Значение глобальной программы Heci в ветеринарной сфере

Аннотация

Глобальный призыв к HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) служит продвижению устойчивости и инноваций во всем мире. На основе этих принципов были реализованы успешные проекты в ряде стран, способствуя модернизации и повышению эффективности во всех секторах.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2020
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
1-6
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Нарзиева N. (2025). Значение глобальной программы Heci в ветеринарной сфере. in Library, 1(1), 1–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/104427
Наргиза Нарзиева, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ijtimoiy gumanitar fanlar va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Глобальный призыв к HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) служит продвижению устойчивости и инноваций во всем мире. На основе этих принципов были реализованы успешные проекты в ряде стран, способствуя модернизации и повышению эффективности во всех секторах.


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

12 - 13 March 2025

1

HECI GLOBAL DASTURINING VETERINARIYA SOHASIDAGI

AHAMIYATI

Narziyeva Nargiza Norkuziyevna,

SamDVMChBU, Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy

madaniyat va sport kafedrasi mudiri, dotsent, PhD.

Email:

nargizanarziyeva09@gmail.com

UDK:

1:371:619

Annotatsiya.

HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) global

chaqirig‘i jahonda barqarorlik va innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu tamoyillar asosida qator mamlakatlarda muvaffaqiyatli loyihalar amalga
oshirilgan bo‘lib, ular barcha sohalarni zamonaviylashtirish va samaradorligini
oshirishga yordam bermoqda.

Kalit so‘zlar:

HECI

(Humanity,

Ethics,

Creativity,

Imagination),

insonparvarlik, axloqiy tamoyillar, tasavvur va kelajakni rejalashtirish, kreativlik va
innovatsiyalar.

Абстрактный.

Глобальная

задача HECI

(Человечность, Этика,

Креативность, Воображение) служит развитию стабильности и инноваций в
мире. На основе этих принципов в ряде стран реализованы успешные проекты,
которые помогают модернизировать и повысить эффективность всех отраслей.

Ключевые

слова:

HECI

(Человечность,

Этика,

Творчество,

Воображение), гуманизм, этические принципы, воображение и планирование
будущего, творчество и инновации.

Abstract.

The HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination) global mission

serves to promote stability and innovation in the world. Based on these principles,
successful projects have been implemented in a number of countries that help
modernize and improve the efficiency of all industries.

Keywords:

HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Imagination), humanism,

ethical principles, imagination and planning for the future, creativity and innovation.

Kirish.

HECI (Insonparvarlik, Axloq, Kreativlik, Tasavvur) global chaqirig‘i

bugungi dunyoda innovatsion yondashuvlar va axloqiy tamoyillarni uyg‘unlashtirish
orqali turli sohalarda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu dastur ayniqsa
qishloq xo‘jaligi sohasida muhim o‘rin tutadi, chunki ushbu tarmoq global oziq-ovqat


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

12 - 13 March 2025

2

xavfsizligini ta’minlash, ekologik barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishda katta
ahamiyatga ega.

Nazariy qism.

Insonparvarlik.

HECI global dasturining asosiy tamoyillaridan

biri insonparvarlik bo‘lib, bu qishloq xo‘jaligi sektorida dehqon va fermerlarning hayot
sifatini yaxshilashni nazarda tutadi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar
yordamida fermerlarga qulay sharoit yaratish, ularning mehnatini yengillashtirish va
hosildorlikni oshirish ushbu tamoyilning amaliy ifodasidir.

Axloqiy tamoyillar va barqaror rivojlanish.

Qishloq xo‘jaligida axloqiy

tamoyillar ekologik muvozanatni saqlash, resurslardan oqilona foydalanish va tabiiy
muhitni asrashni o‘z ichiga oladi. HECI dasturi doirasida dehqonlar va qishloq xo‘jaligi
sohasi vakillariga ekologik toza usullarni tatbiq etish bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab
chiqilishi mumkin. Bu esa kimyoviy o‘g‘itlar va pestitsidlardan ortiqcha foydalanishni
kamaytirishga, tuproq unumdorligini oshirishga hamda barqaror qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kreativlik va innovatsiyalar

Insonning IQ darajalarini rivojlanishiga juda

koʻplab davlatlarda taʼlimiy dasturlar yoʻnaltirilganyu Bu borada PISA- (oʻquvchilarni
taʼlimiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi) dasturining ahamiyati alohida. Dastur
doirasidagi tadqiqotlar natijasiga koʻra kreativlikni muhit taʼsirida shakllanadigan
noyob isteʼdod deb qarab, kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali
yechimlar, yutuqlar va tasavvurlarni taʼsirchan koʻrinishlarga olib keladigan gʻoyalarni
ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish deb qaraydi.

