`
48
WEB-SAHIFA BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Xudoyberdiyev Alibek Faxriddin o‘g‘li
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi.
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16600225
Annotatsiya.
Ushbu maqolada web-sahifa bo‘limini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan
yondashuvlar va usullar tahlil qilinadi. Internetning jadal rivojlanishi va web-
texnologiyalarining kundan-kunga rivojlanishi bilan birga, web-dizayn va dasturlashni
o‘qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada web-sahifa yaratish jarayonida talabalar
uchun HTML, CSS va JavaScript texnologiyalarining asosiy tushunchalari, shuningdek,
foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun responsiv dizayn va kreativ yondashuvlar kabi
masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘qitish metodikalariga oid amaliy yondashuvlar,
loyiha asosida o‘qitish, jamoaviy ishlash va interaktiv metodlar taqdim etiladi. Web-dizayn
vositalari, prototip yaratish asboblari va kod muharrirlari haqida ham so‘z boradi. O‘qitish
jarayonida samarali metodlarni qo‘llash orqali talabalar web-sahifa yaratishda nafaqat texnik,
balki kreativ ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishadi. Maqola web-sahifa bo‘limini o‘qitishning
samarali metodologiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
Web-sahifa dizayni, Web-sahifa tuzilishi, O‘qitish metodikasi, Interaktiv
o‘qitish usullari, HTML va CSS asoslari, himoyalangan (UX), samarali interfeysi (UI) dizayni,
Javob beruvchi dizayn, O‘qitishda multimediya yordami, Veb-ilovalar va hujjat o‘qitishdagi
roli.
Annotation.
This article analyzes approaches and methods dedicated to teaching the
web-page section. With the rapid development of the Internet and web technologies, teaching
web design and programming has gained significant importance. The article explores the
fundamental concepts of HTML, CSS, and JavaScript for students in the process of creating
web pages, as well as topics such as responsive design and creative approaches to enhance
user experience. Additionally, practical teaching methodologies, including project-based
learning, teamwork, and interactive methods, are presented. The article also discusses web
design tools, prototyping instruments, and code editors. By applying effective teaching
methods, students will not only acquire technical skills but also develop creative abilities in
web development. This study contributes to the development of effective methodologies for
teaching the web-page section.
Keywords:
Web page design, Web page structure, Teaching methodology, Interactive
teaching methods, HTML and CSS fundamentals, Secure (UX), Effective interface (UI) design,
Responsive design, Multimedia support in teaching, Role of web applications and document-
based learning.
Kirish.
Hozirgi kunda internet va veb-texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Web-sahifa yaratish nafaqat texnologik jarayon, balki kreativ fikrlashni, dizaynni va
foydalanuvchi tajribasini talab qiladi. Shuning uchun veb-dizaynni o‘qitish metodikasi nafaqat
texnik bilimlarni o‘z ichiga oladi, balki talabalar va yosh dasturchilar uchun eng samarali
`
49
o‘rganish tajribasini taqdim etadi. Ushbu maqolada web-sahifa bo‘limini o‘qitish
metodikasining asosiy yo‘nalishlari, metodlari va amaliy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
. X. Tursunov, Sh. Abdurahmonov “Web dasturlash
asoslari” kitobi veb-sahifa yaratishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Asosan HTML, CSS va JavaScript tillaridan foydalanish orqali web-sahifa
yaratishning asosiy bosqichlari yoritilgan. Mualliflar ta’lim jarayonida web dasturlashni
o‘rgatishda bosqichma-bosqich yondashuvni taklif qilganlar. Ularning ta’kidlashicha,
o‘quvchilarni web dasturlashga o‘rgatishda nazariy bilimlardan ko‘ra, amaliy mashg‘ulotlarga
ko‘proq e’tibor qaratish zarur. [1] B. Karimov “Informatika va axborot texnologiyalari”
manbasida informatika fanining turli bo‘limlari yoritilgan bo‘lib, jumladan, web-sahifa
yaratish jarayoni haqida ham ma’lumotlar berilgan. Web dasturlashni o‘qitishda vizual va
interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va o‘zlashtirishni
tezlashtiradi. Kitobda HTML va CSS asosida web-sahifa yaratish misollari keltirilgan bo‘lib,
boshlang‘ich bosqichda ishlatilishi mumkin bo‘lgan metodlarga ko‘proq urg‘u berilgan.[2]
D. Yo‘ldoshev “Web texnologiyalar va ularni o‘qitish metodikasi” tadqiqot ishida web-
sahifa yaratishda zamonaviy metodlar va interaktiv texnologiyalar ta’lim jarayoniga qanday
ta’sir qilishi yoritilgan. Manbada o‘quvchilarga web-sahifa yaratishni o‘rgatishda loyihaviy
ta’lim, gamifikatsiya va tajriba asosida o‘qitish usullari eng samarali yondashuv hisoblanishi
natijalar asosida keltirilgan. Tadqiqotdan web dasturlash darslarida muammoli ta’lim
yondashuvining ahamiyati va natijalari tahlil qilingan.[3]
Metod.
