`
59
TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI
Yusupova Sabina Oybek qizi
SHDPI Matematika va informatika yo‘nalish talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
SHDPI katta o‘qituvchisi.
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16600575
Annotatsiya.
Mazkur maqola taqdimot slaydlarini yaratish boʻyicha oʻqitish
metodikasining ahamiyatini va zamonaviy ta’lim tizimidagi rolini tahlil qiladi. Oʻqitish
jarayonida taqdimot slaydlarining samarali yaratish usullari, vizual dizaynning muhimligi va
texnologiyalardan foydalanishning zarurligi muhokama etiladi. Taqdimot slaydlarini yaratish
orqali oʻquvchilar nafaqat texnik koʻnikmalarga ega boʻlishadi, balki kreativ fikrlash va
kommunikatsiya koʻnikmalarini ham rivojlantiradilar. Maqolada interaktiv va amaliy
metodlarning o‘quvchilarning taqdimot yaratish jarayoniga ta'siri, shuningdek, pedagogik
metodlarni takomillashtirish ko‘rsatib berilgan. Ushbu tadqiqot taqdimot slaydlarini yaratish
boʻyicha metodik yondashuvlar oʻqituvchilarning ham malakasini oshirishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
Taqdimot slaydlarini yaratish, o‘qitish metodikasi, interaktiv metodlar,
vizual dizayn, ta'lim texnologiyalari, kreativ fikrlash, kommunikatsiya, o‘quvchilar, taqdimot,
pedagogik metodlar, slayd dizayni, ta'lim jarayoni, animatsiya, ta'lim innovatsiyalari,
PowerPoint.
Kirish
Taqdimot slaydlarini yaratish bo‘limi zamonaviy o‘quv jarayonida alohida o‘rin tutadi.
Ushbu bo‘limda talabalarga slaydlarni samarali yaratish, ular orqali fikrni aniq va ravon
ifodalash, ma'lumotlarni taqdim etish va auditoriyani jalb qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishga e'tibor qaratiladi. Taqdimot slaydlarini yaratish – bu faqat vizual material
tayyorlash emas, balki aniq va tushunarli fikrlarni qisqa va lo‘nda shaklda taqdim etish, so‘z va
tasvir o‘rtasida to‘g‘ri muvozanatni topishdir. Bunday taqdimotlar nafaqat ta'lim
muassasalarida, balki ishbilarmonlik, ilmiy tadqiqotlar, jamoat sohalarida ham keng
qo‘llaniladi.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan taqdimotlar, audio-vizual vositalar va
interaktiv elementlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu o‘zgarishlar
esa, o‘qituvchilar va o‘quvchilardan yanada yuqori darajadagi texnologik savodxonlikni talab
qiladi. Ta'limda taqdimot slaydlarini yaratish metodikasi asosida samarali o‘quv jarayonini
tashkil etish, o‘quvchilarning bilimini rivojlantirish va ularga taqdimotlarni ishlab chiqishning
texnik va estetik jihatlarini o‘rgatish zaruriyati yuzaga keltiradi. Shu bois, taqdimot slaydlarini
yaratish metodikasi o‘quv jarayonida alohida o‘rin tutadi, chunki u o‘quvchilarni nafaqat
texnologik jihatdan tayyorlaydi, balki kommunikativ va kreativ ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi.
Taqdimot yaratish metodikasining asosiy maqsadi – bu nafaqat tasvirlar va matnni
to‘g‘ri joylashtirish, balki ularni mantiqiy va estetik jihatdan o‘quvchi yoki tinglovchi
tomonidan oson qabul qilinadigan tarzda birlashtirishdir. Yaxshi taqdimot slaydi – bu vizual
jihatdan jozibador bo‘lib, auditoriyaning e'tiborini jalb qilishi va ularni taqdimotning asosiy
g‘oyasiga yo‘naltirishi kerak bo‘ladi. Bunday slaydlar o‘quvchilarning ma'lumotni tezda anglab
`
60
olishlariga yordam beradi, bu esa ta'limning samaradorligini oshiradi. Taqdimot slaydlarini
yaratish turli darajadagi o‘quvchilar uchun turli metodik yondashuvlarni o‘ylab topishga
undaydi. Shu bilan birga har bir o‘quvchi ham o‘zining bilimi va kreativligiga qarab
taqdimotlarni yaratishga harakat qiladi va o‘quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirishga yordam beradi.
