YOSH QISQA MASOFAGA YUGIRUVCHILAR HARAKATINI ANALITIK TAXLIL QILISH ASOSIDA TEHNIK TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI
Ushbu tezisda yosh sprinterlarning harakatlarini analitik tahlil qilish orqali texnik tayyorgarlikni rivojlantirish samaradorligi o’rganilgan. Maqolada sprint jarayonida sprinterlarning harakatlari, texnikani takomillashtirish uchun qo’llaniladigan metodikalar, shuningdek, ilmiy yondashuvlar va ilg’or texnologiyalar (videotahlil, biomekanik o’lchovlar, elektromyografiya) orqali olingan ma’lumotlar muhokama qilinadi. Sprinterlarning har bir harakatini tahlil qilish, texnikani yaxshilashga yordam beradigan metodlarni ishlab chiqish va trening jarayonida maxsus dasturlarni joriy qilishning ahamiyati ko’rsatiladi. Ushbu tahlil metodlari sportchilarning tezlik, kuch, chidamlilik va psixologik holatini yaxshilashga yordam berib, texnik tayyorgarlikning samaradorligini oshiradi.