Authors

  • Bobohusenov Akmal Ashurovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96487

Keywords:

Kalit so’zlar. Karvonsaroy Rabod Ko’handiz Ko’shk Attoron Madina Bob Bani Asad va Bob Bani Sa’d Bob Nur Bob Hufra Bob al-Hadid.

Abstract

      Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro shahrining qadimiy darvozalari va 
ularning  ahamiyati  haqida  to’xtalib  o’tilgan  bo’lib,  bu  darvozalarning  qurilish 
tarixiga  ham    ma’lumotlar  bayon  qilingan.Darvozalarning  shahar  ijtimoiy  va 
savdo a’loqalarida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirilgan. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

551

BUXORONING QADIMIY DARVOZALARI

Bobohusenov Akmal Ashurovich Buxoro innovatsion

ta’lim va tibbiyot universiteti o’qituvchisi

bobohusenakmal@gmail.com

Annotatsiya

.

Ushbu maqolada Buxoro shahrining qadimiy darvozalari va

ularning ahamiyati haqida to’xtalib o’tilgan bo’lib, bu darvozalarning qurilish
tarixiga ham ma’lumotlar bayon qilingan.Darvozalarning shahar ijtimoiy va
savdo a’loqalarida naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirilgan.

Kalit so’zlar.

Karvonsaroy,Rabod,Ko’handiz,Ko’shk, Attoron, Madina, Bob

Bani Asad va Bob Bani Sa’d, Bob Nur, Bob Hufra, Bob al-Hadid.

Аннотация.

В этой статье обсуждаются древние ворота города Бухары

и их значение. Также рассказывается история строительства этих ворот.

Объясняется, насколько важны ворота в социальных и торговых отношениях

города

.

Ключевые слова.

Караван-сарай, Рабад, Кохандис, Кошк, Атторон,

Медина, Боб Бани Асад и Боб Бани Саад, Боб Нур, Боб Хуфра, Боб аль-

Хадид.

Buxoro qadimgi va afosonaviy shahar hisoblanadi. Buxoro qadim davrlardan

ko’plab binolar, mudofa devorlari, harbiy qal’alar, karvonsaroylar va juda ko’plab

rabot va ko’shklar barpo qilingan. Bularning har birining o’zining o’rni ha

ahamiyati bo’lgan. Misol uchun Buxoroning tashqi devori asosan Buxoro

aholisini tashqi dushmanlar, to’satdan hujm qilib qolishi mumkin bo’lgan

ko’chmanchilar zarbasidan asrash maqsadida qurilgan va muntazam ta’mirlab

borilgan.Bu devor 849-850 yillarda tashqi devor bino qilinib, uning 11 darvozasi

bo‘lgan. Ibn Xavqal (X asr) Buxoro shahrini shunday tasvirlagan: “U tekislikda

joylashgan. Binolari ulama yog‘ochdan qurilgan bo‘lib, bir-biri bilan chatishib

ketgan, egallagan maydoniga nisbatan aholisi ko‘p shahar, bu chatishgan binolarni


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

552

esa qasrlar, bog‘lar, mahallalar, tosh yotqizilgan ko‘chalar va har tomondan o‘n

ikki farsax masofagacha bir-biriga ulanib ketgan qishloqlar o‘rab turadi”

7

.

Samoniylar davrida Buxoro shahrining 7 ta temir darvozasi bo‘lgan: Bob al-

Madina, Bob Bani Asad va Bob Bani Sa’d, Bob Nur, Bob Hufra, Bob al-Hadid,

Bob al- Kuhandiz

8

. Buxoro o‘rta asr shahar qurilishi an’nalari asosida bunyod

etilgan bo‘lib, uch qism: ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Ark yoki

ko’handiz bu assosan hukmdor va uning olia a’zolari ha amaldorlar yashaydigan

qismi hisoblangan.Shahriston esa shaharning ichki qismi hisoblanib u ham alohida

devor bilan o’rab olingan. Bu hududda asosan hunarmand va savdogarlar

yashagan. Rabod esa bu shahrning tashqi qismi hisoblanib bu qismida aholining

kata qismi dehqon, qisman savdogar va chorvadorlar yashagan. Buxoro arkining

ikkita darvozasi bo‘lgan. Shahriston shimolida Haq Rox (Xufra), janubida

Attaron (Bob ul-Madina) va Ohaniyon (Temirchilar), sharqida Nav (Nur),

g‘arbida esa Kuhandiz, Muhra (Bani Asad) va Bani Sa’d darvozalari bo‘lgan.

Attarondan Xurosonga, Haq Roxdan Samarkandga, Nur (Nav) orqali esa Nasaf

(Qarshi) tomonga yo‘llar ketgan. Qolgan to‘rtta darvoza orqali podshoh

qarorgohi-arkka borilgan

9

.

