O‘QUV – METODIK TA’ MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH

Аннотация

Ushbu maqolada informatika darslarida o‘quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan tanishish jarayonini tashkil etish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol ta’lim metodlarining samaradorligi tahlil qilinib, Jigsaw, Elektron portfolio, Klaster, Fikrlar doirasi, Rol o‘ynash va Blits-so‘rov kabi metodlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri o‘rgandim. Maqolada 11-"A" va 11-"B" sinflari misolida interfaol va an’anaviy metodlar natijalari taqqoslanib, interfaol yondashuv qo‘llanilgan sinfda darsga qiziqish va o‘zlashtirish sifati yuqoriligini aniqladim. Tahlil natijalariga ko‘ra, informatika darslarida elektron portfoliolar yaratish, o‘quvchilarni mustaqil tadqiqotga yo‘naltirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish samarali ekanini aniqladim. Maqolada informatika o‘qituvchilari uchun interfaol metodlarni keng joriy etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdim.Ushbu maqola informatika fani bo‘yicha dars samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar, ta’lim mutaxassislari va tadqiqotchilar uchun foydali tavsiyalarni taqdim etdim.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
76-81
51

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xasanova , S. ., Nurullayeva , M., & Yaxiyaxonova, M. (2025). O‘QUV – METODIK TA’ MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH. Молодые ученые, 3(15), 76–81. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/88175
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada informatika darslarida o‘quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan tanishish jarayonini tashkil etish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol ta’lim metodlarining samaradorligi tahlil qilinib, Jigsaw, Elektron portfolio, Klaster, Fikrlar doirasi, Rol o‘ynash va Blits-so‘rov kabi metodlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri o‘rgandim. Maqolada 11-"A" va 11-"B" sinflari misolida interfaol va an’anaviy metodlar natijalari taqqoslanib, interfaol yondashuv qo‘llanilgan sinfda darsga qiziqish va o‘zlashtirish sifati yuqoriligini aniqladim. Tahlil natijalariga ko‘ra, informatika darslarida elektron portfoliolar yaratish, o‘quvchilarni mustaqil tadqiqotga yo‘naltirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanish samarali ekanini aniqladim. Maqolada informatika o‘qituvchilari uchun interfaol metodlarni keng joriy etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdim.Ushbu maqola informatika fani bo‘yicha dars samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar, ta’lim mutaxassislari va tadqiqotchilar uchun foydali tavsiyalarni taqdim etdim.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

76

O‘QUV – METODIK TA’ MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH

Xasanova Shaxzoda Nurmamat qizi

SHDPI talabasi

Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

Ilmiy maslahatchi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15400728

Annotatsiya.

Ushbu maqolada informatika darslarida o‘quv-metodik ta’minotga oid

materiallar bilan tanishish jarayonini tashkil etish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda interfaol
ta’lim metodlarining samaradorligi tahlil qilinib, Jigsaw, Elektron portfolio, Klaster, Fikrlar
doirasi, Rol o‘ynash va Blits-so‘rov kabi metodlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga
ta’siri o‘rgandim. Maqolada 11-"A" va 11-"B" sinflari misolida interfaol va an’anaviy metodlar
natijalari taqqoslanib, interfaol yondashuv qo‘llanilgan sinfda darsga qiziqish va o‘zlashtirish
sifati yuqoriligini aniqladim. Tahlil natijalariga ko‘ra, informatika darslarida elektron
portfoliolar yaratish, o‘quvchilarni mustaqil tadqiqotga yo‘naltirish va innovatsion
texnologiyalardan foydalanish samarali ekanini aniqladim. Maqolada informatika o‘qituvchilari
uchun interfaol metodlarni keng joriy etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirish va dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar
ishlab chiqdim.Ushbu maqola informatika fani bo‘yicha dars samaradorligini oshirishga
qaratilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar,
ta’lim mutaxassislari va tadqiqotchilar uchun foydali tavsiyalarni taqdim etdim.

Kalit soʻzlar

: O‘quv-metodik ta’minot, informatika darslari, interfaol ta’lim metodlari,

elektron portfolio, Jigsaw usuli, klaster usuli, mustaqil ta’lim, innovatsion texnologiyalar, amaliy
ko‘nikmalar, ta’lim samaradorligi.

KIRISH.

