Авторы

  • Muxiba Yaxiyaxonova
    SHDPI Ilmiy maslahatchi
  • Javlon Nishonov
    SHDPI talabasi
  • Sevinch Negmatova
    Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.130150

Ключевые слова:

Kompyuter o‘qitish metodikasi interfaol o‘qitish gamifikatsiya virtual laboratoriya amaliy mashg‘ulot texnik ko‘nikmalar innovatsion ta’lim loyihaviy ta’lim muammoga yo‘naltirilgan o‘qitish jamoaviy ish raqamli ta’lim.

Аннотация

Ushbu maqolada "Kompyuter bilan tanishuv" bo‘limini samarali o‘qitish metodikasi yoritilgan. Kompyuter texnologiyalari bugungi kunda ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ushbu bo‘limni o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish zarurati ortib bormoqda. Maqolada an’anaviy usullar bilan bir qatorda interfaol va noodatiy metodlar, jumladan, "Kompyuter qismlarini yig‘ing", "Virtual laboratoriyalar", "Gamifikatsiya" va "Loyihaviy ta’lim" kabi texnologiyalarning ahamiyati tahlil qilinadi.


background image

`

31

KOMPYUTER BILAN TANISHUV BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI Ilmiy maslahatchi

Nishonov Javlon Eshmamat o‘g‘li

SHDPI talabasi

Negmatova Sevinch Ergash qizi

Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16569380

Annotatsiya.

Ushbu maqolada "Kompyuter bilan tanishuv" bo‘limini samarali o‘qitish

metodikasi yoritilgan. Kompyuter texnologiyalari bugungi kunda ta’lim jarayonining ajralmas
qismi bo‘lib, ushbu bo‘limni o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish zarurati ortib
bormoqda. Maqolada an’anaviy usullar bilan bir qatorda interfaol va noodatiy metodlar,
jumladan, "Kompyuter qismlarini yig‘ing", "Virtual laboratoriyalar", "Gamifikatsiya" va
"Loyihaviy ta’lim" kabi texnologiyalarning ahamiyati tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

:

Kompyuter o‘qitish metodikasi, interfaol o‘qitish, gamifikatsiya, virtual

laboratoriya, amaliy mashg‘ulot, texnik ko‘nikmalar, innovatsion ta’lim, loyihaviy ta’lim,
muammoga yo‘naltirilgan o‘qitish, jamoaviy ish, raqamli ta’lim.

Abstract.

This article discusses the methodology for effective teaching of the section

"Computer Introduction". Computer technologies are an integral part of the educational
process today, and the need to use innovative approaches in teaching this section is increasing.
The article analyzes the importance of interactive and unconventional methods, including
technologies such as "Assemble the Computer Parts", "Virtual Laboratories", "Gamification"
and "Project-Based Learning", along with traditional methods.

Keywords:

Computer teaching methodology, interactive learning, gamification, virtual

laboratory, practical training, technical skills, innovative learning, project-based learning,
problem-based learning, teamwork, digital learning.

Аннотация.

В данной статье описана методика эффективного преподавания

раздела «Введение в компьютер». Сегодня компьютерные технологии являются
неотъемлемой частью образовательного процесса, и потребность в использовании
инновационных подходов в преподавании данного факультета возрастает. В статье
анализируется важность традиционных методов, а также интерактивных и
нетрадиционных методов, в том числе таких технологий, как «Собирай компьютерные
детали», «Виртуальные лаборатории», «Геймификация» и «Проектное обучение».

Ключевые слова:

методология компьютерного обучения, интерактивное

обучение, геймификация, виртуальная лаборатория, практическое обучение,
технические навыки, инновационное обучение, проектное обучение, проблемно-
ориентированное обучение, командная работа, цифровое обучение.

Kirish

Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalari kundalik hayotning ajralmas qismiga

aylanib bormoqda. Shu sababli, ta’lim tizimida "Kompyuter bilan tanishuv" bo‘limini samarali
o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bo‘lim orqali o‘quvchilar kompyuterning asosiy
tarkibiy qismlari, ularning vazifalari, operatsion tizim bilan ishlash, dasturiy ta’minot va asosiy
axborot xavfsizligi qoidalarini o‘rganadilar.


background image

`

32

An’anaviy va innovatsion o‘qitish usullarining uyg‘unlashuvi ushbu bo‘limni samarali

o‘zlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. An’anaviy yondashuvlar, masalan, nazariy tushuntirish va
amaliy mashg‘ulotlar, o‘quvchilarga fundamental bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Shu
bilan birga, interfaol va noodatiy metodlar, jumladan gamifikatsiya (o‘yinlashtirish), muammoli
ta’lim, loyiha asosida o‘qitish va vizual materiallardan foydalanish, o‘quv jarayonini yanada
samarali qiladi.