Bozor darvozasining ikkinchi nomi Attoron, ya’ni “xushbo‘y atirlar

sotiladigan darvoza”. Qutayba kelgan paytda bu joyda bozor bo‘lgan. Darvozadan

uncha uzoq bo‘lmagan joyda nasroniylar ibodatxonasi bo‘lib, keyinchalik uning

o‘rniga Masjidi Kalon qurilgan. Tub joy aholi Attoron darvozasini “Ohangaron”

deb ham atagan.

Banu Sa’d darvozasi

Attoron darvozasidan g‘arbda joylashgan, uni

Sa’dobod deb ham nomlashgan, uning yaqinida Arslonxon Muhammad o‘zi uchun

saroy qurdirgan va u shahristonning janubi-g‘arbida joylashgan. Uning yaqinida

hammom joylashgan bo‘lib, u hozirgi kunda “hammomi Kunjak” deyiladi.

7

Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Т: Шарқ, 2001. – Б. 78

8

Ибн Ҳавқал, Ернинг сурати китоби.,Т.2011.41-бет.

9

Мирзақулов Б. “Бухоро тарих зарварақларида”. Монография. 1-китоб, Т., Lesson Press, 2016, 74-бет.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

553

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu hammom Arslonxon davrida qurilgan

10

. Arslonxon u

qoraxoniylar sulolasi vakillaridan hisoblaning Buxoro va boshqa ko’plab

shaharlarda qurilish ishlarini amalga oshirib, mamlakat obodonchiligiga kata hissa

qo’shgan.

Banu Asad darvozasi islomgacha bo‘lgan davrda Muxra darvozasi deyilgan.

Darvoza Xuroson amiriga boradigan yo‘l ustida, “Ko‘shki mug‘on” degan

butparastlar ibodatxonasi yonida joylashgan.

Qo‘rg‘on darvozasi.

Darvozaning ikkinchi nomi Bob al-ko‘handiz.

SHahristoning shimoli-g‘arbida joylashgan. Narshaxiy ma’lumotiga ko‘ra, u o‘z

davrida Buxorodagi eng mustahkam darvoza bo‘lgan

11

.

Nur darvozasi shahristonning shimoliy qismida, Abu Xafs Kabir qabriga

boradigan yo‘l ustida joylashgan. Yo‘l esa Abu Xafs Kabir qabristoniga olib

chiqqan.Bu darvoza orqali asosan ziyoratchilar va chet eldan yoki qo’shni

hududlardan kelgan aholi foydalangan.

Xaq-rah, ya’ni haqiqat yo‘li (to‘g‘ri yo‘l) darvozasi. Mahalliy aholi bu

darvozani “rax-i xakk” yoki “Darvozai Xafs” deb nomlagan. Bunday

nomlanishiga sabab, mashhur olim Abu Xafs Kabir shu erda yashagan

12

.

Shahriston devoridan tashqari joylar rabot deyilgan. Rabotda doimiy bozor

bo‘lgan va shahriston aholisi bilan ijtimoiy-iqtisodiy shartnomalar tuzilgan.

Qoraxoniylar davrida (XI asr) shahar kengaygan, shahriston va rabot qo‘shilishi

natijasida o‘rta asrlardagi shahar qiyofasi shakllangan. Darvozai bozor yoki

Darvozai attoronning arab geograflari tarafidan Bob al-xadid, ya’ni Temirdarvoza

deb atalishiga sabab, VIII asr boshlarida Buxoro Qutayba tarafidan bosib

olinayotgan paytda shahar yaqinidagi bozor shu erda joylashgan edi. Bu yerlar

hozirda Buxoro shahridagi Aziya mehmonxonasi va uning qarama-qarshisidagi

Mag‘oki attori obidasi joydashgan hududga to‘g‘ri keladi

13

.

10

Бухоро Шарқ дурдонаси. Т: Шарқ, 1997. – Б. 96

11

Бухоро Шарқ дурдонаси. Т: Шарқ, 1997. – Б. 81

12

To‘rayev H. Buxoro tarixi. O’quv qo‘llanma. – Buxoro: Durdona, 2020. – B. 63

13

Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Т: Шарқ, 2001. – Б. 78


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

554

Xulosa qiladigan bo’lsak, Buxoro qadimdan savdo chorrahasida

joylashgan bo‘lib, dunyoning turli tomonlaridan karvonlar bu o‘lkaga kelgan va

undan chiqib boshqa o‘lkalarga o‘z safarini davom ettirgan. Buxoro shahri va

uning atroflarida ko‘plab rabotlar joylashgan bo‘lib, ularning har birini o‘zining

bozori bo‘lgan. Darvozalar esa shaharning na qadar muhim ahamiyatga ega

ekanligini ko’rsatib beradi.Darvozalarning ko’p bo’lishi shaharda savdo-sotiq juda

yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi.Darvozalar doimiy rarishda qattiq

qo’riqlangan va darvoza olda bir necha km oldinga dushman hujmi haqida

ma’lumot beruvchi qo’riqchi qal’alar bo’lgan. Buxoro ilk o‘rta asrlarda vatanimiz

shaharsozlik madaniyatining barcha jihatlarini o‘zida mujassam qilgan

shahar sifatida tarixda muhrlanib qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Т: Шарқ, 2001. – Б. 78

2. Бухоро Шарқ дурдонаси. Т: Шарқ, 1997. – Б. 81
3. To‘rayev H. Buxoro tarixi. O’quv qo‘llanma. – Buxoro: Durdona, 2020. – B. 63

4.

