Авторы

  • E’zoza Toʻrayeva
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
  • Muxiba Yaxiyaxonova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi
  • Sevinch Negmatova
    Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.130148

Ключевые слова:

Axborot boʻlimi oʻqitish metodikasi ta’lim texnologiyalari VR AR gamifikatsiya interaktiv ta’lim axborot xavfsizligi ma’lumotlar bazasi dasturlash loyiha asosida oʻqitish raqamli ta’lim innovatsion yondashuvlar amaliy koʻnikmalar talabalar faolligi ta’lim samaradorligi.

Аннотация

Maqolada axborot boʻlimini oʻqitish metodikasi tahlil qilinib, samarali ta’lim usullari yoritilgan. An’anaviy va innovatsion yondashuvlar solishtirilib, VR/AR texnologiyalari, gamifikatsiya, loyiha asosida oʻqitish (PBL) kabi ilg‘or metodlarning afzalliklari koʻrsatilgan. Ushbu metodlar oʻquvchilarning mustaqil fikrlash va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, jamiyat rivojlanishi uchun foydasi tegadigan ish bilan shugʻullanishiga yordam beradi, oʻquvchilarning talablariga mos keluvchi shakllarda oʻrganishni ta’minlash orqali ularni oʻrganishni yaxshilaydi hamda oʻquvchilarni bilimni oʻzlashtirish jarayonlarida shaxsiy maslahatlar berish, oʻz fikrlarini ifoda qilish hamda yaratuvchanlik qobiliyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi va dasturlashni oʻqitishda interaktiv yondashuvlarning ahamiyati yoritilib, talabalarni amaliy koʻnikmalar bilan ta’minlashning dolzarbligi ta’kidlangan. Maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida oʻquv jarayonining sifatini oshirish, talabalar faolligini kuchaytirish va ta’lim samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berilgan va oʻrganilgan.


background image

`

41

AXBOROT BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI

Toʻrayeva E’zoza Xusniddin qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

Negmatova Sevinch Ergash qizi

Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16571938

Annotatsiya.

Maqolada axborot boʻlimini oʻqitish metodikasi tahlil qilinib, samarali ta’lim

usullari yoritilgan. An’anaviy va innovatsion yondashuvlar solishtirilib, VR/AR texnologiyalari,
gamifikatsiya, loyiha asosida oʻqitish (PBL) kabi ilg‘or metodlarning afzalliklari koʻrsatilgan.
Ushbu metodlar oʻquvchilarning mustaqil fikrlash va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish,
jamiyat rivojlanishi uchun foydasi tegadigan ish bilan shugʻullanishiga yordam beradi,
oʻquvchilarning talablariga mos keluvchi shakllarda oʻrganishni ta’minlash orqali ularni
oʻrganishni yaxshilaydi hamda oʻquvchilarni bilimni oʻzlashtirish jarayonlarida shaxsiy
maslahatlar berish, oʻz fikrlarini ifoda qilish hamda yaratuvchanlik qobiliyatini oshirishga
imkoniyat yaratadi. Axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi va dasturlashni oʻqitishda
interaktiv yondashuvlarning ahamiyati yoritilib, talabalarni amaliy koʻnikmalar bilan
ta’minlashning dolzarbligi ta’kidlangan. Maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida oʻquv
jarayonining sifatini oshirish, talabalar faolligini kuchaytirish va ta’lim samaradorligini oshirish
boʻyicha tavsiyalar berilgan va oʻrganilgan.

Kalit soʻzlar:

Axborot boʻlimi, oʻqitish metodikasi, ta’lim texnologiyalari, VR/AR,

gamifikatsiya, interaktiv ta’lim, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar bazasi, dasturlash, loyiha
asosida oʻqitish, raqamli ta’lim, innovatsion yondashuvlar, amaliy koʻnikmalar, talabalar
faolligi, ta’lim samaradorligi.

Annotation.

The article analyzes the methodology of teaching the information section

and highlights effective teaching methods. Traditional and innovative approaches are
compared, showcasing the advantages of advanced methods such as VR/AR technologies,
gamification, and project-based learning (PBL). These methods help develop students'
independent thinking and creativity, enabling them to engage in activities beneficial to societal
development. They enhance learning by providing study formats that meet students' needs and
offer personalized guidance, encouraging self-expression and creativity in knowledge
acquisition processes. The importance of interactive approaches in teaching information
security, databases, and programming is emphasized, highlighting the necessity of equipping
students with practical skills. The article provides recommendations on improving the quality
of the educational process, increasing student engagement, and enhancing the effectiveness of
education through modern technologies.

