirgi davrda janubiy kengliklardan
Chekka Shimolgacha tarqalgan. Asalarilar,
asosan, oila boʻlib yashaydi. Bir oila bir
ona (xalq tilida „podshosi“ deb ham
yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir
necha yuz erkak asalaridan iborat.
Asalarilar
qadimdan
qimmatbaho
mahsulotlar boʻlgan asal, propolis, mum,
ona asalAsalari suti, asalAsalari zahAsalari
va boshqalarni olish, shuningdek qishloq
xoʻjaligi ekinlarini mevali bogʻlarni
changlatish uchun boqiladi. Asalari oilasi
bir mavsumda 140 — 150 kg asal toʻplaydi,
bundan 100 kg Asalari taʼminotiga
sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib olinadi.
Asalari oila aʼzolarining xizmat faoliyati
oʻzaro bogʻliq boʻlganidan ularning
birortasi ham oʻzicha mustaqil hayot
kechira olmaydi. Paxta ekiladigan
yerlarda
yuqori
mahsuldorlikka
erishildi.
Respublikada
asalari
oilasini
rivojlantirish
maqsadida,
asal
yetishtirishning tezkor texnologiyasini
ishlab chiqish va joriy etish, fan va
texnika yutuqlarini, ilg‘or tajribalarni
asalarichilikka joriy etishni davr
taqozo etmoqda. Asalarilarning yangi
zotlarini yaratish va naslini yaxshilash
borasida, ish olib borish ham muhim
masalalardandir. Shuni ta’kidlab o‘tish
zarurki,
respublikamizda
yetishtirilayotgan ona asalarilarning
ko‘pchiligi kam mahsul bo‘lib
qolmoqda. Asalarichilar oldida turgan
vazifalardan
yana
biri,
asalari
kasalliklari va zararkunandalari bilan
doimiy kurash olib borishdir. Hozirgi
kungacha juda havfli yuqumli kasallik
bo‘lgan Amerika va Yevropa chirishi,
varroatoz
kasalliklari,
mum
parvonasini yo‘qotish masalalari to‘la-
to‘kis hal qilinmagan. Boshqa yirtqich
xasharotlar
va
qushlarga
qarshi
kurashning amaliy tadbirlari ishlab
chiqilmagan,
asalarilarning
turli
kasalliklarini profilaktika qilish va
sanitariya – veterinariya nazorati to‘la
yo‘lga qo‘yilmagan. Asalarichilik
fermer xo‘jaliklari faqatgina bitta asal
hosiliga qarab turmasliklari kerak.
Buning uchun erta bahordan ona
asalari va paketli asalarilar yetishtirib,
sotib turishlari kerak. Bundan tashqari
Universal International Scientific Journal
147
UNIVERSAL international scientific journal
asalari suti va zahri ishlab chiqarish
maqsadga muvofiqdir.
Shu o`rinda yana bir ma’lumotga o`z
e’tiborimizni qaratdik. Bizga ma’lumki
Andijon
viloyatining
janubiy-sharqiy
qismida tez – tez ob – xavo o`zgarib
shamol kuchiroq bo`lib turadi. Ayniqsa
baxor va kuz oylarida va bu jarayon
daraxtlarning gullagan va pishayotgan
vaqtlariga to`g`ri keladi. Tajribalar
shuni
ko`rsatadiki,
daraxtlarning
mevalari
shamol
orqali
changlanganidan to`kilish ehtimoli
yuqoriroq.
Asalarilar
orqali
changlangalida esa deyarli ancha
muxtaxkamlikka ega bo`lar ekan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
A. I. Isamuhamedov. Asalarichilik. – T.: O‘qituvchi, 1995.
2.
A.I.Isamuxamedov., H.K.Nikadambayev.Asalarichilikni rivojlantirish
asoslari" Toshkent-2013 y
3.
A.I.Isamuhamedov, H.K.Nikadambayev “Asalari kasalliklari va
zararkunandalari” O‘quv qo‘llanma. Тoshkent,“Sharq”, 2013 yil
4.
Alimuhammedov S., Xo‘jaev Sh. «Go‘za zararkunandalari va ularga
qarshi kurash choralari». T. “O‘zbekiston” 1979 y.
5.
B.A.Qaxramonov, F.E.Safarova, S.I.Isamuxammedov, X.A.Donayev,
X.B.Ergashev “Asalarichilik asoslari” Toshkent-2021
6.
B. A. Qahramonov, A. I. Isamuhamedov, U. Sh. Ballasov,S. F. Ergashev,
O. S. To‘rayev. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida asalari oilalarini
parvarishlash. O‘quv qo‘llanma. – T.: ToshDAU, 2009
7.
T. Sh. Akmalxonov. Asalarichilik. Ma’ruza matnlari. – T., 2000.
8.
T. Sh. Akmalxonov, S. Sh. Isamuhamedov, B. A. Qahramonov.
Asalarichilikdan amaliy mashg‘ulot darslari topshiriqlarini bajarish bo‘yicha uslubiy
qo‘llanma. – T.: ToshDAU, 2000
9.
Tórayev .O .S,,Asalarichilikning ko‘ch ajratish xususiyatlari. 2020 y
10.
B. A. Qahramonov, A. I. Isamuhamedov, U. Sh. Ballasov,S. F. Ergashev,
O. S. To‘rayev. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida asalari oilalarini
parvarishlash. O‘quv qo‘llanma. – T.: ToshDAU, 2009
11.
T. Sh. Akmalxonov. Asalarichilik. Ma’ruza matnlari. – T., 2000.
12.
T. Sh. Akmalxonov, S. Sh. Isamuhamedov, B. A. Qahramonov.
Asalarichilikdan amaliy mashg‘ulot darslari topshiriqlarini bajarish bo‘yicha uslubiy
qo‘llanma. – T.: ToshDAU, 2000