HECI global dasturi kreativ yondashuvlarni ilgari surib, qishloq xo‘jaligida

innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, aqlli
qishloq xo‘jaligi (smart farming), sun’iy intellekt va dron texnologiyalari yordamida
ekin maydonlarini kuzatish, avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlari va genetik
modifikatsiya qilingan o‘simliklarni ishlab chiqish orqali hosildorlikni oshirish
imkoniyati yaratiladi.

Tasavvur va kelajakni

rejalashtirish.

Kelajakdagi

qishloq xo‘jaligi

strategiyalarini ishlab chiqishda tasavvur katta rol o‘ynaydi. HECI dasturi orqali global
iqlim o‘zgarishiga moslashish, zamonaviy agrobiznes modellari va ekotizimni qo‘llab-
quvvatlovchi tizimlarni yaratish bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlar olib borilishi mumkin. Bu
esa qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga va oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashga yordam beradi.


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

12 - 13 March 2025

3

“HECI” maqsadlarini amalga oshirish, avvalo, uning komponentlarini hayotga

tadbiq etish bilan bogʻliq. Keng miqyosda qoʻllanilishi zarur boʻlgan vazifalar ijtmoiy,
maʼnaviy ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalarni ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Inson madaniyati, tarixi, tili, falsafasi degani.
Bu, gumanitar fanlar asosida amalga oshiriladi va inson jamiyatini, madaniy
hodisalarni va odamlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tushunishga yordam beradi. Bu
borada esa birlamchi vazifalar belgilash lozim. Bular, taʼlim va tarbiyada;
tadqiqotchilik faoliyatida; jamiyat soha(iqtisod, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va x.)larida
alohida yondoshuv zarur. Niderlandiya dunyodagi eng ilg‘or qishloq xo‘jaligi
tizimlaridan biriga ega bo‘lib, u HECI tamoyillari asosida ishlab chiqilgan
texnologiyalarni keng joriy qilgan. Sun’iy intellekt va IoT (Internet of Things)
vositalari yordamida fermerlar tuproq namligi, o‘simliklarning sog‘lig‘i va ob-havo
sharoitini kuzatib boradilar. Natijada, minimal suv va o‘g‘it sarflab, maksimal

hosildorlikka erishiladi. Singapur davlatida esa qishloq xo‘jaligi uchun yetarli yer
maydoniga ega emas, lekin u HECI tamoyillaridan foydalangan holda vertikal
fermerlik texnologiyasini rivojlantirdi. Ushbu usul orqali ko‘p qavatli issiqxonalarda
hosil yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Maxsus LED chiroqlar va gidroponika tizimi
yordamida o‘simliklar an’anaviy dehqonchilikka nisbatan 10 baravar tezroq o‘sadi.

Barqaror chorvachilik bo‘yicha

Daniyada chorvachilik sohasida insonparvarlik

va ekologik barqarorlikni targ‘ib qiluvchi mamlakatlardan biridir. Mamlakatda
hayvonlar uchun qulay sharoitlar yaratish va metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha
innovatsion usullar joriy etilgan. Masalan, maxsus ozuqa qo‘shimchalari yordamida
sigirlarning gaz chiqindilari 30% gacha kamaytirildi. Bu nafaqat ekologik

muammolarni hal qiladi, balki chorvachilikning samaradorligini ham oshiradi. Aqlli
sug‘orish tizimlari

bo‘yicha esa Isroil davlati suvsiz hududda joylashgan bo‘lishiga

qaramay, ilg‘or tomchilatib sug‘orish texnologiyalari yordamida qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi. HECI tamoyillariga asoslangan holda ishlab
chiqilgan aqlli sug‘orish tizimlari suvni aniq nazorat qilib, faqat o‘simlikka kerak
bo‘lgan miqdorda yetkazib beradi. Bu esa suv sarfini 50% gacha kamaytirishga yordam
berdi. Raqamli fermerlik sohasida Hindistonda "E-Choupal" deb nomlanuvchi onlayn
platforma ishlab chiqilgan bo‘lib, u fermerlarni bozor ma’lumotlari, ob-havo prognozi
va eng yaxshi dehqonchilik amaliyotlari bilan ta’minlaydi. Ushbu platforma yordamida
4 milliondan ortiq fermerlar o‘z mahsulotlarini bozorga chiqarmoqda va oraliq
vositachilarsiz bevosita xaridorlar bilan savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

12 - 13 March 2025

4

Amaliy tavsiyalar.

Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi

mumkin. Kreativlik – bu yangi, original gʻoyalarni yaratish, fikrlashning nostandart

shakli, berilgan muammolarga omadli yechimlar topishdir. Kreativ tafakkur esa
revolyutsion tafakkur boʻlib, u konstruktiv xarakterni ifodalaydi. Yangi tushunchalar,
yangi yondoshuvlar asosan keng dunyoqarash egalarida koʻproq kuzatiladi. Psixolog
Devid Xokins tomonidan ijodiy tafakkur qobiliyatini tadqiq etib, muayyan daraja,
bosqichlarni belgilagan. Bu psixologiya va sotsiologiyada keng qoʻllaniladi. Xokins
shkalasi boʻyicha ongning 17 darajasi aniqlangan. Har bir darajada histuygʻu muhim
va u rivojlanishga, ijodkorlikka ragʻbat beradi deb talqin qilingan.

Kreativ fikrlashni rivojlantirishda va roʻyobga chiqara olish koʻnikmalari

odatda taʼlim-tarbiya muhitida shakllanadi. Kreativ fikrlash bugungi kunda yoshlar
egallashi kerak boʻlgan zarur koʻnikmadir. Mazkur koʻnikma, yoshlarga bugungi
shiddat bilan oʻzgarayotgan, zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan faol
foydalana oladigan, oddiy savodxonlikdan koʻra koʻproq natija yaʼni, tashabbuskorlik
talab qilinayotgan, bir soʻz bilan aytganda XXI asr koʻnikmalariga ega malakali
kadrlarga talab kuchayayotgan bir paytda ushbu jarayonga moslashishiga va
raqobatbardosh kadr boʻlib tayyorlashda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarni kreativ fikrlashini shakllantirish va rivojlantirishda quyidagi

jihatlarga ahamiyat qaratish lozim.

-Birinchidan, shaxs tarbiyasida bolalikdanoq uning fikri muhim ahamiyat kasb

etishini va jamoada oʻz oʻrniga ega ekanligni his qilishi imkon yaratish; -Ikkinchidan,
bugungi kunda jamiyatda shakllangan dogmatik qarashlardan voz kechish;

-Uchinchidan, boshqaruv jaryonida avtokratik usullardan koʻra demokratik

usullarni koʻproq qoʻllash;

-Toʻrtinchidan, kreativ fikrlaydigan shaxslarning gʻoyalarini va qarashlarini

hurmat qilish, hamda ularni qoʻllab quvvatlashdir.

Ushbu jihatlarni roʻyobga chiqarish uchun nafaqat shaxs kreativligi balki, jamoa

kreativligi ham muhim rol oʻynaydi. Jamoa deganda, taʼlimtarbiya muassasi, ilmiy
tadqiqot muassasa, umuman tadbirkorlarni, boshqaruv organlarini ham tushunish
mumkin.

Kreativlikning muhim tomonlari: aqliy bilish; hissiy bilish; tanqidiy fikrlash;

ratsionallik; intellekt; intuitsiya; pragmatik boʻlish.

Baʼzan noyob ijod sohiblarining biqiq muhitda qolib ketayotgani, mutaxassis

sifatida mensimaslik, faoliyatiga sunʼiy toʻsiqlar yaralishi, gʻoyalarining talon-taroj


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

12 - 13 March 2025

5

qilinishi, qoʻllab-quvvatlanmaslik norozilikka sabab boʻlish bilan birga rivojlanishni
“dogma” boʻlishiga, aql egalarini jamiyatdan ajralib qolishiga, yoki xorijga “eksport”
boʻlishiga sabab boʻladi.

Jamoaning kreativligi, tashabbuskorligi nimaga va kimga bogʻliq, degan tabiiy

savol tugʻiladi. Nazarimizda uch omilga bogʻliq: rahbarga, muhitga, ragʻbatga bogʻliq.

