
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
JIZZAX VILOYATIDA MADANIY HORQIQQA MO’LJALLANGAN
MEHMON UYLARINI YARATISH YO’NALISHLARI
Kuchimov Abdujamil Hamraqulovich
iqtisod fanlari nomzodi
Jizzax Politexnika Instituti, “Menejment” kafedrasi dotsenti v.b.
ANNOTATSIYA:
Maqolada mamlakatimizning jizzax viloyatida uning
tabiiy potensiali orqali turistik qishloq ovullarini yaratish yo‘nalishlari hamda
uning institutsional asoslari bayon qilingan.
KALIT SOZLAR:
Turistik qishloq ovullari, rekreastiya, madaniy-tarixiy
meros, viza, infratuzilma, ziyorat, turizm mahallasi va qishlog‘i.
DIRECTIONS OF CREATION OF GUEST HOUSES FOR JUSTICE
IN JIZAK REGION
Kuchimov Abdujamil Hamraqulovich
candidate of economic sciences
Jizzakh Polytechnic Institute, Associate Professor of
"Management",etc.
ANNOTATION:
The article describes the directions of creation of tourist
villages in Jizzakh region of the country through its natural potential and its
institutional basis.
KEYWORDS:
Tourist villages, recreation, cultural and historical heritage,
visas, infrastructure, pilgrimage, tourist neighborhood and village.
Kirish
. Mamlakatimizda turizm sohasini strategik tarmoqlardan biri sifatida
rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda.
Shuningdek,
hududlarni
barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal
rivojlantirish, sayyohlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy
boyliklari bilan tanishtirish, uning asosi sifatida viza rejimining liberallashtirilishi,
chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish tartibining soddalashtirilishi, turizm tarmog‘ini

________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini
ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilish imkonini beradi. Ammo,
o‘tkazilgan dastlabki tahlillar turizm tarmog‘ini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy asosning nomukammalligi, alohida turizm xizmatlarini ko‘rsatish
qoidalarining, shuningdek, rivojlangan dunyo ahlining mamlakatimiz tabiatining
o‘ziga xosligi, ko‘plab hududlarda bahavo turistik ob’yektlar mavjudligi to‘g‘risida
ma’lumotlar mavjud emasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham turizm
resursining asosi sanalgan dunyo xilma-xilligini namoyish qiluvchi turizm
predmetlari faqatgina reklama, targ‘ibot orqaligina xalqaro turizm ixlosmandlarini
o‘z domiga tortishi mumkin. O‘z navbatida ta’kidlash joizki, turizm sohasining
kirib kelishi va uning rivojlanishi dunyoning har qanday mamlakatiga ham nasib
qilavermaydi, chunki mazkur sohaga bo‘lgan turizm mahsulotlari bozoridagi unga
bo‘lgan talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy ehtiyojlar bilan emas, balki ijtimoiy
ehtiyojlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy ehtiyojlar ichida ziyoratga, rekreatsiyaga
bo‘lgan ehtiyoj inson ruhiyatida uy-joyga bo‘lgan ehtiyojdan ham ko‘ra 3 marta
ko‘proqdir. Mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirishning dolzarbligi ham
shundadir. Turizm sohasining serdaromad, shuning bilan birgalikda mashaqqati
kamroq faoliyat turi ekanligini e’tirof etib,mamlakatimizda mazkur sohani
rivojlantirish, takomillashtirish yuzasidan tinimsiz izlanishlarni olib borish
maqsadga muvofiq sanaladi. Ana shunday yo‘llardan biri-aholi gavjum,
shuningdek, iqlim sharoiti mo‘tadil bo‘lgan hududlarda aholining turistik xizmat
ko‘rsatishini amalga oshirishi bilan birga aholining o‘zi ham mazkur turistik
mahsulotdan bahramand bo‘ladigan faoliyat turlaridan biri bu turistik qishloq
ovullarini tashkil etish hisoblanadi. Turistik qishloq ovullarini tashkil qilishning
institutsional asosi bo‘lib, birinchi navbatda, 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risida” gi Qonuni, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston
Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
PF-5781 son Farmoni xizmat qiladi. Mazkur institutsional asoslarga ko‘ra
2019 yil
1 noyabrdan boshlab eng yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan fuqarolar

________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
yig‘inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va
ovullarning mahallalari) ro‘yxatini shakllantirish, ushbu fuqarolar yig‘inlari
hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va
turistlar uchun kamida besh xil xizmat turlari (yashash va/yoki ovqatlanish
bo‘yicha xizmatlardan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda ularga «Turizm mahallasi»,
«Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomini berish, 2020 yildan boshlab
«Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomi berilgan
fuqarolar yig‘inlari «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga
birinchi navbatda kiritilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan
[2].