Mavzuda oid adabiyotlar tahlili.
Taqdimot slaydlarini yaratish boʻlimini oʻqitish
mavzusida adabiyotlar tahlilini olib borish, o‘qituvchining kasbiy faoliyatini baholash va
rivojlantirish jarayoniga oid ko‘plab ilmiy fikrlarni o‘rganishga imkon beradi.
Richard E. Mayer, multimedia o‘rgatish metodikasi bo‘yicha bir qancha asarlarni
yaratgan olim. "Multimedia Learning" nomli kitobida slaydlar yordamida ta'limni qanday
samarali o‘rgatish mumkinligini tahlil qilgan. Mayerning "multimedia prinsipi"ga ko‘ra,
taqdimotlarda matn va rasmlar o‘rtasida to‘g‘ri muvozanat o‘rnatish zarur. U shuni
ta'kidlashicha, slaydlarda matnni qisqartirish, faqatgina asosiy fikrlarni ta'kidlab o‘tish
kerakligi haqida fikr yuritilgan. [1]
Edward Tufte o‘zining "The Visual Display of Quantitative Information" asarida slaydlar
yaratish va vizual ma'lumotlarni taqdim etishning estetik jihatlarini tahlil qilgan. Tufte
grafikalar va slaydlar yordamida murakkab ma'lumotlarni qanday qilib oddiy va tushunarli
tarzda taqdim etish kerakligini ko‘rsatib bergan. Uning fikriga ko‘ra, slaydlar ortiqcha dizayn
va murakkabliklarga ega bo‘lmagan holda yaratilsa, ma'lumotlarni oʻquvchilar tezroq
tushunib olishadi degan maʻlumotlarni keltirgan. [2]
B. Usmonov o‘zining "Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar" asarida taqdimot
slaydlarini yaratish bo‘yicha metodik yondashuvlarni tahlil qilgan. Usmonov ta'kidlashicha,
taqdimotlarda slaydlarni yaratish o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos ravishda vizual
materiallar tanlash kerakligi, shuningdek, taqdimotlarda axborotlarni tizimli tarzda, sodda va
aniq ifodalash muhim ekanligini aytib oʻtgan. [3]
A. Yusupovning "Kompyuter texnologiyalarini ta'lim jarayonida qo‘llash" nomli asarida
taqdimot slaydlarini yaratishda kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish
metodikasi haqida oʻz fikrini bildirgan. Olim, shuningdek, slaydlarni yaratishda dizayn va
ma'lumotlarni oddiy va sodda usulda yoritib berish zarurligini aytib o‘tadi. Uning nazarida,
zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarni ko‘proq jalb qilish va ularning qiziqishini
oshirish mumkinligi haqida oʻz fikrini bildirgan. [4]
Metod.
Taqdimot slaydlarini yaratish metodikasi va uning ta'lim jarayonidagi o‘rni
bo‘yicha so‘nggi yillarda bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu sohada ko‘plab
xorijiy va o‘zbek olimlari taqdimotlarni yaratish texnikalari, dizayn prinsiplari va ularni
o‘qitishda qanday metodik yondashuvlar qo‘llanilishini tahlil qilib kelishmoqda. Ushbu olib
borilayotgan tadqiqotlar bo‘yicha taqdimot slaydlarini yaratish haqida ko‘pgina olimlarning
qilgan ishlari hamda fikrlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu tadqiqotning dars jarayonlariga
qanchalik ta'sir qilishini bilib olamiz.
1. Loyiha asosida o‘qitish. Ushbu metodda o‘quvchilar real dunyo vazifasiga o‘xshash
taqdimot slaydlarini yaratish bo‘yicha loyiha ishlab chiqadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga
ma'lum bir mavzuda taqdimot tayyorlashni topshiradi va ularni slaydlarni yaratish jarayonida
qo‘llab-quvvatlaydi. Bu metod o‘quvchilarga taqdimot slaydlarini yaratish jarayonida mustaqil
fikrlash va kreativlikni rivojlantirish uchun yordam beradi. Bu metodda o‘quvchilar o‘z
`
61
bilimlarini amaliyotda qo‘llashni, jamoada ishlash va taqdimot tayyorlash ko‘nikmalarini
o‘zida shakllantiradi. O‘quvchilarga zamonaviy ilm-fan yoki tarixiy voqealar haqida taqdimot
tayyorlash topshirig‘ini bersak, slaydlar yaratishda mavzu bo‘yicha ma'lumotlar topishadi,
hamda shu bilan birga topgan ma'lumotlarini o‘rganadilar.
2. Demonstratsiya asosida o‘qitish. O‘qituvchi taqdimot slaydlarini qanday yaratish,
dizayn va texnik jihatlarni qanday amalga oshirish haqida ko‘rsatmalar beradi. Taqdimotning
turli jihatlari, masalan, ranglari, shriftlari, grafikalar va vizual elementlar to‘g‘risida
ko‘rsatmalar beradi. Bu metodda o‘quvchilar taqdimot slaydlarini yaratishning to‘g‘ri
usullarini hamda slaydga qanday dizaynlar berish kerakligi haqida bilimlarga ega bo‘lishadi.
Bu metod ham o‘quvchilarning kreativligini va fikrlashini shakllantirishga juda katta yordam
beradi.
3. Tahlil va muhokama. Bu jarayonda o‘quvchilar tayyorlagan taqdimot slaydlarini tahlil
qiladilar, bir-birlari bilan ma'lumot almashadilar, butun sinfning e'tibori taqdimotda bo‘ladi,
chunki barcha taqdimotlarda bir-biridan qiziq malumotlar hamda dizaynlar bo‘ladi. Ushbu
metod o‘quvchilarga slaydlar yaratishda xatolarni aniqlash, ularni tuzatish, Kreativ fikrlash va
tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
4. Kollaborativ o‘qitish. Bu jarayonda oʻquvchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda
birgalikda taqdimot slaydlarini birgalikda yaratadilar. Har bir guruh ma'lum bir mavzu
bo‘yicha slaydlar yaratib, umumiy yakuniy taqdimotni amalga oshiradi. Bu metod guruhda
ishlashni, fikr almashishni va birgalikda ishlashni rag‘batlantiradi. Metod jamoada ishlash va
kommunikatsiya ko‘nikmalarini hamda birgalikda yaratish va fikr almashish o‘quvchilarning
ijodiy yondashuvini oshirishni rivojlantiradi.
5. Interaktiv o‘qitish. Ushbu metodda oʻquvchilar interaktiv vositalar yordamida slaydlar
yaratish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashadi. Masalan, onlayn taqdimot dasturlari
PowerPoint, Prezi, Canva dasturlari orqali o‘zlari slaydlar yaratib, ular bilan interaktiv tarzda
ishlaydilar. O‘qituvchi esa onlayn vositalarning afzalliklarini ko‘rsatadi va ularning samarali
ishlatilishini nazorat qiladi.
Muhokama.
Taqdimot slaydlarini yaratish bo‘yicha metodikalarni o‘qitish sohasida
ko‘plab yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular o‘quvchilarning taqdimotlarni yaratish, strukturasi,
vizual dizayni va samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Zamonaviy ta'lim tizimida taqdimot slaydlarini yaratish nafaqat texnik jihatdan, balki
pedagogik va kreativ yondashuvlardan ham foydalanishni talab qiladi.