Tasavvur insonning umumiy aqliy jarayonining bir qismi boʻlib, psixik jihatdan

quyidagi funksiyalarni bajaradi:

-voqelikni tasvirlarda aks ettirish,
-undan foydalanish imkoniyatini yaratish,
- muammolarni hal qilish;
- hissiy holatlarni tartibga solish;
-kognitiv jarayonlarni va insonning holatini, xususan, idrok, diqqat,
xotira, nutq, his-tuygʻularni tartibga solish;

-ichki harakatlar rejasini shakllantirish, ularni ongda amalga
oshirish,
-tasvirlarni manipulyatsiya qilish qobiliyati;
-tadbirlarni rejalashtirish va dasturlash, dasturlarni tuzish,
ularning toʻgʻriligini baholash, amalga oshirish jarayoni bajariladi.
HECI Global dasturi tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar

qishloq xo‘jaligining barqarorligi, samaradorligi va insonparvarligini oshirishga katta
hissa qo‘shmoqda. Bu tajribalar O‘zbekiston va boshqa davlatlar uchun ham muhim
dars bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Agrar sektorni texnologik jihatdan rivojlantirish,
ekologik barqarorlikni ta’minlash va fermerlarning hayot sifatini yaxshilash uchun
HECI tamoyillarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

Xulosa

HECI global dasturi qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion va

insonparvarlik yondashuvlarini rivojlantirish orqali jamiyat farovonligini oshirishga
katta hissa qo‘shadi. Axloqiy tamoyillarga asoslangan barqaror qishloq xo‘jaligi,
kreativ texnologiyalar va strategik tasavvur yordamida ushbu sohaning kelajakdagi
muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin. Shu sababli, HECI dasturining qishloq
xo‘jaligida keng qo‘llanilishi nafaqat dehqonlar va fermerlar, balki butun insoniyat
uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi.

Adabiyotlar roʻyxati:

1. Мирзиёев

Ш.Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик-миллий

ғоямизнинг пойдеворидир. –Т.: Тасвир нашриёти, 2021. 36 бет.


background image

SAMARKAND STATE UNIVERSITY

OF VETERINARY MEDICINE, LIVESTOCK AND BIOTECHNOLOGIES

CURRENT PROBLEMS OF SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES AND PROSPECTS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

12 - 13 March 2025

6

2. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote

innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014

3.Муҳаммаджонова, Абдулла Ш., Шадиметова Г. Аҳлоқ фалсафаси. – Т.:

2023.

4. Н.Шермуҳаммедова Инсон фалсафаси. –Т.: 2016.
5. Замонавий ишчанлик протоколи ва этикети. Ишчанлик муносабатларида

этика ва маданият / Конрад Аденауэр жамғармаси ваколатхонаси ёрдамида/ -Т.:
АРТ ФЛEХ, 2018.

6. Л.Муҳаммаджонова. Давлат хизматчиси этикаси ва имиджи. –Т.:

Университет, 2017.

7. Хотамов И.С., Мадрахимова Г. “Креатив фикрлаш” Ўқув қўлланма.

“Инновацион ривожланиш нашриёт матбаа уйи” нашриёти, 2021 йил, 216 бет.

Ахборот манбалари:

1.

www.lex.uz

– Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари

маълумотлари миллий базаси.

2.

www.tradingeconomics.com

– экономические показатели

3.

https://book4you.org

4.

https://zen.yandex.ru/media/id/5b9007e0b4dba900ac7c07cb/10-

uprajneniidlia-razvitiia-kreativnosti-5b9e7ec24f203f00ad288a20

5.

https://4brain.ru/tvorcheskoe-myshlenie/

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик-миллий ғоямизнинг пойдеворидир. –Т.: Тасвир нашриёти, 2021. 36 бет.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014

Муҳаммаджонова, Абдулла Ш., Шадиметова Г. Аҳлоқ фалсафаси. – Т.: 2023.

Н.Шермуҳаммедова Инсон фалсафаси. –Т.: 2016.

Замонавий ишчанлик протоколи ва этикети. Ишчанлик муносабатларида этика ва маданият / Конрад Аденауэр жамғармаси ваколатхонаси ёрдамида/ -Т.: АРТ ФЛEХ, 2018.

Л.Муҳаммаджонова. Давлат хизматчиси этикаси ва имиджи. –Т.: Университет, 2017.

Хотамов И.С., Мадрахимова Г. “Креатив фикрлаш” Ўқув қўлланма. “Инновацион ривожланиш нашриёт матбаа уйи” нашриёти, 2021 йил, 216 бет.