`
160
O‘QUV JARAYONINI REJALASHTIRISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR
Narzulloyev Avazbek Zafar o‘g‘li
SHDPI MI-4-kurs talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
SHDPI Matematika va TAT kafedrasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15395242
Annotatsiya:
O‘quv jarayonini rejalashtirishga nisbatan turlicha yondashuvlar tahlil
qilinib, ularning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. O‘quv jarayonini samarali
tashkil etish ta’limning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, uning muvaffaqiyati to‘g‘ri
rejalashtirishga bog‘liq. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning
ahamiyati ham yoritilib, interfaol metodlar, masofaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining o‘quv jarayoniga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’lim
jarayonini rejalashtirishda innovatsion va an’anaviy yondashuvlarning uyg‘unligi
samaradorlikni oshirishini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, ta’lim tizimida rejalashtirishning doimiy
takomillashtirilishi va zamonaviy talablar asosida rivojlantirilishi zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
Kompetensiyaviy yondashuv, modulli ta’lim, moslashuvchan
rejalashtirish, interfaol usullar, masofaviy ta’lim, innovatsion pedagogika, interfaol metodlar,
kredit-modul tizimi, didaktik tamoyillar.
Kirish.
Ta’lim jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning samaradorligi ko‘p
jihatdan oldindan puxta rejalashtirishga bog‘liq. O‘quv jarayonini rejalashtirish pedagogik
faoliyatning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, ta’lim maqsadlariga erishish, o‘qitishning sifatini
oshirish va ta’lim jarayonini izchil tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Rejalashtirish
jarayonida o‘qituvchi nafaqat o‘quv dasturini tuzadi, balki ta’lim jarayonini samarali tashkil
qilish uchun optimal metodlarni ham tanlaydi. Shunday qilib, to‘g‘ri rejalashtirilgan o‘quv
jarayoni o‘quvchilarning bilim olish jarayonini tizimli, samarali va qiziqarli shaklda tashkil
etish imkonini beradi.
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirishga nisbatan turli yondashuvlar
mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. An’anaviy yondashuvlar, odatda,
oldindan belgilangan qat’iy dastur asosida ta’lim berishga asoslangan bo‘lsa, zamonaviy
innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonini moslashuvchan va interaktiv tarzda tashkil
etishga qaratilgan. Masalan, kompetensiyaga asoslangan ta’lim, modulli ta’lim va differensial
yondashuv kabi usullar o‘quv jarayonini rejalashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu
yondashuvlarning har biri o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va ta’lim maqsadlariga qarab
tanlanishi lozim.
O‘quv jarayonini samarali rejalashtirish o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish, ularning
mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish va o‘quv motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shu sababli, rejalashtirish jarayonida faqatgina darslik va o‘quv dasturlariga tayanib qolish
emas, balki zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va amaliy mashg‘ulotlarning
ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi rejalashtirish samaradorligini oshirishda muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar tahlili.
T. A. Xodjayev o‘quv jarayonini rejalashtirish bo‘yicha o‘z
tadqiqotlarida ta’lim sifatini oshirish uchun kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyatini
`
161
ta’kidlaydi. Olimning fikriga ko‘ra, “zamonaviy ta’lim jarayonida rejalashtirish faqatgina
an’anaviy o‘qitish metodlariga asoslanmasligi, balki talabalar individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda moslashuvchan strategiyalar ishlab chiqilishi lozim”.[1]
Sh. M. Nishonova esa o‘quv jarayonini rejalashtirishning innovatsion yondashuvlari va
olib borgan tadqiqotlar bo‘yicha u o‘z ishlarida modulli va kredit tizimi asosida ta’limni
rejalashtirishning samaradorligi haqida shunday yozadi: “Bugungi kunda o‘quv jarayonini
rejalashtirishda modulli ta’lim tizimidan foydalanish talabalar bilimini chuqurlashtirish bilan
birga, ularning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini ham shakllantirishga yordam beradi”. [2]
John Biggs tomonidan ishlab chiqilgan “Constructive Alignment” nazariyasi o‘quv
jarayonini rejalashtirishda muhim o‘rin tutadi. U o‘z tadqiqotlarida shunday deydi: “Effective
curriculum planning should align learning activities, assessment, and intended outcomes to
ensure deep learning experiences for students”. Ya’ni, samarali ta’lim dasturi rejalashtirishda
o‘quv faoliyati, baholash va ta’lim natijalari o‘zaro muvofiqlashtirilishi lozim. [3]
David Kolb ilmiy tadqiqotlarida “Experiential Learning” modeli o‘quv jarayonini
rejalashtirishda amaliyotga asoslangan ta’lim yondashuvining muhimligini ko‘rsatib. U
“Learning is most effective when students actively engage in the learning process through
experience, reflection, and experimentation”. Ya’ni, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol
ishtiroki va tajribaga asoslangan o‘rganish samaradorlikni oshirishi haqida ta’kidlaydi. [4]
Metodlar
. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan rejalashtirish metodi. Bu metod
o‘quvchilarning nazariy bilim olishidan tashqari, ularning amaliy va kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Rejalashtirish jarayonida darslar amaliy
mashg‘ulotlar, loyiha ishlari va muammoli vaziyatlarni tahlil qilish kabi faol usullar bilan
boyitiladi. “O‘quvchilar mustaqil fikrlash va muammoni hal qilish ko‘nikmalariga ega
bo‘lishlari lozim” degan tamoyil asosida ishlab chiqiladi.
Modulli rejalashtirish metodi. Bu metodda o‘quv jarayoni an’anaviy fanlarga bo‘lingan
holda emas, balki turli modullarga ajratilgan holda tashkil etiladi. Har bir modul mustaqil
o‘quv bloki sifatida qaralib, talabalar uni o‘z tezligida o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Zamonaviy ta’lim tizimida, ayniqsa, kredit-modul tizimida keng qo‘llaniladi.
Informatika fanida modulli rejalashtirish metodi quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llaniladi:
Algoritmlash va dasturlash.
Dastur tuzish jarayonlarini modullarga ajratish, masalan,
"Shartli operatorlar", "Tarmoqlanish", "Takrorlanish operatorlari" kabi mavzularga bo‘lish.
`
162
Kompyuter tarmoqlari.
"Mahalliy tarmoqlar", "Global tarmoqlar", "Internet
texnologiyalari" kabi modullar shaklida o‘rgatilishi mumkin.
Axborot
xavfsizligi.
"Ma’lumotlarni
himoyalash",
"Kriptografiya
asoslari",
"Zararsizlantirish usullari" kabi modullarga bo‘lish orqali tushunarli ta’lim tizimi yaratiladi.
Ma’lumotlar bazasi.
"Ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari", "SQL buyruqlari",
"Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari" modullari orqali o‘quvchilar bosqichma-bosqich
bilimlarni o‘zlashtiradi.
Moslashuvchan rejalashtirish metodi. Bu metodda o‘quv dasturi va mashg‘ulotlar shakli
o‘quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga qarab o‘zgaruvchan shaklda tuzilib o‘quv
jarayonida interfaol dars usullari, guruhli ishlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
masofaviy ta’lim vositalari faol qo‘llaniladi. Talabalar mustaqil ta’lim olishga rag‘batlantiriladi
va ularning individual o‘zlashtirish sur’ati hisobga olinadi.
Natija.
O‘quv jarayonini rejalashtirish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, uning to‘g‘ri tashkil etilishi o‘qitish sifatini belgilovchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. O‘quv jarayonini rejalashtirishning turli yondashuvlari mavjud
bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Kompetensiyaviy yondashuv
o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ularni real
hayot sharoitlarida o‘z bilimlarini qo‘llay olishga tayyorlaydi. Modulli yondashuv o‘quv
dasturini mustaqil bloklarga ajratish orqali o‘quvchilarga moslashuvchan ta’lim olish
imkonini beradi. Ushbu metod ayniqsa, zamonaviy kredit-modul tizimida samarali
qo‘llanilmoqda. Moslashuvchan rejalashtirish esa o‘quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga
qarab ta’lim dasturiga o‘zgarishlar kiritish imkonini beradi. Bu yondashuv interfaol o‘qitish
usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va talabalar
mustaqilligini oshirish muhim o‘rin tutadi.
Muhokama.
O‘quv jarayonini rejalashtirishning samaradorligini oshirish uchun
innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhimdir. Jumladan, loyiha usuli, tajriba
asosida o‘qitish, muammoli ta’lim va reflektiv yondashuvlar talabalarning faolligini oshirishga
xizmat qiladi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali
masofaviy ta’lim va onlayn kurslar tashkil etish imkoniyati kengaymoqda.
Ta’lim jarayonini rejalashtirishda turli yondashuvlarning uyg‘unlashuvi eng samarali
strategiya hisoblanib zamonaviy ta’lim sharoitida an’anaviy va innovatsion metodlarni
birlashtirish orqali ta’lim sifati oshirilishi, o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlari rivojlantirilishi mumkin.
Xulosa.
O‘quv jarayonini rejalashtirishda interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va masofaviy ta’lim vositalaridan keng foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Xulosa
qiladigan bo‘lsak, ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash,
ijodiy yondashish va amaliy bilimlarni qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsion va an’anaviy yondashuvlarning uyg‘unlashuvi esa ta’lim sifatini oshirishning eng
samarali usuli hisoblanadi. Shu bois, ta’lim jarayonini rejalashtirish doimiy ravishda
takomillashtirib borilishi lozim.
References:
`
163
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xodjayev, T. A. Ta’lim Jarayonini Rejalashtirishda Kompetensiyaviy Yondashuv.
Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2019.
2.
Nishonova, Sh. M. Modulli Ta’lim Tizimi: Nazariya va Amaliyot. Toshkent: Fan, 2021.
3.
Biggs, John. Teaching for Quality Learning at University: What the Student Does. 4th ed.,
Open University Press, 2011.
4.
Kolb, David A. Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and
Development. Prentice Hall, 1984.
5.
Jurayeva, Zuxra, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "INFORMATIKANING
NAZARIY
ASOSLARIDA
MANTIQ
ALGEBRASINING
AKSIOMALARI
VA
TUSHUNCHALARI."
Естественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования
4.1 (2025): 21-24.
6.
Roʻziqulova, Goʻzal, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "CANVINDA
INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI."
Наука и технология в современном
мире
4.1 (2025): 66-71.
7.
Sadriddinova, Sabrina, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SSM
PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. FACEBOOK TARMOGʻI."
Наука и технология в
современном мире
4.1 (2025): 78-83.
8.
Xushvaqtov, Diyorbek, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyoxonova. "SIMLI VA SIMSIZ
ALOQA VOSITASI."
Наука и инновация
3.1 (2025): 69-74.
9.
Murodullayeva, Sevinch, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "TAQDIMOT
DASTURLARI (POWERPOINT, PREZI, FOSUSKY VA BOSHQA DASTURLAR) DA TAQDIMOT
TAYYORLASH."
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
4.1 (2025):
19-22.
10.
Jumayeva, Durdona, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "BUL
FUNKSIYALARI. ULARNING BERILISH USULLARI. BUL FUNKSIYALARI SONI. BUL ALGEBRASI
QONUNLARI."
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования
4.1 (2025): 15-18.
11.
Shavkatova, Sevinch, Malika Nurullayeva, va Muhiba Yaxiyoxonova. "SSM
PLATFORMALARI BILAN TANISHISH. INSTAGRAM TARMOGʻI."
Molodye uchenye
3.2 (2025):
18-21.
12.
Shahriyorova, Gulnoza, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "SMM
PLATFORMASI BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOGʻI."
Молодые ученые
3.2 (2025): 22-
26.
13.
Ahmadova, Madina, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "BILIMLARNI
TASVIRLASH USULLARI. MANTIQIY MODELLAR, TARMOQLI SEMANTIK MODELLAR,
FREYNALI MODELLAR VA MAHSULOTLI MODELLAR."
Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования
4.1 (2025): 62-68.
14.
Abdimajidova, Laylo, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "AXBOROTNI
KODLASH USULLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
4.1 (2025): 75-80.
15.
Yakhiyakhonova, Mukhiba. "The urgency of improving the methods of developing the
`
164
skills of independent learning of future teachers." (2021).
16.
Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY
TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI."
Academic research in
educational sciences
4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.
17.
Kodirov, Akbar, Shaxribonu Qo‘ziyeva, and Mashkura Sa’dullayeva. "O ‘ZBEKISTONDA
TURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN “EASY RENT” LOYIHASINING ISTIQBOLLARI." YANGI O
‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
18.
Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA
MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY
OMILLARINI O ‘RGANISH." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01
(2024).
19.
Sh, Kodirov A. "THE ROLE OF THE" ONE MILLION UZBEK PROGRAMMERS" PROJECT IN
INTRODUCING THE YOUTH OF OUR COUNTRY TO THE IT ENVIRONMENT ACCORDING TO
THE" DIGITAL UZBEKISTAN 2030" STRATEGY." Экономика и социум 10 (125) (2024): 205-
211.