Проблемы архитектуры и строительства
2021, №4
110
ҚУРИЛИШ ЭКАНОМИКАСИ ВА УНИ ТАШКИЛ ЭТИШ
ЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО
QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI
Ko‘chimov Abdujamil Hamraqulovich,
iqtisodiyot fanlari nomzodi
Jizzax Politexnika instituti
Maqolada iqtisodiyotning qurilish majmuasida bisnes strategiyani shakllantirish maqsadida, avvalo xavf-xatar
negizidagi tavakkalchilikni boshqarish to‘g‘risida tushuncha, shuningdek, uni boshqarish bo‘yicha nazariy tavsiyalar va
fikrlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar.
Noaniqlik, tavakkalchilik, xavf-xatar, strategiya, motivatsiya, monitoring, ekspert baholash, anologik va
analitik baholash, axborot, inertsial hodisalar.
В статье описывается концепция риск-ориентированного управления рисками, а также теоретические рекомен-
дации и идеи по его управлению, с целью формирования бизнес-стратегии в строительном секторе экономики.
Ключевые слова:
Неопределенность, риск, опасность, стратегия, мотивация, мониторинг, экспертная оценка,
аналого-аналитическая оценка, информация, инерционные явления.
The article describes the concept of risk-based risk management, as well as theoretical recommendations and ideas for
its management, to form a business strategy in the construction sector of the economy.
Keywords
: Uncertainty, risk, danger, strategy, motivation, monitoring, expert assessment, analog-analytical assessment,
information, inertial phenomena.
Yangi O‘zbekistonni yaratish bo‘yicha taraqqiyot
strategiyasida yuqori texnologiyali qayta ishlash
tarmoqlarini, eng avvalo mahalliy xom ashyo resurs-
larini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha
qiymatli tayyor mahsulot islab chiqarishni jadal
rivolantirishga qaratilgan sifat jihatdan yangi bo-
sqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada moderniza-
tsiya va deversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari
uchun samarali raqobatdosh muhitni shakllantirish
hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani
bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan
yangi mahsulot turlarini va o‘zlashtirish, shu asosida
ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobat-
doshligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Ammo, yanada modernizatsiya uchun bugungi kun
talabi bo‘yicha yuqorida zikr etilgan ustuvor
yo‘nalishlarni izchil, samarali, tizimli va jadal ravishda
amalga oshirish uchun zaruriy usul va vositalar kerak
bo‘ladi. Ana shunday usul va vositalardan biri xavf-
xatar negizidagi tavakkalchilikni boshqarishning lokal
tizimini barpo qilishdir.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, qurilishda tavakkalchilikni
boshqarish noaniq iqtisodiy vaziyatda xavf darajasini
pasaytirish, daromad (foyda) olish va oshirish san’ati
bo‘yicha ishlarni maqsadli yo‘lga qo‘yish va tashkil
etishga asoslanadi. Suning uchun ham xavf-xatar
negizidagi tavakkalchilikni boshqarishning yakuniy
maqsadi biznesning maqsadli funktsiyasiga mos
keladi.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarisnni amliyot
tajribalaridan kelib chiqib, biznes maqsadlariga, shu
jumladan, moliyaviy maqsadlarga erishishga to‘sqinlik
qiluvchi omillarga qarshi kurashish mexanizmini o‘z
ichiga olgan tashkilotning moliyaviy boshqaruv tizimi
deb ta’riflash mumkin.
Yana qurilishda tavakkalchilikni boshqarish
tizimini ma’lum darajada xavf-xatarli vaziyatning
boshlanishini bashorat qilish va xavfni bartaraf etish,
xavf-xatarlardan kelib chiqadigan yo‘qotishlarni
kamaytirish yoki daromadni oshirish choralarini
ko‘rishga imkon beradigan usullar, uslublar va chora-
tadbirlar majmui yoki xavf-imkoniyat sifatida ham
tavsiflash mumkin.
Ushbu elementlarning o‘zaro ta’siri qurilish
korxonasining xavf-xatar negizidagi tavakkalchiligini
boshqarish tizimining samaradorligini belgilaydi.
