Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
Theoretical and practical foundations of
introducing smart agriculture in Uzbekistan
O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy
etishning nazariy va amaliy asoslari
1270
May 12-13
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference
DORIVOR MOMORDIKANING KELIB CHIQISHI, BOTANIKASI HAMDA
MORFOLOGIYASI
Alisher Botirov
Akademik M.Mirzayev nomli bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot
instituti doktoranti (DSc), Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali katta
o‘qituvchisi, q.x.f.f.d (PhD)
Hayotxon Otajonova
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, bakalavr talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada shifobaxsh Momordika o'simligini botanikasi, morfologiyasini bilish
orqali bu o'simlik bilan yaqindan tanishamiz. Bundan tashqari ushbu maqolada Dorivor
momordikaning kelib chiqish tarixi ham o'rin olgan.
Kalit so'zlar:
Gul, meva, urug', ildiz, poya, barg, qovoqdoshlar oilasi.
ABSTRACT
In the article, we will get to know the medicinal plant momordica by knowing its
botany and morphology. In addition, the article also contains a fascinating history of the
medicinal Momordica.
Keywords:
Flower, fruit, seed, root, stem, leaf, Cucurbitaceae.
Kirish
Mevalari tashqi ko'rinishidan timsohning terisini eslatuvchi bu ajoyib o'simlik
momordika o'zining bir qancha nomlari bilan mashhur. Ulardan ayniqsa, Hindiston anori,
timsoh bodring, arab anori kabi nomlari hammaga ma'lum. Momordika o'zining
dorivorlik xususiyatlari va ko'plab kasalliklarga tabiiy davo bo'lib hisoblangani bois
butun dunyo tabobatida va zamonaviy tibbiyotda alohida o'ringa ega. Shifobaxsh
momordikani mamlakatimizda yetishtirish va foydalanishni yo'lga qo'yish orqali
aholimiz salomatligini yaxshilashga xizmat qilgan bo'lamiz.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Momordika - mamlakatimiz uchun yangi o'simlik turi hisoblanib, bu o'simlik
haqida olib borilgan tadqiqotlar juda kam. Momordika hozirgi kunda
asosan dunyo davlatlari orasida Yaponiya, Xitoy, Koreya,
Hindistonda
ko'p
yetishtiriladi.
Momordikaning
foydali
Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
Theoretical and practical foundations of
introducing smart agriculture in Uzbekistan
O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy
etishning nazariy va amaliy asoslari
1271
May 12-13
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference
xususiyatlariga to'xtaladigan bo'lsak momordika- immunitetni ko'taradi va ko'rishni
yaxshilaydi, uning mevasi tarkibidagi noyob moddalar organizmdan zararli toksinlarni
chiqarib tashlaydi. Momordikaning vitaminlarga boyligi uchun ham dorivorligi yuqori.
Momordika mevalari tarkibida A, B, C, E, F va PP vitaminlari mavjud. O'simlik
tarkibidagi mavjud B guruh vitaminlari soch, teri va to'qimalarning holatini yaxshilashga
xizmat qiladi. Ko'rish o'tkirligini kuchaytiruvchi A vitaminiga ham boy o'simlik
hisoblanadi.
Noyob biologik moddalar hisoblangan F, hamda, E vitaminlari ham
momordikada tarkibida mavjud.
Kelib chiqish tarixi
Dorivor momordikani o'rgangan dunyo olimlari ma'lumotlariga qaraganda bu
o'simlik haqida dastlab Mayya qabilalari bilishgan, keyinchalik 16-asrlarga kelib sekin
asta Yevropaga kirib kela boshlagan. Yana bir manbalarga qaraganda esa
momordikaning vatani Hindiston va Xitoy hisoblanadi. Qadimgi Xitoyda bu o'simlik
qimmatbaho hisoblangan va faqat imperator va uning oila azolarigagina momordika
iste'mol qilishga ruxsat berilganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Qadimgi Hindistonda
muqaddas o'simlik hisoblashgan. Yaponiyada esa asrlik o'simlik ya'ni yaponlar uzoq umr
ko'rishlari sirini mana shu o'simlikka bog'lashgan. Hozirgi kunda momordika manzarali
va
shifobaxsh o'simlik
sifatida
Janubiy
Osiyoning barcha
mamlakatlarida
yetishtirilmoqda [1, 2, 3, 4].
Tadqiqot natijalari va muhokamalar
Momordikaning bir yillik, ko'p yillik va liana kabi hayotiy shakllari bor.
Qovoqdoshlar (
Cucurbitatceae
) oilasiga mansub. Momordikaning asosan 2 ta turi keng
tarqalgan:
- momordica charantia (Hind anori)
- momordica balsamic (balzam nok)
Hozirgi kunda momordikaning dunyo bo'yicha 20 ga yaqin navlari bor, ular ta'mi
va meva hajmi bilan farq qiladi.
Eng mashhur navlari:
Kafolat navi - har bir tup o'simlik 50 tagacha meva beradi. Mevalari shakli
ovalsimon bo'lib, uzunligi 15 sm gacha bo'ladi. Mevalari to'liq pishganida to'q sariq
rangga kiradi.
Balsamik navi - dorivorlik xususiyatlari qolgan navlarga
qaraganda yuqori hisoblanadi. Mevalari rangi to'q sariq mayda
bo'ladi.
Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
Theoretical and practical foundations of
introducing smart agriculture in Uzbekistan
O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy
etishning nazariy va amaliy asoslari
1272
May 12-13
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference
Tayvan oq navi - bu navga xos ajoyib bir xususiyati shundaki, bu navli
o'simliklar oq mevalar hosil qiladi. Ular pishganida mutlaqo achchiq emas, lekin
navning hosildorligi past.
