AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Annotasiya

Ushbu maqolada axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinib, zamonaviy ta’lim tizimida ushbu mavzuni samarali o‘qitish usullari ko‘rib chiqiladi. An’anaviy yondashuvlarning cheklovlari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Interfaol va innovatsion metodlar, jumladan, “Gamifikatsiya”, “Jamoaviy kod yozish”, “Simulyatsion ta’lim”, “Teskari dars” hamda “Ma’lumotlar detektivi” kabi usullar tavsiya etiladi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, axborot oqimlarini to‘g‘ri tahlil qilish, media savodxonlik va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning axborot bilan ishlash qobiliyatini oshirishda mustaqil izlanish, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim usullarining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
45-49

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Muhammadiyev , A. ., Nurullayeva , M. ., & Yaxiyaxonova, M. . (2025). AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(26), 45–49. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/130594
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinib, zamonaviy ta’lim tizimida ushbu mavzuni samarali o‘qitish usullari ko‘rib chiqiladi. An’anaviy yondashuvlarning cheklovlari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Interfaol va innovatsion metodlar, jumladan, “Gamifikatsiya”, “Jamoaviy kod yozish”, “Simulyatsion ta’lim”, “Teskari dars” hamda “Ma’lumotlar detektivi” kabi usullar tavsiya etiladi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, axborot oqimlarini to‘g‘ri tahlil qilish, media savodxonlik va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning axborot bilan ishlash qobiliyatini oshirishda mustaqil izlanish, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim usullarining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.


background image

45

AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Muhammadiyev Alijon Ulug‘bekovich

SHDPI talabasi

Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

Ilmiy maslahatchi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16566349

Annotatsiya

. Ushbu maqolada axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil

qilinib, zamonaviy ta’lim tizimida ushbu mavzuni samarali o‘qitish usullari ko‘rib chiqiladi.
An’anaviy yondashuvlarning cheklovlari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Interfaol va innovatsion metodlar, jumladan, “Gamifikatsiya”, “Jamoaviy kod yozish”,
“Simulyatsion ta’lim”, “Teskari dars” hamda “Ma’lumotlar detektivi” kabi usullar tavsiya etiladi.
Ushbu metodlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, axborot oqimlarini to‘g‘ri
tahlil qilish, media savodxonlik va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning axborot bilan ishlash qobiliyatini
oshirishda mustaqil izlanish, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim usullarining ahamiyati
yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali
axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Axborotli jarayonlar, interfaol metodlar, innovatsion ta’lim, gamifikatsiya,

teskari dars, simulyatsion ta’lim, media savodxonlik, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash,
muammoli ta’lim, raqamli texnologiyalar, mustaqil izlanish.

Abstract.

This article analyzes the methodology of teaching the information processes

section and considers methods for effective teaching of this subject in the modern education
system. The limitations of traditional approaches and the possibilities of overcoming them are
analyzed. Interactive and innovative methods are recommended, including "Gamification",
"Team Code Writing", "Simulation Learning", "Flip Lesson" and "Data Detective". These
methods are aimed at developing students' critical thinking, correct analysis of information
flows, and the formation of media literacy and information security skills. The article also
highlights the importance of independent research, project-based learning and problem-based
learning methods in improving students' ability to work with information. The results of the
study show that the effectiveness of teaching the information processes section can be
increased by introducing modern technologies into the educational process.

Keywords:

Information processes, interactive methods, innovative education,

gamification, flipped classroom, simulation education, media literacy, information security,
critical thinking, problem-based learning, digital technologies, independent research.

Аннотация.

В данной статье анализируется методика преподавания раздела

«Информационные процессы» и рассматриваются методы эффективного преподавания
данного предмета в современной системе образования. Анализируются ограничения
традиционных подходов и возможности их устранения. Рекомендуются интерактивные
и инновационные методы, в том числе геймификация, совместное программирование,
симуляционное обучение, перевернутое обучение и обнаружение данных. Эти методы
направлены на развитие критического мышления студентов, правильного анализа
информационных

потоков,

формирование

навыков

медиаграмотности

и

информационной безопасности. Также в статье подчеркивается значение независимых


background image

46

исследований, проектного обучения и проблемно-ориентированных методов обучения
в совершенствовании умений учащихся работать с информацией. Результаты
исследования показывают, что повысить эффективность преподавания кафедры
информационных процессов можно за счет внедрения современных технологий в
учебный процесс.

