Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 2 | 2023
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
68
https://t.me/ares_uz
February, 2023
Multidisciplinary Scientific Journal
ZAYTUN: BOTANIKASI VA FIZIOLOGIYASI
Alisher Erkinovich Botirov
Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‗dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy
tadqiqot instituti doktoranti
Lola Bahromovna Xalmirzayeva
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali ―O‗simlikshunoslik va meva
sabzavotchilik‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi
Xudayor Gayrat ugli Allaberdiev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Agrobiznes va logistika fakulteti
bakalavr talabasi
ANNOTATSIYA
Zaytun o‗simligini mamlakatimizda o‗stirishda bugungi kunda bir qancha
muammolarga duch kelinmoqda (sovuq urushi, o‗sish kuchini pastlig va hakozolar).
Zaytun o‗simligini o‗stirishdan oldin uni botanikasi va fiziologiyasi haqida yetarlicha
ma‘lumotlarga ega bo‗lish bu o‗simlikni yaxshi o‗stira olish uchun zamin yaratadi.
Shuni hisobga olgan holda ushbu maqolada Zaytun o‗simligining botanikasi va
fiziologiyasi haqida adabiyotlarda berilgan ma‘lumotlar asosida tahlillar keltirib
o‗tilgan.
Kalit so‘zlar:
zaytun kelib chiqishi, o‗sishi va rivojlanishi, mavjud navlari,
tuproq iqlim sharoitlariga bo‗lgan talabi.
ABSTRACT
There are a number of problems in the cultivation of the olive plant in our
country today (chilling, low growth rate, drought tolerance and etc). Before growing
an olive plant, having sufficient knowledge about its botany and physiology lays the
groundwork for growing this plant well. Taking this into account, this article analyzes
the botany and physiology of the olive plant based on the information given in the
literature.
Keywords:
origin, growth, and development of olive, available varieties, soil,
and climate requirements.
Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 2 | 2023
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
69
https://t.me/ares_uz
February, 2023
Multidisciplinary Scientific Journal
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
KIRISH
Zaytun (Olea) — zaytundoshlar oilasiga kiruvchi o‗simlik turkumi. Zaytun
(
Olea europaea
L.) O‗rta er dengizi havzasidagi eng muhim mevali daraxtlardan biri
hisoblangan o‗zida ramziy ma‘noni ifodalovchi tur hisoblanadi (Loumou va Giourga,
2003).
Olea europaea, europaea
kenja turining yovvoyi (―
Olea europaea”
ning
“europaea” –
kenja turiga va
“
sylvestris‖- turkumiga oid) va madaniy zaytun (―
Olea
europaea”
ning ―
europaea”
– kenja turiga va ―
europaea”
– turkumiga oid) larini
o‗z ichiga olgan diploid turi (2n=2x=6) hisoblanadi (Kumar va boshq., 2011).
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Dunyo aholisi tahlili saytining ma‘lumotirga ko‗ra 2023 yilda zaytun moyi
yetishtirish bo‘yicha top 10 talik mamlakatlarga quyida berilgan davlatlar
ko‗rsatilgan; Ispaniya (5 965 080 t.), Italiya (2 191 110 t.), Morokko (1 912 238 t.),
Turkiya (1 525 000 t.), Gretsiya (1 228 130 t.), Misr (1 080 091 t.), Portugaliya (997
040 t.), Tunis (876 877), Jazoir (868 754 t.) Suriya (844 316 t.) kabilar, shu o‗rinda
O‘zbekiston (117 t.) ham bu ro‗yxatni quyi qismidan joy olgan.
Yetishtiradigan asosiy mamlakatlar sifatida esa Ispaniya, Italiya, Gretsiya
Portugaliya va boshqa davlatlar kiradi. Gruziya, Qrim, Turkmaniston, Rossiyaning
Krasnodar o‗lkasida ham zaytunzorlarni uchratishimiz mumkin. Zaytun daraxti 4-12
m balandlikgacha o‗sadi. Mevasi yetida 80% gacha, mag‗zida 30% gacha moy, oqsil,
vitamin S va karotin bor. Qurg‗oqchilikka chidamli, 13-18 °C sovuqqa bardosh
beradi. 300-400 (1000) yilgacha yashaydi. Unumdor, qumoq va qumloq, ohakli
tuproqlarda yaxshi o‗sadi.
Barglari.
Barglari
novdada
qarama-qarshi
joylashib,
ustki
tomoni
kumushsimon yaltirab tursa, orqa tomoni yashil rangda, uzunchoq lansetsimondir.
Zaytun bargining rangi och yashil bo
‘
lib. Zaytun daraxti barglari mutloq to
‘
kilib yalang
‘
och bo
‘
lib qolmaydi, qishda ham barglarini saqlab qolgani
uchun ekologik toza daraxtlar turiga kiradi (1-rasm. (a)).
Gullari.
Ikki jinsli, barg qo
‘
ltig
‘
ida rovaksimon holda bo
‘
lib, bir rovakda
8-42 tagacha gul joylashadi. Gultoji barglari 4 ta, otaliklari 2 ta, onalik tugunchasi
bitta, aprel oyining oxiri, may oyi boshlarida, ba‘zan mayning oxiri, iyunda gullaydi.
Zaytun gullari oqish qaymoq rang bo‗lib, shingil shaklida, shingilning hajmi
kichikdir (1-rasm. (b)).
Zaytun mevalari.
Zaytunning mevasi cho‗ziq ovalsimon bo‗lib, navlariga
qarab mevasining vazni har xil bo
‘
ladi. Zaytunning navlari,
turlari juda ko
‘
p. Ayrim navlari kichik meva hosil qiladi,
Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 2 | 2023
70
https://t.me/ares_uz
February, 2023
Multidisciplinary Scientific Journal
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
ularning vazni kichik bo‗lib 240-250 donasi, ayrimlarida 80-90 ta mevasi bir
kilogramm bo‗ladi. Sentabr oylarida mevalari to‗q yashil tusda bo‗lsa, oktabr oyi
oxirida mevasi qora rangga kiradi (1-rasm. (c)).
(a)
(b)
(c)
Zaytun ko‘chatini yetishtirish
Bu o‗simlik urug‗laridan, qalamchalaridan, bachkilari va payvandlash yo‗li
bilan ko‗paytiriladi. Ekishga ajratilgan mevalarining eti yoki mag‗zi qushlarga
yediriladi yoki suvga ivitib qo‗yilib, keyin urug‗i ajratib olinadi. qushlar cho
‘
qib
tashlab ketgan mevalardan ko‗kargan novdalari baquvvat bo‗lib o‗sadi. Ildizlari juda
ko‗p bachki beradi, ularni alohida ajratib ko‗chatzorlarga ekiladi. Urug‗lari tuproqqa
ekilganda juda kech unib chiqadi. Shuning uchun ularni namli qumlarda ekib
ko‗kartirib, keyin ekish lozim. Novdalaridan
20-25
smqalamchalar tayyorlab, ular
orqali ham ko‗paytiriladi. Payvand qilish eng yaxshi natija beradi yoki hosilga kirish
tezlashadi, bu vaqtda to‗rtinchi yili meva beradi [3, 4].
Qalamchasidan ko‘paytirish
Ushbu usulnin bir necha turi bo‗lib, ular quyidagicha:
a)
uzun ortiqcha shoxlar yoki keraksiz novdalardan;
b)
ko‗chatlar ildizli bo‗lganda;
v)
kichkina novda holatida;
g)
payvandlash orqali ko‗paytirish.
Bundan tashqari yashilqalamchalaridan ko‗paytirish mumkin (ya‘ni, yangi
kesilgan, qurib qolmagan bo‗lishi lozim). Zaytun ko‗chatini urug‗idan yetishtirish
Barglari yaxshi turgan ko‗chat novdalaridan o‗stirilgan ko‗p novdali ko‗chatni ekish
tavsiya etiladi. Yosh ko‗chatlar yaxshi sharoitda ekilganining 3-4-yili meva berishni
boshlaydi.
XULOSA
Yuqoridagi
ma‘lumotlar asosida shuni aytishimiz
mumkinki, zaytun daraxtini botanik belgilaridan tashqari
Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 2 | 2023
71
https://t.me/ares_uz
February, 2023
Multidisciplinary Scientific Journal
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
morfologik xususiyatlarini ham bilish juda muhimdir. Bu jihat asosiy zaytun
navlarini saqlab qolish, shuningdek, genetik xilma-xillikni yo'qotmaslik, kichik
genotiplarni saqlash uchun asosiy va ajralmas qismi hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Kumar, S.; Kahlon, T. & Chaudhary, S. (2011). A rapid screening for adulterants
in olive oil using DNA barcodes, Food Chemistry Vol.127, pp. 1335–1341, ISSN
0308-8146
2.
Loumou, A. & Giourga, C. (2003). Olive groves: ―The life and identity of the
Mediterranean‖. Agriculture and Human Values Vol. 20, pp. 87–95, eISSN 1572-
8366.
3.
Botirov, A. E., & Xalmirzayeva, L. B. (2022). UNABI (ZIZIPHUS MILL):
DEVELOPMENT, RECENTLY AND NOWADAYS. Academic research in
educational sciences, (Conference), 194-198.
4.
Бойжонов, У. Ўрмон Мирзохидов, Гулрабо Рустамова, & Алишер Ботиров
(2022). САМАРҚАНД ИЛМИЙ ТАЖРИБА СТАНЦИЯСИ КОЛЛЕКЦИЯ
МАЙДОНЛАРИДАГИ
ИСТИҚБОЛЛИ
ЎРИК
НАВЛАРИДА
ФЕНОФАЗАЛАРНИ ЎТИШ МУДДАТЛАРИ. Academic research in educational
sciences, 3, 287-292.