Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
57
http://interscience.uz
SO’ZLASHUV USLUBIDA TEJAMLILIKNING PRAGMATIK
XUSUSIYATLARI
DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2022.
Toirova Guli Ibragimovna
f.f.d. O`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, Buxoro davlat universiteti
Anatatsiya: Ushbu maqolada tejamkorlik tamoyili til taraqqiyotini xarakterlab
beruvchi omillardan biri ekanligi, uning tildagi mohiyati, qisqa vaqt birligi mobaynida
maksimum axborot uzatishni ta’minlashi, boshqacha qilib aytganda, tilning muloqot
funksiyasini oshirishga ko`maklashishi, til hamisha ortiqcha narsalardan, ya‟ni
o`zida axborot tashimaydigan va tushuntirishga ko`maklashmaydigan so`z, bo`g`in
va grammatik shakllardan xoli bo`lishga intilishi o’rganiladi.Tejamkorlik ham,
qisqaruv ham til taraqqiyotiga sezilarli hissa qo`shadigan hodisalar bo`lsa-da,
ularning til evolyutsiyasidagi rolini absolyutlashtirib bo`lmaydi: tilda tejamkorlikka
ham, qisqaruvga ham qarshi turuvchi tendensiya va hodisalar mavjud, masalan,
tildagi ortiqchalik xususiyati va uning so`z darajasidagi alohida hollari - proteza va
pleonazm.
Kalit so’zlar: Tendensiya, inson dangasaligi, fiziologik quvvat, nutqiy faoliyat,
komponent, umuminsoniy tendensiya, ekonomiya.
ЭКОНОМИЯ В РАЗГОВОРНОМ СТИЛЕ ПРАГМАТИЧЕСКИЕ
СВОЙСТВА
Тоирова Гули Ибрагимовна
док.фил.наук. доцент кафедры узбекского языкознания, Бухарский
государственный университет
Аннотация: В данной статье принцип экономии является одним из факторов,
характеризующих развитие языка, его сущность в языке, обеспечивающим
максимальную передачу информации за короткий промежуток времени, иными
словами, способствующим совершенствованию коммуникативной функции
языка. .Он стремится избавиться от слов, слогов и грамматических форм,
не несущих информации и не помогающих объяснить.Роль языка в эволюции
языка не может быть абсолютной: в языке есть тенденции и явления,
противостоящие как строгости, так и контракция, например, избыток языка
и его частные случаи на уровне слова - протез и плеоназм.
Ключевые слова: Склонность, лень человека, физиологическая сила, речевая
активность, компонент, общечеловеческая тенденция, экономия.
SAVING IN TALKING STYLE PRAGMATIC PROPERTIES
Toirova Guli Ibragimovna
Bukhara State University, Associate Professor of the Department of Uzbek
Linguistics, Doctor of Philology.
Abstract: In this article, the principle of economy is one of the factors that
characterize the development of the language, its essence in the language, ensuring
the maximum transfer of information in a short period of time, in other words,
contributing to the improvement of the communicative function of the language.
.He seeks to get rid of words, syllables and grammatical forms that do not carry
information and do not help explain. The role of language in the evolution of language
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
58
Education and innovative research 2022 y. №5
cannot be absolute: there are tendencies and phenomena in the language that oppose
both strictness and counteraction, for example, an excess of language and its special
cases at the level of the word are the prosthesis and pleonasm.
Key words: Inclination, human laziness, physiological strength, speech activity,
component, universal human tendency, economy.
Kirish.
Tejamlilik tamoyilining sintaktik sathdagi ko’rinishi ellipsis, ya’ni
gap mazmuniga ta’sir etmasdan ba’zi so’zlarning tushirilishi situatsiya, kontekst
va ma’lum so’zlar semantikasi bilan bog’liq holda amal qiladi, bu kabi tushirilish
ko’pincha ma’no va effektni kuchaytiradi, shuning uchun notiqlik san’atida ritorik
figura sifatida qo’llanilgan [ 4 ].
