Авторы

  • Zarina Tog‘ayeva
    SHDPI talabasi
  • Muxiba Yaxiyaxonova
    SHDPI katta oʻqituvchisi
  • Sevinch Negmatova
    Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.130099

Ключевые слова:

Raqamli savodxonlik elektron jadvallar interfaol metodlar ta’lim texnologiyalari innovatsion pedagogika mustaqil fikrlash muhokama tahliliy fikrlash gamifikatsiya blended learning teskari muhandislik o‘qitish metodikasi.

Аннотация

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi zamonaviy ta’lim jarayonida yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Xususan, "Elektron jadvallar" bo‘limi nafaqat dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, balki o‘quvchilarning tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada elektron jadvallarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

12

RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISHDA "ELEKTRON JADVALLAR"

BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Tog‘ayeva Zarina Norboba qizi

SHDPI talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta oʻqituvchisi

Negmatova Sevinch Ergash qizi

Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/ 10.5281/zenodo.16569768

Annotatsiya:

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi zamonaviy ta’lim jarayonida

yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Xususan, "Elektron jadvallar" bo‘limi nafaqat dasturiy
vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, balki o‘quvchilarning tahliliy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada elektron
jadvallarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil
qilinadi hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Maqolada interfaol ta’lim metodlari, xususan,

Gamification

,

Case Study

,

Blended Learning

,

Teskari muhandislik (Reverse Engineering)

kabi yondashuvlarning samaradorligi yoritiladi.

Shuningdek, elektron jadvallar bo‘limini o‘qitishda zamonaviy texnologik vositalardan
foydalanish, real hayotiy misollarga asoslangan topshiriqlar berish va o‘qituvchilar malakasini
oshirish muhimligi ta’kidlanadi."Elektron jadvallar" bo‘limini o‘qitishda innovatsion pedagogik
texnologiyalarni tatbiq etish raqamli savodxonlikni oshirishga xizmat qilishi hamda
o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkinligi asoslanadi.

Kalit so‘zlar:

Raqamli savodxonlik, elektron jadvallar, interfaol metodlar, ta’lim

texnologiyalari, innovatsion pedagogika, mustaqil fikrlash, muhokama, tahliliy fikrlash,
gamifikatsiya, blended learning, teskari muhandislik, o‘qitish metodikasi.

Annotation

. The rapid development of digital technologies requires new approaches in

the modern educational process. In particular, the section "Spreadsheets" is important not only
for the formation of skills in using software tools, but also for the development of students'
analytical thinking. This article analyzes the effectiveness of using interactive methods in
teaching spreadsheets and provides recommendations for improving the educational process.

The article highlights the effectiveness of interactive teaching methods, in particular,

approaches such as Gamification, Case Study, Blended Learning, Reverse Engineering. It also
emphasizes the importance of using modern technological tools in teaching the spreadsheet
section, giving assignments based on real-life examples, and improving the skills of teachers. It
is argued that the implementation of innovative pedagogical technologies in teaching the
"Spreadsheets" section can serve to increase digital literacy and develop students' practical
skills.

Keywords:

Digital literacy, spreadsheets, interactive methods, educational technologies,

innovative pedagogy, independent thinking, discussion, analytical thinking, gamification,
blended learning, reverse engineering, teaching methodology.

Аннотация.

Стремительное развитие цифровых технологий требует новых

подходов к современному образовательному процессу. В частности, раздел
«Электронные таблицы» важен не только для развития навыков использования
программных средств, но и для развития у учащихся навыков аналитического


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

13

мышления. В статье анализируется эффективность использования интерактивных
методов в обучении работе с электронными таблицами и даются рекомендации по
совершенствованию образовательного процесса.

В статье подчеркивается эффективность интерактивных методов обучения, в

частности таких подходов, как геймификация, кейс-стади, смешанное обучение и
обратная разработка. Также подчеркивается важность использования современных
технологических средств, предоставления заданий на основе реальных примеров и
повышения квалификации преподавателей в преподавании раздела «Электронные
таблицы». Утверждается, что внедрение инновационных педагогических технологий в
преподавание раздела «Электронные таблицы» может способствовать повышению
цифровой грамотности и формированию практических навыков учащихся.

Ключевые слова.

Цифровая грамотность, электронные таблицы, интерактивные

методы, образовательные технологии, инновационная педагогика, самостоятельное
мышление, дискуссия, аналитическое мышление, геймификация, смешанное обучение,
обратная разработка, методика обучения.

