Роль и значение изучения научно-духовного наследия джадидов в воспитании молодежи

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
56-59
0
0
Поделиться
Ибрагимов, И. (2024). Роль и значение изучения научно-духовного наследия джадидов в воспитании молодежи. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(4), 56–59. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30005
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье говорится о необходимости изучения современным молодым поколением научного и духовного наследия джадидов, живших и творивших в конце XIX – начале XX века.

Похожие статьи


background image

Alfraganus Universiteti

56

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

JADIDLAR ILMIY-

MA’NAVIY MEROSINI

O‘RGANISHNING

YOSHLAR

TARBIYASIDAGI O‘RNI

VA AHAMIYATI

Izzatbek Ibragimov

1

1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

"Muzey va eksponatlar" ilmiy bo‘limi katta ilmiy xodimi. (O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri) e-mail:

izzat.ibragimov2015@bk.ru. ORCID: 0009-0007-6383-3375


background image

57

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Annotatsiya

azkur maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan

Jadidlar ilmiy-ma’naviy merosini o'rganishning bugungi yosh avlodga zarurati haqida so'z boradi.

M

Аннотация

данной статье говорится о необходимости изучения современным

молодым поколением научного и духовного наследия джадидов, живших и творивших в

конце XIX – начале XX века.

В

Abstract

his article talks about the need for today's young generation to study the

scientific and spiritual heritage of Jadids, who lived and created at the end of the 19th century and

the beginning of the 20th century.

T

Kalit so'zlar:

islohot, milliy g'oya, yoshlar, jadidlar, taraqqiyot.

Ключевые слова:

реформа, национальная идея, молодежь, современность, развитие.

Key words:

reform, national idea, youth, modernity, development.

KIRISH

T

urkistonda XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi islohotchilik harakati murakkab, ko‘p qirrali

rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Jadidlar boshqa davlatlarning taraqqiyotiga erishish va

islohotlar bo‘yicha to‘plangan tajribalariga tayanib bu amaliyotni o‘lkaga tatbiq etishga harakat

qilishdi. Bu jarayon osonlik bilan kechmadi, binobarin ijtimoiy taraqqiyotga erishish ziddiyatlar

manbaiga aylantirgan edi. Mustaqillik uchun kurashning bosh g‘oyasi ana shunday murakkab

sharoitda shakllandi.

Bugungi kunda yurtimiz keng qamrovli, turli xil o‘zgarishlarga boy, tarixiy va yaratuvchanlik

davrini boshidan kechirmoqda. Mazkur davr iqtisodiy munosabatlar tizimiga, keng jabhali

iqtisodiyotga asoslangan, mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish davri deb haqqoniy

baholanmoqda. Bozor munosabatlarini takomillashtirish zaruriyati tamomila yangicha iqtisodiy

fikrlashni shakllantirishni g‘oyat dolzarb vazifaga aylantirib qo‘ydi. Prezidentimiz Shavkat

Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida jadidchilik harakati, ma’rifatparvar

bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerakligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. “Biz

jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu

ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan

juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak,

xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”. Biz

qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq

ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid

bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi

mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz

uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur” [2], degan edi davlatimiz rahbari.

Yangi tarzdagi iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda o‘zbek xalqiga o‘rganish uchun arzigulik

ilmiy asoslar mavjud. Jumladan, jadidlarning ilmiy-ma’naviy merosidan milliy istiqlolni

mustahkamlash, iqtisodiyotimizni ravnaq toptirish, xalqimizning yangi jamiyat qurish yo‘lidagi

vazifalarni amalga oshirishda dasturulamal sifatida foydalanish mumkin.


