`
53
INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA O‘QUV METODIK TA'MINOTGA OID
MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Akramov Xudoyor
SHDPI talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba
SHDPI katta o‘qituvchisi
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16600373
Annotatsiya.
Ushbu maqolada informatika fanini o‘qitishda o‘quv metodik ta’minotga
oid materiallardan samarali foydalanish muhimligi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida
interaktiv metodlar, elektron darsliklar va multimediya vositalarining roli tahlil qilinadi.
Shuningdek, informatika fanining o‘zlashtirilishini oshirish uchun gamifikatsiya, muammoli
ta’lim va loyihaviy yondashuv kabi usullarning ahamiyati bayon etiladi. O‘quvchilarning
texnologik innovatsiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning mustaqil
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan metodlarning samaradorligi asoslab beriladi.
Kalit so‘zlar:
Informatika, metodik ta’minot, interfaol usullar, elektron darsliklar,
gamifikatsiya, muammoli ta’lim, loyihaviy yondashuv, multimediya vositalari, mustaqil
fikrlash, texnologik innovatsiyalar.
Annotation.
This article highlights the importance of effectively utilizing educational
methodological resources in teaching computer science. The role of interactive methods,
electronic textbooks, and multimedia tools in modern education is analyzed. Additionally, the
significance of methods such as gamification, problem-based learning, and project-based
approaches in enhancing students’ understanding of computer science is discussed. The
effectiveness of these methods in developing students' ability to work with technological
innovations and fostering their independent thinking skills is substantiated.
Keywords:
Computer science, methodological resources, interactive methods, electronic
textbooks, gamification, problem-based learning, project-based approach, multimedia tools,
independent thinking, technological innovations.
Kirish.
Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatning turli
sohalarida, xususan, ta’lim tizimida ham muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Informatika
fani bugungi kunda nafaqat texnologik bilimlarni o‘rgatuvchi fan sifatida, balki zamonaviy
raqamli jamiyatning ajralmas qismi sifatida ham qaralmoqda. Shu bois, bu fanni o‘qitish
jarayoni yuqori sifatli o‘quv metodik ta’minot bilan mustahkamlangan bo‘lishi talab etiladi.
O‘quv metodik ta’minotdan samarali foydalanish informatika bo‘yicha nazariy va amaliy
bilimlarni oson o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qiladi.
O‘quv metodik ta’minot o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan turli didaktik vositalar,
elektron resurslar, interaktiv materiallar, o‘quv qo‘llanmalari va dasturiy ta’minot majmuasini
o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda an’anaviy darsliklar bilan bir qatorda elektron darsliklar,
virtual laboratoriyalar, dasturlash muhitlari, simulyatsiyalar va onlayn ta’lim
platformalaridan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu metodik materiallar
`
54
o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlash, tajribalar
o‘tkazish va real hayotga yaqin sharoitlarda informatika fanini o‘zlashtirish imkoniyatini
yaratadi.
Bundan tashqari, o‘quv metodik ta’minotdan foydalanish o‘qituvchilarga ham katta
yordam beradi. Chunki bu materiallar darslarni qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etish,
o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashish va ta’lim jarayonini optimallashtirish
imkoniyatini taqdim etadi. Ayniqsa, algoritmlarni tushuntirish, dasturlash asoslarini o‘rgatish
va axborot xavfsizligi kabi murakkab mavzularni tushuntirishda zamonaviy texnologik
vositalarning o‘rni beqiyosdir.
Informatika fanlarini o‘qitishda o‘quv metodik ta’minotga oid materiallardan
foydalanish bo‘yicha o‘zbek olimlarining tadqiqot ishlari quyidagicha tahlil qilinadi:
Madjidovning “Informatika fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma
informatika fanini o‘qitish jarayonida ta'lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarni
shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Qo‘llanmada oliy o‘quv yurtlarida informatika
fanini o‘qitishda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha
ko‘rsatmalar berilgan. [1]
Yo‘ldoshev, U. Y., Boqiyev, R. R., va Zokirova, F. M.larning “Informatika o‘qitish
metodikasi” nomli qo‘llanma informatika o‘qitishda zamonaviy usul va vositalarni qo‘llash,
ilg‘or metodik tajribalarni umumlashtirish hamda o‘quv-metodik ta’minot va uning tasnifi
haqida va informatika o‘qitishda zamonaviy usul va vositalarni qo‘llash, ilg‘or metodik
tajribalarni umumlashtirish hamda o‘quv-metodik ta'minot va uning tasnifi haqida ma’lumot
berilgan.[2]
Karimov, O. T. tomonidan yozilgan “Informatika fanini o‘qitishda ta’lim metodlaridan
foydalanish” nomli maqolada bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib
borayotgani, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etishi ta’kidlanib,
informatika fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning samarali tomonlari
haqida so‘z yuritiladi.[3]
Informatika fanlarini o‘qitishda o‘quv metodik ta’minotdan foydalanish o‘quv
jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ta’lim
jarayoni an’anaviy usullar bilan cheklanib qolmay, balki innovatsion pedagogik texnologiyalar
bilan boyitilmoqda. O‘quv metodik ta’minotning asosiy vazifasi o‘qituvchilarga o‘quvchilar
uchun qulay va tushunarli usulda ta’lim berish imkoniyatini yaratishdir. Shu sababli,
informatika fanini o‘qitishda turli metodlardan foydalanish muhim sanaladi.