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2025). BUXORO SHAHRI YARATILISHI TARIXI

.

TADQIQOTLAR

,

58

(1), 134-137.

https://scientific-jl.com/tad/article/view/4990

5.

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2025). BUXORO SHAHRI QADIMIYLIGI VA

UNING

O’RGANILISHI

.

TADQIQOTLAR

,

58

(1),

130-133.

https://scientific-

jl.com/tad/article/view/4989

6.

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2025). AKADEMIK YAHYO G’ULOMOV ILMIY

VA

HAYOTIY

IZLANISHLARI

.

TADQIQOTLAR

,

58

(1),

138-142.

https://scientific-

jl.com/tad/article/view/4991

7.

Bobohusenov, A. (2024). THE RESULTS OF THE ARCHAEOLOGICAL RESEARCH

WORKS CARRIED OUT IN BACTRIA.

Modern Science and Research

,

3

(2), 671–675.

Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30363

8.

Bobohusenov, A., & Ganiyev, H. (2024). ORIGIN PROBLEMS OF SAK

ARCHAEOLOGICAL CULTURE OF CENTRAL ASIA. MODERN SCIENCE AND
RESEARCH, 3(2), 641–645.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10667306

9.

Bobohusenov, A. (2024). ROCK PAINTINGS HAVE A PLACE IN OUR HISTORY.

Modern

Science

and

Research,

3(2),

953–959.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31282

10.

Ashurovich, B. A. . (2024). Results of the Archaeological Research Works Carried Out in

Bactria.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION

,

4

(3),

113–119. Retrieved from

https://www.inovatus.es/index.php/ejine/article/view/2686


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

555

11.

Bobohusenov, A. (2024). HISTORICAL GEOGRAPHY OF BUKHARA OASIS.

Modern

Science and Research

,

3

(2), 634–640. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/29429





References

Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Т: Шарқ, 2001. – Б. 78

Бухоро Шарқ дурдонаси. Т: Шарқ, 1997. – Б. 81

To‘rayev H. Buxoro tarixi. O’quv qo‘llanma. – Buxoro: Durdona, 2020. – B. 63

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2025). BUXORO SHAHRI YARATILISHI TARIXI

. TADQIQOTLAR, 58(1), 134-137. https://scientific-jl.com/tad/article/view/4990

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2025). BUXORO SHAHRI QADIMIYLIGI VA

UNING O’RGANILISHI . TADQIQOTLAR, 58(1), 130-133. https://scientific-

jl.com/tad/article/view/4989

Bobohusenov Akmal Ashurovich. (2025). AKADEMIK YAHYO G’ULOMOV ILMIY

VA HAYOTIY IZLANISHLARI . TADQIQOTLAR, 58(1), 138-142. https://scientific-

jl.com/tad/article/view/4991

Bobohusenov, A. (2024). THE RESULTS OF THE ARCHAEOLOGICAL RESEARCH

WORKS CARRIED OUT IN BACTRIA. Modern Science and Research, 3(2), 671–675.

Bobohusenov, A., & Ganiyev, H. (2024). ORIGIN PROBLEMS OF SAK

ARCHAEOLOGICAL CULTURE OF CENTRAL ASIA. MODERN SCIENCE AND

RESEARCH, 3(2), 641–645. https://doi.org/10.5281/zenodo.10667306

Bobohusenov, A. (2024). ROCK PAINTINGS HAVE A PLACE IN OUR HISTORY.

Modern Science and Research, 3(2), 953–959. Retrieved from

Ashurovich, B. A. . (2024). Results of the Archaeological Research Works Carried Out in

Bactria. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),

Bobohusenov, A. (2024). HISTORICAL GEOGRAPHY OF BUKHARA OASIS. Modern

Science and Research, 3(2), 634–640. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/29429

Most read articles by the same author(s)

Bobohusenov Akmal Ashurovich, Baxshullayeva Ruxshona Madaminjon qizi, MUZEY MADANIYAT XAZINASI . , World scientific research journal: Vol. 1 No. 1 (2025)

Bobohusenov Akmal Ashurovich, Turayeva Gulra’no Avaz qizi, AXBOROTNING JAMIYATDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI , World scientific research journal: Vol. 1 No. 1 (2025)