Keywords:

Information section, teaching methodology, educational technologies, VR/AR,

gamification, interactive learning, information security, database, programming, project-based
learning, digital education, innovative approaches, practical skills, student engagement,
educational effectiveness.

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda axborot va uning uzatilishi, qabul qilinishi, tahlil qilinishi muhim

ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi


background image

`

42

ta’lim jarayonlariga ham sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Bugungi kunda axborot boʻlimining samarali
oʻqitish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Chunki ta’lim jarayonida axborot resurslaridan foydalanish, ularni boshqarish va tahlil qilish
boʻyicha oʻquvchilarga zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirish muhimdir. Axborot boʻlimini
oʻqitish metodikasi axborot texnologiyalari asosida bilimlarni oʻzlashtirish, ularni amaliy
qoʻllash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi. Bu jarayonda
oʻquvchilarning axborot manbalaridan samarali foydalanishi, ularni toʻgʻri saralash va
ishonchliligini baholash koʻnikmalarini rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega. Axborot
texnologiyalari asosida oʻqitish metodikasini ishlab chiqish jarayonida pedagogik va psixologik
yondashuvlar asosida zamonaviy ta’lim texnologiyalari tatbiq etilishi zarur.

Raqamli ta’lim muhitida interfaol metodlar, raqamli platformalar va sun’iy intellekt

asosidagi texnologiyalar oʻquv jarayonida muhim oʻrin tutmoqda. Shuningdek, axborot
boʻlimini oʻqitishda innovatsion yondashuvlar, masalan, loyiha usuli, muammoli ta’lim va gibrid
oʻqitish tizimlaridan keng foydalanish talab etilmoqda. Bu usullar oʻquvchilarning mustaqil
izlanish olib borishiga, axborotni tanqidiy baholash va uni toʻg‘ri talqin qilishiga yordam beradi.
Axborot boʻlimini oʻqitish metodikasining yana bir muhim jihati bu ta’lim mazmunini
optimallashtirish va uning interfaolligini oshirishga qaratilganligidir. Oʻquvchilarni faollikka
undash, ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda amaliy tajribaga asoslangan bilim
berish metodikaning samaradorligini oshiradi. Ushbu axborot boʻlimini oʻqitishda an’anaviy va
zamonaviy oʻqitish metodlarini uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan nazariy

materiallarga asoslangan holda mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Mavjud ma’lumotlarni
tahlil qilishda tahlil va sintez, qiyosiy tahlil kabi uslublar va yondashuvlar qoʻllanilgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Axborot boʻlimini oʻqitish metodikasini chuqurroq

oʻrganish uchun xorijiy va Oʻzbekiston olimlarining ilmiy ishlari tahlili muhim ahamiyatga ega.
Siz bilan ushbu sohada toʻrtta muhim ilmiy ish tahlilini koʻrib chiqamiz.

“Matematikani klassik masalalar orqali oʻqitish” Bedri Shaska va Tanush Shaska

tomonidan yozilgan ushbu maqolada matematika ta’limini oʻrta maktab va litsey oʻquvchilari
uchun qanday qilib klassik masalalar va matematika tarixi orqali yaxshilash mumkinligi
muhokama qilingan. Ular “Ushbu metod talabalar intuitsiyasini rivojlantiradi, ularning
qiziqishini uyg‘otadi, keraksiz formulalarni yodlashning oldini oladi hamda tushunchalarni
tarixiy nuqtayi nazardan tushunishga yordam beradi”, – deb ta’kidlaganlar. Bu usul axborot
boʻlimini oʻqitishda ham qoʻllanilishi mumkin, chunki u oʻquvchilarning mavzuga boʻlgan
qiziqishini oshiradi va tushunchalarni chuqurroq anglashga yordam beradi. [1]

“Oliy ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya jarayonini axborotlashtirishning uslubiy

jihatlari” Nurassyl Kerimbayev, Saule Abdykarimova va Saltanat Sharmuhanbet tomonidan
yozilgan ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini
informatsiyalashtirishning metodik jihatlari koʻrib chiqilgan.

Nurassyl Kerimbayev, Saule Abdykarimova va Saltanat Sharmuhanbet: “Oliy ta’lim

muassasalarida axborot texnologiyalari oʻqitish va tarbiyalashning psixologik hamda
pedagogik maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan”, – deb ta’kidlaganlar. Ushbu tadqiqot
axborot boʻlimini oʻqitishda axborot texnologiyalarini qoʻllashning metodik jihatlarini
tushunishga yordam beradi. [2]


background image

`

43

Metod va natija.

Teskari sinf (Flipped Classroom) metodi – oʻquvchilar darsga

tayyorgarlikni oldindan mustaqil ravishda oʻrganishadi (video darslar, elektron materiallar
orqali). Sinfda esa nazariy ma’lumot emas, balki amaliy muhokama va loyihalar bajariladi.

Olingan bilimlar amaliy mashg‘ulotlar, kod yozish yoki tahlil qilish orqali

mustahkamlanadi.

PBL (Loyiha Asosida Oʻqitish) metodi –

talabalar dars davomida real hayotga yaqin

loyihalar ustida ishlash orqali bilim oladilar.

Axborot xavfsizligi yoki tarmoq texnologiyalari

fanida talabalar real muammolarni hal qilishga asoslangan loyihalar tayyorlashadi.

Masalan,

“Kiberxavfsizlik tizimini yaratish” yoki “Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish” kabi loyihalar
bajaradilar.

Oʻyin (Gamifikatsiya) metodi – oʻyin elementlari orqali oʻquv jarayonini yanada qiziqarli

va interaktiv qilish.

Dars jarayoniga ballar tizimi, bosqichlar, mukofotlar, musobaqalar kiritish.

Masalan, dasturlash fanida har bir bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan talaba virtual nishonlar
(badges) yoki bonus ballar olishi mumkin.

Koddast (Dasturlashni o‘rgatish o‘yini). Talabalar dasturchi qahramon sifatida harakat

qilib, kod yozish orqali vazifalarni bajaradilar. Har bir topshiriqni to‘g‘ri bajargan sari ular yangi
vositalarga ega bo‘lishadi va murakkabroq darajalarga o‘tadilar. Talaba ma’lumotlar bazasida
qidiruv so‘rovlarini yozish orqali virtual shaharni quradi yoki kompyuter viruslarini yo‘q qiladi.
Har bir muvaffaqiyatli bajarilgan kod uchun ball yoki mukofot beriladi.

Qahramon tanlash va rivojlantirish. o‘yin boshida talaba o‘zining dasturchi qahramonini

yaratadi. Masalan, junior developer, middle developer, senior developer kabi bosqichlarda
rivojlanish mumkin. Har bir yechilgan kod yoki muvaffaqiyatli bajarilgan vazifa orqali
qahramon tajriba (XP) to‘playdi va yangi darajalarga o‘tadi. Missiyalar va vazifalarni koʻrib
chiqsak, talabalarga algoritmik masalalar, kod optimizatsiyasi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
kabi topshiriqlar beriladi. Har bir vazifa qiyinchilik darajasi bo‘yicha oshib boradi:

Boshlang‘ich daraja – oddiy arifmetik amallar va shart operatorlari (1-rasm).

O‘rta daraja – ma’lumotlar tuzilmalari va rekursiyalar (2-rasm).

Murakkab daraja – dasturlarni optimallashtirish va haqiqiy muammolarni hal qilish (3-

rasm).

Kod yozish va real muammolarni yechishda esa talabalar dasturlash tilida kod yozish

orqali vazifalarni bajarishadi. Masalan, ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotlarni olish, veb-
ilova uchun backend kodini yozish yoki algoritm yaratish orqali o‘z qahramonini kuchaytiradi.
Mukofot va rag‘batlantirish tizimiga e’tibor qaratamiz. Har bir to‘g‘ri bajarilgan topshiriq uchun
ball (XP), yangi funksiyalar va mukofotlar beriladi. Xato qilinganida esa talaba qo‘shimcha
maslahatlar yoki mini-testlar orqali xatolarni tuzatishga harakat qiladi.


background image

`

44

1-rasm. Boshlang‘ich daraja 2-rasm. O‘rta daraja

3-rasm. Murakkab daraja

Natija.

Biz sizga

“Koddast” – “Oʻyin” ta’lim metodi yordamida “Axborot boʻlimini oʻqitish

metodikasi” mavzusini interfaol oʻqitishni taklif etamiz.

Bu

metod orqali o‘quvchilar axborot

tushunchasi va uning jihatlarini mustaqil o‘rganadi, o‘z bilimlarini boshqalarga tushuntiradi va
jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Bosqichlari

Faoliyat mazmuni

1.Konsept yaratish

O‘yin g‘oyasi, maqsadi va auditoriyasi aniqlanadi.

Dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatish uchun interaktiv

yondashuv belgilanadi.

2. O‘yin strukturasini

ishlab chiqish

O‘yin darajalari, missiyalar va reyting tizimi ishlab chiqiladi.

Har bir bosqichning o‘quv dasturiga mosligi tekshiriladi.

3. Texnik ishlab chiqish

O‘yin muhiti, interfeysi va dasturlash muhiti yaratiladi. Kod

yozish, debugging va test tizimlari integratsiya qilinadi.


background image

`

45

4. Sinov va optimizatsiya

O‘yin sinovdan o‘tkazilib, kamchiliklar aniqlanadi.

O‘quvchilar uchun qulay va interaktiv platforma yaratish

maqsadida takomillashtiriladi.

5. Ishga tushirish va

targ‘ib qilish

O‘yin foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Boshlang‘ich

foydalanuvchilar orqali fikrlar yig‘iladi va zarur o‘zgarishlar

kiritiladi.


Muhokama.

Shahrisabz shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida an’anaviy va

noan’anaviy interfaol metodlar qo‘llangan sinfda ta’lim samaradorligi ancha yuqori

,

o‘quvchilar

bilimni yaxshi eslab qoladi va faolroq ishtirok etadi. Misol uchun:

− 6-"B" sinfi. Interfaol metodlar qo‘llanganda o‘quvchilar darsga ko‘proq qiziqadi (87%)

,

oʻzlashtirish darajasi (81%)

,

amaliy topshiriqlarni bajara olish(80%)

va

mustaqil fikrlash

ko‘nikmalari kuchayadi (77%)

.

6-"D" sinfi. An’anaviy usulda dars o‘tilganda bu ko‘rsatkichlar ancha past,

oʻzlashtirish darajasi (60%), darsga qiziqish (57%), amaliy topshiriqlarni bajara olish (58%) va
mustaqil fikrlash darajasi pasayadi (46%).

Bu yoʻnalishlardagi tahlillar, kreativ va zamonaviy metodlarning ta’lim samaradorligini

oshirishdagi ahamiyatini tushuntirilishi hamda ta’lim sohasidagi innovatsiyalarni oʻrganishda
muhim omillardan biridir.

Xulosa.

Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, axborot boʻlimini oʻqitish metodikasi

zamonaviy ta’lim jarayonida muhim oʻrin egallagan. Bu boʻlimni oʻqitishda ilg‘or metodlardan
foydalanish oʻquvchilarning bilim olish jarayonini samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi.
An’anaviy yondashuvlar, jumladan, ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari, asosiy bilimlarni
yetkazishda muhim ahamiyat kasb etsa-da, talabalarni amaliy ishga yoʻnaltirish va ularning
mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zamonaviy metodlarni joriy qilish lozim.

Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI), katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish (Big Data),

gamifikatsiya, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR), blokcheyn texnologiyalari kabi
innovatsion yondashuvlar axborot boʻlimini oʻqitishda keng qoʻllaniladi. Sun’iy intellekt
yordamida shaxsiylashtirilgan ta’lim yoʻnalishlari yaratilib, har bir talabaning bilim darajasi


background image

`

46

real vaqtda baholanadi va unga moslashtirilgan resurslarni taqdim etadi. Axborot xavfsizligi va
kiberxavfsizlik sohalarida talabalarni amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilishni muhim deb
hisoblaymiz. Loyiha asosida oʻqitish (PBL – Project-Based Learning) orqali talabalar real
muammolarni hal qilishni oʻrganadi. Masalan, talabalar

“Xavfsiz ma’lumotlar bazasi yaratish”

yoki

“Shifrlash algoritmlarini ishlab chiqish” kabi loyihalar ustida ishlashlari mumkin. Bu ularga

nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish imkonini yaratadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Жовлиева, Гульшаной. "DISTINCTIVE FEATURES OF TEACHING STUDENTS OF THE

PEDAGOGICAL INSTITUTE METHODS USED IN MATHEMATICS LESSONS."