KIRISH

Zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalar kundalik hayotning ajralmas qismiga

aylangan bo‘lib, ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Xususan, elektron jadvallar bilan ishlash bugungi kunda har bir mutaxassis
uchun zaruriy ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. Elektron jadvallar ma’lumotlarni qayta ishlash,
tahlil qilish va vizualizatsiya qilishda keng qo‘llanilib, ta’lim, iqtisodiyot, biznes, muhandislik va
boshqa sohalarda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida raqamli savodxonlikni

oshirishga yo‘naltirilgan dasturlar doirasida elektron jadvallar bo‘limini o‘qitish metodikasini
takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. An’anaviy ta’lim usullaridan
samaraliroq bo‘lgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, interfaol o‘qitish
uslublaridan foydalanish hamda amaliy mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish orqali
talabalarning elektron jadvallar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.

Adabiyotlar tahlili

. Raqamli savodxonlikni oshirish jarayonida elektron jadvallar

bo‘limini o‘qitish muhim o‘rin tutadi. Ushbu mavzuda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar elektron
jadvallarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, ularni o‘qitish metodikasi hamda innovatsion
texnologiyalarni tatbiq etishning samaradorligini tahlil qilgan.

Jon Walkenbach o‘zining "Excel Bible" asarida elektron jadvallar bilan ishlash bo‘yicha

keng qamrovli metodologiyani taklif etadi. Muallif elektron jadvallar yordamida ma’lumotlarni
avtomatlashtirish va vizualizatsiya qilish ta’lim jarayonidagi samaradorlikni oshirishini
ta’kidlaydi."Ta’lim jarayoniga elektron jadvallarni integratsiya qilish talabalar uchun tahliliy
fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa
bugungi ma’lumotlarga asoslangan dunyoda juda muhim hisoblanadi."[1]

Stephen Few esa "

Show Me the Numbers. Designing Tables and Graphs to Enlighten

"

asarida elektron jadvallar orqali ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish ta’lim jarayonida muhim
ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, elektron jadvallarni to‘g‘ri vizualizatsiya qilish orqali
talabalar statistik tahlillarni chuqurroq tushunishlari mumkin. "

Samarali ma’lumotlar

vizualizatsiyasi talabalar uchun murakkab ma’lumotlar to‘plamlarini tushunishni osonlashtiradi
va ularga asoslangan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi

."[2]


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

14

SHuningdek, Simon Benninga "

Financial Modeling

" kitobida elektron jadvallarni

moliyaviy tahlil va modellashtirishda foydalanish bo‘yicha samarali metodlarni bayon qiladi. U
elektron jadvallar orqali tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish o‘quvchilarning amaliy bilimlarini
oshirishini ta’kidlaydi. "

Elektron jadvallarga asoslangan modellashtirish talabalar uchun

moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish va real hayotdagi vaziyatlarni simulyatsiya qilishda juda
foydali vositadir

." [3]

O‘zbek olimlari ham bu borada tadqiqotlar olib borishgan, jumladan, Ibragimov Sh.

"

Raqamli iqtisodiyotda elektron jadvallarning o‘rni va ahamiyati

" maqolasida elektron

jadvallarning raqamli iqtisodiyotdagi roli, ularni o‘qitish metodlari hamda zamonaviy ta’lim
jarayoniga integratsiyasi haqida quyidagicha fikr bildiradi."

Elektron jadvallarni o‘qitishning

innovatsion usullari talabalar raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi

"

[4]

To‘xtayev A. "

Oliy ta’limda AKT vositalaridan foydalanish metodikasi

" monografiyasida

elektron jadvallarning amaliy mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanishi hamda interfaol metodlar
yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish haqida fikr bildirganda,"

Elektron jadvallar

bo‘yicha darslarni amaliyotga yo‘naltirish talabalarning mustaqil tahlil qilish qobiliyatini
oshiradi

",-deb ta’kidlab o‘tgan .[5]

Saidov U. "

Informatika va axborot texnologiyalari darslarida elektron jadvallardan

foydalanish usullari

" maqolasida elektron jadvallarni dasturiy ta’minot bilan uyg‘unlashtirish

va masofaviy ta’limda qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq etadi va quyidagicha xulosaga keladi
."