Ushbu tizimning faoliyati qurilish korxonasining
strategik yo‘nalishiga ham albatta bog‘liq bo‘ladi.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarish jarayoni,
o‘ziga xos mazmunidan qat’iy nazar, doimo axborotni
olish, uzatish, qayta ishlash va undan foydalanishni o‘z
ichiga oladi.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarish jarayonida
ushbu sharoitlarda ishonchli va yetarli ma’lumot olish
asosiy rollardan birini o‘ynaydi, chunki bu korxonaga
tavakkalchilikka nisbatan dadilroq harakat qilish
imkonini beradi. U statistik, iqtisodiy, tijorat, moliya-
viy ma’lumotlarning butun majmuasini o‘z ichiga
oladi.
Ushbu ma’lumot ma’lum bir sug‘urta hodisasi yoki
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lish ehtimoli, tovarlarga
bo‘lgan talab, kapital, moliyaviy barqarorlik va
mijozlar, sheriklar, raqobatchilarning to‘lov qobiliyati,
narxlar, stavkalar va tariflar, shuningdek, sug‘urta-
chilarning xizmatlari, sug‘urta shartlari, dividendlar,
foizlar va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
mavjudligini nazarda tutadi.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarish tizimi
an’anaviy ravishda quyidagi funktsiyalarni amalga
oshirishni o‘z ichiga olishi lozim: maqsadlarni
belgilash, tashkil etish, rejalashtirish, xavflarni
boshqarish rejasini (dasturini) amalga oshirish, rejani
(dasturni) monitoring qilish va muvofiqlashtirish,
mutaxassislarni rag‘batlantirish.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarishning maq-
sadi tavakkalchilik (xavf holati) xususiyatlarini
biznesning muayyan maqsad va vazifalari talablariga
muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarishda albatta
Мe
morchilik va qurilish muammolari
2021 йил, №4 сон
111
motivatsiya mavjudki, (rag‘batlantirish) unda moliya-
viy menejerlar va boshqa mutaxassislarni o‘z ishining
natijalariga qiziqishni uyg‘otish o‘z aksini topadi.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarishda moni-
toring (nazorat) - bu xavf darajasini pasaytirish bo‘yi-
cha ishlarni tashkil etishni tekshirishdir. Nazorat orqali
rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturining bajarilish
darajasi, xavfli kapital qo‘yilmalarning rentabelligi,
foyda va tavakkalchilik nisbati to‘g‘risida ma’lumotlar
yig‘iladi, buning asosida moliyaviy dasturlarga o‘zgar-
tirishlar kiritiladi, shuningdek, rejalashtirish, tashkil
etish, tavakkalchilikni boshqarish kabi yo‘nalishlar
belgilanadi. Monitoring xavf darajasini pasaytirish
bo‘yicha chora-tadbirlarni tahlil qilishni o‘z ichiga
oladi.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarish tizimini
yaratish uchun aniq nima tahlil qilinishi va boshqaruv
ta’siriga qanday ijobiy jarayonga duchor bo‘lishi
mumkinligini oldindan tushunish kerak. Ushbu masala
doirasida eng birinchi vazifa korxonaning ichki
muhitida ham, tashqi muhitda ham tahlil bilan qamrab
olinishi kerak bo‘lgan ob’yektlarining umumiy sonini,
shuningdek, uni amalga oshirish usulini aniqlash
masalasi shakllanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, boshqaruv ob’yektlari
nafaqat ehtimoliy xususiyatga ega bo‘lgan, balki ega
bo‘lmagan xavf-xatarli hodisalardan ham iborat
bo‘ladi. Ushbu hodisalar mos ravishda xavf va
noaniqlik sifatida ko‘rib chiqiladi.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarish tizimining
ustuvor vazifasi noaniqlik sharoitida samarali ishlashni
ta’minlaydigan mexanizmni yaratish, ya’ni xavf muhi-
tida taqdim etilgan imkoniyatlardan maqbul darajada
foydalangan holda moslashuvchan qidiruv tizimini
yaratishdir. Noaniqlikni bartaraf etish vazifasi tavak-
kalchilikni boshqarish tizimining kichik funktsiyasidir.
