Авторы

  • O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti “Musiqa ta’limi ” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.73161

Ключевые слова:

bo‘lajak musiqa o‘qituvchi turizm vosita tolerantlik rivojlantirish metodika takomillashtirish mazmun.

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning mazmuni yoritib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

37

TALABALARDA MUSIQA TURIZMI VOSITASIDA TOLERANTLIKNI

RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING MAZMUNI

Aziza Abdumannatova

O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti

“Musiqa ta’limi ” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15051459

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida musiqa turizmi

vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning mazmuni yoritib
berilgan.

Kalit so‘zlar:

bo‘lajak, musiqa, o‘qituvchi, turizm, vosita, tolerantlik, rivojlantirish,

metodika, takomillashtirish, mazmun.

Аннотация

.

Освещено

содержание

обеспечения

методики

развития

толерантности у трех будущих учителей средствами музыкального туризма.

Ключевые слова:

будущее, музыка, педагог, туризм, инструмент, толерантность,

развитие, методология, совершенствование, содержание.

Annotations.

The content of the methodology for developing tolerance in three future

teachers by means of musical tourism is covered.

Keywords:

future, music, teacher, tourism, instrument, tolerance, development,

methodology, improvement, content.

Faylasuf olim J. Tulenov “Hayot falsafasi” nomli kitobida qo‘shiq va musiqa mehnatning

yo‘ldoshi ekanligi, u xalq hayotining, tarixining ajralmas qismi ekanligiga e’tiborni qaratib,
“Xalq nima uchun musiqani sevadi? Chunki musiqa mehnat unumini oshirishda qudratli
omillardan biridir. Qo‘shiqlar ham, o‘yinlar ham xalq tomonidan o‘nlab yillar davomida
yaratilgan, qiyomiga yetkazilgan, xalq ularda qimmatli narsalarnigina qoldirgan. Bironta ham
odam o‘zining qisqa hayoti davomida bunday ishni qila olmaydi- bu ish faqat Xalqning qo‘lidan
keladi. Xalq barcha ma’naviy boyliklarning ham ijodkori ham asrovchisidir”, - deb ta’kidlaydi.

Darhaqiqat dunyoda qo‘shiq aytmaydigan, dilrabo qo‘shiq, musiqa va baytlardan

zavqlanmaydigan xalq, millat va elat bo‘lmasa kerak. Ajdodlarimizdan qolgan qo‘shiqlar,
ertaklar, termalar, dostonlar, bayt va laparlar, barcha folklor asarlari – insoniyat ko‘nglidagi
g‘am – anduhning badiiy ifodasi inson aql – idrok va tafakkurining bitmas – tuganmas
xazinasidir.

Bugungi kunning asosiy vazifalardan biri ana shu ulkan ma’naviy xazinadan to‘g‘ri va

oqilona foydalanishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Bu sharafli va mas’uliyatli vazifalarni
amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchi, ustoz – murabbiylar mehnatiga bog‘liq. Yangi
O‘zbekistonning bo‘lajak yangi o‘quvchisi avvalo vatanparvar, bolalarni, pedagogik ishini
sevishlari, pedagogik mahoratlarini tizimli ravishda oshirib borishlari, mehnatsevar, irodali,
notiq, ijodkor, sabrli, bag‘rikeng – bo‘lishlari lozim. Ushbu fikrlar bevosita bo‘lajak musiqa
o‘qituvchilar uchun ham taaluqlidir.

Mamlakatimizda malakali musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash ustuvor sohalardan biri

sifatida e’tirof etilib, uning moddiy – texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv reja va dasturlarni
takomillashtirish darsliklarning va o‘quv- uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratishga
yetarlicha e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining dastlabki samarasini
bermoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

38

Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish

metodikasini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Chunki, dunyo
tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki turizm, jahon iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biriga
aylandi.

Davlatimiz rahbarining say harakatlari bilan turizmni rivojlantirish mamlakatimzni

ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy rivojlanishining aosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Sohani
rivojlantirish uchun qabul qilingan qaror va farmonlar, tegishli me’yoriy hujjatlarning ijrosi
ta’minlanib, muayyan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

Mamalakatimizda turizmning ziyorat, ekologik, ma’rifiy, gastronomik, ta’lim, sport,

davolash – sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik turlari bilan bir qatorda musiqa
turizmi ham rivojlanib bormoqda.

Musiqa turizmning rivojlanishda yangi musiqiy janrlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi,

ommalashuvi muhim omil bo‘lmoqda. Har yili dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan musiqa
festivallarida ishtirokchilarning jumladan yoshlarning soni ortib bormoqda. Muhimi, musiqa
sadolari – qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin eng ezgu, yuksak va nozik
insoniy kechinmalarni ifodalaydi.

Shu bois, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib,

mumtoz musiqa merosimizni asrab – avaylash va o‘rganish, uni kelajak avlodga o‘z holicha
yetkazish musiqa turizmi vositasida turli millat va elat vakillarini bir- biriga yaqinlashtirish,
ular o ‘rtalaridagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, bag‘rikenglik sifatlarini rivojlantirish
maqsadida ko‘plab ko‘rik – tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda
o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, respublikamizda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro maqom,

baxshichilik san’ati anjumanlari, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa san’ati festivali, “Buyuk
ipak yo’li” Xalqaro san’ati festivallari bevosita musiqa turizmining rivojlanishiga ojobiy ta’sir ko
‘rsatmoqda, turtki bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan “Besh muhim tashabbus”ning

birinchi yo‘nalishi “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa
turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi”. Darvoqe,
Musiqa san’ati barkamol avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topshida boshqa
san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatyotganligi rost. Musiqa ohanglari
har qaysi millat va elat vakillarining dil torlarini chertib, ularga quvonch va shodlik
ulashmoqda.

Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish

metodikasini komponentlarini jadval shaklda quyidagicha aks etishga harakat qildik. Ushbu
jadvalda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga turli madaniyat va an’analar haqida bilim berish, turli
musiqiy janrlarni qadrlash o‘rgatish hamda turli madaniyat vakillari bilan muloqat qila olish
ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari o‘z aksini topgan.

Talabalarda musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasini

takomillashtirish komponentlari

1-jadval


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

39


Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari turli millatlarning

madaniyatiga ularning musiqa an’analariga nisbatan hurmat va qiziqish hissi rivojlanadi, turli
xalqlar va millatlar o‘rtasidagi muloqat madaniyatini shakllantiradi. Muhimi talabalarda global
miqiyosda tolerantlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Musiqa festivallarining YUNESKO xalqaro madaniy tadbirlar doirasiga kiritilishi uning

siyosiy ma’naviy ahamiyatiga berilgan bahodir. Musiqa festivallaridan taralgan navolarda erk
va hurlik, yurt ozodligi va obodligi, xalqimizning farovon hayoti, tinch va osoyishta kunlar qadri,

Komponentning

nomlanishi

Maqsadi

Amalga oshirish

usullari

Kutilayotgan natija

Madaniyatni

tushunish

Talabalarda turli

xalqlar madaniyati

va an‘analarini

hurmat qilish

hissini

shakllantirish.

Interaktiv seminarlar,

madaniyatlararo

muloqot uchrashuvlar,

musiqa va madaniyat

bo‘yicha sayohat

darslari.

Dunyoqarashni

kengaytirish,

madaniyatlararo

muloqotda samarali

ishtirok etish qobiliyati

rivojlanadi.

Musiqiy xilma-

xillikni qabul

qilish

Turli musiqiy

janrlarni va

ularning madaniy

kelib chiqishini

qadrlashni

o‘rgatish.

Musiqa festivali

tashriflari, turli

xalqlarning musiqiy
asarlarini o'rganish,

musiqiy loyihalar va

taqdimotlar.

Musiqiy xilma-xillikka

bo‘lgan qiziqishning

oshishi, turli musiqiy

janrlarga nisbatan

tolerantlik shakllanadi.

Til va muloqot

Talabalarga turli

tillarda muloqot

qilish

ko‘nikmalarini

rivojlantirish.

Til kurslari, xalqaro

talabalar bilan til

amaliyotlari, turli

tillardagi musiqa

matnlari bilan ishlash.

Yangi tillarni o'rganishga

bo‘lgan qiziqish, turli

madaniyatlardan

odamlar bilan samarali

muloqot qilish qobiliyati

oshadi.

Musiqa orqali

ijtimoiy

integratsiya

Musiqani turli

madaniyatlar

o‘rtasidagi

ko‘priklar

qurishda vosita

sifatida qo‘llash.

Qo'shma musiqiy

loyihalar, xalqaro

musiqa, baxshichilik,

raqs festivali va

tanlovlarda ishtirok

etish.

Turli madaniyatlardan

kelib chiqqan odamlar

o‘rtasida o‘zaro

tushunish va

hamkorlikning

rivojlanishi.

Musiqiy ta'lim

Musiqa orqali turli

madaniyatlar va
ularning tarixini

o‘rganish.

Musiqa tarixi va

nazariyasi, Musiqa

o‘qitish metodikasi

darslarida turli

madaniyatlarning

musiqiy an’analari

haqida ma’lumot

berish.