Birinchi navbatda, an’anaviy o‘qitish metodlari haqida to‘xtalib o‘tish lozim. Bu metodlar
ichida ma’ruza, tushuntirish va ko‘rsatish usullari keng qo‘llaniladi. O‘qituvchi informatika
fani bo‘yicha nazariy tushunchalarni o‘quvchilarga yetkazadi, mavzuga oid misollar bilan
tushuntirishlar beradi. Ushbu metod yordamida asosiy bilimlar shakllantiriladi va mavzuni
tushunish uchun zarur bo‘lgan asosiy nazariyaviy bazaga ega bo‘lish imkoniyati yaratiladi.
Ammo faqat an’anaviy usullarga tayanish o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirishda yetarli natija bermasligi mumkin.
Shuning uchun, interfaol o‘qitish metodlari keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bunga
munozaralar, muammoli ta’lim, “Aqliy hujum” (Brainstorming), klaster usuli va rolli o‘yinlar
kiradi. Informatika fanida interfaol metodlar yordamida o‘quvchilar mustaqil fikrlashga,
`
55
muammolarni hal qilishga o‘rgatiladi. Masalan, muammoli ta’limda o‘qituvchi o‘quvchilarni
muayyan vaziyatga duch keltirib, ularga mustaqil ravishda yechim topish imkoniyatini
yaratadi. Bu usul orqali o‘quvchilar real hayotiy holatlarga yaqin bo‘lgan muammolarni hal
qilishda ishtirok etadilar.
Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish ham
informatika fanini o‘qitishda samarali metodlardan biri hisoblanadi. Bu usul multimedia
taqdimotlar, elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar, onlayn simulyatsiyalar va dasturiy
vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. AKT yordamida ta’lim jarayoni yanada qiziqarli va
tushunarli bo‘lishi mumkin. Masalan, dasturlashni o‘rganishda turli dasturlash muhiti
(Python, Scratch, C++) bilan ishlash orqali o‘quvchilar amaliy tajriba orttiradilar. Shuningdek,
kompyuter modellashtirish, masalan, algoritmlar va ma’lumotlar strukturalarini
vizuallashtirish, o‘quvchilarga murakkab mavzularni oson tushunish imkoniyatini yaratadi.
Loyihaviy o‘qitish metodlari ham informatika fanida samarali hisoblanadi. Ushbu metod
o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilarga turli mavzularda loyihalar tayyorlash topshiriladi, natijada ular o‘z bilimlarini
real loyihalar orqali sinab ko‘radilar. Masalan, dasturlashni o‘rganayotgan o‘quvchilar o‘zlari
kichik dasturlar yoki veb-saytlar yaratish orqali o‘quv jarayonida amaliy tajriba orttiradilar.
Bu metod orqali o‘quvchilar nafaqat informatika fanidan bilim olishadi, balki jamoaviy ishlash,
vaqtni boshqarish va ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) metodi ham informatika fanida
qo‘llanilishi mumkin. Bu usul ta’lim jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali
o‘quvchilarning qiziqishini oshirishga qaratilgan. Masalan, algoritmlarni o‘rganishda turli
onlayn platformalar orqali (Code.org, Kahoot, Quizizz) o‘yin tarzida topshiriqlar berish
mumkin. Ushbu metod o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, ularni o‘rganish jarayoniga
faol jalb qiladi.
Shuningdek, masofaviy ta’lim va onlayn platformalardan foydalanish ham dolzarb
hisoblanadi. Bugungi kunda informatika fanini o‘rganish uchun Coursera, Udemy, Stepik kabi
onlayn platformalar mavjud bo‘lib, ularning materiallaridan o‘quv jarayonida foydalanish
samaradorlikni oshiradi. O‘quvchilar mustaqil ravishda o‘zlariga qulay vaqtda kurslarni o‘tib,
amaliy mashg‘ulotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Jumladan sizga “Dasturlash asoslari (Shart operatorlari)” interfaol metodi, ya’ni
“Gamifikatsiya – Interaktiv topshiriq”ini tavsiya etamiz.
Tashkil etish:
–
Dasturlash tili tanlash (masalan, Python).
–
Dars oldidan “Kahoot” yoki “Quizizz” platformasida maxsus testlar tayyorlanadi.
–
O‘quvchilar o‘yinda ishtirok etishadi va savollarga javob berishadi.
Bajarilish jarayoni:
–
O‘qituvchi real hayotdan misol keltiradi (masalan, svetofor qanday ishlaydi?).
–
O‘quvchilar if-else shartlarini yozib, bu jarayonni kod bilan tasvirlashga harakat
qilishadi.
–
Keyin “Kahoot” orqali 10–15 ta interaktiv test yechiladi. Masalan: Qaysi shart operatori
“agar-yu bo‘lmasa” mantiqini bildiradi? Berilgan kod natijasini toping.