Web-sahifa yaratish bugungi kunda informatika ta’limining ajralmas qismi
bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu
bo‘limni samarali o‘qitish uchun turli metodik yondashuvlar mavjud bo‘lib, ularning har biri
o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.
An’anaviy usul – nazariy ma’ruzalar va darsliklar orqali o‘qitish asosiy tushunchalarni
o‘zlashtirishda yordam bersa-da, zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqib qaralganda, bu
usul yetarlicha samarali emas. O‘quvchilar HTML, CSS va JavaScript kabi texnologiyalarni
o‘zlashtirish uchun ko‘proq amaliy mashg‘ulotlarga ehtiyoj sezadilar.
Noan’anaviy usul – interfaol ta’lim metodlari (gamifikatsiya, muammoli ta’lim, loyiha
asosida o‘qitish) orqali o‘qitish o‘quvchilarning dars jarayoniga qiziqishini oshiradi. Masalan,
“Gamifikatsiya” usuli orqali o‘quvchilarga web-sahifa yaratish bo‘yicha qiziqarli topshiriqlar
berish mumkin. Bunda ular kod yozib, darajalar bo‘yicha oldinga siljiydi va natijada web-
sahifa yaratish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Shuningdek, loyihaviy yondashuv juda samarali hisoblanadi. O‘quvchilarga mustaqil
yoki jamoaviy ravishda web-sahifa yaratish vazifasi topshirilsa, ular real loyihalar bilan
ishlashni o‘rganadilar. Bu yondashuv ularning mustaqil fikrlashini, muammolarni hal qilish
qobiliyatini va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Biroq, metodik yondashuvlar orasida qiyinchiliklar ham mavjud. Masalan, o‘qituvchilar
tomonidan zamonaviy texnologiyalarni yetarlicha bilmaslik yoki dars jarayonida texnik
muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, barcha o‘quvchilar ham web dasturlashga
teng darajada qiziqmaydi, bu esa individual yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.
Natija.
Jumladan, “Amaliy loyiha” interfaol metodini ochib beramiz.
Maqsad
O‘quvchilarga web-sahifa yaratish jarayonini tushuntirish va ularning
`
50
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Tashkil etish
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi (3–4 kishidan).
Har bir guruhga o‘ziga xos web-sahifa mavzusi beriladi (masalan,
onlayn do‘kon, blog, portfoliyo sahifasi). HTML, CSS va JavaScript
asosida sodda web-sahifa yaratish topshirig‘i beriladi.
Bajarilish
bosqichlari
1.
Nazariy qism: O‘qituvchi HTML va CSS ning asosiy elementlari
haqida tushuntiradi, namunaviy kodni namoyish qiladi.
2.
Amaliy qism: Guruhlar berilgan mavzu asosida sahifa tuzilmasini
rejalashtiradi. HTML orqali asosiy skeletini yozadi. CSS yordamida
sahifaga dizayn beradi. Istalgancha oddiy JavaScript funksiyalari
qo‘shishi mumkin.
3.
Taqdimot: Har bir guruh o‘z sahifasini sinf oldida namoyish qiladi
va kod haqida qisqacha tushuntirish beradi.
4.
Tahlil va baholash: Barcha guruhlar bir-birining ishi haqida fikr
bildiradi, o‘qituvchi tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.
Natija
O‘quvchilar web-sahifa yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega
bo‘lishadi.
Jamoada ishlash va loyiha asosida fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Dasturlash va dizaynning asosiy elementlarini o‘zlashtirishadi.
Muhokama.
Interfaol metodlar qo‘llangan sinfda ta’lim samaradorligi ancha yuqori,
o‘quvchilar bilimni yaxshi eslab qoladi va faolroq ishtirok etadi.
Misol tariqasida o‘zim amaliyot o‘taydigan maktabning 9-sinflari o‘rtasida tajriba
o‘tkazib ko‘rdim.
9-"A" sinfda interfaol metodlar qo‘llanganda o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi (88%),
qiziqishi (92%), va faolligi (85%) ancha yuqori bo‘ldi.
9-"B" sinfda an'anaviy metodlar qo‘llanganda bu ko‘rsatkichlar pastroq, bilim
o‘zlashtirish (62%), qiziqish (58%), va faollik (53%).
Bu natijalar interfaol ta’lim metodlari o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini va
ishtirokini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatmoqda
`
51
Xulosa qilib aytganda, web-sahifa yaratish bo‘limini o‘qitishda nazariy va amaliy
mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish, interfaol metodlardan foydalanish va o‘quvchilarni real
loyihalar ustida ishlashga jalb qilish eng samarali yondashuv hisoblanadi. Shu bilan birga,
o‘qituvchilar o‘z bilimlarini muntazam ravishda yangilab borishlari va ta’lim jarayonida
zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishlari lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Жовлиева, Гульшаной. "DISTINCTIVE FEATURES OF TEACHING STUDENTS OF THE
PEDAGOGICAL INSTITUTE METHODS USED IN MATHEMATICS LESSONS."
Международный
мультидисциплинарный журнал исследований и разработок
1.3 (2025): 96-100.
2.
X.Boqiyev G.A.Jovliyeva, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fanini
o‘qitish texnologiyasi, xalq ta'limi, 2024/12, 79-81.
3.
G. Jovliyeva, Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda kompetensiyaviy yondashuv
usullari, Pedagogs, 2023/6, 8-10.
4.
Г.А. Жовлиева, Differensial tenglamalarga oid tushunchalarni o'qitishning o'ziga xosligi,
Belarus international scientific research conference, 2023/6, 2023/6.
5.
Gulshanoy Jovliyeva, Methodological-mathematical training of primary school teachers
and duties, Pedagogs, 2023/2, 166-168.
6.
Mirzayeva, Shahlo Ruzmat-qizi. "The importance of studying emotional intelligence in
medical students."
Journal of Innovation, Creativity and Art
(2023): 215-220
7.
Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Talabaning kreativ qobiliyatini shakllantirishda taʼlim
texnologiyalaridan foydalanish (Aniq fanlarni oʻqitish misolida), Xalq taʼlimi, 2024/2, 2024/2.
8.
Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Directional derivative anda gradient of a multivariable
function, International Conference on Innovations in Applied Sciences, Education anda
Humanities, 2024/1/26, 1-9.
9.
Khoshimova, D. "THE USING OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING EXACT
SCIENCES AND FORMING THE STUDENT'S CREATIVE ABILITY."
Science and innovation
3.B1
(2024): 5-13.
10.
K.Z.Negmatova I.N.Roʻzimurodov, D.K.Xoshimova, Ehtimollik va statistika, 2024, 156.
11.
Khoshimova. D.K, Use of pedagogical technology in explanation of the Gauss-Jordan
method of soling the system of linear equations, WEB OF SCIENTIST, 2024/1, 50-54.
12.
Raxmatov, Sherqo‘Zi Olimovich. "masofaviy ta’lim dasturlarining ta’lim tizimida
afzalliklari va amaliy ahamiyati (moodle, scorm, tutor dasturlari misolida)."
Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
1.11 (2021): 1263-1270.
13.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO
TIZIMIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR, Science and innovation in the education system,
2024/4/8, 16-22.
14.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, RAQAMLI IQTISODIYOTNING
MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI, Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования,
`
52
2024/4/8, 11-14.
15.
Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, Raimbek Muzaffarov, ELЕKTRON
TIJORATNING AN'ANAVIY SAVDO TURLARI BILAN XARAKTERLI XUSUSIYATLARI,
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2024/4/8, 14-
18.
16.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov, Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi, Pedagogis Internatsianal researcg, 2023/5/15, 69.
17.
Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA
MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY
OMILLARINI O ‘RGANISH."
YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI
1.01
(2024).
18.
Akbar Kodirov, Farangiz Kenjayeva, Marjona Yusupova,
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ANIQ FAN MAVZULARINI OTISHDA ERISHILAYOTGAN YUTUQ
VA KAMCHILIKLAR
, Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика, 2024, 49-52.
19.
Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY
TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI."
Academic research in
educational sciences
4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.
20.
Kodirov, Akbar, Gulasal Ruziyeva, and Marjona Yusupova. "ELEKTRON QO ‘LLANMALAR
YARATISHDA AUTOPLAY DASTURIDAN FOYDALANISH VA IMKONIYATLARINI TA’LIM
TIZIMDA TALQIN ETISH."
Наука и технология в современном мире
3 (2024): 51-55.
21.
Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV
BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH."
Journal of new century innovations
43
(2023): 93-95.