Характеристика слов как местоимения

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
1-4
3
0
Поделиться
Тоирова, Г., & Шахноза, У. (2024). Характеристика слов как местоимения. in Library, 1(2), 1–4. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30111
Гули Тоирова, Бухарский Государственный Университет
профессор, доктор филологических наук
Удаева Шахноза
аспирант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются специфические особенности слов, используемых в качестве местоимений, и делается попытка выявить их взаимное отличие от чистых местоимений. Следует отметить, что первоначальное происхождение слов, выступающих в роли местоимений, связано с другими словами, и раскрытие их сущности служит предметом исследования данной статьи.

Похожие статьи


background image

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali

№17

OLMOSH VAZIFASIDAGI SO'ZLARNING XUSUSIYATLARI

Toirova Guli Ibragimovna

Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori

O'day ova Shahnoza Shuxratovna

Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7546707

Annotatsiya:

Ushbu maqolada olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlaming o'ziga

xos xususiyatlari to'g'risida fikr yuritilgan bo'lib, ulaming sof olmoshlardan o'zaro farqi
ochib berishga harakat qilingan. Qayd etib o'tish lozimki, olmosh vazifasini bajaruvchi
so'zlaming asl kelib chiqishi boshqa so'zlarga oid bo'lib, ulaming mohiyatini ochib
berish ushbu maqolamizning tadqiqot obyekti sifatida xizmat qiladi.

Kalit so'zlar:

olmosh vazifasidagi so'zlar, xususiyat, ot-olmosh, obyekti, tadqiq

xususiyati.

ХАРАКТЕРИСТИКА СЛОВ КАК МЕСТОИМЕНИЯ

Шахноза Одаева

Бухарский государственный университет аспирант 2 ступени

Абстрактный:

В данной статье рассматриваются специфические

особенности слов, используемых в качестве местоимений, и делается попытка
выявить их взаимное отличие от чистых местоимений. Следует отметить, что
первоначальное происхождение слов, выступающих в роли местоимений, связано
с другими словами, и раскрытие их сущности служит предметом исследования
данной статьи.

Ключевые слова:

слова в функции местоимения, признак, существительное-

местоимение, объект, исследовательский признак.

CHARACTERISTICS OF WORDS AS PRONOUNS

Shahnoza Odayeva

Bukhara State University 2nd stage graduate student

Abstract:

This article discusses the specific features of words used as pronouns,

and tries to reveal their mutual difference from pure pronouns. It should be noted that

the original origin of words that act as pronouns is related to other words, and revealing


background image

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali

№17

their essence serves as the research object of this article.

Keywords:

words in the function of pronouns, feature, noun-pronoun, object,

research feature.

Tilshunoslikning morfologiya bo'limi so'z turkumlarining tadqiqini amalga

oshiradi. Ma'lumki, so'z turkumlari besh guruhdan tashkil topgan, ya'ni:

I.

Mustaqil so'z turkumlari.

II.

Yordamchi so'z turkumlari.

III.

Undov so'zlar.

IV.

Taqlid so'zlar.

V.

Modal so'zlar[2].

Ulaming har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, biz tadqiq etmoqchi bo'lgan

ushbu maqolada olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlaming lingvistik jihatlari tadqiqot
obyekti sifatida qayd etiladi.

Olmosh so'z turkumi ikki xil ko'rinishga ega, ya'ni sof olmosh tabiatli so'zlar

hamda olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlar. Sof olmoshlar o'zida olmoshning barcha
jihatlarini aks ettiradi, uning tub mohiyati ham olmosh ma'nosini ifodalaydi, ularga
misol sifatida men, sen, ular, kimdir, nimadir va hokazolami keltirish mumkin[5].
Olmosh vazifasida qo'llaniluvchi istilohlar esa tabiatan olmosh xarakteriga ega bo'lsa-
da, biroq ulaming kelib chiqishi aslan boshqa so'z turkumlariga, chunonchi, ot, sifat so'z
turkumlari oid bo'ladi. Nomlari qayd etilgan har ikki toifa bir-biridan ba'zi jihatlariga
ko'ra farqlanadi hamda ulaming ayrim о'xshash jihatlari ham mavjud[3]. Uni quyidagi
jadval asosida ko'rib chiqamiz:

Sof olmosh tabiatli so'zlar

Olmosh vazifasida keluvchi so'zlar

1

Olmoshning barcha xususiyatlarini
o'zida aks ettiradi.

Olmoshning barcha xususiyatlarini
o'zida aks ettiradi.

2

Kelib chiqishiga ko'ra ham olmosh
turkumiga mansub bo'ladi.