Международный

мультидисциплинарный журнал исследований и разработок

1.3 (2025): 96-100.

2.

X.Boqiyev G.A.Jovliyeva, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fanini

o‘qitish texnologiyasi, xalq ta'limi, 2024/12, 79-81.
3.

G. Jovliyeva, Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda kompetensiyaviy yondashuv

usullari, Pedagogs, 2023/6, 8-10.
4.

Г.А. Жовлиева, Differensial tenglamalarga oid tushunchalarni o'qitishning o'ziga xosligi,

Belarus international scientific research conference, 2023/6, 2023/6.
5.

Gulshanoy Jovliyeva, Methodological-mathematical training of primary school teachers

and duties, Pedagogs, 2023/2, 166-168.
6.

Mirzayeva, Shahlo Ruzmat-qizi. "The importance of studying emotional intelligence in

medical students."

Journal of Innovation, Creativity and Art

(2023): 215-220

7.

Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Talabaning kreativ qobiliyatini shakllantirishda taʼlim

texnologiyalaridan foydalanish (Aniq fanlarni oʻqitish misolida), Xalq taʼlimi, 2024/2, 2024/2.
8.

Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Directional derivative anda gradient of a multivariable

function, International Conference on Innovations in Applied Sciences, Education anda
Humanities, 2024/1/26, 1-9.
9.

Khoshimova, D. "THE USING OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING EXACT

SCIENCES AND FORMING THE STUDENT'S CREATIVE ABILITY."

Science and innovation

3.B1

(2024): 5-13.
10.

K.Z.Negmatova I.N.Roʻzimurodov, D.K.Xoshimova, Ehtimollik va statistika, 2024, 156.

11.

Khoshimova. D.K, Use of pedagogical technology in explanation of the Gauss-Jordan

method of soling the system of linear equations, WEB OF SCIENTIST, 2024/1, 50-54.
12.

Raxmatov, Sherqo‘Zi Olimovich. "masofaviy ta’lim dasturlarining ta’lim tizimida

afzalliklari va amaliy ahamiyati (moodle, scorm, tutor dasturlari misolida)."

Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

1.11 (2021): 1263-1270.

13.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO

TIZIMIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR, Science and innovation in the education system,
2024/4/8, 16-22.
14.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, RAQAMLI IQTISODIYOTNING

MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI, Педагогика и


background image

`

47

психология в современном мире: теоретические и практические исследования,
2024/4/8, 11-14.
15.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, Raimbek Muzaffarov, ELЕKTRON

TIJORATNING AN'ANAVIY SAVDO TURLARI BILAN XARAKTERLI XUSUSIYATLARI,
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2024/4/8, 14-18.
16.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov, Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi, Pedagogis Internatsianal researcg, 2023/5/15, 69.
17.

Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA

MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY
OMILLARINI O ‘RGANISH."

YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI

1.01 (2024).

18.

Akbar Kodirov, Farangiz Kenjayeva, Marjona Yusupova, MAKTABLARDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ANIQ FAN MAVZULARINI OTISHDA ERISHILAYOTGAN YUTUQ VA
KAMCHILIKLAR,
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика,
2024, 49-52.
19.

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY

TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI."

Academic research in

educational sciences

4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.

20.

Kodirov, Akbar, Gulasal Ruziyeva, and Marjona Yusupova. "ELEKTRON QO ‘LLANMALAR

YARATISHDA AUTOPLAY DASTURIDAN FOYDALANISH VA IMKONIYATLARINI TA’LIM
TIZIMDA TALQIN ETISH."

Наука и технология в современном мире

3 (2024): 51-55.

21.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV

BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH."

Journal of new century innovations

43

(2023): 93-95.

Библиографические ссылки

Жовлиева, Гульшаной. "DISTINCTIVE FEATURES OF TEACHING STUDENTS OF THE PEDAGOGICAL INSTITUTE METHODS USED IN MATHEMATICS LESSONS." Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработок 1.3 (2025): 96-100.