Qurilishda tavakkalchilikni boshqarish sxemasi-
ning axborot bloki uchta axborot oqimi to‘plamini o‘z
ichiga olishi kerak:
-
korxonaning oldingi rivojlanish tajribasi, shunga
o‘xshash loyihalar, bozorning inertsial hodisalari va
tendentsiyalarini
umumlashtiruvchi
ma’lumotlar
to‘plami;
-
yechimni ishlab chiqish jarayonida olingan
ma’lumotlar;
-
qabul qilingan strategiyani amalga oshirish
jarayonida bevosita olingan, shu jumladan favqulodda
xarakterdagi ma’lumotlar.
Axborot parametrlariga qarab, bashorat va tahlil
qilinadigan muhitni shakllantirish uchun uni idrok
etishning u yoki bu usuli qo‘llanilishi kerak. Bino-
barin, tavakkalchilikni boshqarish tizimida axborot
muhitining xususiyatlari bilan belgilanadigan boshqa-
ruv usullarini ishlab chiqishning maqbullashtirish
bloki bo‘lishi kerak. Bularga quyidagilar kirishi
mumkin:
-
nazoratga asoslangan boshqaruv, kelajak o‘tmi-
shning takrorlanishi, bir qator ko‘rsatmalar va turg‘un
tartiblarni yaratish orqali faoliyatni tartibga solish
imkoniyati;
-
umumlashtirishga asoslangan, ya’ni o‘tmish
kelajak rivojlanish tendentsiyalarini belgilashini
hisobga olgan holdagi boshqaruv;
-
o‘zgarishlarni kutishga asoslangan boshqaruv;
-
“moslashuvchan favqulodda yechimlar” ga
asoslangan boshqaruv.
Shu munosabat bilan, korxonada tavakkalchilikni
boshqarish tizimi tegishli ravishda kiruvchi axborot
oqimining barcha bosqichlarida boshqaruv usullari
majmuasini qo‘llashga moslashtirilishi kerak.
Tavakkalchilikni samarali boshqarish tizimini
yaratishda yana bir muhim muammo mavjud. Bu
xavflarni aniqlash va baholash usulini tanlashdir.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun asosiy parametr
axborotning to‘yinganligi bo‘ladi.
Tanlangan qarorni amalga oshirishning bir qismi
sifatida tavakkalchilikni boshqarish vazifasi mo‘ljal-
langan yechim samaradorligini pasayishiga olib kelishi
mumkin bo‘lgan halokatli daqiqalarni yo‘q qilishga
yoki o‘ta og‘ir holatda loyihani amalga oshirishga bir
butun darajada qodir bo‘lmaydi.
Qurilish majmuasida quyidagi asosiy jarayonlar
tahlil qilinishi va ularning keyingi faoliyatiga bevosita
ta’sir qilishi kerak [1]:
-
mamlakatdagi
iqtisodiy
strategiya
yoki
vaziyatning o‘zgarishi, muayyan hududning iqtisodiy
muhitining holati va xususiyatlari;
-
siyosat, shartnomalar va bitimlar, me’yoriy-
huquqiy va qonunchilik bazasidagi o‘zgarish
tendentsiyalari;
-
mijozlar bilan axborot orqali ishlash tamoyillari
va usullariga yondashuvni o‘zgartirish;
-
tavakkalchilikni boshqarish funktsiyalarini yana-
da rivojlantirish va nazorat qilish funktsiyasi bilan bir
qatorda bo‘limlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda
yordam berish uchun maslahat funktsiyasini bajarish;
-
yuqori bo‘linmalarning quyi bo‘linmalar ustidan
boshqaruvini va nazoratini yengillashtirishga qaratil-
gan, funktsional tamoyil asosida ishlaydigan tashkiliy
tuzilmalarni birlashtirish asosida tavakkalchilikni
boshqarishning korporativ xarakterini rivojlantirish;
-
ishda avtomatlashtirilgan ish joylaridan foyda-
lanish imkoniyatini olish maqsadida axborotlashtirish
darajasini yanada oshirish, ochiq va yopiq ixtisos-
lashtirilgan ma’lumotlar bazalari va bilimlarini
yaratish, axborot ma’lumotlar bazalarini jamlash va
markazlashtirish;
-
tavakkalchilikni boshqarish jarayonining ilmiy va
madaniy salohiyatini oshirish va shunga mos ravishda
xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, intellektual rivoj-
lanishi, bilimdonligi va ma’naviy-axloqiy fazilatlariga
qo‘yiladigan talablarni oshirish.
Tavakkalchilikni boshqarish jarayonidagi eng qiyin
va mas’uliyatli vazifa xavfni aniqlash bosqichidir.
Tavakkalchilikni boshqarish sohasidagi barcha keyin-
gi ishlar ushbu bosqich natijalariga asoslanadi [2].
Tavakkalchilikni baholash va o‘lchashning bir xil
darajada o‘ziga yarasha murakkabligi mavjud. Bu
yerda, hozirgi kunga qadar, xavflarni baholash va
o‘lchash uchun keng ko‘lamli amaliy vositalar va
imkoniyatlar mavjud. Bularga ekspert, statistik,
hisoblash va analitik va analogik (o‘xshash) baholash
usullari kiradi. Baholashning aniq usullarini tanlash
zarurati axborot bazasining mavjudligi va raxbar-
larning malaka va ko‘nikma darajasi bilan belgilanadi.
Ekspert baholash usullari - ekspert xulosalariga
Проблемы архитектуры и строительства
2021, №4
112
asoslangan bashoratlash va xavf-xatar negizidagi
tavakkalchilikni tahlil qilish usullari guruhidir.
Tavakkalchilikni ekspert baholashning eng keng
tarqalgan usullari quyidagilardan iborat: “Delfi” usuli,
reyting usuli, ikkita shaklga nisbatan taqqoslash usuli,
xavfni ball shaklida baholash usuli. Mutaxassislarning
fikrlarini umumlashtirgan holda, olingan baholarning
ishonchliligi ekspertlarning malakasiga, ularning
qarorlarining mustaqilligiga, shuningdek, ekspertiza
o‘tkazishning uslubiy ta’minlanishiga bog‘liq. Olingan
qiymatlarning ishonchliligi ko‘rsatkichlaridan biri
ekspert
xulosalarining
muvofiqlik
(kelishuv)
koeffitsienti hisoblanadi.
Baholashning statistik usullarining mohiyati
tadbirkorlik faoliyatining o‘xshash turlarida sodir
bo‘lgan yo‘qotishlar statistikasini o‘rganish, ma’lum
darajadagi yo‘qotishlarning paydo bo‘lish chastotasini
belgilashdan iborat. Statistik baholash usullari
korxonaga xavf darajasi to‘g‘risida eng to‘liq miqdoriy
tushunchani olishga imkon beradi, shuning uchun ular
amalda ko‘pincha qo‘llaniladi. Baholashning statistik
usullaridan foydalanganda natijaning o‘rtacha kutila-
yotgan qiymati, standart og‘ish, o‘zgarish koeffitsienti
va boshqalar kabi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Hisoblash va tahliliy baholash usullari korxonaning
ichki axborot bazasidan foydalanish asosida tavakkal-
chilik ehtimolini miqdoriy baholashga imkon beradi.
Bunday holda, alohida xavf-xatarning yuzaga kelish
ehtimoli korxona faoliyatining rejalashtirilgan ko‘rsat-
kichlariga qarab belgilanadi.
O‘xshash (anologik) baholash usullari korxonaning
alohida tez-tez takrorlanadigan operatsiyalari uchun
xavflarning yuzaga kelish ehtimoli darajasini
aniqlashga imkon beradi. Shu bilan birga, taqqoslash
uchun bunday moliyaviy operatsiyalarni amalga
oshirish bo‘yicha korxona o‘zining tajribasidan ham,
tashqi tajribadan ham foydalanishi mumkin [3].
Keyingi bosqich boshqaruv usullarini tanlash va
xavflarni kamaytirish yo‘llarini aniqlashni o‘z ichiga
oladi.
Tasniflash va baholash - bu xavflarni aniqlashning
miqdoriy tavsifi bo‘lib, uning davomida mumkin
bo‘lgan zararning ehtimoli va miqdori kabi xususi-
yatlari aniqlanadi. Bu vaqtda noqulay vaziyatlarning
rivojlanishi uchun ssenariylar to‘plami shakllantiriladi
va har xil xavflar uchun uning hajmiga qarab zarar
yetkazish ehtimolini taqsimlash funktsiyalari tuzilishi
mumkin.