Birinchidan, taqdimot slaydlarini yaratishning asosiy metodikasi interaktiv o‘qitishga
asoslanadi. Taqdimot slaydlarini yaratish bo‘yicha o‘qitishda, o‘quvchilarga nafaqat texnik
ko‘nikmalarni, balki ularni auditoriya bilan aloqada bo‘lish, ma'lumotlarni aniq va lo‘nda
tarzda taqdim etish ko‘nikmalarini ham o‘rgatish zarur. Interaktiv usullar yordamida talabalar
o‘zlarining fikrlarini va g‘oyalarini yanada yaxshi va aniq ifodalashga o‘rganadilar.
Ikkinchidan, taqdimot slaydlarini yaratish metodikasida texnologiyalarni samarali
qo‘llash alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda slaydlar yaratish uchun turli onlayn platformalar,
masalan, PowerPoint, Prezi, Canva, Google Slides kabi vositalar mavjud boʻlib, ushbu vositalar
yordamida o‘quvchilar interaktiv elementlar, animatsiyalar va dizaynlarni yaratish,
shuningdek, slaydlarni boshqalar bilan ham muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
`
62
Slaydlarda matnning minimal bo‘lishi, ranglar va grafik elementlarning mos ravishda
ishlatilishi, ma'lumotlarning aniq va oson qabul qilinishini ta'minlab beradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, taqdimotlarni yaratish bo‘yicha o‘qitish metodikasi ko‘plab
muammolarni ham keltirib chiqaradi. Bularning eng muhimi, o‘qituvchilar tomonidan
slaydlarni yaratish bo‘yicha asosiy tamoyillarni aniq tushuntirishning yo‘qligi. Ko‘plab
o‘qituvchilar taqdimotlarni yaratishda faqatgina texnik jihatdan qanday foydalanishni
ko‘rsatadilar, lekin slaydlarning dizayni va auditoriya bilan aloqani qanday o‘rnatish haqida
yetarlicha ma'lumot bermaydilar. Bu esa o‘quvchilarning taqdimotlari samarali bo‘lmasligiga
olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz joizki, taqdimot slaydlarini yaratish bo‘yicha o‘qitish
metodikasini takomillashtirish uchun o‘qituvchilar o‘z malakalarini doimiy ravishda oshirib
borishlari judayam zarur. Yangi texnologiyalar, dizayn tamoyillari va taqdimot qilish usullari
bo‘yicha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yangilab borishi talab qilinadi. Xorijiy va
o‘zbek olimlarining ilmiy ishlaridan ko‘rinib turibdiki, taqdimot slaydlarini yaratish
metodikasi nafaqat texnik bilimlarni, balki vizual dizayn, kommunikatsiya va pedagogik
yondashuvlarni ham o‘z ichiga oladi. O‘qituvchilar taqdimotlar yaratishda faqat texnologik
vositalardan foydalanibgina qolmasdan, ular orqali o‘quvchilarga aniq va samarali
ma'lumotlar ham berishi zarur. Mukammal tashkil etilgan taqdimot slaydlarini yaratish
jarayoni, o‘quvchilarni nafaqat ta'limda, balki ularning kelajakdagi professional faoliyatida
ham muvaffaqiyatli bo‘lishlariga yordam beradi. Taqdimot slaydlarini yaratishda,
o‘qituvchilar interaktiv va vizual metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarni nafaqat texnik
jihatdan, balki vizual dizayn va auditoriya bilan muloqot qilishni o‘rgatadilar. Dasturlar va
onlayn platformalar yordamida taqdimotlarni yaratish o‘quvchilarga yanada qulayliklar
yaratishini, shu bilan birga, taqdimot slaydlarini yaratish bo‘yicha metodik yondashuvlar
oʻquvchilar uchun individual va guruh ishlarini, kreativ fikrlashni rivojlantirishga yordam
beradi. Taqdimot slaydlarini yaratishni toʻgʻri oʻrgatish ta'lim jarayonining samaradorligini
oshirish, hamda o‘quvchilarni kelajakdagi muvaffaqiyatlarga tayyorlashga yordam beradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Жовлиева, Гульшаной. "DISTINCTIVE FEATURES OF TEACHING STUDENTS OF THE
PEDAGOGICAL INSTITUTE METHODS USED IN MATHEMATICS LESSONS."