Interfaol o‘qitish texnologiyalari orqali elektron jadvallarni o‘zlashtirish natijalari an’anaviy

usullarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi

" .[6]

Ushbu tadqiqotlar elektron jadvallar bo‘limini o‘qitish jarayonida samaradorlikni oshirish

uchun innovatsion metodlarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Ilg‘or xorijiy tajribalar va mahalliy
tadqiqotlar asosida elektron jadvallarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish ta’lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi.

Metodlar.

Elektron jadvallar bo‘limini o‘qitishda an’anaviy dars usullaridan ko‘ra

interfaol metodlar samaraliroq bo‘lib, ular talabalar bilimini mustahkamlash, tahliliy fikrlash
va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Quyida eng samarali interfaol
metodlar keltirilgan.

Muammoli ta’lim (Problem-Based Learning – PBL)

Talabalarga real hayotdagi biznes,

moliya yoki ilmiy tadqiqotga oid muammolar berilib, ularni elektron jadvallar yordamida hal
qilish so‘raladi. Masalan, "Kompaniya budjetini optimallashtirish" yoki "Statistik tahlil orqali
prognoz qilish" kabi masalalar.

Jamoaviy ish va loyihalar (Collaborative Learning & Projects).

Talabalar kichik guruhlarga

bo‘linib, jamoaviy loyihalar bajaradilar. Masalan, bir guruh "Sotuv ma’lumotlarini tahlil qilish"

,

boshqa bir guruh esa

"Xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha hisob-kitoblar" ustida ishlaydi va

natijalarni taqdim qiladi.

Gamifikatsiya va tanlovlar (Gamification & Competitions).

Talabalarning qiziqishini

oshirish uchun elektron jadvallar bo‘yicha tanlov va o‘yin elementlaridan foydalanish samarali
bo‘lishi mumkin. Masalan, "Eng yaxshi avtomatlashtirilgan hisob-kitob" yoki "Murakkab
grafikalar yaratish" musobaqalari tashkil etish.

Case Study (Keys-stadi usuli).

Aniq bir kompaniyaning moliyaviy hisobotlari yoki ilmiy

ma’lumotlari asosida elektron jadvallardan foydalangan holda tahlillar qilish taklif etiladi. Bu
usul talabalarni real dunyo tajribasiga tayyorlaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

15

Onlayn simulyatsiyalar va interaktiv dasturlar.

Google Sheets, Microsoft Excel Online kabi

bulutli xizmatlar orqali talabalar masofadan turib ishlaydi va o‘z natijalarini baham ko‘radi.
Shuningdek,

Kahoot

,

Quizizz

kabi platformalar orqali elektron jadvallar bo‘yicha interaktiv

testlar o‘tkazish mumkin.

Data Storytelling (Ma’lumotlar asosida hikoya yaratish).

Bu usul talabalarni ma’lumotlarni

faqat hisoblash va tahlil qilish bilan cheklab qo‘ymay, balki ularni tushunarli va qiziqarli tarzda
taqdim etishga o‘rgatadi. Masalan, talabalar elektron jadvallar yordamida biznes
ma’lumotlarini vizualizatsiya qilib, natijalar asosida hikoya yaratishadi.

Reverse Engineering (Teskari muhandislik usuli)

Talabalarga tayyor elektron jadval berilib,

uning qanday yaratilganini tahlil qilish va muammolarni aniqlash vazifasi yuklatiladi. Masalan,
murakkab formulalar ishlatilgan jadval berilib, uning qanday ishlashini tushunib, qayta
yaratish so‘raladi.

AI-Integrated Learning (Sun’iy intellekt yordamida o‘qitish)

ChatGPT, Microsoft Copilot

yoki Google Bard kabi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib, talabalar elektron jadvallar
uchun avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha interfaol
mashg‘ulotlar o‘tkazishadi.

Escape Room (Ta’limiy qochish xonasi)

Talabalarga turli bosqichlardan iborat topshiriqlar

beriladi va ularni bajarish orqali keyingi bosqichga o‘tish imkoniyati yaratiladi. Masalan, Excel
formulasidan foydalanib yashirin kodlarni topish yoki ma’lumotlar tahlilidan foydalangan
holda masala yechish.

Hackathon-style Challenges (Hackaton uslubidagi musobaqalar).

Talabalar jamoalarga

bo‘linib, muayyan vaqtda aniq bir ma’lumotlar to‘plamini tahlil qilish yoki avtomatlashtirish
bo‘yicha eng samarali yechimni ishlab chiqishlari kerak.