Til nutqda voqe bo`ladi, xuddi shuningdek, til qonunlari ham nutqda reallashadi,
til tejamkorligi ham bundan mustasno emas. Tildagi tejamkorlik deganda shunday
jarayonlar nazarda tutiladiki, ular tufayli til murakkab fikrlarni soddaroq shaklda
ifodalash uchun mukammalroq shakllar ishlab chiqaradi. Bunday shakllar alohida
individlarning nutqiy faoliyatida yaratiladi va umuman til darajasidagi har bir
tejamkorlik turi nutq darajasidagi xuddi shunday holga mos keladi, chunki til
darajasidagi har bir tejamkorlik turi nutq darajasidagi bosqichni bosib o`tish
evaziga amalga oshadi...[6]. Sistemaning rivojiga ko`maklashuvchi qonuniyatlar
xususida so`z ketar ekan, ularning amal qilinishida tashqi omillarning rolini oshirib
yuborish o`rinli emas. Sistemaning taraqqiyoti ichki va tashqi omillarning ta‟siri
mahsuli bo`lganidek, sistema ichidagi qarama-qarshilik tejamkorlik tamoyilining
amalda bo`lishini taminlaydi. har qanday struktura o`z rivojida faqat tashqi ta‟sirlar
doirasiga tushib qolmaydi, balki hal qiluvchi omil sifatida sistemaning ichki qarama-
qarshi tendensiyalari kurashi natijasida sistema tuzilishini buzish va qayta qurishga
bo`lgan intilish hal qiluvchi rol o`ynaydi [7]. Til egalarining nutqiy ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiluvchi tejamkorlik tamoyili tildagi ortiqchalik xususiyati bilan
to`qnashadi. Tilda haddan ziyod ortiqchalik ko`p. Shuning uchun til egalarining
o`zgaruvchan ehtiyojlariga tezda va butunlay moslasha olmaydi [8]. Natijada
so`zlovchida hamisha ana shu ortiqchalikni bartaraf etish hisobiga o`z fikrini qisqaroq
qilib uzatish imkoniyati bo`ladi. Ortiqchalikni tilning maksimal aniqlikka intilish
xususiyati vujudga keltiradi, tushunchalarni ularning moqiyatiga mos ravishda to`liq
xarakterlaydigan birliklar tanlash til tabiatini belgilab beruvchi xususiyatlardan
biri, deyish mumkin. Binobarin, aniqlikka intilish nutq zanjirida ortiqcha unsurlar
bo`lishiga olib keladi. Ayniqsa, og`zaki-so`zlashuv nutqida ortiqchaliklar juda ko`p
bo`ladi. Ularning ba‟zilari hech qanday yangi axborot tashimaydi, shuning uchun ular
ortiqcha bo`lib, til unsuri shaklini murakkablashtiradi.Tildagi ortiqchalik... tilning
tovush tomonida o`zgarishlarni taqozo qiladi. Buning natijasida til tizimi tovush
o`zgarishlariga nisbatan qotib qolgan struktura sifatida namoyon bo`lmaydi. Demak,
tilning barcha sathlariga ortiqchalik xos va bu holat tejamkorlikka sharoit hozirlaydi.
Tejamkorlik ortiqcha elementlarning paydo bo`lishi va bartaraf etilishi bilan bog`liq
hodisadir. Shuni ham alohida qayd etib o`tish kerakki, tilshunoslikda tejamkorlik
tamoyilining til taraqqiyoti va amal qilinishidagi rolini tan olish bilan birga uni inkor
qilish hollari ham mavjud. R.A.Budagov tejamkorlik tamoyili tilda mavjud emas, deb
xulosa chiqaradi. Tejamkorlik tamoyilining tilda mavjudligini inkor qilish obyektiv
borliqdagi reallikni tan olmaslikdir.
Adabiyotlar sharhi. Jahon tilshunosligida tildagi tejamlilik masalasiga doir bir
qator tadqiqotlar olib borilgan, biroq tilshunoslik tarixida mazkur tamoyillarni o‘zaro
qarama-qarshi qo‘yish ustun bo‘lib, ularning o‘zaro dialektik aloqasiga jiddiy e’tibor
Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
59
http://interscience.uz
berilmagan. Tilda tejamlilik tamoyilini ilmiy asosda o‘rganish O.yespersen, V.Uitni,
Sh.Balli, A.Martine, Boduen de Kurtene, R.Budagov, ye.Polivanov, A.Potebnya,
B.Serebrennikov, V.Borisov, A.Nurmonov, N.Maxmudov, R.Budagov, Yu.Apresyan,
M.Trofimov, M.Yusifov, G.Infantova, A.Skovorodnikov, E.Xaugen va boshq.,
G.Grays, D.Salixova, ye.Zemskaya, J.Eltazarov, I.Arjanova, V.yelkin, O.Golovach,
F.Ibragimova, A.Kovrigina kabi tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan.
“Tavtologiya” atamasini birinchi bo‘lib L. Vitgenshteyn o‘zining “Mantiqiy-
falsafiy risolasida” qo‘llagan . Tavtologiya deb, u haqiqatdan ham oddiy gaplarda
“haqiqat” yoki “yolg‘on” ma’nolari qo‘llanilgan har bir imkoniyatga mos tushadigan,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshash gaplarni tushungan. Vingenshteyn va ularning izdoshlari
(R. Karnap, N. Bar-Xillel, Ya. Xintikka, G. Frege, B. Rassel, G.eman, L. Borkovskiy)
tavtologiyani mantiqiy-matematik jihatdan tahlil qilishgan. Tilshunoslikda
tejamkorlikning o‘rganilishi o‘zining anchagina uzoq tarixiga ega.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tejamkorlikning funksional jihatdan tahlil qilingan
tadqiqotlarni belgilab o‘tish joiz. L.K. Raxmoqulova ham ingliz tilidagi asosiytavtologik
tarkiblarning turlarini ba’zilarini ajratdi. Shunday qilib, tejamkorlikning majmuaviy
tabiati, ularning ko‘p vazifaviyligi va turli tarkibliligi, tilshunoslikda ularni o‘rganish
ko‘p yondashuvlar mavjudligi bilan tushuntiriladi. Oxirgi yillarda turli til birliklari
kognitiv lingvistika nuqtai nazaridan tadqiq qilinmoqda. Oxirgi 40 yillarda ilm-fan
paradigmasining to‘liq o‘zgarishi – ilmiy sifatida qabul qilinishi uchun nazariyaning,
gipotezaning, mulohaza yuritishning qanaqa talabalarini qoniqtirish zarurligi haqidagi
tasavvurlar. Bu o‘zgarishlar “kognitiv revolyusiya” deb ataladi. Til birliklarining
tadqiqoti jarayonida doimiy ravishda, til muntazam tizim emasligini isbotlovchi to‘liq
yangi va qisman yangi holatlar kuzatildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi. Badiiy asarda bir qahramon ikkinchi bir
qahramonga “Uyat bo‘ladi!..” (U.Hamdam, Muvozanat) deb aytar ekan, bu
situatsiyadan xabardor bo‘lish uchun badiiy asardagi ushbu badiiy konfliktdan
xabardor bo’lish kerak bo’ladi. Voqyelikdan xabardor bo’lmagan kitobxon nima
haqida gap borayotganini birgina “Uyat bo’ladi!..” gapidan anglab ololmaydi, ya’ni
bu keng tushuncha sanaladi: 1.Gap qaytarish uyat bo’ladi. 2. O’zidan kattaga salom
bermaslik uyat bo’ladi. 3.O’ylamasdan gapirish uyat bo’ladi. 4. Tarbiyaga zid xatti-
harakatlar uyat bo’ladi kabi. Bunda holatning yuzaga chiqishiga asos bo’lgan voqyelik
ifodalanmay qolgan.
Aslida bu gap katta lavozimda ishlagan va yetarli mol-mulk orttirgan o’limi
yaqinligini sezib qarindosh-urug’larini chaqirib mol-mulkini taqsimlayotgan,
shahardagi uyini oddiy hayot kechiruvchi qarindoshining maktabda a’lo o’qiyotgan
o’g’liga kelajakda o’qishi uchun qoldirishini aytganda (chunki u bolaning ota-onasi
unga sharoit qilib berishga kuchi yetmasligini bilgani uchun uni qo’llab-quvvatlash
maqsadida shunday qilgan), bu gap vasiyatdan norozi bo’lib qaynog’asi unga
ko’pchilik oldida o’ylamasdan asossiz gapirgani uchun boshqa qarindoshi tomonidan
aytilgan. Quyida badiiy asardan keltirilgan ikkinchi misolga diqqat qaratamiz:
Axir Alini tutamiz. Qo’llarini orqasiga qayirib, o’zining belbog’i bilan mahkam
bog’laymiz-da, so’kib, urib maktabga surgaymiz. - Yo’q, bormayman! - deydi Ali
oyoqlarini tirab. (Oybek).