O‘quv-metodik ta’minot – bu ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan

barcha materiallar, metodlar va vositalar to‘plamidir. Ta’lim tizimining muvaffaqiyatli ishlashi
uchun o‘quvchilarni zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, shuningdek, ularning o‘qish
jarayonini qiziqarli va samarali qilish muhim ahamiyatga ega. O‘quv-metodik materiallar
o‘qituvchilarga darslarni rejalashtirishda, darsliklar va qo‘shimcha materiallar tayyorlashda
yordam beradi, shuningdek, talabalarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish imkoniyatini
yaratadi. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun metodik qo‘llanmalar, darsliklar,
o‘quv dasturlari, testlar, vizual materiallar va boshqa turli vositalardan foydalanish zarur.
Bunday materiallar o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni faol ishtirok
etishga undashga va bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada o‘quv-
metodik ta’minotning ahamiyati, uning tarkibi va ta’lim jarayonida qo‘llanilishi masalalari
ko‘rib chiqiladi.

Axborotlar tahlili

. O‘quv-metodik ta’minot bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ta’lim

jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, А. Р. Алавердовning
"Tashkilotda inson resurslarini boshqarish" asarida ta’lim jarayonida kadrlar tayyorlash va
ularning malakasini oshirish masalalari yoritilgan. Muallifning ta’kidlashicha, "ta’lim tizimida
kadrlar tayyorlash soni va tuzilmasi haqida gapirganda, tayyorlanayotgan mutaxassislarni
ishga joylashtirish statistikasi asosida asosli prognozlash qiyin". Bu esa o‘quv-metodik
ta’minotni rejalashtirishda muhim omil hisoblanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

77

Shuningdek, Sudhir Junankar, Ole Lofsnaes va Philip Summerton tomonidan ishlab

chiqilgan MDM-E3 modeli ta’lim tizimining iqtisodiyotga ta’sirini prognozlashda qo‘llaniladi.
Ular o‘z ishlarida "MDM-E3 modeli Germaniya iqtisodiyotining tarmoqlararo rivojlanishini
prognozlashda qo‘llaniladi" deb ta’kidlashadi. Bu model ta’lim va iqtisodiyot o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni o‘rganishda yordam beradi.

Jumladan, G.O. Atamuradovaning "Kasbiy ta’limda o‘quvchilarning izlanishchanlik va

ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish asoslari" nomli magistrlik dissertatsiyasida kasbiy
ta’limda o‘quvchilarning izlanishchanlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari
o‘rganilgan. Uning fikricha, "hozirgi davrga kelib iqtisodiyotning barcha jabhalaridagi kabi
ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlar ham o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda" . Bu esa o‘quv-
metodik ta’minotning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Shuningdek, A.E. Usanovning "Professional ta’lim tizimida o‘quvchilar texnik ijodkorligini

rivojlantirish metodikasi" maqolasida texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodikasi yoritilgan. U
shunday deydi: "texnik ijodkorlik jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantiradilar, innovatsiya va ixtirochilik asoslari bilan tanishadilar, ijodiy masalalarni hal
qilish usullarini o‘zlashtiradilar" . Bu esa o‘quv-metodik ta’minotning sifatini oshirishga xizmat
qiladi.

Yuqoridagi tadqiqotlar o‘quv-metodik ta’minotning ta’lim jarayonidagi o‘rni va

ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.

Metodlar

. Informatika darslarida o‘quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan

tanishishga doir mavzularni o’qitishda quyidagi interfaol ta’lim metodlari samarali hisoblanadi:

̶ Klaster (g‘oya xaritasi) usuli. Oʻquvchilar o‘quv-metodik materiallarni guruhlarga

ajratib, ularning o‘zaro bog‘liqligini tushunishadi. Masalan, “Elektron darsliklar, didaktik
qo‘llanmalar, test to‘plamlari” kabi bo‘limlarga ajratish mumkin.

̶ Jigsaw (Pazl) usuli. Oʻquvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, har biri muayyan o‘quv-

metodik materialni o‘rganadi va keyin o‘z bilimlarini boshqalarga yetkazadi. Misol uchun, bitta
guruh elektron resurslarni, ikkinchisi laboratoriya mashg‘ulotlarini, uchinchisi nazorat
materiallarini tahlil qiladi.

̶ Bumerang usuli. Oʻquvchilar berilgan mavzular bo‘yicha kichik tadqiqot olib borishadi

va taqdimot qilishadi. Masalan, “Onlayn ta’lim platformalari orqali o‘quv-metodik ta’minotdan
foydalanish” mavzusida tahlil qilishlari mumkin.