Bundan tashqari, o‘quvchilarni dastlabki bosqichdayoq axborot xavfsizligi va raqamli

madaniyat bilan tanishtirish ularning kelajakdagi faoliyatida to‘g‘ri kompyuter savodxonligini
shakllantirishga yordam beradi. Shu bois, kompyuter bilan tanishuv bo‘limini o‘qitishda
interaktiv darslar, raqamli laboratoriyalar va sun’iy intellekt bilan integratsiyalashgan vositalar
dan foydalanish istiqbolli yondashuvlardan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili.

Kompyuter bilan tanishuv bo‘limini o‘qitish metodikasiga oid bir

qancha adabiyotlar mavjud. Ulardan eng dolzarblarini quyida keltirib o’taman.

To‘rayev S. va Jo‘rayev A.larning "Axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi" nomli

tadqiqotida kompyuter savodxonligini shakllantirishda vizual va amaliy metodlarning o‘rni
tahlil qilgan. Mualliflar fikriga ko‘ra, "Dastlabki bosqichda o‘quvchilarga interfaol dars
usullarini qo‘llash orqali kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin".
Tadqiqotda tajriba asosida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, multimedia texnologiyalaridan
foydalanish kabi metodlarning samaradorligi asoslab bergan.[1]

Xodjayev U.ning "Zamonaviy axborot texnologiyalari va ta’lim" nomli tadqiqotida

o‘quvchilarning dastlabki bosqichdan boshlab kompyuter bilan ishlashiga innovatsion
yondashuvlarni joriy etish masalasiga e’tibor qaratgan. Xodjayevning ta’kidlashicha,
"kompyuter texnologiyalarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan va muammoli ta’lim metodlari
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi"[2].

Jeannette Wing o‘z tadqiqotida algoritmik tafakkur va kompyuter savodxonligini

rivojlantirish masalalarini o‘rganadi. U kompyuter bilan ishlashni o‘rganish nafaqat texnik
bilimlarni, balki analitik va kreativ tafakkurni ham rivojlantirishga yordam berishini
ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, "Kompyuter fanlarini o‘qitish shunchaki dasturlashni o‘rgatish
emas, balki umumiy muammolarni mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishni ham o‘z
ichiga olishi kerak".[3]

Seymour Papertning "Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas" asari

kompyuter orqali ta’lim berishning yangi usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. U o‘z
tadqiqotida konstruktivistik yondashuvni qo‘llash orqali bolalarning o‘rganish jarayonini
yanada samarali qilish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, "Bolalar o‘zlarining shaxsiy
loyihalarida kompyuterdan foydalanganda, ularning o‘rganish jarayoni yanada tabiiy va ijodiy
kechadi"[4]

Metodlar.

Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning faol ishtiroki, qiziqishi va amaliy

ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun an’anaviy yondashuvlarni
interfaol va innovatsion metodlar bilan boyitish kerak. Quyida "Kompyuter bilan tanishuv"
bo‘limini o‘qitishda samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan interfaol va noodatiy usullar keltirib
o’taman:

"Kompyuter bo‘ylab sayohat" metodi.

O‘quvchilar kompyuterning turli qismlarini virtual

sayohat orqali o‘rganadilar. Masalan, har bir qism (protsessor, operativ xotira, kiritish-


background image

`

33

chiqarish qurilmalari) haqida savollar berilib, to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar bosqichma-
bosqich oldinga siljiydi.

“Kompyuter qismlarini yig‘ing”.

Talabalar yoki o‘quvchilar kompyuter qismlarini (virtual

yoki haqiqiy model asosida) to‘g‘ri joylashtirib, ulanish usullarini tushuntirib berishadi.

“Nima uchun kompyuter ishlamayapti?”.

O‘quvchilarga turli texnik muammolar beriladi va

ular guruhlarda muammolarni aniqlab, echim topishlari kerak. Masalan, kompyuter
yuklanmayapti, ekran ishlamayapti, klaviatura javob bermayapti kabi vaziyatlar beriladi va
o‘quvchilar sabablarini izlashadi.

“IT detektiv”.

O‘quvchilarga "Kiberxavfsizlik muammosi" yoki "Katta ma’lumotlar

yo‘qolishi" kabi ssenariylar berilib, ular masalani hal qilish yo‘llarini izlashi kerak. Bu orqali
axborot xavfsizligi va kompyuter savodxonligi bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantiriladi.

Natija.

"Kompyuter qismlarini yig‘ing" metodi amaliy va interfaol ta’lim yondashuvi

bo‘lib, o‘quvchilarni kompyuterning asosiy apparat qismlari bilan tanishtirish, ularning
vazifalarini tushuntirish va mustaqil kompyuter yig‘ish ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida
ishlab chiqilgan. Bu metod guruh bo‘lib ishlash, muammolarni hal qilish va real hayotiy
tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.

Metodning maqsadi:

1.

O‘quvchilarga kompyuter qismlarini aniqlash va tushunish ko‘nikmasini shakllantirish;

2.

Kompyuter yig‘ish jarayonini amaliy o‘rgatish;

3.

Jamoaviy ishlash va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

4.

Kompyuterning ichki tuzilishini real tajribalar orqali o‘rganish;

5.

Texnik muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirish.

Bosqich

Tavsif

Amaliyot va faoliyat

1. Tayyorgarlik

Dars

uchun

zarur

jihozlar tayyorlanadi.

- Haqiqiy kompyuter qismlari
- 3D modellar yoki VR ilovalar
- Kompyuter qismlarining chizmalar va
qo‘llanmalar

2. Tushuntirish

O‘qituvchi

har

bir

komponentni va uning
vazifasini tushuntiradi.

- Protsessor, anakart, RAM, SSD, quvvat
bloki va video karta haqida tushuntirish
- Qismlarning ishlash jarayoni bo‘yicha
savol-javob

3.

Amaliy

mashg‘ulot

O‘quvchilar guruhlarga
bo‘linib,

kompyuter

yig‘ish

bo‘yicha

topshiriq bajarishadi.

- Kompyuter qismlarini joylashtirish
- To‘g‘ri ulanishlarni amalga oshirish
- Anakart, protsessor, RAM va disklarni
bog‘lash

4. Muammolarni
hal qilish

O‘qituvchi

noto‘g‘ri

ulanish

yoki

yetishmovchilik

kabi

muammolarni yaratadi.

- "Kompyuter yoqilmayapti", "Ekran
qoraygan" kabi muammolarni hal qilish
- Diagnostika va troubleshooting

5. Baholash va
xulosa

O‘quvchilar bajargan ish
bo‘yicha

tahlil

- Guruh ishining natijasi tekshiriladi
- To‘g‘ri ulanish, qismlarni tushunish va
jamoaviy ish baholanadi


background image

`

34

o‘tkaziladi va natijalar
muhokama qilinadi.

Xulosa.

Zamonaviy jamiyatda kompyuter texnologiyalarining keng tarqalishi ushbu

vositalarni samarali o‘rgatish metodikasini ishlab chiqishni talab qiladi. "Kompyuter bilan
tanishuv" bo‘limini o‘qitish jarayoni nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham
shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Ushbu maqolada kompyuterning asosiy komponentlarini
o‘rgatish usullari, interfaol metodlardan foydalanish, hamda o‘quvchilarning qiziqishini
oshirishga qaratilgan strategiyalar tahlil qilindi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy ma’ruzalar va vizual materiallardan foydalanish

bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar va interfaol yondashuvlar o‘quvchilarning bilim olish
jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi. Xususan, "Kompyuter qismlarini yig‘ing", "Virtual
laboratoriyalar", "Gamifikatsiya" kabi metodlar orqali o‘quvchilarni faol ishtirok etishga jalb
qilish mumkin. Ushbu metodlar nafaqat kompyuterning texnik jihatlarini tushunishga yordam
beradi, balki jamoaviy ishlash, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash kabi muhim
ko‘nikmalarni ham rivojlantiradi.

Shuningdek, o‘quv dasturini o‘quvchilarning yoshiga va bilim darajasiga moslashtirish

muhim. Boshlang‘ich bosqichda kompyuterning asosiy tushunchalarini oddiy vizual materiallar
yordamida tushuntirish, keyinchalik esa tajriba va loyihaviy ishlar orqali mustahkamlash
maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib aytganda, "Kompyuter bilan tanishuv" bo‘limini o‘qitishda zamonaviy

interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi va o‘quvchilarga kelajakda
texnologiyalar bilan samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Bu
jarayonda innovatsion yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarga urg‘u berish muhim ahamiyat
kasb etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.


background image

`

35

Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Библиографические ссылки

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Mehrinso G‘uzorova, Muxiba Yaxiyaxonova , NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Farrux Qodirov , Dilmurod Abdullayev, Sevinch Negmatova , ELEKTRON TIJORAT (E-COMMERCE) , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Eʻzoza Qarshiyeva , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , LMS (LEARNING MANAGAMENT SYSTEM)-TAʻLIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Maftuna Boymirzayeva, Muxiba Yaxiyaxonova, O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Aziza Normatova , Muxiba Yaxiyaxonova , INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Goʻzal Roʻziqulova , Malika Nurullayeva, Muxiba Yaxiyaxonova , CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Farrux Qodirov , Iqbol Abdimurodova, Sevinch Negmatova, ELЕKTRОN HUJJАT АLMАSHISH TIZIMLАRI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Shahzoda Roʻzimurodova, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Nilufar Tojiyeva, Muxiba Yaxiyaxonova , AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Muxiba Yaxiyaxonova, Asadbek Murodov , O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

1 2 3 4 > >>