“O‘zbekiston
Respublikasining turizm to‘g‘risida” gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra xalqaro va
ichki turizm uning shakllari hisoblanadi. Turizm tashkil etilayotgan turning o‘ziga
xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma’rifiy,
etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi,
agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo‘linishi mumkin [1]. O‘zbekiston
turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli imkoniyatga, shuningdek,
juda katta rekreatsiya salohiyatiga ega, unda jami 7,4 ming madaniy meros
ob’ektlari mavjud, ulardan 209 tasi to‘rtta muzey shaharlar — «Xiva shahridagi
Ichan-qal’a», «Buxoro shahrining tarixiy markazi», «Shahrisabz shahrining tarixiy
markazi», «Samarqand shahri» hududida joylashgan bo‘lib, YUNESKO
butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan [3].
Mamlakatimizda so‘nggi yillar davomida turizm xizmatlari eksporti hajmi
ikki baravar oshdi, xususan so‘nggi ikki yilda 546,9 million AQSh dollaridan 1041
million AQSh dollariga, ya’ni 190,3 foizga oshdi. Joriy yilda xorijiy tashrif
buyuruvchilar sonining o‘sish sur’ati o‘rtacha yillik 8 foizni tashkil etgan bo‘lsa,
o‘tgan yilda 7 foizni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich 2,69 million nafardan
oshganligini ko‘rsatib turibdi.O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha respublikaga 5,3
million xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va
muhofaza qilishga qaratilgan choralar ko‘rilgani natijasida yil yakuni bo‘yicha 950
taga, mehmonxona xo‘jaliklari soni – 661 tadan 900 taga etdi. Respublika

________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
hududiga olib kirilayotgan 8 va undan ko‘proq yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan
turistik klassdagi avtotransport vositalarini sertifikatsiya qilishning yangi
mexanizmi joriy etilgani hamda buning natijasida so‘nggi yilda turistik klass
avtotransport vositalarining parki 128 donaga ko‘paytirilgani (47 avtobus va 81
mikroavtobus) mazkur sohaga berilayotgan e’tiborning yaqqol dalilidir. Eng
asosiysi qishloq ovullarini yaratishga ko‘maklashuvchi xorijiy fuqarolarni
respublika hududida vaqtinchalik ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirilgani, mazkur
tartib «E-MENMON» tizimi orqali to‘liq elektron shaklga o‘tkazilganligi,
shuningdek, mehmon uylarini sertifikatsiya qilish tartibi bekor qilinganligi bu
borada ayni muddaodir. Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini
rivojlantirish bo‘yicha bir qancha istiqbolli dasturlar belgilab olingan bo‘lib uning
samarasi sifatida 2020 yilda turizmni rivojlantirish uchun mustahkam qonunchilik
bazani
yaratishga
qaratilgan
institutsional
islohotlar,
infratuzilmani
modernizatsiyalash va mamlakat brendini targ‘ib qilish, hamda 2021- 2025 yillarda
mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish, ushbu
yo‘nalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning
turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida
turizm ulushini 5 foizgacha (shu paytgacha 2,3%) etkazish, shuningdek, 2025 yil
yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijdan 2 million
turistni jalb qilish belgilab quyilgan [2]. Mamlakatimizda yaratilayotgan shunday
institutsional imkoniyatlardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo‘lsak Jizzax
viloyatida ham turizmni rivojlantirish uchun keng qamrovli imkoniyatlar mavjud.
