Авторы

  • Marjona Yusupova
    SHDPI talabasi
  • Muxiba Yaxiyaxonova
    SHDPI katta oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.130152

Ключевые слова:

Dasturlash asoslari o‘qitish metodikasi algoritmik tafakkur interfaol ta’lim gamifikatsiya vizual dasturlash sun’iy intellekt muammoli ta’lim loyiha asosida o‘qitish robototexnika.

Аннотация

Ushbu maqolada dasturlash asoslarini o‘qitish metodikasi tahlil qilinib, samarali ta’lim usullari yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida an’anaviy va innovatsion metodlarning uyg‘unlashuvi o‘quvchilarning algoritmik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya va interfaol yondashuvlarning samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, "Dastur sifatida harakatlan", vizual dasturlash muhiti (Scratch, Blockly), robototexnika bilan integratsiya kabi noodatiy usullar o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda muhim omil ekani ko‘rsatiladi.


background image

`

20

DASTURLASH ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Yusupova Marjona Avaz qizi

SHDPI talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16569135

Annotatsiya.

Ushbu maqolada dasturlash asoslarini o‘qitish metodikasi tahlil qilinib,

samarali ta’lim usullari yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida an’anaviy va innovatsion
metodlarning uyg‘unlashuvi o‘quvchilarning algoritmik tafakkurini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Tadqiqot davomida muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya va interfaol
yondashuvlarning samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, "Dastur sifatida harakatlan",
vizual dasturlash muhiti (Scratch, Blockly), robototexnika bilan integratsiya kabi noodatiy
usullar o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda muhim omil ekani ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar:

Dasturlash asoslari, o‘qitish metodikasi, algoritmik tafakkur, interfaol

ta’lim, gamifikatsiya, vizual dasturlash, sun’iy intellekt, muammoli ta’lim, loyiha asosida
o‘qitish, robototexnika.

Аннотация.

В данной статье анализируется методика преподавания основ

программирования и выделяются эффективные методы обучения. В современном
образовательном процессе сочетание традиционных и инновационных методов служит
развитию алгоритмического мышления учащихся. В ходе исследования будет
обоснована

эффективность

проблемного

обучения,

проектного

обучения,

геймификации и интерактивных подходов. Также показано, что важным фактором
повышения интереса учащихся являются необычные методы, такие как «Двигайся как
программа», среда визуального программирования (Scratch, Blockly), интеграция с
робототехникой.

Ключевые слова:

Основы программирования, методика преподавания,

алгоритмическое мышление, интерактивное обучение, геймификация, визуальное
программирование, искусственный интеллект, проблемное обучение, проектное
обучение, робототехника.

Abstract.

This article analyzes the methodology of teaching the basics of programming

and highlights effective teaching methods. In the modern educational process, the combination
of traditional and innovative methods serves to develop students' algorithmic thinking. The
study substantiates the effectiveness of problem-based learning, project-based learning,
gamification, and interactive approaches. It is also shown that such unusual methods as "Act as
a program", visual programming environments (Scratch, Blockly), and integration with
robotics are important factors in increasing students' interest.

Keywords:

Programming basics, teaching methodology, algorithmic thinking, interactive

learning, gamification, visual programming, artificial intelligence, problem-based learning,
project-based learning, robotics.

Kirish

Zamonaviy dunyoda dasturlash nafaqat texnologiya sohasi mutaxassislari, balki turli kasb

egalariga ham zarur bo‘lib bormoqda. Dasturlash asoslarini o‘rgatish bugungi kunda ta’lim
tizimining ajralmas qismiga aylanib, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri, muammolarni hal


background image

`

21

qilish qobiliyati va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu boisdan, "Dasturlash
asoslari bo‘limini o‘qitish metodikasi" masalasi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.

Dasturlash asoslarini samarali o‘rgatish uchun to‘g‘ri metodika tanlash muhim ahamiyat

kasb etadi. Bu jarayonda nazariy bilimlar bilan amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligini
ta’minlash, o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ularni faol ishtirok etishga undash zarur.
Shuningdek, o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan
foydalanish muhim hisoblanadi. Masalan, loyiha asosida ta’lim, muammoli ta’lim va
gamifikatsiya usullari dasturlash o‘rganish jarayonini yanada samarali qiladi.

Bundan tashqari, dasturlashni o‘qitishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini ham

inobatga olish lozim. Boshlang‘ich sinflarda vizual dasturlash muhiti, o‘rta sinflarda blokli
dasturlash vositalari, yuqori sinflarda esa Python, C++ kabi umumiy maqsadli dasturlash tillari
bilan tanishtirish tavsiya etiladi. Bu esa bosqichma-bosqich rivojlanish tamoyilini ta’minlab,
o‘quvchilarning dasturlashga bo‘lgan qiziqishini pasaytirib yubormaslikka xizmat qiladi.