Augmented Reality (AR) va Virtual Reality (VR) orqali o‘qitish.AR

va VR texnologiyalaridan

foydalanib, talabalar elektron jadvallar bilan vizual tarzda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Masalan, murakkab formulalarni 3D ko‘rinishda tasavvur qilish yoki interaktiv
simulyatsiyalarda ishtirok etish.

Crowdsourced Data Analysis (Jamoaviy ma’lumotlar tahlili)

Talabalarga real hayotiy

ma’lumotlar (masalan, iqlim o‘zgarishi, aholi statistikasi yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar) beriladi
va ular o‘z tahlillarini birgalikda ishlab chiqishadi. Bunday usul hamkorlikda ishlash va katta
hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Bu interfaol metodlar elektron jadvallarni o‘qitishda talabalar ishtirokini oshirish,

ularning tahliliy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Natija.

"Elektron jadvallar bo‘limini o‘qitishda tahliliy fikrlash va mustaqil muammolarni

hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun Reverse Engineering (teskari muhandislik)
metodi samarali hisoblanadi. Ushbu metod bosqichma-bosqich yondashuv orqali talabalarni
murakkab elektron jadvallarni tushunish, tahlil qilish va qayta yaratishga yo‘naltiradi. Quyida
ushbu metod bosqichlari jadval ko‘rinishida keltirilgan."

1-jadval

Bosqich

Vazifa

Talabalar bajaradigan

ishlar

Natijalar

1. Tayyor

elektron jadvalni

taqdim etish

Murakkab

jadvalni talabalar

guruhiga berish

Formulalar, diagrammalar,

shartli formatlash,

VBA/makroslar mavjud

jadvalni tahlil qilish

Talabalar

jadvalning umumiy

tuzilishini tushunib

chiqadi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

16

2. Tahlil va

buzilgan

qismlarni tiklash

Jadvalni chuqur

o‘rganish va

asosiy

funksiyalarni

aniqlash

Formulalarni topish,

yashirin funksiyalarni

tiklash, qanday

ma’lumotlar

ishlatilayotganini

tushunish

Talabalar jadval

qanday ishlashini

tushunadi

3. Qayta yaratish

va muammolarni

hal qilish

O‘z jadvallarini

yaratish

Formulalarni tiklash,

diagrammalarni yaratish,

avtomatlashtirish

funksiyalarini qo‘shish

Talabalar elektron

jadvallarni mustaqil

yaratishga

o‘rganadi

4. Taqdimot va

tahlil

O‘z yechimlarini

taqdim etish

Guruhlar yoki individual

taqdimotlar qilish

Turli yondashuvlar

taqqoslanadi va eng

samarali yechimlar

aniqlanadi

5. Dastlabki

jadval bilan

solishtirish va

xulosa chiqarish

Dastlabki jadval

bilan

talabalarning

ishlarini

solishtirish

Xatolarni aniqlash,

yaxshilash usullarini ko‘rib

chiqish

Talabalar o‘z

xatolaridan saboq

oladi va yangi

bilimlar oladi

Bu metod orqali talabalar elektron jadvallar bilan ishlashni chuqur o‘rganib, tahliliy va

muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Muhokama.

Interfaol metodlar qo‘llangan sinfda

ta’lim samaradorligi ancha yuqori,

o‘quvchilar bilimni yaxshi eslab qoladi va faolroq ishtirok etadi. "Quyidagi tahlil 7-‘A’ sinfida
interfaol metodlar yordamida, 7-‘B’ sinfida esa an’anaviy usulda o‘tilgan dars natijalarini
taqqoslash orqali olib borildi."

7-"A" sinf. Interfaol metodlar yordamida o‘quvchilarning 85-90% darsga faol jalb etiladi,

80% mustaqil fikrlaydi, 75% savollar beradi va 70-80% o‘zaro muhokamada qatnashadi.
Muhokama jarayoni jonli bo‘lib, o‘quvchilarning 65-70% murakkab mavzularni o‘zlari
tushuntirib bera oladi.

7-"B" sinf. Oddiy ma’ruza yoki an’anaviy yondashuv ishlatilganda, o‘quvchilarning 50-

60% faqat tinglovchi bo‘lib qoladi. Muhokama jarayoni sust kechishi, faqatgina 25-30% faol
o‘quvchilar qatnashishi va umumiy qiziqish darajasi 40-45% atrofida bo‘lishi mumkin. (

1-rasm)


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

17

Xulosa va takliflar.