X.Boqiyev G.A.Jovliyeva, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fanini o‘qitish texnologiyasi, xalq ta'limi, 2024/12, 79-81.

G. Jovliyeva, Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda kompetensiyaviy yondashuv usullari, Pedagogs, 2023/6, 8-10.

Г.А. Жовлиева, Differensial tenglamalarga oid tushunchalarni o'qitishning o'ziga xosligi, Belarus international scientific research conference, 2023/6, 2023/6.

Gulshanoy Jovliyeva, Methodological-mathematical training of primary school teachers and duties, Pedagogs, 2023/2, 166-168.

Mirzayeva, Shahlo Ruzmat-qizi. "The importance of studying emotional intelligence in medical students." Journal of Innovation, Creativity and Art (2023): 215-220

Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Talabaning kreativ qobiliyatini shakllantirishda taʼlim texnologiyalaridan foydalanish (Aniq fanlarni oʻqitish misolida), Xalq taʼlimi, 2024/2, 2024/2.

Dilobar Kuchkarovna Xoshimova, Directional derivative anda gradient of a multivariable function, International Conference on Innovations in Applied Sciences, Education anda Humanities, 2024/1/26, 1-9.

Khoshimova, D. "THE USING OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING EXACT SCIENCES AND FORMING THE STUDENT'S CREATIVE ABILITY." Science and innovation 3.B1 (2024): 5-13.

K.Z.Negmatova I.N.Roʻzimurodov, D.K.Xoshimova, Ehtimollik va statistika, 2024, 156.

Khoshimova. D.K, Use of pedagogical technology in explanation of the Gauss-Jordan method of soling the system of linear equations, WEB OF SCIENTIST, 2024/1, 50-54.

Raxmatov, Sherqo‘Zi Olimovich. "masofaviy ta’lim dasturlarining ta’lim tizimida afzalliklari va amaliy ahamiyati (moodle, scorm, tutor dasturlari misolida)." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 1263-1270.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR, Science and innovation in the education system, 2024/4/8, 16-22.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI, Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2024/4/8, 11-14.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, Raimbek Muzaffarov, ELЕKTRON TIJORATNING AN'ANAVIY SAVDO TURLARI BILAN XARAKTERLI XUSUSIYATLARI, Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2024/4/8, 14-18.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov, Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi, Pedagogis Internatsianal researcg, 2023/5/15, 69.

Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY OMILLARINI O ‘RGANISH." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

Akbar Kodirov, Farangiz Kenjayeva, Marjona Yusupova, MAKTABLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ANIQ FAN MAVZULARINI OTISHDA ERISHILAYOTGAN YUTUQ VA KAMCHILIKLAR, Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2024, 49-52.

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.

Kodirov, Akbar, Gulasal Ruziyeva, and Marjona Yusupova. "ELEKTRON QO ‘LLANMALAR YARATISHDA AUTOPLAY DASTURIDAN FOYDALANISH VA IMKONIYATLARINI TA’LIM TIZIMDA TALQIN ETISH." Наука и технология в современном мире 3 (2024): 51-55.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH." Journal of new century innovations 43 (2023): 93-95.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Mehrinso G‘uzorova, Muxiba Yaxiyaxonova , NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Farrux Qodirov , Dilmurod Abdullayev, Sevinch Negmatova , ELEKTRON TIJORAT (E-COMMERCE) , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Eʻzoza Qarshiyeva , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , LMS (LEARNING MANAGAMENT SYSTEM)-TAʻLIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Maftuna Boymirzayeva, Muxiba Yaxiyaxonova, O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Aziza Normatova , Muxiba Yaxiyaxonova , INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Goʻzal Roʻziqulova , Malika Nurullayeva, Muxiba Yaxiyaxonova , CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Farrux Qodirov , Iqbol Abdimurodova, Sevinch Negmatova, ELЕKTRОN HUJJАT АLMАSHISH TIZIMLАRI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Shahzoda Roʻzimurodova, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Nilufar Tojiyeva, Muxiba Yaxiyaxonova , AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Muxiba Yaxiyaxonova, Asadbek Murodov , O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

1 2 3 4 > >>