Dasturlash – bu nafaqat kasbiy ko‘nikma, balki mantiqiy fikrlash va muammolarni hal

qilish strategiyalarini shakllantiruvchi muhim fan. Shuning uchun uni o‘qitish metodikasini
to‘g‘ri shakllantirish nafaqat o‘quvchilar uchun, balki kelajak jamiyatining texnologik
rivojlanishi uchun ham katta ahamiyatga ega..

Adabiyotlar tahlili.

Dasturlash asoslarini o‘qitish pedagogikaning dolzarb

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ushbu sohaga oid tadqiqotlar asosan ta’lim metodikasi, interfaol
usullar, zamonaviy dasturlash texnologiyalari va ta’lim jarayoniga IT vositalarini integratsiya
qilish masalalariga qaratilgan.

To‘rayev o‘zining "Axborot texnologiyalari va dasturlash asoslarini o‘qitish metodikasi"

nomli tadqiqotida dasturlashni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini
rivojlantirish muhimligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, samarali o‘qitish uchun interfaol
metodlardan foydalanish lozim: "Dasturlashga oid bilimlar o‘quvchilar tomonidan faqat nazariy
bilimlar orqali emas, balki amaliy tajribalar va real loyihalar orqali o‘zlashtirilishi lozim".
Shuningdek, muallif loyiha asosida ta’lim va gamifikatsiya usullarining samaradorligini
ta’kidlab, Scratch, Python kabi dasturlash tillarining boshlang‘ich bosqichda o‘qitilishining
afzalliklarini qayd etadi.[1]

Abdullayevning tadqiqoti dasturlashni yosh bolalarga o‘rgatish jarayonida vizual

vositalardan foydalanish muhimligini yoritadi. U "Boshlang‘ich sinflarda dasturlash asoslarini
o‘qitishning innovatsion metodlari" nomli tadqiqotida Scratch va Blockly kabi vositalarning
samaradorligini ta’kidlab shunday yozadi: "Kod yozishdan oldin, o‘quvchi algoritmik tafakkurni
shakllantirish bo‘yicha mashqlar bajarishi zarur. Bunda blokli dasturlash tizimlari ayniqsa
muhim rol o‘ynaydi". Muallifning tadqiqotida boshlang‘ich sinflarga dasturlash o‘rgatishda
o‘yin elementlarini qo‘shish va interfaol muhit yaratish muhimligi yoritiladi.[2]

Jeanette Wingning "Computational Thinking and Its Implications for Education" nomli

tadqiqoti dasturlashni o‘qitishda "computational thinking" (hisoblash tafakkuri) tushunchasiga
asoslangan. Unga ko‘ra, har qanday kasb egasi uchun dasturlash asoslarini bilish muhim bo‘lib,
bu tanqidiy tafakkur va muammolarni hal qilish qobiliyatini oshiradi: "Dasturlash faqat
dasturchilar uchun emas, balki muammolarni tahlil qilish va yechim yaratish ko‘nikmasini
shakllantirish vositasidir". Ushbu maqola dasturlashni umumiy ta’lim dasturlariga integratsiya
qilish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlarga asos solgan. [3]


background image

`

22

Metodlar.

Zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitishda interfaol va noodatiy metodlar

qo‘llanilishi darslarni yanada samarali tashkil etishga yordam beradi. Quyidagi innovatsion
metodlarni tavsiya qilaman:

"Men - dasturiy muhandis".

Har bir o‘quvchi loyiha jamoasidagi rolni (frontend dasturchi,

backend dasturchi, dizayner, mijoz) bajaradi va guruh bo‘lib ishlaydi.

Kod detektivi.

O‘quvchilar noto‘g‘ri yozilgan kodni topish va tuzatish bo‘yicha musobaqada

ishtirok etishadi.

"Hacker vs Developer".

Bir guruh xaker sifatida dasturdagi zaifliklarni topadi, ikkinchi

guruh esa ularni himoya qiladi.

“Kodlab yurish”.

O‘quvchilar qog‘oz kartochkalardagi buyruqlar asosida bir-birlarini

boshqaradi (masalan, "oldinga yur", "buril", "orqaga qayt").

"Dastur sifatida harakatlan".

O‘quvchilar funksiya va tsikllarni o‘z harakatlari bilan

ifodalaydi (masalan, "for" tsikli – 3 marta qo‘l chapsa, "if" sharti – chapak faqat to‘g‘ri javob
bo‘lsa).

LEGO va Arduino bilan dasturlash.

Vizual va jismoniy muhitda kodning qanday ishlashini

tushunish uchun.

"Rasm bilan kod yozish".

Vizual va jismoniy muhitda kodning qanday ishlashini tushunish

uchun.

"Music Coding".

Vizual va jismoniy muhitda kodning qanday ishlashini tushunish uchun.