Международный
мультидисциплинарный журнал исследований и разработок
1.3 (2025): 96-100.
2.
X.Boqiyev G.A.Jovliyeva, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fanini
o‘qitish texnologiyasi, xalq ta'limi, 2024/12, 79-81.
3.
G. Jovliyeva, Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda kompetensiyaviy yondashuv
usullari, Pedagogs, 2023/6, 8-10.
4.
Г.А. Жовлиева, Differensial tenglamalarga oid tushunchalarni o'qitishning o'ziga xosligi,
Belarus international scientific research conference, 2023/6, 2023/6.
5.
Gulshanoy Jovliyeva, Methodological-mathematical training of primary school teachers
and duties, Pedagogs, 2023/2, 166-168.
`
63
6.
Mirzayeva, Shahlo Ruzmat-qizi. "The importance of studying emotional intelligence in
medical students."
Journal of Innovation, Creativity and Art
(2023): 215-220
7.
Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Talabaning kreativ qobiliyatini shakllantirishda taʼlim
texnologiyalaridan foydalanish (Aniq fanlarni oʻqitish misolida), Xalq taʼlimi, 2024/2, 2024/2.
8.
Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Directional derivative anda gradient of a multivariable
function, International Conference on Innovations in Applied Sciences, Education anda
Humanities, 2024/1/26, 1-9.
9.
Khoshimova, D. "THE USING OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING EXACT
SCIENCES AND FORMING THE STUDENT'S CREATIVE ABILITY."
Science and innovation
3.B1
(2024): 5-13.
10.
K.Z.Negmatova I.N.Roʻzimurodov, D.K.Xoshimova, Ehtimollik va statistika, 2024, 156.
11.
Khoshimova. D.K, Use of pedagogical technology in explanation of the Gauss-Jordan
method of soling the system of linear equations, WEB OF SCIENTIST, 2024/1, 50-54.
12.
Raxmatov, Sherqo‘Zi Olimovich. "masofaviy ta’lim dasturlarining ta’lim tizimida
afzalliklari va amaliy ahamiyati (moodle, scorm, tutor dasturlari misolida)."
Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
1.11 (2021): 1263-1270.
13.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO
TIZIMIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR, Science and innovation in the education system,
2024/4/8, 16-22.
14.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, RAQAMLI IQTISODIYOTNING
MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI, Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования,
2024/4/8, 11-14.
15.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, Raimbek Muzaffarov, ELЕKTRON
TIJORATNING AN'ANAVIY SAVDO TURLARI BILAN XARAKTERLI XUSUSIYATLARI,
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2024/4/8, 14-
18.
16.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov, Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi, Pedagogis Internatsianal researcg, 2023/5/15, 69.
17.
Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA
MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY
OMILLARINI O ‘RGANISH."
YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI
1.01
(2024).
18.
Akbar Kodirov, Farangiz Kenjayeva, Marjona Yusupova, MAKTABLARDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ANIQ FAN MAVZULARINI OTISHDA ERISHILAYOTGAN YUTUQ
VA KAMCHILIKLAR, Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика, 2024, 49-52.
19.
Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY
TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI."
Academic research in
educational sciences
4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.
20.
Kodirov, Akbar, Gulasal Ruziyeva, and Marjona Yusupova. "ELEKTRON QO ‘LLANMALAR
YARATISHDA AUTOPLAY DASTURIDAN FOYDALANISH VA IMKONIYATLARINI TA’LIM
TIZIMDA TALQIN ETISH."
Наука и технология в современном мире
3 (2024): 51-55.
`
64
21.
Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV
BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH."
Journal of new century innovations
43
(2023): 93-95.