̶ Rol o‘ynash (Role-Playing). Oʻquvchilar turli rollarni (o‘qituvchi, o‘quvchi, ekspert)

bajarib, informatika darslarida o‘quv-metodik materiallar bilan ishlash jarayonini
sahnalashtirishadi. Bitta guruh yangi darslik mualliflari, ikkinchisi taqrizchilar, uchinchisi esa
o‘qituvchilar sifatida harakat qiladi.

̶ “Blits-so‘rov’’. Oʻquvchilarga tezkor savollar berilib, ular o‘quv-metodik ta’minot bo‘yicha

fikrlarini bildirishadi. Masalan: “Elektron resurslar va an’anaviy darsliklarning qaysi biri
samaraliroq?”

̶ “Elektron portfoliolar” tayyorlash usuli. Oʻquvchilar o‘quv-metodik materiallar asosida

o‘zining elektron portfoliolarini yaratib, taqdimot qilishadi. Masalan, informatika bo‘yicha eng
yaxshi onlayn resurslarni yig‘ish va tahlil qilish.

̶ “Fikrlar doirasi” usuli. Oʻquvchilar qog‘ozga yoki raqamli platformalarda o‘quv-metodik

materiallar bo‘yicha o‘z fikrlarini yozib, boshqalar bilan almashishadi. Masalan, "Qanday o‘quv-
metodik materiallar informatika darslarini qiziqarli qiladi?"


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

78

Ushbu metodlar informatika darslarida o‘quvchilarning faolligini oshirib, o‘quv-metodik

materiallarni samarali o‘zlashtirishlariga yordam beradi.

Natija

. Quyida "Elektron portfoliolar" metodini o‘quv-metodik ta’minotga oid materiallar

bilan tanishish mavzusida jadval asosida yoritdim. Bu metodni informatika darslarida yoki
boshqa fanlarda ham qo‘llash mumkin.

Bosqich

Faoliyat

Tavsif

1.

Kirish

Mavzu bilan tanishtirish

Oʻqituvchi oʻquvchilarga

elektron portfolioning

mohiyati va uning oʻquv ̶

metodik ta'’inot bilan

bogʻliqligini tushuntiradi.

2.

Maqsad qoʻyish

Portfolioning maqsadini

aniqlash

Oʻquvchilar oʻz elektron

portfoliolarini qanday

maqsadda yaratishlarini

belgilaydilar.

3.

Platforma tanlash

Raqamli vositalarni aniqlash

Oʻquvchilarga Google Sites,

Notion, Canva, OneNote yoki

boshqa platformalarda

elektron portfolio yaratish

imkoniyati beriladi.

4.

Ma’lumot toʻplash

Oʻquv – metodik

materiallarni yigʻish

Oʻquvchilar oʻquv – metodik

darsliklar, interaktiv

resurslar, testlar,

qoʻllanmalar va boshqa

materiallarni yigʻadilar.

5.

Tuzilish yaratish

Portfolioning tarkibini

shakllantirish

Oʻquvchilar elektron

portfolioni boʻlimlarga

ajratadilar.

6.

Dizayn va

taqdimot

Portfolioni visual jihatdan

tartibga solish

Oʻquvchilar grafikalar,

havolalar va dizayn

elementlaridan foydalangan

holda elektron portfolioni

bezatadilar.

7.

Taqdimot

Ishlab chiqilgan portfolioni

namoyish etish

Oʻquvchilar oʻz elektron

portfoliolarini sinfga taqdim

qilib, oʻzlari toʻplagan

materiallar haqida fikr

bildiradilar.

8.

Tahlil va

muhokama

Oʻzaro baholash va xulosa

qilish

Guruh muhokamasi orqali

eng foydali va sifatli elektron

portfoliolar saralanadi, taklif

va xulosalar beriladi.

9.

Fikr – mulohaza

olish

Oʻqituvchi va

oʻquvchilarning bahosi

Oʻqituvchi va guruh a’zolari

bir – birining ishini baholab,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

79

takomillashtirish boʻyicha

tavsiyalar beradilar.

Kutilgan natijalar:
O‘quvchilar o‘quv-metodik materiallar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Mustaqil tadqiqot olib borish va natijalarni vizual tarzda taqdim etish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Raqamli texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘ladilar.

Muhokama

. Ushbu gistogrammada 11-"A" sinfida interfaol metodlar qo‘llanilganda

barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori natijalar kuzatilgan, ayniqsa darsga qiziqish va mustaqil
fikrlash darajalari ancha yuqori. 11-"B" sinfida esa an’anaviy metodlar asosida o‘qitilganda
natijalar sezilarli darajada pastroq bo‘ldi.

11-"A" sinfi o‘quvchilari dars jarayonida faol ishtirok etishdi, materialni o‘zlashtirish

darajasi yuqori bo‘ldi.

11-"B" sinfida esa passivlik, faqat darslikka asoslangan o‘qish va mustaqil fikrlash

darajasining pastligi kuzatildi.

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha ham interfaol metodlar samaraliroq natija berdi.
Informatika darslarida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish o‘quvchilarning bilim

olish jarayonini ancha samarali qiladi.

Xulosa

. O‘quv-metodik ta’minotga oid materiallar bilan tanishish jarayoni informatika

darslarida o‘quvchilarning bilimlarini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalaridan
ko‘rinib turibdiki, interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishini oshirib, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Gistogrammada ko‘rsatilgan taqqoslashdan ham ma’lum bo‘ldiki, interfaol metodlarni qo‘llagan
11-"A" sinfi an’anaviy metodlardan foydalangan 11-"B" sinfiga qaraganda yaxshiroq natijalarga
erishdi. Shu sababli, informatika darslarida o‘quv-metodik ta’minotni o‘rgatishda Jigsaw,
Elektron portfolio, Klaster, Fikrlar doirasi, Rol o‘ynash va Blits-so‘rov kabi metodlarni keng
qo‘llash maqsadga muvofiq. Ushbu yondashuv o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini
sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Takliflar

.

Interfaol metodlarni keng joriy etish – Informatika darslarida an’anaviy usullarni interfaol

metodlar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya etiladi.

Elektron portfoliolarni yaratish – O‘quvchilar o‘quv-metodik materiallarni o‘zlashtirish va

ulardan foydalanish uchun Google Sites, OneNote yoki Notion kabi platformalardan
foydalangan holda shaxsiy elektron portfoliolarini shakllantirishlari lozim.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

O‘quvchilarni mustaqil tadqiqotga yo‘naltirish – O‘quv-metodik materiallar bo‘yicha

mustaqil izlanish olib borish va o‘z fikrlarini taqdim qilish tizimini joriy etish zarur.

Dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish – Virtual laboratoriyalar,

interaktiv testlar, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan darsliklardan foydalanishni
yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq.

O‘qituvchilar malakasini oshirish – Informatika o‘qituvchilari uchun interfaol ta’lim

metodlarini qo‘llash bo‘yicha seminar va treninglar tashkil etish tavsiya etiladi.

Shunday qilib, informatika darslarida interfaol metodlar asosida o‘quv-metodik

materiallarni o‘rganish nafaqat bilim olish jarayonini samarali qiladi, balki o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash va texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Алавердов, А. Р. “Tashkilotda inson resurslarini boshqarish.” International Conference

on Interdisciplinary Studies and Research, 2024.
2.

Junankar, Sudhir, Ole Lofsnaes, and Philip Summerton. “MDM-E3 Model for Economic

Forecasting in Education.” International Conference on Interdisciplinary Studies and Research,
2024.
3.

Atamuradova, G. O. “Kasbiy Ta’limda O‘quvchilarning Izlanishchanlik va Ijodkorlik

Qobiliyatlarini Rivojlantirish Asoslari.” Master’s Thesis, 2024.
4.

Usanov, A. E. “Professional Ta’lim Tizimida O‘quvchilar Texnik Ijodkorligini Rivojlantirish

Metodikasi.” Oriens Journal of Professional Education, 2024.
5.

Sherdil, Tillayev, and Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna. "INFORMATIK AVA

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHGULOTLARNI TASHKIL
ETISH METODIKASI."

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

13.02 (2025): 152-

155.
6.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muxiba, and Xolboyev Baxtishod Hamdam o‘g‘li.

"INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN FAN OYLIKLARINI TASHKIL
ETISH."

PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

13.02 (2025): 166-171.

7.

Maxmudjonovna,

Yaxiyaxonova

Muxiba.

"INFORMATIKA

VA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI FANINI O ‘QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O ‘RNI."

PEDAGOGIK

ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI

13.02 (2025): 176-179.