Dasturlash asoslarini samarali o‘qitish uchun interfaol va noodatiy yondashuvlar zarur.

O‘yinlar, jismoniy faoliyat, loyiha asosida o‘qitish va sun’iy intellekt kabi innovatsion metodlar
o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlashga yordam
beradi. Darslarni yanada qiziqarli qilish uchun flipped classroom, real loyihalar, chatbot
yaratish, kod san’ati va hacker vs developer kabi usullarni sinab ko‘rish mumkin.

Natija.

"Dastur sifatida haraktlan" metodi o‘yin orqali o‘quvchilar algoritmik tafakkurni

shakllantiradi, tsikl, shart operatorlari va funksiya tushunchalarini amaliy tarzda o‘rganadi.
O‘yin jismoniy harakatga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilar kodni faqat yozibgina qolmay, balki uni
o‘z tanalari bilan "bajarishadi".

O‘yin qoidalari:

1.

O‘quvchilardan biri "Dasturchi", qolganlari esa "Kompyuter" rolida bo‘ladi.

2.

Dasturchi kod yozadi yoki og‘zaki aytadi, "Kompyuter" esa aytilgan kodga muvofiq

harakat qiladi.
3.

Kod struktura bo‘yicha yoziladi:

Buyruqlar ("oldinga yur", "o‘ngga buril", "qo‘lini ko‘tar")

Tsikl (bir harakatni 3-4 marta takrorlash)

Shart operatorlari (agar oldinda devor bo‘lsa, chapga burilish)

Funksiyalar (bir nechta harakatlarni guruhlash)
Dastur namunasi:


background image

`

23

Ushbu interfaol o‘yin yordamida o‘quvchilar dasturlashni qiziqarli va tushunarli usulda

o‘rganishadi. Nazariy bilimlar harakatga asoslangan amaliy tajriba bilan mustahkamlanadi, bu
esa ularning mantiqiy fikrlash va algoritmik tushunchalarni yanada yaxshiroq o‘zlashtirishiga
yordam beradi.

Xulosa.

Dasturlash asoslarini o‘qitish metodikasi zamonaviy ta’lim tizimida muhim

yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi shuni
ko‘rsatadiki, dasturlash nafaqat mutaxassislar, balki turli soha vakillari uchun ham zarur
bilimga aylanmoqda. Shuning uchun, bu fanni samarali o‘qitish metodikasini ishlab chiqish,
o‘quvchilarning dasturlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni algoritmik tafakkurga
yo‘naltirish muhim vazifalardan biridir.

Tadqiqot davomida an’anaviy va interfaol metodlarning o‘zaro uyg‘unlashgan holda

qo‘llanilishi eng samarali natijalarni berishi kuzatildi. Xususan, muammoli ta’lim, loyiha asosida
o‘qitish va gamifikatsiya usullarining dasturlash asoslarini o‘qitishda yuqori samaradorlikka
ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, algoritmik tafakkurni rivojlantirish uchun "Dastur sifatida
harakatlan", robototexnika bilan integratsiya, vizual dasturlash muhiti (Scratch, Blockly) kabi
innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkinligi
asoslab berildi.


background image

`

24

Dars jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini

shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Shu bois, o‘qitish metodikalarini ishlab chiqishda
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajasi va texnologik savodxonligi hisobga olinishi
zarur.

Kelajakda dasturlash asoslarini o‘qitish jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish, virtual

laboratoriyalar va immersiv texnologiyalarni tatbiq etish yangi imkoniyatlar yaratadi. Shu
sababli, innovatsion metodlarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish orqali dasturlash fanini
o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, samarali metodik yondashuvlar yordamida dasturlashni o‘qitish

jarayoni yanada qiziqarli, interfaol va tushunarli bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘quvchilarning
nafaqat dasturlash, balki umumiy mantiqiy tafakkur, muammolarni hal qilish va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini


background image

`

25

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Библиографические ссылки

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Mehrinso G‘uzorova, Muxiba Yaxiyaxonova , NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Eʻzoza Qarshiyeva , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , LMS (LEARNING MANAGAMENT SYSTEM)-TAʻLIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Maftuna Boymirzayeva, Muxiba Yaxiyaxonova, O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Aziza Normatova , Muxiba Yaxiyaxonova , INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Goʻzal Roʻziqulova , Malika Nurullayeva, Muxiba Yaxiyaxonova , CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Shahzoda Roʻzimurodova, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Nilufar Tojiyeva, Muxiba Yaxiyaxonova , AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Muxiba Yaxiyaxonova, Asadbek Murodov , O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Shoira Uzoqova , Muxiba Yaxiyaxonova, TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Obodjon Nadirov , Muxiba Yaxiyaxonova , DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH SSENARIYLARI BILAN TANISHISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

1 2 3 4 > >>