Keltirilgan matnda nutq obstanovkasi, situatsiya avtor nutqi orqali ifodalangan
avvaldan bayon qilingan, shu sabab Alining nutqida «maktabga» so’zi ifodalanmagan,
natijada situativ ellipsis yuzaga keltirilgan. Tushirilgan bo’lak esa harakatning qaerga
yo’nalganligini, o’rnini ko’rsatmoqda. Badiiy asardan keltirilgan yana bir misolga
diqqat qaratamiz: Bu uydagi hamma narsa xatga olingandan keyin tashqariga chiqildi.
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
60
Education and innovative research 2022 y. №5
- Otxonaga, - dedi Safarov.
Safarov bilan Ro’zmat otxonaga ketayotganda Mirhomidxo’ja
Qambaralini sekin turtdi. (A.Qahhor).
Situatsiyadan ma’lumki, uyda tintuv o’tkazilmoqda va uy egasining bor mulki
ro’yxatga olinmoqda. Shunda tashqariga chiqqandan so’ng boshliqning ko’zi otxonaga
tushadi va otxonani ham tintish kerakligini tushunib «оtxonaga» deb baqiradi.
Situatsiyadan ma’lum bo‘lganligi uchun kesim vazifasidagi harakatni anglatuvchi
“kiramiz” so‘zining qo‘llanishiga imkon qolmagan.
Tildagi tejamkorlik tamoyili so`zlovchi (individ)ning ruhiy, psixofiziologik
quvvatini til birliklarini qisqartirish, tushirib qoldirish orqali tejash, muloqotga
ketadigan vaqtni kamaytirish, tildagi ortiqchalikni bartaraf etish ehtiyojlaridan kelib
chiqib, zohir bo`ladigan umumtil tendensiyasidir, tejamkorlik o`z mohiyatiga ko`ra
nutqiy aloqani osonlashtirishga xizmat qiladi va uzatilayotgan axborotning sifatiga
salbiy ta‟sir o`tkazmaydi.
Elliptik diskursiv metonimiya muayyan so‘zlashuv nutqida semantikani to‘la
saqlab qolish uchun matn strukturasini tizimli joylashtirish talabiga ko‘ra yuzaga
keltiriladi. Metonimiya konstruksiyadagi so‘zma-so‘z ma’no ifodalash tartibini buzadi,
biroqgap semantikasini saqlab qoladi: Qani, –dedi Qodirov, –olti-oltidan cho‘zinglar.
(S.Ahmad, Yo‘g‘on tepa). Ushbu gapdagi olti-oltidan so‘zini o‘zbek darrov tushunadi,
chunki bu o‘rinda pul yig‘ish haqida gap ketayotganini darrov fahmlaymiz, olti-
oltidan stimul ifodasi “pul” assotsiatini yodga tushiradi. Bu o‘rinda so‘zlovchining
ixchamlikka intilishida psixologik vaziyat ham muhim rol o‘ynagan: so‘zlovchi
shoshib turganligi, kimningdir kutilmaganda kelib qolishidan xavotirlanishi natijasida
niyatiga mos keluvchi metonimiyani tanlagan. Matnni davom ettirish asnosida fikr
to‘la aniqlashtiriladi: Yo‘g‘on tepaga borib, bir oshxo‘rlik qilamiz. Apsamatov jon
deb turgan ekan, darrov olti so‘mni stolga tashladi. (S.Ahmad, Yo‘g‘on tepa).
Metonimiyaning o‘ziga xos belgisi nutqjarayonining jonliligini ta’minlaydi, yana
bir belgisi shaxsning nutqiy ijodkorligini aniqko‘rsatib turadi. Misol: –Agar mumkin
bo‘lsa, shuni ham bilsamki, bu kungi shalg‘am sho‘rba katta otin bibining qo‘llaridan
tanovul qilinadirmi yoki kichik otin bibining? –Mehmon uchun buning farqi yo‘qdir...