background image

Alfraganus Universiteti

58

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

METOD

J

adidchilik harakati milliy mafkura, milliy g‘oya, milliy iqtisodiyotning shakllanish tarixini

o‘rganishda muhim ilmiy manbalardan biridir. Shu nuqtai nazardan mustaqilligimiz

fidoyilari bo‘lgan jadidlarning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish bugungi kunda katta

ahamiyatga egadir. Jadidlar davlat, tuzum, boshqaruvni o‘sha davr muhitidagi iqtisodiy hayotni

isloh etish va millatni rivojlantirish orqali, umuman jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib

chiqishni o‘lkada bozor iqtisodiyotini yaratish hamda jahon mamlakatlari bilan integratsiyalashuvi

masalalarini maqsad qilib qo‘ygan g‘oyalarni ishlab chiqdilar. Bunday inqilobiy o‘zgarishlarning

aniq amaliy tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan ilmiy konsepsiya yaratdilar [2]. Jadidlar jahon

sivilizatsiyasida katta rol o‘ynagan Turkiston singari ulkan tarixiy bir makonda, ko‘p asrlar davom

etib kelgan hayotning Sharqona tarzini saqlagan holda, uni Yevropa sivilizatsiyasi natijalari bilan

yanada rivojlantirishni ko‘zlagan fikrlarni ilgari surgan edilar. Shuningdek, ular XX asr boshidan

yangicha hayot tarzini vujudga keltirish usullarini qidirdilar va istibdod sharoitida o‘z taqdirini

o‘zi belgilash yo‘lida kurashga kirishishi kerakligini uqtirgan edilar.

NATIJA

M

a’rifatparvarlar o‘zlarining asosiy e’tiborlarini millatning o‘qimishli, bilimdon va

kasb-hunarli bo‘lishiga qaratib, uni dunyoning ilg‘or millati bo‘lishiga chaqirdilar, aks

holda, abadiy qoloqlik iskanjasida qolishlari mumkinligi haqida qayg‘urdilar. Jadidlar o‘lkada

birinchilardan bo‘lib chorizm hukmronligi sharoitida sanoat infratuzilishi va ishlab chiqarish

kuchlarini joylashtirish biryoqlama xarakterga ega bo‘lganligini, mustamlakachilik tartiblari

og‘ir oqibatlarga olib kelganligini ko‘rsatib berdilar. Ular “Oyna”, “Al-isloh”, “Al-izoh” jurnallari,

“Turon” “Najot” “Kengash” “Hurriyat” va boshqa gazetalarda e’lon qilingan maqolalarida

chorizm hukumronligi davrida mahalliy xalqlarning og‘ir ahvolini, ularning milliy manfaatlari

e’tiborga olinmaganliklarini ko‘rsatishib, davlat mustaqilligi, maorif va madaniyat sohalarida

jiddiy ijtimoiy-siyosiy talablar bilan chiqdilar. Jumladan, jadidlar harakatining taniqli arboblari

M.Behbudiy, A.Fitrat, F.Xo‘jayev, A.Cho‘lpon A.Avloniy, S.Mirjalilov, O.Mahmudov va boshqalar

o‘z maqolalarida chorizm mustabid hokimiyati o‘lkaning iqtisodiy ahvolini og‘irlashtirib,

mahalliyxalqlarning milliy qadr-qimmatlari yerga urilganligini iztirob bilan ko‘rsatib o‘tdilar.

Tabiiyki, jadidlar Turkistonni iqtisodiy rivojlangan, qudratli davlat sifatida ko‘rishni istarlar. Ular

o‘zlarining iqtisodiy g‘oyalarini ham ishlab chiqqan edilar. Jadidlar iqtisodiy g‘oyalari markazida

iqtisod ilmini o‘rganish zarurligi, ihroj va a’mol sanoati, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar masalasi,

iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni, ilg‘or texnika va texnologiyalarni jalb etish, Turkistonda

banklar faoliyatining o‘rni va ahamiyati, savdo-tijorat ishlarini ilmiy asosga qurish, tadbirkorlik,

agrar iqtisodiyot samaradorligini oshirish masalalari muhim o‘rin tutadi. Jadidlar, ya’ni

yangiliktarafdorlari ma’rifat va ilm tizimida iqtisod ilmining millat ravnaqi uchun ahamiyati

alohida ekanligini qayta-qayta ta’kidlaganlar.