Bugungi kunda raqamli savodxonlikni oshirish dolzarb masalalardan

biri bo‘lib, ayniqsa, "Elektron jadvallar" bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalarini ishlab
chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interfaol ta’lim
metodlari o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning mustaqil fikrlash,
muammolarni hal qilish va amaliy bilimlarni egallash darajasini yaxshilaydi. Yuqoridagi fikrlar
asosida quyidagilarni taklif etaman.

— Interfaol ta’lim metodlarini kengroq joriy etish ya’ni darslarda “Blended Learning”,

“Gamification”, “Case Study”, “Teskari muhandislik (Reverse Engineering)” kabi usullarni faol
qo‘llash. Shuningdek, o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish uchun guruhli ishlash
metodlarini kengaytirish.

— Elektron jadvallarni amaliy topshiriqlar bilan mustahkamlash ya’ni nazariy bilimlarni

real hayotiy vaziyatlarga bog‘lash, masalan, biznes tahlil, ma’lumotlarni vizuallashtirish kabi
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘quvchilarga o‘z loyihalarini yaratish va ularni elektron
jadvallar yordamida tahlil qilish imkoniyatini berish.

— Texnologik vositalardan samarali foydalanish orqali Microsoft Excel, Google Sheets,

Python va R kabi dasturlar yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha interfaol darslar
tashkil etish hamda sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda
mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli tarzda tashkil etish.

— O‘qituvchilar uchun maxsus trening va seminarlar tashkil qilish, ularni zamonaviy

raqamli vositalardan foydalanishga o‘rgatish, jumladan, turli mamlakatlarning ilg‘or
tajribalarini o‘rganish va ularni mahalliy ta’lim tizimiga moslashtirish.

— Natijalarni baholash va doimiy monitoring olib borish orqali o‘quvchilarning

o‘zlashtirish darajasini doimiy kuzatib borish va interfaol metodlar ta’sirini baholash uchun


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

18

maxsus tizim ishlab chiqish va o‘quvchilar hamda o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini
inobatga olgan holda metodikani doimiy takomillashtirish.

Xulosa qilib shuni ayta olamanki, "Elektron jadvallar" bo‘limini o‘qitishda interfaol

yondashuvlardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning bilim olish jarayonini osonlashtiradi,
balki ularni mustaqil va ijodiy fikrlashga ham o‘rgatadi. Zamonaviy ta’lim muhitida raqamli
savodxonlik darajasini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarur.
Shu boisdan, ilg‘or metodlarni muntazam rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish ta’lim
samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

19

12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Библиографические ссылки

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Farrux Qodirov , Baxtiniso Boqiyeva , Sevinch Negmatova , TCP/IP PROTOKOLLAR STEKI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA , Молодые ученые: Том 3 № 7 (2025)

Sevinch Toshbadalova , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova, IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALAR , Молодые ученые: Том 3 № 2 (2025): Молодые ученые

Nuriddin Jurayev, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , ZAMONAVIY “O‘QITUVCHI” PORTFOLIOSINI YARATISH USULLARI VA VOSITALARI , Молодые ученые: Том 3 № 15 (2025)

Farrux Qodirov , Sevinchoy Norboboyeva , Sevinch Negmatova, BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI HAQIDA TUSHUNCHA , Молодые ученые: Том 3 № 7 (2025)

Shaxzoda Xasanova , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova, O‘QUV – METODIK TA’ MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH , Молодые ученые: Том 3 № 15 (2025)

, , , KOMPYUTER TARMOQLARINING ASOSIY PROTOKOLLARI , Молодые ученые: Том 3 № 7 (2025)

Farrux Qodirov , Dilmurod Abdullayev , Sevinch Negmatova , KOMPYUTER TARMOQLARINING STANDART TEXNOLOGIYALARI , Молодые ученые: Том 3 № 7 (2025)

Farrux Qodirov , Yulduz Ahmedova , Sevinch Negmatova , KOMPYUTER TARMOQLARINING ASOSIY ELEMENTLARI , Молодые ученые: Том 3 № 7 (2025)

Farrux Qodirov , Sevinch Nomozova, Sevinch Negmatova , BUYUMLAR INTERNETIDAN FOYDALANISH , Молодые ученые: Том 3 № 7 (2025)

Dilnura Qo‘ziyeva, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN VEBINAR DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI , Молодые ученые: Том 3 № 14 (2025)

1 2 3 4 > >>