Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari

CC BY f
41-43
1229
119
Поделиться
Умарова, И. (2022). Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 41–43. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5114
Ирода Умарова, Guliston davlat universiteti

Psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadi ifodalangan axborotni tarqab ketishi, о ‘g ‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish yoritilgan.

Похожие статьи


background image

41

Yuklangan o‗quv materiallarining kamligi

O‗qituvchilar uchun yanada noqulaylik, chunki siz nafaqat o'zingizning mavzuni
o‗rgatishni, balki AKTni o'qitish haqida ham bilishingiz kerak.

Talabalarga darsdan chalg‗ish uchun vaqtning yetarliligi.

Ta‘limdan chalg‗ituvchi omillarning hila-xilligi.

Elektron ta‘lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e‘tibor qaratish kerak

bo‗ladi:

− o‗quv materiallarga qo‗yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish;
− animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik;
− namoyish etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‗qituvchi va talabalar tomonidan ikki

tomonlama aloqa tarzida muhokama etib borilishi;

− namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab,

yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;

− o‗qitish natijalarini baholash me‘zonlarini aniqlash.

4

Xulosa o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki, elektron ta'lim platformalarining afzalliklari

va kamchiliklari soni jihatidan bir-biriga juda o'xshashdir, agar siz o'qitishning bir turiga
boshqasidan ko'ra ko'proq tanlasangiz, bu sizga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

https://uz.warbletoncouncil.org/e-learning-3220

2.

Хамидов, Ё. Ё. Ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron ta‘lim resurslarining o‗rni / Ё. Ё.

Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С.
611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 04.05.2022).
3.

Virtual haqiqat tizimlari: darslik usuli, qo'llanma / M. I. Osipov tomonidan tuzilgan. - Nijniy

Novgorod: Nijniy Novgorod davlat universiteti, 2012.
4.

Хамидов, Ё. Ё. Ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron ta‘lim resurslarining o‗rni / Ё. Ё.

Хамидов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 21 (259). — С.
611-612. — URL: https://moluch.ru/archive/259/59591/ (дата обращения: 04.05.2022).

AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDID VA UNING TURLARI

Umarova Iroda Bakirovna

Guliston davlat universiteti ―Psixologiya‖ kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya:

Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari. Umuman

olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadi ifodalangan axborotni tarqab ketishi,
o‗g‗irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

Axborot, axborot resurslari, axborot tizimlari, axborotni muhofaza qilish.

Axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalangan: – shaxs, jamiyat,

davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;– axborotni yo‗q qilish, modifikatsiyalash, buzish,
nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;– axborot resurslari va
axborot tizimlariga noqonuniy ta‘sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan
axborotga shaxsiy mulk ob‘ekti sifatida huquqiy rejimni ta‘minlash;– axborot tizimida mavjud
bo‗lgan shaxsiy ma‘lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning
konstitutsiyaviy

huquqlarini

himoyalash;

– davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini
ta‘minlash;– axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash
vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‗llashda sub‘ektlarning huquqlarini ta‘minlash.
Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‗z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va
kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‗tkazish axborotni tarqab
ketishi mumkin bo‗lgan xavfli kanallarni yo‗q qilishni ta‘minlaydi. Ma‘lumki, birgina ochiq


background image

42

qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin
kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni
ko‗rsatadiki, muhofaza qilishning to‗liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan,
uning

asosini

quyidagilar

tashkil

etadi:

– sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‗ta takomillashgan texnik
vositalari;– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning
mavjudligi;– ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;– etarlicha amaliy
tajriba va boshqalar.

Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‗ra ma‘lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib

borayotgani yo‗q, aksincha barqaror o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lib bormoqda. Himoyalangan
axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi quydagilar[1].

Umumiy yo‗nalishga ko‗ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‗linadi:

– O‗zbekistonning ma‘naviy ravnaqi sohalarida, ma‘naviy hayot va axborot faoliyatida
fuqarolarning

konstitutsiyaviy

huquqlari

va

erkinliklariga

tahdidlar;

– mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini
rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga
chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‗ish, saqlash va samarali foydalanishni
ta‘minlashga

nisbatan

tahdidlar;

– Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya
tizimlarining me‘yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.

Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning

talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta‘minlash hamda ularning konfedensialligini
saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta‘minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan
ta‘sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab ketishiga konfedensial
ma‘lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan
nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi.

Tahdidning uchta ko‗rinishi mavjud.

1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati

bo‗lmaganlarga ma‘lum bo‗ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir
tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‗lga kiritish orqali
yuzaga keladi.

2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga

uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‗zgartirishni o‗zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar
axborotni qasddan o‗zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek,
dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‗zgarishlar
kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi – axborotning
buzilmagan holatda mavjudligidir.

3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa

foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana
olishlilikni blokirovka bo‗lib qolishi natijasida yuzaga keladi[2].

Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko‗rsatmoqdaki,

faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali bo‗lishi mumkin. Unga
quyidagi chora-tadbirlar kiradi:

1. Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek

davlatning huquq va majburiyatlarini qat‘iy belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish.