8.

Турсунова,

Луиза

Шамсиддинов

Гиесжон.

"ОБРАЗ

ПЕДАГОГА

В

ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ." Uz-conferences. No. 1. 2024.
9.

Турсунова, Луиза. "РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ

ТУРИЗМА." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
10.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Abdiroxmonova Zahro. "ZAMONAVIY DARS VA

DARS TAHLILLINI OʻTKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9.
2025.
11.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "MA’LUMOTLAR BAZASI BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
12.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ELEKTRON JADVALLAR BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

13.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ALGORITIMLASH ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
14.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

FANIDAN TO ‘GARAK TASHKIL ETISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
15.

Normurodova, Sadoqat, Zebiniso Rajapova, and Shaxina Asadova. "VEB–DIZAYN

ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования 4.3 (2025): 55-59.
16.

Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O‘ZBEK URNAVALARI, MAROSIMLARI VA

ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O‘RNI”. Web of Teachers: Inderscience Research 2.5
(2024): 205-209.
17.

Milinorov, X. X., and D. N. Eshmuratova. "THE ROLE OF UZBEK TRADITIONS,

CEREMONIES AND CUSTOMS IN PERSONALITY DEVELOPMENT." Web of Teachers:
Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.
18.

Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov Khusniddin

Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR THE DEVELOPMENT OF THE
REGION." Web of Teachers: Inderscience Research 2.6 (2024): 185-189.
19.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER

ARXITEKTURALARI."

Наука и инновация

3.6 (2025): 113-119.

20.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ

VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI."

Наука и инновация

3.6 (2025): 52-58.

21.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

22.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT

HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI."

Решение социальных проблем в

управлении и экономике

3.4 (2024): 45-57.

Библиографические ссылки

Алавердов, А. Р. “Tashkilotda inson resurslarini boshqarish.” International Conference on Interdisciplinary Studies and Research, 2024.

Junankar, Sudhir, Ole Lofsnaes, and Philip Summerton. “MDM-E3 Model for Economic Forecasting in Education.” International Conference on Interdisciplinary Studies and Research, 2024.

Atamuradova, G. O. “Kasbiy Ta’limda O‘quvchilarning Izlanishchanlik va Ijodkorlik Qobiliyatlarini Rivojlantirish Asoslari.” Master’s Thesis, 2024.

Usanov, A. E. “Professional Ta’lim Tizimida O‘quvchilar Texnik Ijodkorligini Rivojlantirish Metodikasi.” Oriens Journal of Professional Education, 2024.

Sherdil, Tillayev, and Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna. "INFORMATIK AVA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHGULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI." PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI 13.02 (2025): 152-155.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muxiba, and Xolboyev Baxtishod Hamdam o‘g‘li. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN FAN OYLIKLARINI TASHKIL ETISH." PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI 13.02 (2025): 166-171.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muxiba. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O ‘QITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING O ‘RNI." PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI 13.02 (2025): 176-179.

Турсунова, Луиза Шамсиддинов Гиесжон. "ОБРАЗ ПЕДАГОГА В ИНФОРМАЦИОННОМ МИРЕ." Uz-conferences. No. 1. 2024.

Турсунова, Луиза. "РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ТУРИЗМА." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Abdiroxmonova Zahro. "ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILLINI OʻTKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "MA’LUMOTLAR BAZASI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ELEKTRON JADVALLAR BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "ALGORITIMLASH ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN TO ‘GARAK TASHKIL ETISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Normurodova, Sadoqat, Zebiniso Rajapova, and Shaxina Asadova. "VEB–DIZAYN ASOSLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 4.3 (2025): 55-59.

Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O‘ZBEK URNAVALARI, MAROSIMLARI VA ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O‘RNI”. Web of Teachers: Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.

Milinorov, X. X., and D. N. Eshmuratova. "THE ROLE OF UZBEK TRADITIONS, CEREMONIES AND CUSTOMS IN PERSONALITY DEVELOPMENT." Web of Teachers: Inderscience Research 2.5 (2024): 205-209.

Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov Khusniddin Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR THE DEVELOPMENT OF THE REGION." Web of Teachers: Inderscience Research 2.6 (2024): 185-189.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER ARXITEKTURALARI." Наука и инновация 3.6 (2025): 113-119.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI." Наука и инновация 3.6 (2025): 52-58.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Решение социальных проблем в управлении и экономике 3.4 (2024): 45-57.