Yaponiya uzoq navi - xurmo mevalariga juda o'xshash boy ta'mga ega mevalari
bor, bunday mevalarning vazni 400 gr ga yetadi. Bu nav yuqori hosildorlikka ega.
Apelsin Peke - bu navning boshqa navlardan farqli tarafi shundaki, mevalari
juda shirin, to'q sariq rangga ega.
Yuqorida keltirilgan navlardan tashqari momordikaning katta mevali hamda uzun
mevalari navlari ham mavjud. Katta mevali navga oid o'simlik mevalari yirik va
dumaloq shaklga ega. Mevalari uzunligi 20 smgacha boradigan o'simliklar Uzun mevali
navga oid.
Shifobaxsh momordikaning morfologiyasi
Momordika nafaqat dorivorligi uchun balki dekorativ o'simlik sifatida ham ekib
o'stiriladi. Momordikaning uzun poyalari uzunligi 2-5 metrga va hatto 10 metrgacha ham
o'sishi mumkin. Momordika poyalari ingichka va jingalak, huddi liana singari bo'ladi.
Barglari katta o'yilgan, och yashil rangga ega. Ildizlari o'q ildiz. Momordika ildizlarida
revmatizmni davolashda ishlatiladigan moddalar triterpen saponinlar mavjud.
Momordikaning hosilini to'la yig'ib olganimizdan so'ng, ildiz, poya va barglarini quritib
ko'pgina kasalliklarni davolashda foydalanishimiz mumkin. Jumladan, momordika ildiz,
poya va barglari anemiya, shamollash, yuqori qon bosimi, turli xildagi kuyishlar, Jigar
kasalliklari va revmatizmni davolashda ishlatiladi.
Momordika gullari sariq, 2 jinsli xushbo'y yasemin iforli. Momordikaning ajoyib
ko'rinishga ega bo'lgan mevalari uzunligi 10-25 smgacha, diametri 6 smgacha yetadi.
O'sish va pishib yetilish jarayonida ularni ranglari yashildan to'q sariq ranggacha
o'zgaradi. Meva ichida 30 tagacha urug'lari bor. Momordika urug'lari kuchli qobiq bilan
himoyalangan, ular hajmi jihatidan tarvuz urug'lariga o'xshash, qizil, jigarrang rangga
ega
Xalq tabobatida va zamonaviy tibbiyotda momordikaning barcha qismlaridan -
ildizidan, barglaridan, meva va urug'laridan foydalaniladi. Ildizlari, barglari va
urug'laridan qaynatma va damlamalar tayyorlab iste'mol qilinadi. O'simlik mevalari esa
xom va pishgan holatida qovurilgan, qaynatilgan, tuzlangan va konservalangan holda
iste'mol qilinadi. Momordika o'simligi Osiyo xalqlarida an'anaviy oshxonada ishlatiladi.
Sho'rvalar, salatlar va turli xil ovqatlar tayyorlashda yosh barglari va barra mevalaridan
foydalaniladi.
Bundan
tashqari
mevalaridan
ekstrakt
olinadi.Momordika ekstrakti sarkoma, melanoma, leykemiya
Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
Theoretical and practical foundations of
introducing smart agriculture in Uzbekistan
O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy
etishning nazariy va amaliy asoslari
1273
May 12-13
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference
kasalligiga chalingan bemorlarni davolashda yaxshi samara beradi [5].
Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mevalaridagi mavjud antiviral va
antibakterial faollik tufayli gepatit va OIV ni davolashda ishlatilishi mumkin.
Amerikalik olimlar momordika sharbatidagi moddalar nafaqat saraton hujayralarini
o'sishini to'xtatibgina qolmay, balki ularni yo'q qilishini ham aniqladilar [6].
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, har qanday o'simlikni yetishtirishdan
avval uni kelib chiqish tarixi, botanikasi va morfologiyasini yaxshi o'rganish kerak. Shu
sababli biz ham momordikaning kelib chiqish tarixi, botanikasi va morfologiyasini
o'rganish orqali undan yuqori hosil olish va dorivorlik xususiyatlaridan foydalangan
holda aholimiz orasida keng tarqalgan Qandli diabed anemiya bolalar gijjasiga qarshi
tabiiy yo'llardan foydalanishni yo'lga qo'yish bu orqali esa aholimiz salomatligini
yaxshilashni maqsad qildik.
REFERENCES
1. A.A.Saminov, D.E.Ismoiljonova, I.T.Kamoliddinova“Dorivor momordika yetishtirish
va o'simlikning o'ziga xos xususiyatlari'' ilmiy maqola.Science and innovation -
international scientific journal.
2. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of
young „Miyabi Fuji‟apple trees.International Journal of Horticultural Science and
Technology,8(3), 227-233.
3. Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). The interaction of rootstocks, water and soil
humectants and young apple tree growth.Academic research in educational
sciences,3(Speical Issue 1), 43-56.
4. Botirov, Alisher Erkinovich, and Oybek Bahodir O‘G‘Li Aliyev. "NOK (PYRUS)
MEVALI EKINI–TADQIQOTLAR VA NATIJALAR." Academic research in
educational sciences Conference (2022): 199-202.
5. Botirov, A., & Otajonova, H. (2023). MOMORDIKANING DORIVORLIK
XUSUSIYATLARI VA XALQ XO ‘JALIGIDAGI AHAMIYATI. Academic research
in educational sciences, 4(2), 52-55.
6.https://uz.healthy-food-near-me.com/momordica-is-an-explosive-source-of-vitamins/