Jizzax viloyati O‘zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan bo‘lib,
shu tufayli har taraflama keng ko‘lamli xo‘jalik yuritish imkoniyatiga egadir.
Uzunligi sharqdan g‘arbga, ya’ni Yangiobod tumanidan Forish tumanigacha 180
km, janubdan shimolga, ya’ni Baxmal tumanidan Mirzacho‘l tumanigacha 175 km.
ni tashkil etadi. Maydoni 21,1 ming kv.km. Shundan 4,8 ming kv.km. (22,7 %)
qishloq xo‘jaligida foydalanishda bo‘lgan erlardir. O‘rmon va o‘rmonchilik bilan
bog‘liq ekinlar ekiladigan maydon 1,8 ming (8,5 %) kv.km dan iboratdir.
Maydonining katta qismini sharqdan g‘arbga va qisman shimoli-g‘arb tomonga

________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
cho‘zilgan Chimqortog‘ va Molguzar, g‘arbdan sharqqa, sharqi-janubga va
janubga
tomon
cho‘zilgan Nurota tizma tog‘lari, shimol tomondan
Qozog‘istondagi Chordora to‘g‘onidan viloyatning shimoli-g‘arbidan Navoiy
viloyati hududiga qadar cho‘zilgan Aydarko‘l tashkil etadi. Bu qadimiy yurtda
ajdodlarimiz zakovati, salohiyatidan darak beruvchi – qadimiy turkiylarning
quyosh yili timsoli – “Quyosh taqvimi”, (“Saklar taqvimi”), 19 fevraldan 21
martgacha
quyosh
nuri
tushadigan
Huttosh,
shuningdek,
Qantartosh,
Hamaltoshlarning o‘zi sirli bir olam. Viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirish
uchun ham Sa’d ibn Vaqqos, Usmand ota, Novqa ota, Xo‘jamushkent ota, Parpi
ota, Sayfin ota, Savruk ota, Qulfisar ota kabi ziyoratgohlarlar xizmat qiladi.
E’tiborli jihati bu yerdagi tabiiy buloqlardan yiliga o‘rtacha 16-20 mln. kubometr
suv olish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi viloyatning Baxmal, Zomin, G‘allaorol
tumanlari hamda Sh. Rashidov va Forish tumanlarining tog‘li hududlarida
yog‘ingarchilik nisbatan mo‘l bo‘ladi. Shuningdek, haroratning mo‘tadilligi tufayli
Baxmal, G‘allaorol va Forish botiqlarida, Zominsoy, Ettikechuv va Ko‘rpasoyda
suvning parchalanishi nisbatan kam. Viloyatda turizm va uning zaminidagi
rekreatsiya klasterlarini rivojlantirish uchun ham birmuncha sezilarli imkoniyatlar,
ya’ni viloyat tabiatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tog‘lar va tog‘ yon
bag‘irlarida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon
gazi, ishqorli termo-minerallar bo‘lgan bir qator mavjud shifobaxsh suv manbalari
mavjud. Darhaqiqat, ayni paytda viloyatning G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l
tumanlarida ana shunday balneologik suvlar bilan davolovchi “Marjonsuv”,
“Birlashgan”, “Gagarin” nomli sanatoriylar va bir nechta profilaktoriylar ishlab
turibdi. Shuning bilan birgalikda viloyatning Zomin, Jizzax, Baxmal tumanlarida
ham ma’danga boy manbalari bor. Viloyatdagi barcha ma’danli suvlar kimyoviy va
balneologik tarkibiga ko‘ra eng tabiiy o‘ziga xosligi bevosita hududning ancha
qismini egallagan tog‘liq zona ekanligi bilan bog‘liqdir. Mazkur hududlarning tog‘
yon bag‘irlarida bir-biridan go‘zal tabiat go‘shalari, archazorlar bodomzorlar
yong‘oqzorlar, shifobaxsh o‘tloqlar, soyliklar, zilol suvlar, hatto, musaffo toza
havo qatlamining o‘zi bir olam. Ulkan daralarda qir-adirlar va soyliklarda kamyob

________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
o‘simliklar va hayvonlar, parrandalarning turfa xillari mavjud. Baxmal va Zomin
tumanlaridagi qir-adirlar, ulkan bog‘-rog‘lar, shuningdek, Baxmaldagi dengiz
sathidan 2600 metr balandlikdagi ma’danli suv, Xalq bog‘i va qo‘riqxonalar,
ajoyib sharsharalar, qirlar bag‘ridagi o‘nlab chashmalar insoniyatni o‘ziga
chorlovchi saxiy tabiatning o‘ziga xos ne’matidir. Viloyatda turizm klasterlarining
asosiy poydevori sanalgan Zomin tumanidagi 1976 yilda tashkil etilgan 48 ming
gektarli Xalq bog‘ining tabiati o‘ta go‘zal. Balandligi dengiz sathidan 4 ming
metrgacha cho‘zilgan tog‘ yon bag‘rida yoz va bahorda havo qatlami kamalak
rangida tovlanadi. Qalin archazorlar va bahaybat daralar, soyliklardagi toshqin
suvlar go‘yo tabiatning haqiqiy tabiiy ko‘rgazmasini namoyish etadi. Albatta bu
kabi
jarayonlarning
xususiyati
shundaki,
inson
hamisha
ko‘pincha
o‘zlashtirilmagan, inson qo‘li tegmagan tabiiy go‘shalarga ehtiyoj sezishidadir.
Xalq bog‘i yonida Zomin qo‘riqxonasi tashkil etilgan, Xalq bog‘i va
qo‘riqxonaning umumiy maydoni 78 ming gektarni tashkil etadi. Bu qo‘riqxonada
100 dan ortiq shifobaxsh va dorivor o‘simliklar, oq tirnoqli ayiq, yovvoyi
cho‘chqa, bo‘rsiq, alqar, (tog‘ echkisi), jayra kabi hayvonlar, kemiruvchilar, kalxat,
qora turna, bulduruq, tuvaloq, kaklik, tustovuq kabi parrandalarning 150 dan ortiq
turlari uchraydi. Ushbu tabiat maskanida “Zomin” sanatoriysi, O‘riklisoy dam
olish maskani, sayyohlar uchun ko‘plab mexmonxona uylari faoliyat ko‘rsatib
turibdi. Shu sabab mazkur rekreatsion hududlarda yil mobaynida dam oluvchilar,
sayyohlar, ya’ni rekrentlar oqimi uzilmaydi.
Viloyat rel’efi shimol, shimoli-g‘arb tomondagi pasttekisliklar, cho‘l va
dashtlardan qirlar, tog‘lar sari balandlab borishi bilan bog‘liq ravishda hayvonlar
turlari ham ko‘payib boradi. Viloyatda baliqchilik sanoatini rivojlantirish uchun
ham keng ko‘lamli imkoniyatlar mavjud, xususan, Aydarko‘l-Tuzkon Arnasoy
ko‘llarida baliqlarning zog‘ora, laqqa, suzak va ilonbaliq kabi turlari bor. Buning
ajablanarli tomoni shundaki, aydarko‘l-tuzkon Arnasoy ko‘llari viloyatda
baliqchiliq sanoatini rivojlantirish bilan bir paytda rekreatsiyani rivojlantirishga
ham xizmat qiladi.

________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
Viloyatning tabiiy iqlim sharoiti keskin mo‘tadil.Yozi quruq va issiq, qishi
nisbatan yumshoq. Baxmal, qisman Zomin, Forish tumanlarining tog‘liq
hududlarida yoz fasli biroz salqin o‘tadi. Yilning eng issiq oyi cho‘l zonalarida
iyun-iyul, tog‘ zonasida iyul-avgust. Kunning uzunligi kunduz yozda 15 soat,
qishda 9 soat davom etadi. Yanvar oyida harorat +1+4 daraja, iyul oyida esa
+26+28 daraja. Bir yillik yog‘in miqdori 400-500 mm. Vegetatsiya davri 240-260
kun. Havoning namlik darajasi qishda 70-80 %. Bir yilda quyoshli kunlar 2800-
3000 soat atrofida. Birinchi qorning yog‘ishi asosan oktyabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Viloyat hududining nisbatan yaxlitligi va subtropik kengliklarga yaqinligi
harorat rejimining birxilligini ta’minlaydi. Yil davomida o‘rtacha 250-270 kun
havo ochiq, osmon beg‘ubor bo‘ladi. Fevraldan noyabrgacha quyosh energiyasi
nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Havoning harorat yig‘indisi janubiy pasttekisliklarda 5,5
ming daraja, shimoliy pasttekisliklarda 4,3-4,5 ming darajaga etadi.
Viloyat hududida yog‘ingarchilik asosan qish va bahor fasllariga to‘g‘ri
keladi. Shimoldan janubga tomon yog‘ingarchilik ko‘payib boradi. Yillik yog‘in
miqdori balandligi 276 metr bo‘lgan Mirzacho‘lda 295, balandligi 392 metr
bo‘lgan Sangzorda 400 mm.dan oshadi. Qor turib qoladigan kunlar bir yilda
tekisliklarda 20-22 kun, tog‘li hududlarda 60-70 kunni tashkil etadi. Hududning
tekislik qismida yillik yog‘in miqdori 200 mm. atrofida. Bug‘lanish darajasi 100-
120 mm.ga teng. Viloyat hududida shimoli-g‘arbda vaqti-vaqti bilan kuchli shamol
bo‘lib turadi. Aprel va may oylarida kuchli shamol, do‘l va jala yog‘ish holatlari
uchraydi. Viloyat aholisi 2020 yil yanvar oyi holatiga 1382100 kishini tashkil etib,
yil boshidan 29700 kishiga yoki 102,2 foizga ko‘paydi. Shundan 647900 kishi –
shahar joylarida (46,8%) va 734200 kishi qishloq joylarida (53,2 foiz) istiqomat
qiladi. Tarkibiga ko‘ra 70 dan ortiq millat vakillari bor. Umumiy aholisining 83
foizini o‘zbeklar tashkil qiladi. O‘rtacha zichligi bir kv.km. ga 65,5 kishi [4].
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, aholisi 163,6 ming
kishi bo‘lgan viloyatning Zomin tumanida (viloyat aholisining 11,8 %), aholisi
155,8 ming kishi bo‘lgan Baxmal tumanida (viloyat aholisining 11,3 %), aholisi
171,4 ming kishi bo‘lgan G‘allaorol tumanlarida (viloyat aholisining 12,4 %)

________________________________________________________________
"Экономика и социум" №5(96) 2022 www.iupr.ru
negizida rekreastiya mavjud bo‘lgan turistik ovullarni, shuningdek, ularning o‘zaro
kooperastiyasi asosidagi turizm klasterlarini tashkil qilish uchun keng qamrovli
imkoniyatlar mavjud.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. “O‘zbekiston Respublikasining turizm to‘g‘risida” gi Qonuni. 2019 yil 16
aprelda qabul qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi PF-5781 son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi
“O‘zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5611 son Farmoni.