Kelib chiqishiga ko'ra boshqa so'z
turkumlariga oid bo'lishi mumkin.

3

Ayrim hollarda asl so'z turkumi baj
argan

vazifasini

bajaradi

(masalan, sifat so'z turkumiga oid
bo'Isa, sifat so'z turkumining
xususiyatini aks ettirishi mumkin)

Olmosh vazifasida keluvchi so'zlarga faqir, kamina, kaminayi ojiz, bandai ojiz va

shu kabilami misol qilib keltirishimiz munikin. Ushbu so'zlarga e'tibor beradigan
bo'lsak, ulaming ayrimlari sifat so'z turkumiga(faqir), ayrimlari ot so'z


background image

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali

№17

turkumiga(kamina) va ba'zilari esa izofali birikma (bandai ojiz, kaminayi ojiz)
ko'rinishiga ega.

Faqir -

olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlardan bin hisoblanib, uning

etimologiyasiga yuzlanadigan bo'lsak, ushbu so'zning arab tilidan o'zlashganligiga
guvoh bo'lamiz. Lug'aviy istilohi esa “kambag'al”, “qashshoq”, “muhtoj” kabi so'zlarda
namoyon bo'ladi. Wikipedia onlayn lug'atida ushbu atamaga quyidagicha
izohberiladi[4]:

I.

Moddiy jihatdan nochor, kambag'al, qashshoq; muhtoj.

II.

Birinchi shaxs o'mida yoki “men”, “biz” olmoshlari bilan birgalikda

ishlatilib, so'zlovchining kamtarlik qilayotganligini ifodalaydi.

Demak, ushbu maqolamiz uchun “faqir” leksemasining ikkinchi ma'nosi

ahamiyatli hisoblanib, unga misol sifatida quyidagi sintaktik butunlikni keltirishimiz
mumkin: “Faqir u zotning suhbatlaridan bahramand bo'lgan paytlarimni eslasam,
yuragim ezilur”. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarida qo'llanilgan “faqir”
istilohiga e'tibor beradigan bo'lsak, ushbu leksik birlik doirasida quyidagi xususiyatlami
umumlashtirishimiz mumkin:

a)

Olmosh vazifasida qo'llanilishi mumkin.

b)

Ushbu so'z ishtirok etgan gaplaming kesimi gap talabiga ko'ra birinchi yoki

uchinchi shaxsda bo'ladi.

c)

Kamtarlik, xokisorlik ma'nosini o'zida ifoda etadi.

Bandai ojiz -

so'z forsiy tildan o'zlashgan izofali birikma hisoblanib, asl ko'rinishi

“ojiz banda” sintaktik butunligi tarzida namoyon bo'ladi. Olmosh vazifasida
qo'llaniluvchi leksik birlik sifatida badiiy matnlarda qo'llanilishi mumkin[7]. Xuddi
faqir leksemasi singari ushbu birlik ishtirok etgan gaplaming kesimi vaziyat taqozosiga
ko'ra birinchi yoki uchinchi shaxs shaklida qo'llaniladi. Uning boshqa variantlari ham
mavjud, ya'ni bandai g'ofil, bandai mo'min, bandai mutakabbur va hokazo. Keltirilgan
variantlar bir-biridan mazmun jihatidan farq qilsa- da, biroq ularda umumiylik, ya'ni
kamtarlik ma'nosini ifodalash ulami birlashtirib turuvchi xususiyat sifatida namoyon
bo'ladi.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, olmosh vazifasida qo'llaniluvchi so'zlaming

o'ziga xos jihatlari mavjud bo'lib, ulaming qanday xususiyatlami o'zida namoyon qilishi
ayrim hollarda gapda yuzaga keladigan vaziyat taqozosi o'laroq namoyon bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mengliyev B. Lisoniy sistema yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar:

filol. fan. dokt. ... dis. - T., 2002.

2.

Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Qarshi: Nasaf, 2005.

3.

Mirtojiyev M. O‘zbek tilida polisemiya. - T.: Fan, 1975.

4.

Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. - T.: O‘qituvchi, 1989.


background image

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali

№17

5.

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.-T.:

O‘qituvchi, 1995.

6.

www.wikipedia.org

7.

www.ziyouz. com

8.

www.google.com

Библиографические ссылки

Mengliyev B. Lisoniy sistema yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar: filol. fan. dokt. ... dis. - T., 2002.

Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Qarshi: Nasaf, 2005.

Mirtojiyev M. O‘zbek tilida polisemiya. - T.: Fan, 1975.

Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. - T.: O‘qituvchi, 1989.

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.-T.: O‘qituvchi, 1995.

www.wikipedia.org

www.ziyouz. com

www.google.com

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов