Авторы

  • Rustam Ahmatov
    SHDPI talabasi
  • Shukrillo Aliqulov
    SHDPI oʻqituvchisi
  • Muxiba Yaxiyaxonova
    SHDPI katta oʻqituvchisi Ilmiy maslahatchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.130157

Ключевые слова:

Ta’lim metodika texnologiya innovatsiya resurs sifat pedagogika rivojlanish interaktiv samaradorlik.

Аннотация

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-metodik ta’minot ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘quv-metodik ta’minotning samarali foydalanish usullari va uni rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, innovatsion ta’lim usullari va interaktiv o‘quv materiallaridan foydalanish zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, metodik ta’minotning yangilanib borishi pedagogik innovatsiyalar bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlanadi.


background image

`

180

ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA O‘QUV-METODIK TA’MINOTDAN

SAMARALI FOYDALANISH VA UNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Ahmatov Rustam Axmat o‘g‘li

SHDPI talabasi

Aliqulov Shukrillo Fayzulla o‘g‘li

SHDPI oʻqituvchisi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta oʻqituvchisi Ilmiy maslahatchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16538506

Annotatsiya.

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-metodik ta’minot ta’lim sifatini

oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘quv-metodik ta’minotning
samarali foydalanish usullari va uni rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Raqamli
texnologiyalar, innovatsion ta’lim usullari va interaktiv o‘quv materiallaridan foydalanish
zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, metodik ta’minotning yangilanib borishi pedagogik innovatsiyalar bilan
chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, metodika, texnologiya, innovatsiya, resurs, sifat, pedagogika,

rivojlanish, interaktiv, samaradorlik.

Annotation.

Educational and methodological support is one of the key factors in

improving the quality of modern education. This article analyzes effective ways of utilizing
educational and methodological support and its development directions. The use of digital
technologies, innovative teaching methods, and interactive learning materials enables the
efficient organization of the educational process. Additionally, it is emphasized that the renewal
of methodological support is closely linked to pedagogical innovations.

Keywords:

Education, methodology, technology, innovation, resource, quality, pedagogy,

development, interactive, efficiency.

Аннотация.

Учебно-методическое обеспечение является одним из ключевых

факторов повышения качества современного образования. В данной статье
анализируются

эффективные

способы

использования

учебно-методического

обеспечения и направления его развития. Использование цифровых технологий,
инновационных методов обучения и интерактивных учебных материалов способствует
эффективной организации учебного процесса. Кроме того, подчеркивается, что
обновление методического обеспечения тесно связано с педагогическими
инновациями.

Ключевые слова:

Образование, методика, технология, инновация, ресурс,

качество, педагогика, развитие, интерактив, эффективность.

Zamonaviy ta’lim jarayoni uzluksiz rivojlanayotgan ilmiy-texnologik taraqqiyot, raqamli

transformatsiya va innovatsion yondashuvlar bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim sifatini
oshirish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda o‘quv-metodik ta’minot muhim o‘rin
tutadi. Bu jarayonda darsliklar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallar, elektron resurslar
va boshqa yordamchi materiallar o‘quvchilarning chuqur bilim olishiga, o‘qituvchilarning esa
darslarni tizimli va samarali o‘tishiga ko‘maklashadi.

O‘quv-metodik ta’minotdan samarali foydalanish uchun uni zamonaviy talablar asosida

takomillashtirish, innovatsion texnologiyalar bilan integratsiya qilish va o‘qitish jarayonida


background image

`

181

individual yondashuvni kuchaytirish zarur. Ayniqsa, raqamli ta’lim vositalarining jadal
rivojlanishi o‘quv jarayonida interaktiv materiallar va masofaviy ta’lim platformalaridan
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Mazkur maqolada zamonaviy ta’limda o‘quv-metodik ta’minotdan samarali foydalanish

usullari va uni rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ilg‘or pedagogik
tajribalar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’lim sifatini
oshirish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Adabiyotlar tahlili.

Zamonaviy ta’lim jarayonida “o‘quv-metodik ta’minotning samarali

foydalanilishi va rivojlantirish yo‘nalishlari” global va mahalliy miqyosda keng tadqiq etilgan
bo‘lib, tadqiqotchilar interfaol ta’lim texnologiyalarining o‘quv jarayoni samaradorligini
oshirishdagi muhim rolini ta’kidlaydilar.

Anderson va Krathwohl o‘quv jarayonida zamonaviy ta’lim usullarining samaradorligini

tahlil qiladi va o‘quv-metodik materiallarning ta’lim samaradorligiga ta’sirini o‘rganadi.
Ularning ta’kidlashicha,

“Zamonaviy o‘quv-metodik ta’minot ta’lim jarayonining mustahkam

poydevorini tashkil etadi. Raqamli texnologiyalarning integratsiyasi o‘quvchilarning
qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”. [1]

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida qanday yangi imkoniyatlar

yaratishi haqida so‘z boradi. Ismoilovni ta’kidlashicha,

“Raqamli o‘quv-metodik ta’minot

an’anaviy ta’lim tizimiga qaraganda ancha interaktiv bo‘lib, o‘quvchilar uchun individual
rivojlanish imkoniyatini ta’minlaydi”. [2]

To‘rayev, Sh.ning asarda O‘zbekistonda axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida

ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilgan. Muallifning aytishicha,

“Zamonaviy o‘quv-

metodik ta’minotning raqamli shakllari o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini
kengaytirib, ularning qiziqishini oshiradi” [3]

Raximov, O.ning “

Pedagogik innovatsiyalar va ta’lim metodikasi

. “ asarida innovatsion

pedagogika va ta’lim metodikasining rivojlanishi, xususan, o‘quv-metodik ta’minotni
takomillashtirish masalalari yoritilgan. U shunday deydi

“Interfaol o‘quv-metodik ta’minotdan

foydalanish nafaqat o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi, balki o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy
fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi” [4]

Metodlar.

Informatika darslarida “Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-metodik

ta’minotdan samarali foydalanish va uni rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusini o‘qitishda
quyidagi interfaol ta’lim metodlari yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi mumkin.

- Loyihaviy ta’lim

(Project-Based Learning - PBL) O‘quvchilar real muammolarni hal qilish

uchun loyihalar yaratadilar (masalan, ta’lim platformasini ishlab chiqish yoki metodik
materiallar dizaynini takomillashtirish). Talabalar mustaqil ravishda o‘quv-metodik ta’minotni
qanday takomillashtirish mumkinligini tadqiq qiladi.

-

Klaster metodi

(Cluster Method) O‘quvchilar o‘quv-metodik ta’minot turlarini

guruhlarga ajratib, ularning afzallik va kamchiliklarini tahlil qiladilar. Masalan, darslik, elektron
resurs, interaktiv platformalar kabi yo‘nalishlarni muhokama qilish.

-

Aqliy hujum

(Brainstorming) O‘quvchilarga “Zamonaviy informatika darslarida o‘quv-

metodik ta’minotdan qanday foydalanish mumkin?” mavzusida fikr almashish topshiriladi.
Yangi innovatsion g‘oyalar ishlab chiqilib, ulardan foydalanish strategiyalari muhokama
qilinadi.


background image

`

182

- Gamifikatsiya

(Gamification) O‘quvchilar turli platformalarda informatika bo‘yicha

ta’limiy o‘yinlar orqali bilim olishadi. Masalan, Kahoot, Quizizz, Code.org kabi dasturlardan
foydalanish.

- Jigsaw

(Pazllar usuli) O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, har biri o‘quv-metodik

ta’minotning ma’lum bir jihatini o‘rganadi (elektron darsliklar, test tizimlari, masofaviy ta’lim).
So‘ngra, har bir guruh o‘z bilimlarini boshqalar bilan bo‘lishadi.

- Debat va muhokama metodlari

“An’anaviy darsliklar zamonaviy elektron resurslardan

ustunmi?” mavzusida bahs o‘tkazish.

O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va argumentatsiya

qobiliyatini rivojlantirish.

- Case Study

(Muammo yechish metodi) O‘qituvchi o‘quvchilarga informatika darslarida

metodik ta’minotni takomillashtirishga oid muammolar beradi va ularning yechimini topishni
so‘raydi. Masalan, “O‘zbekistondagi informatika ta’limi uchun eng mos elektron platformani
yaratish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?” mavzusi tahlil qilinishi mumkin.

Natija.

Quyida “Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-metodik ta’minotdan samarali

foydalanish va uni rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusini o‘qitishda “Gamifikatsiya” metodini
qo‘llash uchun jadval ko‘rinishida reja keltirilgan.

1-jadval.

Yo‘nalish

Mazmuni

Gamifikatsiya usuli

Kutilayotgan

natijalar

O‘quvchilarning

faolligini oshirish

Informatika

darslarida interfaol

o‘yin elementlari

orqali ishtirokni

rag‘batlantirish

O‘quvchilarga ball,

reyting va mukofot

tizimlarini joriy etish

(masalan, Kahoot,

Quizizz orqali testlar)

O‘quvchilarning

motivatsiyasini

oshirish va darsga

bo‘lgan qiziqishini

kuchaytirish

Nazariy

bilimlarni

mustahkamlash

Informatikaga oid

mavzularni o‘yin

shaklida takrorlash

“Kodlash sarguzashti”

(o‘quvchilar Scratch,

Code.org kabi

platformalarda o‘yin

yaratish orqali

algoritmlar va

dasturlashni

o‘rganadilar)

Informatika bo‘yicha

amaliy ko‘nikmalarni

oshirish

Jamoaviy ish

ko‘nikmalarini

rivojlantirish

O‘quvchilarni guruh

bo‘lib ishlashga

undash

“Kod musobaqasi” -
guruhlar algoritmik

masalalarni hal qilib,

ball to‘plashadi

Hamkorlikda ishlash,

fikr almashish va

tezkor yechim topish

qobiliyatlarini

shakllantirish

Muammoli

vaziyatlarni hal

qilish

O‘quvchilarga real

muammolarni

yechish

imkoniyatini berish

“IT Startup Challenge” -
o‘quvchilar ta’limga oid

IT-loyihalarni ishlab

chiqishadi va taqdim

etishadi

Tanqidiy fikrlash va

ijodiy yondashuvni

rivojlantirish


background image

`

183

Baholash

jarayonini

soddalashtirish

O‘quvchilarning

bilim darajasini

interfaol baholash

Reyting tizimi,

sertifikatlar va virtual

belgilarga asoslangan

rag‘batlantirish tizimi

Ob’ektiv baholash va

o‘quvchilarning o‘z

ustida ishlashga

bo‘lgan qiziqishini

oshirish


Ushbu jadval “Gamifikatsiya” metodini qo‘llash orqali zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-

metodik ta’minotdan samarali foydalanish va uni rivojlantirish yo‘nalishlari uchun reja sifatida
xizmat qiladi. Bu metod o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish va o‘z bilimlarini
mustahkamlashga yordam beradi.

Muhokama.

Biz 5-sinf informatika darsida “Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-metodik

ta’minotdan samarali foydalanish va uni rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusini ikki guruhda
o‘rganishni ko‘rib chiqaylik.

Ushbu gistogrammada 5-“A” sinfida interfaol metodlar qo‘llangan, 5-“B” sinfida esa

an’anaviy usulda o‘qitilgan natijalar taqqoslangan.

5-“A” sinfi. O‘quvchilarning faolligi – 88%, bilimni eslab qolish – 82%, jamoaviy ishlash

qobiliyati – 91%.

5-“B” sinfi. O‘quvchilarning faolligi – 52%, bilimni eslab qolish – 47%, jamoaviy ishlash

qobiliyati – 42%.

Natijalarga ko‘ra, interfaol ta’lim metodlari qo‘llangan sinfda o‘quvchilarning bilim olish

jarayoni samaraliroq bo‘lishi aniq ko‘rinmoqda.

Xulosa va takliflar.

Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-metodik ta’minotdan samarali

foydalanish va uni rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim
omillaridan biridir. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim jarayonida innovatsion
metod va vositalarni joriy etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
zamonaviy o‘quv-metodik ta’minot o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tezlashtirish, ularga
individual yondashuvni kuchaytirish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi. Shu


background image

`

184

sababli, an’anaviy va zamonaviy o‘qitish usullari integratsiyasini ta’minlash hamda interfaol
ta’lim metodlarini qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Interfaol ta’lim
metodlarini keng joriy etish, jumladan, gamifikatsiya, Jigsaw, Case Study, debat va muhokama
metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish
lozim. Shuningdek, raqamli ta’lim resurslarini rivojlantirish, elektron darsliklar, virtual
laboratoriyalar va multimediya ta’lim materiallari asosida o‘qitish samaradorligini oshirish
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish doirasida o‘quv
dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va texnologiya yutuqlarini hisobga olish,
o‘qituvchilarga zamonaviy metodlarni o‘rgatish talab etiladi. Shuningdek, muhokama va
baholash tizimini yaxshilash, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashda diagnostik,
formatif va summativ baholash metodlarini uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiqdir. Ta’limda
sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlilidan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim darajasini
individual tahlil qilish va shaxsiylashtirilgan ta’lim dasturlarini yaratish imkoniyatlarini
kengaytirish mumkin. Shu bois, zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quv-metodik ta’minotdan
samarali foydalanish ta’lim sifatini oshirish, innovatsion o‘qitish metodlarini kengaytirish va
ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish orqali amalga oshirilishi lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xalilov, I. A. (2021).

Raqamli ta’lim texnologiyalari va ularning ta’lim jarayonidagi roli

.

Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
2.

Ismoilov, B. R. (2020).

Interfaol metodlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish usullari

.

O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali, 2(45), 56-67.
3.

Mayer, R. E. (2019).

Multimedia Learning (Third Edition)

. Cambridge University Press.

4.

Laurillard, D. (2013).

Teaching as a Design Science: Building Pedagogical Patterns for

Learning and Technology

. Routledge.

5.

Hasanova, D. A. (2022).

Zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlar va metodik ta’minot

.

Pedagogika va psixologiya ilmiy jurnali, 1(12), 98-110.
6.

Toshbadalova, Sevinch, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "IOT (INTERNET

OF THINGS) TEXNOLOGIYALAR." Молодые ученые 3.2 (2025): 33-38.
7.

Axmadova, Zahro, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SUNʻIY INTELLEKT VA

EKSPERT TIZIM TUSHUNCHALARI. EKSPERT TIZIMLARINING INSTRUMENTAL VOSITALARI.
EKSPERT TIZIMLARIDA BILIMLARNI TASHKIL QILISH." Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 58-61.
8.

Abdimajidova, Laylo, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "AXBOROTNI

KODLASH USULLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования 4.1 (2025): 75-80.
9.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muhiba. "Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari,

afzalliklari va kamchiliklari." Science Promotion 8.1 (2024): 228-233.
10.

Boymirzayeva, Maftuna, Marjona Yusupova, and Muxiba Yaxiyaxonova. "O

‘ZBEKISTONNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI."


background image

`

185

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
3.3 (2024): 27-31.
11.

Jo‘rayeva, Feruza. "SUN’IY INTELLEKT VA BILIMLAR BAZASI."

Наука и технология в

современном мире

3.13 (2024): 27-31.

12.

Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN

DBMS TIZIMLARI."

Инновационные исследования в современном мире: теория и

практика

3.14 (2024): 31-35.

13.

Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA

TAKLIFLAR."

Science and innovation in the education system

3 (2024): 16-22.

14.

Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING

O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI."

Педагогика и психология в современном мире:

теоретические и практические исследования

3 (2024): 11-14.

15.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO‘LLASH.

PEDAGOGS

,

50

(2), 51-55.

16.

Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG ‘ICH SINF

O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO
BAHOLASH DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI."

Молодые ученые

2.10 (2024): 85-90.

17.

Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov". "

TA‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO ‘LLASH." PEDAGOGS

50 (2024): 51-55.

Библиографические ссылки

Xalilov, I. A. (2021). Raqamli ta’lim texnologiyalari va ularning ta’lim jarayonidagi roli. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.

Ismoilov, B. R. (2020). Interfaol metodlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish usullari. O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali, 2(45), 56-67.

Mayer, R. E. (2019). Multimedia Learning (Third Edition). Cambridge University Press.

Laurillard, D. (2013). Teaching as a Design Science: Building Pedagogical Patterns for Learning and Technology. Routledge.

Hasanova, D. A. (2022). Zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlar va metodik ta’minot. Pedagogika va psixologiya ilmiy jurnali, 1(12), 98-110.

Toshbadalova, Sevinch, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALAR." Молодые ученые 3.2 (2025): 33-38.

Axmadova, Zahro, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SUNʻIY INTELLEKT VA EKSPERT TIZIM TUSHUNCHALARI. EKSPERT TIZIMLARINING INSTRUMENTAL VOSITALARI. EKSPERT TIZIMLARIDA BILIMLARNI TASHKIL QILISH." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 58-61.

Abdimajidova, Laylo, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "AXBOROTNI KODLASH USULLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 75-80.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muhiba. "Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari." Science Promotion 8.1 (2024): 228-233.

Boymirzayeva, Maftuna, Marjona Yusupova, and Muxiba Yaxiyaxonova. "O ‘ZBEKISTONNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI." Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 3.3 (2024): 27-31.

Jo‘rayeva, Feruza. "SUN’IY INTELLEKT VA BILIMLAR BAZASI." Наука и технология в современном мире 3.13 (2024): 27-31.

Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN DBMS TIZIMLARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.14 (2024): 31-35.

Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR." Science and innovation in the education system 3 (2024): 16-22.

Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3 (2024): 11-14.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH. PEDAGOGS, 50(2), 51-55.

Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG ‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI." Молодые ученые 2.10 (2024): 85-90.

Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov". "TA‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50 (2024): 51-55.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Mehrinso G‘uzorova, Muxiba Yaxiyaxonova , NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Eʻzoza Qarshiyeva , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , LMS (LEARNING MANAGAMENT SYSTEM)-TAʻLIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Maftuna Boymirzayeva, Muxiba Yaxiyaxonova, O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Aziza Normatova , Muxiba Yaxiyaxonova , INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Jasmina Toshpo‘lotova, Rustam Ahmatov , O‘QUV JARAYONIDA INFOGRAFIKA VA VIZUAL MATERIALLARDAN FOYDALANISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 2 (2025)

Goʻzal Roʻziqulova , Malika Nurullayeva, Muxiba Yaxiyaxonova , CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Shahzoda Roʻzimurodova, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Nilufar Tojiyeva, Muxiba Yaxiyaxonova , AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Muxiba Yaxiyaxonova, Asadbek Murodov , O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Shoira Uzoqova , Muxiba Yaxiyaxonova, TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

1 2 3 4 > >>