Авторы

  • Гульнора Бахшиллоева
    Бухарский Государственный Университет
  • Гули Тоирова
    Бухарский Государственный Университет

Биография автора

  • Гули Тоирова, Бухарский Государственный Университет
    Профессор кафедры узбекского языкознания и журналистики, доктор филологических наук

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.archive.29803

Ключевые слова:

Традиция интеллектуал язык этногенез цвет этнограф ценность склад ума.

Аннотация

Milliy urf-odatlarning inson hayotida tutgan o’rni va uning zamonlar osha rivojlanib borishi. Millatga ta’siri. Milliy qadriyatlarning bugungi kundagi o’rni va yoshlarning ushbu qadriyatlarga munosabati.


background image

Zamonaviy fan va ta'lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnal

2024

Vol 2 Issue 2

ISSN 3030-3044

https://academics.uz/index.php/zfty

166

SAID AHMADNING “QORAKO’Z MAJNUN”

ASARIDA O’ZBEK MILLIY URF-ODATLARI

Baxshilloyeva Gulnora Vahob qiz

Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

Ilmiy rahbar:

Toirova Guli Ibragimovna

BuxDU O‘zbеk tilshunosligi va jurnalistika kafеdrasi

profеssori,

filologiya fanlari doktori tеl. raqam: +998 90 299 34 17

е-mail:

tugulijon@mail.ru

Annotatsiya:

Milliy urf-odatlarning inson hayotida tutgan o’rni va uning

zamonlar osha rivojlanib borishi. Millatga ta’siri. Milliy qadriyatlarning bugungi

kundagi o’rni va yoshlarning ushbu qadriyatlarga munosabati.

Kalit so’zlar:

Urf-odat, nuroniy, lison, etnogenez, kolorit, etnograf, qadriyat,

mentalitet.

Til odamlar o'rtasidagi aloqa vositasi - tilni yaratuvchisi va tashuvchisi bo'lib,

uning yordamida biz o'z fikrlarimizni va his-tuyg'ularimizni bir-birimizga

bildiramiz. Shuning uchun ham til jamiyatning ajralmas qismidir va u jamiyat bilan

parallel ravishda rivojlanadi. Jamiyatdagi har qanday hodisa adabiyotda aks etadi.

Shuning uchun ikki xalqning adabiyotlarini taqqoslab tahlil qilish, farqlari va

o'xshashliklarini aniqlash juda muhim, ammo ayni paytda juda qiziq.

Milliy urf-odatlar- xalqning azaldan shakllangan, uzoq tarixga ega ekanligini

ifodalaydi. Ular insonlarning turmushiga singib ketgan, hayotda o’z o’rniga ega

bo’lgan, doimoiy xalq orasida takrorlanib turadigan ko’nikmalar majmuyi

hisoblanadi. Urf-odatlar har bir xalqda yashab, rivojlanib, boyib boradi. Har bir

millatni o’ziga xos urf-odatlari, an’analari,qadriyatlari mavjud. Aslini olganda

rivojlangan xalqlar shu urf-odatlar, qadriyatlar bilan tirik hisoblanadi. Ularning

avloddan-avlodga o’tib kelishi bu an’ananing yana uzoq yillar davomida

shakllanishiga katta zamin yaratadi. Ta’kidlaganimdek urf-odatlarning turlicha

ko’rinishi mavjud. Misol tariqasida keltiradigan bo’lsam: bola tug’ilganda unga ism


background image

Zamonaviy fan va ta'lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnal

2024

Vol 2 Issue 2

ISSN 3030-3044

https://academics.uz/index.php/zfty

167

qo’yish, uning qulog’iga azon o’qish, muchal bayramini nishonlash, bolani namoz

o’qishga o’rgatish, yoshi kattalarga hurmat, barchaga salom berish, ertalab turib uy-

hovlilarni supurish, mehmonlarga alohida izzat-ikrom ko’rsatish, muhtojlarga

yordam berish, qariyalar holidan xabar olish va boshqalar[1,3,4]. Xalqimiz feʼlidagi

bagʼrikenglik, hotamtoylik, mehmondoʼstlik, oʼzaro hamkorlikda moyillik, gʼam-

anduhi paytlarda nochor kimsalarga hamdardlik, yelkadoshlik fazilatlari ana shu

jamoaviy yakdillikni taʼminlash, til va dil, fikr birligini saqlash ehtiyojlaridan

tugʼilgan va sayqal topgandir.

Ushbu urf-odatlarni Said Ahmaning “Qorako’z Majnun” asarida ham

kuzatishimiz mumkin. Asardagi “Qorako’z Majnun” parchasiga e’tibor qarataylik.

Asarning boshlanish qismida Saodat ayaning namoz o’qish jarayoni bilan

boshlanadi. Bu ham musulmonlarga xos bo’lgan odat hisoblanadi. Asar davomida

Saodat aya shunday jumlani keltiradi: “Otang chiqqan uyni tashlab ketolmayman,

men ham shu uydan chiqazilaman”. Bu jumladan anglash qiyin emaski, otaga

bo’lgan hurmat, e’tibor yaqqol ko’zga tashlanadi.Azalda otaga hurmat bolaning

yoshlik vaqtlaridan unga uqtirilgan. “ Kampir hajga ketayotganlarga pensiyadan

yiqqn pullarini “Hoji badal” uchun berib yuborgan edi. Bu ham bir urf-odatning

bizga tanish bo’lgan ko’rinishi sanaladi. Yana bir urf-odatlarni sanab o’tadigan

bo’lsam, mehmon kelganda uning oyog’i ostiga qo’u so’yish, mehmonni ketish payti

sovg’a-salomlar bilan jo’natish, bolasi uchun Yassaviya maqbarasining shayxiga

ataganlarini berib, kokilini kestirish, qo’y so’yib, xudoyi qilish, er yigitlarning

armiya xizmatiga borishi, farzandga ism qo’yilish jarayoni. O‘zbek xalqida biron-

bir tabiat hodisa ro‘y berayotgan vaqtda tug‘ilgan bolalarga ham alohida ism qo‘yish

tutumi bo‘lgan. Masalan, agar bola shamol yoki bo‘ron bo‘layotganda tug‘ilsa, unga

Shamolboy, Bo‘ron, Bo‘ronali, Bo‘ronberdi, Bo‘ronchi, Bo‘rongul ismlari

qo‘yilgan. Dovul bo‘layotganda tug‘ilgan bola Dovulboy ismi berilgan[6].

Ma’lumki, quyosh charaqlab turgan paytda yomg‘ir yog‘sa, “bo‘ri

bolalayapti” deb tushunilgan. Ota-bobolarimizning esa shunday ob-havoli kunda


background image

Zamonaviy fan va ta'lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnal

2024

Vol 2 Issue 2

ISSN 3030-3044

https://academics.uz/index.php/zfty

168

tug‘ilgan bolaga Bo‘riboy, Bo‘rixon kabi ismlarni berish odati bo‘lgan. Said Ahmad

o‘zining “Qorako‘z Majnun” hikoyasida xalqimizning ana shu odatini esga olgan

Bo’rixonga bunday ism qo’yilishining o’ziga yarasha sabablari bor. Misol

tariqasida ushbu parchani sizga havola etaman: “Saodat aya shu bolasiga to’lg’oq

tutayotganda oftob charaqlab turardi-yu, yomg’ir sharros quyayotgan edi.

Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: Bo’ri bolalayapti, degandi. Shuning

uchun ham u o’g’liga Bo’rixon deb ism qo’ygandi. Tarixdan ma’lumki, ism qo’yish

jarayonining ham alohida bir o’zining o’rni bo’lgan. Nuroniy ota- bobolarimizning

ta’kidlashlaricha: “Bolaga qo’yilgan ism uning kelajagiga ham ta’sir ko’rsatmay

qolmaydi”. Inson o’z umri tugaganligini sezganda vasiyat qilib qolishga harakat

qiladi. Bu ham urf-odatning bir turi hisoblanadi. Urf-odatlar xalq bilan tirik, u bilan

barhayot yashaydi va taraqqiy etib boradi. Ushbu odatlar insonlar lisonida boyib

boradi. Qadriyatlar xalqning etnogenezida muhim rol o’ynaydi.

Ma’naviy faoliyatga kishilarning xarakteri, tafakkur tarzi, ruhiyati, intilishlari,

qiliqlari, yumor xususiyatlari va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Moddiy hayot esa

urf-odat, rasm-rusm, marosimlar, kiyimlar, uy-ro’zg’or anjomlari, cholg’u

asboblari, pazzandachilik, ismlar va boshqalardir. Badiiy asarlarda aks etgan ana shu

milliy xususiyatlar yig’indisi adabiyotshunoslikda milliy kalorit deb ataladi. “Milliy

xos so’zlarga milliy taomlar, kiyim-kechaklar, cholg’u asboblari, ro’zg’or anjomlari,

nomlar, taxalluslar, laqablar, qishloq xususiyatlari, me’morchilik, geografik nomlar,

tabiat manzaralari, daraja, unvon, tabaqa va boshqa bo’linishlarni ifodalovchi

so’zlar, muassasalar, tashkilotlar, diniy marosimlar va boshqa etnografik belgilarni

bildiruvchi so’z va iboralar kiradi”.

Xulosa qilib aytganda, asarda onaning o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan

xarakterda ekanligi, unga amal qilib yashashi, farzandini kutishi, umuman olganda,

onaning barcha xislatlari o‘zbek mentalitetiga xosdir.


background image

Zamonaviy fan va ta'lim yangiliklari xalqaro ilmiy jurnal

2024

Vol 2 Issue 2

ISSN 3030-3044

https://academics.uz/index.php/zfty

169

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Асқаров А.А. Ўзбек халқи этногенез ва этник тарихининг баъзи

бир назарий ва илмий методологик асослари // Ўзбекистон тарихи 2002. -№4.

–Б.54-60.

2.

Ртвеладзе Э.В. ва бошқалар. Қадимги Ўзбекистон цивилизацияси:

давлатчилик ва ҳуқуқ тарихидан лавхалар.-Т., 2001-Б.8.

3.

Шониёзов К.Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. -Т., 2001. -Б.16

4.

Said Ahmad, ―Qorako‘z Majnun, ―O‘zbekiston NMIU‖ 2001.

5.

Ўзбек халқининг қадимий давлатчилик ва этник тарихига

бағишлаган адабиётлар тўғрисида қаранг: Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги

тарихи. -Т., 2000

6.

Ўзбек давлатчилиги тарихидан очерклар.-Т.,2001.

7.

www.ziyonet.uz

8.

www.uz.wikipedia.org

9.

www.kh-davron.uz

10.

www.wikipedia.org

Библиографические ссылки

Асқаров А.А. Ўзбек халқи этногенез ва этник тарихининг баъзи бир назарий ва илмий методологик асослари // Ўзбекистон тарихи 2002. -№4. –Б.54-60.

Ртвеладзе Э.В. ва бошқалар. Қадимги Ўзбекистон цивилизацияси: давлатчилик ва ҳуқуқ тарихидан лавхалар.-Т., 2001-Б.8.

Шониёзов К.Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. -Т., 2001. -Б.16

Said Ahmad, ―Qorako‘z Majnun, ―O‘zbekiston NMIU‖ 2001.

Ўзбек халқининг қадимий давлатчилик ва этник тарихига бағишлаган адабиётлар тўғрисида қаранг: Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи. -Т., 2000

Ўзбек давлатчилиги тарихидан очерклар.-Т.,2001.

www.ziyonet.uz

www.uz.wikipedia.org

www.kh-davron.uz

www.wikipedia.org

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Гули Тоирова, Парвина Орипова, Minnatdorchilik nutqiy aktining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari , in Library: Том 1 № 1 (2024): библиотека

Шоиста Абдукодирова, Гули Тоирова, Shеʻriy matnlarda biriktiruv bogʻlovchilarining pragmatik imkoniyatlari , in Library: Том 4 № 4 (2023): библиотека

Гули Тоирова, Establishment of a national corpus the uzbek language is a requirement of a new era , in Library: Том 21 № 3 (2021): Архив

Гули Тоирова, Парвина Орипова, Gratitude expresses pragmatic meanings , in Library: Том 1 № 1 (2024): библиотека

Гули Тоирова, Зилола Абулова, Малика Норова, Фазилат Норова, Нафиса Жураева, Application of Innovative Technologies in Teaching Process , in Library: Том 20 № 1 (2020): Архив

Гули Тоирова, In the creation of the national corpus of the uzbek language, the use of language models , in Library: Том 21 № 4 (2021): Архив

Гули Тоирова, Мавжуда Юлдашева, Лола Елибаева, Importance of Interface in Creating Corpus , in Library: Том 19 № 3 (2019): Архив

Гули Тоирова, Ўзбек тилининг миллий корпусини яратишда лингвистик моделлардан фойдаланиш , in Library: Том 21 № 4 (2021): Архив

Гули Тоирова, Рухсора Халилова, Нутқий мулоқот ва вертуал нутқий мулоқот имкониятлари , in Library: Том 20 № 1 (2020): Архив

Зухрахон Xомиджонова, Гули Тоирова, Yоzmа nutqdа tinish bеlgilаrning аhаmiyаti , in Library: Том 20 № 4 (2020): Архив

1 2 3 4 > >>