Ключевые слова:

Информационные процессы, интерактивные методы,

инновационное образование, геймификация, перевернутый урок, симуляционное
образование, медиаграмотность, информационная безопасность, критическое
мышление,

проблемное

образование,

цифровые

технологии,

независимые

исследования.


Kirish

Zamonaviy jamiyatda axborotning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Raqamli

texnologiyalar rivojlanishi natijasida axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish jarayonlari
keskin o‘zgardi. Shu sababli, axborotli jarayonlar tushunchasi ta’lim tizimida muhim o‘rin
egallaydi. Axborot texnologiyalari asoslari, jumladan, axborotli jarayonlarni o‘rganish
o‘quvchilarga zamonaviy muammolarni tushunish va yechish ko‘nikmalarini shakllantirishda
muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Axborotli jarayonlar bo‘limi informatika fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,

axborotning to‘planishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va uzatilishiga oid bilimlarni o‘z ichiga
oladi. Bu bo‘limni samarali o‘qitish o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy
ko‘nikmalarni ham singdirishga xizmat qiladi. Shu bois, ushbu bo‘limni o‘qitish metodikasini
to‘g‘ri tanlash va takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar tahlili.

Axborotli jarayonlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha olib borilgan

tadqiqotlar ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ushbu bo‘lim axborot
texnologiyalari rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, axborotni qayta ishlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha muhim bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Jonson D., Koenig M. “Information Science and Learning Technologies” nomli tadqiqotida

axborotli jarayonlarni o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish muhimligi ta’kidlaydi.
Mualliflarning fikricha, zamonaviy o‘quvchilar uchun axborotli jarayonlarni tushuntirishda
kompyuter simulyatsiyalari, sun’iy intellekt texnologiyalari va interaktiv dasturlar qo‘llanilishi
kerak.[1]

O‘zbekistonlik olimlar ham axborotli jarayonlarni o‘qitish metodikasiga oid turli ilmiy

izlanishlar olib borgan. Ularning ishlari asosan ta’lim jarayoniga moslashtirilgan interaktiv
yondashuvlar va milliy ta’lim tizimidagi o‘ziga xosliklarni o‘z ichiga oladi.[2]

Jumladan, Karimov o‘z tadqiqotida axborotli jarayonlarni o‘qitishda konstruktivistik

yondashuv va amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni haqida fikr bildirib, o‘quvchilarning mustaqil
izlanishi va loyihaviy ishlari axborotli jarayonlarni yaxshiroq tushunishga yordam berishini
ta’kidlaydi.[3]

Turdaliyev B. “Raqamli texnologiyalar va informatika ta’limi” asaridada axborotli

jarayonlar bo‘limini o‘qitishda zamonaviy ta’lim platformalari, masalan, Moodle va Google
Classroom singari vositalardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatib o‘tib, elektron ta’lim


background image

47

muhitidan foydalanish axborotli jarayonlarni o‘rganishda o‘quvchilarning faolligini oshirishga
yordam berishini aytib o‘tgan.[4]

Metodlar.

Axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitishda an’anaviy metodlarga qo‘shimcha

ravishda interfaol va noodatiy yangi metodlarni joriy qilish samaradorlikni oshiradi. Quyida
tavsiya etiladigan innovatsion metodlar keltirib o’taman:

“Jamoaviy kod yozish” (Collaborative Coding).

O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib,

axborotli jarayonlarga oid muammolarni hal qiluvchi kod yoki algoritm yozishadi.

“Teskari dars” (Flipped Classroom).

O‘qituvchi ma’ruzani oldindan video yoki prezentatsiya

shaklida taqdim etadi, darsda esa amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

“Hakaton” (Hackathon – qisqa muddatli loyiha ishlari).

O‘quvchilar ma’lum bir axborot

jarayoni bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun qisqa muddatli loyiha yaratishadi.

“Ma’lumotlar detektivi” (Data Detective).

O‘quvchilarga noto‘liq yoki chalg‘ituvchi

ma’lumotlar berilib, ular tahlil qilish orqali to‘g‘ri xulosaga kelishlari kerak bo‘ladi.

Axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitishda interfaol va noodatiy metodlardan foydalanish

o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi va bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

Natija.