2. Ma‘naviy-etik. Ob‘ektda qat‘iy belgilangan o‗zini tutish qoidalarining buzilishi

ko‗pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan muhitni hosil qilish va
qo‗llab quvvatlash.

3. Jismoniy. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini taqiqlovchi jismoniy

to‗siqlar yaratish.

4. Ma‘muriy. Tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil etish.


background image

43

5. Texnik. Axborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa uskunalardan foydalanish.
6. Kriptografik. Ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga noqonuniy kirishni

oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish.

7. Dasturiy. Foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini qo‗llash[3].
Axborotni muhofaza qilishning asosiy ob‘ektlariga quyidagilar kiradi:
– davlat sirlari bilan bog‗liq va konfedensial ma‘lumotlarni o‗zida saqlovchi axborot

resurslari;

– vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va tizimlar),

dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, amaliy
dasturiy ta‘minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa va ma‘lumotlarni uzatish
tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash texnik vositalari
(ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, so‗zlashuv va televizion qurilmalar, hujjatlarni
tayyorlash, ko‗paytirish vositalari hamda boshqa grafik, matn va harfli-raqamli ma‘lumotlarni
qayta ishlash vositalari), konfedensial va davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi
tizim va vositalar. Bunday tizim va vositalarni ko‗pincha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash
va saqlash texnik vositalari deb atashadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki xavfsizlik vazifalari Axborot xavfsizligi muammolari,

agar kompyuter tizimida yuzaga keladigan nizolar va xatolar jiddiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Axborot xavfsizligi tizimining vazifalari bo'yicha ko'p qirrali va har tomonlama
choralar ko'radi. Ular noqonuniy foydalanish, zarar, buzish, nusxalash va blokirovka qilish,
ma'lumotlarni blokirovka qilishga to'sqinlik qiladi. Bunga jismoniy shaxslarning kuzatuvi va
ruxsatsiz kirishni o'z ichiga oladi va uning yaxlitligi va yaxlitligi uchun barcha tahdidlarni oldini
oladi. Ma'lumotlar bazalarining zamonaviy rivojlanishi bilan xavfsizlik masalalari nafaqat kichik
va xususiy foydalanuvchilar, balki moliyaviy tuzilmalarga, balki yirik korporatsiyalar uchun ham
muhim ahamiyat kasb etmoqd. Axborot xavfsizligi tahdidi (axborot tahdidi), axborot
resurslaridan, uzatiladigan va qayta ishlangan ma'lumotlar, shuningdek, dasturiy ta'minot va
apparatdan tashqari, shuningdek, axborot resurslaridan yoki ruxsatsiz foydalanish tahdidi ostida.
Agar ma'lumotning qiymati saqlash yoki taqsimlash paytida yo'qolishi mumkin bo'lsa,
ma'lumotlarning maxfiyligini buzish xavfi joriy etiladi. Agar ma'lumotlar uning qiymatini
yo'qotish bilan farq qilsa yoki yo'q bo'lsa, ma'lumotlarning tahdidi amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni, 21-aprel 2021-yil, 560–II-
son.
2.―Elektron raqamli imzo‖ to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasining qonuni . Toshkent sh., 2021
yil 21 aprel, 562–II-son.
3. G‗aniev C.K., Karimov M.M., Tashev K.A. Axborot xavfsizligi. Axborot-kommunikasiion
tizimlar xavfsizligi. O‗quv qo‗llanma. T., ―Aloqachi‖. 2008. – 382 b

TA‘LIMDA IJTIMOIY TARMOQLAR VA INTERNET TEXNOLOGIYALARINING

OʻRNI

G‘iyosov Hasan Mamirovich

JDPI magistranti

Botirov Do‘stqul Botirovich

JDPI t.f.n dotsent

Annotatsiya:

Mazkur maqolada bugungi kunda ommaviy bo‘lgan internet tarmog‘i va

ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘quvchi xamda talabalarga zamoniviy metodlar tarzida bilim berish
metodlari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

Axborotlashgan jamiyat, qidiruv tizimlari, ta‘limiy portallar, ijtimoiy

tarmoqlar, bloglar, bulutli platformalar, MOOC.

Jamiyatimizda ta‘lim sohasidagi islohotlar, uzluksiz ta‘limning sifat va samaradorligini

oshirishga qaratilgan e‘tibor, ularning rivojidagi amaliy ishlar, albatta, yurt kelajagi hisoblangan

Библиографические ссылки

.“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 0‘zbckiston Rcspublikasi qonuni, 21-aprel 2021-yil, 560-П-son.

“Elektron raqamli imzo” to'g'risida O‘zbckiston Rcspublikasining qonuni . Toshkent sh., 2021 yil 21 aprcl, 562-II-son.

G‘aniev C.K., Karimov M.M., Tashev K.A. Axborot xavfsizligi. Axborot-kommunikasiion tizimlar xavfsizligi. O'quv qo'llanma. T., “Aloqachi”. 2008. - 382 b

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана