39
RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY O‘QITISH SHAKLLARI VA
USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Faritova Dilorom Zoir qizi
SHDPI “Matematika va informatika” yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
SHDPI katta oʻqituvchisi
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16566281
Annotatsiya
. Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari va
uslublarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida raqamli
texnologiyalarni joriy etish, interaktiv metodlardan foydalanish, sun’iy intellekt asosida
individual yondashuvlarni shakllantirish va masofaviy o‘qitishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, innovatsion pedagogik yondashuvlar, virtual va kengaytirilgan reallik
texnologiyalari hamda gamifikatsiya usullari asosida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari
muhokama qilinadi. Maqolada xorijiy va mahalliy tadqiqotlar tahlili asosida raqamli ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Raqamli ta’lim, zamonaviy o‘qitish uslublari, interaktiv ta’lim, onlayn ta’lim
platformalari, sun’iy intellekt ta’limda, masofaviy ta’lim, gamifikatsiya va ta’lim, virtual va
kengaytirilgan reallik, adaptiv ta’lim tizimlari, innovatsion pedagogika.
Абстрактный.
В статье анализируются вопросы совершенствования современных
форм и методов обучения в системе цифрового образования. Рассмотрены
преимущества внедрения цифровых технологий в образовательный процесс,
использования интерактивных методов, формирования индивидуальных подходов на
основе искусственного интеллекта, дистанционного обучения. Также обсуждаются пути
повышения эффективности образования на основе инновационных педагогических
подходов, технологий виртуальной и дополненной реальности, методов геймификации.
В статье на основе анализа зарубежных и отечественных исследований сделаны выводы
и предложения по дальнейшему развитию системы цифрового образования.
Ключевые слова:
Цифровое образование, современные методы обучения,
интерактивное обучение, платформы онлайн-обучения, искусственный интеллект в
образовании, дистанционное обучение, геймификация и обучение, виртуальная и
дополненная реальность, адаптивные системы обучения, инновационная педагогика.
Annotation.
This article analyzes the issues of improving modern forms and methods of
teaching in the digital education system. In the educational process, the advantages of the
introduction of digital technologies, the use of interactive techniques, the formation of
individual approaches based on artificial intelligence and distance learning are considered. Also
discussed are ways to improve educational efficiency based on innovative pedagogical
approaches, technologies of virtual and augmented reality, and methods of gamification. The
article provides conclusions and proposals for the further development of the digital education
system based on the analysis of foreign and domestic studies.
Keywords:
digital education, modern teaching styles, interactive education, online
education platforms, artificial intelligence in education, distance education, gamification and
education, virtual and augmented reality, adaptive education systems, innovative pedagogy.
KIRISH.
40
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim sohasining ajralmas qismiga aylanib, o‘qitish
jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. An’anaviy ta’lim
tizimining zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi ta’lim sifatini oshirish,
individual yondashuvni ta’minlash hamda interaktiv o‘qitish uslublarini joriy etish imkonini
bermoqda.
Raqamli ta’lim tizimi o‘qitishning turli shakllari va uslublarini rivojlantirish orqali ta’lim
jarayonining moslashuvchanligini oshiradi. Masofaviy ta’lim, gibrid o‘qitish, adaptiv ta’lim
platformalari hamda sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish metodlarining keng qo‘llanilishi
zamonaviy pedagogikaning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Mazkur maqolada raqamli ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari va uslublarini
takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida
ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish
hamda talabalar bilimini samarali baholash usullari yoritiladi.
Adabiyotlar tahlili.
Raqamli ta’lim tizimi va zamonaviy o‘qitish uslublarini
takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ta’lim jarayonida innovatsion
texnologiyalarni joriy etishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Raqamli ta’limni rivojlantirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
bo‘yicha xalqaro ilmiy ishlar orasida Jan van Dijk va Mark Prenski tomonidan olib borilgan
tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.
Jan van Dijk o‘zining “The Digital Divide” asarida raqamli ta’lim tizimining rivojlanishi va
uning jamiyatga ta’siri haqida shunday deydi:
“Raqamli ta’lim nafaqat bilim olish jarayonini osonlashtiradi, balki ijtimoiy tabaqalanish
muammolarini ham kuchaytirishi mumkin, shuning uchun uning samaradorligi teng
imkoniyatlar yaratishga bog‘liq.”[1]
Mark Prenski o‘zining “Digital Natives, Digital Immigrants” maqolasida “Bugungi
talabalarning fikrlash tarzi va ta’limga bo‘lgan munosabati oldingi avlodlarnikidan tubdan farq
qiladi, shu sababli o‘qitish uslublari ham o‘zgarishi zarur.” Bu tadqiqot zamonaviy
o‘quvchilarning raqamli texnologiyalar yordamida bilim olishga ko‘proq moyilligini ko‘rsatadi
va pedagoglarning dars jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish zarurligini asoslaydi.[2]
Xususan, A. Jo‘rayev va Sh. To‘xtayevlarning ilmiy ishlarida bu masala chuqur yoritilgan.
“Interaktiv texnologiyalar yordamida ta’lim jarayoni yanada samarali bo‘lib, talabalarning
darsga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Shu bilan birga, virtual laboratoriyalar va onlayn platformalar
amaliy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.”[3]
Sh. To‘xtayev uzining maqolasida shunday deydi: “Sun’iy intellekt asosida ishlovchi
adaptiv ta’lim tizimlari har bir talabaning individual o‘ziga xosligini hisobga olgan holda o‘qitish
jarayonini moslashtirish imkonini beradi.”[4]
Zamonaviy o‘qitish shakllari.
Informatika darslarida zamonaviy o‘qitish shakllari ta’lim
samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning qiziqishini kuchaytirish va ularga zamonaviy
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Quyida bir nechta
zamonaviy o‘qitish shakllari samarali bo‘lishi mumkun.
1. Masofaviy va Gibrid o‘qitish
Masofaviy ta’lim
– onlayn platformalar (Google Classroom, Moodle, Edmodo) orqali
o‘qitish.
41
Gibrid ta’lim
– an’anaviy va onlayn ta’limni birlashtirish. Dars materiallari videodarslar,
veb-seminarlar va interaktiv mashg‘ulotlar shaklida taqdim etiladi.
2. Loyihaviy o‘qitish (Project-based learning – PBL)
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, real muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan
dasturiy loyihalar ishlab chiqadilar.
Masalan, oddiy veb-sayt yaratish, AI chatbot ishlab chiqish yoki dasturlashda kichik
ilovalar yaratish.
3. Gamifikatsiya (o‘yinga asoslangan o‘qitish)
Informatika darslariga o‘yin elementlarini qo‘shish orqali o‘quvchilarning motivatsiyasini
oshirish.
Scratch, Code.org, CodeCombat kabi platformalarda interaktiv dasturlash o‘yinlarini
ishlatish.
Ballar, reyting tizimi va sovrinlar orqali o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
4. Teskari sinf (Flipped classroom)
O‘quvchilarga darsdan oldin mavzuga oid videodarslar yoki maqolalar beriladi.
Sinfda esa amaliy mashg‘ulotlar va muammolarni hal qilishga e’tibor qaratiladi.
Khan Academy va Coursera singari platformalardan foydalanish mumkin.
5. Sun’iy intellekt (AI) asosida ta’lim
AI yordamida shaxsiylashtirilgan ta’lim
– masalan, Codex, ChatGPT yoki Google AI kabi
vositalardan foydalanib, kod yozishni avtomatlashtirish.
AI bilan muloqot qilish
– o‘quvchilar kodni to‘g‘rilash, optimallashtirish va tahlil qilish
bo‘yicha sun’iy intellektdan maslahat olishadi.
6. VR va AR texnologiyalaridan foydalanish
Virtual laboratoriyalar
– 3D modellar va VR texnologiyalar yordamida dasturlash va
algoritmlar bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish.
AR dasturlar
– kompyuter tuzilishini real vaqtda vizual tushuntirish.
7. Bulutli texnologiyalar va hamkorlikda o‘qitish
Google Docs, GitHub, Microsoft Teams
kabi platformalarda jamoaviy ishlashni
o‘rgatish.
O‘quvchilar hamkorlikda kod yozish va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalariga ega
bo‘lishadi.
Bu usullar informatika darslarini yanada interaktiv va samarali qilishga yordam beradi.
Natija.
Quyidagi jadvalda (1-jadval) "Raqamli ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari
va uslublarini takomillashtirish" natijalari tartibli va aniq ko‘rinishda taqdim etilgan:
1-jadval.
№
Erishiladigan natija
Tavsif
1.
Ta’lim samaradorligini oshirish
Interaktiv texnologiyalar va gamifikatsiya orqali
darslarni qiziqarli va samarali qilish.
2.
Bilimlarni individual baholash va
shaxsiy yondashuv
Sun’iy intellekt asosida har bir o‘quvchiga mos
o‘qitish tizimini yaratish.
3.
Masofaviy va aralash ta’lim
imkoniyatlarining kengayishi
Bulutli texnologiyalar va onlayn platformalar
orqali ta’limni joy va vaqt chegaralaridan
mustaqil qilish.
42
4.
O‘quvchilarning kreativ fikrlash va
texnologik savodxonligini
rivojlantirish
Real loyihalar va dasturlash asosida
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va texnologik
ko‘nikmalarini oshirish.
5.
O‘qituvchilarning raqamli
kompetensiyalarini oshirish
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish.
6.
Innovatsion ta’lim resurslaridan
foydalanish imkoniyati
Elektron darsliklar, interaktiv videolar va onlayn
ta’lim platformalaridan samarali foydalanish.
7.
Ta’lim sifatini xalqaro darajaga
moslashtirish
Xalqaro standartlarga mos ravishda zamonaviy
o‘qitish uslublarini joriy qilish va
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.
Ushbu jadval raqamli ta’lim tizimi orqali qanday natijalarga erishish mumkinligini aniq
ko‘rsatib beradi.
Muhokama.
Quyidagi doiraviy diagrammada
“Raqamli ta’lim samarali”
va “An’anaviy
ta’lim samaraliroq”
degan pozitsiyalar taqqoslangan. Diagramma har ikki tizimning kuchli va
zaif tomonlarini aniq aks ettiradi.
Muhokama jarayonida har ikkala tizimning ustunliklarini batafsil muhokama qilish
mumkin.
Xulosa va takliflar
. Zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim sohasiga ham
sezilarli ta’sir ko‘rsatib, raqamli ta’lim tizimining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu maqolada
raqamli ta’lim tizimining afzalliklari, zamonaviy o‘qitish shakllari va uslublarini
takomillashtirish yo‘llari tahlil qilindi. O‘tkazilgan tadqiqot va tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
raqamli ta’limning quyidagi muhim jihatlari mavjud:
O‘quvchilarning individual qobiliyatlarini inobatga olgan holda moslashuvchan ta’lim
berish;
Masofaviy ta’lim va onlayn platformalar yordamida o‘quv jarayonining qulayligini
oshirish;
43
Sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarini joriy etish orqali o‘quv
jarayonini samarali tashkil qilish;
O‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va ularni yangi
texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish.
Shu bilan birga, raqamli ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va uning samaradorligini
oshirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
1.
Infratuzilmani takomillashtirish.
Raqamli ta’limning sifatli amalga oshirilishi uchun
internet tarmog‘iga keng imkoniyatlar yaratish va texnik jihozlarni modernizatsiya
qilish zarur.
2.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish.
Gamifikatsiya, adaptiv
o‘qitish tizimlari va interaktiv dars uslublaridan foydalanishni rag‘batlantirish.
3.
O‘qituvchilar malakasini oshirish.
Pedagoglarning raqamli ta’lim texnologiyalaridan
samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirish uchun maxsus trening va kurslar tashkil
etish.
4.
Tadqiqot va monitoring tizimini rivojlantirish.
Raqamli ta’lim tizimining
samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha doimiy monitoring o‘tkazish.
5.
Raqamli ta’lim resurslarini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish.
Elektron darsliklar,
o‘quv platformalari va mobil ilovalarni milliy dasturlar bilan uyg‘unlashtirish.
Xulosa qilib aytganda, raqamli ta’lim tizimi zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas
qismiga aylanmoqda. Uni to‘g‘ri yo‘naltirish va rivojlantirish orqali ta’lim sifati oshib,
o‘quvchilarning bilim olish jarayoni yanada samarali va qulay bo‘lishi mumkin. Shu sababli,
ta’lim muassasalari, pedagoglar va texnologiya mutaxassislari hamkorlikda harakat qilib,
raqamli ta’lim tizimini yanada takomillashtirishlari lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING
TECHNICAL PROBLEMS."
International scientific-online conference International scientific-
online conference
.
2.
Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI
OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.
Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI
SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.
Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."
YASHIL
IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT
3.2 (2025).
5.
Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION
OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.
Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling
and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
44
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати
сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using
ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and
Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini
oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.
O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.
Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib
t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.
Барно
Абдиевна
Ахмедова.
“Raqamli
iqtisodiyotda
ta’lim
xizmatlarini
takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.
Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF
EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.
Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В
ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.
Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР
ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.
Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH
SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.
Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH
SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.