Aniqlash va baholash bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, ularni umumiy jarayonning mustaqil
qismlariga bo‘lish har doim ham mumkin emas.
Bundan tashqari, tahlil ko‘pincha ikki qarama-qarshi
yo‘nalishda - baholashdan identifikatsiyaga va
aksincha bo‘ladi. Birinchi holda, allaqachon
yo‘qotishlar mavjud va buning sabablarini aniqlash
kerak. Ikkinchi holda, tizimni tahlil qilish asosida
xavflar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar
aniqlanadi.
Tavakkalchilikni baholagandan so‘ng, korxona
xavf-xatarlarining butun majmuasini boshqarishning
umumiy strategiyasini shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Bu qaror qabul qilish bosqichi bo‘lib, zarur
moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanadi, vazifalar
shakllantiriladi va menejerlar o‘rtasida taqsimlanadi,
tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi va mutaxas-
sislar bilan maslahatlashiladi.
Uni yo‘q qilish siyosatini tavakkalchilikni bosh-
qarishning muhim qarorlaridan biri deb hisoblash
mumkin. Istisno tariqasida, ya’ni investitsiya loyi-
hasini yoki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyasini rad etish
hisoblanadi. Shuni esda tutish kerakki, qaror qabul
qilish muayyan moliyaviy xarajatlarga arziydigan
voqeaning rivojlanish jarayoni haqida to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lishni talab qiladi [4].
Bu, ayniqsa, har qanday innovatsion faoliyatga xos
bo‘lgan noaniqlikning kuchayishi sharoitida to‘g‘ri
keladi.Bu holatda qarorning haqiqiyligi har doim
shubhali bo‘ladi va bunday qarorni qabul qilishda
xatolik eng muhim bo‘ladi. Innovatsion loyihani
amalga oshirish doirasida boshqaruv qarori faqat
rejalashtirilgan rejani amalga oshirishni belgilovchi
voqea sodir bo‘lishiga ishonch yuqori bo‘lgan taqdirda
qo‘llaniladi. Bunday ishonch bo‘lmasa, korxonada
undan foydalanish uchun asosli sabab bo‘lmaydi.
Adabiyotlar:
1. Aynakulov M.A. Xudayberdiyev B.B. Motivatsiya
samaradorlik garovi sifatida // Ilmiy axborotnoma jurnali.
Samarqand Davlat Universiteti. 2020. № 2 (120). 91-94 b.
2. Aynakulov M.A. Problems, prestiges of animation
process and technique // Uz ACADEMIYA. SCIENTIFIC-
METHODICAL JOURNAL.ISSN (E)-2181-1334.VOL 1,
ISSUE 2, AUGUST 202. Jild-2
3. Айнакулов М.А. Абдухамидов Э.М.Нормативно-
правовая база интеграционных отношений хозяйствую-
щих субъектов.//«Молодой ученый». Международный
научный журнал. Спецвыпуск Джизакского политехни-
ческого института . 2016. № 7.2 (111.2) S. 48-50.
4. Hamraqulovich, K. C. A. (2021). TURMUSH
TARZIDA AHOLINING O ‘ZO ‘ZINI BAND
ETISHINING BA’ZI KO ‘RINISHLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 1(5), 786-791.
QURILISH ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI IXTISOSLASHTIRISH MASALALARI
Aynakulov Muxitdin Abduxamidovich,
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Jizzax politexnika instituti
Maqolada milliy iqtisodiyotning qurilish tarmog‘ida “Yangi O‘zbekiston” ning strategik rejalari asosida ishlab
chiqarishini buyurtmachi korxonalar talabi asosida ekologik-iqtisodiy va hududiy jihatdan ixtisoslashtirish yo‘nalishlari
bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
Drayver, ekologik-iqtisodiy rayonlashtirish, tabiiy rеsurs salohiyati, ixtisoslashtirish, ijtimoiy mеhnat
unumdorligi, mеhnat taqsimoti, makro zonalar, ishlab chiqarish kuchlari, antropogеn ta’sir, “Yangi O‘zbekiston
strategiyasi”.