Musiqa sohasidagi

bilimlarning

chuqurlashuvi, turli

madaniyatlarning

musiqiy an’analari

haqida tushunchalari

kengayadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

ezgulik, nafosat va do‘stlik tarannum etilsa, Samarqanddan taralgan nafis ohanglar xalqlar
o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, hamjihatlik, chin insoniy fazilatlarni ulug‘lash, bu ko‘hna
kentning dunyo tamaddunida tutgan o‘rni va ahamiyati, umumbashariy madaniyat rivojiga
qo‘shgan, boy musiqiy merosimizni keng namoyon etishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish

metodikasini takomillashtirish uchun muammoning quyidagi jihatlariga e’tiborni qaratish
lozim:

-

davlatimiz rahbari va hukumatimizning musiqa turizmini rivojlantirish borasida Qaror va

Farmonlari, ko‘rsatmalari fikr va mulohazalar bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida tolerantlikni
shakllantirishda dasturamal bo‘lishi;

-

mamlakatimizda musiqa turizmini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan

ishlardan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida tolerantlikni shakllantirishda tizimli ravishda
foydalanish;

-

musiqa turizmi bilan bog‘lik manbalar yordamida tahlil qilish;

-

talabalarda musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasini

takomillashtirish;

-

musiqa turizmi vositasida talabalarda toletantlikni rivojlantirish metodikasini

takomillashtirish komponentlarini aniqlash, uni maqsadi va amalga oshirish usullarini ishlab
chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish;

-

musiqa turizmi vositasida talabalarda tolerantlikni shakllantirishga oid dars

ishlanmalarini tayyorlash va uni amaliyotga tadbiq etish kabi vazifalar amalga oshirilsa bo‘lajak
musiqa o‘qituvchilarida musiqa turizmi vositasida tolerantlikni shakllantirish davlat
buyurtmasi amalga oshirilgan bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni //Xalq so‘zi gazetasi 2019-yil 13-

iyun
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60- son Farmoni
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi

Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-
5847-son Farmoni
4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz

ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora – tadbirlari
to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori.
5.

Tulenov J. T Hayot falsafasi

6.

Karimova D. A. Oliy ta’limda musiqa ta’limi fanlarini o‘qitish metodikasi. O‘quv uslubiy

majmua – T:. 2018, 133b
7.

Husenova M. Yoshlar turizmi. Risola. Samarqand, Samisi, 2018,48b

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni //Xalq so‘zi gazetasi 2019-yil 13-iyun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60- son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5847-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori.

Tulenov J. T Hayot falsafasi

Karimova D. A. Oliy ta’limda musiqa ta’limi fanlarini o‘qitish metodikasi. O‘quv uslubiy majmua – T:. 2018, 133b

Husenova M. Yoshlar turizmi. Risola. Samarqand, Samisi, 2018,48b

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Aziza Abdurakhimova, Diana Abduramanova, THE ROLE OF DIALECT IN AMERICAN SOUTHERN LITERATURE , Молодые ученые: Том 2 № 37 (2024): Молодые ученые

Aziza Zayniddinova , MAXSUS EHTIYOJLARGA EGA O‘QUVCHILAR UCHUN INKLUZIV TA’LIMDA RAQAMLI YECHIMLAR VA INNOVATSION METODLAR , Молодые ученые: Том 3 № 7 (2025)

Aziza Odiljonova, Mohiraxon Abduqahhorova, O`SMIR YOSHDAGI O`QUVCHILARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Молодые ученые: Том 2 № 30 (2024): Молодые ученые

Aziza Umarova, DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARINING MOLIYAVIY MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR , Молодые ученые: Том 3 № 6 (2025)

Aziza Jalolova , TARJIMA JARAYONIDA MADANIY TAFOVUTLARNI HISOBGA OLISHNING AHAMIYATI , Молодые ученые: Том 3 № 8 (2025)

Aziza Erkinboyeva , Mohinbonu Mardonova, ALEKSANDR FAYNBERG: SO‘Z ORQALI KO‘NGILLARNI ZABT ETGAN SHOIR , Молодые ученые: Том 3 № 23 (2025)

Aziza Umarova , DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUV TIZIMI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI , Молодые ученые: Том 3 № 6 (2025)

Aziza Jumayeva , PEDAGOGIK FIKRLAR ASOSIDA BULAJAK BOSHLANGICH SINF OQITUVCHILARINI MANAVIY AXLOQIY KAMOLOTINI TAMINLASH METODIKASI , Молодые ученые: Том 3 № 10 (2025)

Aziza Arzimova, QARAÙYSHILIK LEKSIKASINIŃ SEMANTIKALIQ ÒZGESHELIKLERI , Молодые ученые: Том 2 № 35 (2024)

Aziza Bozorova , YOSHLAR – KELAJAK POYDEVORI: VILOYAT HOKIMINING YOSHLARGA QARATGAN E’TIBORI , Молодые ученые: Том 3 № 27 (2025)