182
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
GO‘SHT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI
FOYDALANISH.
Ungarov Azizbek Abdumo‘min o‘g‘li
Nematov O‘tkir Norboy o‘g‘li
Guliston davlat universiteti
https://doi.org/
10.5281/зенодо.15559582
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:16-may 2025 yil
Ma’qullandi:18-may 2025 yil
Nashr qilindi: 31-may 2025 yil
Ushbu maqolada go‘sht sanoatining iqtisodiy o'sishga
qo'shadigan hissasi, qishloq aholisi uchun ish o'rinlari
yaratishi, eksport salohiyati va aholining sifatli oziq-
ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishdagi roli tahlil
qilinadi.
KEY WORDS
elektrodivigatel,
muzlatish
kamerasi, ventilator, sovituvchi
batareyalar,
qirgʻichlar,
polkalar, aravachalar, yuklash
oynasi, kotaruchi vint, chiqarish
oynasi
Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash,
ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan
bekamu-ko‘st to‘ldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va
texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu
asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning
daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida go‘sht mahsulotlarini ishlab
chiqarishga alohida etibor berilmoqda. O‘zbekiston sharoitida ham go‘shtni qayta ishlash
sanoati tobora rivojlanib bormoqda. Mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlash, import
o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qator
dasturlar amalga oshirilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga
kelayotgan muammolar – texnologik uskunalarning eskirganligi, kadrlar malakasining yetarli
emasligi, mikrobiologik xavfsizlikka oid standartlar talab darajasida qo‘llanilmasligi kabi
omillar sanoat rivojiga to‘siq bo‘lmoqda. Shu sababli, ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borish, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning yechimlarini taklif etish
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy go‘sht sanoati texnologiyalari, ayniqsa, Yevropa va
Osiyo mamlakatlarida yuqori darajada rivojlangan. Hozirda kompyuterlashtirilgan
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari, yuqori aniqlikdagi kesish, sovitish, qadoqlash,
fermentatsiya, issiqlik bilan ishlov berish va boshqa texnologik bosqichlar mahsulot sifatini
oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bu jarayonlarda sifat nazorati, xom-ashyo tanlovi, izchil
logistika va zamonaviy sanitariya-gigiyena standartlariga rioya qilish muhim hisoblanadi
chorvachilik, xususan go'sht yetishtirish, qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri
hisoblanadi. Bu nafaqat fermerlar va chorvadorlar uchun daromad manbai, balki qayta ishlash,
transport va savdo kabi sohalarda ham ko'plab ish o'rinlarini yaratadi. Go'sht mahsulotlarini
ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlar davlat byudjetiga soliq tushumlarini
ta'minlaydi va qishloq infratuzilmasining rivojlanishiga turtki beradi. Bundan tashqari,
maqolada go'sht mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni alohida qayd
etiladi. Go'sht inson organizmi uchun zarur bo'lgan to'liq qiymatli oqsillar, vitaminlar va
minerallarning muhim manbai hisoblanadi. Aholining go'shtga bo'lgan ehtiyojini mahalliy
183
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
ishlab chiqarish orqali qondirish mamlakatning oziq-ovqatga bo'lgan mustaqilligini
mustahkamlaydi.
1-rasm. MA-10 rotorli blok- muzlatgichli agregat.
1-rator; 2-xrapli mexanizm; 3-egiluvchan shlang; 4, 6, 9-gidroslinderlar; 5-yuklash
moslamasi; 7-val; 8- qog'ozni uzatish mexanizmi; 10-mushtli val;
11-itargich.
Apparatdagi havoning harorati -35°C bo‘lib, mahsulot tepasidagi havoning harakat tezligi 7
m/sekni tashkil etadi. Mahsulotlar, kameraning o‘ng yuqorigi burchagida joylashgan oyna
orqali yuklanadi, so‘ngra ko‘taruvchi vintlar yordamida tagliklar kameraga tushiriladi. Yuqori
holatdagi taglikli aravacha majburan apparatga kiritiladi. Aravachalarning keyingi joylashishi
maxsus tishli qirg‘ichlar yordamida avtomatik ravishda zigzag yo‘nalish bo‘yicha yuqoridan
pastga tushadi. Qirg‘ichlar, yuklash tuynugini yon tomonida joylashgan bo‘lib, maxsus
mexanizm yordamida gorizontal va vertikal yo‘nalishda harakat qiladi. Bu mexanizm taglikli
aravachalarni har bir ketma-ket qatorga vertikal ravishda pastga tushiradi va gorizontal
yo‘nalishda suradi. Qirg‘ichlar 5 sinxron harakatda bo‘ladi. Chap qirg‘ich aravachani qabul
qiladi, uni yon tomonga chiqarib, pastga tushiradi va keyingi qatorga suradi. O‘ng qirg‘ich esa
o‘zining tishlari bilan aravachani qabul qiladi va harakatni davom ettiradi. Bu jarayon teskari
tartibda takrorlanadi. Apparatning unumdorligi ammiakning qaynash harorati 40°C da
sutkada 20 tonna go‘sht yoki baliqni (50-70 mm bo‘lakchalar) muzlatish imkonini beradi. Bir
vaqtning o‘zida apparatga 86 m² umumiy yuzaga ega 216 ta taglik joylashadi. Apparatning
o‘lchamlari 2400x7300x3100 mm.
184
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 5-SON 2-QISM, (YOʻITJ)
2-rasm. Tez muzlatuvchan konveyerli GKA-2 apparati
1-elektrodivigatel; 2-muzlatish kamerasi; 3-ventilator; 4-sovituvchi batareyalar; 5-qirgʻichlar;
6-polkalar; 7-aravachalar; 8-yuklash oynasi; 9-kotaruchi vint; 10-chiqarish oynasi.
Bu apparat sovuq havo oqimi yordamida go‘sht mahsulotlarini uzluksiz muzlatish uchun
mo‘ljallangan. Kameraning yuqori qismida muzlatilayotgan mahsulotlar uchun tagliklar
o‘rnatilgan va bu tagliklar karetkali tokchalar qatoridan iborat. Mahsulotlar muzlatish
jarayoni yuklash tuynugi orqali amalga oshiriladi, uning tagida esa umumiy sovutish yuzasi
1025 m² bo‘lgan sovutish batareyalari joylashgan. Apparatda havoni sirkulyatsiya qilish
uchun 970 aylanish/min tezlikka ega va 10 kvt quvvatli elektrodvigateldan harakatga
keltiriladigan ventilyator o‘rnatilgan. Ventilyatorning unumdorligi 7,7 m³/sekni tashkil qiladi.
Bu tizim, mahsulotlarni samarali muzlatish uchun sovuq havo oqimini ta'minlab, go‘sht
mahsulotlarini tez va samarali muzlatishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Қурбонов А.М., Абдураимов А.А., Қурбонов М.А. Озиқ-овқат маҳсулотлари
технологияси. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2019. – 312 б.
2.
Жўраев Р.О. Гўшт маҳсулотларини ишлаб чиқариш технологияси. – Тошкент:
“Иқтисод-молия”, 2020. – 280 б.
3.
Lawrie R.A., Ledward D.A. Lawrie’s Meat Science. 8th edition. – Cambridge: Woodhead
Publishing, 2014. – 432 p.
4.
O‘G, U. A. A. M., Eshdavlatovich, X. U. B., O‘G, J. R. I. M., Weizhou, Z., & Xueji, Y. (2025).
EFFECT OF TEMPERATURE CHANGES ON FIBER QUALITY DURING STORAGE OF COTTON
RAW MATERIALS.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies
,
2
(4), 112-115.
5.
Унгаров А. А., Худайбердиев Р. Х., Камолов Б. И. 5ЛП ЛИНТЕРНИНГ ИШЧИ
КАМЕРАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Экономика и социум. – 2025. – №. 2-1 (129). – С.
1270-1276.
6.
O‘G U. A. A. M. et al. EFFECT OF TEMPERATURE CHANGES ON FIBER QUALITY DURING
STORAGE OF COTTON RAW MATERIALS //Central Asian Journal of Multidisciplinary
Research and Management Studies. – 2025. – Т. 2. – №. 4. – С. 112-115.
7.
Ungarov, Azizbek, et al. "RESEARCH ON THE EFFICIENCY OF THE DOMESTIC LINTERS
WORKING CHAMBER."
Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика
4.8 (2025): 63-66.
8.
Ungarov, A., & Yuldasheva, D. (2024). EFFECT OF TEMPERATURE CHANGES ON FIBER
QUALITY DURING STORAGE OF COTTON RAW MATERIALS.
Journal of Agriculture &
Horticulture
,
4
(1), 17-20.