Natija:
`
56
–
Dasturlashdagi shart operatorlarini tushunish osonlashadi.
–
O‘quvchilar kod yozish amaliyotini mustahkamlaydi.
–
O‘yin orqali raqobat muhitida o‘rganish jarayoni qiziqarli bo‘ladi. (1-rasm)
1-rasm. Dasturlash asoslari (Shart operatorlari) interfaol metodi
Xulosa qilib aytganda, informatika fanini o‘qitishda o‘quv metodik ta’minotdan samarali
foydalanish zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Zamonaviy texnologiyalar va
interfaol usullarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish informatika fanining o‘zlashtirilish darajasini
oshiradi va o‘quvchilarda mustaqil fikrlash hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. O‘quv
metodik ta’minot o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, balki olgan
bilimlarini real loyihalarda qo‘llash imkonini beradi. An’anaviy, interfaol, texnologik va
loyihaviy yondashuvlarning uyg‘unligi o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirib,
ularning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘quv
metodik ta’minotdan to‘g‘ri foydalanish orqali informatika fanini o‘qitish jarayoni zamonaviy
talab va ehtiyojlarga mos keladigan darajada tashkil etilishi mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Жовлиева, Гульшаной. "DISTINCTIVE FEATURES OF TEACHING STUDENTS OF THE
PEDAGOGICAL INSTITUTE METHODS USED IN MATHEMATICS LESSONS."
Международный
мультидисциплинарный журнал исследований и разработок
1.3 (2025): 96-100.
2.
X.Boqiyev G.A.Jovliyeva, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fanini
o‘qitish texnologiyasi, xalq ta'limi, 2024/12, 79-81.
3.
G. Jovliyeva, Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda kompetensiyaviy yondashuv
usullari, Pedagogs, 2023/6, 8-10.
4.
Г.А. Жовлиева, Differensial tenglamalarga oid tushunchalarni o'qitishning o'ziga xosligi,
Belarus international scientific research conference, 2023/6, 2023/6.
5.
Gulshanoy Jovliyeva, Methodological-mathematical training of primary school teachers
and duties, Pedagogs, 2023/2, 166-168.
`
57
6.
Mirzayeva, Shahlo Ruzmat-qizi. "The importance of studying emotional intelligence in
medical students."
Journal of Innovation, Creativity and Art
(2023): 215-220
7.
Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Talabaning kreativ qobiliyatini shakllantirishda taʼlim
texnologiyalaridan foydalanish (Aniq fanlarni oʻqitish misolida), Xalq taʼlimi, 2024/2, 2024/2.
8.
Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Directional derivative anda gradient of a multivariable
function, International Conference on Innovations in Applied Sciences, Education anda
Humanities, 2024/1/26, 1-9.
9.
Khoshimova, D. "THE USING OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING EXACT
SCIENCES AND FORMING THE STUDENT'S CREATIVE ABILITY."
Science and innovation
3.B1
(2024): 5-13.
10.
K.Z.Negmatova I.N.Roʻzimurodov, D.K.Xoshimova, Ehtimollik va statistika, 2024, 156.
11.
Khoshimova. D.K, Use of pedagogical technology in explanation of the Gauss-Jordan
method of soling the system of linear equations, WEB OF SCIENTIST, 2024/1, 50-54.
12.
Raxmatov, Sherqo‘Zi Olimovich. "masofaviy ta’lim dasturlarining ta’lim tizimida
afzalliklari va amaliy ahamiyati (moodle, scorm, tutor dasturlari misolida)."
Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
1.11 (2021): 1263-1270.
13.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO
TIZIMIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR, Science and innovation in the education system,
2024/4/8, 16-22.
14.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, RAQAMLI IQTISODIYOTNING
MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI, Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования,
2024/4/8, 11-14.
15.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, Raimbek Muzaffarov, ELЕKTRON
TIJORATNING AN'ANAVIY SAVDO TURLARI BILAN XARAKTERLI XUSUSIYATLARI,
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2024/4/8, 14-
18.
16.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov, Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi, Pedagogis Internatsianal researcg, 2023/5/15, 69.
17.
Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA
MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY
OMILLARINI O ‘RGANISH."
YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI
1.01
(2024).
18.
Akbar Kodirov, Farangiz Kenjayeva, Marjona Yusupova,
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ANIQ FAN MAVZULARINI OTISHDA ERISHILAYOTGAN YUTUQ
VA KAMCHILIKLAR
, Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика, 2024, 49-52.
19.
Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY
TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI."
Academic research in
educational sciences
4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.
20.
Kodirov, Akbar, Gulasal Ruziyeva, and Marjona Yusupova. "ELEKTRON QO ‘LLANMALAR
YARATISHDA AUTOPLAY DASTURIDAN FOYDALANISH VA IMKONIYATLARINI TA’LIM
TIZIMDA TALQIN ETISH."
Наука и технология в современном мире
3 (2024): 51-55.
`
58
21.
Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV
BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH."
Journal of new century innovations
43
(2023): 93-95.