Axborotli jarayonlar bo’limini o’qitishda “Ma’lumotlar detektivi” metodi ancha qo’l

keladi. Shu sababli bu metodni ko’rib chiqamiz:

“Ma’lumotlar detektivi” – o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga

qaratilgan interfaol metod bo‘lib, bunda o‘quvchilar axborot oqimlarini tahlil qilish, ishonchli
va noto‘g‘ri ma’lumotlarni ajratish, axborotni qayta ishlash va to‘g‘ri xulosalar chiqarish kabi
ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Bu metodni axborotli jarayonlarni o‘qitishda, ayniqsa,
ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish mavzularida qo‘llash samarali
hisoblanadi.

Bosqich

Mazmuni

Faoliyatlar

Natija

1.
Tayyorlov

O‘qituvchi turli
axborot
manbalarini
tayyorlaydi
(haqiqiy va soxta
ma’lumotlar).

- Axborot manbalarini tanlash.
- Soxta va ishonchli axborotni
aralashtirish.
- Grafiklar, matnlar va videolar
tayyorlash.

O‘quvchilar
axborotlarni
tekshirishga tayyor
bo‘ladilar.

2. Detektiv
rolini
bajarish

O‘quvchilar kichik
guruhlarga
bo‘linib, berilgan
axborotni tahlil
qiladilar.

- Guruhlarga materiallar
tarqatish.
- Berilgan axborotni
tekshirish.
- Savollarga javob izlash:
1. Manba ishonchlimi?
2. Ma’lumot faktlarga
asoslanganmi?
3. Ma’lumot manipulyatsiya
qilinganmi?

O‘quvchilar
mustaqil axborot
tahlili qila
boshlaydilar.


background image

48

3.
Muhokama
va tahlil

Guruhlar o‘z
tekshiruv
natijalarini taqdim
etadilar va xulosa
chiqaradilar.

- Har bir guruh o‘z tekshiruv
natijasini taqdim etadi.
- Boshqa guruhlar natijalarga
baho beradilar.
- O‘qituvchi to‘g‘ri va noto‘g‘ri
xulosalarni tushuntiradi.

O‘quvchilar
axborotlarni
solishtirish va
xulosalar
chiqarishni
o‘rganadilar.

4. Xulosa
chiqarish va
qo‘llash

O‘qituvchi
axborotni
tekshirish usullari
bo‘yicha yakuniy
xulosalarni beradi.

- Ma’lumotlarni tekshirish
bo‘yicha maslahatlar.
- Google Reverse Image
Search, fact-checking
saytlarini ko‘rsatish.
- Statistik manipulyatsiyalarni
tushuntirish.

O‘quvchilar
kelajakda axborotni
tahlil qilish va
ishonchli
manbalarni
ajratishni
o‘rganadilar.


Xulosa.

Axborotli jarayonlarni o‘qitish metodikasi zamonaviy ta’lim jarayonining

ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning axborot bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish, tanqidiy
va tahliliy fikrlashni shakllantirish hamda texnologik innovatsiyalarga tayyor bo‘lishini
ta’minlashga qaratilgan. Bugungi raqamli jamiyatda axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish faqat
nazariy bilim berish bilan cheklanmay, balki amaliy mashg‘ulotlar, interfaol metodlar va
muammoli ta’lim orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishi lozim.

Ushbu tadqiqot doirasida axborotli jarayonlar mavzusini o‘qitishda samarali usullar tahlil

qilindi va yangi pedagogik yondashuvlar tavsiya etildi. An’anaviy ta’lim metodlarining
kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida “Jamoaviy kod yozish”, “Gamifikatsiya”, “Simulyatsion
ta’lim” kabi interfaol metodlar hamda “Teskari dars”, “Hakaton” va “Ma’lumotlar detektivi” kabi
noodatiy usullar taklif etildi. Ushbu metodlar nafaqat dars jarayonining samaradorligini
oshiradi, balki o‘quvchilarning axborotni tahlil qilish, xulosa chiqarish, innovatsion yechimlar
topish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.

Umuman olganda, axborotli jarayonlarni o‘qitish metodikasining takomillashtirilishi

o‘quvchilarning XXI asr ko‘nikmalariga moslashuvini ta’minlaydi. Zamonaviy texnologiyalarga
asoslangan o‘qitish metodlarini joriy qilish orqali ta’lim jarayoni samarali, qiziqarli va natijaviy
bo‘lishi mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.


background image

49

4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Bibliografik manbalar

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.