–Biroz yanglishasiz Ra’nobonu, –dedi Anvar, –chunki qo‘ldan-qo‘lning katta farqi
bor. –Farqi bo‘lsa... bu kun kichik otin bibining qo‘llaridan shalg‘am sho‘rba tanovul
qilasiz. (Abdulla Qodiriy, Mehrobdan chayon).
Xulosa va takliflar. Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, tejamlilikning
sintaksisdagi faoliyati tilning boshqa sathlaridagi faoliyatidan nihoyatda yuqoriligi
adresat va adresantning qisqa, ixcham so‘zlashga intilishiga ko‘ra bo‘lib, badiiy
nutqda qahramonlar nutqi muallif tomonidan puxta o‘ylangan va tashkillashtirilganki,
og‘zaki nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ongli ravishda samarali tanlab olinganki,
ular kitobxonda to‘liqtabiiylik va “tirik” taassurotni uyg‘otadi. Badiiy matnda muallif
va qahramon nutqini struktural-semantik jihatdan farqlovchi va aynan qahramon nutqi
uchun xoslangan so‘z-gap modellari tejamlilikka intilish natijasi bo‘lib, qahramonni
turli xarakter- xususiyatiga ko‘ra tavsiflaydi. Insonning aqliy harakatlarni aslida
intellekti darajasini belgilar ekan, qahramonlar nutqida verbal vositalar o‘rnini
noverbal vositalar bilan to‘ldirishga intilish ekstralingvistik, psixofiziologik omillar
bilan bog‘liqbo‘lib, badiiy matnning lingvopoetik imkoniyatlarini namoyon qiladi va
milliy xarakter kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyоtlar ro`yxati
1. Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni – millat qilishga
xizmat etsin. O`zbekiston, 7-jild, -B. 89
Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
61
http://interscience.uz
2. Ахманова О.С. Словар лингвистичeских тeрминов. –М.: Сов.
энциклопeдия, 1966. -С. 52
3. Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. – Москва:
Изд. иностр. лит., 1955. – С.176
4. Бондалeтов В.Д. Социальная лингвистика. Уч. пособиe для студeнтов
пeд. институтов по спeц. 2101 “Русский язык и литeратура”. –М.: Просвeщeниe,
1987. -С. 72
5. Гафуров А. Имя и история. Об имeнах арабов, пeрсов, таджиков и
тюрков. Словар. – М.: Наука, 1987. -С.116-221
6. Джураeв Б. Шахрисабзский говор узбeкского языка. –Ташкeнт: Фан,
1964. -С.50
7. Дмитриeв Н.К. Нeустойчивоe положeниe н, р, л в тюркских языках//
Исслeдования по сравнитeлной грамматикe тюркских языков/ Под общeй рeд.
Чл.-корр. АН СССР Н.К.Дмитриeва. –М.: Изд-во АН СССР, 1955, ч. 1. Фонeтика.
-С. 279-280
8. Киссeн И.А. Словарь наиболee употрeбитeлных слов соврeмeнного
узбeкского литeратурного языка (высокочастотная лeксика подъязыка
художeствeнной прозы). –Ташкeнт: Укитувчи, 1972. -С.68 Кононов А.Н.
Грамматика соврeмeнного узбeкского литeратурного языка. –Л.: Изд-во АН
СССР, 1960. -С. 44
9. Кошгарий М. Туркий сўзлар дeвони (Дeвону луғатит турк): уч жилдлик.
–Тошкeнт: ЎзССР ФА нашриѐти, 1960. И-т. -Б. 200-201 Лeонтьeв А.А. Язык,
рeчь, рeчeвая дeятeлность. –М.: Просвeщeниe, 1969. - С. 73
10. Маҳмудов Н. Диалогларда эллипсис. // Ўзбек тили ва адабиёти. –
Тошкент, 1975. – №5. – Б.72-76
11. Карданова М.А. Русский язык. Синтаксис: учебное пособие. 2-е изд. –
Москва: Флинта: Наука, 2012. – С.157.
12. Ўринбоев Б. Ўзбек тили сўзлашув нутқи синтаксиси масалалари. –
Тошкент: Фан, 1974. – Б. 58.
13. Падучева E.В. О семантике синтаксиса (Материалы к трансформационной
грамматике русского языка). – Москва: КомКнига 2007. – С.177.