MUNOZARA

J

adidlarning yetuk arboblaridan biri Abdulla Avloniy bu haqda shunday degan edi: “Iqtisod

deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar

o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni o‘mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o‘ldig‘i kabi

iqtisodning ziddi isrofdir...” [3]. Keltirilgan lavhada juda chuqur iqtisodiy ma’no yaishringan:

birinchidan, muallif pulni ne’mat, ya’ni mehnat bilan yaratilgan ma’lum qiymat uning ifodasi

degan ilmiy fikrni bildiradi; iyusinchidan, pul tadbirkorni, ishbilarmonni yoqtirishi, faqat ana

shunday kishilar qo‘lida pul, mol-dunyo to‘planishini uqtiradi. Har zamonda insonning maqsadi

erkin va farovon yashashdir. Ayniqsa, “... bu zamonda maqsadga yetmak uchun, - deb yozadi

Abdulla Avloniy, - o‘z millatiga hizmat qilmoq maqbul bo‘lmak uchun ilm va mol lozimdur.


background image

59

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Olamdagi millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklardandur. Har yerda boy millatlar og‘ir

kelub, faqirlarga yengil kelub qul va asir bo‘lib qoladur...”. Iqtisod ilmidan bohabar bo‘lgan

kishilar har doim qiladigan sarf-xarajatlarining samara berishini oldindan hisob-kitob qiladilar.

Olim misol keltirib aytadiki, ilmdan yaxshi xabardor bo‘lgan AQSh va yevropaliklar iqtisodiy

bilimliklari tufayli to‘q, farovon yashaydilar. U yozgan edi: “Bobolarimizning bo‘lsa bo‘lar,

bo‘lmasa g‘ovlab ketar” zamonlari o‘tub, o‘rniga “bilg‘on bitar, bilmagan yitar” zamoni keldi.

AQShliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar. Yevropaliklar o‘zimizdan

olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub, o‘zimizga 25 tiyinga soturlar” [4]. Abdurauf Fitrat ham

iqtisod ilmini egallashga, yoshlarimizni tijorat va savdo ishlariga o‘qitishimiz lozimligiga da’vat

qilgan edi. U vatandoshlariga, millatdoshlariga murojaat qilib shunday deb yozgan edi: “Sizlar

o‘z farzandlaringizni tijorat maktablariga yuborib, savdo ishiga o‘qitingiz, chunki begonalar

(xorijiy savdogarlar - muallif) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexabarsiz”[5].

XULOSA

Yuqoridagi tahlillar shundan dalolat beradiki, jadidlar Vatanimiz ozodligi va

mustaqilligining moddiy va ma’naviy asosini yaratish, ana shu asosda millatning o‘z mustaqilligi

uchun kurashini ilmiy darajaga ko‘tarish maqsadini ko‘zlaganlar. Shuningdek, mulkdor bo‘lmoq,

milliy iqtisodiyotni yaratmoq, millat va Vatan ravnaqini ta’minlamoq uchun iqtisod ilmini

egallash dolzarb masaladir. Bu masalaning dolzarbligi bizning bugungi bozor munosabatlarini

jadallik bilan shakllantirayotgan davrimizda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda va jadidlarni mazkur

masaladagi ilg‘or g‘oyalarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganish uni jamiyat, davlat

va millat istiqbolini yaratishdagi o‘ziga xos manba sifatida qarashga undaydi. Mamlakat

iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tilishi tabiiy ravishda iqtisodiy tafakkurni boyitish,

yangicha iqtisodiy fikrlashni taqozo etadi.

1. Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga

murojaatnomasi. – Toshkent. 2020-yil 29-dekabr.

2. Jabrdiyda yozuvchilar adabiy merosi mustaqillik xizmatida. – Toshkent. Fan

nashriyoti, 2013-yil, – B.125.

3. Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild.Toshkent, 1998. – B.37.

4. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent, 1967. – B. 33-34.

5. Fitrat A. Tanlangan asarlar. 1-jild. Hind sayyoqi bayonoti. Toshkent, 2000. –

B.167.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi. – Toshkent. 2020-yil 29-dekabr.

Jabrdiyda yozuvchilar adabiy merosi mustaqillik xizmatida. – Toshkent. Fan nashriyoti, 2013-yil, – B.125.

Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild.Toshkent, 1998. – B.37.

Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent, 1967. – B. 33-34.

Fitrat A. Tanlangan asarlar. 1-jild. Hind sayyoqi bayonoti. Toshkent, 2000. – B.167

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов